February 11

O'quvchilar ligasi savollari

O’quvchilar Ligasi
1-TUR

1. Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
U – mantiqiy usulda yechishni talab qiladigan jumboqlar yig‘indisi. O‘zbekcha nomi U nomli multfilmda 11 yoshli qizaloqning xulq-atvoriga doir 5 hissiyot uning kundalik hayotidagi muammolarini bartaraf etishda yordam beradilar.
Savol: Multfilmning nomini yozib bering.
Javob: Boshqotirma.
Qabul: «Головоло́мка» (англ. Inside Out).
Manba:
1. https://izoh.uz/word/boshqotirma
2. https://tinyurl.com/mpz9y6vu

2. Ushbu taronaning bu darajada ommalashib ketishiga sabab sifatida, u avvaldan bolalar oromgohlarida jo‘r bo‘lib aytilgani, qiyin bo‘lmagan matn va aytish uchun hech qanday musiqiy asbob talab qilinmasligi ko‘rsatilgan.
Savol: “Pinkfong” guruhi tomonidan taqdim etilgan ushbu tarona nomini ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Baby Shark.
Izoh: Baby Shark – eng ko‘p tomosha qilingan YouTube videoxostingidagi taronalardan biri sanalib, uning bu darajada ommalashib ketganiga aynan yuqoridagi sabablar misol tariqasida keltirilgan.
Manba:
1. https://www.mentalfloss.com/article/572110/baby-shark-song-facts
2. https://www.youtube.com/watch?v=XqZsoesa55w

3. U ham gul, ham kasallik nomi hisoblanib, ikkala holatda ham tanani “bezashi” aytiladi. Muhammad Yusufning “Vatanim” nomli she‘rida muallif shodon kunida qadamiga U sochilgani yozadi.
Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob: Chechak.
Izoh: Chechak - Tabiiy ravishda oʻsadigan gulli oʻsimlik va badanga suvli pufakchalar toshirib, isitma chiqaradigan, koʻpincha bolalarda uchraydigan ogʻir yuqumli kasallikdir. Muhammad Yusuf she’rida esa shunday jumlalar mavjud edi:
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri Ilig‘imsan, Vatanim.
Manba:
1. https://tafakkur.net/vatanim/muhammad-yusuf.uz
2. https://uz.wiktionary.org/wiki/chechak

4. Bu so‘z o‘zbek tilida qo‘shilgan, qorishgan, tartibsiz harakat ma’nolarini anglatadi. Milliy telekanalida efirga uzatiluvchi dastur ham ruslardagi “Ералаш” ko‘rsatuviga mazmunan va nom jihatdan analog bo‘lish maqsadida shu nomni olgan.
Savol: Ikki qismdan iborat ushbu so‘zni defis qatnashtirgan holda yozib bering.
Javob: Aralash-quralash.
1.https://daryo.uz/k/2023/07/19/bular-aslida-ruscha-emas-rus-tiliga-ozlashgan-turkiycha-sozlar
2. https://izoh.uz/uz/word/aralash-quralash

5. “Aralash-quralash” ko‘rsatuvining bir sonida uchta do‘st yerni chopishni, mashinani yuvib qo‘yishni va imtihonga tayyorlanishni bugun xohlashmayotgani ta’kidlashadi. Ko‘rsatuv ushbu sonining nomi bir o‘zbek maqoli bilan nomlangan. Kun.Uz ning vaqtni to‘g‘ri tashkil qilish va haftalik rejalarni to‘g‘ri va izchil ketma-ketlikda amalga oshirishga bag‘ishlangan maqolasida ham ushbu maqol keltirib o‘tilgan.
Savol: Ushbu o‘zbek maqolini yozib bering.
Javob: Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
1. https://tinyurl.com/ytnhf4ww
2. https://www.youtube.com/watch?v=ONAliEB2lqc

6. Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
U - Sharq she’riyatidagi lirik janrlardan biri hisoblanib, dastlab xalq og‘zaki ijodida she’riy savol-javob, topishmoq shaklida paydo bo‘lgan. UNDA narsa yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish o‘quvchi, tinglovchiga havola etiladi. Uvaysiy tomonidan yozilgan Anor she’ri ham Unga misol bo‘ladi.
Savol: UNI bir so‘zda yozib bering.
Javob: Chiston.
Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur, makon?
Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag‘ri qon!
Manba
1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-ch/chiston-uz/
2. https://tinyurl.com/2nd826f2
3. https://tafakkur.net/anor-chistoni/jahon-otin-uvaysiy.uz

7. Bu taom – o‘zbek milliy taomlaridan biri, masalliq xuddi palov zirvagi kabi tayyorlanadi. Guruch solingan paytda ko‘proq suv solinib qaynatiladi. Bu ovqatning ichak, qovurma, loviya, turshakli turlari mavjud. “Zamonaviy sovchilar” filmida bir hazilomuz biznesmen ushbu taomni yoqtirganligi sababli, insonlar tomonidan ismi yoniga bu taom nomi laqab sifatida qo‘shib aytiladi.
Savol: Ushbu taom nomi yozib bering.
Javob: Shavla.
1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-sh/shavla-uz/
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Shavla
3. https://tinyurl.com/bddyudyt

8. Bu nomning kelib chiqishi bilan bog‘liq versiyalar ko‘p. Ba’zi joylarda nom “assakenlar” qabilasi nomidan kelib chiqqan deyishsa, boshqa manba bu so’z ot ma’nosini beruvchi “asvaqa” so‘zidan kelib chiqqanini aytishadi.
Savol: Tarixiy manbalarda birinchi marotaba 19-asrda eslab o‘tilgan ushbu shahar nomini yozib bering.
Javob: Asaka
Manba: https://shorturl.at/YFDq0

9. Adabiyotshunos va tilshunos olim Eshqobil Shukur bu so‘z aslida bir kunni bo‘lib olgan emas, balki, yaqinlarini munosabatini qizg’onayotgan, ukasini ko‘rolmayotgan bola ma’nolarida aytilganini ta’kidlaydi. Etimologik lug‘atda ham bu so‘z o’zagi “qizg’an”, “g’ayirlik qil” so‘zlaridan kelib chiqqani aytilgan
Savol: O‘sha so‘zni yozib bering.
Javob: Kundosh.
Izoh: “O’tkan kunlar” asaridagi Otabekning Kumushdan keyin Zaynabga ham majburiy uylanishi ikki ayolni bir-biriga kundosh bo‘lib qolishi vaziyatiga duch kelamiz. Aslida bu so‘z bir kunni bo‘lib olgan emas, balki, kunlamoq fe’lidagi anglashiladigan qizg’anmoq ma’nosini anglatarkan..
Manba:
1. https://t.me/TikiPediya/83
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kundosh

10. Bavariya klubida ishlagan kezlarida xorvatiyalik murabbiy Niko Kovach har qanday holatda ham jamoasida taslim bo‘lmasligi va mag’lubiyatni tan olmasligini lug’atida “Uni ko’tarish” degan jumla yo‘qligi bilan izohlaydi. 1928-yilda Tbilisida tug‘ilgan yozuvchi ijodidan o‘rin olgan “Ular” nomli romanda esa insondagi odamiylik, oqibat kabi fazilatlar e’zozlangan.
Savol: U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javob: Oq bayroq
Manba:
1. https://sports.uz/news/view/niko-kovach-mening-lugatimda-oq-bayroq-kotarish-degan-ibora-yoq-26-11-2018
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nodar_Dumbadze

11. Savol matnida bir so’z boshqa bir so‘z bilan almashtirilgan.
1930-yili Urugvaydagi Jahon Chempionati paytida Xuan Karlos Gravye Montevideo ko’chalarida standart maydon o‘lchamlari uchun joy yetarli emasligini fahmlaydi va kichikroq hajmdagi futbol o’yinini yaratadi. Futbol FIFAga 1989-yilda a’zo bo‘lgan va Braziliya eng ko‘p - 5 marotaba terma jamoalar o‘rtasida chempion bo‘lgan.
Savol: Matnda almashgan 1 so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Futzal
Manba:https://ru.frwiki.wiki/wiki/Futsal

12. U – Eduard Uspenskiyning “Fyodor amaki, it va mushuk” asarida yoqilg‘i o‘rnida benzin emas, turli ovqatlardan foydalanadi. Daladagi ko’k rangli U haqida bir qo‘shiq esa YouTube da 857 mln. martadan ko‘proq ko‘rilgan.
Savol: Uni nima ekanligini toping.
Javob: Traktor.
Izoh: “Fyodor amaki, it va mushuk” asarida Tr-tr Mitya ismli traktor bor. Ko‘k traktor esa
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Тр-тр_Митя
2. https://www.youtube.com/watch?v=LbOve_UZZ54

2-TUR

13. Siz multfilm yoki rasmlarda ko‘rib o‘rganganingizdek Ular aslida olma yoki qo‘ziqorin bilan emas, chuvalchang, kaltakesak va har xil hashoratlar bilan oziqlanishadi. Anvar Obidjonning bir hazil she’rida U bozorga borib igna sotib olgani aytiladi.
Savol: U qaysi jonzot?
Javob: Tipratikan.
Izoh: Tipratikanlar aslida olma yoki qo‘ziqorin iste’mol qilishmaydilar. Lekin multfil va rasmlarda tipratikanlar asosan olma bilan birga tasvirlanadi.
Manba:
1. https://vk.com/wall-25117353_1656865
2. “O‘g‘irlangan pahlavon”. Anvar Obidjon. Cho‘lpon nashriyoti. Toshkent-2006 yil. 7-bet.

14. Moskvalikka tegishli masalning zamonaviy versiyasida BIRINCHI yoz bo‘yiga uyiga yoqilg‘ilarni g‘amlaydi. IKKINCHI yoz bo‘yi esa teatr va diskotekalarda vaqt o‘tkazadi.
Savol: Birinchi va Ikkinchi o‘rnidagi jonzotlarni yozib bering.
Javob: Chumoli va ninachi.
Izoh: Krilovning “Chumoli va niynachi” masalida chumoli yil bo‘yi qish g‘amini yeb o‘tkazadi. Ninachi esa yil bo‘yi vaqtini bayramu sayillarda o‘tkazadi. Oxir oqibat ninachi qish g‘amini qilmay xato qilganini tushinib yetadi.
Manba:
1. Adabiyot 7-sinf(2022) 62- bet
2. https://www.povarenok.ru/blog/show/14831/

15. Arya Mari Braun tiniq moviy ko‘zli, malla sochli va biroz qoramag’iz ko‘rinishdagi qiz sifatida ikki yoshidayoq internetni portlatgandi. Bu yili 15 yoshga to‘lgan model endilikda nafaqat husni, balki, aqli bilan ham yuksak marralarni zabt etayotgani aytilgan maqola nomi “Tirik U” deya nomlangan. U yaratilishida Mattel kompaniyasining o‘rni beqiyos.
Savol: U bilan almashgan atoqli otni yozib bering.
Javob: Barbi
Manba:
1. https://daryo.uz/2024/09/03/ikki-yoshida-multimillionerga-aylangan-tirik-barbi-hozir-qanday-korinishda
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%B0%D1%80%D0%B1%D0%B8

16. Kun.uz ning eng mashhur Ular haqidagi maqolasida Jozef Pulitser, Andrea Bochelli va Lui BRAYL eslab o‘tilgan.
Savol: Bu maqolada qaysi yunon haqida malumotlarni uchratish mumkin?
Javob: Gomer.
Izoh: Maqola ko‘zi ojizlar haqida edi. Ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan alifbo Brayl alifbosi deb ataladi. Yunonistonlik Gomer ayrim manbalarda bir joydan ikkinchisiga ko‘chib,dostonlar aytib yurgan ko‘zi ojiz shoir sifatida tasvirlanadi.
Manba:
1.Adabiyot 10-sinf(2022) 32-bet
2.https://kun.uz/uz/96478920

17. Letitsiya Ortis oddiy oiladan chiqqan, bobosi taksi haydovchisi, onasi hamshira, o‘zi esa jurnalist bo‘lsa-da, Ispaniya shahzodasi Filippga turmushga chiqqan va hayoti tubdan o‘zgarib. Letitsiya Ortisga bag‘ishlangan maqolada Letitsiyaga “Ispaniyalik U” deya ta;rif beriladi. U haqidagi birinchi film Uolt Disneyga 1950-yilda 3 mln. AQSh dollariga tushgan.
Savol: U o‘rnidagi ismni yozib bering.
Javob: Zolushka
Manba:
1. https://xabardor.uz/uz/x/518945
2.https://daryo.uz/2024/09/17/letisiya-ortis-ispaniya-qirolichasiga-aylangan-jurnalist-qizning

18. Savol matnida ikki so‘z boshqa ikki so‘zni almashtirib kelgan.
Uillyam Artur 2022-yil 9-sentabridan boshlab ANGLIYA QIROLI unvoniga rasman ega bo‘ldi. 1788-yilda sayohatchi Jeyms Kuk tomonidan ANGLIYA QIROLI nomi berilgan burun Shimoliy Amerika matreikining eng g‘arbiy nuqtasi hisoblanadi.
Savol: Matnda ANGLIYA QIROLI jumlalari bilan almashtirilgan ikki so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Uels shahzodasi.
Izoh: Uels shahzodasi unvoni Britaniya qiroli merosxo‘riga berilvchi unvon. Karl III ga tegishli bo‘lgan ushbu unvon, uning qirol bo‘lishi hamonoq o‘g‘li Uillyam Arturga topshirilgan. Shimoliy Amerika qit’asining eng g‘arbiy nuqtasi Uels shahzodasi burni esa qit‘ani Osiyodan ajratib turadi.
Manba:
1. https://t.me/geografiyadantestlar/7506
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Prince_of_Wales
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Cape_Prince_of_Wales

19. U nomli shirinlik Yevropada “Farishta qanotlari” nomi bilan ataladi. Shirinlik xamirdan tayyorlanib, yogʻda qattiq qovuriladi va ustiga shakar kukuni sepiladi. Boshqa bir U 3598 baytdan iborat.
Savol: U o‘rnidagi ikki soʻzni yozib bering.
Javob: Qush tili.
Izoh: Qush tili – deyarli ko‘pchilikka ma’lum qandolat mahsuloti hisoblanadi. Qush tili deya tarjima qilinuvchi “Lison ut-tayr” asari esa yuqoridagi kabi hajmga ega.
Manba:
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lison_ut-tayr
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Angel_wings

20. Milliy ensiklopediyada yozilishicha, ushbu oʻlchov birligining qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam oʻrtacha 75 santimetr ekanligi hisobga olinsa, unda bu o‘lchov 900 metrga teng boʻladi. Bu o‘lchovning qiymatini oʻlchashda atrof-muhitdagi holat tinch boʻlishi, “chaqirganda” uzoq masofaga yetib borishi ham muhim ahamiyatga ega.
Savol: Bu o‘lchov birligini bir soʻzda yozib bering.
Javob: Chaqirim.
Izoh: Ushbu qadimiy oʻlchov birligi bejiz bunday nomlanmagan. Atrof qanchalik tinch boʻlsa chaqiriq shunchalik uzoqqa yetib borgan. Oʻlchov birligi nomi ham shundan kelib chiqqan ekan
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Chaqirim

21. Qadimda yapon she’riyatidagi reng nomli uzun she’rlarning birinchi bandi hisoblangan U, Basyo davriga kelib mustaqil yo‘nalishga aylandi. Odatda 17 bo‘g‘indan iborat ushbu she’riy san’at 5-7-5 ko‘rinishida satrda taqsimlanadi.
Savol: UNI yozib bering.
Javoblar: Xokku.
Izoh: Xokku ham yapon she’riy san’ati hisoblanib, Matsyo Basyo tomonidan alohida yo‘nalish darajasiga olib chiqilgan.
Manba: Adabiyot: 10-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 119-bet.
2. https://kh-davron.uz/ijod/tarjimalar/qadimgi-yapon-sheriyati-xurshid-davron-tarjimalari.html
3. https://rb.gy/wmi094

22. Turli manbalarda turlicha, masalan, akril quyish yoki bo‘yoqni yuzada oqizgancha surat yaratish san’ati U deya ataladi. Uni yaratish uchun akril, suv, panno yoki xolst zarur bo‘ladi. Bunda bo‘yoq suyuqligi qalin qaymoqqa o‘xshash bo‘lishi alohida ahamiyatga egaligi ta‘kidlanadi.
Savol: Ushbu san’at turini xorijiy ikkita so‘z qatnashtirgan holda yozib bering.
Javob: Fluid Art.
Izoh: Fluid Art – bo‘yoqlarni suyultirgan holda, suratni mo‘yqalam bilan chizish emas, balki, uni soha yuzasida suyuq holatda har tarafga yurgizgan holda chiziladigan abstrakt rasmlar yaratish san’atidir.
Manba:
1.Tasviriy san’at: 6-sinf uchun darslik / X. X. Muratov [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 30 bet.
2. https://mymodernmet.com/acrylic-pouring-fluid-art-basics/

23.“Fyodor amaki, it va mushuk” asarida U sigir sotib olish imkonini bergan. 2011-yili Xindistondagi bir ibodatxona tagidan topilgan Unda uzunligi 1 metrdan ortiq oltin haykal ham bor edi.
Savol: Uni 1 so‘zda yozib bering.
Javob: Xazina.
Izoh: Fyodor amaki, it va mushuk xazina topib olishadi. 2011-yilda Sree Padmanabhaswamy ibodatxonasida topilgan, min yillab to‘plangan xazina qiymati 22 milliard dollardan oshiqqa baxolangan.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Трое_из_Простоквашино
2. https://www.dvaveka.ru/blog/samye-bolshie-klady-naydennye-v-mire/

24. Moʻjiza nomli turk filmida tugʻma nogiron boʻlgan qahramonga jagʻ mushaklarini chiniqtirish uchun Undan foydalanish tavsiya qilinadi. Qadimda daraxt qatronlari yoki asal mumidan ham U sifatida foydalanilgan.
Savol: U nima ?
Javob: Saqich.
Izoh: Nogiron qahramonga jagʻ mushaklarini mashq qildirish uchun saqich chaynash tavsiya qilinadi. Qadimda saqich oʻrnida daraxt qatronlari yoki asal mumidan foydalanilgan.
Manba
1.http://kinofoks.ru/load/janrlar/dramy/mo-jiza-2-mojiza-2-turk-kino-uzbek-tilida-2019-o-zbekcha-tarjima-kino-hd/4-1-0-1718
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Жевательная_резинка

https://t.me/Zakovat_Savollarii