Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 3-tur Magnum jamoasi savollari 11.04.2026
Keng tarqalgan versiyadan farqli ravishda, Charlz Sherrilning murabbiyi aslida yumronqoziqlarni o‘rganib
chiqqan degan qarash ham mavjud. Keyinchalik Charlz Uni o‘ylab topgan. Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Pastki start.
Izoh: Ko‘pchilik sprinter Charlz Sherrill bu uslubni kengurulardan olganini ta’kidlaydi. Biroq, aslida ushbu
uslub yumronqoziqlardan o‘zlashtirilgan degan versiyalar ham bor. Suratdagi yumronqoziq ham sizga
huddi poygaga tayyor turgandek ko‘rindi deb umid qilamiz. Bugungi poygada esa hammaga omad tilab
qolamiz.
2-savol:
“Far Cry Primal” o‘yinida mamontlarni ovlash yoki hanjartish yo‘lbarslar bilan kurashish mumkin. O‘yin
uchun mahsus venja tili ham ishlab chiqilgan. Sababi mualliflar o‘yin sodir bo‘layotgan davr uchun protohind-yevropa tili JUDA QADIMIY deb hisoblashgan. Ushbu savol matnida almashtirilgan bir so‘zni yozib
bering.
Javob:Zamonaviy
Izoh: O‘yin mualliflari fikricha, bundan 6-7 ming yil avval ishlatilgan proto-hind-yevropa tili o‘yin settingi
uchun juda zamonaviylik qilar edi. Shu sababdan tilshunos olimlar yordamida proto-hind-yevropa tili
asosida yanada ibtidoiyroq eshitiluvchi venja tili ishlab chiqilgan.
Zachot: Yangi, manodosh javoblar
3-savol:
“Neftchi” jamoasining muvaffaqiyatli o‘yiniga Jamshid Iskanderov o‘ziga xos xissa qo‘shayotgani lekin
uning kuchi nimada ekanligini aniq tushuntirib bo‘lmasligi haqida aytilgan maqolada Jamshid jamoa uchun
X ekani aytilgan. Yuqoridagi gapda tushirib qoldirilgan 7 belgini yozib bering.
Javob:-faktor
Izoh: “X-faktor” deganda odatda inson yoki biror narsada boshqalardan ajralib turadigan, aniq tushuntirib
bo‘lmaydigan, lekin juda seziladigan o‘ziga xos kuch yoki joziba nazarda tutiladi.
4-savol:
Tarixchi Boris Golender hurmatga sazovor poytaxtlik insonlar haqida yozgan asarini “Mening Ikslarim”
deb nomlagan. Boshqa “Ikslar” Mixail Saltikov-Shedrin tomonidan yozilgan satirik asar bo‘lib, unda
Moskvadan uzoqda o‘z kirdikorlarini qilishga urunuvchi amaldorlar fosh qilingan. Ikslar o‘rnidagi 2 so‘zni
yozib bering.
Javob:Janob Toshkentliklar
Izoh: Mixail Saltikov-Shedrin 19-asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoga tajovuz bo‘layotgan vaqtda Toshkentga
kelgan Rus kolonizatorlarini tanqidga oluvchi “Janob Toshkentliklar” asarini yozgan. Toshkent tarixini
o‘rgangan Boris Golender Toshkentlik mashxur insonlar haqidagi asarini “Mening janob Toshkentliklarim”
deb nomlagan.
5-savol:
Yaqinda “Starbaks” kompaniyasi ayiqcha shaklidagi stakanlarni sotuvga chiqardi. Haridorlar orasida ushbu
stakanga ega chiqishni ISTAGANLAR ancha ko‘p topilgani sababli, u mashxurlikka erishdi. Stakan nomini
to‘liq holda yozib bering.
Javob:Bearista
Izoh: Starbaks kompaniyasi stakanga nom tanlashda inglizchada “ayiq” yani “bear” va “barista” so‘zlari
bilan so‘z o‘yini qilgan. Savol matnidagi “istaganlar” so‘zi kichkina yordam edi.
