May 7

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 3-tur savollari (11.04.2026)

1-savol:
Bu so‘z eski o‘zbek tilidagi “tartibga solish” ma'nosini bildiruvchi so‘zdan kelib chiqqan. O‘zbekiston qonun
hujjatlarining internetdagi milliy bazasi bo‘lgan Lex.uz sayti bilan integratsiya qilingan, qonunchilik asosida
ishonchli va to‘liq yechim taqdim qiluvchi platforma ham Bu so‘z bilan nomlangan.
Savol: Unlilari bir xil bo‘lgan Bu so‘zni yozib bering.
Javob:Tuzuk.
Izoh: Tuzuk - eski o‘zbek tilidagi “tuz” yoki “to‘z”, ya'ni “tartibga solish” ma'nosidagi so‘zdan kelib chiqqan.
Qoidalar yoki qonunlar to‘plami ma'nolarida ishlatilgan.
2-savol:
Savolda ALFA almashtirish hisoblanadi.
KAMERUNlik qoʻshiqchi Manu Dibangoning 1994-yilgi albomi muqovasidagi ijodkorning, bir qo‘lini boshining
orqa qismiga qo‘ygan holatda yuqoridan olingan surati ALFAning shaklini hosil qiladi.
Savol: Ushbu suratda qo‘shiqchining kiyilmay turgan bir poy poyabzali nimani ifodalagan?
Javob:Madagaskar oroli.
Izoh: Albom nomi “Wakafrika” bo‘lib, muqovada ijodkor Afrika materigi shaklini o‘xshatib suratga tushgan.
Uning kiyilmay turgan poyabzali esa Afrikaning yonida joylashgan Madagaskar orolini ifodalagan.
Zachot: Madagaskar.
3-savol:
Bu asardagi iqtibosga ko‘ra, kimda vijdon bo‘lsa, xatosini anglasa, o‘zi azobini tortaveradi. Bu uning uchun
katorgadan ham battar. Bu asar jonlanganda nomli animatsion videodagi kadrlardan birida devorga osilgan
boltani ko‘rish mumkin.
Savol: Bu asarni yozib bering.
Javob:Jinoyat va jazo.
Izoh: “Jinoyat va jazo” romani Fyodor Dostoyevskiy tomonidan yozilgan bo‘lib, asarda bolta asosiy qotillik
quroli hisoblanadi
4-savol:
Undagi qizil rang qonni, oq rang bint yoki bog‘lamni, ko‘k rang esa qon tomiri bildirgani haqidagi versiyalar

mavjud. Avvallari Uning asl ko‘rinishida zuluklar solinadigan idishga o‘xshash qism qo‘shilgan edi.
Savol: U qaysi kasb vakillarining ramzi hisoblab kelingan?
Javob:Sartarosh.
Izoh: Gap sartaroshxonalar oldida turadigan aylanib turuvchi rangli ustunchalar haqida edi. Avvalari
sartaroshlar jarrohlik amaliyotlari, tish sug‘urish, zuluk qo‘yish kabi ishlarni ham qilishgan.
5-savol:
Jurnalistlar orasida mashhur bo‘lgan, inson xarakteri, qarashlari va didini ochib berishga mo‘ljallangan
so‘rovnoma Ular deb ataladi. Ular “ha yoki yo‘q” javoblarini emas balki kengroq javoblarni talab qiladi va
suhbatni jonlantirishga xizmat qiladi.
Savol: Ular 1871-yil tug‘ilgan qaysi fransuz yozuvchisi nomi bilan ataladi?
Javob:[Marsel] Prust.
Izoh: Hozirda intervyularda jurnalistlar beradigan savollarning asosini “Prust savollari” tashkil qiladi va bu
savollar to‘plami birinchi bo‘lib Marsel Prust tomonidan yozilgani sabab “Prust savollari” deb ataladi.
6-savol:
Savolda BIRINCHI va IKKINCHI bir-biridan bosh harfga farq qiladigan so‘zlar o‘rnida keladi.
Issiqlik manbai yoki qizib turgan narsadan urayotgan issiqlik yoki shaxs yoki narsaning ijobiy ta'sirli,
hayotbaxsh haroratini bir so‘z bilan BIRINCHI deb atash mumkin. IKKINCHI esa ikkinchi emas, yigirma
yettinchi.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHIdan istalgan birini yozib bering.
Javob:Taft (taft).
Izoh: O‘zbek tilidagi taft so‘zi yuqoridagi ta'riflarga mos keladi. Uilyam Govar Taft AQShning 27-prezidenti.
7-savol:
Bu insonga bir nechta sayohatlarida ham yo‘llar va topografik marshrutlarni chizish, flora hamda fauna
olamini tavsiflash, botanik va zoologik kolleksiyalarini to‘plash vazifalari yuklatilgan. 1878-yilgi ikkinchi
sayohati davomida Bu insonga yovvoyi hayvon terisi va bosh suyagini sovg‘a qilishadi.
Savol: Bu inson kimligini yozib bering.
Javob:[Nikolay Mixailovich] Prjevalskiy.
Izoh: Ikkinchi sayohati davomida Prjevalskiyga mahalliy ovchilar tomonidan ovlangan yovvoyi otning terisi

