November 1

Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 8-tur Benom jamoasi savollari 25.10.2025

Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 8-tur Benom jamoasi savollari 25.10.2025

1-savol:
Bir serialda shifokor og‘ir ahvoldagi bemorni vertolyotda olib ketilayotgan paytda operatsiya qilmoqchi
bo‘ladi. Bu xafvli ekanligini aytgan uchuvchiga esa “aks holda vertolyot IKS ga aylanishi mumkin” , deydi.
Makedonskiy bilan bog‘liq IKS haqida gap ketganda esa yuzlab otlar tilga olinadi. Savol: IKS ni xorijiy so‘zda
yozib bering.
Javob:Katafalk
Izoh: Og‘ir ahvoldagi bemor vafot etsa, qutqaruvchi vertolyot o‘lik tashuvchi katafalkka aylanishi mumkin
edi. Makedonskiy murdasini esa yuzlab otlar tortuvchi aravada qabristonga olib borishgan ekan.
2-savol:
Stenli Martin Liber intervyularidan birida xotirasi juda yomon ekanligini, shu sababdan ism va
familiyalardan shunchaki eslab qolish qulay bo'lishi uchun foydalanishini aytib o'tadi. Savol: Matnda
tushirib qoldirilgan bir nechta so'zni yozib bering.
Javob:Bir xil harfdan boshlanuvchi
Izoh: Stenli Martin Liber bu mashhur komikslar muallifi Sten Lining asl ism familiyasi. U o'zining bir nechta
personajlarining ism va familiyalari bir xil harfdan boshlanishini izohlarkan, shunchaki xotirasi yomon
ekanligi va shu usul orqali personajlarni yaxshi eslab qolishi haqida aytib o'tgan. Jumladan, Klark Kent,
Piter Parker, Bryus Benner, Leks Lyutor, Stiven Strenj va hk.
Zachot: Aniq javob
3-savol:
Yaponiyalik kikbokschi Mona Kimura 2019-yilgi yoshlar o'rtasidagi Yaponiya chempionatida janglarda faqat
bir xil uslubni qo'llagan holda chempionlikka erishgani haqidagi video izohlarida 1940-yil Kaliforniyada
tug'ilgan insonning iqtibosini o‘qish mumkin. Savol: Ushbu insonning ism va familiyasini yozib bering.
Javob:Li Jun Fan
Izoh: Bryus Li o’zining mashhur iqtibosida "Men o'n mingta har xil zarbani mashq qiladiganlardan emas, bir
xil zarbani o'n ming marta mashq qiladiganlardan qo'rqaman" degan edi. Mona Kimura ham bir xil zarbani
mashq qilgan holda janglarda ko'pincha shu zarba uslubiga tayangan holda harakat qiladi.
Zachot: Bryus Li
4-savol:
Ko'rgazmali materialda kristall slanets tog' jinsini ko'rib turibsiz. Versiyalardan biriga ko‘ra 1535-yilda Jak
Kartye aslida kristall slanetslarni ko'rgan. Savol: Jak Kartye qaysi hududga borgan ilk yevropalik

hisoblanadi?
Javob: Vermont
Izoh: Bu kabi tog' jinslari Vermont shtatining tog'li o'lkalarida juda keng tarqalgan. Hududga Vermont ya'ni
fransuzchadan tarjima qilganda “yashil tepalik” nomi ham aslida kristall slanetslar tufayli berilgan degan
versiyalar ham mavjud. Jak Kartyening ism familiyasidan ham uning fransuz ekanligini bilish mumkin.
5-savol:
Versiyalardan biriga ko‘ra muallif hukmdor oldida o‘zini oqlar ekan, aslida uch kalla qand va ikki xurmoni
nazarda tutgani, ammo odamlar orasida jumlalar o‘zgarib boshqacha ifodalanib ketganini aytadi. Savol:
Ushbu muallif kimligini aniq yozib bering.
Javob:Hofiz Sheroziy
Izoh: Rivoyatda Sheroziyning mashhur baytida “sheroz janonining qaro xoliga Samarqandu Buxoroni
almashishi” va bu Amir Temur jahlini chiqargani aytiladi. Bir versiyaga ko‘ra esa aslida muallif “sesar
qand”— uch kalla qand va “du xurmo ro” — ikkita xurmoni alishmoqchi bo‘lgan.
6-savol:

