April 2, 2024

Zakovat savollari(Oʻquvchilar ligasi)

1-tur

1. Uni grek harfi bilan birinchi bo‘lib ingliz matematigi Jonson belgilashni boshlagan. Leonard Eylerning mehnatlaridan soʻng esa bunday belgilash mashhur boʻlib ketgan. Bu savolni bugun berganimiz ramziy ma’noga ega.
Savol: Uni istasangiz o‘zimizni harflarni ishlatib, istasangiz yunoncha ishlatib yozib bering
Javob: Pi, π.
Izoh: “Pi Kuni“ har yili 14-martda nishonlanadi, chunki bu kun Amerika formatida 3.14 shaklida yoziladi, bu esa Pi sonining taqribiy qiymatidir. Bugun 14-mart “Pi kuni” bu savolimiz esa bu kun uchun o‘ziga xos sovg‘a.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Pi

2. Ushbu o‘yin qo‘shiq aytib o‘ynaladigan harakatli o‘zbek xalq o‘yinlaridan biri. O‘yin tartibi quyidagicha: uch va undan ko‘p sonli bolalar mustaqil va bir vaqtda birgalikda o‘zbek folklor qo‘shig‘ini ijro etib doira bo‘lib qarsak chalib aylanishadi. Ushbu o‘yinda bolalarning mohirligi va tanasining egiluvchanligi muhim hisoblanadi.
Savol: Siz ushbu o‘yin nomini emas, o‘yinda asosiy atributini qo‘sh undoshli so‘zda yozib bering.
Javob: Do‘ppi.
Izoh: “Kim oladiyo” o‘yinida davra o‘rtasida yerga do‘ppi qo‘yib qo‘yiladi va o‘yinchilar davra aylanib quyidagi qo‘shiqni baravariga ijro etishadi: “Kim oladi-yo shuginanani-yo! Kim oladi-yo, shuginani-yo!
Manba: http://www.poetiklugat.uz/uz/Dictionary/ViewWord/871dc9a1-27f4-4d16-959d-5eb5f46d1c90

3. 1804-yili ingliz muhandisi Richard Trevitik tarixda birinchi bor to‘laqonli Uni yasagan. Uning asosiy qismi katta, silindrik shakldagi, yuqori bosimli bug‘ qozondan iborat bo‘lib, 8 km/soat tezlikda harakat qilgan.
Savol: Uni nima ekanligini yozib bering.
Javob: Parovoz.
Manba: 10-sinf Jahon tarixi 4-bet 2022y

4. Domnatio memoriae lotinchadan “xotira la’nati” ma’nosini anglatadi. Antik davrlarda ayrim insonlarni nomini tarixdan o‘chirish maqsadida ularga bog‘liq barcha manbalarni yo‘q qilishgan va shu orqali o‘sha insonni tarixdan nomini o‘chirishni ko‘zlashgan.
Savol: Ushbu iboraga bag‘ishlangan maqolada qaysi Efeslikka havolani ko‘rishimiz mumkin?
Javob: Gerostrat.
Izoh: Gerostrat Artemida ibodatxonasini yoqib yuborish orqali tarixda qolishni istagan. Shu sabab o‘sha davrda uni nomini tilga olish taqiqlangan. Biroq bu amalga oshmadi va natijada Gerostrat nomi tarixga muhrlandi .
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Damnatio_memoriae
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Герострат

5. “Shon laqabli qo‘zichoq” multfilmining qismlaridan birida ferma xo‘jayini kema olib keladi va kemani tozalashni kuchukka buyuradi. Kuchuk va qo‘ylar kemani tozalash davomida choʻktirib yuborishadi.
Savol: Ushbu seriyada ferma xo‘jayini televizorda qaysi filmni ko‘rayotgan edi?
Javob: Titanik.
Manba: https://youtu.be/4rmONQjZVC4?si=FqYFBBDbkWgmhOuA

6. Juzeppe Verdining operalaridan biri “Aida” Misr hukumati tomonidan ushbu gidronim ochilishini nishonlash uchun buyurtma qilingan va XIX asr uchinchi choragida sahnalashtirilgan.
Savol: Ushbu gidronim nomini yozib bering.
Javob: Suvaysh kanali.
Manba: https://goo.su/LQg39

7. Maqsud Shayxzoda ssenariysi asosida rejissor Latif Fayziyev tomonidan yaratilgan film keng xalq ommasiga ulugʻ oʻzbek olimi va uning fojiali taqdiri bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Savol: Ushbu film kim haqida ekanligini yozib bering.
Javob: Mirzo Ulug‘bek.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Shayxzoda?wprov=sfla1

