Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 1-tur (19.09.2024)
1-savol:
Muallif ushbu savolni eng yaxshi deb hisoblaydi. Mifologiyaga koʻra, daryo ma’budi Kefisning oʻgʻli vafot
etgan joy yonida keyinchalik ushbu oʻsimlik unib chiqqan. Savol: Ushbu oʻsimlik nomini yozib bering.
Javob:Nartsiss
Izoh: Nartsiss oʻz aksiga maftun boʻlib, daryo yonida vafot etadi. Keyinchalik u vafot etgan joyda nartsis
guli unib chiqqanligi aytiladi. Preambula nartsissizmga ishora.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Нарцисс_(растение)
2-savol:
Pentagon dunyodagi eng yirik ofis binolaridan biri hisoblanib, binoda ma’lum bir davrlarda yongʻin sodir
boʻlgan. Falokatdan soʻng, Pentagonni QAYTA TIKLASH operatsiyasi IKS deb nomlangan. Savol: Yuqoridagi
matnda tushirib qoldirilgan eponimni yozib bering.
Javob:Fen
Izoh: Binoni qayta tiklash ishlari Feniks deb nomlangan. Qush kabi qayta jonlanish ma’nosida. Fen soʻzi
eponim hisoblanadi.
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/The_Pentagon
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Проприетарный_эпоним
3-savol:
Savolda bir soʻz boshqasi bilan almashtirilgan. “Google” tadqiqotiga koʻra, Ispaniya va Lotin Amerikalik
foydalanuvchilar mahalliy vaqt bilan kunduzi soat ikkidan to‘rtgacha “qaylula” sabab Google tarmogʻidan
deyarli foydalanmaydilar. Savol: Almashtirilgan soʻzni yozib bering.
Javob:Siesta
Izoh: Islom dinida kunduzi ozroq uxlab olishni “qaylula” deyiladi. Siesta deb ispan va lotin Amerikasi
mamlakatlarida tushdan keyin bir, ikki soat uxlab olishga aytiladi.
Manba: 1. http://www.ropnet.ru/ogonyok/win/200251/51-12-13.html 2.
https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/118077-olimlar-kunduzgi-uyquning-inson-miyasi-uchun-foydasini-aniqlashdi.
html 3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Siesta
4-savol:
Yevro-2024 gʻolibligidan keyin futbolchi Mark Kukurelya kuylagan chempionlik qoʻshigʻida U ham eslab
oʻtilgan. U haqidagi vikipedia maqolasida Valensiya oshxonasiga ham havola mavjud. Savol: Uni bir soʻzda
yozib bering.
Javob:Paelya
Izoh: Paelya ispan milliy taomi hisoblanib, uning ildizlari Valensiya oshxonasiga borib taqaladi. Kukurelya
va paelya soʻzlari qofiyadosh hisoblanib, futbolchi soʻz oʻyini qilgan.
Manba: 1. https://www.sports.ru/tribuna/blogs/inenglishplease/3254370.html 2.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Паэлья
5-savol:
Bostondagi sog‘liqni saqlash markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AQSh
jarrohlari har yili operatsiya qilingan bemorlarning tanasida 1,5 mingdan ortiq turli xil jarrohlik asboblarini
qoldiradilar. Shu sababli mutaxassislar operatsiyadan keyin Undan oʻtishni ham majburiy qilishni taklif
qilmoqdalar. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Rentgen apparati
Izoh: Tanada qolib ketgan buyumlarni aniqlash uchun rentgen apparatidan oʻtish kerak.
Manba:
http://www.rian.ru/rian/index.cfm?prd_id=61&msg_id=2973385&startrow=31&date=2003-01-16&do_alert
=0
6-savol:
Savolda U almashtirish. Sportchi Glen Kouen jahon chempionati boshlanishidan bir kun oldingi
mashgʻulotlarda avtobusiga kech qoladi va oʻzga davlat avtobusiga chiqishga majbur boʻladi. Yoʻlda
sportchilardan biri Glenga Xuanshan tog‘i tasviri tushirilgan portret sovgʻa qiladi. Yuqorida siz Uning
boshlanishi tarixidan parcha eshitdingiz. U haqidagi maqolada oʻtgan asr 90-yillaridagi film ham eslanadi.
Savol: U oʻrnidagi soʻzlarni yozib bering.
Javob:Ping-pong diplomatiyasi
Izoh: AQShlik stol tennischi Glen Xitoy avtobusiga chiqadi va Chjen Szedun sovgʻasiga javoban unga Bitlz
qoʻshigʻi matni yozilgan futbolka sovgʻa qiladi. Ikki davlat oʻrtasidagi iliq munosabatlar shu tariqa
boshlanadi. “Forrest Gamp” filmida ham bosh qahramon AQSH delegatsiyasi tarkibida Xitoyga keladi.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Ping-pong_diplomacy
7-savol:
“Beylis sud jarayoni” Rossiyada yahudiylarga qarshi nafratni kuchaytirgan voqea boʻlib, ushbu ish Mengel
Beylisning nohaq hibsga olinishi va bir necha yillar oʻtib oqlanishi bilan tugaydi. “Beylis ishi” haqidagi
maqolada fransuz zobiti Alfred ham tilga olinadi. Savol: Alfredning familyasini toping.
Javob:Dreyfus
Izoh: Dreyfus ishi ham ancha mashhur sud jarayoni boʻlib, u ham nohaq qamalishi va ancha yillar oʻtib
oqlanishi bilan bogʻliq.
Manba: 1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Дело_Бейлиса 2.
https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Дрейфус,_Альфред
8-savol:
Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Toshkent shahridagi bogʻchalardan birinning nomi
Messi-ta’lim. 1980-yilda Messi sharafiga 200 liralik italyan esdalik tangasi ham chiqarilgan. Savol: Harflari
tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Montessori
Izoh: Mariya Montessori oʻzining pedagogik usuli bilan mashhur ayol. Shuningdek, Italyan ayoliga
bagʻishlab bir muncha banknotalar ham chiqarilgan.
Manba: 1. https://g.co/kgs/XN5zE5J 2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Монтессори,_Мария
9-savol:
1990-yillar boshida Ogayo shtatida joylashgan Mansfild qamoqxonasi anchayin eskirgan, yomon holatda
edi. 1994-yilda maʼlum sabab tufayli qamoqxona taʼmirlanib, yaxshi holatga keltirilgan. Savol: Qamoqxona
taʼmirlanishiga sabab boʻlgan voqeani yozib bering.
Javob:“Shoushenkdan qochish” filmini suratga olish
Izoh: Bu qamoqxonada “Shoushenkdan qochish” filmi suratga olingan.
Zachot: “Shoushenkdan qochish” filmi soʻzlariga koʻra
Manba: http://www.kinopoisk.ru/level/1/id_film/326/view_info/ok/
10-savol:
Wikipedia maqolasida Uning nomi Yevropaga forscha “aspanak” ya’ni “yashil qoʻl” soʻzidan kirib kelgani
aytiladi. Ibn al-Avvom Uni “koʻkatlar podshosi” deya taʼriflagan. Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Ismaloq
Izoh: Ismaloq oʻsimligi Yevropaga fors mamlakatidan kirib borgani aytiladi.
Manba: 1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Шпинат_огородный 2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Spinach
11-savol:
“Ali va Nino” asari 1918-1920-yillardagi Bokudagi musulmon Ozarbayjon yigiti hamda nasroniy gruzin qizni
ishqiy munosabatlari haqida yozilgan. Asarda Ali va Ninoning muhabbati yoʻlidagi qiyinchiliklar haqida soʻz
boradi. Shuningdek, asarda ikki din oʻrtasidagi ziddiyatlar ham yoritib berilgan. Ushbu asar haqidagi
maqolalardan birida 2004-yilda premyera qilingan film ham eslab oʻtilgan. Savol: Ushbu film nomini yozib
bering.
Javob:Vir va Zara
Izoh: Ali va Nino kabi “Vir va Zara” filmining syujeti ham ikki din vakillarining oʻzaro muhabbatlari va bu
muhabbat yoʻlidagi qiyinchiliklar haqida.
Manba: 1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vir_va_Zara 2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ali_va_Nino
12-savol:
Savol muallifi ushbu rasmga ALFA, BETTA, GAMMA va DELTA deb nom beradi. Rasmda biz DELTANI
yashirib qoʻyganmiz. Savol: DELTA oʻrnidagini toping.
Javob:Dorixona
Izoh: Aleksandr Blokning mashhur “Tun, koʻcha, apteka va fonar” nomli mashhur ijodi bor.
Zachot: Apteka
Manba: https://www.culture.ru/poems/2160/noch-ulica-fonar-apteka-otryvok-iz-cikla-plyaski-smerti
13-savol:
Qarshingizda rassom Rustam Bozorovga tegishli “Hashar” nomli kartina. Rassom intervyusida ushbu
kartinani 1890-yil chizilgan asardan ilhomlanib yaratganini aytadi. Savol: Oʻsha asar muallifini yozib bering.
Javob:Vinsent Van Gog
Izoh: Rustam Bozorov intervyusida bu kartinasini Van Gogning “Mahbuslar sayri” asaridan ilhomlanib
yaratganini aytadi.
14-savol:
Giperbolik paraboloidni tasvirlash uchun odatda egar eslab oʻtiladi. Vikipediyada kundalik hayotda
koʻrishimiz mumkin boʻlgan giperbolik paraboloidga misol sifatida novvoy Yuliy sharafiga nomlangan brend
ham tilga olinadi. Savol: Ushbu brendni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Pringles
Izoh: Pringles chiplari shakli giperbolik paraboloidga misol boʻla oladi. Brend Yuliy Pringles sharafiga
Pringles deb nomlangan.
Manba: 1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Saddle_surface 2. http://ru.wikipedia.org/wiki/Pringles
15-savol:
Treska baligʻi ogʻzini ochib ov qiladi. Baliq hattoki BU ISHNI ham qiladi. Savol: 1820-yildagi manbada BU
ISHNI kim qiladi?
Javob:Saturn
Izoh: Treska ogʻziga tushgan barcha narsani yeb ketaveradi va u hatto oʻz farzandlarini ham yeydi. “Oʻz
farzandlarini yeyayotgan Saturn” kartinasi Goya qalamiga mansub.
Zachot: Kronos
Manba: http://flibusta.site/b/746501/read
16-savol:
Savolda ikki soʻz bir soʻz bilan almashtirilgan Fidel Kastroning fikricha, HARF juda qulay, arzon va hech
qachon modadan chiqib ketmaydi. O‘zbekistonda maxsus huquqqa ega boʻlmagan insonlarning HARFdan
foydalanishi eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi. Savol: Almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.
Javob:Harbiy forma
Izoh: Fidel Kastro doimo harbiy kiyimlarda koʻrinish bergan.
Zachot: Harbiy kiyim
Manba: 1. К.В. Душенко. Афористикон, или Самый толковый словарь
(http://lib.rus.ec/b/119935/read#t4) 2. https://www.gazeta.uz/oz/2018/01/05/forma/
17-savol:
U turli sohalarda, jumladan, moda, san’at, tibbiyot va simulyatsiya uchun keng qo‘llaniladi. Iqtibosga koʻra,
U har doim moda bilan hamnafas yuradi. Turkiyalik mashhur yozuvchi asarining nomida ham U bor. Savol:
Uni fransuzchadan kelib chiqqan soʻz bilan yozib bering.
Javob:Maniken yangilanayotgan har qanday kiyim turi bilan birga yuradi. Omina Shenlikoʻgʻluning
“Imomning maniken qizi” asarini bilsangiz kerak.
