March 13

Professional va Birinchi liga qishki mavsumi 7-tur Magnum jamoasi savollari 31.01.2026

1-savol:
Savolda U – 2 so‘zni almashtirib keladi.
Tennischi Karlos Alkarasning xonasida U haligacha osilib turadi. Uni Karlosga otasi 3 yoshligida sovg‘a
qilgan. Ayni damda dunyodagi U kim?
Javob:Karlos Alkaras
Izoh: Alkarasning uyida uning birinchi raketkasi hamon osilib turadi. Hozirgi kunda ATP reytingi bo‘yicha
dunyoning birinchi raketkasi – Alkarasning o‘zi.
Zachot: Arina Sobolekno
2-savol:
Boris Akuninning ko‘p seriyali asarlari qahramoni Erast Fandorinni 4 xil ekranizatsiyada 4 xil aktyor
gavdalantirgan. Qahramon asosan Rus imperiyasi xavfsizligiga soya solgan jinoyatchilarga qarshi
kurashgan. Shundan kelib chiqib, Fandorinni “Rus IKSi” deb atashadi.
Diqqat savol: IKS o‘rnidagi qisqa familiyani toping.
Javob:Bond
Izoh: Fandorin turli xil davlatlarda rus imperiyasi uchun strategik masalalarni hal qilgan. Uning rollarini har
xil aktyorlar o‘ynaganligi - Jeyms Bond rollarini ham turli aktyorlar o‘ynaganligiga ishora.

3-savol:

tarqatma

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
Erast Fandorin sarguzashtlari haqidagi film qahramoni – general Sobolev turklarga qarshi mardlarcha
kurashgan rus harbiysi. Versiyalardan birida ko‘ra, Sobolev obrazi prototipi - U.
Diqqat savol: 1924-yilgacha uning sharafiga nomlanganni yozib bering.
Javob:Farg‘ona
Izoh: Sobolev – Skobelevdan ilhomlanib yaratilgan. Uning kiyimi va oti ham “Oq general” laqabiga ishora.
Farg‘ona shahri 1924-yilgacha Skobelev deb nomlangan.
4-savol:
Bundan taxminan bir asr avval o‘n sakkizinchi ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga shunchalik ishonishganki, masalan
Bak Gruv shahridagi ikki qamoqxonaning biri ish qurollari omboriga aylantirilgan, ikkinchisi esa fermer
xo‘jaligiga sotib yuborilgan. O‘n sakkizinchi bilan almashgan, bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib
bering.
Javob:quruq qonun
Izoh: dindor amerikaliklar fikricha alkogol barcha yomonliklarning sababi edi. Shuning uchun 1920-yilda
Quruq Qonun kuchga kirgach, ba’zi shaharchalarda qamoqxonalar ham endi kerak bo‘lmaydi deb ularni
yopib yuborishgan. Quruq Qonun AQSh konstitutsiyasiga 18-chi o‘zgartirish orqali kuchga kirgan.
5-savol:
Rejissyor Orif Yo‘ldoshevning “O‘yin” filmida bosh qahramon qimorga berilib qoladi. Vaterpas laqabli eng
ayyor qimorboz esa avvaliga unga yutqazib berib YO‘LDAN URADI va keyin bor-budini yutib oladi. Diqqat
savol: savol matnida almashtirilgan bir so'zni toping.
Javob:Shayton
Izoh: Eng ayyor qimorbozning laqabi Shayton. Vaterpas bu qurilishda qiyalikni aniqlash uchun
ishlatiladigan ish quroli – shaytonning boshqa nomi. Savoldagi “yo‘ldan urish” jumlasi orqali javobni
topishingizga yordam berdik deb umid qilamiz. Unutmang, qimor o‘yinlari yaxshilikka olib bormaydi.
6-savol:
Natalya Nurmuxamedovaning eslashicha, USHBU INSON bir kuni unchalik baland bo‘lmagan arqon ustida
yurgan bolaning yiqilib tushganiga guvoh bo‘lgan ekan.
Diqqat savol: Kim bu inson?
Javob:Farrux Zokirov

Izoh: Bola yiqilib tushganini ko‘rgan qariya dorboz uning yoniga kelib “Baka-baka bang, dor o‘ynang, yesli
upadesh ne plach, a vstan” deb aytgan. Bu esa Farrux Zokirov hamda Natalya Nurmuxamedovaning
keyinchalik mashxur bo‘lgan “Dor o‘ynang” qo‘shig‘ini yozishga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.
7-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
[SPEAK MEDIA]

Savolda IKS - o‘zbekcha bo‘lmagan va bir harfdan boshlanuvchi 2 so‘zni almashtirib keladi.
1996-yilda ishlab chiqilgan IKS nomli o‘yin qahramoni - urush veterani bo‘lgan yosh harbiy Erik Bler bo‘lib,
u urushdan qaytgach g‘oyib bo‘lgan sevgilisi Emmani izlaydi. Qiziq tomoni, ushbu o‘yinni ishlab chiqish
uchun “Speak Media” [Spik Mediya] nomli YANGI kompaniya tashkil etilgan. Kompaniya nomida tushirib
qoldirilgan 3 harfni yozib bering.
Javob:New
Izoh: Erik Bler - Oruellning asl ism-familiyasi. O‘yin uning “1984” asari asosida ishlab chiqilgan va «Big
Brother» deb nomlangan. Kompaniya nomi esa asardagi mashhur til - «newspeak» (Yangi til) ga ishora
qiladi.

8-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
Aytish mumkinki, genetik faktorlar sabab Javoxir Sindarovning psixologik, morfologik va fiziologik sifatlari
yetuk. Javoxir tavallud topgan sana va oyni yozib bering.
Javob:8-dekabr
Izoh: Inson organizmiga oid funksional va morfologik xususiyatlar konstitutsiya deb ataladi. Qiziq tomoni
Javohir O‘zbekiston Respublikasi bosh qomusi qabul qilingan sanada tug‘ilgan ekan. Savol tartib raqami
sizga sanani topishga yordam berishi kerak edi.

9-savol:
97-modda seriali asrimizning dastlabki 10 yilligida yuz bergan seriyali qotilliklar haqida hikoya qiladi. Bosh
qahramon o‘zining qizini o‘ldirgan qotilni tezroq qo‘lga olishni xohlardi, chunki televizorda tez-tez
muhokamaga ko‘zi tushayotgandi. Nimaning muhokamasiga?
Javob:O‘lim jazosining bekor qilinishi.
Izoh: Bosh qahramon qizining qotili qo‘lga olinib, o‘lim jazosiga hukm qilinishini qattiq xohlardi. Shu tufayli
u qotilni o‘lim jazosi bekor qilinishidan oldinroq qo‘lga olmoqchi edi. Yurtimizda o‘lim jazosini bekor qilish
masalasi 2005-yildan boshlangan va 2005-yilda chiqqan prezident farmoni bilan 2008-yildan boshlab bekor
qilingan.
10-savol:
Dilfuza Pardayeva, Sibirdagi ba’zi xalqlar haligacha turli ruhlarga, jinlarga, yarim bo‘ri yarim odam
mavjudotlarga ishonishi haqida gapira turib, grantizm atamasini qo‘llaydi.
Diqqat savol: oldingi gapda almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Tangrizm
Izoh: Sibirda yashovchi ba’zi turk xalqlar haligacha qadimgi turklarning ma’budi bo‘lmish Tangri va uning
kultiga ishonishar ekan. Grantizm va Tangrizm — anagrammalar.
11-savol:
Seyni — g‘arbiy Afrikada tarqalgan erkaklar ismi bo‘lib, “quvonch olib keluvchi” degan ma’noni anglatadi.
Aytishlaricha, XIII asrda tug‘ilgan mashhur hukmdorni xalq yaxshi ko‘rib, Seyni deb chaqirgan. Ushbu
hukmdor kim?
Javob:Musa I
Izoh: Mansa Musa Haj safari vaqti yo‘lda odamlarga ko‘p miqdorda oltin ulashgani haqida eshitgandirsiz.
Shundan so‘ng g‘arbiy Afrikada uni Seyni, quvonch olib keluvchi deb atay boshlashgan.
Zachot: Mansa Musa
12-savol:
O‘tgan asr so‘nggi choragida chiqqan “Dallas” seriali uchinchi mavsumi oxirida Jey-Ar Yuing otib ketiladi.
Shundan keyin CBS [si-bi-es] kompaniyasi tomonidan chiqarilgan “Who shot JR” [xu shot Jey Ar] nomli

reklama kampaniyasi tomoshabinlarni butun yoz davomida keyingi mavsumni kutishga undaydi.
Mutaxassislarning aytishicha, aynan shu davrdan boshlab seriallarning har mavsumini U bilan tugatish
an’anaga aylana boshlagan. Uni qo‘shma so‘z bilan yozib bering.
Javob:Kliffxenger
Izoh: Hozirgi kunda ham seriallarning mavsumlari qiziq joyida tugatib qo‘yiladi va bu orqali odamlarni
keyingi mavsumga qiziqishi ushlanadi. Bu odat ilk bor Dallas serialida qo‘llangan ekan.
13-savol:
1980-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida respublikchilar «BU ISHNI qilgan odam –
demokrat» degan yozuvli tugmachalar tarqatishgan. Bu ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob:Jey-Ar Yuingni otish
Izoh: Avvalgi savolda “Dallas” serialining reklamasi mashhur bo‘lib ketgani haqida aytib o‘tgandik.
Saylovda respublikachilar ham vaziyatdan unumli foydalanib qolishgan va “JR Yuingni otgan odam
demokrat” degan yozuvli tugmalarni tarqatishgan.
14-savol:
Eron kalendarining 10-oyi “Dey” deb nomlanadi va 22-dekabrdan 20-yanvargacha davom etadi. 1-dey kuni
Eronda U nishonlanadi. Boshqa bir u nimaning davomi?
Javob:O‘tgan kunlar.
Izoh: U – yaldo kechasi. Eronda eng uzun tun bo‘ladigan kechada “Yaldo kechasi” nishonlanadi. Xayriddin
Sultonning “Yaldo kechasi” asari esa “O‘tgan kunlar” asarining davomi hisoblanadi.
15-savol:
Larri Bergkvist motosikl rallisining erta davridagi afsonalaridan biri bo‘lib, tezkor va epchilligi tufayli
Bergkvistga ham Bo‘shliq laqabi berilgan. Boshqa Bo‘shliqning noodatiy ko‘rinishi, huddi fillardagi kabi,
tana haroratini boshqarishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli yuzaga kelgan. Bo‘shliq o‘rnidagi ikki so‘zni toping.
Javob:cho‘l tulkisi
Izoh: bu laqab bilan nafaqat Ervin Rommelni, balki ralli poygalarida muvaffaqiyatli qatnashgan Larri
Bergkvistni ham atashgan. Boshqa cho‘l tulkilari yani Feneklarning qulog‘i katta bo‘lishiga sabab bu ularga
xuddi fillar kabi tana haroratini tushirishda yordam berar ekan.

16-savol:
Muhandislar energetika yutuqlaridan qanday foydalanishi mazax qilingan postda, insoniyat kelajakda
Dayson sferasini yarata olsa ham, uning yordamida BU ISHNI qilishi aytiladi. Hozirgi kunda bu ishni
qilishdan ko‘ra filtrdan foydalanish samaraliroq ekani aniqlangan. Diqqat savol: Bu ishni yozib bering.
Javob:suvni qaynatish
Izoh: gaz, ko‘mir va hattoki zamonaviy atom elektrostansiyalarida ham chiqqan issiqlik energiyasi bug‘
turbinalari orqali elektr energiyasiga aylantiriladi, ya’ni suvni qaynatish uchun ishlatiladi. Suvni ichish
uchun yaroqli qilishda zamonaviy filtrlar qaynatish metodidan ancha ustunligi aniqlangan, sababi
qaynatish suv tarkibidagi og‘ir moddalar konsentratsiyasini oshiradi.
17-savol:
“Elektrooko” guruhining «1984» qo‘shig‘ida “1984-yilda biz tor kvartiralarimizga qamaldik” degan
jumlalarni eshitish mumkin. Qo‘shiq klipi oxirida esa televizorda UNDAN ehtiyot bo‘lishga chaqiruvchi
sahnalar ko‘rsatiladi. UNI yozib bering.
Javob:Covid-19
Izoh: Qo‘shiq 2020-yilda — koronavirus avjiga chiqqan paytda chiqqan bo‘lib, pandemiya paytida uyda
qolish targ‘ib qilingan va ayrim vaqtlarda hattoki ko‘chaga chiqish ta’qiqlangandi ham. Elektrooko - o‘zbek
rok guruhi.
Zachot: Koronavirus
18-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.

[ [Bo‘shliq-1] from [Bo‘shliq-2] ]
“Amnesty International” tomonidan yaratilgan loyihada ma’lum bir davlatda huquqlari poymol bo‘lib,
qochib ketgan bir qancha odamlarning dardlarini tinglash mumkin. Tarqatmada ushbu loyiha nomini ko‘rib
turibsiz. “Bo‘shliq-1” va “Bo‘shliq-2” bir-biridan bo‘shliq bilan farq qiladi. Loyiha nomini to‘liq yozib bering.

Javob:I ran from Iran.
Izoh: Erondan qochib ketgan odamlar haqidagi reportaj “I ran from Iran” ya’ni “Men Erondan qochganman”
deb nomlanadi.
19-savol:
Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy 15-16-asrlarda yashab ijod qilgan tarixchi va shoir alloma bo‘lib,
uning ijodi Temuriylar va Safaviylar imperiyasida yuqori baholangan. Society.uz [se-say-e-ti.uz] saytining
Abdulloh Hotifiy haqidagi maqolasi nomi “Temuriylar davrining IKSlari muallifi” deb nomlangan. IKS so‘zi ilk
bor 1889-yilda Elis Braunning “Tabiat telbalari”ga nisbatan qo‘llangan. Iks o‘rnidagi unlilari bir xil so‘zni
toping.
Javob:Bestseller
Izoh: Abdulloh Hotifiyning asarlari Temuriylar imperiyasi bo‘ylab keng tarqalgan va hozirda dunyoning
ko‘plab kutubxonalarida saqlanar ekan.
20-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.

[Qarg‘a
Eskimoslar oyoq kiyimi
O‘rgimchak
Yolg‘on
Maymunlar
Qora bulutlar]

Diqqat savol: Savol muallifi fikricha ushbu ro‘yxatni qaysi inson nomi bilan to‘ldirish kerak?
Javob:Navoiy
Izoh: Ushbu savollar – “Zakovat” teleo‘yini so‘nggi bir nechta yil finallarida “eng yaxshi savol” deb
topilgan. 2025-yilning eng yaxshi savoli Navoiy haqida bo‘ldi. Ushbu savol 2-turning 8-savoli edi.

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
Me’morchiligimizda uchrovchi suratdagi kabi panjaralar havoni salqin saqlagan holda xonalarni yorug‘lik
bilan ta’minlashga imkon bergan. Ushbu panjaralardan ilhomlangan Ilya Merport, 1974-yili ochilgan qaysi
obyekt muallifi hisoblanadi?
Javob:O‘zbekiston mehmonxonasi
Izoh: O‘zbekiston mehmonxonasining fasadi dizayni me’morchiligimizda uchrovchi klassik element —
panjaralardan ilhomlanilgan ekan.

22-savol:
Gellipol jangidan keyin uyga qaytgan 1-jahon urushi veterani Jorj Semson o‘z sharafiga uyushtirilgan
ziyofatga borish uchun oddiy kiyimda yo‘lga chiqadi. U bilan yuz bergan ko‘ngilsiz holatni tanqid qilarkan,
Fenner Brokvey shunday deydi “Yo‘lda Jorjga shu qadar ko‘p IKSlar berildiki, ulardan yelpig‘ich yasash
mumkin edi”. IKS o‘rnidagi ikki qisqa so‘zni yozib bering.
Javob:Oq pat
Izoh: O‘sha paytlarda ayollar ko‘chada oddiy kiyimda yurgan erkaklarni urushdan qochib yurishda ayblab,
ularga qo‘rqoqlik ramzi sifatida oq pat taqdim etishardi. Ba’zida ular adashib urushdan qaytgan
veteranlarga ham oq pat berishgan. Jorj Semson ham ana shunday adashish qurbonlaridan biri edi.
23-savol:
AMC [ey-em-si] kanali tomonidan chiqarilgan «Mad Men» [Med Men] seriali nomi odatda «Telbalar» deb
tarjima qilinadi. Serial telbalar haqida emas, balki Nyu-Yorkda faoliyat yurituvchi reklama agentligi haqida
bo‘lib, serial nomidagi “Med” – “telba” deb tarjima qilinsada, aslida to‘rtinchiga ishoradir. To‘rtinchi
deganda nazarda tutilganni toping.
Javob:[Jeyms] Medison
Izoh: Serialda agentlik Nyu-York markazidagi Medison avenyu ko‘chasida joylashgan edi. Ushbu ko‘cha
AQShning 4-chi prezidenti James Medison sharafiga nomlangan.
24-savol:
Steam [stim] platformasida geymerlarni reklama ko‘rishga majbur qiladigan video-o‘yinlar bloklangani
haqidagi maqola sarlavhasi AD MEN [Ed Men] deb nomlangan. Sarlavha nomini asl holida yozib bering.
Javob:Breaking ad

Izoh: Steamda reklamaga chek qo‘yish haqidagi maqola nomida “Breaking ad” yani “reklamani sindirish”
so‘zlarini ko‘rish mumkin. Breaking Bad va Mad Men – AMC kanalidan ishlangan mashhur seriallar. Bizda
esa reklamaga emas, shunchaki tanaffus.

25-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
[*e*ashev]

Toshkentda tug‘ilib o‘sgan grossmeyster Aleksandr O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 1992-yilgi
olimpiadada jamoaviy kumush medal, yakkalikda esa oltin medal olgan. Afsuski, keyinchalik Aleksandr
Germaniyaga emigratsiya qilib, nemis jamoasi tarkibida o‘ynashni boshlagan. Tarqatma materialda
Aleksandrning familiyasidan harflar tushirib qoldirilgan. Ushbu familiyani to‘liq holda yozib bering
Javob:Nenashev
Izoh: Aleksandr Nenashev – asli o‘zbek grossmeysteri. Dastlab o‘zimizniki bo‘lsa ham, keyinchalik “не
наш” bo‘ldi.
26-savol:
Shukur Qurbon o‘tgan asrda ko‘plab adiblar timsollar orqali sho‘ro tuzumini tanqid qilgani haqida gapirar
ekan, ushbu shoir o‘zining qahramoni bilan yuz bergan biroz kulgili holat orqali sovet hukumatining 5 yillik
rejani 3 yilda amalga oshirish ko‘rsatmalarini satira ostiga olganini ta’kidlaydi. Ushbu shoir kim?
Javob:Erkin Vohidov
Izoh: Shoirning «Matmusaning uylanishi» she’rida u uylangan qiz to‘ydan 3 oy o‘tib farzand dunyoga
keltiradi. She’r davomida qishloq aholisi ushbu ilg‘or tajribani keng yoyish uchun «To‘qqiz oylik - uch oyda»
shiorini ilgari surishi aytiladi.

27-savol:
XX asr boshlarida Vasiliy Vyatkin tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida Mirzo Ulug‘bekning
hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab yangiliklar aniqlanadi. Oradan biroz o‘tgach Vyatkinning USHBU
INSON tomonidan o‘zbekchaga tarjima qilingan hisobotlari «Oyna» jurnalida nashr etilgan. Bu inson kim?
Javob:Mahmudxo‘ja Behbudiy
Izoh: Vyatkinning ishlari bilan tanishib chiqqan Behbudiy Ulug‘bekning hayotiga qiziqib qolgan va
keyinchalik o‘zining «Padarkush» asariga ilhom olgan ekan.
28-savol:
Metyu Perri jarohatidan to‘liq tuzalmagan bo‘lsada, “Do‘stlar” serialidagi sarkazmga usta qahramon –
Chandler Bing rolini ijro etishda davom etgan. Avtobiografik asarda yozilishicha, Perri hatto kuniga 55
marotaba Uni iste’mol qilishga majbur bo‘lgan. Uning nomini aniq yozib bering.
Javob:Vikodin
Izoh: Chandler Bingni ko‘pincha Doktor Hausga taqqoslashadi. Aktyor Metyu Perri ham Haus iste’mol
qiluvchi og‘riq qoldiruvchi - Vikodin iste’mol qilishga majbur bo‘lgan.
29-savol:
Ikkinchi jahon urushi boshida nemislar tomonidan ishlab chiqilgan tungi bombardirovka tizimi ingliz
aviatsiyasi uchun yaxshigina BOSH OG‘RIQ bo‘lgan. Inglizlar ushbu tizimga qarshi ko‘rgan choralari qaysi 7
harfli nom bilan kodlangan?
Javob:Aspirin
Izoh: Bosh og‘riqqa qarshi dori.
30-savol:
Savolda bir harf almashtirilgan. O‘tgan asr 70-yillarida Saut-Yorkshirdagi Repton maktabida barcha yangi
kelgan o‘quvchilarga Stiv laqabini berishgan. 2000-yillar boshida Jeremi prodyuserlar bilan yangi
qahramonni muhokama qila turib shu holatni eslaydi. Qaysi loyiha prodyuserlari bilan?

Javob:Top Gear [Top Gir]
Izoh: Gap Top Gear [Top Gir] ko‘rsatuvidagi kamgap poygachi Stig haqida ketmoqda edi. Bu laqab g‘oyasi
ko‘rsatuv boshlovchisi Jeremi Klarksonning bolaligidagi xotiralari yordamida kelgan.
31-savol:

Tarqatma (ko‘rgazma) material.
[**stig***]

Fransuz tilida “ijtimoiy alpinist”, ya’ni o‘zining ijtimoiy holatini yaxshilash uchun har qanday yo‘ldan tap
tortmaydigan insonga nisbatan tarqatmadagi so‘z ishlatilishi mumkin. Shu so‘zni to‘liq holda yozib bering.
Javob:Rastignac
Izoh: Onore de Balzakning «Gorio ota» asari qahramoni bo‘lgan yosh talaba Rastinyak ham aristokratik
jamiyatga qo‘shilish uchun hech narsadan tap tortmaydigan personaj edi.
Zachot: Rastinyak.
32-savol:
Savoldagi so‘zlardan biridan bir harf tushirib qoldirilgan.
O‘rta asrlarda rassomlar tomonidan asosan inson tanasini chizishda qo‘llanilgan qalin qalam fransuz
tilidan kirib kelgan “angina” so‘zi bilan ataladi. Qalam bunday nomlanishiga sabab – tarkibida temir oksidi
borligi. Harfi tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Sangina
Izoh: Ushbu qalam Sangina deb atalib, lotincha “qon” ma’nosini beruvchi “sanguis” so‘zidan kelib chiqqan.
Balki shuning uchun ham Mikelandjelo, Da Vinchi kabi rassomlar tanani tasvirlashda aynan shu qalamdan
foydalanishgandir. Xuddi qonda bo‘lgani kabi, qalamda ham temir moddasi mavjud.

33-savol

Tarqatma materialda nomi keltirilgan, Janubiy Afrikada asos solingan loyiha – avtomobil entuziastlaridan
intervyular oladi. Video qahramonlari o‘zlarining sevimli ulovlari, ular bilan bog‘liq iliq xotiralar haqida
mehr bilan so‘zlab beradilar. Loyiha nomini to‘liq holda yozib bering.
Javob:SentiMetal
Izoh: Loyiha avtomobil egalariga ularning sevimli temir tulporlari haqidagi sentimental xotiralar bilan
o‘rtoqlashishga yordam beradi.
34-savol:
Savol matnida uch so‘z ikki so‘zga almashtirilgan
NileRed [Naylred] Youtube kanalida kimyo va fizikaga bog‘liq turli eksperimentlar o‘tkaziladi. Ancha
qimmatga tushgan bir eksperiment tasvirlangan video nomi — «Doktor Yes». Savol matnida
almashtirilgan 3 so‘zni toping.
Javob:Olmoslar abadiy emas
Izoh: Videoda olmoslar yuqori haroratda huddi ko‘mirdek yonib ketishi ko‘rsatilgan. «Doktor No» va
«Olmoslar abadiy» — Jeyms Bond kinofranshizasi qismlari.
35-savol:
Savolda BU ISHNI QILISH so‘zlari — almashtirish.
Mashhur oshpaz Marko Pyer-Uaytdan «ikkita Mishlen yulduzi bor oshpaz BU ISHNI QILISHI mumkinmi?» deb
so‘ralganida, Pyer-Uayt «faqat uchinchi yulduzga erishganida yoki bir yulduzni yo‘qotganida» deb javob

bergan. Bu paytda Pyer-Uayt nima qilayotgan edi?
Javob:piyoz to‘g‘rayotgan
Izoh: Professional oshpazlar uchun Mishlen yulduzi eng katta e’tiroflardan biri. Uni olish oshpazlar uchun
katta baxt, yo‘qotish esa og‘riqli bo‘lishi mumkin. Oddiy piyoz to‘g‘rash esa, Pyer-Uaytning fikricha,
professional oshpaz uchun hech qanday muammo tug‘dirishi kerak emas.
36-savol:
Farg‘onalik Xuvaydo Umarova ilk bor bu ishni 1926-yil amalga oshirgan. Umarova hozirgacha 6 marta bu
ishni qilgan va 7-martasini ham amalga oshirishni rejalashtirgan. Yosh savol muallifi bu ishni birinchi marta
amalga oshirib ulgurdi. Gap nima ish haqida ketmoqda ?
Javob:aholini ro‘yxatdan o‘tkazishda qatnashish
Izoh: O‘zbekistondagi ilk aholini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri 1926-yil amalga oshirilgan bo’lib sobiq ittifoq
davrida jami 6 marta bo‘lib o‘tgan. Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk marotaba amalga oshirilayotgan
aholini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoning birinchi bosqichi bugun yakunlanadi. Xuvaydo onaxon ham unda 7-
marta qatnashmoqchi. Sizlardan ham ro‘yxatdan o‘tishga befarq bo‘lmaslikni so‘rab qolamiz.

@zakovat_savollarii