Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 5-tur Paxtaqand jamoasi savollari 25.04.2026
Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 5-tur Paxtaqand jamoasi savollari 25.04.2026
1-savol:
“Galaktikada bir kun” asarida Yer yadrosini tushintirishda IKS eslab oʻtiladi. Maʼlumotlarga koʻra, IKSning
rangi qanchalik toʻq boʻlsa inson salomatligi uchun shunchalik foydali boʻlishi mumkin ekan.
IKSni alifboda yonma yon harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Tuxum sarigʻi
2-savol:
Savolda ikki o‘rinda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Perm o‘lkasida qamoq jazosini o‘tayotganlar o‘qiyotgan kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatdan “Jinoyat
va jazo”, “Graf Monte Kristo” va “Sham” o‘rin olgan. “Sham” maratxi tilidan “tinchlik sevar odam” degan
ma'noni anglatadi.
Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni to‘liq yozib bering.
Javob:Shantaram
Izoh: Gregori Devid Robertsning asarida 1979-yili avstraliyalik Lindsey Roberts qurolli o‘g‘riliklarda aybdir
deb topiladi va 1980-yili Pentridj qamoqxonasidan qochib Mumbayga yo‘l oladi.
3-savol:
U Fransiyaga qilgan safari haqida gapirar ekan, milliy libosda yurganini aytadi. Parij ko‘chalaridan birida
chanqovuz chalganida hamma olqishlaganini eslaydi. 1943-yilda tug‘ilgan BU INSON kim?
Javob:Aziza Begmatova
Izoh: Checha obrazi orqali mashhur aktrisa Parijda ham ko‘zimiz o‘rgangan obrazdan chekinmagan ekan.
Chanqovuz chalishi Surxandaryoga yetaklagan deb umid qilamiz.
4-savol:
Bir serialda bosh qahramonga maslahat berayotgan tajribali boshqaruvchi texnologik kompaniyalarda
ayollar juda ham muhimligi, ayollarning ishdan ketishi yoki qolishi kompaniyadagi toksik muhit indikatori
ekanligini aytib ayollarni IKSlarga o‘xshatadi. Kurt Vonnegut ijodkorlar juda ham sezgir ekanligi va jamiyat
uchun IKSlarga o‘xshash vazifani bajarishini aytgan. Xlar nima?
Javob:Shaxtadagi kanareykalar, kondagi kanareykalar
Izoh: 19-20-asrlarda shaxtalarda is gazidan ogoh bo‘lish uchun kanareykalar ishlatilgan
5-savol:
“Niantic” kompaniyasi smartfon va turli gadjetlar yordamida suratga olingan 30 milliarddan ortiq tasvirlar
asosida sun’iy intellekt orqali dunyoning 3D xaritasi modelini yaratdi.
Savol: “Niantic” kompaniyasi boshqa qaysi loyihasi bilan mashhurlikka erishgan?
Javob:Pokemon GO
Izoh: Pokemon GO o‘yini foydalanuvchilari o‘yin jarayonida smartfon va turli gadjetlar kameralaridan
foydalangan holda biror manzilni tasvirga olgan. Shu tasvirlar asnosida "Niantic Spatial" VPS - visual
positoning system (vizual pozishioning sistem) loyihasini ishlab chiqqan. Rasmlar sun'iy intellektda qayta
ishlangan va manzillarning ko‘rinishi real hayotdagiga yaqin holga keltirilgan. Hozirda VPS loyihasidan
yetkazib berish xizmatida robot-tashuvchilarning manzilda adashmasdan aniq yetkazib berilishida
foydalanilmoqda.
6-savol:
Mirek ismli kulolga bir loyiha uchun uch xil kattalikdagi ammo ko‘rinishi bir xil sopol idishlarni tayyorlab
berish buyurtma qilingan. Loyiha uchun 19000 dona turli kostyumlar tayyorlangan.
Savol: Loyiha nomini yozib bering.