6-savol:
Adibaning aytishicha, Donald Tramp prezidentga aylangach, davlat totalitarlikka aylanishni boshladi.
Oqibatda, Alfaning hikoyasi reallikka yaqinlashdi. Alfa kimligini unlilari bir xil so‘zda yozib bering.
Javob:Oqsoch
Izoh: Margaret Etvudning “Oqsoch hikoyasi” romanida AQShda totalitar tuzum tuzilgani haqida so‘zlaydi va
unda ayollar qul qilinib, farzand tug‘ishga majburlanadi. Oqsochning qizil kiyimi va oq qalpoqchasi Tramp
hukumatiga qarshi harakatlar ramziga aylangan.
7-savol:
Andre Rieu [Ryo] o‘z konsertlaridan birida ispan pasodabli “Espanya kanyi”ni ijro qilish vaqtida tomoshaga
noodatiy interaktiv element qo‘shadi. Natijada zaldagi SHUNDAY ayol tomoshabin o‘rnini tashlab qochishga
majbur bo‘ladi. Mashhur film so‘nggidagi shunday personaj rolini Olivia Dabrovska ijro etgan. Bu qaysi
film?
Javob:Shindler ro‘yxati
Izoh: Pasodabl korrida vaqti ijro etiladigan musiqa turi. Konsertda ushbu musiqa ijrosi vaqtida zalga buqa
kiyimini kiygan artistlar chiqib kelishadi. Va albatta qizil kiyimdagi ayolga tashlanishadi. Shindler royxati
filmi songgida oq-qora ranglar orasida faqatgina 3 yoshlik qizil kiyimdagi qiz rangli qilib ko‘rsatilgan. Ushbu
qizaloq rolini polshalik aktrisa Olivia Dabrovska ijro etgan.
8-savol:
Davom etamiz.
Nikita Xrushevni lavozimidan chetlashtirgan Brejnev va uning hamtovoqlari sobiq raisni izolyatsiya qilish
uchun maksimal resurslardan foydalangan. Xrushov Moskva viloyatidagi 35 gektarlik dala hovliga
joylashtirilgan, unga mahsus “Volga” avtomobili ajratilgan va katta pensiya belgilangan. Bu haqida
gapirgan Aleksandr Fayb so‘zlariga ko‘ra, Xrushev uchun majoziy ma’noda IKS barpo etilgan. Mashxur
manbada IKS ichida nima bor edi?
Javob:Qizil gul.
Izoh: Xrushevga ajratilgan mashina, katta pensiya va katta dachani bloger oltin qafasga qiyoslaydi.
Mashhur ruboiyda esa oltin qafas ichra esa qizil gul bitgan.
9-savol:
Savolda BU ISHNI QILISH boshqa so‘zlar bilan almashgan.
1925-yilgi g‘alabadan keyin o‘zining sevimli mashg‘uloti zerikarli bo‘lib borayotganini sezgan Xose BU
ISHNI QILADI. Xosedan 5,5 asrcha oldin BU ISHNI QILGAN inson kim?
Javob:Amir Temur
Izoh: O‘zining sevimli mashg‘uloti shaxmatning zerikarli bo‘lib borayotganini sezgan shaxmat bo‘yicha
uchinchi jahon chempioni Xose Raul Kapablanka o‘yinga yangi donalar qo‘shishni taklif qiladi. XIV asrda
shaxmat ixlosmandi bo‘lgan Amir Temur ham oddiy shaxmatdan zerikib, yangi donalar qo‘shilgan shaxmat
o‘yinini – Temur shaxmatini yaratgan. 8-savol Alisher Navoiyga bag‘ishlangan edi, 9-savol esa 9-aprel kuni
tavalludining 690 yilligi bo‘lib o‘tgan Amir Temur haqida bo‘ldi.
10-savol:
Turkiya va Bolqon mintaqasida keng tarqalgan asimmetrik ritmik tizim TEMUR deb ataladi va unda 2 zarbli
hamda 3 zarbli ritmik birliklar tez-tez almashib turadi. Savol matnida almashtirilgan, unlilari bir xil so‘zni
yozib bering.