8. Bir ertakda U Norin va Qoradaryo kabi daryolarning birlashishidan hosil bo‘lishi va bu ma’lumotni hammadan yashirib yurishi haqida so‘z boradi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Sirdaryo.
Izoh: Sirdaryo Norin va Qoradaryo kabi daryolarning birlashishidan hosil bo‘ladi. Yashirib yurishi so‘zlari balki sizga javob topishda yordam bergandir.
Manba:
1. https://ertak.uz/tale/taleuz/854
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sirdaryo_(viloyat)#:~:text=Sirdaryo%20viloyati%C2%A0%E2%80%94%20O%CA%BBzbekiston%20Respublikasi%20tarkibidagi%20viloyat.%201963%2Dyil%2016%2Dfevralda%20tashkil%20etilgan

9. Anvar Obidjon tomonidan unga atab yozilgan sheʼridan parchani tinglang

Arvoxingiz baxtli otadek
Yurtga boqsin
Bugun shod bo‘lib.
Yurtda minglab Anvar, Otabek
Ulg‘aymoqda temirzot bo‘lib.

Savol: U kim?
Javob: Abdulla Qodiriy.
Qabul: Qodiriy.
Izoh: Yuqoridagi to‘rtlik Anvar Obidjonning "Qodiriyni eslab" sheʼridan parcha edi. Qodiriyning eng mashhur ikki asari ya’ni “ Mehrobdan chayon” hamda “ O‘tkan kunlar” asarlari bosh qahramonlari Anvar va Otabek ekanligini bilasiz.
Manba:
1. http://ferlibrary.uz/f/anvar_obidjon_yigit_edim_oshanda.pdf
2. https://uza.uz/oz/posts/abdulla-qodiriyni-eslab_269774

10. Futurama mult-serialining epizodlaridan birida Vergon 6 sayyorasi havf ostida qoladi. Shu sababli Planet Express kosmik kemasi kapitani ushbu sayyorada yashovchi hayvonlarni qutqarish kerakligini ta’kidlab Uni esga oladi. Ba’zi manbalarda U Ararat tog‘i yaqinida to‘xtagani aytiladi.
Savol: Uni atoqli ot qatnashtirgan holda ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Nuh kemasi
Izoh: Nuh kemasi insoniyat va hayvonlar olamini butun olam to‘fonidan qutqarish maqsadida Nuh payg’ambar tomonidan barpo etilgan kemadir.
Manba:
1. Futurama 1-sezon, 4-epizod
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nuh_kemasi

11. Nuh a.s haqidagi multfilmda kemadagi odamlar noxush xususiyati sabab bir jonzotni kemaga chiqarmaslikka harakat qilishadi. Ammo yakunda u baribir kemaga chiqib oladi. Ikkkinchi Jahon urushi paytida AQSh armiyasining kimyoviy mudofaa qo‘shinlari emblemasida aynan shu jonzot tasvirlanganini ko‘rish mumkin.
Savol: Gap qaysi jonzot haqida ketmoqda?
Javob: Skuns.
Qabul: Bo‘rsiq, Sassiqo‘zan.
Izoh: Skunsning noxush hidi sabab kemaga chiqarmaslikka harakat qilishgan. Kimyoviy mudofaada ko‘pincha zaharli gazdan foydalaniladi. Shu sabab emblemaga Skuns tasviri chizilgan.
Manba:
1. https://youtu.be/VeeNfVI0_TU?si=p6T5lVnkjrmIrPfq
2. https://story.d3.ru/multiashki-na-voine-697534/

12. Blits.

1. Matematikada, mexanikada, fizikada oʻlchovi yoʻq punkt U deb ataladi. Uni yozib bering.

2. Topishmoqni toping:
Tim qora kichkina xol,
To‘xtatar yo‘lda darhol.

3. Aytish mumkinki, Samuel Morzeni mashhur qilgan tire va U edi. Uni yozib bering.

Javob: 1. Nuqta. 2. Nuqta. 3. Nuqta
Izoh: Aniq fanlarda nuqtaning hech qanday o‘chovi yo‘q. Samuel Morze ixtiro qilgan Morze alifbosida harflar tire va nuqta orqali ifodalanishini bilsangiz kerak. Biz blits savollari bilan bugun o‘yinga 3 nuqta qo‘ydik va tez orada 2-tur bilan davom etamiz.
Manba:
1. https://uz.wiktionary.org/wiki/nuqta
2. https://tarix.sinaps.uz/hodisa/morze-alifbosi/

2-tur

13. Savol matnida “Temirchilar” so‘zi boshqa bir so‘z bilan almashtirilgan.
Respublikamizda joylashgan ushbu joy nomi 1939-yilda Qurama nomidan hozirgi “Temirchilar” nomiga o‘zgaradi. Toshkent viloyatidagi daryo va suv ombori nomi ham “Temirchilar”.
Savol: Ushbu toponim nomini yozib bering.
Javob: Ohangaron.
Izoh: Toshkent viloyatida joylashgan Ohangaron tumani 1939-yilgacha Qurama nomi bilan yuritilgan. Ohangaron tojikchadan "temirchilar" ma'nosini beradi. Toshkent viloyatidagi daryo va suv ombori nomi ham Ohangaron
Manba:
1. Ohangaron tumani
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ohangaron_tumani?wprov=sfla1
2. https://goo.su/igSH

14. Barselona va Selta jamoalari o‘rtasidagi futbol bahsida Selta futbolchisi bo‘lgan Yago Aspas Barselona darvozasi atrofida xavfli vaziyatlarni yaratayotganini sharhlar ekan Xayrulla Hamidov, “menimcha Yago Barselona nomini U deb eshitsa kerak” deb aytib o‘tadi. O‘zbekiston Xalq artisti Abror Hidoyatov Uning rolini maromiga yetkazib ijro etgani ko‘pchilikni yuragidan joy olgan.
Savol: U o‘rnidagi ismni yozib bering.
Javob: Otello.
Izoh: Shekspir asaridan bilamizki Yago va Otello yaxshi munosabatda bo‘lishmagan. Barselonani hujumlarga ko‘mayotgan Yago Aspasga nisbatan shu ta’rif keltirilgan. Abror Hidoyatov esa buyuk o‘zbek aktuyori va ilk bor o‘zbek teatrida Otello obrazini gavdalantirgan.
Manba:
1. 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Barselona va Selta o‘yini.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abror_Hidoyatov

15. Bokschi Jeyms Burke xushidan ketganida yordamchi uni o‘ziga keltirish uchun “BU ISH”ni qilgan edi. Keyinchalik ushbu sababga ko‘ra Burke raqiblarini haqoratli gaplariga umuman javob bermasligini aytgan. 1997-yil Burkening hamkasbi BU ISHni qilgani 20-asrning eng yorqin voqealari qatoridan joy olgan.
Savol: BU ISH o‘rnidagi so‘zlarni tana a’zosi qatnashtirgan holda yozib bering.
Javob: Quloqni tishlash.
Izoh: 1997-yilda Mayk Tayson Evander Holifildni qulog'ini tishlab olganidan xabardorsiz. Jeyms Burke hushidan ketganida yordamchi uni qulog'ini tishlab o‘ziga keltirgan edi. Keyinchalik eshitishda yuzaga kelgan muammolar sabab raqiblarini haqoratlarini yaxshi eshitmagan.
Manba: http://www.ibhof.com/pages/about/inductees/pioneer/burke.html

16. Yevropaning aksariyat davlatlari pasporti muqovasida davlat nomi, davlat gerbi, pasport so‘zi, biometrik pasport belgisini va 1997-yilgacha “Yevropa jamoasi” yozuvlarini ko‘rish mumkin edi.
Savol: 1997-yildan so‘ng pasport muqovasi ustida Yevropa jamoasi jumlasi o‘rnida qaysi ikki so‘zni ko‘rish mumkin.
Javob: Yevropa Ittifoqi.
Izoh: aynan shu yildan boshlan Yevropa ittifoqi atamasi muomalaga kiritilgan va pasportlarda ham qo‘llanila boshlangan.
Manba: Yevropa Ittifoqi pasportlari
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yevropa_Ittifoqi_pasportlari?wprov=sfla1

17. Rasul Hamzatovdan to‘rtlik:

Juda g‘alatida nasiba taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga go‘sht ko‘p-u, IKS yo‘q hozir,
Atala ichgandim IKS bor chog‘i.

Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni yozib bering
Javob: Tish.
Izoh: Shoir bu satrlari bilan o‘zining kuch-quvvatga to‘la yoshlik paytlari qiyinchilikda o‘tgani, hammasi yaxshi bo‘lib barcha narsaga imkoniyati yetar paytga kelganda esa sog‘likdan asta sekin ayrilishi haqida bayon etgan.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rasul_Hamzatov

18. Qadimgi yunonlarda paydo bo‘lgan jangchilar safi – falanga haqida darsliklardan tanish bo‘lsangiz kerak. Falanga bir qo‘lida nayza, ikkinchi qo‘lida qalqon ushlab turgan jangchilardan iborat bo‘lib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim bo‘lgan. Buning uchun esa bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat o‘gil bolalarga, balki qizlarga ham tanish.
Savol: Bir turdagi darsda o‘qituvchi doimiy talab qilgan qanday shart?
Javob: Bolalar bo‘yiga qarab saflanish.
Izoh: Falangadagi jangchi yonidagi sherigini himoya qilishi qulay bo‘lishi uchun imkon qadar bo‘yi-bo‘yiga mos insonlar yonma-yon saflangan. Eng oxirgi yoni himoyalanmagan qatorda esa bo‘yi eng uzun va odatda eng kechli jangchilar turgan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/ Фаланга_(строй)

