Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 6-tur (24.10.2024)
1-savol:
Afg‘oniston amiri Muhammad Nodirshoh hukmronligidan keyin UNING eshiklari ma’lum bir kunlari xalq
uchun ochilgan. Mamlakatimizda joylashgan boshqa bir UNDA, har yili yirik tadbir uyushtirilib, bu tadbirga
oʻrtacha 1,5 mln [million] kishi tashrif buyurishi aytiladi. Savol: UNI atoqli ot qatnashtirib, bir xil harfdan
boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering
Javob:Bog‘i Bobur
Izoh: Bog‘i Bobur Zahiriddin Muhammad Bobur Afg‘onistonda hukmronlik qilgan davrda qurdirgan
bog‘laridan biri hisoblanib, oddiy odamlar kirishi va sayr qilishlari ta‘qiqlangan. Namangan shahrida barpo
etilgan Bobur bog‘ida har yili gullar festivali uyushtirilib, bu tadbirga oʻrtacha 1,5 mln [million] kishi tashrif
buyurishi aytiladi.
Zachot: Bobur bog‘i
Manba: 1. https://xabar.uz/uz/madaniyat/bobur-va-bogi-bobur-afgonistonliklar-etirofida 2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bobur_bog%CA%BBi
2-savol:
She’riy parchada bir so‘z boshqa bir so‘z bilan almashgan. Agarchi suvratim JONSIZDIR, ammo Qilur
boshdin-oyoq ashkim mani dil. Savol: Ushbu g‘azal muallifi bo‘lgan, Bengaliyada tug‘ilgan inson kimligini
yozib bering.
Javob:Bedil
Izoh: Asl ismi Mirzo Abdulqodir bo‘lgan, Boburiylar davlatida ijod qilgan shoir Bedil, 1644-yil Bengaliyaning
Azimobod shahrida tug‘ilgan. Shoir o‘ziga “dilsiz”, “jonsiz” ma’nosini beruvchi Bedil so‘zini taxallus qilib
oladi. G‘azaldagi parchada, Bedil so‘zini, jonsiz so‘zi bilan almashtirdik.
Manba: 1. https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/erkin-vohidov-sharq-sheriyatidan-tarjimalar.html 2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bedil
3-savol:
Turkiy xalqlarning mushtarak boyligi deb qaraluvchi To‘nyuquq bitigi, Bilga To‘ntuyuq tomonidan
yaratilgan o‘ziga xos asar bo‘lib, u 2 ta tosh ustunga, Ko‘kturk tilida yozilgan. Maqolalardan birida ushbu
bitiklar, BU ISHNI QILGAN deya ta’rif berilgan. 2003-yil ekran yuzini ko‘rgan “Pakana Burunboy” multfimli
bosh qahramoni ham BU ISHNI QILGAN. Savol: BU ISHNI QILGAN so‘zlari bilan almashgan bir xil harf bilan
boshlanuvchi ikki so‘zni toping.
Javob:Toshni tiriltirgan
Izoh: Ushbu bitiktoshlar Turkiy xalqlar orasida juda qadrli va qimmatli manba sifatida qaralgan. 2003-yilgi
“Pakana Burunboy” multfilmida, bosh qahramon Yakob, toshga aylangan Dagalni tiriltiradi.
Manba: 1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/To%CA%BBnyuquq_bitiktoshi 2.
https://xabar.uz/uz/xorij/turkiya-1300-yillik-bitiktoshni-saqlash 3.
https://yoshlikjurnali.uz/tadqiqot/toshni-tiriltirgan-bitiklar/
Ota-oʻgʻil kosiblar Baxtiyor Valiyev hamda Gʻayrat Zohidovlarga bag‘ishlangan Gazeta.uz maqolasida,
kosiblardan biri, poyabzal ustaxonasi, xuddi betartibday ko‘rinsada, aslida ortiqcha narsaning oʻzi
yoʻqligini, masalan ULAR qishda zaxdan, yozda esa ortiqcha issiqlikdan saqlashani aytadi. Savol: Ular
deganda nima nazarda tutilganini yozib bering.
Javob:Gilamlar
Izoh: Kosiblar devorda osilgan gilamlar qishda zaxdan, yozda esa ortiqcha issiqlikdan saqlashini aytadi.
