Svoyak Savollari
Yopiq mavzu:
1. Tohir Malikning ushbu asari hovli talashib oralariga sovuqchilik tushgan aka-ukalar haqida.
Javob: "Iblis devori" ( mavzu iblis)
2. U 1587-yilda papa Sikst V tomonidan joriy qilingan. Bundan ko'zlangan maqsad Papaning eng battol raqib bilan ham bemalol munozara qilib, yuta olishini isbotlash edi.
Javob: Iblis advokati (Адвокат дьявола)
3. Bernard Shou o'zining bu asarini "Puritanlar uchun drama" deb, atagan.
Javob: iblis shogirdi (ученик дьявола)
4. Mavzuga mos bo'lgan bu filmdagi kostyumlar uchun 1mln$ mablag' ketgan. Qaysi film?
Javob: "Iblis Prada kiyadi" ("Дьявол носит Prada")
5. Uning Lermontov vafotining 50 yilligiga bag'ishlab chizgan 30 dan ortiq illyustratsiyalari orasida katta qismi aynan "Iblis" ga bag'ishlangan edi. Kimning?
Javob: Mixail Vrubel
Mavzu Prototiplar
1. Lev Tolstoyning portretini ishlagan bu rassom keyinchalik Anna Karenina romanida tilga olingan rassomning prototipi.
Javob: Ivan kramskiy
Tolstoy tirikligida chizilgan 2 ta portretdan biri Repin biri Kramskiyga tegishli. Kramskiyning "Neznakomka"si ham A.Karenina degan tahminlar bor.
20. Mashxur adibaning ustozi Jon Netshlip o'zi Uning prototipi ekanligini eshtib "Ha, men qattiqqo'l ustoz edim, lekin bu darajada ekanligini tasavvur ham qilmagandim" degan edi. U kimning prototipi?
Javob: professor Severus Sneg
30. "Doktor Dapertutto" taxallusi bilan mashxur bu qattiqqo'l rahbar doim yergacha tegib turadigan uzun sharf o'rab yurardi. U kimning prototipi bo'lgan?
Javob: Karabas-Barabas
Izoh: Ya'ni Vsevolod Meyerhold
Uzun sharf – K-B ning soqoli
K-Bning "qo'g'irchiq fanlari doktori" unvoni ham shunga ishora
40. Uchuvchi German Gering mashxur bir adiba bilan tanishganida "ayni qirchillama yoshida" va ishtahasi ham juda yaxshi edi. U keyinchalik kimning prototipi bo'lgan?
Javob: Karlsonning.
Parrakli bu kichkina mechkaydan yoshini so'raganlarida doim "ayni qirchillama paytim" deb javob berardi.
50. Emigratsiyadagi rus yozuvchisi 1948-yilda bir gazetada 50 yoshli Frenk La Sal 11yoshli Salli Xornerni olib qochgani haqida o'qib qoladi. Siz bu voqeadan ta'sirlanib yozilgan asardagi eng mashxur neologizmni toping.
Javob: nimfetka (Lolita asari haqida gap ketyapti)
Mavzu: yaponiya
1. K. Xokusayning qaysi to'plamida 46 ta rangli gravyura mavjud.
Javob: Fudzining 36 ko'rinishi) (36+10)
2. Qadoqlash va yetkazib berish qulay bo'lishi uchun Yaponiyada shunday tarvuzlar yetishtirilar ekan. Qanday?
Javob: kvadrat shakldagi
3. Qaychi ishlatgan holda qog'ozdan otkritka va o'yinchoqlar yasash qanday ataladi.
Javob: Kirigami
4. Dyuma asarlaridan biri nomida uchrovchi bu gulga qo'l tekkizgan samuray boshi olinadi degan irim bo'lgan. Qaysi gul?
Javob: Kameliya
Izoh: Kameliya so'lganida yaproqlari bittalab to'kilmay, birato'la guli shohdan uzilib tushadi. Buni bosh kesilishiga o'xshatishgan. A.Dyumaning "Dama s kameliyami" romani bor.
50. Segakko, tyugakko, kotogakko bular nimaning nomi?
Javob: ta'lim bosqichlari
Imperator va imperiyalarga bog'liq mavzu
1. Ular besh xil usulda harakatlanadilar: yuradilar, sudralib, sirg'anib, sakrab, suzib. Ularni 2 so'zda yozing.
Javob: imperator pingvinlari
2. Kimning boshqaruv davri tarixda "Marifatli boshqaruv" deb ataladi.
Javob: Meydzi
Qabul: Musuxito
3. Nikolay ll Romanov, Romul, Konstantin lX...
Ularni 1988 yilgi qaysi film nomi bilan atash mumkin?
Javob: so'nggi Imperator
4. Rene Magrittga tegishli asarning 1949-yilda yaratilgani 1967-yilgisidan ko'ra ancha qorong'u ranglarda ishlangan.
Javob: Yorug'lik imperiyasi
50. Vernar Berberning bu asari syujetiga ko'ra o'limdan keyingi eng og'ir sinov reinkarnatsiya ekan. Qaysi asar?
Javob: "Farishtalar imperiyasi"
Nafaqat Chgk guruh bilimdonlari ism va niklari
10. "O'tkan kunlar" romanida isyon ko'targan Toshkent hokimi kim edi?
Javob: Azizbek
20. Mirzo Ulug'bekning eng kichik o'g'li kim edi?
Javob: Abdulaziz
30. U Saljuqiylarning so'nggi hukmdori bo'lib, Turkmanistonning 5 manatlik banknotasida tasvirlangan.
Javob: Sulton Sanjar
40. Shoir Yesenin fikriga ko'ra u qanchalar ko'rkam bo'lmasim Ryazan kengliklaridan yaxshiroq emas ekan.
Javob: Sheroz
(Потому, что я с севера, что ли,
Что луна там огромней в сто раз,
Как бы ни был красив Шираз,
Он не лучше рязанских раздолий.
Потому, что я с севера, что ли.)
50. 1948-yil Samarqandda tug'ilgan, "Sarbadorlar" tragediyasi, "Zarb", "Ziyo yo'li", "Zamin taqdiri" to'plamlari muallifi kim?
Javob: Azim Suyun
1.Nafaqat qovun navlari
10. Osmon gumbazining shimoliy qismidagi Javzo, Savr, Persey, Jirafa va Silovsin turkumlari orasida joylashgan yulduz turkumi shunday nomlanadi
Javob: Aravakash
20.Bir poytaxt shaharda joylashgan ushbu diniy muassasaning nomlaridan biri "Shayx Zayniddin" nomi bilan ataladi?
Javob: Kokcha masjidi
30. Zirkdoshlar (zirkgullilar oilasi)ga mansub butalar turkumi yana shunday nom bilan ataladi?
Javob: Qoraqand
30. Bu o’zbek o’gil bolalar ismi boy, baxtli, saodatli, tole’i porloq degan ma’nolarni anglatadi?
Javob:Davlatboy
40. 1930-yillarda bu ona qishlogʻining kolxoziga boshchilik qilgan, koʻp qiyinchiliklarni koʻrgan. Yoshi ulgʻaygach ham dam olish oʻrniga baʼzi hamqishloqlarining yalqovligi, ochkoʻzligi va eʼtiborsizligiga chiday olmaydi, oʻz oilasida tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Bu qaysi film syujeti.
Javob: Suyunchi (Qovun navi Suyunchi II)
2.Itlar kinosi yoki kinodagi itlar))
10.1964 yilda Mosfilmda suratga olingan Yuriy Nikulin bosh rolni o’ynagan filmdagi it shu ismga ega edi?
Javob:Muxtar (Ko mne Muxtar)
20. Rixard Mozer, Aleksandr Brandtner, Mark Xoffman uning egalari edi?
Javob:Reks
30.Kinodan iqtibos:Onamni joni orniga mana Olaparni jonini olaqol. Qaysi filmdan
Javob:Kichkina tabib
40.Kolombo seriallarining birida Kolombo Basset Xaund zotiga mansub it topib oladi. U itga qanday nom beradi?