Javob:Uzuklar hukmdori
Izoh: Sopol idishlar hobbit, gnom, elf va odamlar bo‘yiga mutanosib bo‘lishi uchun uch xil o‘lchamda
tayyorlangan.
7-savol:
Dasturlashda monolit – ilovaning bir necha minglab qatorlardan iborat kodlar blokidir. Super Pumped
(Super Pampd) serialining ayol personaji o’z vazifasi shu blokni qaytadan tuzib, kichik boʻlaklarga boʻlib
tartibga keltirishdan iboratligini aytarkan Uni eslaydi.
Savol: XX asr so‘nggi chorakida tug‘ilgan U kim?
Javob:Mari Kondo
Izoh: Mari Kondo uyda va hayot tarzida tartib yaratish bo‘yicha mutaxassis.
8-savol:
U o‘z ixtirosining prototipini yaratishda qo‘lbola materiallar, belkurak tayog‘i, velosiped kegayi (spitsa)dan
foydalangan.
Savol: XX asr birinchi yarmida Beloveje shahrida tug‘ilgan bu inson kim?
Javob:Gavriil Ilizarov
Izoh: Ilizarov apparati travmatologiyada singan suyaklarni o‘stirish va qayta tiklashda keng qo‘llaniladi.
Zachot: familiya bo‘yicha
9-savol:
Hasharotlardan qiynalayotgan Shrekka yordam berish uchun Fiona Xni yasab beradi. Qizigʻi, 1897-
yilda “Moʻjizaviy iplar” nomi bilan tanilgan X tayyorlaydigan mashinani yaratishda stomatolog ham
qatnashgan.
Savol: Xni toping.
Javob:Paxtaqand
Izoh: Multfilmda Shrekni pashshalar talayotganini koʻrgan Fiona oʻrgimchak uyasidan foydalanib
pashshalardan paxtaqand yasab beradi
10-savol:
Bir serialda ajdodlari xolokost paytida AQSHga Polshadan kelib qolgan Govard Volovits yashaydigan
mavzeda elektr tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi haqida gap boradi. Epizod davomida bir necha
Xlarni ko‘rish mumkin. Mark Shagal kartinalaridan birida Xorun X bilan tasvirlangan. Xni toping.
Javob:Menora
Izoh: kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan Volovitsning uyida juda ko‘p menoralar bor edi.
11-savol:
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Movarounnahr ko‘chalari orasidagi yagona binoda qanchalik
kinoyali bo‘lmasin BU TASHKILOT faoliyat yuritadi.
Savol: 2002-yilda faoliyatini boshlagan BU TASHKILOT nomini bir necha so‘zda yozib bering.
Javob:Sen yolg‘iz emassan jamg‘armasi
Izoh: Katta ko‘cha bo‘yida yolg‘iz binoda "Sen yolg‘iz emassan" binosining borligi o‘ziga xos kinoyadek
tuyuladi.
Zachot: Sen yolg‘iz emassan.
12-savol:
Islom sivilizatsiyasi markazida noyob Usmon musʼhafi nusxasi saqlanadi. Shu bilan birga bu yerda
yurtimizga tegishli boʻlgan, turli sulolalar davriga oid nodir Qurʼon qoʻlyozmalari ham jamlangan.
Markazdagi ushbu noyob nusxalar sonini aniq yozib bering.
Javob:114 ta
Izoh: Qurʼoni karim suralari soni ham 114 ta.
13-savol:
Rishta kasalligida parazitning lichinkasi teri ostiga oʻrnashib, o’sha joyda parazit rivojlanib boradi. Oʻsishi
davomida uni tayoqchaga oʻrab sekin tortib olinadi, bu rishta kasalligida eng qadimiy va hozirgacha
saqlanib qolgan davolash usuli boʻlgan. Versiyalardan biriga koʻra Uning kelib chiqishi ham yuqorida
aytilgan jarayon bilan bogʻliq.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Asklepiy hassasi/tayogʻi
14-savol:
Novosibirsk tibbiyot birlashmasi tomonidan chiqarilgan va donorlikka chaqiradigan illyustratsiya U
ko‘rinishida tasvirlangan. Illyustratsiyada inson organlarining bir qismi boshqa insonga o‘tayotganini
ko‘rish mumkin. Shavkat Rahmon she’rlaridan birida yashagisi kelayotganligini, lekin Umrni U kabi
boshqarib bo‘lmasligini yozgan. Uni toping.
Javob:Qumsoat
Izoh: Kechalar tobora oydinlashadi, Ko‘zingda quyoshning chechagi so‘lmas, Yashaging keladi, faqat umrni
Qumsoat singari to‘nkarib bo‘lmas.
15-savol:
Katta portlash nazariyasi serialining epizodlaridan birida ko‘plab yutuqlarga erishgan va o‘zini sevuvchi
Sheldonning barcha yutuqlarini 15 yoshgacha takrorlashga ulgurgan yangi daho olim paydo bo‘lgani
haqida gapirarkan, Sheldon BIRINCHIDAN IKKINCHIGA aylanganligini taʼkidlaydi. “BIRINCHI va IKKINCHI”
ilk bor “1832-yilgi Shimol gullari” almanaxida paydo bo‘la boshlagan.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni toping.
Javob:Motsart va Salyeri
Izoh: Shimoliy Koreyadan yosh olim kelguncha Sheldon o‘zini beqiyos deb o‘ylagan. Yosh yigit Sheldonni
xatolarini to‘g‘rilagani va undan o‘zib ketayotganligini ko‘rib o‘zini Motsartdan Salyeriga aylanib
borayotganligini aytadi. Pushkinning Motsart va Salyeri asari Shimol gullari almanaxidan o‘rin olgan. Asar
1831 yilda yozib tugatilgan
16-savol:
Scientific American jurnali yozishicha, bu atama fazodan ko‘rinadigan manzaralar sababli paydo boʻladigan
hayrat va ijobiy his-tuyg‘ularni o‘z ichiga oladi. 2026-yil aprel oyidagi voqeadan soʻng mashhurlikka
erishgan bu atamani oʻzbekcha boʻlmagan ikki qisqa soʻzda yozib bering
Javob:Moon joy
Izoh: Oy missiyalari, xususan, NASA tomonidan 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan Artemis II missiyasi orqali
yuzaga kelgan kuchli baxt va hayajon hissini ifodalovchi yangi atamadir. Bu atama astronavtlarning Oy
atrofida uchish paytida his qilgan ajoyib tuyg‘ulari va tomoshabinlarning ushbu tarixiy lahzaga bo‘lgan
munosabatini anglatadi. Koʻrgazma materialda Artemis 2 missiyasi ekipaj aʼzolarining moon joy holatini
koʻrib turibsiz.
17-savol:
Ushbu savolga taʼriflovchi javob ham qabul qilinadi
Oʻsha paytlari davlat rahbarlari boʻlgan Akmal Ikromov va Fayzulla Xoʻjayevlar ushbu insonga Yer ishlari
xalq komissarligi yoki Oʻlka yer va suv xoʻjaligini boshqarish kabi nufuzli lavozimlarni taklif qiladi. Ammo
uning rejasi qishloq xoʻjaligini yuqori bosqichga olib chiqish, hosildorlikni oshirish kabilar edi. 1932-yilda
Solovki lagerida vafot etgan ushbu inson kim?
Javob:Abduvahob Murodiy.
Izoh: Birinchi oʻzbek agronomi, olim va oʻqituvchi.
18-savol:
Franchesko oʻz usulini nomlashiga talabalik paytida foydalangan oshxona taymerining shakli sabab
boʻlgan. Franchesko nomlagan oʻsha usulni unlilari bir xil soʻz bilan yozib bering.
Javob:Pomodoro
Izoh: Pomodoro texnikasi - bu 1980-yillarning oxirlarida Franchesko Cirillo tomonidan ishlab chiqilgan
vaqtni boshqarish usuli. U ishni odatda 25 daqiqalik intervallarga ajratish uchun oshxona taymeridan
foydalanadi va qisqa tanaffuslar bilan ajratiladi. Har bir interval italyancha “pomidor” so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, Cirillo universitet talabasi bo‘lgan paytida foydalangan pomidor shaklidagi oshxona
taymeridan kelib chiqqan holda pomodoro deb nomlanadi
19-savol:
Qanotlari qayrilgan qushlar nomli maqolada muallifning bolalik xotiralari ham tilga olinadi. Muallif
eslashicha, bola vaqtlarida qizlarning oliy taʼlim olishi haqida gap ketganda keksalar kinoya va iztirob bilan
“Oʻqib qaysi biriga oʻxshamoqchi?” deb ikki ismni tilga olishadi. Yigirmanchi asr boshlarida yashagan shu
ikki insondan birining ismini yozib bering.
Javob:Maryam
Izoh: Yigirmanchi asr boshlarida Germaniyada taʼlim olish uchun borgan va oxir-oqibat otuv va surgunga
mahkum boʻlgan ikki oʻzbek qizining ogʻir taqdiri oʻsha paytlarda ham eslangan
Zachot: Xayriniso
20-savol:
Stiv Jobs asarida yozilishicha, Stiv Makintosh loyihasini industriyadagi ulkan yangilik sifatida ko‘rgan va U
nomni berishni taklif qilgan. Yana bir U haqidagi maqolada 32 yard va shved esga olinadi. Uni toping.
Javob:Bicycle
Izoh: Stiv Jobs yaratilayotgan loyihani aql uchun velosiped sifatida ko‘rgan va u bilan ko‘plab ishlar qilish
mumkinligiga ishongan. Bu variant jamoa uchun judayam g‘alati tuyilgan. 2012-yilgi Shvetsiya va Angliya
bahsida, sport jargonida bycicle, velosiped deb ataluvchi uslubdagi gol Zlatan Ibragimovichga tegishli.
Zachot: Velosiped, Valasangi va boshqa tillardagi variatsiyalari.
21-savol:
Savolni o‘ylash uchun yana 5 soniya qo‘shib beriladi.
Cystic fibrosis — o‘pkada uchraydigan genetik kasallik boʻlib, bolalik paytidan rivojlanib keladi. Yosh bolalar
oʻz kasalliklarini talaffuz qilishda qiynalmasliklari, kasallik nomi ularni qoʻrqitib qoʻymasligi maqsadida
kasallikni BO‘SHLIQ atirgul deb ham atashadi.
Savol: bo‘shliq o‘rnidagi ikki belgini yozib bering.
Javob:65
Izoh: Cystic fibrosis so‘zlari inglizcha sixty faybrozis ko‘rinishida talaffuz qilinsa 65 atirgul ma’nosi kelib
chiqadi. Savol preambulasida o‘ylash uchun 60 soniyadan tashqari ortiqcha 5 soniya qo‘shib berilgani sizga
yordam berdi deb o‘ylaymiz.
22-savol:
Lotin tili ko‘plab Yevropa tillarining shakllanishida o‘z ta’sirni ko‘rsatgan. Flamandlarning eklolik nonvoy
afsonasiga ko‘ra odam yuz tuzilishi yoki aqliy salohiyatidan norozi bo‘lsa Eklo shahridagi nonvoyxonaga
murojaat qilgan. Avvalambor boshga ishlov berish uchun boshni tanadan olib turish kerak bo‘lgan. Boshga
qayta ishlov berilguncha bosh o‘rniga tanaga U qo‘yib turilgan.
Savol: Uni unlilari bir xil so‘z bilan yozib bering.
Javob:Karam
Izoh: Karam lotin tilida bosh ma'nosini bildiruvchi caput so‘zi bilan ataladi.
23-savol:
Dizayner Rey Ueno bir nechta shriftlarni sinab ko‘rsada nomga uzoqdan qaraganida VALUE so‘zi ko‘ziga
ko‘rinavergan.
Savol: Rey Ueno nimaning dizaynini yaratgan?
Javob:VALVe kompaniyasi logotipini
Izoh: Uzoqdan qaraganda Value so‘zidan ajralib turishi uchun dizayner Valve so‘zidagi e harfini kichraytirib
qo‘ygan. Bunday yechim Geyb Nuelga yoqqan va kompaniya marketing direktorligini Reyga taklif qilgan.
Zachot: VALVe so‘zi bo‘yicha
24-savol:
Biznes bloger Chiryassovning “mayda teshiklar - katta biznes” deb nomlangan maqolasi 2005-yilda Sheri
Shmeltser tomonidan yaratilgan brend haqida. Maqolada keyinchalik brendni 2001-yil asos
solingan, etilenvinilatsetatdan sabo tayyorlovchi kompaniya sotib olganligi haqida aytib o‘tilgan.
Savol: Sheri asos solgan kompaniya nomini toping.
Javob:Jibbitz
Izoh: Krokslar teshigiga taqiladigan aksesuarlarni ilk bor 2005-yilda Sheri Shmelser qizini xursand qilish
uchun o‘ylab topgan. Keyinchalik bu biznes g‘oyaga aylanib, brend darajasiga yetadi. 2007-yilda Kroks
kompaniyasi ushbu brendni 10 million$ ga sotib oladi.
25-savol:
O‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan yaratilgan va qaroqchilar mavzusiga bag‘ishlangan “Windrose”
o‘yinida kema vrachining nomi U. Kimsasiz orolda bosh qahramon yovvoyi cho‘chqalarni ovlashi mumkin,
qizig‘i bu ishda kema vrachi ishtirok etmaydi.
Savol: Kema vrachining nomi nima?
Javob:Galen
Izoh: Klavdiy Galen qadimgi rimlik vrach. Viviseksiya - tirik hayvonlarda xirurgik amaliyot o‘tkazishni
yaratgan. Galen ommaviy tajribasida cho‘chqa hiqildoqining qaytuvchi nervini kesib tashlaydi. Shundan
so‘ng undan ovoz chiqmay tinchib qoladi va natijada ovoz miya orqali boshqarilishi isbotlanadi. Hozirda bu
nerv Galen nervi ham deb ataladi.
26-savol:
Nomzodlar turnirida ishtirok etayotgan Javohir Sindarovning juda ham xarakatchanligi haqidagi video
ostida foydalanuvchi, Javohir BU ISHNI QILAYOTGANINI yozib hazillashadi. Shibuya stansiyasida ham BU
ISH QILINISHINI ko‘pchilik yaqinda bildi.
Savol: Bu ishni qilishni bir necha so‘zda toping
Javob:Qadamlarni elektr tokiga aylantirish
Izoh: Ijtimoiy tarmoqlarda sun'iy intellekt tomonidan yozilgan bir xil matnni ko‘plab videolar ostida ko‘rgan,
balki eslab ham qolgandirsiz. Hozirda Shibuya stansiyasi polidagi mahsus pyezoelektrik qoplama
yordamida qadamlarni elektr tokiga aylanishi haqidagi tekst ko‘p uchramoqda. Javohirning o‘yindagi kutish
payti tinimsiz yurishi haqida ham ko‘plab videolar ishlandi. Vatandoshimizga Jahon chempionligi uchun
kurashda omad tilab qolamiz!
Zachot: qadam va elektr so‘zlari ishlatilgan shu mazmundagi javoblar va boshqa tillardagi shunaqa
javoblar
27-savol:
Chelsi futbol klubi yulduzlari Eshli Kol, Kol Palmer va Jo Kol ishtirok etgan videorolikda Kol so‘zi yozilgan
bittagina futbol formasini ko‘rish mumkin.
Savol: rolik so‘nggida futbolchilar nimaga taqlid qilishgan?
Javob:Uch o‘rgimchak odam memiga
28-savol:
Rossiya jamoatchilik bilan aloqalar assotsiatsiya tomonidan o‘tkazib kelinadigan “U” nomli mukofot 2016-
yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Rossiyada va xorijda raqobatbardosh siyosiy kampaniyalar davomida demokratik
tartib-qoidalarga rioya qilgan holda samaradorlik, texnologiya va ijodkorlikni namoyish etgan siyosatchilar,
partiyalar, siyosiy guruhlar va nomzodlarga beriladi. Duglas Robinson Uni ingliz tiliga tarjima qilganda
score, rankings so‘zlarini qo‘llashni, chunki bu so‘zlar kurashchilarning musobaqalariga mos o‘xshatish
bo‘lishini ta’kidlaydi. Savol: U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Gamburgcha hisob
Izoh: Gamburgcha hisob Viktor Shklovskiyning shu nomli asarida ilk bor tilga olingan ibora. Afsonaga ko‘ra
sirkda bir biriga yon bosib tomosha ko‘rsatgan kurashchilar yilda bir marotaba bir joyda yig‘ilishib yon
bosmasdan bor kuchlari bilan kurashishgan va ibora shu tarzda paydo bo‘lgan deyiladi. Ammo bu afsona
o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lishiga qaramay siyosat, adabiyot va turli musobaqalarda halol o‘yinni anglatish
uchun qo‘llanib kelinadi.
29-savol:
Savolda IKS va IGREK bilan ikki so‘z almashtirilgan.
1990-yillar boshida qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bir qancha brendlar sobiq sovet davlatlariga
kira boshlaydi. 1994-yilda IKS kompaniyasi Ukrainada ish boshlaydi. Bu esa davlatning shaxsiy
maxsulotlari bozorini o‘ldiradi. 1995-yilda esa bu brendlar bilan kurashish istagida bo‘lgan IGREK nomli
fabrika ish boshlaydi. IGREKning arab tilidagi nomida yurak so‘zini ham ko‘rish mumkin.
Savol: IKS va IGREKni yozib bering
Javob:Mars, Antares
Izoh: Marsga raqobatchi bo‘lishi kutilgandi. Lekin mashhur bo‘la olmadi. Antares yunonchadan Ares(Mars)
ga raqobatchi ma’nosini anglatadi. Chayon yulduz turkumidagi ushbu yulduzni arablar Chayon yuragi, ya’ni
Qolb al Aqrob deb atashadi.
30-savol:
Boʻshliq-chumolilar bunday atalishi ular yashaydigan hudud nomiga bogʻliq emas, balki boshqa
koloniyalarga hujum qilib, ularni oʻzlashtirib kechiradigan hayot tarzi bilan bogʻliq. Boʻshliqning kelib
chiqishi haqida turli versiyalar mavjud boʻlib, ulardan birini slavyancha “erkaklashgan” soʻzi bilan
bogʻlashadi.
Savol: Boʻshliq o‘rnidagi so‘zni toping.
Javob:Amazonka
Izoh: Amazonka soʻzining kelib chiqishini slavyancha “омуженый” soʻziga bogʻlashadi
31-savol:
2005-yili Yozef Ratsinger 78 yoshda edi, kasalligiga qaramasdan Rim Papasi bo‘lishga ahd qiladi. Ammo
oradan 8 yil o‘tib Rim Papasiligidan sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘z ixtiyori bilan ketadi. 8 yil IKSning
o‘rtacha xizmat qilish davridan biroz ko‘proq.
Savol: IKS o‘rnidagi xorijiy ikki yoki uch o‘zakli so‘zni yozib bering.
Javob:Elektrokardiostimulyator
Izoh: Ratsinger papalikka saylanishidan biroz oldin unga kardiostimulyator o‘rnatilgan edi. Oradan 8 yil
o‘tib kardiostimulyator quvvati o‘tirib qolgan edi va 2013-yili papalikdan ketdi.
Zachot: Kardiostimulyator, peysmeyker
32-savol:
“Tesla” taqdimotida Ilon Mask hazillashib, avtomobil oynasi UNGA bardosh berishini, aks holda kompaniya
avtomobil uchun to‘langan pulni qaytarib berishini aytadi. U O‘zbekistonda ikki marta 1966 va 1968-yilda
ro‘y bergan.
Savol: U o‘rnidagi uch so‘zni yozib bering.
Javob:Atom bombasi portlashi
Izoh: 1966-yilda O‘rtabuloqdagi gaz konidagi avariyani to‘xtatish uchun, 1968-yilda esa Qashqadaryo
viloyatida joylashgan “Pomuq” konida gaz quduquni jilovlashda foydalanilgan.
Zachot: Yadro bombasi portlashi
33-savol:
1808-yilda Richard Trivitik tomonidan yaratilgan parovoz, o‘sha paytdagi tezlik borasida ancha ilgarilab
ketgandi. O‘ziga juda ishongan Richard, paravozga
to‘rt so‘zdan iborat nom beradi. Paravoz nomi 1980-yilda yozilgan avtobiografik asar nomidan biroz farq
qiladi.
Savol: Qaysi asar?
Javob:Catch me if you can
Izoh: Richardning paravozi qolganlardan tez yurgani uchun Catch me, Who can nomini bergan. 1980-yilda
kichik Frenk Abigneyl o‘zining “sarguzashtlari” haqida yozgan asari asosida 2002 yilda shu nomli film ham
ishlangan.
34-savol:
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan loyiha chekka hududlarda chet
tillarini oʻqitish uchun oʻquv markazlari ochishga yordam beradi. Jadid bobolarimizning maʼrifatparvarlik
gʻoyalarini davom ettirishni maqsad qilgan loyiha nomini bir soʻzda yozib bering
Javob:Koʻmak
Izoh: Koʻmak bu XX asr boshlarida turkistonlik yoshlarning xorijda va ichki rus yerlarida taʼlim olishini
qoʻllab quvvatlash uchun tashkil etilgan tashkilot nomi hamdir
35-savol:
Ro‘yxatni yozib oling:
Buxoro, Nishopur, Bogʻdod, Basra, Shom, Quddus, Madina, Makka, Samarqand.
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi yaqinidagi ayrim binolar oʻziga xos arxitekturaviy uslubga ega.
Ularning peshtoqida shaharlar nomi yozilgan boʻlib, har biri oʻsha shaharning arxitekturaviy uslubida
qurilgan.
Ushbu binolarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosi izohlarida qaysi alloma tilga olinadi
Javob:Imom al-Buxoriy
Izoh: Nomi keltirilgan shaharlar buyuk muhaddisning hadis ilmi yoʻlida borib qaytgan shaharlari nomidir.
Buxorodan chiqib ketib, islom diyorlarini kezib, Samarqandga kelib vafot etganlar.
36-savol:
“Galaktikada bir kun” asari qahramonlari Marsda oʻzlari duch kelgan, bir joyda tek turmaydigan droidga U
deb nom berishadi. Wikipediada u haqidagi maqolada tanda, arqoq soʻzlarini ham koʻrish mumkin.
Bir iborada u bilan birga eslanadigan kasbni yozib bering.
Javob:Bo‘zchi
Izoh: Droid tinimsiz u yoqdan bu yoqqa borib kelgani uchun asar qahramonlari unga Moki deb ism
qoʻyishadi. Bo‘zchining mokisiday iborasi odatda har tarafga qatnaydigan insonlarga nisbatan ishlatiladi.
Tanda va arqoq toʻquv dastgohidagi iplar nomi boʻlib, moki ular orasidagi bogʻlanishni tartiblab beradi.
Savollar to‘plamini “Galaktikada bir kun” asari bilan boshlab shu asar bilan yakunladik, xuddi bo‘zchining
mokisidek.