19. Yanchar quyon haqidagi multfilmda personaj "yanchar quyon"ga ta’rif berar ekan ikki jonzotni eslab o‘tadi. Biror masala yoki muammoni bo‘rttirib ko‘rsatishni ifodalovchi ibora tarkibida ham bu ikki jonzotni uchratish mumkin.
Savol: O‘sha iborani uch so‘zda yozib bering.
Javob: Pashshadan fil yasash.
Izoh: Multfilmda personaj Yanchar quyonni oldida fil huddi pashshadek kelishini aytib o‘tgan. "Pashshadan fil yasash" iborasi bo‘rttirib ko‘rsatish ma'nosida ishlatiladi.
Manba:
1. https://youtu.be/u5jxiFFqxfQ?si=9Kd41Huit8d-uZEL
2. https://uz.m.wiktionary.org/wiki/pashsha

20. Topishmoqni tinglang:

Oqsoq jo‘ja yer qazir.

Topishmoqning javobi U. YouTubega joylashtirilgan Rayxon ijrochisidagi U nomli klip 37 million martdan oshiq ko‘rilgan.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Tomchi.
Manba:
1. O‘zbek xalq topishmoqlari kitobi 3-bet.
2. https://youtu.be/opE5I5iRmVU?si=XmoCZ8ri6rjN4ArL

21. Bir hujjatli filmda IKS dunyoning ikki qismini bir-biriga iplari bilan bog‘lagani aytiladi. IKS 7 xazinaning biri hisoblanadi.
Savol: IKS o‘rnidagi jonzotni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Ipak qurti.
Izoh: Ipak qurti beradigan ipak "Buyuk Ipak yo‘li"ning paydo bo‘lishida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ipak qurti 7 xazinaning to‘rtinchisi.
Manba: https://m.kun.uz/news/2019/03/13/yetti-xazina-haqida-bilasizmi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2019%2F03%2F13%2Fyetti-xazina-haqida-bilasizmi

22. Ushbu inson intervyularining birida shaxsiy SAMOLYOT sotib olishni istamasligini, aksincha mablag‘ini o‘z kompaniyasining rivojlanishiga sarflashini ta'kidlagan. Balki unga qog‘ozdan yasalgan samolyotlar kifoya qilar.
Savol: 1984-yilda tavallud topgan ushbu inson kimligini yozib bering.
Javob: Pavel Durov.
Izoh: Pavel Durov Telegram asoschisi hisoblanadi. Telegram messenjeri timsoli qo‘gozdan yasalgan samolyot ekanligini bilasiz.
Manba: https://lenta.ru/news/2023/07/18/durov_tg/

23. U arabcha so‘z bo‘lib, yalinish, yolvorish ma’nolarini anglatadi. U Allohdan NAJOT, madad so‘rab qilinadigan tungi va yashirin ibodat ma‘nolarida qo‘llanilgan. Aytish mumkinki, U Uni maromiga yetkazib ijro etadi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Munojot.
Izoh: Munojat kuyi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bundan tashqari savol matnidagi najot so‘zlarining alohida urg‘u bilan o‘qilishi sizga yordam bo‘ldi deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva maqom san’ati, ayniqsa Munojatni eng yaxshi ijrochilaridan biri hisoblanadi
Manba: https://youtu.be/glaLRQkS0zQ?si=NEjAOy9U35MafKjQ

24. Aytish mumkinki, o‘zbek xalq milliy o‘yinlaridan “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Kim oladi shuginani” o‘yinlari Bu ishni qilish bilan boshlanadi. Askiyachiliikda “Gulmisiz, rayhonmisiz” payrovida asosiy maqsadga erishish oldidan raqibga nisbatan Bu ish amalga oshiriladi. Biz bugun sizga nisbatan bir necha marta Bu ishni qildik.
Savol: Bu ishni qilish so‘zlari bilan almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering
Javob: Savol berish.
Izoh: “Oq terakmi, ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak” yoki “Kim oladiyo shuginaniyo” savollari bilan yuqorida sanab o‘tilgan o‘yinlar boshlanadi. Payrovlarda asosiy maqsadga erishish uchun raqibga savol berib ya’ni “Gulmisiz, rayhonmisiz, sunbulmisiz” savoli bilan so‘z o‘yini boshlanadi.
Manba: https://youtu.be/yjcmyQm11iw?si=LPhDOFAca5SdpJJg