Brain ring savollari
1-savol: Kitob ixlosmandlari orasida shunday gap bor: Bu asarning birinchi qismini oqimaslik – Alfa, Ikkinchi qismini oqish esa – Betta. Alfa va Betta sozlari shu asarning nomi hisoblanadi. Qaysi asar?Javob: “Jinoyat va Jazo”. Bu asarning birinchi qismini oqimaslik jinoyat, ikkinchi qismini oqish esa jazo deyishadi. Ikkinchi qismi juda murakkab.2-savol: Simon-Rene ismli ota oz oglining savodini bolga, mixlar va yogoch doska yordamida chiqaradi. Ogli keyinchalik bir yangilikka qol uradi. Siz oglining familiyasini toping.Javob: Brayl. Lui Brayl keyinchalik kozi ojizlar uchun moljallangan Brayl alifbosini kashf qiladi.3-savol: Yulduzlar xiyobonidan sportchilar ham joy olishi mumkin. Buning uchun ular shou-biznesga aloqador jihatga ega bolishi kerak. Basketbolchi Medjik Jonson ham mojarolar bilan Yulduzlar xiyobonidan joy olgan. U kinoteatrlar tarmogiga ega bolgani uchun shunday qilishgan. Bu ish maqul kelmagan insonlar endi Orvill Redenbeyker ham xiyobondan joy olaqolsin, axir u bir mahsulotni ishlab chiqarish biznesiga asos solgan deb gapira boshlashadi. Orvill qaysi mahsulot biznesini boshlagan?Javob: Popkorn.4-savol: Kinoaktyor Bryus Li fenomenal zarba tezligiga ega edi. U uchun maxsus kinokameralardan foydalanishardi. Chunki Bryus Lida bir korsatkich 32 ga teng edi. Qanday korsatkich?Javob: Bir sekunddagi kadrlar soni. Aslida bu korsatkich 24 ga teng bolishi kerak. Oddiy kameralar Lining tezligiga dosh bera olmagach, sekundiga 32 ta kadr oladigan kameradan foydalanishgan.5-savol: Pyotr I soglom, baland boyli erkak bolgan. Lekin uning bir anatomik korsatkichi ayollarga xos deyish mumkin, hatto shu korsatkichini deb uni bir ertak qahramoniga qiyoslash mumkin. Qaysi ertak qahramoni?
Javob: Zolushka. Pyotr I ning oyoq olchami 37 bolgan.
6-savol: Ispaniya terma jamoa Yevro-2008 da chempion bolgach futbolchilar 500 ming yevro mukofot olishdi. Jamoaning homiysi bolgan pivo kompaniyasi jamoaga 1742 litr ichimlik sovga qiladi. Eng kop ichimlik darvozabon Reynaga nasib etadi – 95 litr. Santi Kasorlaga esa 70 litr tegadi. Ichimlikni qanday taqsimlashgan?
Javob: Futbolchilarning vazniga qarab.
7-savol: Bu yangilik ustida nemislar Villi va Kurt, ruslar Pavel va Andrey ham ishlashgan. Lekin olamshumul mashhurlikka boshqa bir juftlik erishgan. Bu juftlikning familiyasini toping.
Javob: Rayt. Samolyot loyihasi ustida boshqalar ham ishlagan, ammo birinchi bolib buni Uilbur va Orvill Rayt uddalagan.8-savol: Amerikalik injener Robert Adler ixtiro qilgan narsaga “dangasalar orzusi” deb tarif berishgan. Robert bu ixtirodan kop ham foydalanavermagan, chunki u kitob oqishni afzal korgan. U nimani ixtiro qilgan?Javob: Televizor pulti.9-savol: Latifa! Gazetadagi elon. Chernobildagi ikki xonali kvartiramni bir xonali kvartiraga alishtiraman. Birinchi va Ikkinchi shahar aholisining takliflari qabul qilinmaydi. Qaysi ikkita shahar nazarda tutilgan?
Javob: Xirosima va Nagasaki.
10-savol: Gollandlarda Sintaklaas ismli folklor qahramoni bor. Uning Qora Pit ismli yordamchisi ham mavjud. Savol: Qora Pit nima ish bilan shugullanadi?Javob: Moridan tushib, sovgalarni qoyib ketadi. Moridan foydalanavergani uchun ismida ham Qora sozi bor.
11-savol: Aforizm. Kim kurashayotgan bolsa, u maglub bolishi mumkin. Agar kim kurashmayotgan bolsa, … Yakunlang.
Javob: U allaqachon yutqazib bolgan.12-savol: Geografiyada Kollanish degan tushuncha bor. Biron hududning qancha qismini kollar egallashi malum foizlarda olchanadi. Masalan, Shimoliy Amerikadagi kollanish darajasi 2 foiz. Bu davlatda esa bu korsatkich rekord – 9,4 foizga teng. Qaysi davlat?Javob: Finlyandiya (Ming kollar mamlakati).
13-savol: Matematik Uilyam Shanksning qabrtoshida u umrini bagishlagan mavzu tasvirlangan. Uilyam XIX asrda matematiklar orasida 707 ta sonning ketma-ketligini hisoblab chiqib, rekord ornatgan. Siz bu 707 ta sondan oldinda turuvchi son va tinish belgisini toping.