Azaldan bizda ham, uylar devorlarida osilgan gilamlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri ham shu bo‘lgan.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/06/28/kosib/
5-savol:
20-asrning boshlarida Iosif Marshak kompaniyasidagi xodimlarning taxminan yarmi pravoslavlar boʻlib, ular
cherkovga borishgan. Qolgan yarmi esa yahudiylar boʻlib, ular sinagogaga borishgan. Ushbu holatni
inobatga olgan Marshak kompaniyada Uni joriy qilgan. Savol: Uni bir necha soʻzda yozib bering.
Javob:Besh kunlik ish haftasi
Izoh: Pravoslavlar uchun ibodat kuni yakshanba, yahudiylarga esa shanba. Kompaniyada ish toʻxtab
qolmasligini oʻylagan Marshak shanba va yakshanba kuni ishlashni taqiqlagan.
Zachot: Besh kun ish ikki kun dam olish va shu mazmundagi javoblar
Manba: http://gazeta.ua/articles/history-journal/_kijivskij-chinovnik-pracyuvav-4-godini-na-den/366956
6-savol:
Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda yunon olimi Likofron tomonidan o‘ylab topilgan UNGA sharqona misol
sifatida, Abu Ali Ibn Sinoning qo‘lyozmalaridagi Ramazon oyi kelishiga atab yozilgan “Ramazon - ozarman”
jumlasi keltiriladi. Savol: Uni o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda yozib bering
Javob:Anagramma
Izoh: Savol matnidagi Ramazon va ozarman so‘zlari o‘zaro anagramma hisoblanadi. Anagramma bu – bir
so‘zdagi harflarning o‘rin almashinuvidan boshqa so‘z hosil qilish hisoblanadi.
Manba: https://uzhurriyat.uz/2016/04/12/so-zimizning-olmos-qirralari/
7-savol:
Yaqinda imzolagan “SHUNDAY U” nomli loyiha doirasida, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va
ma’naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash belgilandi.
Telekanallarimizdan birida efirga uzatilgan ko‘rsatuv nomi ham “SHUNDAY U”. Savol: SHUNDAY U so‘zlari
o‘rnidagi bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Tirik tarix
Izoh: Loyihaga ko‘ra 2024-2030-yillar mobaynida buyuk ajdodlarimiz, ko‘hna tariximizni yoritib beruvchi
filmlar turkumi ko‘paytirilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston tarixi kanalida efirga uzatilgan va ko‘plab tirik
tarixga aylangan insonlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar aks etgan ko‘rsatuv nomi ham “Tirik tarix”.
Manba: 1. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/17/cinema/ 2.
https://www.youtube.com/watch?v=PjyfBWsLllM
8-savol:
“Samurayning yo‘li” nomli kompyuter o‘yini voqealari o‘rta asrlar Yaponiyasida bo‘lib o‘tadi. O‘yinda
o‘yinchiga, qat’iy qoidalar qo‘yilmay, to‘liq harakat qilish erkinligi beriladi. Masalan, o‘yin davomida
o‘yinchi qishloqdagi, o‘ziga yoqib qolgan istalgan otni bemalol minib ketishi mumkin. Bir maqolada o‘yinga,
“Uning sharqona-tarixiy versiyasi” deya ta’rif berilgan. Savol: Uni abbreviatura qatnashtirib yozib bering.
Javob:GTA o‘yini
Izoh: Ushbu o‘yin sujyeti GTA o‘yinidan ilhomlanib yaratilgan. Lekin, o‘zida qadimgi sharq manzaralarini
mujassamlatirgan. Masalan, o‘yin voqealari Yaponiyadagi qishloqlarda bo‘lib o‘tadi.
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Way_of_the_Samurai
9-savol:
Aktyor Dilshodbek Kattabekov intervyulardan birida, “Kichkina Tabib” filmi uchun o‘tqazilgan kastingdan
muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, rejissyor Zulfiqor Musoqov ilk uchrashuvda kichkina aktyorga UNI
berganini hayrat bilan aytib beradi. Sababi o‘sha vaqtda bolalarning UNI olishi juda qiyinligini qo‘shimcha
qiladi. U 1990-yilgacha “Marafon” nomi ostida sotilgan. Savol: Uni bir xil harfdan boshlanib, bir xil harfda
tugallanuvchi so‘zda yozib bering
Javob:Snikers
Izoh: Dilshodbek Kattabekov, 1998-yillar yosh bola snikersni olishi juda qiyinligini, rejissyor esa unga
snikers berganini hayrat bilan eslaydi. 1990-yilgacha Snikers batonchiklari ayrim hududlarda “Marafon”
nomi ostida sotilgan.
