April 19

Ikkinchi Liga Bahorgi mavsum 1-tur savollari (14.03.2026)

1-savol:
“Mars-2020” missiyasining rahbari Allen Chen loyihaga tayyorgarlik vaqtida shunday degandi: “Mars yuzasi
ham anchayin notekisliklardan iborat. Shu sababli, kelgusi yil Marsga bezarar qo‘nib olishimiz uchun bizga
U kerak”. U ushbu so‘zlar aytilishidan 7 yil avval vafot etgan.
Savol: U kim?
Javob:Nil Armstrong.
Izoh: Nil Armstrong yuzasi anchayin notekis bo‘lgan Oyga bezarar qo‘na olgan. Chen esa Marsga ham
shundayin qo‘nish zarurligini ta’kidlagan. Nil Armstrong 2012-yilda vafot etgan.
2-savol:
Bir asarda birin ketin so‘nayotgan ko‘cha chiroqlari Ularga qiyoslanadi. Mashhur tarmoq logotipida
tasvirlangan Undagi nuqtalar kompaniyaning dastlabki yillaridagi do‘konlar soniga ishora qiladi.
Savol: Ularni bir xil yoki o‘zaro juft harflardan boshlanuvchi 2 so‘zda yozib bering.
Javob:Domino donalari
Izoh: Birin-ketin so‘nayotgan chiroqlar birin ketin yiqiladigan domino donalariga qiyoslangan. Domino‘s
Pizza logotipidagi domino donasida 3 ta nuqta bor bo‘lib, bu kompaniyaning dastlabki yillarida 3 ta do‘kon
bilan faoliyatini boshlaganiga ishora qiladi.
Zachot: Domino toshlari.
3-savol:

tarqatma

Uning kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi brendi nomi yaponlar tomonidan o‘z madaniyatlariga hurmatsizlik
sifatida qabul qilingan va hattoki instagramda norozilik fleshmobi ham o‘tkazilgan. Tarqatma materialda
fleshmob heshtegidagi 3 ta harfni berkitib qo‘ydik.
Savol: U KIM?
Javob:Kim Kardashyan
Izoh: Dastlab Kim Kardashyanning kiyim-kechak brendi Kimono Solutionwear[kimono solyushnvea] deb
nomlangan edi. Noroziliklar ortidan brend nomi Skims Solutionwearga o‘zgartirildi.
Zachot: Kimberli Noel Kardashyan (Tug‘ilgandagi ism-sharifi)
4-savol:

Savol matnida ikki harf boshqa ikki harf bilan almashtirilgan.
1991-yil 5-fevralda qabul qilingan qarordan so‘ng, teatrshunos olim Frunze Jo‘rayevga yozuvchilardan biri
“Endi sizni Boshbek Jo‘rayev deb ataymiz” deya hazil qiladi.
Savol: Savol matnidagi biroz o‘zgartirilgan so‘zni toping.
Javob:Bishkek.
Izoh: Aynan shu kunda Qirg‘iziston poytaxti nomi Frunzedan Bishkekga o‘zgartirilgan. Yozuvchi Ne’mat
Aminov ham Frunze Jo‘rayevga “Endi sizni Bishkek Jo‘rayev deb ataymiz” deya hazil qiladi.
5-savol:
Vena tasviriy san’at akademiyasi rektorining so‘zlariga ko‘ra, Unda rassomchilikdan ko‘ra ko‘proq
arxetikturaga iqtidor bo‘lgan. 1939-yil avgustdagi suhbatda U “men siyosatchi emas, rassomman.
Bularning barchasi tezda tugaydi” deb aytadi.
Savol: U kim?
Javob:Adolf Gitler.
Izoh: Akademiya rektori Gitlerni 2 marta akademiya imtihonlaridam yiqilishiga shunday tushuntirish
bergan. Gitler 2-Jahon urushi boshlanishi arafasidagi suhbatda o‘zini siyosatchi emas, rassom ekanligini
aytib o‘tadi.
6-savol:
Pavel Durovning qamoqqa olinishiga qarshi bo‘lgan ko‘plab insonlar norozilik namoyishlarini o‘tkazishadi.
Namoyishchilarning qo‘llarida Uni ko‘rish mumkin edi. Uning tarixi haqidagi maqolada olim Lyudvig Prandtl
kichik qizaloqqa parvoz mexanikasini tushuntirib bergani keltirilgan.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Qog‘oz samolyot.
Izoh: Telegram asoschisining qo‘lga olinishiga qarshi namoyishda telegram ramzi bo‘lgan qog‘oz samolyot
yasab olishgani mantiqiy albatta. Olim parvoz mexanikasini tushuntirish uchun oldida turgan qog‘ozdan
samolyot yasaydi va qizaloqqa nisbatan qiziqarliroq qilib tushuntiradi.
7-savol:
Yaqinda Katta Misr muzeyining ochilish marosimida qatnashgan Daniya tashqi ishlar vaziri misrlik
hamkasbiga piramida maketini sovg‘a qiladi.
Savol: Ushbu sovg‘a qaysi kompaniya tomonidan tayyorlab berilgan?

Javob:LEGO.
Izoh: LEGO – Daniyaning Billund shahrida asos solingan kompaniya. Daniya tashqi ishlar vaziri Misr
ehromlarining LEGO maketini hamkasbiga sovg‘a qilgan.
8-savol:

tarqatma

Oybek haqida bilganlarini yozmoqchi bo‘lgan, biroq bunga jazm etolmagan Said Ahmad ushbu holatda XV
asrda yozilgan mashhur satrlarni eslaydi.
Savol: Ushbu satrlarda nomi keltirilgan inson kim?
Javob:Nizomiy Ganjaviy.
Izoh: Said Ahmad Oybek haqida yozmoqchi bo‘ladi, biroq bunga jazm etolmaydi. Bu holatda Alisher
Navoiyning “Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig‘a panja urmoq” so‘zlarini eslaydi va
shunday deydi:”Navoiy Nizomiy dahosidan, Oybek Navoiy qudratidan istihola qilgan bo‘lsa, endi men
Oybekning buyukligi qarshisida dovdirayapman”.
9-savol:
Voqealari Meksikada bo‘lib o‘tuvchi qisqa metrajli animatsion filmda kunduzi bayram qilayotgan olomon
shovqini kafedagi insonni uyg‘otib yuboradi.
Savol: Film nomidagi bir-biridan bir harfga farq qiluvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Fiesta, siesta.
Izoh: Fiesta – bu Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘tkaziluvchi milliy bayram, siesta esa shu davlatlardagi
tushdan keyingi uyquni anglatuvchi so‘z.
10-savol:
Karantin davrida ko‘chada bemaqsad yurmaslik kuchli nazoratga olingan edi. Shu davrda yaratilgan
karikaturada ichki ishlar xodimi Undan nega maqsadsiz yashab yurganini so‘raydi. U o‘tgan asr birinchi
dekadasida nashr ettirilgan asarning bosh qahramoni.
Savol: U qaysi personaj?
Javob:Martin Iden.
Izoh: Martin Iden ham asar so‘nggiga kelib hayotdan ma’no topolmaydi va bir muncha vaqt bemaqsad

yashaydi. Jek Londonning ushbu asari 1909-yilda nashr qilingan.
11-savol:

tarqatma

Xayriya uchun ishlangan videoda Mark Zukerberg BU ISHni qilishdan oldin Bill Geyts, Sheril Sendberg va
Red Xastings kabi mashhurlarni tilga oladi. Bill Geyts chaqiruvni bajonudil qabul qiladi va BU ISHni yanada
yaxshiroq bajarish uchun rasmdagi qurilmani loyihalaydi.
Savol: BU ISHni bir necha so‘zda yozib bering.
Javob:Ustidan bir chelak muzdek suv quyish.
Izoh: Amiotrofik lateral sklerozga chalingan insonlarni qo‘llab-quvvatlash va bu kasallikni yaxshiroq
o‘rganish uchun Ice Bucket challange flesh-mobi tashkil qilingan. Unga ko‘ra, flesh-mobga qo‘shilgan
ko‘ngilli ustidan 1 chelak muzdek suv quyadi va 3 nafar insonni taklif qiladi. Bill Geyts yanada yaxshiroq
bajarish uchun maxsus qurilma ham loyihalagan.
Zachot: Ustidan suv quyish, Ice Bucket challangeda qatnashish.
12-savol:
Savol matnida bir so‘zdan ikki o‘rinda harflar tushirib qoldirilgan.
IKSdan aziyat chekuvchi Entoni Hopkins rollariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ssenariylarni 250 martagacha
ovoz chiqarib o‘qiydi. Shuningdek aktyor qo‘shiq aytish IKSga qarshi yaxshi samara berishini takidlab
o’tgan.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Disleksiya.
Izoh: Disleksiya bu insonning intellektual salohiyati to‘liq saqlangan holda, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini
egallashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishidir. Aktyorga ssneariylarni ovoz chiqarib qaytarish va qo‘shiq
aytish bu muammoni bartaraf etishda yordam beradi.
13-savol:
Kalaxari cho‘lining San xalqi Ularni barmoq izlari kabi individual ekanligiga ishonishadi. Keniyaning Masai
xalqi fikricha esa, dastlab Ular bo‘lmagan va faqat oq rangli bo‘lgan.
Savol: Ularni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Zebra chiziqlari.
Izoh: Afrika xalqlari orasida zebra muqaddas jonivor sanaladi. Ularning chiziqlari esa barmoq izlari kabi

takrorlanmasdir.
14-savol:
Animalist-rassom Brayton River haqidagi “Sevgi va sadoqat” nomli maqolada ijodkorning ko‘plab asarlarini
ko‘rish mumkin. Ushbu rasmlarning barchasida inson va Ular tasvirlangan.
Savol: Uni toping.
Javob:It.
Izoh: Rasmlarda egasiga sadoqatli itlar tasvirlangan.
Zachot: Kuchuk.
15-savol:
1937-yilda Yaponiya qo‘shinlari Xitoyni bosib olishni boshladi. Dengiz qamali sharoitida Chan Kayshi
SSSRdan yordam so‘radi va tez orada Olmaota-Lanchjou oralig‘ida Xitoy “IKS”i paydo bo‘ldi. “IKS” nomli
muzey Osinovets mayog‘i yonida joylashgan.
Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Hayot yo‘li.
Izoh: Bu yo‘l orqali SSSRdan Xitoyga harbiy yordam yetkazib berilgan. Leningrad blokadasidagi “Hayot
yo‘li” ko‘proq mashhur bo‘lib, unga atalgan muzey Ladoga ko‘li yonida joylashgan.
16-savol:
O‘tgan yilning 28-noyabr sanasida Si Veyxao ko‘plab vatandoshlari singari Indoneziya chipor ilonini sotib
oladi. Bunga ikki kun avval Xitoyda Uning premyerasi bo‘lgani sabab edi.
Savol: Uni aniq yozib bering.
Javob:“Hayvonlar shahri 2” multfilmi.
Izoh: Multfilmda Nik va Judi ilonlarning obrusini tiklashga harakat qilishadi va buni uddalashadi.
Premyeradan so‘ng, zaharli ilonlar savdosi anchagina oshib ketgan.
Zachot: “Zootopiya 2” multfilmi. 2-qism ekanligi aniqlashtirilgan shu mazmundagi javoblar.

17-savol:

tarqatma

“Garri” sikloni tufayli Sitsiyadagi ushbu shahar BO‘SHLIQ. Egrilikka aralashib, endi afsus qilayotgan yigit
haqidagi maqola “Korrupsiya sabab hayotim BO‘SHLIQ” deb nomlangan.
Savol: BO‘SHLIQ o‘rnidagi to‘rt so‘zni yozib bering.
Javob:Jar yoqasiga kelib qoldi.
Izoh: Sitsiliyadagi Nishemi shahrida siklondan so‘ng kuchli ko‘chki bo‘lgan va anchagina qismi o‘pirilgan.
Aytish mumkinki shahar tom ma’noda “jar yoqasiga kelib qolgan”.
18-savol:
Chloe [Kloe] moda uyi 2026-yil bahor/yoz mavsumi uchun anchagina kalta liboslarni taqdim etdi. The
Blueprint moda jurnalining ushbu katalog haqidagi maqolasi “U” deb nomlangan. Yozuvchi “U”ni ilk
marotaba 1889-yil akasi Aleksandrga yozgan maktubida ishlatgan.
Savol: U deganda qaysi uch so‘zli iqtibos nazarda tutilmoqda?
Javob:Qisqalik – talantning singlisi.
Izoh: Moda uyining kalta liboslar kolleksiyasiga nashr tomonidan Anton Chexovning mashhur so‘zlari nom
qilib berilgan. Chexov ushbu so‘zlarni ilk bor akasiga yozgan maktubida ishlatgan.
Zachot: Qisqalik – talantning opasi, Краткость – сестра таланта
19-savol:
Savol matnida bir so‘z boshqa so‘zga almashgan.
Sara Bouman AQSh-Meksika urushida faol qatnashgan, otliq qo‘shinlar bilan ham janglarga kirib
mudofaaga yordam bergan. Sara haqidagi maqolalardan biri “Chegara PARANAsi” deb nomlangan.
Savol: Almashgan so‘zni yozib bering.
Javob:Amazonka.
Izoh: Sara Bouman ayol bo‘lishiga qaramasdan janglarda, xususan otliq qo‘shinlar bilan ham chegara
mudofaasida faol ishtirok etgan. Shu sababli uni “Chegara amazonkasi” deb atashgan. Amazonka va
Parana Janubiy Amerikadagi yirik daryolarning nomlari.
20-savol:

Nabirasining o‘limidan g‘azablangan Chingizxon askarlariga Gorgola shahrining barcha aholisini o‘ldirishni,
uylarni yoqib yuborishni buyuradi. Shundan keyingi holat sabab shahar “Ular shahri” deb ham atala
boshlangan. U hozirda Bjørvika [Byorvika] shahridagi muzeyda saqlanadigan asar nomi.
Savol: U o‘rnidagi unlilari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Qichqiriq.
Izoh: Yong‘in ichida qolgan, aholisi qilichdan o‘tkazilayotgan shaharni qichqiriq ovozi, dod-faryod tutib
ketadi. Edvard Munkning “Qichqiriq” kartinasi hozirda Munk muzeyida saqlanadi.
21-savol:
Makedoniya shohi Ptolemey Keravn o‘z laqabini janglardagi jasurligi va kutilmagan harakatlari uchun
olgan. Xuddi, 1403-yil vafot etgan inson singari.
Savol: Keravn so‘zi yunon tilidan qanday ma’noni bildiradi?
Javob:Chaqmoq.
Izoh: Ptolemey janglardagi tezkor, kutilmagan harakatlari uchun chaqmoq ya’ni Keravn laqabini olgan.
Usmoniy hukmdor Boyazid I ga ham shu sababga ko‘ra, Yildirim laqabi berilgan.
Zachot: Yashin.
22-savol:
Savol matnida IKS va IGREK bilan bir xil harfdan boshlanmaydigan ikki so‘z almashtirilgan.
Tohir Malik o‘z uchligida birov “IKS” deya boshqalarni ham o‘ylashini, boshqalar esa “IGREK” deya faqat o‘z
nafsini ko‘zlashini yozadi.
Savol: Bir-biridan ikki harfga farq qiluvchi IKS va IGREKni yozib bering.
Javob:Xalqim, Halqum.
Izoh: “Xalqim” deydi birov, yana biri deyarmish “halqum”, tili chuchuklar ozmi dunyoda? X va H harflari
bilan farq qiluvchi so‘zlarda adashish holatlari ko‘p uchrab turadi. Shu sababli, bir xil harfdan boshlanmaydi
deya yordam berishga harakat qildik.
23-savol:
Savol matnidagi bir so‘z ikki so‘z bilan almashgan.
Yaqinda o‘ldirilgan El-Mencho laqabli narkokartel boshlig‘i so‘nggi manzilga orkestr sadolari ostida, OTda
kuzatildi. Biroz oldinroq “lo‘lilar qiroli” laqabini olgan biznesmen Frank Tompsonning dafn marosimida ham

OTdan foydalanilgani internetda shov-shuvga aylangandi.
Savol: Almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Oltin tobut
Izoh: Narkokartel boshlig‘ining dafn marosimi juda dabdabali tashkil etildi. Hattoki, oltin tobutdan ham
foydalanilgan.
24-savol:
Savol matnida bir so‘zga harflar qo‘shilgan.
“No More Kings” rok-pop guruhining “Trace’s song” taronasi 1972-yilgi voqea asosida yaratilgan. Qo‘shiq
asosida ishlangan klipda Uning QOYA yuzasiga Treysi ismini yozayotganini ko‘rish mumkin.
Savol: U kim?
Javob:Yudjin Sernan.
Izoh: Yudjin Sernan oyga qadam qo‘ygan so‘nggi astronavt. Ba’zi versiyalarda u oy yuzasiga o‘zining
ismini, ba’zilarida esa qizi Treysining ismini yozib qoldirgan deyiladi. No More Kings guruhi shu asosida
tarona va klip ishlagan. Oydagi birinchi astronavt orqali boshlangan bugungi paketimizni oydagi so‘nggi
astronavt bilan yakunlaymiz.

@Zakovat_Savollarii