Javob: 3 va vergul. Uilyam 3,14 yani Pi soni mavzusida davrining eng yaxshi olimi bolgan.
14-savol: Xoja Nasriddin hukmdorga savatda anjir olib kelibdi. Qorovullar esa uni qochoq mahbus deb ayblab, zindonga tashlabdi va anjirlarni ozlari hukmdorga sovga qilishibdi. Keyinroq hammasi malum bolibdi. Hukmdor Nasriddindan nima xohlashini sorabdi, chunki unga anjirlar yoqqan ekan. Nasriddin otkir bolta sorabdi. Nega?
Javob: Bu bolta bilan boshiga shuncha muammo keltirgan anjir daraxtini chopib tashlamoqchi ekan!
15-savol: Moda moslashuvchan ham boladi. Zamonaviy jinsilarni bir tasavvur qiling. Endi esa yangicha jinsini tarifiga diqqat qiling: belbog qismi mahkam turadi, maxsus mustahkam matodan tikilgan va ayniqsa tizza qismi harakat uchun judayam qulay. Bu jinsilarni qaysi jarayonda ham bemalol kiyish mumkin?Javob: Namoz vaqtida! Bu musulmonlar uchun maxsus jinsi.16-savol: Yozuvchligim tamom bopti. Ilgarilari yozganlarimni obdon qisqartirardim. Endi qisqartirish qayoqda, har oqiganimda gap qoshyapman. Ezma bolib qopman shekilli. Ezmalik-adabiyotning ofati. Bu fikrlar kimga tegishli?Javob: Abdulla Qahhorga. U Chexov kabi qisqa yozish uslubiga ega bolgan.
17-savol: Simfonik konsertlarda old tarafga qarab otiramiz. Lekin shunday toifa odamlar borki, ular konsertlarda orqa taraflari otirishadi. Ular shu holatdagina konsertdan koproq bahra olishlari mumkin. Savol: Kimlar simfonik konsertlarda orqa tarafi bilan otiradi?
Javob: Karlar! Ovoz tolqinlarini orqa taraflari bilan yaxshiroq sezishadi!18-savol: Kuzatishlar shuni korsatdiki, chaqaloqlar uning ovozini eshitib ham tinchib qolarkan. Undan chiqayotgan ovoz tinchlantiradi, chunki ovoz ona yuragining urishini, suyuqliklar harakati tovushini esga soladi. U nima?
Javob: Kir yuvish mashinasi!
19-savol: Orta asrlar shifokori Andreas Vezaliy cherkov tomonidan qattiq taqibga uchraydi. Sababi u barcha insonlarda ularning soni teng deb aytgan edi. Cherkov esa ularning soni erkaklarda ayollarga nisbatan bittaga kam degan aqidani uqtirib kelardi. Buni isbotlash uchun diniy rivoyatni keltirishar edi. Ular nimalar?
Javob: Qovurgalar, cherkov fikricha, erkak qovurgalari Momo Havo yaratilganida bittaga kamaygan bolishi kerak edi!20-savol: Amir Temur armiyasida jang oldidan har bir askarga tosh berilgan va qaytganida bu toshni chuqurga tashlagan. Shu orqali yoqotishlar soni aniqlangan. Qadimgi Rusda ham shunga oxshash odat bolgan. Askarlar jangga kirayotganida bir narsa topshirishgan va qaytganlarida uni qaytarib olishgan. Bu usul foydali ham bolgan. Askarlar nima topshirgan?Javob: Tanga; pul!21-savol: Eronlik erkaklar agar uylana olmasa, ota-onasi olamdan otib ketgunga qadar osha uyda yashab qoladi. Bunday erkaklarni forschada “erkak emas” deyishadi. Fors tilida “erkak emas” jumlasi qanday aytilishini toping.Javob: Nomard (na-mard).22-savol: Uni ixtiro qilgan odamning sevimli sport turi tennis bolgan. Ixtiro nomida esa yunoncha tort sozini ham korish mumkin. Bu qaysi ixtiro?Javob: Tetriss (tetra + tennis). Aleksey Pajitnov tennisni yoqtirgan. Figuralarning har biri kvadratdan iboratligi uchun tetra sozi ham ishlatilgan.
23-savol: Yerning vazni kosmik changlar evaziga 400 ming tonnaga ogirlashib boraveradi. Bundan tashqari har yili yerning shimol qismi 10 trillion tonnaga ogirlashadi. Nimaning hisobiga?
Javob: Yerning shimoli qor va muzlar toplanishi natijasida shunchaga ogirlashadi.
24-savol: 1998-yilda Filippinda bir milliy haftalik otkaziladi. Prezident Fidel Ramos ochilish marosimiga bir soatga kech qoladi. Savol: Bu haftalik nimaning targibotiga bagishlangandi?Javob: Kech qolmaslik, oz vaqtida ulgurishga bagishlangan. Paradoks.25-savol: Bu olim oz mehnati natijasini ko`rish uchun deyarli 25 yil qattiq mehnat qilgan. Odamlar esa bu natijaga juda oson erishilgani haqidagi afsonaga ishonib qolishgan. Siz menga bu olimning familiyasini ayting.
Javob: Mendeleyev. U hammasini tushida kormagan. Tushida malum goyalar ham paydo bolgani rost, lekin asosiy mehnat 25 yilda amalga oshgan.
26-savol: 1378-yilda shayx Muhammad Saim al-Dah odamning qiyofasini tasvirlash mumkin emasligi haqidagi aqidaga ishonib, uni burnidan mahrum qiladi. Bugun ham bu vandalizm izlarini korishingiz mumkin. Siz menga burnidan mahrum qilinganni bir soz bilan ayting.
Javob: Sfinks.
27-savol: Xitoy tilida barcha davlatlarning pul birliklarini oxshash qilib aytishadi. Buning uchun bir soz yordamga kelaveradi. Ular AQSh dollarini ikki soz bilan ifodalashadi: birinchisi – mey. Siz barcha valyutalarga qoshib aytiluvchi ikkinchi sozni ayting.Javob: Yuan. Xitoyliklar oz pul birliklarini har qanday valyuta birligini ifodalashda qollayverishadi. 28-savol: Bu yangilikka 1890-yilda Shimoliy Irlandiyalik Uilyam Makkram qol urgan. Bu yangilik bir toifa kishilar uchun judayam qorqinchli bolgani uchun unga dastlab “olim jazosi” deb nom berishadi. Keyinchalik faqat jazo sozi qollanishda davom etadi. Bugungi kunda ham bu jazo usuli kimnidir qahramon bolishiga, kimningdir esa qayguga botishiga sabab bolishda davom etmoqda. Siz bu qaysi yangilik ekanligini toping.
Javob: Penalti. Penaltini darvozabon oylab topgan, keyinchalik darvozabonlar uchun qorqinchli narsaga aylangan. Penaltini futbolchilar dastlab “death penalty” deb tariflashgan. Nomi shundan qolgan deyishadi.29-savol: Venesuelalik Pastor Moldanodo barcha irim-sirimlarga qol siltagan holda qorqmasdan bir ishni qiladi. Taqdirni qarangki, 2014-yilda uning mashinasi motori poyga paytida ishlamay qoladi. 2016-yilda esa Reno jamoasi u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qiladi. Savol: Pastor qorqmasdan qanday ishga qol urgandi?Javob: 13-raqamli bolidda qatnashgan. Taqdirdan qochib qutula olmagan ekan)30-savol: Xubilay boshchiligidagi mogul armiyasi 1274-yilda va 1281-yilda Yaponiyaga hujum boshlaydi. Ikki safar ham kuchli tayfun kotarilib, ularni ortga qaytishga majbur bolishadi. Ilohiy shamol ikki bora Yaponiyani asrab qoladi. Siz yaponlar bu tayfunga qanday nom berishganini toping.Javob: Kamikadze. 31-savol: Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni 23-aprelda nishonlanadi. Bu sana bekorga tanlanmagan. Chunki 1616-yilning shu kunida ikki buyuk vafot etgan. Kimlar?Javob: Uilyam Shekspir va Migel de Servantes.32-savol: Taqdirni qarangki, mashhur bir film suratga olish jarayonida bosh rolni ijro etayotgan aktyor oyoq payini jarohatlab oladi. Siz bu film bosh qahramoni ismini ayting.Javob: Axilles. 33-savol: Bugunga kungacha 1 milliard miqdorda sotilgan bu qahramon faqat biz bilgan ism bilan cheklanmagan. Uning toliq ismi … Millisent Roberts. Marketing maqsadida uning musulmonlar uchun moljallangan turlari ham ishlab chiqarilgan. Siz uning hamma bilgan ismini toping.Javob: Barbi.34-savol: Bu qisqa ammo insonlar uchun judayam muhim bolgan sozni ingliz tilida turlicha kengaytmalari ham bor: birinchisi Bizning kemamizni qutqaring, ikkinchisi Bizning qalblarimizni qutqaring. Bu qaysi qisqa va muhim soz?
Javob: SOS (Save our ships, Save our souls).
35-savol: AQShning sobiq prezidentlaridan biri kichik Jorj Bush nutqlarida kopincha qovunlar tushirardi. Shulardan birida u Yelizaveta II ni boshqacha atab yuboradi. Bush Yelizaveta II ni qanday nomlab qoygan?
Javob: Yelizaveta On birinchi (Rim raqamlarini arab raqamlari qilib oqib yuborgan)
36-savol: AQShning qiziqarli qonunlaridan biriga kora, Indianadagi Gari shahrida Siz bir ishni qilgan bolsangiz, 4 soat davomida teatr, kinoteatrga borolmaysiz, jamoat transportlaridan foydalana olmaysiz. Savol: Nima ish qilgansiz?
Javob: Sarimsoq piyoz yegansiz!
37-savol: 1963-yilda Milandagi bir oyna ishlab chiqaruvchi firma egasi kompaniya yubileyiga bagishlab, kvartaldagi barcha bolalarga “sodiq hamkorligingiz uchun rahmat” deb yozilgan bir narsa sovga qiladi. Siz shu narsani ayting.
Javob: Chozma (rogatka).38-savol: 1962-yilda bir shved kanali texnik mutaxassisi tomoshabinlarga endilikda yangi texnologiya tufayli oq-qora tasvirdan osongina rangli tasvirga otish imkoniyati paydo bolganligini elon qiladi. Bu uchun rangli ayollar chulkisini ekranga kiydirish kerakligi aytiladi. Oqibatda qanchadan qancha chulki uvol boladi. Siz bu efir 1962-yilning qaysi sanasida bolganini toping.
Javob: 1-aprel. Hazil bolgan hammasi.39-savol: 1974-yilgi futbol boyicha Jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi 14 ta gol uradi va bitta otkazib yuboradi. Terma jamoa homiydan har bir gol uchun pul olishi kerak edi. Lekin homiy dastlab himoyachi Ruud Krolning goliga pul tolagisi kelmaydi. Aksiga olib, shartnomada alohida band yoqligi uchun pul tolashga majbur bolishadi. Savol: Nega Ruudning goliga pul tolashni xohlashmaydi?
Javob: Chunki bu gol avtogol bolgan. 40-savol: Mashhur asarning aka-uka Grimmlar qalamiga mansub nemischa variantida qahramon hatto Rim papasi bolishga ham ulguradi. Siz asar songida uning qolida qolgan predmetni aniq ayting.
Javob: Teshik togora. “Tilla baliqcha va baliqchi” ertagining nemis variantida Rim papasi bolish tilagi ham bolgan.41-savol: Tunis mamlakatida Boga nomli gazli ichimlik juda mashhur. Bu ichimlik nomi kelib chiqishi qiziq bolgan. Tunis qirgoqlariga kelgan ruslarga tegishli bir kema ekipajiga aholi yegulik va suv olib kelib bergan. Ekipaj azolari suvni yozuvi bor sisternaga solishgan. Tunisliklar esa shu sozni oqib, keyinchalik ichimlik nomini qoyishgan. Qaysi soz yozilgan edi?
Javob: Вода. Tunisliklar bu yozuvni lotincha transkripsiyada oqishgan. 42-savol: Ular zamondoshlar bolishgan. Biri yoshroq paytida hayotdan koz yumgan, biri esa 86 yoshgacha umr korgan. Ikkalasi ham bir uslub vakillari edi. Ikkalasi ham “Maysazordagi nonushta” nomli asar yaratgan. Familiyalari ham oxshab ketadi. Bu ikki ijodkorlar kimlar?Javob: Klod Mone va Eduard Mane.43-savol: Samsung kompaniyasidan tashqari barcha rangli printer ishlab chiqaruvchi brendlar chop etish jarayonida har bir varaqqa oz seriya nomerini qayd etish texologiyasini ishlab chiqishgan. Yani har bir varaqda brendning oz belgisi sariq rangda chop etilaveradi. Bu orqali nimaga qarshi kurashish niyat qilingan?
Javob: Soxta pul chiqarishga.
44-savol: Nemis fizigi va matematigi Arnold Zommerfeld Nobel mukofotiga 84 marta nomzod bolib, biron marta golib bolmagan. Lekin unga tasalli berishi mumkin bolgan boshqa jihat bor. Bu jihat 7 soni bilan bogliq. Savol: Arnoldni va Nobel mukofotini 7 soni qanday boglab turadi?
Javob: Uning 7 ta shogirdi Nobel mukofoti olgan.
45-savol: 1908-yilgi London Olimpiadasiga Rossiya delegatsiya 12 kunga kechikib keladi. Buning sababi esa X ning turlicha bolganligidir. X nima?Javob: Kalendar. Rossiya Yulian kalendari boyicha, Buyuk Britaniya Grigorian kalendari boyicha yashagan.46-savol: Arablarda shunday gap bor: Ayol kishi – erining soyasidir. Arab kochalarida yurib, bu gapning isbotiga ham guvoh bolasiz. Qanday qilib?Javob: Erkaklar odatda oq, ayollar esa qora kiyimda yurishadi.47-savol: Rimlik shoir Klutoriy Prisk imperator Tiberiyning kasallikdan vafot etgan ogliga bagishlab sherlar yozgan va Tiberiy buyrugi bilan qatl etilgan. Sherlarda qandaydir yoqimsiz sozlar uchramasdi. Unda Tiberiyning jahlini nima chiqargan?
Javob: Sherlar hali bola vafot etmay turib yozilgan edi.48-savol: Bu kiyimni kiyishning asosan 19 usuli mavjud. Bu kiyimning asosini “choli” nomli yubka tashkil etadi, yani u hammasini tutib turadi. Bu qaysi milliy kiyim?
Javob: Sari.
49-savol: Taomlarning ajralmas qismi bolgan bu mahsulot bilan rimliklar dushmanlarining hosildor yerlarini yoq qilishgan. Qaysi mahsulot?
Javob: Tuz. Ekin maydonlari shorlab ketib, hosil bermay qoygan.
50-savol: Fransiya talim vazirligi oquvchilarga jabr-zulm korsatishi mumkin deb hisoblagani uchun oqituvchilar bir predmetning birinchi turdagisidan voz kechib, ikkinchi turdagisiga otishdi. Shu tariqa oquvchilardagi ruhiy bosim nisbatan kamaygani qayd etilmoqda. Ikkala predmetni ham ikki soz bilan ayting.Javob: Qizil ruchka va yashil ruchka. Oqituvchilar endilikda vazifalarni qizil ruchka bilan emas, yashil ruchka bilan tekshirishmoqda.
