May 12, 2024

Kattaqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabidagi zakovat musobaqasi savollari

Savol:
MythBusters[Misbasters] teleko‘rsatuvining epizodlaridan birida 35 kilogramm vaznli bola uchun 3500 ta
pufak kerakligi aytiladi. Savol: Teleko‘rsatuvda qaysi Amerika multfimi eslab o‘tiladi.
Javob:Tepaga!

Izoh: Teleko'rsatuvda geliy bilan to'ldirilgan sharlar yordamida ikki kishilik uy va mebellar ko'tarilgan
"Yuqoriga" multfilmi syujetining asosliligini o'rganishdi. Ma'lum bo'lishicha, vazni taxminan 35 kg bo'lgan
bolani ko'tarish uchun 3500 dan ortiq shar kerak bo'ladi. Demak, syujet unchalik ishonarli emas.
Zachot: Up; Вверх.

Savol:
U 2 qismdan iborat bo'lib birinchi qismida buyuk sarkardaning tarjimai holi, yurishlari, 27 mamlakatni
qanday idora qilganligi haqida gap boradi. Ikkinchi qismida esa asosan farzandlariga pand nasihatlar o'rin
olgan. Savol: Uning nomini ayting.
Javob:Temur tuzuklari

Savol:
1987-yil oxirida Parijda "Tabiat va insonning birga yolg'iz qolish qobiliyati" nomi ostida yangi o'quv
muassasasi ochildi. Tashkilotchilarning fikriga ko'ra, bir taniqli personaj bu yerga mamnuniyat bilan kirgan
bo‘lardi. Savol: Qaysi personaj?
Javob; Robinzon Kruzo.

Savol:
Qadimgi misrliklar bu jonzod osmondagi Xudo bilan gaplashib barcha voqealarni bilib turishiga
ishonishgan. Shuning uchun “bashorat qilish” fe’lini ifodalashda shu jonzoddan foydalanishgan. Savol: Gap
qaysi jonzod haqida ketmoqda?
Javob:Jirafa
Izoh: Boʻyi uzun boʻlgan Jirafani misrliklar osmon bilan aloqa qilishiga ishonishgan.

Savol:
Mashhur kosmonavt Aleksey Leonov tomonidan chizilgan “Tomass Staffordning grafik portreti” U yerda
chizilgani bilan boshqa kartinalardan ajralib turadi. Savol: Qayerda?
Javob:Koinotda
Izoh: Savol matnida Leonovning kosmonavt ekanligini aytib oʻtdik.
Zachot: Kosmosda

Savol:
Andrey Kurayevning soʻzlariga koʻra, U haqidagi afsonalar oʻliklarning ruhlarini osmonga koʻtargan
maʼbudadan kelib chiqqan. Koʻplab manbalarda U bir uy jihozi bilan tasvirlanadi. Savol: Uni kim?
Javob:Yalmogʻiz kampir.
Izoh: Yalmogʻiz kampir koʻplab manbalarda supurgi bilan tasvirlanadi.

Savol:
Nyu-York hayvonot bog‘ida bir nechta hayvonlar to‘satdan g‘oyib bo‘ladi. Bu voqeaga esa Afrikaga
ketishni, ya’ni ozodlikka chiqishni orzu qiladigan hayvonot bog‘i zebrasi Marti sababchi bo‘ladi. Savol:
Ushbu voqealar bilan boshlanuvchi animatsion film nomini toping.
Javob:“Madagaskar”

Savol:
Bu sport turining maxsus to‘pini qovunga va tuyaqush tuxumiga o‘xshatishadi. Bu sport bilan
shug‘ullanuvchilar odatda baquvvat va chidamli bo‘lishadi. Savol: Gap qaysi sport turi haqida ketmoqda?
Javob:Regbi.

Savol:
Taxminlarga ko‘ra, yurtimiz janubidagi ushbu tumanning nomi forscha “yelkadagi suv” ma'nosini beruvchi
“kift” va “ob” so‘zlardan hosil bo‘lgan. Savol: Qaysi tuman haqida gap ketmoqda?
Javob:Kitob.
Izoh: Kitob so'zi forscha kift - yelka, ob - suv so'zlaridan kelib chiqqan degan versiya mavjud. Lekin
ko'rinishidan shunchaki kitob so'zini anglatadi deb o'ylash mumkin.

savol:
Bir taom nomi yurtimizdagi daryo va tuman nomlari bilan bir xil hisoblanadi. Savol: Taom nomini toping.
Javob:Norin.
Izoh: Norin taom, daryo va tuman nomi hisoblanadi.

Savol:
Topishmoqni tinglang: Og‘zi do‘ppidek, Ichi qizil, xumdek. Savol: Muhim ahamiyatga ega bu uy xo'jaligi
jihozining nomini toping.
Javob:Tandir.

Savol:
Bu sport turining nomi “qurolsiz o‘zini himoya qilish” degan ma’noni bildiradi. Xabib Nurmagomedov bu
sport turi bo‘yicha bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Savol: Bu qaysi sport turi?
Javob:Sambo.

Savol:
Italiya bayrog‘ini ko‘rganmisiz? Bayroq yashil, oq va qizil ranglardan iborat. Taxminlarga ko‘ra, italiyaliklar
bir poliz ekini ranglaridan ilhomlanib o‘z bayroqlarini yaratishgan ekan. Savol: Qaysi poliz ekini?
Javob:Tarvuz.

Savol:
O‘rta Osiyo xalqlari ko‘pincha Bu jonzotni uy hayvoni sifatida saqlashadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, Bu
jonzot chayonni yeydi. “Kung fu panda” multfilmida “Qoyilmaqom beshlik” dan biri bo‘lgan jonzotni yozib
bering.
Javob:Beshiktebratar.

Savol:
O‘tmishda Samarqanddagi mahalla, guzarlar kasblardan kelib chiqib nom olgan. Masalan, Kamongaron.
Savol: Ushbu mahalla ahli qaysi harbiy qurol yasash bilan shug'ullangan.
Javob:Kamon, kamon yasovchilar.

Savol:
Hindistonda paydo bo‘lgan paytda bu o‘yin “qo‘shinlarning to‘rt turi” deb nomlangan. Savol: Hozirda bu

o‘yinni qanday ataymiz?
Javob:Shaxmat.

Savol
“Yirtqich hayvonlar kabi” nomli ko‘rsatuv boshlovchisi o‘zining mushugi Efiopiya nasliga borib taqalishi haqida gapiradi.
Savol: Bu mushukka qanday nom bergan?
Javob: Pushkin.
Izoh: Aslida Pushkin ajdodlari ham Efiopiyaga borib taqaladi.

Savol:
Yekaterina Andreyeva XIX asrda yashagan va o‘zining pazandalik kitobi bilan nom qoldirgan. E’tiborli tomoni, uning ushbu to‘plami pazandalikka aloqador emas. Shunchaki, bunday atalishiga sabab kitobda U haqidagi voqea ilk bor nashr etilgani edi.
Savol: Bolalikdan bizga tanish bo‘lgan Uni toping.
Javob: Bo‘g‘irsoq.
Izoh: Turli versiyalarga ko ra, Andreyevaning o‘zi ham ertaklar yozib
turgan, yuqoridagi asarida Bo‘g‘irsoqni yozgan va ommalashtirgan ekan.

Savol:
U – dengiz kasalligi profilaktikasi uchun tavsiya qilinadi. Bill Geytsning uyida trenajyor va basseyn joylashgan shifti olti metr bo‘lgan alohida xonada ham U bor ekan.
Savol: Uni italyan tilidan kirib kelgan so‘z bilan yozib bering.
Javob: Batut.
Izoh: Italyanchada “Battuta” – “zarba”.

Savol:
Avstraliyaning Kvinslend shtati qonunlariga ko‘ra, quyonlarni uy hayvoni sifatida ushlash, saqlash ta’qiqlangan. Faqat bir kasb egalari bundan mustasno ekan.
Savol: Qaysi kasb?
Javob: Fokuschi.
Izoh: Fokuschilar shlyapadan quyon chiqarishini bilsangiz kerak.

Savol:
Vikipediyadagi maqolalardan birida 6x3 o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak tasvirlangan. To‘rtburchak tepasida quyidagi raqamlarni uchratish mumkin: 9; 8; 7; 7; 8; 9.

Savol: Ushbu maqola nima haqida edi?
Javob: Futbol darvozasi.
Izoh: bu raqamlar biz “девятка” yoki “шестерка” deb ataydigan nuqtalarni ifodalaydi.

Savol:
Bir Kaliforniya festivalidagi konkurs nomini quyidagicha tarjima qilish mumkin: “Men U uchun qichqiraman”.
Savol: Uni toping.
Javob: Muzqaymoq
Izoh: Konkurs nomi “I scream for ice cream” bo‘lgan. Ushbu bolalar konkursida kim qattiq qichqira olsa unga muzqaymoq berilgan

Savol
Liviya lideri Muammar Kaddafi tarix voqealariga o‘ziga xos baho beradi. Masalan, Uning fikricha “Gamlet”ning muallifi Shekspir emas Shayx Zubayra ismli inson ekan.
Savol: Kaddafi fikricha, Ka ismli arab amirining tarixda qolishiga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Amerikani ochganligi.
Izoh: Kaddafi fikricha, Amerika Amir Ka tomonidan ochilgan.