Javob:Oqsoq.
Izoh: Asimmetrik tizimdagi musiqa ritmi huddiki oqsoqlanib yurayotgan odamni eslatib yuborgan. Amir
Temurning laqablaridan biri “oqsoq” bo‘lgani esingizda deb umid qilamiz.
11-savol:
Endryu Byord 2013-yilda “Archeology” [Arkeoloji] jurnalida maqolasi chiqqach ilm-fan olamida
mashhurlikka erishgan. Hatto National Geographic kanali Byordni “Ibtidolar: Insoniyatning sayohati” hujjatli
seriali suratga olish jarayoniga taklif etgan. Byord shuningdek Alfaning muallifi ham hisoblanadi. “Alfa”
so‘zi “ov qilish” manosini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan. Alfa o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Venja
Izoh: Endryu Byord lingvist bo‘lib, u Far Cry Primal o‘yini uchun ishlab chiqilgan Venja tilining muallifi
hisoblanadi. Venja so‘zining manosi ov qilish ekan. Far Cry Primal o‘yinida qadimiy jonzotlarni ovlash
mumkinligi haqida 2-savolda aytib o‘tilgan edi.
12-savol:
Indoneziyalik Nitisemito 19-asr oxirida o‘zining qalampirmunchoq va kakao qo‘shib tayyorlangan
mahsulotini astma uchun davo sifatida reklama qilgan. Hozirgi kunda Indoneziya ushbu ko‘rsatkich
bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda ekanligiga ham Nitisemito sababchi ekanligi keltiriladi. Gap qanday
ko‘rsatkich haqida ketmoqda?
Javob:chekish.
Izoh: Nitisemito Kretekni – Indoneziyada mashxur bo‘lgan arzon tamaki turini o‘ylab topgan. Hozirgi kunda
Indoneziya eng ko‘p tamaki chekiluvchi davlat hisoblanadi.
Zachot: chekuvchilar soni va ma’nodosh javoblar.
13-savol:
Indoneziyada mashxur bo‘lgan “Kretek” sigaretlari - tarkibidagi qalampirmunchoq kabi qo‘shimchalar
sabab yonganida noodatiy tovush chiqaradi. Maqolada yozilishicha, IKSning paydo bo‘lishiga shu noodatiy
tovush sabab bo‘lgan ekan. IKSni unlilari bir xil so‘z qatnashtirib yozib bering.
Javob:Kretek so‘zi/Kretek nomi.
Izoh: Kretek so‘zi taqlid so‘z bo‘lib, sigaretni chekkandagi tovushdan kelib chiqqan.
14-savol:
Bir geymer bola o‘zining qiz bola tanishiga bergan IKS haqidagi savolga javoban quyidagilarni eshitadi:
“Avtomat Kalashnikov poverxnostnaya zakalka”, “Blyu-gem pichog‘i” va 4 ta “Titan” nakleykasi. Bularni
eshitgan yigitning kapalagi uchib ketadi. IKS o‘rnidagi bir bo‘g‘inli so‘zni toping.
Javob:Mahr
Izoh: Yigit qizdan mahrga nima so‘rashiga qiziqqanida, umumiy qiymati 2 mln AQSh dollaridan oshuvchi
buyumlarni eshitgach so‘z topolmay qoladi va “Undan ko‘ra gelik arzonku” deb hazil qiladi.
15-savol:
Tarqatmada nomi keltirilgan platforma kompyuter o‘yin dasturchilari, musiqachilar va boshqa ijodiy kasb
vakillarini iqtisodiy qo‘llab quvvatlash ya’ni donа́t qilish imkonini beradi. Platforma nomida almashtirilgan
ikki harfni toping.
Javob:Ko
Izoh: Platforma nomi Ko-fi bo‘lib, unda siz turli sohadagi ijodkorlarga “kofe uchun” donat qoldirishingiz
mumkin.
Zachot: Co, Ko-fi, Co-fi
16-savol:
O‘tgan asr 80-90-yillarida yosh adabiyotshunoslar gap o‘ynay boshlagan. Odatda Chimboydagi choyxonada
o‘tadigan bu yig‘inni yozuvchilar “Chimboy IKSI” deb atagan. Bunda ular o‘zlarining buyuk
o‘tmishdoshlaridan ilhomlanishgandi. IKS o‘rnidagi unlilari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Gurung.
Izoh: XX asr boshlarida asos solingan jadidlar madaniy-ma'rifiy jamiyati “Chig‘atoy gurungi” deb
nomlangan.
17-savol:
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, 2000-yilgi mashhur filmni suratga olish vaqtida rejissyor AQSh maxsus
kuchlari kapitani Richard Marsinkoni taklif qilgan. Marsinko bosh rol ijrochisiga qiynoqlarga dosh berish
sirlarini o‘rgatib, suratga olishga tayyorgarlikdagi noqulayliklar keltirib chiqargan psixologik qiyinchiliklarni
yengib o‘tishga yordam bergan. Diqqat savol, gap qaysi film haqida ketmoqda?
Javob:Grinch [rojdestvo ŏğrisi]
Izoh: Grinch obraziga tayyorgarlik Jim Kerri uchun juda qiynoqli bo‘lgan. Chunki grimm qilinishi uchun bir
necha soat o‘tirish kerak bo‘lar, bundan tashqari, burnidagi maska tufayli faqat og‘zidan nafas olishiga
to‘g‘ri kelardi. Grinch kostyumidagi jun esa qichishtirardi. Ammo qo‘llardagi qolqop tufayli tanani qichishga
imkon ham yo‘q edi. Bundan tashqari grimmni olib tashlash paytida teri ham shilinib ketardi. Bunday
qiynoqlarga chiday olmagan Kerri gonorarni foizi bilan qaytarishga rozi edi, ammo rejissyor Ron Hovard
vaziyatga noodatiy yechim topgan.
18-savol:
Ibrohim Mo‘minov Abu Rayxon Beruniy hayotini juda chuqur o‘rgangan. Jumladan, Sorbonna universitetida
ilk bor o‘zbek tilida olim haqidagi dokladini o‘qigan. Shu sababdan ham, USHBU IJODKOR 1973-yilda
Ibrohim Mo‘inovni konsultant sifatida yollagan. 1931-yilda tavallud topgan ushbu inson kim?
Javob:Shuhrat Abbosov
Izoh: 1973-74-yillarda “Abu Rayxon Beruniy” filmi sur’atga olingan. Voqealar tarixiyligini tekshirishda
rejisserga mashxur tarixchi yordam bergan.
19-savol:
Ko‘rgazmali material.
Savolda SHUNDAY ULAR va BUNDAY U
Tarqatmada nomi keltirilgan platforma kompyuter o‘yin dasturchilari, musiqachilar va boshqa ijodiy kasb
vakillarini iqtisodiy qo‘llab quvvatlash ya’ni donа́t qilish imkonini beradi. Platforma nomida almashtirilgan
ikki harfni toping.
Javob:Ko
Izoh: Platforma nomi Ko-fi bo‘lib, unda siz turli sohadagi ijodkorlarga “kofe uchun” donat qoldirishingiz
mumkin.
Zachot: Co, Ko-fi, Co-fi
16-savol:
O‘tgan asr 80-90-yillarida yosh adabiyotshunoslar gap o‘ynay boshlagan. Odatda Chimboydagi choyxonada
o‘tadigan bu yig‘inni yozuvchilar “Chimboy IKSI” deb atagan. Bunda ular o‘zlarining buyuk
Yaratilgan sanasi: Thu, 07 May 2026 17:47:06 +0500
Page 6
o‘tmishdoshlaridan ilhomlanishgandi. IKS o‘rnidagi unlilari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Gurung.
Izoh: XX asr boshlarida asos solingan jadidlar madaniy-ma'rifiy jamiyati “Chig‘atoy gurungi” deb
nomlangan.
17-savol:
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, 2000-yilgi mashhur filmni suratga olish vaqtida rejissyor AQSh maxsus
kuchlari kapitani Richard Marsinkoni taklif qilgan. Marsinko bosh rol ijrochisiga qiynoqlarga dosh berish
sirlarini o‘rgatib, suratga olishga tayyorgarlikdagi noqulayliklar keltirib chiqargan psixologik qiyinchiliklarni
yengib o‘tishga yordam bergan. Diqqat savol, gap qaysi film haqida ketmoqda?
Javob:Grinch [rojdestvo ŏğrisi]
Izoh: Grinch obraziga tayyorgarlik Jim Kerri uchun juda qiynoqli bo‘lgan. Chunki grimm qilinishi uchun bir
necha soat o‘tirish kerak bo‘lar, bundan tashqari, burnidagi maska tufayli faqat og‘zidan nafas olishiga
to‘g‘ri kelardi. Grinch kostyumidagi jun esa qichishtirardi. Ammo qo‘llardagi qolqop tufayli tanani qichishga
imkon ham yo‘q edi. Bundan tashqari grimmni olib tashlash paytida teri ham shilinib ketardi. Bunday
qiynoqlarga chiday olmagan Kerri gonorarni foizi bilan qaytarishga rozi edi, ammo rejissyor Ron Hovard
vaziyatga noodatiy yechim topgan.
18-savol:
Ibrohim Mo‘minov Abu Rayxon Beruniy hayotini juda chuqur o‘rgangan. Jumladan, Sorbonna universitetida
ilk bor o‘zbek tilida olim haqidagi dokladini o‘qigan. Shu sababdan ham, USHBU IJODKOR 1973-yilda
Ibrohim Mo‘inovni konsultant sifatida yollagan. 1931-yilda tavallud topgan ushbu inson kim?
Javob:Shuhrat Abbosov
Izoh: 1973-74-yillarda “Abu Rayxon Beruniy” filmi sur’atga olingan. Voqealar tarixiyligini tekshirishda
rejisserga mashxur tarixchi yordam bergan.
19-savol:
Yaratilgan sanasi: Thu, 07 May 2026 17:47:06 +0500
Page 7
Ko‘rgazmali material.
Savolda SHUNDAY ULAR va BUNDAY U
Ko‘rgazmali material.
Savolda SHUNDAY ULAR va BUNDAY ULAR almashtirish.
Bir foydalanuvchi ushbu suratga “dunyodagi sŏnggi SHUNDAY ULARDAN biri” deb hazil izoh berib, sŏzi
davomida hozirda kŏpchilik ULAR BUNDAY ekanini takidlaydi. 20-asr uchinchi choragida BUNDAY ULAR
haqida yozgan inson kim?
Javob:[Filip Kindred] Dik
Izoh: hazilkash suratga bergan izohida “ko‘mirda harakatlanadigan so‘nggi qo‘ylardan biri. Hozirda
ko‘pchiliq qo‘ylar elektrik bo‘lib ketdi” degan. 1968-yilda chiqarilgan “Androidlar tushlarida elektrik
qo‘ylarni kŏradimi?” asari muallifi – Filip Kindred Dik.
20-savol:
Bu savolga tariflovchi javob ham qabul
Arxeologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, U boshqalarni ham norozi qilgan. Shu
jumladan Arbituram, Appa, Imgur-Sin, Illsu-Elsatsu va Ili-idinnamlar ham unga noroziliklarini bildirishgan. U
kim?
Javob:Ea-Nasir
Izoh: Ea-Nasir – hozirgacha topilgan eng qadimiy shikoyatli taxtachada eslab o‘tilgan mis savdogari. Uning
uyidan topilgan boshqa taxtachalarda ham turli mijozlardan etirozlar yozilgan edi.
Zachot: Qadimgi Mesopotamiyada sifatsiz mis yuborgan inson, eng qadimgi shikoyat xati olgan inson
21-savol:
“Human House Event” agentligi tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida Anhorning tubiga sho‘ng‘ish,
Bo‘zsuvning boshlanish joyini topish, forellar va chaykalarni kuzatish imkoniyati mavjud. Loyiha nomi
o‘tgan asr birinchi choragida chop etilgan asar nomidan bir so‘zga farq qiladi. Loyiha nomini 3 so‘zda yozib
bering.