Javob:It (Shunchaki It)
50.Charli Chaplinning 1918-yil 14-aprelda suratga olingan qisqa ovozsiz filmi shunday nomga ega edi?
Javob:Itning hayoti
3.Orollarda tugilgan mashhurlar
10. Bokschi Muhammadqodir Abdullaev 2005 yilda aynan shu bokschiga yutqazib qoygan edi?
Javob:Migel Kotto (Puerto Riko)
20. U 1940 yilda o'sha paytdagi Amerika prezidenti Franklin Ruzveltga xat yozadi. Maktubda bolakay prezidentni uchinchi muddatga qayta saylangani bilan tabriklaydi va soraydi: Agar siz uchun qiyin bolmasa, iltimos, menga Amerikaning 10 dollarlik kupyurasini yuboring. Diqqat savol. U kim edi?
Javob: F.Kastro
30. U 1933 yil 2 mayda Aleksandr Kempbell tomonidan mahalliy Inverness Courier gazetasida chop etilgan maqoladan keyin mashhur bolib ketdi. Uni ayting?
Javob:Lox Ness mahluqi (Britaniya oroli, Shotlandiya)
40. Bu inson regbining ashaddiy muhlisi bolib Avstraliyadagi eng qadimgi klublardan biri bo'lgan South Sydney Rabbitohs klubining egasi hisoblanadi? Javob:Rassel Krou (Yangi Zelandiya)
50. U 1909 yilda Yaponiyaning eng nufuzli sport tashkilotining rahbari sifatida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi a'zosi etib saylandi?
Javob: Zigaro Kano
4.Uchamiz (yani shamollar)
10. Bir ozbek filmda qahramonlardan biri Yevropadagi bir shaharga borish uchun shamol bolishga ham tayyor edi. Bu qaxramon rolini oynagan aktyorni ayting?
Javob:Murod Rajabov (Tangalik bolalar filmi)
20. Shamol tezligini olchovchi shkala aynan shu irlandning familiyasi bilan ataladi?
Javob: Frensis Bofort
30.Ko'p chang va qum olib yuradigan bu quruq va issiq shamol bahorgi tengkunlikdan keyin o'rtacha 50 kundan ortiq bo'lmagan davrda esadi. Shuning uchun uning nomi arab tilidan tarjimada 50 degan ma'noni anglatadi
Javob:Hamsin
40. Bu geologik atama lotin tilidan uchirib ketish ma’nosini anglatib, shamol taʼsirida boʻshashgan togʻ jinslarining zarrachalarini uchirib ketish jarayonidir
Javob: Deflyatsiya
50. Shamollarda qolgan hislarim asarida Skarlettning birinchi erining ismi shunday edi?
Javob:Charlz Gamilton
5.Garbiy mavzu
1.Shimoliy Dakota, janubiy Dakota, Montana, vayoming, kolorado, Kanzas, Nebraska, Oklaxoma va Texas. Ularni birlashtiruvchi nomni ayting?
Javob:Yovvoyi garb
20. Ozbekistonning eng garbiy viloyatini ayting?
Javob:Xorazm
30. Im Westen nichts Neues-qaysi asarning nemischa varianti?
Javob:Garbiy frontda ozgarish yoq
40. Bu ikki garblikning biriga 1878 yilda, ikkinchisiga 1895 yilda asos solingan. Ikklasini ayting.
Javob:Vest bromvich va Vest hem
50. Qadimgi misrliklar qaysi ma'budai G'arbning timsoli deb hisoblashgan?
Javob:Amunetni
Mavzu:Yopiq mavzu
10. Ushbu so‘z lotin tilidan «tiklanish» degan ma’noni beradi. Qaysi so‘z?
J: Restavratsiya!
20. Sikstin kapellasini tozaluvchi restavratorlarga ikkita asosiy narsa kerak bo‘ladi. Birinchisi bu distillangan suv, ikkichisi esa sharqdan olib kelunuvchi u. Ikkinchini ikki so‘zda yozib bering.
J: Yapon qog‘ozi!
30. Mahalliy va jahon amaliyotiga, bo‘yoq va gipsning kech qatlamlarini, qatlam bilan olib tashlash usullarini, ochiq rasmlarning eskiszlarini va restavratsiya bo‘yicha ilmiy hisobotlarni ilk bor ushbu shvetsar arxitekturi kiritgan. Kim?
J: Gaspard Fossati!
40. Ba’zi bir kartinalarda, kichik kvadrat yoki uchburchakni ko‘rish mumkin. Ularni «guvohlar» deb atashadi. Aytingchi ushbu shakllar kimlar uchun qo‘yilganini ikki so‘zda yozib bering.
J: Bo‘lajak restavratorlar. (Kelajakdagi, yangi restavratorlar) Endi kelgan restavratorlar uchun tasvirning qanchalik qorong‘u bo‘lishini ko‘rishlari uchun ataylab qoldirilgan shakllar
50. Vatikan bog‘larida 570 ga yaqin haykal va boshqa marmar inshootlar mavjud. Ushbu inshootlardagi bakteriya va qo‘ziqorinlarni yoqotish uchun undan foydalanishadi. Uni ikki so‘zda yozib bering.
J: Efir moyi!
Mavzu: Matritsali AN
10. Balerinalar uchun maxsus oyoq kiyimi shunday nomlanadi.
J: Puant.
20. Bolgariya hukumati birgina uning orqasidan 1967-1991 yillardan 10 mln dollar pul ishlab topdi.
J: Vanga.
30. Zimbabve davlatining ushbu prezidenti, o‘zining familiyasi bilan bog‘liq hazillar qilinishi cheklash borasida qonun chiqargan. Siz menga uning ismini mavzuga 4 karra mos holda ayting?
J: Kanaan Banana.
40. Bu obrazni Marsel Allen va Pier Suvestr hamkorlikda yaratishgan.
J: Fantomas.
50. U O'zbekistonda 2009-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Siz menga 1966-yilda xibsga olingan Ernestoning familyasini ayting.
J: Miranda.
Mavzu: Noodatiy sport turlari
10. Ushbu sport turida g'alabaga nokaut, texnik nokaut yoki mot orqali erishiladi.
J: Shaxboks
20. Sharni yogʻoch toʻqmoqchada urib muayyan tartibda joylashgan sim darvozalardan o'tkazish shunday ataladi ?
J: Kroket
30. Armrestling sport turining oyoq bosh barmoqlarida bajariladigan ko'rinishi shunday ataladi?
J: Toe kurashi
40. Netbol va basketbolga o'xshash ushbu sport turida, 8 kishilik aralash jins vakillaridan iborat ikki jamoa o'rtasida to'p 3,5 metrli to'rsiz savatga joylanishi kerak?
J:Korfball
50. Islandiya milliy sport turi, belga hamda sonning pastki qismiga bog'langan belbog'lardan ushlab raqibini yiqitishga harakat qilish, belbog'li kurashning vikingcha ko'rinishi ?
J: Glima
Mavzu:Aralash
10.Apollon-11 shu yıl 1-marta oyga qõndi.
J:1969-yil
20.Ilk she'riy tõplami "Baxt qonuni" bõlgan õzbek xalq shoirini ayting.
J:Shukrullo Yusupov
30. Mongol tilidan "õrmonda yashovchilar yeri" tarzida tarjima qilinadigan toponimni ayting.
J:Buryatiya
40.AQSHning Boeing E-4 yoki E-4B Nightwatch samolyotlarini boshqacha qilib shunday atashadi.
J:Oxirzamon samolyoti yoki Qiyomat qoyim samolyoti.
50.U o’z efirlarini doimo "Good night,and good luck"(Xayrli tun va omad)jumlalari bilan yakunlar edi.
J:Edvard Marrou(Ed Marrouv)
Mavzu: Davlat madxiyalari
10.Eng qadimgi madhiya ushbu davlatga tegishli bo‘lib, “Kimigayo” deb nomlangan.
J: Yaponiya
20.Ko‘pchiligimiz ushbu davlat madxiyasi qanday boshlanishini bilamiz va qaysidir ma’noda bu tilak amalga oshgan. 1619-yilda yaratilganda esa boshlanish 1 so‘zga farq qilgan.1619-yildagisini yozib bering.
J: Xudo qirolni asra (xozirda xudo qirolichani asra va qaysidir ma’noda asramoqda xam))
30.Ushbu davlatda qirollik va milliy madxiya bo‘lib, qirol va oilasi ishtirokidagi tadbirlarda qirollik madxiyasi, fuqarolik tadbirlarida milliy madxiya qo‘yiladi.
J: Daniyada
40.Ushbu davlat madhiyasi Lupang Hinirang yaʼni tanlangan yer deb nomlangan boʻlib, dastlab soʻzsiz boʻlgan.
J: Filippin
50.Yevropa davlatlari orasida Niderlandiya madxiyasi dastlabgilardan bo‘lib shunday nomlanadi.
J: Vilgelm
IKKINCHI TUR UCHUN.
Mavzu:Yopiq mavzu
10. Turli mamlakatlarda, u turli xil souslar bilan sotiladi. AQSH da ketchup, Fransiyada mayonez, Buyuk Britaniyada sirka, Belgiyada xom tuxum bilan. Gap nima haqida ketyapti.
J: Kartoshka Fri!
20. Qovurilgan kartoshkaga bag‘ishlangan eng mashhur kartina, 19-asr oxirida yaratilgan bo‘lib, uning yaratuvchisi aynan ushbu rassom edi. Bizga rassomni ayting.
J: Vinsent Van Gog! «Kartoshka yeyuvchilar!» kartinasi.
30. Ushbu asarda, Fransiya inqilobi davrlari haqida gap borib, birinchilardan bo‘lib kartoshka fri ham ushbu asarda tilga olingan. Ushbu asarning muallifini yozib bering.
J: Charlz Dikkens!) Ikki shahar hikoyasi
40. Homilador va emizikli onalarga, tarkibida bu modda yuqori bo‘lganligi sababli kartoshka fri tavsiya etilmaydi. Qaysi modda?
J: Akrilamid!
50. Rossiyaga kartoshka Petr 1 sababli kelgan bo‘lsa, qovurilgan kartoshkaning AQSH da mashhur bo‘lishiga ushbu prezident sababchi. U Oq Uydagi har tushlik ovqatida qovurilgan kartoshkalar bo‘lishi xoxlagan. Ushbu AQSH prezidenti kim?
J: Tomas Djefferson!
Mavzu: Davlat bayroqlari
10.Ushbu davlat bayrog‘idagi katta yulduz kommunistik partiyani bildirsa kichiklari turli sinflar: dexqonlar, kichik burjuaziya, ishchi sinf va ishchi sinf qo‘l ostidagilarni bildiradi.
J: Xitoy
20.Ushbu davlat bayrog‘i 2 la tomoni ikki xil bo‘lgan dunyodagi yagona davlat xisoblanadi.
J: Paragvay
30.Chelyabinsk bayrog‘ida ushbu xayvon tasviri bor, siz bizga ushbu xayvonning ko‘rinishiga ko‘ra 2 turini ayting.
J: Baktrian va Dromedar(Tuya tasvirlangan)
40.1936-yilgi olimpiada ushbu ikki davlat bayrog‘i deyarli bir xil bo‘lgan, birinchisida faqat ko‘k va qizil chiziqlar, ikkinchisida esa qo‘shimcha toj tasviri bor edi.Davlatlarni ayting.
J: Gaiti va Lixtenshteyn
50.Davlatlar bayroqlarini o‘rganuvchi fan shunday ataladi.
J: Veksillologiya
Mavzu: Matritsali ER
10.Ginnes rekordalar kitobi g’oyasi muallifi aynan shu odam.
J:Xyu Biver
20.Jorj Oruellning 1984 asaridagi Katta og’aning eng yaqin prototipalaridan biri Stalin edi,ikkinchisi kim.
J:Goratsio Kitchener
30.Kubik-rubikni tezlikda yig’ish bilan shug’ullanadigan odam shunday nomlanadi.
J:Spidkuber
40.Nyurenberglik bu rassom yevropa rassomlari orasida birinchi bo’lib avtobiografiya yozgan.
J:Albrext Dyurer
50.U NXL o’yinlarida darvozabon niqobidan foydalangan ilk xokkeychi.
J:Jozef Jak Omer Plant
Mavzu: Poytaxt nomlari tarixi
10.Ushbu poytaxt nomi qadimgi Niderlandchadan botqoq uy ma’nosini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan.
J: Bryussel
20.Ushbu poytaxt nomi slavyanchadan suv va pechka ma’nolarini beradi, u 1873-yilda tashkil qilingan.
J: Budapesht(Buda-suv, pesht-pech)
30.Ushbu poytaxt keltcha Windo so‘zidan kelib chiqqani aytilib, toza, sof, muqaddas kabi ma’nolarni anglatar ekan.
J: Vena
40.Bu poytaxt 8-asrda Atshi-Baguan deb atalgan. Atshi bu olov, Baguan esa xudo degani bo‘lib otashparastlik vaqtida shu nom bilan atalgan.
J: Baku
50.Ushbu poytaxt nomi mjes ya’ni kichik va kam ma’nosini beruvchi daryo nomidan kelib chiqqan ekan.
J: Minsk
Mavzu: Kino olami!
10. Bu primat va reptiliya qarshiligi 436 mln dollarga baholandi.
J: Godzilla Kongga qarshi.
20. Bu film senariysini yozgan senarist, senariysi uchun gonarar sifatida bosh rolni berishlarini talab qilgan.
J: Rokki. ( Silvestr Stallone)
30. Bu inson uni sirli qutidan sayyora darajasiga olib chiqdi. Savol: Kim?
J: Jeyms Kameron. (Pandora qutisi, Pandora sayyorasi)
40. Terminatordan farqli ravishda bu inson 1974-yilda Samarqandliklarga bergan va'dasini bajarmadi.Qaysi aktyor.
J: Goyko Mitich.( "Men albatta Samarqandga qaytaman" degan edi u Apachi filmi suratgan olingandan keyin)
50. Uyda yolg'iz filmi afishasi uchun ijodkorlar undan ilhomlanishadi. Uni ikki so’zda ayting.
J: Qichqiriq kartinasi.
FINAL O’YINI UCHUN!
Mavzu: «Lahzadan zavqlaning» yoki «Bu soniyada baxtli bo‘ling»
1. Ushbu iborani, juda katta hajmni yoki beso‘naqaylik yoqtirmaydigan, nozik did egalari yoki endigina birinichisini tanlayatganlarga tavsiya etishadi. Nima yoki qayerda?
J: Tatiurovkada! Ibora esa “Carpe Diem”
2. Carpe Diem iborasi, ilk bor ushbu qadimgi rimlik shoir tomonidan qo‘llanilgan. Qaysi?
J: Goratsiy!
3. 1994-yil yaratilgan ushbu musiqiy albom nomi, mavzumizga mos tushadi. Ushbu albom mualifini yozib bering!
J: Lara Fabian!
4. Anglikyalik yozuvchi Piter Djeymsning, ushbu detektivga bag‘ishlang ko‘p qismli detektiv asarlarida “Carpe Diem” iborasi bir necha joyda ishlatilganini ko‘rish mumkin. Ushbu asarlar qaysi detektivga bag‘ishlangan?
J: Roy Greys!
5. “Carpe Diem” iborasi ishlatilgan ushbu 20-asr filmi, eng yaxshi sitata ishlatilgan amerika filmlari qatoriga kiritilgan. Qaysi film
J: O‘lik shoirlar mamlakati
Mavzu:Nafaqat unvon va lavozimlar.
10.Moldaviyaning Turaspol shaxri sharafini ximoya qiladigan ushbu futbol klubiga 1997-yilda asos solingan
J:Sherif
20.2012-Yilda Premyerasi bolgan ushbu filmda bosh rolni Sasha Baron Koen o'ynagan
J:Diktator
30.Miyagi ijrosidagi ushbu tarona 2018-yil yozida taqdim etilgan
J:Kapitan
40.2002-yili Rossiyada o'tkazilgan jahon tamaki ko'rgazmasida shu nomli tamaki mahsuloti 1-orinni olgan.
J:Xon
50. Ushbu orol shimoldan Narmada daryosi , janubdan Kaveri daryosi bilan chegaradosh.
J:Dekan oroli
Mavzu: Matritsali OK
10.Ushbu kompaniya nafaqat mobil telefonlar, balki rezina etiklar xam ishlab chiqaradi.
J: Nokia
20.Alfa birinchi marta 1810-yilda bo‘lajak qirol Lyudvig I va malika Tereza nikohiga bag‘ishlanib tashkil etilgan.
J: Oktoberfest
30.Kaliforniyadagi bu shaxar nomi “Qayinlar yeri” ma’nosini beradi.
J: Oklend
40.Ushbu sport invertarini Vud, patter, ayron kabi turlari bor. 2 so‘zda bu invertarni ayting
J: xokkey klyushkasi
50.Bu atama orqali omma tomonidan hokimiyatning egallab olinishi; qonunga va tartibga tayanmaydigan, g‘azablangan, hissiyotga berilgan ommaning kuchi ifodalanadi.
J: Oxlokratiya (yun. ochlos – olomon, kratos – hokimiyat)
Mavzu: Davlat madxiyalari 2
10.Arman sovet respublikasi madxiyasini ushbu inson yozgan.
J: Aram Xachaturyan
20.Ushbu davlat madxiyasi “Askar qo‘shig‘i” deb nomlanib, dastlab ingliz tilida yozilgan va kuylangan.
J: Irlandiya
30.Ushbu davlatda 11 ta rasmiy til bo‘lib, madxiyada 11 ta tildagi so‘zlarni uchratasiz.
J: JAR
40.Sanskrit-Bengalchada R.Tagor tomonidan yozilgan Xindiston madxiyasi shunday nomlanadi
J: Djanaganamana
50.Yangi Zelandiyaning “Xudo Yangi Zelandiyani asra” nomli madxiyasi
1-kupleti ushbu tilda yozilgan bo‘lsa, 2-si ingliz tilida.
J: Maori tilida
Mavzu:Aralash
10.Bu so’z ilk marta Syuan Szyan asarlarida uchragan.Bu yerga mil.avv. 1-ming yıllık o’rtalarida asos solingan ekan.
J:Buxoro
20.Bu toponim etimologiyasida "Barskent","Parak" so’zlari uchraydi.
J:Parkent
30.Bu Marvelning mashhur filmi qahramonini Benedikt Kamberbetch o’ynagan bõlib uning filmdagi asl kasbini nima edi.
J:Neyroxirurg
40.Bu personajni Kristian Beyl va Maykl Kitonlar ijro etishgan.
J:Betmen
50.Bu ajoyib tabiiy fenomen dengiz tuzları,o’tlari va boshqa har xil narsalar aralashmasi natijasida vujudga keladi.
J:Sohil bo’yidagi kapuchino
IKKINCHI TUR UCHUN!
Mavzu: Lirik chekinish!
10. Lirika so‘zi etimologoyasida, aynan ushbu musiqa asbobi eslab o‘tilinadi. Qaysi?
J: Lira!
20. 19-asrda lirika janrining yanada rivojlanishiga g‘oyaviy va badiiy ushbu yo‘nalish katta turtki berdi. Uni fransuzcha so‘zda yozib bering?
J: Romantizm!
30. 16-asrda Angliyada lirika janr endi rivojlanayatgan edi. Lirik-epik qo‘shiqlar xalq orasida juda mashhurlashib borayatgan va ularni aksariyati Uning jasorati haqida kuylanar edi. Kimning?
J: Robin Gud!
40. “Yevgeniy Onegin” operasida Lenskiy, “Traviatada” Alfred, “Qor qiz” operasida Berendey, «Rigoletto» da Gersog. Ushbu operalardagi personajlarni ushbu ovoz diapazoni birlashtiradi. Qaysi ovozligini 2 so‘zda yozib bering.
J: Lirik tenor!
50. Lirika janri tarkibiga kiruvchi ushbu janr nomi tarjima qilinganda, «uncha katta bo‘lmagan rasm» ma’nosini beradi. Ushbu janr nomini ayting?
J: Idilliya!
Mavzu:Yopiq mavzu.
10.RGB (ranglari tizimida) bu rangning qiymati (255:0:0) kabi ifodalanadi.
J:Qizil
20.Ushbu kartina hozirda Moskvadagi Tretyakov muzeyida saqlanadi.
J:"Qizil otning cho'milishi"
30.Aqshning Ogayo temir yo’l muzeyida saqalandigan tezkor tramvay shunday nomga ega.
J:Qizil Iblis
40.O'zbekistinda endi ommalashib borayotgan Uning bosh ofisi Birlashgan arab amirliglarida joylashgan.
J:Red Tag savdo brendi
50.Bu etimologiyasi noma'lum nodir sindrom bo'lib, dastlab 1994 yilda Aqshda aniqlangan.
J:Qizil quloq sindromi
Mavzu: Poytaxt nomlari tarixi 2
10. Afsonaga ko‘ra qirol Kekropga 2 xudodan qaysi birining sovg‘asi yoqsa o‘shaning nomi berilishi kerak bo‘lgan va bu poytaxt nomi shundan kelib chiqqan.
J: Afina
20. Bu poytaxt noming manosi toshqin, boshqa versiyaga ko‘ra esa ayiq degani ekan. Uning gerbida ayiqni ko‘rishingiz mumkin.
J: Berlin
30.Ushbu poytaxt nomi kelib chiqish versiyasi ko‘p. Biriga ko‘ra arabcha Majra ya’ni suv manbayi degani bo‘lsa, boshqa variantga ko‘ra keltcha katta ko‘prik degani ekan.
J: Madrid
40.Ushbu poytaxt nomi so‘zma so‘z “Sotuvchilar bandargohi” deb tarjima qilinadi.
J: Kopengagen
50.Bu poytaxt nomi qadimgi italyan tilidagi kuzatuvchi ma’nosini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bu xudud balandda joylashgani uchun ham shunday atashgan.
J: Skopye(Makedoniya)
Mavzu: Sportdagi laqablar
10.Ushbu afsonaviy sportchiga qora chaqmoq laqabini berishgan.
J: Muxammad Ali
20.Tashqi ko‘rinishi sababli Mesut O‘zilga laqab qilib 2004-yil ekranlarga chiqqan multfilm personajini tanlangan. Qaysi personaj.
J: Nemo
30.Basketbolchi Andrey Krilenkoga o‘ynaydigan raqami tufayli shunday laqab berishgan.
J: AK-47
40.Bu futbolchining laqabi “fonarli ustun” bo‘lib, bu laqab uning o‘yiniga bog‘liq emas, shunchaki familyasidan kelib chiqqan ekan.
J: Frenk Lemperd
50.Ushbu rus sportchisiga muz ustida o‘ta nozik va yengil xarakatlanganligi uchun “Balerina” laqabini berishgan ekan. Kimga?
J: Yevgeniya Medvedova
Mavzu: Ibtido va Intiho.
10. Fransuzlarda u "tuxumdan olmagacha" davom etishi tavsiya etiladi.
J: Ovqatlanish.
20. U "ishonch" bilan boshlanib, "sayohat" bilan tugaydi.
J: Islomning 5 farzi.
30. U Tunisda boshlanib, Livanda yakuniga yetadi.
J: Arab bahori
40. U Norkdindan boshlanib Marokkida tugaydi.
J: Yevropa.
50. U ofitsant Andover bilan boshlanib janob Donkaster bilan yakuniga yetadi.
J: Alifbo bo'yicha qotillik.
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
@aktamov_blogi