Oʻquvchilar ligasi savollari (05.12.2024)
13. Ilk bor Uni koʻrgan Xitoylik sayohatchilar, Uni ajdaho ogʻzidagi rang-barang olov deya izohlashgan. Alyaskadan Skandinaviya yarimoroligacha bo‘lgan hududda yashaydigan odamlar Uni bemalol kuzatishlari mumkin.
Savol: U nima?
Javob: Shimol yogʻdusi.
Qabul: Qutb yogʻdusi.
Izoh: Qutb yog‘dusi aniq ko‘rinadigan hudud 67-70 darajadagi shimoliy kenglik hisoblanadi. Ya'ni bu Alyaska hududidan Skandinaviya yarimoroligacha bo‘lgan joydir. Finlyandiya shimol yog‘dusi eng faol kuzatiladigan hudud hisoblanadi – bu yerda har to‘rt kechaning uchtasida qutb yog‘dusini tomosha qilish mumkin.
Manba:
1.http://loveread.me/read_book.php?id=75616&p=5
2.https://kun.uz/19032107?q=%2Fuz%2F19032107
14. Dieta haqidagi podkastda ozish uchun Uning eshigini kamroq ochish kerakligi takidlanadi.
Savol: U nima?
Javob: Muzlatgich.
Qabul: Boshqa tillardagi variant.
Izoh: Muzlatgichdagi mahsulotlarni ko‘rish och bo‘lmasada yeyish ishtiyoqini paydo qiladi. Ozish uchun muzlatgich eshigini kamroq ocish kerak.
Manba: https://youtu.be/Wi-2uyIfsA4?si=FnrKO0gMGY9kFK62 3:40
15. Xitoyning Shansi provinsiyasida oʻrnatilgan quyosh elektro-panellari minglab uylarni toza va arzon elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Qizigʻi bu provinsiya, Xitoyning IKSga eng boy hududi hisoblanadi. IKS haqida gap ketganda, inglizlar Nyukasl shahrini eslab oʻtishadi.
Savol: IKSni bir soʻzda yozib bering?
Javob: Koʻmir.
Izoh: Xitoyning bu hududi koʻmirga boy boʻlsada hudud rasmiylari quyosh panellaridan foydalanishga oʻtishgan.
Manba:
1.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%B0%D0%BD%D1%8C%D1%81%D0%B8
2.https://vc.ru/future/635483-v-kitae-vzletaet-solnechnaya-energiya-neveroyatnyy-80-kilometrovyy-zelenyy-gigant-na-gore-shansi
16. Korinna Bey asari qahramoni boʻlgan qiz oʻrmon ichidagi kulbada tunab qolmoqchi boʻladi. Uzoq vaqtdan beri kulbada hech kim yashamaganini bilgan qiz avvalo Uni yasamoqchi boʻladi. Boshqa bir qahramonga tegishli Uning nomi Nimbus edi.
Savol: U nima ekanligini yozib bering.
Javob: Supurgi.
Izoh: Uyda uzoq vaqtdan beri hech kim yashamagan. Uy ichi juda iflos boʻlgani uchun qahramon supurgi yasab uyni tozalamoqchi boʻladi. Garri Potterga tegishli supurgining nomi Nimbus 2000 edi.
Manba:
1.К. Бий. Альпийские сказки. — М.: Самокат, 2006. — С. 16.
2.https://harrypotter.fandom.com/ru/wiki/%D0%9D%D0%B8%D0%BC%D0%B1%D1%83%D1%81-2000
17. Alan Grinspenning asarida yuzlab faxriy yorliq, sertifikatlar yaroqsiz deya topiladi. Shundan soʻng qahramon uyidagi maʼlum xona dizaynini oʻzgartiradi. Bu paytda qahramon sertifikat va yorliqlardan U sifatida foydalanadi.
Savol: Uni qoʻshma soʻzda yozib bering.
Javob: Gulqogʻoz.
Izoh: Qahramon sertifikat va yorliqlarni devorga yopishtiradi. Ular oʻziga xos gulqogʻoz vazifasini bajaradi.
Manba:http://flibusta.site/b/567383/read
18. Tardigrad - bu anabiozdan qayta tiklana oladigan chidamli jonzot. Kaspar Xenderson paradoksal ravishda tardigradni suv IKSi deb ataydi. Biz yuqoridagi matnda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirdik.
Savol: O‘sha so‘zni to‘liq holida yozib bering.
Javob: Feniks.
Izoh: tardigrad kuldan ko‘tarilgan feniks kabi uzoq vaqt to‘xtatilgan anabiozdan keyin jonlana oladi. Odatda fenikslar olovdir, ammo Xenderson tardigradni suv feniksi deb atagan.
Manba:https://clck.ru/33WvPz
19. Futbolchi Bernardo Silva maydonda toʻpni oyogʻiga xuddi yopishtirib olgandek olib yuradi. Bu harakatlari sabab Silva U degan laqab olgan. Futbol murabbiyi Valter Zenganing aytishicha U oʻyin paytida stressni yengish uchun yaxshi vosita.
Savol: U nima?
Javob: Saqich.
Izoh: Silvaning laqabi saqich. Futbolchi bu laqabni toʻpni oyogʻiga yopishtirib olgandek olib yurgani sabab olgan. Koʻpgina futbolchi va murabbiylar oʻyin paytida saqich chaynashadi.
Manba:
1.http://football.ua/england/338395-bernardu-silva-v-monako-menja-prozvali-zhvachkojj.html
2.http://www.sovsport.ru/gazeta/article-item/391118
20. Alkibiadesning boshqa odamlarning urf-odatlari va buyruqlariga moslashish qobiliyati haqida gapira turib, Plutarx Alkibiadesni Unga o‘xshatadi. Ilk bor 1884-yilda nashr qiligan asar nomi ham U.
Savol: Uni yozib bering
Javob: Buqalamun.
Qabul: Xameleon.
Izoh: Plutarx Alkibiadesning bu qobiliyatini xameleyonning atrof-muhit rangiga mos keladigan rangni o‘zgartirish qobiliyati bilan taqqoslaydi
Manba:
1.http://lib.ru/POEEAST/PLUTARH/plutarkh1_1.txt_Piece40.02
2.https://goo.su/CzT5a
21. Bir safar bu yozuvchi yo‘qolib qolganida uni qidirishga kirishgan ko‘ngillilar orasida Artur Konan-Doyl ham bor edi. Yozuvchiga o‘zining eng mashxur asarlaridan birini yozish g‘oyasi Istanbulga poyezdda ketayotgan paytda kelgan ekan.
Savol: Ushbu yozuvchining ism-familiyasini yozib bering.
Javob: Agata Kristi.
Izoh: Detektiv qirolichasini izlab topishga boshqa bir mashur detektiv yozuvchisi hissa qo‘shgani mantiqiy albatta. Agata Kristi o‘zining ''Sharqiy ekspressdagi qotillik'' asarini yozish g‘oyasi sharqqa poyezdda ketayotganida kelgan ekan.
Manba: https://daryo.uz/tu8WlSoL
22. Polonez bu tantanavor bal raqsi hisoblanadi. Shopen ijodida esa bu kengaytirilgan bir qismli shakldagi konsert asariga aylangan.
Savol: Polonez raqsi qaysi Yevropa davlatida vujudga kelgan?
Javob: Polsha.
Izoh: Polonez fransuzchadan polyakcha degan ma’noni bildiradi
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Polonez?wprov=sfla1
23. She‘rni tinglang
Yangi tug‘ilgan yerni
Ko‘klam mehribon ona.
Bodom gullari bilan
Yo‘rgaklar g‘oyibona.
Yuqorida siz argentinalik Fransisko Bernardesning U nomli she’rini tingladingiz. Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun Undan foydalanish kerakligini yozadi.
Savol: Uni unli harflari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob: Alla.
Izoh: Alla orqali bolada ohanglarga bo‘lgan iste'dod ham shakllanar ekan. Shuning dek alla bola tinch uxlashiga ham yordamcbi bo‘ladi.
Manba: https://qrcd.org/7Xu4
24. 19-asrda Buyuk Britaniya mavjud boʻlgan naqlga koʻra “Kuniga bitta Uni yesangiz shifokorga ishingiz tushmaydi”. Sovet biologi Lev Simirenko Uning bir naviga oʻz nomini bergan.
Savol: U nima ?
Javob: Olma.
Izoh: Olma salomatlik uchun juda foydali meva. Lev Simirenko Simirenko olma navini yaratgan va unga oʻz nomini bergan.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Яблоко
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Симиренко,_Лев_Платонович
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉 Asosiy kanal @aktamov_blogi