va boshini sovg‘a qilishadi. Olim bu topilmani Sankt-Peterburg zoologiya muzeyiga yuboradi va yangi turga
Prjevalskiy oti deb nom beriladi.
8-savol:
“Alice chegara ortida” serialidagi Usagi obrazi tezkor, epchil va xavfli vaziyatlarda omon qolish qobiliyatiga
ega qahramon sifatida tasvirlangan
Savol: Usagi so‘zi yapon tilidan qanday tarjima qilinadi?
Javob:Quyon.
Izoh: Lyuis Kerrolning Alisa haqidagi asarlar seriyasidagi oq quyon obrazi ko‘pchilikka tanish. “Alisa
chegara ortida” serialida quyon ismli personaj borligi qiziq holat.
9-savol:
Ba'zi buyum va moddalarda tovush xotirasi bo‘lishi va ovozni qisqa muddat bo‘lsa ham saqlab tura olishi
haqidagi tajribalardan bir o‘simlik turi ham eslab o‘tilgan.
Savol: O‘sha o‘simlik nomini yozib bering.
Javob:Qamish.
Izoh: Ushbu tajriba Zulqarnayn haqidagi rivoyatni eslatib yuboradi. Rivoytda ham Zulqarnaynning shoxi
borligini qamishdan yasalgan nay oshkor qiladi.
10-savol:
Eshqobil Shukur maqolalaridan birida O‘zbek tili TIRIK ekanini har kim o‘z qalbida his qilishi kerakligini
aytib, so‘zlarni “ona tilimizning IKSlari” deb ataydi. IKS haqida dastlabki ma'lumot 1665-yilgi “Mikrografiya”
asarida keltirilgan.
Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Hujayra.
Izoh: Til so‘zlardan tashkil topgan. So‘zga tilning hujayralari deb ta'rif berilishi mantiqiy. “Mikrografiya”
asari hujayrani ilk kuzatgan olim Robert Guk tomonidan yozilgan.
11-savol:

Eshqobil Shukurning maqolasida Bu so‘z qadimda bug‘doy va arpaning dasta-dasta qilib mahkam
bog‘langan bog‘ini angaltishini, keyinchalik, qat'iyatli, bir so‘zli, o‘zini yig‘ib olgan odamlarga nisbatan
ishalatila boshlanganini yozadi.
Savol: Unlilari bir xil bo‘lgan ushbu so‘zni yozib bering.
Javob:Dangal
Izoh: Dangal so‘zining tarixi arpa va bug‘doy bog‘larining bog‘lamlari nomidan kelib chiqqan ekan.
12-savol:
Sling - bu qadimdan foydalanilgan, odatda tosh, loy yoki qo‘rg‘oshin kabi to‘mtoq snaryadlarni qo‘lda otish
uchun ishlatiladigan arqonli snaryad quroli. U kuchli aylanish natijasida snaryadni juda tez va kuch bilan
uchishini ta'minlaydi va ancha katta hayvonlarni ham bemalol yiqita oladi.
Savol: Rivoyatga ko‘ra, kim o‘z raqibini yengishda ushbu quroldan foydalangan.
Javob:David (Dovud).
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, David Goliafni yengishda sling qurolidan foydalangan ekan.
13-savol:
Fransiyaning Normandiya hududida joylashgan Mon-Sen-Mishel qasri suv sathi ko‘tarilishi natijasida bir
necha soat ichida atrofi quruqlikdan suv havzasiga aylanib qolishi bilan mashhur. Bir klassik asar asos qilib
olingan Disney animatsiyasida personajlardan biri qamalgan zindonni tasvirlashda ushbu qasrdan
ilhomlanilgan.
Savol: 1844-yilda nashr qilingan ushbu asarni yozib bering
Javob:Uch mushketyor
Izoh: “Mikki, Donald, Guffi. Uch mushketyor” animatsion filmida Mikkini zindonga qamashadi va vaqt o‘tib
qasr atrofi suv havzasiga aylanib, zindon suvga to‘ladi.
14-savol:
Etemenanki - Mesopotamiya xudosi Mardukka bag‘ishlab qurilgan zikkurat bo‘lib, taxminlarga ko‘ra, u
ming yildan ortiq vaqt davomida bir necha marta vayron qilingan va qayta qurilgan. Shu sabab, ko‘p
tarixchilar bu zikkurat BETA haqidagi afsonalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan deb hisoblashadi. BETA 1563-
yil yaratilgan asar nomi ham.
Savol: BETA o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Bobil minorasi.

Izoh: Bobil minorasi haqidagi afsonalarda u juda uzoq muddat qurilgani va qurilishi oxiriga yetmay qolgani
aytiladi. Tarixchilar Etemenanki zikkurati bosqinlar natijasida vayron bo‘lib, qurilish jarayoni bir necha
marta va uzoq muddat davom etgani afsonalarga asos bo‘lganini aytishadi.
15-savol:
Uning paydo bo‘lishiga 15 foiz holatlarda yomon ob-havo, 5 foiz holatda maxsus tadbirlar sabab bo‘lar
ekan. Tajribalardan birida bir necha o‘nlab interneti ishlab turgan telefonlarni aravachada olib yurgan inson
sun'it Uni hosil qilgan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob:Tirbandlik.
Izoh: Ko‘plab platformalar tirbandlikni ko‘plab telefonlarning yo‘l bo‘ylab sekin harakatlanishi orqali
anilqashi tajriba davomida aytiladi.
16-savol:
Savolda SHUNDAY IKS ikki so‘z o‘rnida keladi.
Gavayi orolllarining Punaluu plyajidagi noodatiy bo‘lgan SHUNDAY IKSning paydo bo‘lishiga vulqon otilishi
sabab bo‘lgan. Boshqa bir geografik hudud SHUNDAY IKS sabab nomlangan bo‘lishi mumkin.
Savol: O‘sha hudud nomini yozib bering.
Javob:Qoraqum [cho‘li].
Izoh: Punaluu plyaji o‘ziga xos qora qumga ega. Bunga lavaning sohilga oqib kelishi va suvga tekkanda
portlab sachrasi sabab bo‘lgan ekan.
17-savol:
Bu so‘z asli arabcha bo‘lib, kafolat bermoq, javobgarlik, shartnoma kabi ma'nolarni bildiradi. O‘zbek tilida
mustaqil ishlatilmaydi, va nutqda va matnda juft so‘z holida keladi. Tilshunos Orif Tolib Bu so‘zni ixtiyoriga
topshirish, manba ko‘rsatish ma'nolarini bildiuvchi so‘z bilan adashtirib yubormaslik kerakligini yozgan.
Savol: Bu so‘zni yozib bering.
Javob:Qavola.
Izoh: Qarz-qavol so‘zidagi qavola aslida yuqoridagi ma'nolarni bildirib, kafolat asosida olingan qarzni
ifodalaydi.

18-savol:
2016-yil iyun oyida bankdan olingan pul sanash apparatlari bilan birga bir nechta yuk mashinalari Toshkent
viloyatining Chinoz tumani tomon yo‘lga chiqqan.
Savol: Bu voqeaga sababchi bo‘lgan insonni yozib bering.
Javob:Ahmadboy.
Izoh: Ahmadboy O‘zbekistonda eng katta moliyaviy peramida jinoyatini amalga oshirgan inson. Uning
uyidagi pullar ko‘pligi uchun pul sanash apparatlari va yuk mashinalari kerak bo‘lgan. Ahmadboy hozirda
jazosini o‘tamoqda.
19-savol:
“Counter strike 2” bo‘yicha chempionatlardan birida “Furia” jamoasi a'zosi Molodoy nikli o‘yinchini qo‘llabquvvatlash uchun tayyorlangan bannerda o‘yinchi niki Counter strike 2 o‘yinidagi bir qurol nomi bilan
ajoyib kalombur qilingan.
Savol: Bannerda o‘yinchi niki bilan yozilgan xorijiy so‘zni yozib bering.
Javob:Kokteyl.
Izoh: Molotov kokteyli o‘yindagi mashhur uloqtiriluvchi qurollardan biri. Bannerda “molotov kokteyli” emas,
“molodoy kokteyli” deb yozilgan edi.
20-savol:
2002-yildan berib O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan bu kompaniyaga Hindistonlik tadbirkor Tivari
Ashok Kumar tomonidan asos solingan. Ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari, Hindistondan O‘zbekistonga
eng yirik dori-darmon yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Savol: Kompaniya nomini unlilari bir xil ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Shayana Farm.
Izoh: Kompaniya nomidan hind tillariga yaqin so‘zligini bilish mumkin.
21-savol:
U haqidagi multserialning ta’limiy mavzudagilari ham bor bo‘lib, “Har bir kishi uchun sayyora” qismida

Quyosh tizimining tuzilishi muhokama qilinadi. To‘liq metrajli “Uyga qaytish” animatsion filmida U oilasini
topish uchun uzoq sayohatga otlanadi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob:Oy bola (Лунтик).
Izoh: Filmda Oy bola oilasini qidirib parvoz qiladi va ularn topadi.
22-savol:
Avtomatlashtirilgan quyosh panellaridan biri yig‘ilish va o‘z holatini o‘zgartirish xususiyatiga ega.
Savol: Bu qurilma nomida qaysi o‘simlikni ko‘rish mumkin?
Javob:Kungaboqar
Izoh: Bu qurilma quyosh joylashuviga qarab o‘z holatini o‘zgartiradi.
23-savol:
Dastlab, Uning tashqi ko‘rinishi uchun aktyor Errol Flin yuzi prototip qilib olingan. Filmlardan birida Undagi
bir atribut yo‘q bo‘lsa kimga aylanishi haqidagi savolga “daho, milliarder, kelishgan, filantrop” deb javob
beradi.
Savol: U kim
Javob:Toni Stark (Temir odam)
Izoh: Toni Stark boy oilaning me’rosxo‘ri bo‘lgan hamda hozirjavoblik va kibrda unga yetadigani yo‘q.
24-savol:
U ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, nodir qo‘lyozmalar milliy reyestrini yuritish bo‘limi, qo‘lyozmalar fondi,
kutubxona va arxivlar, xalqaro bo‘lim, ziyorat turizmi, manbashunoslik va nashriyot faoliyati bo‘limlaridan
iborat. Uning hali qurilishi tugallanmasdan oldin milliy valyutamizda tasvirlangani qiziq holat.
Savol: Uni uch so‘z bilan yozib bering.
Javob:Islom sivilizatsiya markazi
Izoh: Yaqinda foydalanishga topshirilgan Islom sivilizatsiya markazining tasviri bir necha yil oldin 1000
so‘mlik tangaga bosib chiqarilgan edi.

@zakovat_savollarii