tarqatma
tarqatma

“Simpsonlar” seriali qismlaridan birida Gomerning otasi Eybi Simpson yoshi o'tib borgani sari hayotdan
zerikib borayotgani sabab o'zini turli sohalarda sinab ko'rishga va atrofdagilarda hali ham nimadirga
erishishga qodir ekanligini isbotlashga qaror qiladi. Boksdagi bir necha omadli ishtirokidan so'ng unga
2004-yilgi manba nomidan bir so'zga farq qiluvchi laqab berishadi. Savol: O'sha laqabni uch so'z bilan
yozib bering.
Javob:Million dollar Eybi
Izoh: Ushbu qism 2004-yilgi “Million dollar beybi” filmiga parodiya sifatida ishlangan. Filmda havaskor
qizning boksdagi faoliyatida muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi qiyinchiliklari aks ettirilgan.
7-savol:
“UNIVER” seriali qismlaridan birida yotoqxonaga yangi joylashgan yigitni kutib olish uchun uyushtirilgan
kecha UNING ijrosi bilan ochib beriladi. Savol: Matnda harflari tushirib qoldirilgan bir so'zni original holatda
yozib bering.
Javob: Gaudeamus
Izoh: Nomidan bilish mumkinki bu talabalar haqidagi serial. TTJga yangi kelgan yigit talabalarning
madhiyasi sifatida mashhur Gaudeamus ijro etilishi bilan kutib olinadi.
8-savol:
Siz ko'rgazmali materialda ko‘rib turgan dengiz reptiliyalari guruhi nomida bir nechta harf tushirib
qoldirilgan. Savol: Bu nomni bergan amerikalik paleontolog Robert Bekker, Aylvortda tug'ilgan qaysi
mashhur insonning bir nechta ilmiy ishlariga taqriz yozgan?
Javob:Devid Attenboro
Izoh: Reptiliyalar guruhining asl nomi Attenborosaurus conybeari hisoblanadi. Robert Bekker guruhga
mashhur naturalist sharafiga nom bergan.
9-savol:
Afsonalarga ko'ra, bir safar o'rmonda yong'in chiqqanda U yaqindan oqib o'tadigan daryo suvini to'laligicha
ichib, yong'inni o'chirishda egasiga ko'maklashadi. Savol: Uning egasini juft undoshlar bilan boshlanuvchi 2
so’zda yozib bering.
Javob:Pol Banyan
Izoh: Pol Banyan Amerika folkloridagi bahaybat dev, uning shuningdek Kichkintoy nomli buqasi ham
bo'lgan. Ismiga qaramay Kichkintoy kvadrat milya maydondek kattalikka ega bo'lgan.
10-savol:
Ushbu savolga ta'riflovchi javob ham qabul qilinadi. Yaqinda Indoneziya madaniyat va turizm vaziri Anis
Rashid Jakartada U bilan uchrashadi hamda turistlar oqimining ko'payganida UNING ham hissasi borligini
ta'kidlab minnatdorchilik bildiradi. Riau provinsiyasi gubernatori esa UNI madaniyat elchisi unvoni bilan
taqdirlagan. Savol: Uning kimligini yozib bering.
Javob:Rayan Arkan Dikha
Izoh: Rayan Arkan Dikha "Paku Jalur" kemalar poygasida kemalarning birining uchida turib ijro etgan raqsi
orqali butun dunyoda mashhurlikka erishdi hamda virus memga aylandi.
Zachot: Aura Farming memi qahramoni, Kema uchida turib raqsga tushuvchi bola. Sinonimik javoblar.
11-savol:

“Nur borki soya bor” asarida qahramon boshiga kulfat tushganda do‘stlari yo‘qolib qolganini o‘ylar ekan,
yoz paytida o‘tgan bolaligini eslab, do‘stlarini ularga o‘xshatadi. Savol: Ularni bir xil harf bilan boshlanuvchi
3 so‘zda yozib bering.
Javob:Qumdan qilingan qasr.
Izoh: Qahramon bolaligida sohilda xo‘l qumdan qasrlar yasagan. Quyosh tikkaga kelganda esa qum sochilib
qasrlar yakson bo‘lardi. Qumdan qilingan qasr iborasi bo‘sh, omonat tez yakson bo‘luvchi narsalarga
nisbatan ishlatiladi.
12-savol:
Qizig'i, belgiyalik velopoygachi Vansevenant Vim “OMEGA Farma-Lotto” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Vansevenant Vim 2006, 2007, 2008-yillarda UNI qo'lga kiritgan. Savol: Uni ikki so'z bilan yozib bering.
Javob:Lantern Ruj
Izoh: Lantern Ruj bu - Tur de Frans velopoygalarida eng oxirgi bo'lib yetib kelgan sportchiga beriladigan
sovrin hisoblanadi. Bunday unikal natijaga erishgan Vansevenant Vim nomida yunon alifbosining oxirgi
"Omega" harfi mavjud jamoa a'zosi bo'lganligi esa qiziq holat.
Zachot: Qizil fonar
13-savol:
"Star Tours" [Star Turs] Disneylendda joylashgan tematik simulyator hisoblanadi. An'anaga ko'ra, har safar
simulyatorga navbatda turganlar orasidan Sakul familiyali shaxs rahbariyat xonasiga chaqirilib turiladi.
Savol: Sakulning ismini yozib bering.
Javob:Egroeg
Izoh: Park mashhur "Star Wars" franshizasidan ilhomlanib yaratilgan. Jorj Lukasga hurmat yuzasidan har
safar navbatda turganlar orasidan Jorj Lukas ism familiyasining teskari o'qilishi orqali yaratilgan to'qima
shaxs rahbariyat xonasiga chaqirilib turiladi.
Zachot: Jroj
14-savol:
Mansabi, unvoni o‘zinikidan baland odamlar xato qilmaydi, degan yanglish nazariya mavjud bo‘lib, bu
asosan boshliqlar “doim haq” deb so‘zsiz itoat qilishda yuzaga keladi. Ko‘pincha halokatlardan keyin
ma'lum bo‘ladiki, ULAR xato qarorlar qabul qilinayotganini bilsa-da, indamay turishgan. Savol: Ularni unli
harflar bilan boshlanadigan ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Ikkinchi uchuvchilar.
Izoh: Aviahalokatlardan keyin qora qutilar o‘rganilganda ikkinchi uchuvchilar birinchi uchuvchi xato qaror
qabul qilayotganini bilishsa-da, ortiqcha e'tiroz qilishmagani ma'lum bo‘lgan.
15-savol:
Bir necha yil oldin suratga olingan “Kichkina olam” hujjatli filmlar seriyasi yer yuzidagi kichik jonzotlar
haqida hikoya qiladi. Filmda kadr ortida voqealarni hikoya qiluvchi sifatida Pol taklif qilingan. Savol: Pol
mashhur franshizada o‘zining qaysi roli bilan tanilganligini yozib bering.
Javob:Chumoli odam
Izoh: Film mayda jonzotlar haqida. Aktyor Pol Radd esa “Chumoli odam” filmlaridagi rolidan keyin taklif
qilingan. Chumoli odam ham kichik shaklga aylana olardi.
16-savol:
“Counter Strike” bo'yicha kontinentlar kesimida Yevropa va Amerika boshqalardan ancha ilgarilab ketgan.
Yaqin-yaqindan boshlab Osiyo sha'nini munosib himoya qilib hududni yana top kontinentlar safiga kiritishi
kutilayotgan "The Mongolz" jamoasining o'yinlaridan biridagi plakatda, siz ko'rgazmali materialdagi uch
so'z tushib qolgan jumlani ko'rishingiz mumkin. Savol: Tushirib qoldirilgan uch so'zni yozib bering.
Javob:MAKE GREAT AGAIN
Izoh: Plakatda, MAKE ASIAN CS GREAT AGAIN jumlalarini ko'rish mumkin. Osiyo kibersporti kelajagi deya
qaralayotgan The Mongolz jamoasi o'yinlaridan birida shu kabi plakatlar orqali jamoaga bildirilayotgan
ishonchning qanchalik ulkanligini ko'rish mumkin. Savolda yana so‘zi ishlatlishi ham shiorga ishora edi.
17-savol:
Loran Gunel asari voqealari kelajakda, texnologiyalar rivojlangan maskanda ro‘y beradi. Asarda
qahramonlar shahar bo‘ylab sayr qilishganda osmono‘par binolar turli ranglarida tovlanib ko‘rinardi. Aslida
esa emotsiyalar regulyatoriga ulangan ULAR o‘ziga xos illyuziya yaratar va binolarning jilvakor ko‘rinishiga
sabab bo‘lardi. Shvetsar shifokori Adolf Fik tomonidan yaratilgan dastlabki ULARDAN hajmi sabab, uzluksiz
2 soatgina foydalanish mumkin edi. Savol: ULARni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Kontakt linzalar.
Izoh: Aslida binolar tovlanmaydi balki odamlarga o‘rnatilgan kontakt linzlar sababli shunday ko‘rinardi.
18-savol:

Loran Gunel asari qahramonlari kontakt linzalar sababli shahar binolarini jilvakor ko‘rishi haqidagi
ma'lumotni o‘qir ekan, savol muallifi boshqa bir shaharni esga oladi. Bu shahar esa 1893-yilgi Chikagodagi
butunjahon ko‘rgazmasidan ham ilhomlanib yaratilgan ekan. Savol: Bu qaysi shahar?
Javob:Zumrad shahar
Izoh: “Oz mamlakati sehrgari” asarida ham Zumrad shaharga tashrif buyurganlarga shahar to‘liq zumrad
va turli qimmatbaho materiallardan tayyorlangan, deb o‘ylashi uchun yashil ko‘zoynaklar taqilardi. Zumrad
shahar g‘oyasi Frenk Baumga Chikago ko‘rgazmasidagi “Oq shahar” ni ko‘rgach kelgani aytiladi.
19-savol:
Ushbu savolga ta'riflovchi javob ham qabul qilinadi. Ko'rgazmali materialda UNI berkitib qo'ydik. U haqidagi
maqolalarda Mark Menson hamda Fryazinolik guvoh eslab o'tiladi. Savol: Jorjiyalik Uni yozib bering.
Javob:Zoi Rot
Izoh: Zoi Rot mashhur fotosuratdan so'ng internetda shu darajada memga aylandiki, uni har xil fojialar
fonida kulib turishi tasvirlangan holda turishi aks etgan montajlar ham paydo bo'ldi. Maqolalarda
"Beparvolikning nozik san'ati" asari hamda boshqa bir, Fryazino shahridagi to'ylardan biridagi kuyovning
guvohi bo'lgan erkakning o'ziga xos rasmga tushishi sabab har xil mashhur insonlarning oldida tasvirlanishi
aks etadigan mem ham eslab o'tilgan.
Zachot: Memdagi yong'in fonida kulib rasmga tushgan qizaloq, sinonim javoblar
20-savol:

Hamid Ismoilovning “Jinlar bazmi” asari Abdulla Qodiriyning tugallanmagan asari xususida bo‘lib, unda XIX
asrda O‘rta Osiyodagi voqealar, xususan, kanizak Oyxonning bir necha xonga navbati bilan majburan
turmushga chiqishi voqealari yoritilgan. Ko‘pincha bu asarni xorij nashrlarida o‘zbekcha U deb atashadi.
Uni yaratishda muallif Oq va Qizil atirgullar urushidan ham ilhomlangan. Savol: U qaysi asarligini yozib
bering.
Javob:Taxtlar o‘yini
Izoh: Oyxon o‘sha davrda almashgan 3 ta xonlarga turmushga chiqishga majbur bo‘lgandi. Bu paytda
taxtda xonlar almashinuvi juda tez uchrab, asar Jorj Martinning “Taxtlar o‘yini” ga qiyoslangan. Britan
yozuvchisi Jorj Martin asar syujetini yaratishda yirik dinastiyalar to‘qnashgan Oq va qizil atirgullar
urushidan ham ilhomlangan.
Zachot: “Muz va olov qo‘shig‘i” asarlari turkumi
21-savol:
Hamid Ismoilovning “Jinlar bazmi” asari XIX asr xonliklar xayoti, O‘rta Osiyodagi siyosiy voqealardan
hikoya qiladi. Asarda Xonali ismli xorijdan kelgan darvesh obrazi ham uchraydi. Aslida u tarixiy shaxs
bo‘lib, BU terminning muallifi sifatida tanilgan. Savol: BU terminni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Katta o‘yin
Izoh: Darvesh Xonali aslida ingliz josusi Artur Konolli bo‘lib o‘sha paytdagi Britaniya va Rus imperiyasining
O‘rta Osiyodagi yirik geosiyosiy maqsadlari, kurashlarini ifodalovchi “Katta o‘yin” termini muallifi
hisoblanadi.
22-savol:

tarqatma

Ko’rgazmali materialda Xayrulla Hamidov ijodidan to'rtlikni ko’rib turibsiz. Savol: IKSga ega Saturn va
Entoriyaning farzandini yozib bering.
Javob:Yanus
Izoh: Yurtni sevarlarni ko'zidan bildim, Xolis va samimiy so'zidan bildim. Munofiq kaslarning munofiqligin
Bir emas, ikkita yuzidan bildim. Yanus ikki yuzga ega afsonaviy qahramon.
23-savol:
Barchamiz yoshlikdan IKS deb bilgan narsa aslida gipsdan olinuvchi sulfat kislotasiga yelim va moy
aralashtirib tayyorlanadi va tabiatda uchrovchi IKSdan katta farq qiladi. Savol: Paradoksal ravishda IKSni
isrof qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan personajning ism va familiyasini yozib bering.
Javob:Bart Simpson.
Izoh: IKS - bo'r. Bart Simpsonning jazo tariqasida doskaga har xil gaplarni bir necha marotaba takrorlab
yozishi mashhur. Qizig'I, birinchi bor u shunday jazoga mahkum qilinganda bo'rni isrof qilmasligi haqida
doskaga bir necha bor aynan bo’r bilan yozishi kerak bo'lgan.
24-savol:
Savol matnida u ikki so'zni almashtirib keladi. XXI asr birinchi dekadasi oxirlarida bergan intervyusida BU
INSON, “uning afzalliklaridan biri — uning orqasidan quvish kerak emas, u o'zi keladi" deya hazillashadi.
Savol: Diksmyoda tug'ilgan BU INSONNING ism va familiyasini yozib bering.
Javob:Vansevenant Vim.
Izoh: Uch marta ketma-ket Lantern Rujni qo'lga kiritgan poygachi o‘zining ustidan kulgan holda: "Lantern
Rujni qo'lga kiritish uchun, hammani quvib o'tish shart emas" deydi. Savol matnida U - Lantern Rujni
almashtirib kelgan. Poygachi haqida birinchi tur 12-savoli matnidan bilib olgan edingiz.
25-savol:
Eronda yaqinda 700 ming yil o‘tib qayta uyg‘ongan Taftan vulqoni bir maqolada U deb ta'riflangan. U deb
shuningdek tashqi ta'sirlarga hamda turli targ‘ibot va tashviqotlarga beriluvchanlar ham ataladi. Savol: Uni
xorijiy bir so‘z bilan yozib bering?
Javob:Zombi
Izoh: Vulqon aslida so‘ngan deb hisoblansa-da 700 ming yil o‘tib qayta uyg‘ongandi. Zombilar ham tashqi
ta’sirlarga beriluvchan bo‘lganidan ba’zi odamlarga nisbatan ham zombi epiteti ishlatiladi.
26-savol:
Donald Launing 30 yillik faoliyatidan so'ng ijodiy inqirozga uchraganligi haqidagi xabarlar tarqalib
ketganidan so'ng, Reddit foydalanuvchilari Lauga hazil aralash, spiritik seansga kirib, Nostradamusdan
yordam so'rashini maslahat berishadi. Savol: Donald Lau ishlagan kompaniya nima ishlab chiqarishini yozib
bering.
Javob:Bashoratli pechenyelar.
Izoh: Lau 30 yil mobaynida pechenyelarga bashoratlar yozish bilan shug‘ullangan yakunda u endilikda
nima yozishni bilmay ijodiy inqirozga uchragan.
Zachot: Печенье с предсказаниями, Fortune cookies
27-savol:
Qizig'i shundaki, Viktor Brauner keyinchalik ijodiy ishlaridagi uzoq davom etgan tortishuvlar sabab kelib
chiqqan janjalda bir ko'zidan ayriladi. Ko'rgazmali materialda Viktor Braunerga tegishli 1931-yilda
yaratilgan "O'yib olingan ko'z" avtoportretini ko'rishingiz mumkin. Savol: Biz savol matnida nimani
almashtirdik?
Javob:Birinchi va ikkinchi gaplarning ketma-ketligini, joyini, sinonim javoblar.
Izoh: Viktor Brauner 1931-yilda "O'yib olingan ko'z" nomli avtoportretini yaratganidan yetti yil o'tib yuz
bergan janjalda rostdan ham bir ko'zidan ayriladi.
28-savol: Дуплет
1.
Duplet mavzusi: Qadimgi Rim. “Acta diurna populi romani” ya’ni “Rim aholisning har kungi ishlari” – bu,
Qadimgi Rimda UNING ilk ko'rinishlaridan biri hisoblangan. Savol: Uni o'zlashgan so'z bilan yozib bering.
Javob:Gazeta
2.
Uch ming yil avval Qadimgi Rim aholisi anjir bargidan U sifatida foydalanishgan.
Javob:Salfetka
Izoh: Rimda har kun ertalab aholining har kungi ishlari to'g'risidagi ma'lumotlar yozilgan qog'oz parchasi
devorlarga ilib ketilgan. Bu gazetaning ilk ko'rinishlaridan biri sifatida qayd etiladi. Anjirning katta va qalin
barglarini salfetka sifatida ishlatish juda qulay.
29-savol:
Bir asarda qahramon shaharning yillar davomida kichrayib borayotgan eski qismini unga o‘xshatadi. Unda
Sulaymon muhri tushirilgan va “xudo endi seni eshitadi” yozuvlari yozilgan edi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib
bering.
Javob:Sag‘ri teri

Izoh: Sag‘ri teri iborasi kichrayib boruvchi narsalarga nisbatan ishlatiladi. Balzakning “Sag‘ri teri” asarida
esa qahramonning tilaklari sag‘ri teri orqali ushalardi va egasiga Sulaymondek boylik, qudrat begandi.
Ammo shu bilan birga teri ham, uning umri ham qisqarib borardi.
30-savol:
“Go‘ro‘g‘lining o‘limi” dostoni baxshilar tomonidan dutor va maxsus bas ovozli musiqa asbobi jo‘rligida
asar mazmunidan chuqur ta'sirlanib, ko‘zda yosh bilan aytilgan. Bu haqida ta'kidlar ekan, sa'natshunos UNI
tilga oladi. UNING tarixi haqida gapirilganda esa ko‘chalarda darbadar yuruvchi trubadurlar va menestrellar
tilga olingan. Savol: UNI bir necha so‘zda yozib bering.
Javob:Bir aktyor teatri
Izoh: Baxshilarning ta'sirlanib ham kuy, ham ovozda doston ijro etishi bir aktyor teatriga o‘xshaydi. Bir
aktyor teatri esa ko‘chalarda kuy-qo‘shiq bilan obrazli ijrolar qilib yurgan trubadur va menestrellarga borib
taqalar ekan.
31-savol:
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” da Farhodning jangovarlik mahoratini maqtar ekan, tashbeh sa’natidan
foydalanib, Farhod o‘q otganda hatto U ham ofarin o‘qiydi deb yozgan. Savol: Uni qo’shundoshli so’z bilan
yozib bering.
Javob:Mirrix
Izoh: Mirrix sharq adabiyotida huddi g‘arb mifologiyasidagi Mars kabi jangovarlik, urush homiysi
hisoblanadi. Tashbeh sa’natida jonsiz narsalar jonlantiriladi.
32-savol:
Den Xarmon ko‘plab yillar televizion syujetlar uchun umumiy strukturani ishlab chiqishga uringan. Yakunda
u “Hikoyalar doirasi” nomli shaxsiy texnikasini yaratgan. Doirada 8 qadamda istalgan syujet hikoyasini
tuzish mumkin. Bu texnikani Den o‘tgan asr o‘rtalaridagi qiyosiy mifologiya bo‘yicha asar asosida yaratgan.
Savol: O‘sha asar nomini yozib bering.
Javob:Ming qiyofali qahramon.
Izoh: Jozef Kempbellning “Ming qiyofali qahramon” asarida barcha qahramonlar, tanlanganlar vujudga
kelishiga olib keluvchi universal konsepsiya tasvirlangan va monomif nazariyasiga asos solingan. Unga
ko‘ra qahramon chaqiriq oladi, turli sinovlardan o‘tadi va uyiga qaytadi. Jumladan, Osiris, Budda, Gerakl,
Alpomish va hk.
Zachot: Ming qiyofali odam, ming yuzli qahramon kabi javoblar.
33-savol:
Bir serialda bolakayni avtomobil urib ketishiga bir bahya qoladi, onasi qattiq vahima ko‘taradi va bola yura
olmay qoladi. Aslida avtomobil bolani urmagani ma'lum bo‘lgach, bir qahramon IKSni tilga oladi. IKS
yuzaga kelishiga sarafan radio va OAV xabarlari ayniqsa ko‘p ta'sir qiladi. Savol: IKSni chet tilidan kirib
kelgan ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Notsebo effekti.
Izoh: Platseboga qarama qarshi bo‘lgan notsebo effektida aksincha salbiy ta'sirlar borligi haqidagi
fikrlardan keyin rostan ham shunday holatlar seziladi. Yangiliklardagi turli salbiy xabarlar, odamlar
orasidagi gap so‘zlar boshqalarda ham shubha paydo qilib notsebo effektiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori.
34-savol:
Ko'rgazmali materialda Mexrangarxda joylashgan yodgorlikni ko'rib turibsiz. Ushbu yodgorlikning paydo
bo'lishiga Maxaradja Adjita Singxning 1843-yilda BU ISHNI QILISHI sabab bo'lgan. Savol: Qaysi ish?
Javob:Vafot etish
Izoh: Yodgorlik sati marosimiga atab yaratilgan bo'lib, unda Maxaradja Adjita Singx vafotidan so'ng yoqib
yuborilgan xotinlarining qoldirib ketgan qo'l izlari aks ettirilgan.
Zachot: Sinonim javoblar
35-savol:
1988-yildan boshlab efirga uzatila boshlangan qonxo'r o'rdak haqidagi multserialdagi o'rdakning azaliy
raqibi Doktor fon Gusving bo'lib, ushbu personajni yaratishda U prototip bo‘lib xizmat qilgan. Savol: Uning
kimligini yozib bering.
Javob:Abraham van Xelsing
Izoh: Vampir o'rdak haqidagi multserial nomi "Graf Dakula" bo'lib personajlarga ism tanlashda Brem Stoker
asaridagi ikki azaliy dushmanlardan ilhomlanilgan.
36-savol:
Ssenarist Jeffri Reddikning xafvsizlik qoidalariga ko'r-ko'rona yondashish va fatalizmga bag‘ishlangan bir
ssenariysi "Maxfiy hujjatlar" seriali yaratuvchilariga ma'qul kelmaydi. Savol: Jeffri Reddik keyinchalik qaysi
ishi bilan mashhurlikka erishganini yozib bering.
Javob:“So'nggi manzil” filmlar sikli.
Izoh: Fatalizm bu o'limdan qutulib bo'lmaslikni anglatuvchi termin. So‘nggi manzil filmlarida o‘limdan

tasodifan qutulib qolgan qahramonlar yakunda baribir o‘lim changaliga tushadi. Aslida "X-Files" uchun
yaratilgan ssenariy film ijodkorlari tomonidan rad qilingach, Jeffri Reddik alohida filmlar sikli bilan
mashhurlikka erishadi.
Zachot: Пункт назначения, Final Destination.

https://t.me/Zakovat_Savollarii