Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 4-tur (10.10.2024)
1-savol:
Restorator Tohir Holiqberdiyevga tegishli kanal nomi mashhur brend shiorini hamda Holiqberdiyevning
faoliyatini kreativ tarzda uyg‘unlashtirgan. Savol: O‘sha kanal nomini uchta inglizcha so‘zda aniq yozib
bering.
Javob:Just do eat
Izoh: Nike kompaniyasiga tegishli Just do it shiorining oxirgi qismini eat ya’ni tanovul qilmoq so‘zi bilan
almashtirilishi o‘ziga xos kreativlik kasb etgan.
Manba: 1. https://t.me/justdoeat 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Just_Do_It
2-savol:
Savol matnida bir soʻz boshqa soʻzga almashtirilgan. Abdulla Oripov ijodidan to‘rtlikni tinglang:
Donishmand dediki, osonni kutma, Imkondan ortiq bir imkonni kutma. Daryodan daryoni talab aylagil Va
lekin hech qachon benomni kutma. Savol: She’r matnida almashtirilgan so‘zni yozib bering.
Javob:Ummon
Izoh: Biz savol matnida bir musiqiy guruh nomi boshqa musiqiy guruh nomi bilan almashtirdik. Qatorlardagi
osonni, imkonni so‘zlariga qofiyadosh bo‘lgan va ulardek ikkita N harfiga ega bo‘lgan ummon so‘ziga yetib
borishga yordam berdi deb umid qilamiz.
Manba: https://elib.buxdupi.uz/books/LAFASOV%20U.%20O‘zbek%20tili.pdf
3-savol:
David Fincherning “Tafakkur ovchisi” filmida qamoqda bo‘lgan Charlz Menson qamoqxona hayoti haqida
gapirib beradi. Mensonning aytishicha, qo‘ng‘iroq chalinganda oʻrnidan turishi, qo‘ng‘iroq chalinganda
tashqariga chiqishi, barcha ishlarni qo‘ng‘iroq chalinishi bilan bajarishi kerak. Savol: Bu so‘zlari davomida
Menson qaysi familiyani tilga oladi?
Javob:Pavlov
Izoh: Qamoqxonada barcha ishlar qo‘ng‘iroq chalingandan keyin amalga oshiriladi va bu keyinchalik
mahbuslarda shartli reflekslarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu holatni mualliflar Pavlov
tajribalariga qiyoslashgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Охотник_за_разумом 2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Павлов,_Иван_Петрович
4-savol:
Bu inson 1927-yil may oyida 33 soat-u 30 daqiqa davomida parvozda bo‘lgan. Savol: Bu insonning
familiyasini yozib bering.
Javob:Lindberg
Izoh: Charlz Lindberg 1927-yil 20-21-may kunlari Atlantika okeanini ilk bor hech qayerga qo‘nmasdan kesib
o‘tadi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/wiki/Линдберг,_Чарльз
5-savol:
Oʻzbek maqoliga ko‘ra, yaxshi oilaga kelin bo‘lib tushgan qiz sulton bo‘ladi, yomon oilaga kelin bo‘lgan qiz
esa Unga aylanadi. U qoramol terisidan tayyorlanadigan qalin charm hisoblanadi. Savol: Uni bir so‘zda
yozib bering.
Javob:Ulton
Izoh: O‘zbek maqolida “Yaxshi yerga bersang qizni, Silay-silay sulton qilur. Yomon yerga bersang qizni,
Ura-ura ulton qilur” deyiladi. Ulton qoramol terisidan tayyorlanadigan qalin charm hisoblanadi.
Manba: https://uz.wiktionary.org/wiki/ulton
6-savol:
Amir Temurning Toshkent shahridagi haykalida U uchta. Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi haykalida esa
ikkita. Savol: Mashhur iqtibosda Uni topib berishlarini so‘ragan sirakuzalik kim?
Javob:Arximed
Izoh: U tayanch nuqta edi. Amir Temur haykaliga qaralsa otning uchta oyog‘i yerga tegib turgani va
haykaltarosh uchta tayanch nuqtadan foydalangani, xuddi shunday Manguberdi haykali esa otning ikkita
oyog‘i orqali tayanch mahkamlangani uning mualliflari ikkita tayanch nuqtadan foydalanishganini
ko‘rsatadi. Sirakuzalik Arximed "agar menga tayanch nuqtasini topib berilsa Yerni o‘z o‘qidan chiqarib
yuboraman" deb aytgan gapi haligacha mashhurligini yo‘qotmagan.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Arximed 2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jaloliddin_Manguberdi_haykali 3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir_Temur_haykali_(Toshkent)
7-savol:
Rembrandtni qiziqtirib qo‘ygan bir motiv 64 ta U yaralishiga sabab bo‘lgan. Munkga tegishli Unda sigaret
ham bor. Savol: Uni yunoncha qo‘shma so‘zda yozib bering.
Javob:Avtoportret
Izoh: Motiv - Rembrandtning yuzi edi. O‘z yuziga shunchalik qiziqib qolganidan rassom ko‘plab
avtoportretlar yaratgan. Munkning “Yonayotgan sigaret bilan avoportret” nomli kartinasi mavjud.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Автопортрет 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Рембрандт 3.
https://t.me/rassomlar/2314
8-savol:
1886-yilda Smolensk qishloqlari yaqinida maʼlum bir hayvon paydo bo‘lgandan soʻng, 19 kishi Fransiyaga
yuboriladi. Oradan bir necha yillar o‘tgach shahar dumasi Parijga ta’ziya telegrammasini yuboradi. Savol:
Kimning oʻlimi munosabati bilan?
Javob:[Lui] Paster
Izoh: Qishloqlar yaqinida quturgan bo‘ri paydo bo‘lib, bir qancha insonlarni tishlab olgandi. Jamoatchilik
yordamida ular Fransiyaga - kasallik uchun vaksina yaratgan Lui Paster yoniga yuborishgan. Paster 1895-
yilda vafot etgan.
Manba: 1. https://www.bbc.com/russian/features-47200246 2.
https://uctopuockon-pyc.livejournal.com/3465905.html
9-savol:
Shoshilmay oʻqiyman yozib oling. 1991-yil 26-aprelda Riga shahrida bu insonning 80 yilligiga bag‘ishlab
satira va yumor festivali o‘tkazilgan. Mashhur sovet filmida unga tegishli do‘stlik haqida iqtibosni
tinglaganmiz. Savol: Bu inson kim?
Javob:Arkadiy Raykin
Izoh: “Kavkaz asirasi” filmida Arkadiy Raykindan keltirilgan iqtibosga yetib borish uchun savol preambulasi
yordam berdi deb umid qilamiz. O‘z navbatida Raykin san’at va yumorni mohirlik bilan uyg‘unlashtirgan
inson edi
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Райкин,_Аркадий_Исаакович
10-savol:
Yapon urf-odatiga ko‘ra, kimono kiyishning o‘z tartib va qoidalari bor. Masalan, kimono kiyilganda avval
o‘ng tomoni va ustidan chap tomoni yopiladi hamda belbog‘ bog‘lanadi. Yaponlar mana shu odatga qat’iy
amal qilishadi. Ammo ularning kimonosida yuqoridagi amallar teskarisiga bajariladi. Savol: Kimlarning?
Javob:Marhumlarning
Izoh: Marhumlarga alohida hurmat bajo keltirish hamda ularning tiriklardan farqini anglatish maqsadida
kimonolar shunday kiydirilar ekan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Kimono
11-savol:
Yapon urf-odatiga ko‘ra, ayol eri bilan ko‘chada yurganida mayda qadam tashlashi, boshini yerdan
ko‘tarmasligi va eridan shuncha masofada ortda yurishi kerak. Savol: Aynan qancha masofada yurishi
kerakligini yozib bering.
Javob:Erining soyasi uzunligicha
Izoh: Yaponlar oila institutini judayam e’zozlashadi va an’analarga qat’iy rioya etishadi. Masalan ayollar
eridan erining soyasi uzunligicha masofada ortda yurishadi. Shu sababdan ko‘chada ketayotgan erkak va
ayollarni bir oila ekanligini ilg‘ab olish qiyin ish emas.
Manba: https://www.advantour.com/japan/traditions/family-traditions.htm
12-savol:
AQSHda sotiluvchi ayrim tayoqchalarda latifa va hazil aforizmlarni uchratishingiz mumkin. Siz latifaning
kulminatsion qismiga yetib borishingiz uchun tayoqchani batamom tozalashingiz kerak. Savol: Bunday
tayoqchalar nimaning ichida joylashgan bo‘ladi?
Javob:Muzqaymoqning
Izoh: Tayoqchali muzqaymoqlarning tayoqchasiga turli xil aforizmlar yozib qo‘yiladi va siz uni to‘liq
o‘qishingiz uchun muzqaymoqni oxirigacha yeyishingiz kerak.
Manba: https://www.ranker.com/list/funny-popsicle-stick-jokes/jack-napier
13-savol:
2022-yil 29-oktabr shanba kuni Seulda Uni nishonlash mobaynida 156 kishi halok boʻldi, 151 nafar odam
tan jarohatlari oldi. U paytida aytiluvchi qo‘shiqlarda “Bizga bir nima ber yoki sehrlab qoʻyamiz” qatorlari
mavjud. Savol: Uni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘z qatnashtirib yozib bering.
Javob:Xellouin bayrami
Izoh: An’anaga muvofiq har yili o‘tkaziluvchi Xellouin bayramiga 100 mingdan ortiq inson tashrif buyurgan
va yuqoridagi fojea yuz beradi. Ushbu fojia tarixga “Seul tiqilinchi” nomi bilan kirgan.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Seuldagi_tiqilinch 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Halloween
14-savol:
U haqida 1986-yil Turkiya, Vengriya va Tojikiston kino ijodkorlari tomonidan “Soxta darveshning Oʻrta
Osiyoga sayohatlari” nomli asar asosida “Oqsoq darvesh” filmi yaratildi. Film premyerasi 1988-yil aprel
oyida Moskvada boʻlib oʻtgan. Savol: U kim?
Javob:Arminiy Vamberi
Izoh: Vamberi darvesh (qalandar) niqobi ostidagi sayohatchi-etnograf va O‘rta Osiyo xonliklarini o‘rgangan
venger josusi edi. U Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan
Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro,
Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab
qaytadi.
Zachot: Familiya bo‘yicha
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Arminiy_Vamberi
15-savol:
Sayohatchi Aleksandr Uni diniy marosimlarni hisoblash mashinasi deya atagan. Yevropa davlatlaridan
birida chiqarilgan ULAR orqali qadamlaringizni ham hisoblashingiz mumkin. Savol: U nima?
Javob:Tasbeh
Izoh: Koʻpgina dinlarda marosimlar paytida tasbeh oʻgirib turiladi. Katolik tasbehlari belgilangan
miqdordagi donalardan iborat. Ular ibodatlar davrlarini o‘qish uchun ishlatiladi - tasbehlar sizga qancha
namoz o‘qiganingizni boshqarishga yordam beradi. Zamonaviy elektron tasbehlar orqali qadamlarni ham
hisoblash mumkin.
Manba: 1. Генри Мортон. Святая земля. Путешествие по библейским местам. — М.: Эксмо; СПб.:
Мидгард, 2009. — С. 927. 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Розарий_(религия)
16-savol:
Fotograf Madina Nurmanning kunduzi olgan fotosuratlar galereyasidagi rasmlar to‘plami nomi 1976-yilda
yozilgan asar bilan bir xil. To‘plamdagi rasmlarga e’tibor qilinsa, bino ichidagi odamlarga quyosh nuri turli
tomonlardan tushadi va o‘ziga xos kadrlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Savol: O‘sha asar
muallifini yozib bering.
Javob:O‘tkir Hoshimov
Izoh: 1976-yilda yaratilgan asar nomi bu “Nur borki, soya bor”. Madina Nurman kunduz kuni quyosh nuri va
soyalar uyg‘unligida o‘ziga xos fotogalereya yaratgan. Fotografning taxallusi ham sizga javob topishda
yordam berdi degan umiddamiz.
Manba: 1. https://daryo.uz/hEuA5ovZ 2. https://t.me/MadinaNurman/2067 3. https://shorturl.at/UGMJo
Tokio-2020 o‘yinlarining talismanlaridan biri bo‘lgan Someitining rangi nega pushti ekanligi haqidagi
savolga javobda Uning aksar turi shu rangda ekanligi ham qo‘shimcha qilingan. Savol: Uni o‘zbekcha
bo‘lmagan so‘z qatnashtirib yozib bering.
Javob:Sakura gullari
Izoh: Sakura navlarining asosiy qismi Pushti rangda gullaydi. Yana shuni ma’lum qilishganki tashkilotchilar,
Someiti so‘zi sakuraning Someyoshino navi nomiga o‘xshab ketadi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Miraitowa_and_Someity
18-savol:
Ibn Sino rivoyatlariga ko‘ra, inson organiga shaklan o‘xshash bo‘lgan tabiiy yeguliklar o‘sha organ
salomatligi uchun foydali ekan. Bu rivoyatlar asossiz emasligini isbotlagan olimlar yong‘oq miya faoliyatini
yaxshilashi haqida ilmiy isbotlarni keltirishgan. Savol: Olimlar yana qaysi o‘simlikni buyrak faoliyatiga
foydali ekanligini tadqiq etishgan?
Javob:Loviya
Izoh: Loviya shaklan buyrakka o‘xshashligi hech kimga sir emas. Loviyani suvda qaynatib iste’mol qilinsa
buyrak faoliyatini yaxshilashi haqida ilmiy isbotlar bor.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tib_qonunlari 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Loviya
19-savol:
Kaliforniyaning Malholland shossesida doimiy tirbandlik sodir boʻladi. Hukumat bu tirbandlikni oldini olish
uchun togʻning narigi tomoniga Uning nusxasini oʻrnatishni reja qilgan edi. Savol: Uni qoʻsh undosh
ishlatgan holda ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Gollivud yozuvi
Izoh: Shosseda ketayotgan haydovchilar Gollivud yozuvida suratga tushish uchun toʻxtashadi va
tirbandliklar paydo qilishadi. Hukumat Gollivud yozuvi nusxasini togʻning narigi tomoniga ham oʻrnatishni
va bu bilan tirbandni kamaytirishni reja qilgan.
Zachot: Gollivud belgisi
Manba: https://vokrugsveta.ua/sights/v-los-andzhelese-poyavitsya-eshhe-odin-znak-hollywood-05-03-2018
20-savol:
O‘tgan asrning oxirgi choragida Akira Kurasava tomonidan norozilik belgisi sifatida suratga olingan filmda
Fudzi vulqoni otilishi oqibatida BU OBYEKT vayron bo‘ladi va katta falokatlar yuz beradi. Savol: Qaysi
obyektligini aniq yozib bering.
Javob:Fukusima AES
Izoh: Chernobl falokatidan keyin qo‘rqib qolgan yaponlar Fukusima AES loyihasiga qarshi edilar va buning
oqibatini turli yo‘llar bilan hukumatga yetkazishga harakat qilishardi. Bu harakatlar orasida aynan mana
shu film loyihaning qanchalik xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatib bergan. Lekin
baribir AES faoliyati to‘xtatilmagan va 2011-yilda kutilgan falokat baribir sodir bo‘lgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/АЭС_Фукусима-1 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Куросава,_Акира
21-savol:
Bir roman qahramoni ofitsiantga buyurtma berish avvalida “xuddi kechagidek” jumlasini ishlatadi. Bundan
ofitsiant biroz hayron bo‘ladi va mijozdan buyurtmani eslatishini so‘raydi. Mijoz bu harakatlari bilan Unga
ega bo‘lishni maqsad qilgan edi. Savol: Uni lotincha so‘zda yozib bering.
Javob:Alibi
Izoh: Mijoz aslida kecha restoranda emas edi, ammo tergov paytida jinoyat vaqtida aynan mana shu
restoranda ekanligiga tergovchini ishontirishni maqsad qilgan edi. Buning uchun ofitsiantning miyasiga
yolg‘on ma’lumotni kiritishi kerak bo‘lardi va ofitsiantning yolg‘on guvohligi evaziga alibiga ega bo‘lardi.
Alibi so‘zi joniyat sodir etilganda gumonlanuvchi boshqa joyda ekanligini anglatuvchi yuridik termin
hisoblanadi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Алиби
22-savol:
Valeriy Polyakov bortmexanik bo‘lib ishlab yurgan vaqtida IL-12 samolyotini aerodromdan olib qochadi. Bu
jinoyati uchun unga oliy jazo berish haqida qaror chiqarishlariga bir shaxs to‘sqinlik qiladi. Sababi
Valeriyning parvozdagi qiyin manyovrlar va traektoriyalar qilib, samolyotni yangi imkoniyatlarini
ko‘rsatgani edi. Savol: Sovet armiyasining general-polkovnigi bo‘lgan bu shaxsning familiyasini yozib
bering.
Javob:Ilyushin
Izoh: Voqeadan xabar topgan mashhur konstruktor Serger Ilyushin o‘z ixtirosini bunday imkoniyatlarga ega
ekanligini isbotlay olgan Valeriyni jazodan qutqatish harakatiga tushadi. Uning iltimosi bilan o‘lim jazosi 4
yillik qamoq jazosiga almashtiriladi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Sergey_Ilyushin
23-savol:
Futbol boʻyicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati saralashi doirasidagi navbatdagi ikkita
o‘yinni bosh murabbiy Srechko Katanessiz o‘tkazishi haqida ma’lumot berar ekan, “Stock footbal” nashri
1973-yilda Vladimir Vaynshtok tomonidan suratga olingan filmni eslab o‘tadi. Savol: Ushbu film nomini ikki
Javob:Boshsiz chavandoz
Izoh: Terma jamoa bosh murabbiyi sog‘ligi sabab jamoani maydonga olib tusha olmasligini aytarkan nashr
terma jamoani huddi boshsiz qolgan chavandozga o‘xshatadi. “Boshsiz chavandoz” filmi o‘tgan asrning
eng mashhur filmlaridan biri hisoblanadi.
Manba: 1. https://t.me/c/2168851168/3337 2.
https://en.wikipedia.org/wiki/The_Headless_Horseman_%281973_film%29
24-savol:
2023-yil 8-fevral kuni Janubiy Koreya parlamenti mamlakat tarixida birinchi marta ichki ishlar vazirini
isteʼfoga chiqarish uchun ovoz berdi. Savol: Ichki ishlar vaziri iste’fosi uchun ovoz berishga sabab bo‘lgan
mashhur voqeani alifboda ketma-ket keluvchi harflardan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Seul tirbandligi
Izoh: Koreya Ichki ishlar vaziri Li Sang Min 2022-yil 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xellouin bayramida Seul
tiqilinchida 156 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan tiqilinch paytida yomon ishlagani sabali ishonchsizlikka
uchragan edi. Biz bu haqida 13-savolda aytib o‘tgan edik.
Zachot: Seul tiqilinchi
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Seuldagi_tiqilinch
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi