Professional va Birinchi liga yozgi mavsumi 4-tur Espero jamoasi savollari 27.09.2025
1-savol:
2011-yilda Melinda Lu o’zining 1969-yilda tashkil topgan kompaniyaning yuzi ekanligini ommaga ma’lum
qilganida anchagina semiz edi. Natijada bu holat kompaniya obro’siga putur yetkazgan. Savol: Melinda Lu
ga yoshligida berilgan laqabni toping
Javob:Wendy
Izoh: Wendy’s tezkor ovqatlanish tarmog’i logotipida kompaniya asoschisi Deyv Tomasning qizi Melinda Lu
tasvirlangan. Tarmoq – Melindaning bolalikdagi laqabiga “Wendy” sharafiga nomlangan. 2011-yilda
Melinda logotipdagi qiz o’zi ekanligini ommaga ochiqlaganda, semirib ketgan edi, bu esa tarmoq obro’siga
putur yetkazgan.
2-savol:
“Betsubara” qorni to’q odam oldiga yegulik qo’yilsa, yana yeyish xohishining paydo bo’lishini ifodalovchi
yaponcha termin bo’lib, o’zbek tilida BO'SHLIQ degan ma’noni anglatadi. Kavsh qaytaruvchilarda ham
BO’SHLIQ bor. Savol: BO’SHLIQ o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob:Alohida oshqozon
Izoh: Yapon madaniyatida qorni to’q odam oldiga tansiq yegulik qo’yilsa, rad qilinmaydi. Aksincha,
“Betsubara” ya’ni qo'shimcha oshqozon bor deya tanovvul qilinadi.
Zachot: Ikkinchi oshqozon, Qo’shimcha oshqozon va ma’nodosh javoblar.
3-savol:
Ma’suma Ahmedovaning hikoyasi voqealari qaysi kuni bo’lib o’tgani noma’lum, biroq bozor kuni emasligi
aniq. Hikoya nomida Bu so’zni uchratish mumkin. Qo’shiqchi Mastona Mirzayevaning Kumush tilidan
aytilgan qo’shig’i nomi Bu so’z bilan nomlangan. Savol: Ushbu so’zni yozib bering
Javob:Begim
Izoh: Asosan shevada yakshanbadan boshqa kunlar – begim kunlari deb ataladi. “Begim” deb atalgan
qo’shiq Kumush tilidan aytilgan bo’lib, “O’tgan kunlar” asari asosida yaratilgan.
4-savol:
Bir maqolada realist rassomlarning asarlari odatda ularning bevosita atrofidagi muhitni aks ettirishi haqida
yozilar ekan, sa'natga “IKS barometri” deb ta'rif beriladi. Alyaskadagi ayiqlar losos baliqlari o'rniga tobora
ko'proq rezavor mevalar iste'mol qilayotganiga sabab ham IKS ekanligi aytiladi. Savol: IKS ni unli
harflardan boshlanuvchi ikki o’zbekcha so'zda yozib bering.
Javob:Iqlim o'zgarishi
Izoh: Realist rassomlarning atrofdagi manzarani boricha tasvirlashi olimlarga o'sha davrdagi iqlim haqida
ma'lumotlar beradi. Iqlim o'zgarishi natijasida daryolar qurishi ta’sirida lososlar populyatsiyasi kamayib
borayotgani tufayli ayiqlar ratsioni ko'proq rezavor mevalarga bog'liq bo'lib qolmoqda.
5-savol:
“Qindan chiqqan pichoqlar: Billur piyoz” filmida "Kelajak biograflari uchun" nomli kitob yozgan personaj
ismi IKS. Ekologiyada iqlim o'zgarishlari haqida gapirayotgan odamlarni ham IKS lar deyishadi. Savol: IKS
o'rnidagi ismni qo'sh undosh qatnashtirib yozib bering
Javob:Kassandra
Izoh: Apollon tomonidan Kassandraga kelajakni ko'rish imkoni beriladi, lekin unga doim hech kim
ishonmaydi. Ekologlarning iqlim o'zgarishlari haqida aytganlari ham shunday, hamma gapiradi, lekin hech
kim jiddiy qabul qilmaydi.
6-savol:
Diqqat, savolda bir so'z boshqa bir so'zga almashgan. Saidmurod Murotov eslashicha, loyiha dastlab faqat
amerikancha qiymaga murojaat qilgan. Biroq keyinchalik, Vagif Mustafozodaning ishlaridan ilhomlanib,
milliy qiymani takomillashtirish fikri uyg'ongan. Savol: Ko'rgazmali materialda berilgan, Murotov asos
solgan loyiha nomini to'liq yozib bering.
Javob:Jazzirama
Izoh: Milliy ohanglarni jazz uslubida qayta ijro etishni qoyillatadigan guruh ozarbayjonlik mashhur bastakor
Vagif Mustazodaning jazz va muqom uyg'unlashgan kuylaridan ilhomlangan holda bugungi yo'nalishini
tanlagan ekan. Savol matnida jazz so'zi qiyma so'ziga almashtirilgan.
7-savol:
Rejissyor Zulfiqor Musoqov o’z ijodiga juda past baho berishini aytib o’tgan. Suhbat davomida kelajakda
o’zi haqida film suratga olinsa IKS deb nomlanishi - to’g’ri deb bilishini aytgan. Zulfiqor Musoqovning
filmlaridan birida, Adati tumanida tug’ilgan insonga nisbatan IKS xitobi ishlatiladi. Savol: IKS o’rnidagi 2
so’zni yozib bering
Javob:Kim u?
Izoh: Zulfiqor Musoqov o’zini ijod olamidagi hech kim ekanligini aytar ekan, mabodo o’zi haqida film olinsa
“Kim u?” deb nomlash to’g’riroq bo’lishini aytadi. “Osmondagi bolalar” filmida Takeshi Kitano haqidagi
gapdan keyin, sotuvchi “Kim u?” deya hayratlanib savol beradi.
Zachot: U kim?
8-savol:
Ulardan birida kuylayotgan qushchani ko'rish mumkin. Savol: Uni dastlabki 4 harfi bir xil bo'lgan 2 so'zda
yozib bering
Javob:Logoped logotipi
Izoh: Logoped - bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo'yicha mutaxassis bo’lib, asosan yosh bolalardagi
kamchilikni bartaraf etishadi. Uning logotipida qushchaning kuylab turgani mantiqiy.
9-savol:
Savol matnidagi so’zlardan biri almashtirilgan. Hindistonning ko’plab shtatlarida yashaydigan musulmonlar
uyushmasining yana bir nomi - SURINAM. Mazkur musulmonlar o’zlarini 858-yilda tug’ilgan Bu insonning
merosxo’rlari deb bilishadi. Savol: Bu inson nomidagi arabchadan “Paxta tituvchi” ma’nosini beruvchi qo’sh
undoshli so’zni yozib bering
Javob:Halloj
Izoh: Mazkur uyushma nomi Mansur al-Halloj sharafiga “Mansuri” deb atalgan. Surinam va Mansuri –
anagramma.
10-savol:
2022-yilda Singapurda ish boshlagan BETA nomli muzqaymoq va shirinliklar do'konlar tarmog'i saytida
yozilishicha, “DESERT UCHUN DOIM JOY TOPILADI”. Savol: Tarmoq nomini asl holida yozib bering.
Javob:Betsubara
Izoh: Oldingi savollardan birida aytilganidek, qorni to'q odam oldiga kelgan tansiq yegulik uchun doim joy
topa oladi. Ayniqsa u shirinlik bo'lsa. Desertlar odatda asosiy taomlardan keyin, to'q qoringa beriladi.
11-savol:
Yaqinda bo’lib o’tgan US Open turniri oldidan bir kompaniya Novak Jokovichning mahoratiga urg’u berilgan
tadbir olib bordi. Mazkur tadbir doirasida chiqarilgan ekipirovkalarda IKS o’rnida IGREKNI ko’rish mumkin.
Savol: IKS va IGREK o’rnidagi so’zlarni yozib bering
Javob:Timsoh, echki
Izoh: Ko’pchilikka ma’lumki, logotipida timsoh tasvirlangan “Lacoste” brendi Novak Jokovichning homiysi
sanaladi. Turnir oldidan ushbu kompaniya o’z logotipidagi timsoh o’rniga echki tasvirini joylashtirib,
kiyimlar seriasini chiqardi.
12-savol:
U o’ziga nega bunday taxallus tanlaganini izohlar ekan, Hindistonga bo’lgan muhabbatini aytib o’tgan.
Hatto “Criminel” [kximinel] nomli ashulasida urdu tilidagi naqarotlardan ham foydalangan. Savol: 1984-
yilda tug’ilgan ushbu inson taxallusini yozib bering
Javob:Indila
Izoh: Asl ismi Adila Sedraia bo’lgan fransuz qo’shiqchisi o’z taxallusini “India” va fransuzcha artikl
birikmasidan olgan. Bunga Hindistonni juda yaxshi ko’rishini izoh qilib o’tgan.
13-savol:
Sergey Popovning iqtisodchilarning muvaffaqiyatli karyerasi asosan ular o'qigan oliy o'quv yurtlari nufuziga
bog'liqligi haqidagi maqolasi nomi - kelib chiqishi qadimgi Rim ilohasiga borib taqaluvchi iboradan 2 harfga
uzun. Savol: Maqola nomini yozib bering.
Javob:Alma matters
Izoh: Alma mater shaxs ta’lim olgan yoki bitirgan o’quv muassasasini ifodalaydi. Ibora qadimgi Rim ilohasi
Sereraga borib taqaladi. Maqola nomi orqali universitetlarning roli muvaffaqiyat uchun muhimligiga e'tibor
qaratilgan, “matters” - inglizchada muhim degani.
14-savol:
Gvatemalalik Luis fon An o'z mamlakatini amerikaliklardan iborat auditoriyaga soddaroq tushuntirish
maqsadida “EKS uchun EKS” deya hazilomuz ta’riflaydi. Aytish mumkinki EKS da ham “EKS” mavjud. Savol:
EKS ni yozib bering.
Javob:Meksika
Izoh: Gvatemala Meksika bilan chegaradosh. Meksikaliklar Gvatemaladan kelgan noqonuniy migrantlarni
yoqtirmasligi haqida gapirar ekan, DuoLingo platformasi asoschisi Luis fon An, TedTalksdagi chiqishlaridan
birida o'z mamlakatiga “Meksika uchun Meksika” deb ta'rif beradi.
15-savol:
Savol matnidagi BU ISH — bir necha so'z o'rnida keladi. Omar Momani karikaturasida o'z vatandoshlari kabi
mashhur bo'lishni istagan Neymarning BU ISHNI QILGANINI ko'rish mumkin. 2015-yilda nashr qilingan
romanning o’zbekcha tarjima nomiga nisbatan BU ISH qilinsa asar nomida ikkita bir xil so'z paydo bo'ladi.
Savol: Shu asar muallifini toping
Javob:Yu Nesbyo
Izoh: Karikaturada Rivaldo, Ronaldinyo, Romario va Ronaldo kabi mashhur bo’lishni istagan Neymar “N”
harfini “R” ga o’zgartirgan. Yu Nesbyo qalamiga mansub “Qordagi qon” romani bilan bu ish qilinsa ikkita
“Qor” hosil bo’ladi.
16-savol:
Savol matnida SHUNDAY so’z boshqa 2 so’z o’rnida keladi. Rassom Andreshir Moxassessning “Qirol har
doim xalqdan balandda bo’lishi kerak” nomli kartinasida xalqni va SHUNDAY qirolni ko’rish mumkin.
1647–yildagi asarda ham SHUNDAY jonzotlarni ko’rish mumkin. Savol: Ushbu asar muallifini toping
Javob:Paulius Potter
Izoh: Shunday so’zi – “dorga osilgan” so’zlari bilan almashgan edi. Kartinada dorga osilgan qirol ham
qaysidir ma’noda xalqdan ustunligi ko’rsatilgan. Paulius Potterning “Ovchining jazolanishi” kartinasida esa
dorga osilgan ovchi itlarni ko’rish mumkin.
17-savol:
Savol matnida SHUNDAY U so’zlari boshqa 2 so’z o’rnida keladi. Nomini SHUNDAY U deb tarjima qilish
mumkin bo’lgan guruh haqidagi manbalarda, guruh o’z nomini zoologiya sababli, ba’zi manbalarda 2001-
yilgi Xitoy kalendari sababli tanlagan deyiladi. 1956-yilda tug’ilgan vatandoshimiz bir ijod mahsulida
SHUNDAY UNGA murojaat qiladi. Savol: Ushbu vatandoshimizni toping
Javob:Sultonposhsha O’dayeva
Izoh: Gap “Whitesnake” ya’ni “Oq ilon” rok guruhi haqida bo’lib, 2001-yilda Xitoy kalendarida “Oq ilon” yili
nishonlangan va guruh shundan ilhomlanib nom olgan deyiladi.
18-savol:
2012-yildagi ekranizatsiyadan olingan mazkur kadrdagi insonlar Unga qarab turishibdi. U — Almasjid alPage 5
Haromdagi obyektdan bir harf qisqa. Savol: Ushbu obyektni toping
Javob:Zamzam
Izoh: “Metamarfoza” filmi Kafkaning “Evrilish” asari asosida yaratilgan bo’lib, qahramonlar achinish va
hayrat bilan Zamzaga qarab turishibdi. Zamzam - Almasjid al-Haromdagi buloq nomi.
19-savol:
U front ortidagi polkda mardikor bo’lib xizmat qilgan, shu sababli o’z taxallusini tanlagan. O’sha vaqtlarda
o’zining “Mardikor” dostonini ham yaratgan. Savol: 1874-yilda tug’ilgan ushbu inson kim?
Javob:Po’lkan [Muhammad Jomrot o’g’li]
Izoh: O’zbek dostonchiligida o’z o’rniga ega bo’lgan Po’lkan baxshi o’z taxallusini “Polk” so’zidan olgan.
20-savol:
Edgar Allan Po keskin tanqidchi sifatida tanilgan edi, o’zining shafqatsiz sharhlari uchun unga "tok odam"
laqabini berishgan. Savol: Savol matnida harflari tushurib qoldirilgan algonkin tilidan kelib chiqqan so'zni
asl holida yozib bering.
Javob:Tomogavk.
Izoh: Ozod Sharafiddinov aytganidek tanqidchi ijod bog'iga bolta bilan emas, tokqaychi bilan kirishi kerak.
21-savol:
Ko’rgazmada bundan 36-40 million yil oldin yashagan kaltakesak turiga berilgan nomdagi bir so’zdan
ayrim harflar tushirib qoldirilgan. Paleontolog Jeyson Hed kaltakesakning gigant o'lchami haqida gapirar
ekan nom juda mos tushganini aytadi. Savol: Harflari tushirilgan so’zni asl holida yozib bering.
Javob:Morrisoni
Izoh: Jeyson Hed nega kaltakesakga bunday nom bergani haqida gapirar ekan, uzunligi 1,8 metrgacha
yetgan kaltakesak rostdan ham kaltakesaklar qiroli bo'lganini aytadi. Jim Morrison 1968-yildagi "Kaltakesak
tantanasi" nomli she’rida o’zini "Kaltakesak qiroli" deb atagan.
Zachot: Morrison
22-savol:
"Pi hayoti" filmida Pi Patel kema halokatidan so'ng dengizda 8 oyga yaqin vaqt davomida qolib ketadi.
Savol: Aniq ayting, necha kun?
Javob:227
Izoh: Versiyalardan biriga ko'ra bu kunlar pi soniga matematik ishora, ya'ni 22/7 ≈ 3,142857 π (pi) ning
oddiy kasr ko‘rinishidagi taqribiy qiymatidir. Yann Martel intervyularida ko'pchilik muhlislar bunga e'tibor
qaratganini aytib o'tgan.
23-savol:
“O’rganishni qanday qilib ijtimoiy tarmoqlar kabi addiktiv qilish mumkin” nomli ma'ruzasida bu inson mobil
o’yinlarning psixologik usullaridan ham foydalanilishini aytib o'tadi. Savol: Bu insonning ism-familiyasini
yozib bering
Javob:Luis fon An
Izoh: Luis fon An mashhur til o’rganish platformasi Duolingoni yaratayotganida, jiddiy muammoga duch
keladi: ta’lim berish uchun mo’ljallangan ilova Instagram va TikTok kabi o’ziga tortuvchi platformalar bilan
raqobatlasha oladimi? Duolingoda foydalanuvchilarni o’rganishga qiziqtirish uchun ijtimoiy tarmoqlar va
mobil o’yinlarning psixologik usullaridan foydalaniladi.
24-savol:
Savolda bir so’z boshqasiga almashtirilgan. “Eslab-eslab” ko’rsatuvida Bu aktyorning real hayotda ham
SA’DIY ekanligi, mahorat jihatdan ko’plab xonandalarga dars bera olishi aytiladi. 1999-yildan ekranlarga
chiqqan o’zbek serialida Bu aktyorning laqablaridan biri SA’DIY edi. Savol: Ushbu aktyor ism-familiyasini
toping.
Javob:Behzod Muhammadkarimov
Izoh: Behzod Muhammadkarimov talabalik paytlarida hofizlik qilgan. Ko’p bora Mirzabek Xolmedov, Tohir
Saidovlar bilan to’ylarga ham taklif qilib turilgan. “Shaytanat” serialida aktyor ijro etgan Elchin obrazining
laqabi “Hofiz” edi. Almashtirish - Sa’diy Sheroziy va Hofiz Sheroziy asosida qurilgan.
25-savol:
"Murtadlar" ("Отступники") filmida bir qancha o'lim sahnalari bor. Sinchkov tomoshabin kuzatuviga ko'ra,
agar biror epizodda xoh asosiy planda, xoh orqa planda IKS yoki IKSsimon shakl ko'rinsa, demak shu
personajning o'lim epizodi yaqin. Savol: IKS ni yozib bering.
Javob:X
Izoh: Odatda xorij criminal filmlarida o'lgan yoki o'ldirilgan personajlar rasmi ustiga IKS chizib qo'yiladi.
Detallarni sevadigan Skorseze esa, bu filmida tomoshabinga ushbu ishorani oldindan berib ketgan.
26-savol:
Kinotanqidchi Aleksandr Uoker "Kosmik Odisseya: 2001" filmi ba’zilar uchun texnologiya, boshqalar uchun
evolyutsiya, Xudo yoki begona aql-idrok haqidaligi, har kim filmga o'z ma'nosini berishi kerakligi haqida
gapirar ekan, filmni kinematografiyadagi u deb ataydi. Savol: Uni ikki so'zda yozib bering.
Javob:Rorshax testi.
Izoh: Stenli Kubrik bir necha bor film nimani anglatishi haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortgan.
Uokerga ko'ra har kim filmga o'zi ma'no berishi kerak.
27-savol:
Jon fon Neyman mayda tafsilotlarni va keraksiz takrorlashlarni haddan tashqari darajada ko'p ishlatar va
natijada uning yozuvlari talabalar uchun chalkash va tushunarsiz bo'lib ketardi. Ba'zi talabalar Neymanning
tenglamalarini hazm qilish og'irligi haqida gapirganda tarqatmadagi tenglamani “Neyman IKSi” deb
atashgan. Savol: 1951-yilgi qaysi asar bosh qahramoni ham IKS edi?
Javob:“Chippolinoning sarguzashtlari”
Izoh: Bir nechta qavslarning ketma-ket ishlatilishi piyoz qatlamlarini esga soladi. Talabalar Neymanning
tenglamasini hazm qilish uchun oldin bir nechta qavatdan tozalash kerakligi haqida hazil qilib uni “Neyman
piyozi” deb atashgan. Janni Rodarining "Chippolinoning sarguzashtlari" asari 1951-yilda yozilgan.
28-savol:
Savol matnidagi bir so’zdan harflar tushirib qoldirilgan. Abdulla Qahhor bir hikoyasida istarali cholni ta'riflar
ekan, "Cholning yuziga Uni qo'yishsa, xol bo'lib ko'rinadi" jumlasini ishlatadi. 1936-yilda nashr etilgan
asardagi antagonistlardan biri o’z qo’shig’ida Ularni reklama qilar ekan, semizlik va ko’rlikni ham eslab
o’tadi. Savol: Shu antagonist nomini toping
Javob:Duremar
Izoh: Istarali insonga nisbatan ta’rifida Qahhor “Uning yuziga zuluk qo’yishsa xol bo’lib ko’rinadi” jumlasini
ishlatadi. “Buratinoning sarguzashtlari yoki oltin kalit” asarida zuluk sotish bilan shug’ullanadigan Duremar
zuluklarni bronxit va husnbuzardan tortib, semizlik va ko‘rlikkacha bo‘lgan ko‘plab kasalliklarni davolaydi
deya reklama qiladi.
29-savol:
Savol matnida ikki so'z boshqa ikki so'zni almashtirib keladi. O‘zbek tilidagi Wikipediya maqolasidan
olingan Umrbod qamoqga oid dunyo xaritani ko'rib turibsiz. Savol: Umrbod qamoq tilga olingan 19-asrdagi
mumtoz manbaada qaysi ikki harf alohida ta’kidlab o'tilgan?
Javob:Nun, Sod
Izoh: Ogahiyning "Ustina" radifli g'azalida "Qatlim uchun "nas" keltirur, "nun" eltibon "sod" ustina" misrasi
bor. Bu holatda "nun" va "sod" harflari qo'shilishidan hosil bo'lgan "nas" so'zi "hukm, jazo" ma'nosida
qo'llanilgan. Aksar davlatlarda, o’lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan. Biz ham o’lim jazosi
yoki o’lim hukmi jumlasi o’rnida umrbod qamoq so’zlarini qo’lladik.
30-savol:
Savol matnida aytiladigan ikkita U bir-biridan qo'shtirnoq bilan farq qiladi. 1930-yillarda avj olgan
jurnalistlarga nisbatan keskin munosabat Sobira Xoldorovani ham chetlab o'tmadi. 1937-yil kuzida
Sobiraning uyi oldida "U" paydo bo'ldi. Tushda Uni ko'rish, ko'plab ma'nolar qatorida ayriliq, g'ariblik,
motamni ham ifodalaydi. Savol: U o'rnidagi bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so'zni yozib bering.
Javob:"Qora qarg'a"
Izoh: Qatag'on yillarida hibsga olinganlarni olib ketish uchun asosan, qora rangli, GAZ M-1 modelidan
foydalanilgan. Shu sababdan bu model odamlar orasida "Qora qarg'a" (“Чёрный воронок”) nomi bilan
atalgan. 1937-1938-yillarda Sobira Xoldorova surgun qilinadi, turmush o'rtog'i esa otiladi. Tush ta'birida
aytilganidek, qora qarg'a kulfat va ayriliq bilan assotsatsiya qilinadi.
31-savol:
Og’irligi 280 tonnaga yaqin uni hatto yosh bola barmog’i bilan ham qimirlata olishi aytiladi. U haqida
gapirar ekan, mahalliy aholi “Kobra”ni esga oladi. Savol: Uni alifboni ketma-ket harflaridan boshlanuvchi
ikki so’zda yozib bering.
Javob:Sangijumon toshi.
Izoh: Ko’rinishi kobraning boshini eslatuvchi mazkur tosh Navoiy viloyatida joylashgan bo’lib, turistlar
tashrif buyuradigan mashhur joylardan biri sanaladi. O’zining noodatiy joylashuvi sababli uni yosh bola
ham qimirlata olar ekan.
32-savol:
Behzod Muhammadkarimov bir safar spektaklda RAJAB roli haqida gapirar ekan, ushbu rolni ijro etish juda
faxrli ish ekanligi aytadi va “Axir bu ADASH RAJAB! RAJAB ADASHEV emasku!” deya boshqa bir hamkasbi
ustidan hazil qiladi. RAJAB ADASHEV 2024-yilda vafot etdi. Savol: RAJAB ADASHEV so’zlari bilan almashgan
ism-familiyani yozib bering.
Javob:Mashrab Kimsanov
Izoh: Boborahim Mashrab roli haqida gapirar ekan Behzod Muhammadkarimov shunday degan: “Axir bu
kimsan Mashrab! Mashrab Kimsanov emasku!”. Rajab Adashev ham boshqa bir filmda Mashrab roli bilan
mashhur.
33-savol:
IntervyuTV loyihasida mehmon bo'lgan Azam Shokirjonovga boshlovchi O'zbek filmida halol odam obrazi
deyilsa, sizni tasavvur qilaman degan maqtovni aytadi. Azam Shokirjonov rol ijro qilgan ijod mahsuli uchun
Yassaviyning ko'rgazma materilda berilgan misralari sauntrek qilib kuylangan. Savol: Shu ijod mahsulini
yozib bering.
Javob:Lafz
Izoh: Said Muxtorov va Azam Shokirjonov ushbu mini serialda qo'shnilar obrazlarini gavdalantirishgan.
34-savol:
Diqqat! BU ISHNI QILISH so’zlari boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi. Xorazmda 1867-yilda chiqarilgan
fatvoga ko‘ra, hatto masjid yoki qabriston qurilishi uchun ham BU ISHNI QILISH ta’qiqlangan. Qachonki qozi
yoki muhtasib ruxsat bersagina BU ISHNI QILISH mumkin bo’lgan. Kasb nuqtayi nazardan BU ISHNI QILISH
bilan shug'ullanuvchilarning umumiy nomi BOR. Savol: Bundan oldingi gapda harflari tushirib qoldirilgan,
lotinchadan kelib chiqqan so'zni yozib bering.
Javob:Arborist
Izoh: Professional daraxt kesuvchilar Arborist deyiladi. “Arbor” lotincha "daraxt" degan ma'noni anglatadi.
Iqlimi qurg’oqchil bo’lgan Xiva xonligida esa daraxtlar nihoyatda qadrlangan.
35-savol:
Olim O’ktam Hafizov o'zi ishlaydigan muassasa haqida gapirar ekan, ko’pgina bolalar singari kosmonavt
bo’lish orzusi bilan ulg’aygani, bugunga kelib orzusining yarmi ushalganini aytadi. Shuningdek tashrif
buyuruvchilarga "Stellarium" mobil dasturini o'rnatib olishni tavsiya qiladi. Savol: O'ktam Hafizov 1970-
yilda tashkil etilgan qaysi muassasada ishlashini yozib bering.
Javob:Maydanak [balandtogʻ] rasadxonasi
Izoh: Olim garchi yulduzlararo sayohat qilmagan bo’lsada, yulduzlarni kuzatishni o’z kasbiga
aylantirganidan faxrlanadi. “Stellarium” - Yulduzlar joylashuvini smartfon orqali real vaqt rejimida istalgan
joydan kuzatish uchun mobil dastur
36-savol:
G'azal tahliliga ko'ra, oshiq aytadiki: dunyodagi barcha parilar uning yorining go'zalligiga lol-u hayron
qolishib, atrofini o'rab olishgan. Bu holatda muallif atmosfera yuqori qatlamidagi muz kristallaridan
o'tayotgan nurning sinishi natijasida yuzaga keladigan hodisasini tamsil qilgan. Savol: G'azal muallifini
yozib bering.
Javob:[Zahiriddin Muhammad] Bobur
Izoh: Yorni o'rab olgan parilar oy atrofida yuzaga keladigan halqaga o'xshatiladi. Bu halqa nurning sinishi
bilan bog'liq fizik hodisa hisoblanib, HOLA deb nomlanadi. Chet tillarida esa Galo, Aura kabi nomlar bilan
ataladi. Tamsil - she'riy misralarda holatni ta'riflovchi misol keltirish san'atidir.