51-savol: Bizda Oqituvchilar kuni 1-oktabrda nishonlansa, Tayvanda bu bayramni 28-sentabrda nishonlashadi. Savol: Bu kunda kim tugilgan?
Javob: Konfutsiy.
52-savol: Afsonaga kora, Yer yaratilyotganda barcha ortib qolgan material yerning bir burchagiga tashlangan. Shuning uchun u yerda ormonlar ham, sahrolar ham, toglar ham mavjud. Bu qaysi davlat hududi?Javob: Chili.53-savol: Qozogistonga uning Sharqiy qismi, Ozbekistonga esa Garbiy qismi tegishli. Qozogistonga tegishlisi Kichik, bizga tegishlisi Katta ham deyiladi. U nima?Javob: Orol dengizi.54-savol: Finlyandiya prezidenti Urxo Kekkonenning sozlariga kora, kelajak avtomobillar soniga emas, balki boshqa bir transport vositasi soniga bogliq ekan. Qaysi transport vositasi?
Javob: Bolalar kolyaskasi.
55-savol: Bu hududga taklif etilgan nomlardan biri “Amerika Sibiri” bolgan. Qaysi hudud?Javob: Alyaska.56-savol: Koreyslar mehnatsevar, tinib-tinchimas xalq hisoblanadi. Koreyslar orasidagi mashhur gapga kora, koreyslarda ketma-ket Uchta U bor. U nima?
Javob: Juma. Ular shanba va yakshanbada ham tinishmaydi.
57-savol: Orta asrlar Yaponiyasida bu predmetdan faqat imperator va zodagonlar foydalanishi mumkin edi. Orta tabaqa vakillari esa bu predmet orniga keng gabaritli shlyapalar kiyib yurishardi. Qaysi predmet?Javob: Soyabon!58-savol: Yevropa hududidagi koplab monarxlar korol (qirol) unvonini qabul qilishgan. Bu unvon nomini Buyuk Karl bilan boglashadi. Rusda esa Ivan Grozniy “цар” unvonini qabul qiladi. Bu unvon kimning nomi bilan bogliq?
Javob: Yuliy Sezar (Caesar). Nemislardagi Kayzer sozi ham shundan kelib chiqqan.59-savol: Otasi unga yozuvchilikni tashlab, boshqa biron foydali narsa bilan shugullanishni qattiq uqtiradi. Shunda u: Men kelajagimdan tashvishda emas. 35 yoshimda albatta adabiyotda ozimning ornimni topgan bolaman – deydi. Qarangki, uning bu bashorati ham ozini oqlagan ekan. Kim u?
Javob: Jyul Vern. Asarlaridagi juda koplab bashoratlari amalga oshgani bilan mashhur.60-savol: Keniya afsonalariga kora, ilk odam yerga osmondan tushgan. Uning tushishiga X yordam bergan. X ni toping.
Javob: Jirafa. Odam uning uzun boyni orqali yerga tushib kelgan ekan.61-savol: Jonning aytishicha, Jon – miyasi, Pol – yuzi, Ringo – yuragi, Jorj – kayfiyati bolgan. Nimaning?
Javob: “Bitlz” guruhining.
62-savol: Iyul-avgust oylarida Germaniya va Norvegiya ormonlarining chiqish joylarida oq xalatli ayolni uchratib qolishingiz mumkin. Ularning aniq vazifasi bor. Savol: Ularning vazifasi qaysi mahsulot bilan bogliq?
Javob: Qoziqorin. Ular tajribali xodimlar. Siz ormondan terib chiqqan qoziqorinlarning qaysilari yeyishga yaroqli yoki zararli ekanligini sizga ajratib beradi. Davlat shu tariqa aholisi salomatligi haqida qayguradi.
63-savol: Hazil suratga kora, mashhur uch maymunning yonida tortinchisi ham paydo bolibdi. U barcha maymunlarning xususiyatlarini bir oziga jamlagan. Yani hech nimani kormaydi, hech nimani eshitmaydi, hecham gapirmaydi. Savol: U qaysi predmet bilan tasvirlangan?
Javob: Telefon.
64-savol: Qadimgi davrlarda Nepalda ulkan ibodatxona qurgan bosh quruvchilarning qollarini kesishgan. Nega?Javob: Yana qaytib bunday ajoyib inshootlarni boshqa joyda barpo etmasligi uchun. Bu holat biz taraflardayam uchragan.65-savol: Miloddan avvalgi I asrda yashagan bir inson shunday degandi: Ochlikdan olgandan kora, qilichdan olim topgan yaxshi. Bu inson kim?
Javob: Spartak. Keyinchalik mashhur qozgolonni boshlagan.
66-savol: Statistikaga kora, 1950-1953-yillarda bu yarimorolda 54 ming amerikalik halok bolgan. Bu qaysi yarimorol?
Javob: Koreya yarimoroli. Bu yillarda Koreyaning bolinib ketishiga sabab bolgan urush yuz bergan. AQSh bu urushda janubning yonini olgan.
67-savol: Mashhur animatsion filmni eslang-da, suaxili tilida sher deb ayting.
Javob: Simba.
68-savol: Bu personaj fransiyalik jurnalistlar Marsel Allen va Pyer Suvestrlarning shu nomli asarida dunyoga kelgan. Ammo keyinchalik film suratga olingach bu personajni dunyo tanidi. Asarda oddiygina odam bolgan qahramon, filmda ota sirli va tutqich bermas chapdast obrazga aylandi. Qaysi personaj haqida gap ketmoqda?
Javob: Fantomas.
69-savol: Bu asarning epigraflaridan biri quyidagicha: Yer yuzidan yoqolib ketgan jonivorlarni qaytadan dunyoga keltirish – mumkin emas. Keyinchalik bu asar asosida mashhur film-trilogiya suratga olingan. Bu qaysi asar?Javob: “Yura davri parki”.70-savol: Bir kilogramm ALFA olish uchun BETTA 300 ming kilometr masofani bosib otadi. Tibbiyot ALFA bilan ham BETTA bilan ham davolash usullari mavjud. ALFA va BETTA nima?
Javob: Asal va Asalari.
71-savol: Otaturk aeroportida har 20 daqiqada juda kuchli sirenalarga ega mashina parvoz yolaklarini aylanib chiqadi. Nega?Javob: Qushlarni qorqitish uchun.
72-savol: XVIII-XIX asrlarda Efiopiyada sudlar odamlar uchun sevimli mashgulotga aylanib ketgan. Bir necha erkaklar sud jarayonlariga doimiy ravishda tashrif buyurishardi. Ularning sud jarayoniga ham, qatnashchilarga ham umuman aloqasi bolmagan. Ular sudga bir qiziqish yuzasidan kelishgan. Qanday qiziqish?
Javob: Bu erkaklar sudda ayblanuvchi yutishi yoki yutqazishi ustidan garov oynashgan. Ularni natija qiziqtirgan. Kimga toy, kimga aza.
73-savol: Qanchalik galati tuyulmasin, bastakor Taneyev kundalik yozuvlarini hech kim tushunmasligi uchun shu tilde yozgan. Qaysi?Javob: Esperanto.74-savol: Muhammad Ali 1960-yilda Italiyaga boradi va Olimpiada chempioniga aylanadi. Ammo, 60-yillar oxirida boshqa bir davlatga borishni istamagani uchun uning Jahon chempioni unvonidan mahrum qilishgan. Qaysi davlat?Javob: Vetnam. Muhammad Ali tinchlik tarafdori bolgan, bu urushga qarshilik ham qilgan. AQSh-Vetnam urushi 1969-1973-yillarda roy bergan.75-savol: Asosan braziliyalik legionerlar bilan yorqin natijalar qayd etib kelayotgan qaysi futbol klubining talismani korsiqchqon (krot) hisoblanadi?
Javob: “Shaxtyor” (Donetsk). Krot ham, konchilar ham yerni qazadi.
76-savol: Bu mashhur inshoot Mojiza nomli maydonda, Botqoqlikdagi avliyo Mariya nomli cherkovning yonginasida joylashgan. Bu malumotdan kelib chiqib, uning nega bunday holatdaligini taxmin qilish mumkin. Bu qaysi inshoot?
Javob: Piza minorasi. Botqoqlikdagi inshoot qiyshayishi mumkin, albatta. Aslida Pizaning qiyshayishiga arxitektorlar aybdor deyishadi.
77-savol: Tush tabirnomasida yozilishicha, agar tushingizda siz uni oqiyotgan bolsangiz, demak sizda ozingizga bolgan ishonch yetishmaydi, atrofdagilardan yordam kutasiz. Nima u?
Javob: Tush tabirnomasi.
78-savol: Fransiyada Pikassoning 19 ta surati jamlangan, ozgacha yozuvli izohlari bor toplam nashr etildi. Bu toplamga “Silanuvchi Pikasso” deb nom berishgan. Bu toplam kimlar uchun chiqarilgan?
Javob: Kozi ojiz insonlar uchun. Toplamdagi rasmlar qavariq qilib ishlangan va silab his qilish mumkin. Izohlar esa Brayl alifbosida.
79-savol: Olimlarning hisob-kitobiga kora, u tovush tezligidan 3000 marta tezroq harakatlanishi, har soniyada 700 dan ortiq punktda bolishi kerak. Bu esa aql-bovar qilmas ish. Kim bu tezlikda harakatlanadi deb ishonishadi?
Javob: Qorbobo.
80-savol: Fransiyalik haykaltarosh Ogyust Bartoldi boshqa bir mashhur inson Gustav Eyfel bilan birga onasi Sharlottaning qiyofasidan namuna oladi. Hozir bu mehnat mahsulini qanday ataymiz?
Javob: Ozodlik haykali.
81-savol: Kaliforniyaning Vallexo shahrida ular mashina yuvish muassasida mehnat qilishmoqda. Bir qarashda juda yaxshi oylangan goya. Ular deb qaysi jonivorlar nazarda tutilgan?
Javob: Fillar.
82-savol: Amerikadagi kompaniyalardan biri quyidagicha galati reklama beradi: Bizning qurti bor olmalarimizni xarid qiling! Kompaniya nega bunday elon bergan?
Javob: Olmada qurt bor bolsa, demak unga ximikatlar sepilmagan, u toza tabiiy mahsulot.83-savol: Orta asr Germaniyasida koplab graflar va baronlar qala himoyasini aynan shu millat vakillariga ishonib topshirishgan. Ular oz ishining ustalari bolgan. Bugun ularning ishini zamonaviy dunyoda davom ettirayotganlar ularning sharafiga nomlangani bejiz emas. Qaysi millat haqida gap ketmoqda?
Javob: Shveytsarlar. Hozir ham eshik ogalarini shveytsar deyishlari bekorga emas.84-savol: Isbotlangan haqiqat shuki, agar biron ishga shunday odamlarga topshirsangiz, ular bu ishning oson va tezkor yechimini sizga topib berishi mumkin. Qanday inson?Javob: Dangasa. U mehnat qilishga ketadigan energiyani, miyasiga sarflab yechimni topib bera oladi.85-savol: Bu brend nomini tanlash biroz murakkab kechgan. Lotincha tovush, inglizcha quyoshli kabi sozlarga oxshash bir nom tanlangan oxirida. Qaysi brend nomi?Javob: Sony. Sunny – quyoshli. 86-savol: Bu insonni ozi xizmat qiladigan saroyda “Kichkina baxshi” deb ham atashgan. Biz ham bu insonning ismiga shu sifatni qoshib aytishga odatlanganmiz. Siz menga uning dunyoga mashhur ogli kim bolganini ayting.
Javob: Alisher Navoiy. Biz uning otasini “Giyosiddin kichkina” nomi bilan taniymiz. Kichkina sozi uning boyiga emas, yoshiga nisbatan ishlatilgan.87-savol: Odamzod uyqusiz 4 kun, Suvsiz 3 kun yashashi mumkin. Eynshteyn fikricha, odamzod ularsiz 4 yil yashay oladi. Ana undan keyin butun insoniyat halokatga yuz tutishi mumkin. Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda?Javob: Asalari. Inson istemol qiluvchi koplab mahsulotlar ularning xizmati bilan hosil beradi.88-savol: Qadimda dengizchilar baliq pishayotgan qozonga kumush qoshiq yoki tanga solib korishgan. Nimani aniqlash uchun?
Javob: Baliqning zaharli yoki zaharli emasligini aniqlash uchun. Agar qoshiq yoki tanga qoraysa, baliq zaharli deb hisoblashgan.
89-savol: Yaponlar gap uqmaydigan odamlar haqida: Boshiga urib turmasang, seni eshitmaydi – deyishadi. Bunday odamlarni X ga oxshatishadi. X nima?Javob: Mix.90-savol: Da Vinchi topishmogi: Odamlar oz yeguligini uloqtiradi. Bu bir jarayon haqida. Qaysi jarayon?Javob: Urug ekish jarayoni.
91-savol: Katta tennisda foydalaniladigan toplar 1972-yilga kelib hozirgi korinishga otgan. Toplar uchun sariq rang tanlangan. Nima sababdan aynan bu rang tanlangan?
Javob: Televizor qarshisidagi tomoshabinlarga yaxshiroq korinishi uchun.92-savol: Topishmoqni tinglang: U yosh va tillarang edi, bir haftada sochlari oqardi. Kunlar otib boshi kal bolib qoldi. Topishmoqning javobi nima?Javob: Momoqaymoq. 93-savol: Britaniya imperiyasi ordeni bilan kino olamiga mansub 3 nafar chet ellik inson taqdirlangan. Birinchisi Elizabet Teylor, ikkinchisi Stiven Spilberg. Uchinchisi esa rus millatiga mansub. Savol: U qaysi rolni maromiga yetkazib ijro etgani uchun bu unvonga loyiq korilgan?
Javob: Sherlok Xolms (Vasiliy Livanov).
94-savol: Uchinchi va Tortinchi Yozgi Olimpiada oyinlari orasida ham bitta Olimpiada oyinlari otkazilgan. Bu oyinlar 1906-yilda tashkillashtirilgan. Savol: Bu navbatdan tashqari Olimpiada nima munosabat bilan bolib otgan?Javob: Zamonaviy Olimpiada oyinlari otkazila boshlagnining 10 yilligi munosabati bilan. 95-savol: Ikkinchi Jahon urushi vaqtida qismga harbiy komissar keladi va suhbatni boshlaydi: Kavaleriyaga! Askarlardan biri: Men. Artilleriyaga! Yana osha askar: Men. Piyoda qoshinlarga! Yana osha askar: Men. Harbiy komissar esa: Sabr qilsangiz-chi! Royxatni oxirigacha oqib olay – deydi. Bu voqeada barcha savollarga: Men – deya javob bergan inson kim edi?
Javob: Leonid Gayday. Keyinchalik shunga oxshash holatni “I operatsiyasi” filmida qayta jonlantiradi.96-savol: 1929-yilda Otis kompaniyasining aksiyalari 350 dollargacha kotarildi. 1932-yilgi inqirozda 9 dollargacha tushib ketdi. Diqqat savol: Bu kompaniya nima ishlab chiqaradi?
Javob: Lift ishlab chiqaradi. Kotarildi va tushib ketdi sozlari liftga ishora.
97-savol: Graf Valzeg ismli shaxs olimi oldidan mashhur bastakorga musiqa buyurtma qiladi. Shu tariqa dunyoga mashhur bolgan bir kuy yaraladi. Graf Valzeg uchun bastalangan kuy qanday nomlangan?
Javob: “Rekviyem” (Sokinlik). Motsartning bu musiqasi keyinchalik dafn marosimlarida ijro etiluvchi kuyga aylandi.
98-savol: Gerodot asarlarida “qanotli ilonlar” haqida yozadi. Ular Arabistonda kop uchrashini, vaqti vaqti bilan Misrga hujum qilib turishini qayd etadi. Gerodot “qanotli ilonlar” deb atagan ofat qaysi jonivor?Javob: Chigirtka.99-savol: Mashhur brendlarning biri bir safar Xitoyning “Crocodail International” firmasini kochirmachilikda ayblab sudga bergan. Bu qaysi mashhur brend?
Javob: “Lacoste”. Ular timsoh belgisini ogirlab olishgan.
100-savol: Qadimgi Misr manbalarida bu shahar dunyodagi eng qadimgi poytaxt ekanligi yozilgan. Shaharning nomi Timasku korinishida qayd etilgan. Bu qaysi shahar?Javob: Damashq.
101-savol: Gondurasdagi qamoqxonalardan birida 8 ta mahbus birdaniga OITS bilan kasallanadi. Gap shundaki, ularning barchasi xizmatdan foydalanishgan va hammasi uchun mehnat quroli umumiy bolgan edi. Donor bolishni istovchilar bu xizmatdan uzoq yurishi kerak. Qaysi xizmat?Javob: Tatuirovka chizdirish. Bir igna bilan barchasiga tatu chizilgan va kasal yuqqan. Donorlar tatu chizdirishi mumkin emas.102-savol: Sobiq Ittifoq davrida bu ishni 5 marta qilgan odamga medal berishgan. Bu ishni 7 marta qilgan bolsa, orden berilgan. Bu ishni 10 marta uddalay olgan odamga esa eng asosiy orden taqdim etilgan. Gap nima ish qilish haqida ketmoqda?
Javob: Farzand tugish. 5-6 farzand tugganlarga “Onalik medali”, 7-8-9 marta farzand tuggganlarga “Onalik shuhrati”, 10 va undan ortiq farzand dunyoga keltirganlarga “Qahramon ona” ordeni berilgan.103-savol: Global isishning oqibatlari haqida fransuz olimlari ham bong urishgan. Ularning aytishicha, Fransiya janubidagi qishloqlarda yashovchi qaldirgochlar bir necha yildan beri bu ishni qilmay qoyishgan. Bu qaysi ish?Javob: Qishlash uchun janub (Afrika) ga uchib ketish.104-savol: Shifokorlar tilida bu jonivorni “jonli igna” deb ham atashadi. Nimani?Javob: Zuluk.105-savol: 1905-yilda bir mavsumning ozidayoq bu sport turi boyicha chempionatning 18 qatnashchisi vafot etadi. Davlat rahbariyati agar sportchilar vahshiy oyin uslublaridan voz kechilmasa, bu sport turi taqiqlab qoyilishi haqida ogohlantiradi. Bu sport turi dunyo barcha davlatlarida emas, asosan bir davlatda ommaviy miqyosda rivojlangan. Bu qaysi sport turi?Javob: Amerikancha futbol.106-savol: Xitoyliklar Xitoyning uchta buyuk daryolari sifatida quyidagilarni keltirishadi: Xuanxe, Yanszi, Xeylunszyan. Oxirgisini biz qanday nom ostida bilamiz?Javob: Amur.107-savol: Shved qiroli Karl XII ayollarni yoqtirmagani sababli UNDAGI xonimni feldmarshalga almashtirishni buyuradi. UNDAGI xonimni musulmon mamlakatlarida ham almashtirishgan. Qayerdagi xonim haqida gap ketmoqda?Javob: Shaxmatdagi.108-savol: 1998-yilgi Jahon chempionati finalida Fransiya Braziliyani 3-0 hisobida yengib, ilk marta champion boldi. Lekin kopchilik bu chempionatda boshqa bir oyin va boshqa bir hisobni yaxshi eslab qolgan. Gap qaysi hisob haqida ketmoqda?
Javob: 5-0. “Argentina – Yamayka 5-0” qoshigi mashhur bolib ketgan.109-savol: Darvin mukofoti eng ahmoqona olimlar uchun beriladi. Shulardan biri. Ikkita ingliz osmiri eski vannada dengizda suzmoqchi bolishadi. Shamol turib, vannaga suv kira boshlaydi. Savol: Bu osmirlar suvni qanday qilib chiqarib tashlamoqchi bolishgan?
Javob: Vannaning probkasini ochib yuborishgan. Va natijasi malum.110-savol: Kanadalik olimlar ipak qurtiga boshqa bir jonzotning genini otkazishga urinishmoqda. Agar natija samarali bolsa, ipak qurti bronjilet uchun ishlatiluvchi mahsulotdan ham mustahkamroq, elastikroq ipak toqiy boshlashi mumkin. Ular qaysi jonzot genini otkazishmoqchi?Javob: Orgimchak.