Javob:Toshkent suv shahri
Izoh: Anhor va Bo‘zsuv – Toshkent hududidan oqib o‘tuvchi suv obyektlari. Toshkent suvlariga
bag‘ishlangan loyihaga nom tanlashda 1924-yilda Aleksandr Neverov tomonidan yozilgan “Toshkent – non
shahri” asariga allyuziya qilingan.
22-savol:
“Moshenniki” (“Firibgarlar”) seriali 2-mavsumida turk qurilish biznesi vakilini o‘z qarmog‘iga ilintirmoqchi
bo‘lgan Damir uni yanada ko‘proq ishontirish uchun o‘zini osh ishqibozi qilib ko‘rsatadi. Yuqoridagi gapda
harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Beshiktosh.
Izoh: Turklar futbol jinnisi bo‘lib, o‘zining sevimli klubi muxlislari bilan tez chiqishib ketishadi. Damir aynan
shundan foydalangan.
23-savol:
Bu savolga tariflovchi javob ham qabul qilinadi.
Qizig‘i, ushbu ekstremal sport turida bir necha insonning yonma-yon harakatlanishi “gala” deb atalar ekan.
Ushbu sport turidagi asosiy moslama nomini yozib bering.
Javob:Vingsyut
Izoh: Vingsyut bu mahsus aerodinamik qanotli kostyum bo‘lib, u insonlarga huddi qushlar kabi parvoz qilish
imkonini beradi. Balki shu sababdandir, bu sport bilan shug‘ullanayotgan insonlar guruhini huddi qushlar
kabi gala deb atashar ekan.
Zachot: Qanotli kostyum, shu mazmundagi javoblar.
24-savol:
Ko‘rgazma material.
All in Skylabs
Savolda IKS — bir o‘zbekcha so‘zni almashtirib keladi.
Ko‘rgazmali materialda nomi keltirilgan noodatiy loyiha ishtirokchilari, 1992-yilgi multfilmdan ilhomlangan
holda, IKSlardan vingsyut sifatida foydalanadi. Ha aytgancha, ushbu savolni tuzishda muallif “Opera”
brauzeridan foydalandi. Loyiha nomida tushib qolgan ikki harfni yozib bering.
Javob:Alladin, Alladin Skylabs.
Izoh: Iks — gilam edi. Loyiha mualliflari gilamlardan vingsyut sifatida foydalanishadi. Bunda ular huddi
“Aladdin” multfilmidagi Olovuddinga o‘xshab uchar gilamda uchayotgandek ko‘rinishadi. Siz javobni topish
uchun biz savolni o‘rtasiga ad ya’ni reklama qo‘shganimiz kabi, ko‘rgazma materialdagi “All” va “in”
so‘zlari o‘rtasiga “ad” qo‘shishingiz kerak edi.
25-savol:
IGREK o‘zining taom ratsioni haqidagi savolga javob berar ekan, GREKni sevishi haqida aytib hazil qiladi.
GREK - fransuz tilidan “chaqmoq” deb tarjima qilish mumkinligi ham IGREK uchun ma’qul kelsa ajab emas.
Savol: IGREK o‘rnidagi familiya va GREK o‘rnidagi shirinlikni toping.
Javob:Lekler, ekler
Izoh: Yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan mashxur poygachi Sharl Lekler eklerni yoqtirar ekan. Ekler -
fransuz tilidan “chaqmoq” deb tarjima qilinadi, tez yeyilganligi uchun. Formula 1 poygachisi uchun
“chaqmoq”dek tez jumlasi yoqishi tabiiy.
26-savol:
Ko‘rgazma material
“44-yil avgustida” filmi qahramoni o‘rmonga yashiringan dushman shpionlarini ALFAga qiyoslaydi. Boshqa
bir ALFAga nom berishda esa yosh qahramon opasining qiziqishini eslab o‘tadi. ALFA o‘rnidagi bir so‘zni
yozib bering.
Javob:Igna
Izoh: Filmda qahramonlar o‘rmonda yashiringan shpionlarni somon ichidagi ignaga qiyoslaydi. Arya Stark
esa o‘zining qilichiga nom bera turip “Sansada tikishni yaxshi ko‘radi, tikuv ignalari unga bo‘laqolsin, meni
esa o‘zimning Ignam bo‘ladi” deydi.
27-savol:
Savolda IKS - 2 so‘z bilan almashgan.
Hindistonlik Jadav Payeng uzoq yillar davomida Brahmaputra daryosining qumli sohillarida minglab
daraxlar ekkan. Shu tufayli Jadavni “Hindistonlik IKS” deb atashadi. Malay tilida IKS deb ayting.
Javob:Orangutan
Izoh: Jadav minglab daraxtlar ekib o‘rmon yaratgan. Shu sababli uni “Hindistonlik o‘rmon odami” deb
atashadi. Malay tilida “Orangutan” so‘zi “O‘rmon odami” degani.
28-savol:
Rio De Janeiro 2004-yilgi olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishga nomzodlardan biri edi. Shu sababdan,
Ronaldo Koelo va bir nechta mashxur siyosatchilar USHBU AMERIKALIKning navbatdagi
loyihasiga befarqlik bildiradi. Ushbu AMERIKALIK kim?
Javob:Maykl Jekson.
Izoh: Maykl o‘zining “They don’t care about us” singli uchun videoklipni Rio favellalarida olishni
rejalashtirganida Rio hukumat vakillari kambag‘allik aks etgan klip shaharning imidjiga putur yetkazadi deb
dastlab norozi bo‘lgan. Ammo, qo‘shiqchi baribir mahalliy mafiya vakillari yordamida klipni sur’atga olgan.
29-savol:
Britaniyaning Norlend kolleji bolalar tarbiyasi yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
Kollejda nafaqat bolalarning tarbiyasi, balki xavfsizligini ham ta'minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar,
xususan o‘zini-o‘zi himoya qilish hamda avtomobilda ta'qibdan qochish kabi kurslar ham o‘tiladi. Norlend
kolleji haqidagi bir maqola sarlavhasida ikki mashhur familiyani uchratish mumkin. O‘zaro juft
undoshlardan boshlanuvchi ushbu ikki familiyani yozib bering.
Javob:Poppins, Bond.
Izoh: yuqori darajali enagalar tayyorlovchi kollej tarbiyalanuvchilariga bola tarbiyasiga doir bilimlardan
tashqari, josuslarga hos ba'zi ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. Shu sababdan kollej tarbiyalanuvchilariga “Meri
Poppins va Jeyms Bond aralashmasi” degan ta'riflar beriladi.
Soʻngi yillarda Avstriyadagi chiroyli joylarga turistlar oqimi koʻpaydi. Shu tufayli, bunday joylarni saqlash
maqsadida, “Avstria Turizm” tashkiloti ko‘rgazmali metrialda nomi qisman berkitilgan noodatiy loyihani
yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra Avstriya chiroyidan bahramand bo‘lishdan oldin sizga o‘ziga hos IKS taqdim
qilinadi. Oldingi gapda almashgan uch harfni yozib bering.
Javob:NDA
Izoh: Kampaniya nomi “Non-Disclosure Austria” [Non-Dislkoshur Austriya] bo‘lib, unda maxfiy
ma'lumotlarni oshkor qilmaslik haqida kelishuv – NDA ya'ni Non-Disclosure Agreement ga ishora qilingan.
Savolda N-D-A harflari I-K-S harflari bilan almashtirildi.
31-savol:
“Birinchi o‘yinga tayyor” asarida o‘yin yaratuvchisi bo‘lmish Jeyms Xollidey o‘z merosiga ega chiquvchi
odamni aniqlash uchun o‘ziga xos musobaqa uyushtiradi. Yozuvchi Ernest Klayn ushbu personajni
yaratishda 1916-yilda tavallud topgan qaysi adibdan ilhomlangan?
Javob:Roald Dal.
Izoh: Uning qahramoni Villi Vonka ham o‘z merosxo‘rini aniqlash uchun musobaqa uyushtiradi.
32-savol:
Shevalye D'Eon fransuz maxfiy agenti bo‘lib, qirolicha Yelizavetta saroyiga bemalol kirib borishda uning
ayyorligidan tashqari, SHUNDAY ekanligi ham juda qo‘l kelgan. Qaysi folklor qahramonining laqabida
SHUNDAY so‘zini ko‘rish mumkin?
Javob:Aldar (Ko‘sa).
Izoh: Shevalye ko‘sa bo‘lgan. Ya'ni nafaqat soqoli, balki tanasida birorta ham tuk bo‘lmagan. Shu sababli u
osongina ayol ko‘rinishida niqoblangan. Markaziy Osiyo xalqlari folklorida ham ko‘sa bo‘lgan qahramon bor
- Aldar ko‘sa.
33-savol:
An‘anaviy san‘at yo‘nalishini tanlagan Sayyora Sultonovaning aytishicha, odamlar uning kasbini
eshitganda dastlab folbin deb o‘ylashar ekan, ammo aniqroq tushintirib berilgach esa “Haa, Sayyorami?”
deyishar ekan. Yuqoridagi matnda qaysi bir so‘zni bir oz o‘zgartirdik
Javob:Hayyara
Izoh: Sayyora noodatiy, baxshichilik yo‘nalishini tanlagan. Baxshichilik ayrim hududlarda folbinlik bilan
bog‘lanar ekan. Faqatgina qo‘shiq aytishini tushunganidan keyin esa hamma baxshilarning qo‘shiqlarda
eng ko‘p tilga oluvchi jumlasi “hayyara”mi? deb mazax qilishar ekan.
Zachot: Hayyora
34-savol:
Savolda “BU ISHNI QILISH” so‘zlari 2 so‘zni almashtirib keladi.
“Hayot bank” tomonidan “Yashil yurak” aksiyasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan “Yaxshilikka” omonati yillik 23
foiz daromad taklif qilish bilan birga omonatchi uchun BU ISHNI ham QILADI. Mashxur iborada BU ISHNI
QILISHdan tashqari yana nimalar eslab o‘tiladi?
Javob:O‘g‘il farzand o‘stirish va uy qurish.
Izoh: Aksiya nomidan tushunarliki, u ekologiyani yaxshilashga qaratilgan. Shu sababli bank omonat ochgan
har bir mijoz uchun daraxt ekishni va’da qiladi/.
35-savol:
Jahon shaxmat toji uchun nomzodlar musobaqasida bugungacha Javoxir Sindarovga 2 o‘yinda ham
yutqizmagan yagona shaxmatchi – Matias Blyubaum bo‘lib turibdi. “Reddit” foydalanuvchilaridan biri
nemis shahmatchisining kuchli ekanligini e’tirof etish maqsadida, Matiasning familiyasi oldidan bir
inglizcha so‘z qo‘shadi. Ushbu qisqa so‘zni yozib bering.
Javob:Deep
Izoh: Foydalanuvchi Matiasning familiyasini Deep Blyubaum deb yozgan. Bunda u amaldagi jahon
chempioni bo‘lgan Garri Kasparovni mag‘lub etgan birinchi superkompyuter – Deep Blue ga ishora qilgan.
36-savol:
Javoxir Sindarovning juda kuchli o‘yinini e’tirof etar ekan, “Chess Club ICC” [Chess klab ay-si-si] tvitter
sahifasi Javoxirning USHBU brend mahsulotini kiyib tushgan fotosini joyladi. 1994-yilda asos solingan
ushbu brend nomini yozib bering.
Javob:Supreme
Izoh: Supreme - ingliz tilidan eng zo‘ri deya tarjima qilinadi. Javoxirning grossmeysterlikka erishish
musobaqasidan tushgan fotosida xuddi shu brendning shapkasini kiyganligi tasvirlangan. Biz esa
yurtdoshimizga Nomzodlar turnirida va undan keyingi musobaqalarda omad tilab qolamiz