Manba: 1. https://ru.citaty.net/tsitaty/481896-leshek-kumor-manekeny-vsegda-pospevaiut-za-modoi/ 2.
https://civil.uz/imomning-maneken-qizi-omina-shenliko%CA%BBg%CA%BBli/
18-savol:
Zimbabve dollari xarid qobiliyatining tez TUSHISHI yuz trillion dollarlik vekselning muomalaga chiqishiga
sabab boʻlgan. Ushbu vekselda U tasvirlangan. U haqidagi maqolada Devid Livingstonga ham havola
mavjud. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Viktoriya sharsharasi
Izoh: Vekselda Viktoriya sharsharasi ham tasvirlangan. 1855-yilda sharsharaga tashrif buyurgan
shotlandiyalik tadqiqotchi Devid Livingston uni qirolicha Viktoriya sharafiga nomlagan.
Manba: 1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Доллар_Зимбабве 2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Viktoriya_sharsharasi
19-savol:
“Yulduzli yo‘l” seriali qahramoni janob Atoz kutubxonaga rahbarlik qiladi va katta ma’lumotlar bazasiga
ega. Savol: Serial ijodkorlari nega kutubxona rahbariga aynan shunday ism tanlashgan?
Javob:Kutubxonachi A dan Z gacha hamma narsani biladi
Izoh: Janob Atoz, nomidan ko‘rinib turibdiki, koinotdagi A dan Z gacha bo‘lgan barcha narsalar haqida
ma'lumotga ega. U kutubxona mudiri ham ekanligi bejiz emas.
Manba: https://memory-alpha.fandom.com/wiki/Atoz
20-savol:
Savolda bir soʻz tashlab ketilgan. Yangilangan zamonamizda ma’ruzani koʻrgazmali qurollar bilan taqdim
qiluvchi, nutq soʻzlayotganida koʻrgazmali qurollarga qarab oluvchi ma’ruzachilarni “power point” deb
atashadi. Savol: Biz qaysi yaponcha soʻzni tashlab ketdik?
Javob:Karaoke
Izoh: Bunday ma’ruzachilarni power point karaoke deyishadi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/PowerPoint_karaoke#Other_uses
21-savol:
Hind eʼtiqodiga koʻra, xudo Indraning quroli boʻlgan “vajra” istalgan narsani kesa oladi. “Vajra” soʻzi
sanskrit tilidan 2 xil tarjima qilinadi. Birinchi maʼnosi chaqmoq. Savol: Ikkinchi maʼnosi qanday tarjima
qilinishini unlilari bir xil boʻlgan soʻzda yozib bering.
Javob:Olmos
Izoh: Olmos eng qattiq mineral va istalgan narsani kesa oladi.
Manba: 1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Ваджра 2. http://ru.wikipedia.org/wiki/Алмаз
22-savol:
1943-yilda Amerika futboli jamoalari Pitsburg Stilerz va Filadelfiya Iglz oʻzaro birlashtirib yuboriladi. Bunga
sabab U edi. Savol: Oʻsha sababni bir necha soʻzda yozib bering.
Javob:Ikkinchi jahon urushi tufayli
Izoh: Jamoalarning aksariyat oʻyinchilarini urushga olib ketishgan.
Zachot: Ikkinchi jahon urushi soʻzi bilan
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Steagles
23-savol:
U oʻsmirlikda qandaydir koʻz kasalligiga chalingan va shuning uchun har doim qora koʻzoynak taqib
yurgan. Savol: Bu garbuvalik kim?
Javob:Shermuhammadbek
Izoh: “Koʻrshermat” taxallusi shundan kelib chiqqan.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shermuhammadbek
24-savol:
Seylonliklarning fikricha U orolning chetida, oʻtib boʻlmas chakalakzorda joylashgan. Boshqa bir versiyaga
koʻra Uning paydo boʻlishi jonivorlarning keksalikda oziq tishlarini yoʻqotib, chaynash uchun oson
oʻsimliklar oʻsadigan botqoqliklar yoniga borib qolishi sabab boʻlgan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Fillar qabristoni
Izoh: Seylonda ham fillar yashaydi. Seylonliklarning fikricha fillar qabristoni oʻtib boʻlmas chakalakzor
ortida.
Manba: 1.
https://www.thequestion.ru/questions/6886/est-li-v-afrike-kladbishe-slonov-o-kotorom-znaet-kazhdyi-slon-inikto-bolshe-ili-eto-skazki 2. http://www.indietronica.ru/node/387