Manba: 1. https://goo.su/wOAP 2. https://goo.su/jZtto 3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Snickers
10-savol:
Antarktidagi “Vostok” stansiyasiga dunyoning turli chekkalaridan maʼlum bir iltimos yozilgan xatlar keladi.
Biz sizdan xat mazmuni qanday ekanligini soʻramaymiz. Savol: Bu xatlarni yuborgan insonlarni yunoncha
soʻz bilan yozib bering.
Javob:Filatelistlar
Izoh: Filatelistlar - pochta markalarini yigʻish bilan shugʻullanadigan odamlar. Ular Vostok stansiyasining
pochta markasi va muhri tushirilgan xatlarni olishga harakat qilishadi va buni xat mazmunida bayon
etishadi.
Zachot: Filokartislar
Manba: 1. В. Санин. Новичок в Антарктиде. 2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Philately
11-savol:
Tarqatma materialda bir so‘z biroz o‘zgartirilgan Tarqatma materialda siz yozuvchilar Grant Folkner va Linn
Mandell tomonidan 2011-yil asos solingan jurnal nomini ko‘rib turibsiz. Savol: Ushbu jurnalda qaysi
janrdagi ijod namunalari chop etilishini yozib bering
Javob:Drabll
Izoh: Drabllar ko‘pi bilan 100 ta so‘zdan iborat badiiy hikoyalar hisoblanadi. Jurnalning asl nomi esa “100
Word Story” edi.
Manba: 1. https://en.wikipedia.org/wiki/100_Word_Story 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Drabbl
12-savol: Блиц
1.
Blits mavzusi: “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” hujjatli serialida mashhur diktatorlarga berilgan
ta’riflar. Serialning “Raqiblarni yo‘q qiling” nomli qismi, 1937-yil Tikrit shahrida tug‘ilgan diktatorga
bag‘ishlangan. Savol: Ushbu diktatorni yozib bering.
Javob:Saddam Husayn
Manba: 1. https://goo.su/JHjk 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Саддам_Хусейн
2.
Serialning “Yangi jamiyat yarating” nomli qismi, 1942-yil Sirte shahrida tug‘ilgan diktatorga bag‘ishlangan.
Savol: Ushbu diktatorni yozib bering.
Javob:Muammar Kaddafi
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Muammar_Gaddafi
3.
Serialning “Haqiqatni nazorat qiling” nomli qismi, 1878-yil Gori shahrida tug‘ilgan diktatorga
bag‘ishlangan. Savol: Ushbu diktatorni yozib bering.
Javob:Iosif Stalin
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Joseph_Stalin
13-savol:
1946-yil Nyu-York gazetalaridan biridagi UNGA bag‘ishlangan maqolada “Buyuk tanaffus” nomli termin
ishlatiladi. Maqolada UNING 1891-yilning mayidan, 1894-yilning apreligacha barcha tomonidan o‘lganga
chiqarilgani haqida gap borgan. Versiyalarga ko‘ra U 1854-yilda tug‘ilgan. Savol: Uning kimligini yozib
bering.
Javob:Sherlok Holms
Izoh: Artur Konan Doyl personaji hisoblangan Sherlok Holms, 1891-yil chop etilgan “Xolmsning so‘nп gi ishi”
asarida halok bo‘ladi. Lekin uch yildan so‘ng ilk hikoyasi 1894-yil chop etilgan “Sherlok Xolmsning qaytishi”
to‘plamida, detektiv tirik qolgani maэ lum bo‘ladi. Versiyalarga ko‘ra Xolms 1854-yil 6-yanvar kuni
tug‘ilgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Великий_пробел 2. https://goo.su/kGNA 3.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Последнее_дело_Холмса 4.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Возвращение_Шерлока_Холмса
14-savol:
Savolda BO‘SHLIQ uchta so‘zni almashtirib keladi “Kalmar o‘yini” seralidagi o‘yinlar qoidalariga unchalik
tushunmagan bir internet foydalanuvchisi “Kalmar o‘yini qoidalari qanday? Ishtirokchilar nima qilishi
kerak?” mazmunidagi post qoldiradi. Boshqa bir foydalanuvchi esa “Hammasi oddiy. Ishtirokchilarga
BO‘SHLIQ ekanligini aytib o‘tadi. 1982-yil nashr qilingan asar nomi ham BO‘SHLIQ. Savol: BO‘SHLIQ
o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javob:Tirik qolish buyurilgan
Izoh: “Kalmar o‘yini”da ishtirokchilar, har bir o‘yindan keyin tirik qolishi kerak. 1982-yilgi Yulian
Semyonovning asari nomi “Tirik qolish buyurilgan”.
Manba: https://youtu.be/4YviRLDMLWE?si=b3nhfkHI9jLYykRC
15-savol: Дуплет
1.
2009-yil amerikalik reper Kenye Uest va “The-Dream” bilan hamkorlikda yaratilgan “Oydagi sayr” singli,
Geri shahrida tug‘ilgan ushbu “qirol”ga bag‘ishlangan edi. Savol: Kim ushbu inson?
Javob:Maykl Jekson
Izoh: Amerikalik reperlar tomonidan yaratilgan “Oydagi sayr” singli, Maykl Jeksondan ilhomlanib yaratilgan
bo‘lib, singl nomi “Oydagi yurish”ga ishora qilib nomlangan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Walkin%27_on_the_Moon
2.
2020-yil amerikalik reper Kenye Uest tomonidan yaratilishi boshlangan, “24” qo‘shig‘i Filadelfiya shahrida
tug‘ilgan ushbu insonga bag‘ishlangan edi. Savol: Kim ushbu inson?
Javob:Kobi Brayant
Izoh: Kenye Uestning “24” qo‘shig‘i 2020-yil yanvarda halok bo‘lgan mashhur basketbolchi Kobi Brayant
sharafiga bag‘ishlangan. Basketbolchi 24 raqamida o‘yinlarda ishtirok etgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/24_(Kanye_West_song)
16-savol:
Said Ahmadning hikoyasida, bosh qahramon, bo‘shagan shisha idishlarni yig‘ib sotish orqali, boyib ketgani
hikoya qilinadi. Hikoya qahramoni har safar U YERGA borganida mingdan ortiq ishlatilgan limonad
shishalarini yig‘ib qaytadi. U YER 1956-yilda foydalanishga topshirilgan. Savol: U YER o‘rnidagi ikki yoki uch
so‘zni yozib bering.
Javob:Paxtakor [markaziy] stadioni
Izoh: Said Ahmadning “Luqmon” hikoyasida, bosh qahramon futbol o‘yinlaridan keyin “Paxtakor” markaziy
stadiondagi muxlislardan qolgan bo‘shagan shisha idishlarini yig‘ib sotish orqali boyib ketgani hikoya
qilinadi.
Manba: 1. https://goo.su/D7uzaIy 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Paxtakor_markaziy_stadioni
Tarqatma materialda siz kompozitor Alban Berg operasidan parchani ko‘rib turibsiz. Ushbu parcha
vikipediyaning UNGA atalgan sahifasida berilgan. Savol: UNI grekcha so‘zda yozib bering.
Javob:Palindrom
Izoh: Palindromlar – so‘z, matn yoki so‘z birikmasi, boshidan ham teskari tomondan ham o‘qilganda bir xil
o‘qiluvchi va eshitiluvchi so‘zlar hisoblanadi.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Palindrome#Classical_music
18-savol:
Kumush Abdusalomova qalamiga mansub she‘rdan parchani tinglang Qutlug‘ bo‘lsin, senga yagona yozuv.
Bir bitik bitarsan ko‘nglingga sig‘sa. Kunlar bo‘lsa toshga o‘yib yozgulik, Turkning onalari UNI tug‘sa! Savol:
U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:To‘nyuquq
Izoh: To‘nyuquq Bilg‘a haqida 1-tur 5 -savolida eslab o‘tgan edik.
Manba: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/yoshlar/kumush-abdusalomova-sherlar.html
19-savol:
Oskar Hammershtayn II (ikkinchi) mashhur amerikalik ssenarist va prodyuser. U 1941-yilda “Ajabo Xonim”
va 1945-yilda “Davlat yarmarkasi” filmlari uchun musiqalar bastalagan. Savol: Hammershtayn haqidagi
maqolalardan birining nomi bir harfdan boshlanuvchi uch so‘zda yozib bering
Javob:Oskar olgan Oskar
Izoh: Hammershtayn 1941 va 1945-yillarda “Eng yaxshi soundtrek” uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga
kiritgan.
Manba: 1. https://t.me/Googol_facts/126 2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Хаммерстайн,_Оскар_II
20-savol:
Savol matnida “Tuyoq” va “Yoqut” so‘zlari o‘rnida bittadan so‘z almashgan Mahbubiy qalamiga mansub
ruboyini tinglang Odam o‘z yurtida xizmat topadi, O‘nadi, o‘sadi, lazzat topadi. Vatanu eliga TUYOQNI
bukkan Bir umr iqbolu YOQUT topadi. Savol: Almashtirilgan ikki so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Tizza va izzat
Izoh: Ruboyida o‘zaro anagramma bo‘lgan tizza va izzat so‘zlarini, boshqa bir anagaramma tuyoq va yoqut
so‘zlari bilan almashtirdik.
Manba: https://uzhurriyat.uz/2016/04/12/so-zimizning-olmos-qirralari/
21-savol:
Nemis geografi va tabiatshunosi Aleksandr Gumboldt Atlantika okeanini kesib oʻtayotganida hech
qiynalmasdan Ulardan bir nechtasini tutib olgan. Gumbolt Ularning noodatiy qobiliyatiga nima sabab
boʻlishini oʻrgangan. Savol: Ular nima ekanligini ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Uchar baliqlar
Izoh: Uchar baliqlar tanasining 2/3 qismi havo pufakchalaridan tashkil topgan.
Manba: В.А.Сафонов. Александр Гумбольдт. http://flibusta.is/b/370803/read
22-savol:
Turk sultonligida 19-asr o‘rtalarida qurilgan “Do‘lmabog‘cha” saroyi bir qancha tasviriy san’at namunalari
bilan bezatilgan. Sultonga UNING kartinalari shu darajada yoqib qolganki, keyinchalik “Bosfor” mavzusidagi
bir nechta kartinalar to‘plamini katta narxda buyurtma qilgan. Savol: U kim ekanligini yozib bering
Javob:Ivan Ayvazovskiy
Izoh: Ivan Ayvazovskiy mashhur rus marinisti yani, dengiz manzaralarini tasvirlagan rassom hisoblanadi.
Bosfor - Qora dengiz bilan Marmar dengizini tutashtirgan boʻgʻoz.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Do%27lmabog%27cha_saroyi
23-savol:
Statistikaga ko‘ra eng ko‘p BU ISH sodir bo‘luvchi holatlar reytingida Hindiston peshqadamlik qilib, bunga
asosiy sabab sifatida kambag‘allik keltirilgan. Tarqatma materialda siz, “Tarona Records” studiyasi bilan
hamkorlik qilgan mashhur musiqiy guruhlarni ko‘rib turibsiz. Qaysidir ma’noda biz ham tarqatmada BU
ISHNI QILDIK. Savol: BU ISHNI uch so‘zda yozib bering.
Javob:Bolalarni tashlab ketish
Izoh: Statistikaga ko‘ra eng ko‘p bolalarni tashlab ketish holati Hindistondan qayd etilib, bunga asosiy
sabab sifatida bolani boqish uchun ota-onalarda moddiy imkoniyatlarning cheklanganligi ko‘rsatilgan.
“Bolalar” guruhi ko‘p qo‘shiqlarini aynan “Tarona Records” studiyasida yozdirgan.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=WZoty_edpcQ 2. https://ru.wikibrief.org/wiki/Bolalar
3.https://daniosvet.ru/d/reyting-stran-po-chislu-detey-broshennyh-roditelyami#reyting-stran-kolichestvo-br
oshennyh-detey
24-savol:
Hazrat Navoiyning “Xazoyinul-maoniy” dostonidagi bir baytni tinglang Baytda ikki so‘z bir so‘zni
almashtirib keladi. Riyoiy shayxdurkim SO‘NGI O‘QDIN tavqi la’natdek Solur o‘z bo‘ynig‘a tasbihni har lahza
ul mal’un Yozuvchi o‘zining asariga nom tanlashda aynan shu baytlardan ilhomlanganini aytadi. Savol:
Xohlang baytda almashtirilgan so‘zni, xohlang yozuvchining asari nomini yozib bering
Javob:Shaytanat
Izoh: Tohir Malik “Shaytanat” so‘zini dastlab hazrat Navoiyning “Xazoyinul-maoniy” dostonidagi yuqoridagi
baytida uchratganini va diqqatini tortganini aytadi. Baytda yozuvchining bir asari nomini boshqasi bilan
almashtirdik.
Manba: https://goo.su/sUf7CR
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi