November 3

To'garak Maktab (kichik sinflar) 22.10.2024

I TUR

1. Brayn Treysi o‘zining “Lider shaxsiyati” kitobida Charlz Dikkensning BU adabiy qahramonini “Eng yovuzi bo‘lsa kerak, ehtimol. U dunyodagi barcha pullarga ega, lekin do‘stlari yo‘q” deydi. Keyinchalik shu qahramondan ilhomlanib ishlangan multfilmdan bosh qahramon o‘rdak edi.
Savol: Shu o‘rdakning ismini toping.
Javob: Skruj.
Izoh: Skruj Makdak juda ko‘p pullarga ega qahramon edi.

2. Bir hazil reklamada Roberto Karlos yapon jamoasi darvozasiga jarima zarbasini tepishga tayyorlanayotgani keltirilgan. Zarba berishdan avval Karlos BU ISHNI QILADI. Bunga javoban yaponlar ham hurmat ko‘rsatishadi va shu payt Karlos zarba berib gol uradi.
Savol: Karlos nima ish qilgan?
Javob: Taʼzim qilgan. Qabul: Boshini eggan.
Izoh: yapon odatiga ko‘ra ularga ta’zim qilganlarga ular ham ta’zim qilishadi. Reklamada esa jonli devorda turgan yaponlar tazim qilganidan foydalanib Karlos zarba berib gol uradi

3. Juzjoniyning yozishicha, Bu inson garchi jismonan baquvvat bo'lsada, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash, hatto hibsda yotishlar uning salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi va qulanj kasalligiga chalinadi. Jorj Sarton Uni “tarixdagi eng buyuk mutafakkir va tibbiyot olimlaridan biri" deb ta'riflagan.
Savol: Bu inson kim ekanligini yozib bering.
Javob: Abu Ali ibn Sino. Qabul: Avitsenna

4. “Jojoning gʻaroyib sarguzashtlari” asari voqealari XIX asr ikkinchi yarmida Angliyada boshlanadi. Keyinchalik esa Misr, Hindiston, Yaponiya, Singapur va AQSHda boʻlib oʻtadi. Asar muallifi soʻzlariga koʻra, uni mashhur roman ilhomlantirgan.
Savol: Qaysi roman?
Javob: Dunyo bo‘ylab 80 kun.
Izoh: Dunyo bo‘ylab 80 kun asarida ham voqealar Angliyada boshlanib bir qancha davlatlarda bo‘lib o‘tadi

5. Riduey shahridagi bir muassasada shovqin o‘lchagich o‘rnatilgan. Agar shovqin me’yordan oshib ketsa, magnitafon yoqiladi va tinchlik saqlash haqidagi talab yangraydi. Yurtimizdagi eng katta bunday muassasaga Alisher Navoiy nomi berilgan.
Savol: Bu qanday muassasa?
Javob: Kutubxona.

6. Ulardan biri sizni to‘xtashga undaydi, biri esa bir to‘xtab, yana davom etishingizni uqtiradi. Boshqa biri sizdan izoh talab qilsa, yana boshqasi sizdan javob kutadi.
Savol: Ularni ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob: Tinish belgilari.

7. Yuriy Fyodorov uyidagi mushuk haqida gapira turib, bu mushukni tashqi ko‘rinishi uchun emas, balki ichki dunyosi BOYLIGI sababli yaxshi ko‘rishini aytadi. Gap shundaki bu mushuk shaklidagi U edi.
Savol: U nima?
Javob: Aqchadon.
Qabul: Kopilka, puldon, pul yig‘gich, pul to‘plagich.
Izoh: Savol matnidagi BOYLIK so‘zi sizga yordam berishi kerak edi.

8. Bir tarixiy filmda qotillar Xitoy imperatorini o‘ldirgani saroyga kirishadi. Jangchi qotil imkoniyati bo‘la turib imperatorni o‘ldirmaydi va o‘zi halok bo‘ladi. Albatta bunga sabab bor edi. Film oxirida aytilishicha, imperator o‘z xalqini “U” orqali himoya qilgan. Aytishlaricha UNING turistlarni o‘ziga jalb etgan eng mashhur joyi Badalin deb ataladi.
Savol: UNI uch so‘zda yozib bering.
Javob: Buyuk Xitoy devori
Izoh: Buyuk Xitoy devori imperatorni himoya qiladi deyilgan, Badalin esa eng mashhur nuqta sanaladi.

9. Topishmoqni tinglang.
O‘zimizda qator soqchi, Ko‘zimizga qarab boqchi?!
Savol: Topishmoqni javobini toping.
Javob: Kiprik.

10. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ma’naviy – ma’rifiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan videoselektorlardan birida oila, bog‘cha, maktab va oliy ta’lim jarayonlari bir-birini to‘ldirgan holda va uyg‘unlikda davom etishi lozimligini ta’kidlaydilar, hamda tarbiyada U bo‘lmasligi kerak degan fikrni aytadilar. Bizda U 5-10 daqiqa davom etadi.
Savol: U nima?
Javob: Tanaffus.

II TUR

11. Bir asar qahramoni g‘ildirak topib oladi va tez orada unga mos keladigan mashinani qidirib topadi. Taxminlardan biriga ko‘ra bu asarning syujeti bir ertakdan ilhomlanilgan.
Savol: Qaysi ertak?
Javob: Zolushka
Izoh: Ertakda ham avval oyoq kiyim keyin esa unga mos keladigan Zolushkani topishadi.

12. Misr hukmdorlaridan biri bo‘lgan Ibi bor-yo‘g‘i ikki yil hukmdorlik qilgan. Shuning uchun Ibiga tegishli U eng kichiklaridan biri hisoblanadi.
Savol: Uni toping.
Javob: Piramida.
Qabul: Tobut, sarkofag

13. Savol matnida bir harf tushib qolgan.
Kichik o‘lchamiga qaramay, Fir'avn Ibi piramidasi arxeolog Karl Lepsiusning ro‘yxatida X[Iks] piramidasi sifatida belgilangan.
Savol: Tushib qolgan harfni toping.
Javob: L
Izoh: Arxeolog Lipsius piramidalarni ekspeditsiya marshruti bo'ylab topilgan tartibda Rim raqamlari bilan raqamlagan. Kulgili tasodif tufayli Ibi piramidasi XL deb belgilandi. Kiyim uchun XL katta o'lchamdir.

14. Zoologlar ba'zi to'tiqushlar Ulardan qutulish uchun patlariga qalampir surtishlarini aniqladilar.
Savol: ULARNI toping
Javob: Burga. Qabul: Bit, kana.

15. Astrid Lindgrenning ertaklaridan birining voqealari Stokgolmda bo'lib o'tadi. Ertak qahramonlari yer osti aholisi hisoblanib, U tufayli o'z uylarining bir qismini boshqa joyga ko'chirishga majbur bo'lishadi. U Toshkentda 1977-yilda ishga tushgan.
Savol: U nima?
Javob: Metro.
Izoh: Astrid Lindgren 20-asr yozuvchisi bo'lib, ertak Stokgolmda metro qurilayotgan zamonaviy dunyoda sodir bo'ladi.

16. Germaniyaning “Ingolshtadt 04” futbol klubi 2013/2014 yilgi mavsumni to‘rtta mag‘lubiyat bilan boshladi va shunga mos ravishda har bir uchrashuvda birorta ham ochko ololmadi. Ya’ni to‘rtta 0 ketma-ket tasvirlangan.
Savol: Bu klubga qaysi avtokompaniya homiylik qilgan?
Javob: Audi
Izoh: Klub mavsumni Audi avtomobili emblemasiga o'xshagan "ochkolar" ustunida to'rtta nol bilan boshladi

17. Bolalar yozuvchisi Antuan de sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asarida U “Sayyohlarga yo‘l ko‘rsatuvchi, Olimlarga yechilishi lozim bo‘lgan masala, Karchalonga esa, oltin bo‘lib ko‘rinadi” deyilgan. Mirzo Ulug‘bek o‘z kitobida uning 1018 tasi haqida ma’lumot bergan.
Savol: U nima?
Javob: Yulduz.

18. Gollandiya va Belgiyada bu har bir kishining majburiyati hisoblanadi. Avstraliyada bundan bosh tortgan kishi katta jarima toʻlash bilan jazolanadi. Gretsiyada esa bunda qatnashmaganlik uchun siz fuqarolik pasportingizdan ajralishingiz mumkin.
Savol: Nima haqida gap ketmoqda?
Javob: Saylov.

19. Merfi qonunlaridan biriga koʻra, optimist samolyotni ixtiro qilgan deyiladi.
Savol: Unda pessimist nimani oʻylab topgan?
Javob: Parashyutni.
Izoh: Optimist odam samolyotni o‘ylab topgan, pessimist esa samolyot qulagudek bo‘lsa deb parashyutni yaratgan deyiladi.

20. Bu kasallikka odamlar odatda 15-20 yoshlarida chalinib, to oʻlimiga qadar kasal boʻlishadi. U juda keng tarqalgan - Yer shari aholisining 8 dan 1 qismi unga chalingan. AQSH patent byurosida u bilan kurashning 186 ta vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan, ammo hech biri foydasiz. Insonga bu kasallikka chalinganini aytmaguningizcha, bu haqida u bilmas ekan.
Savol: Bu qanaqa kasallik boʻldi?
Javob: Xurrak otish.

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi