October 6

Zakovat savollari ( kichik sinflar uchun)

I tur

1. Abu Ali ibn Sino shunday degan: “Vahimaning o‘zi yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog‘likdir. U esa shifoning boshlanishidir”.
Savol: U nima?
Javob: Sabr. Qabul: Toqat.

2. Leonardo da Vinchi Uning g‘oyasini ilmiy asoslab bergan. Uning hozirgi kundagi ko‘rinishi Rossiyada yaratilgan. XVIII asrda esa Mongolfye ismli fransuz U bilan minoradan sakragan.
Savol: U nima?
Javob: Parashyut.

3. Xitoydagi Universiada uchun bir necha oyda tez fursatda barpo etilgan Boan stadionining ustunlari bir o‘simlikni ifodalaydi.
Savol: Qaysi o‘simlik?
Javob: Bambuk.
Izoh: Bambuk juda tez fursatda o‘sadi.

4. Mark Pernes qo‘shig‘ida U qo‘shni uyda yashovchi do‘stlardan, onamiz aytgan ilk qo‘shiqdan, alifbodagi ilk suratdan boshlanishi aytilgan. Lekin qo‘shiqda ostona tilga olinmagan.
Savol: U nima?
Javob: Vatan.
Izoh: Bizda “Vatan ostonadan boshlanadi” deyiladi. Chet el ijodkorining qo‘shig‘ida esa boshqa turlicha fikrlar aytilgan.

5. Qadimgi Rimda qoʻy boqish bilan shugʻullanuvchi aholi vakillari tipratikanlarni ov qilshgan. Tutilgan tipratikanlardan esa bir buyum sifatida foydalanishgan.
Savol: Qanday buyum?
Javob: Taroq.
Izoh: Tipratikan tikanlaridan qoʻylarning junini tarashda foydalanishgan.

6. Jaloliddin Rumiy o‘zining hikmatlaridan birida insonlar bir birlariga zarar bermay, xalaqit qilmay yashashlari mumkinligini aytadi va Ularning bir birini turtmasdan harakat qilishayotganini misol qilib ko‘rsatadi.
Savol: Rumiy hazratlari nimani nazarda tutgan?
Javob: Qor parchalari.

7. Bir koreys filmida iqtibos aytiladi: “Dunyoda qancha U bo‘lsa, shuncha shirin taom ham mavjud”. Bizda esa U yurtni ta’riflashda ham ishlatiladi.
Savol: U kim?
Javob: Ona.
Izoh: Har bir inson uchun eng yaxshi pazanda onasidir deyiladi. Bizda Ona vatan yoki Ona yurt deb ta’rif beriladi.

8. Multfilmlar yaratuvchisi Uolt Disneyning aytishicha, dunyodagi har bir insonning qalbida qaysidir ma’noda U yashar ekan.
Savol: U nima?
Javob: Bolalik.

9. Vasiliy Smislov fikri: “Men Uni san'at deb bilaman, lekin bu kurash natijasida dunyoga keluvchi o‘zgacha san’atdir. Undagi eng muhim narsa - ijodiy quvonch, kurashdan zavqlanish. U insonga ajoyib hayot sabog‘ini beradi”
Savol: U deganda qaysi sport turi nazarda tutilmoqda?
Javob: Shaxmat.

10. Bir yozuvchining fikricha, U bugunning ashaddiy dushmanidir. U bizni bor-budimizdan ayiradi, faolsizlikda ushlab, oxir-oqibat notavon qiladi.
Savol: U nimaligini toping.
Javob: Ertaga. Qabul: Ertangi kun.

II tur

11. Gruzinlarning aytishicha, U teshikdan kirib kelsa ham, eshikdan chiqa olmaydi. U ovoz chiqarmaydi ammo odamga xalaqit beradi va uxlatmaydi. Turli iboralarda U farz so‘zi bilan qofiyalanib keladi.
Savol: U nima?
Javob: Qarz.

12. Ular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta bo‘lgan. Bizda ular 7 ta va oxirgisini ko‘pchilik yoqtiradi.
Savol: Ular nimalar?
Javob: Hafta kunlari.

13. Nika ismli adibaning romanida yomg‘irlar mavsumi tugagach qahramonga anchadan beri ko‘rinmayotgan bu narsa uning oyoqlari ostidan ketolmay qolgani yozilgan.
Savol: U nima?
Javob: Soya.
Izoh: Yomg‘ir payti quyosh bulutlar ortiga o‘tgani sabab soya yo‘qligi, yomg‘ir tugagach quyosh chiqib soya ko‘ringani aytilgan.

14. Qadimgi Rimda yigit qiz bilan uchrashuvga chiqqanda yigit qizga gulchambar bilan kumush xanjar ham bergan.
Savol: Qiz kumush xanjardan nima sifatida foydalangan?
Javob: Ko‘zgu. Qabul: Oyna.
Izoh: Gulchambarni taqib, xanjarga qarab qanday yarashganini ko‘rgan.

15. Arman topishmog‘i: “O‘rtada bodom, atrofida esa tikanlar”.
Savol: Topishmoqning javobi nimalar?
Javob: Ko‘z va kipriklar.

16. Tabiblar uni qanday iste'mol qilish kerakligini yozishgan: “Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik xis etasan”.
Savol: Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy.

17. Bir bolalar bogʻchasidagi arqon tortish bellashuvi U deb atalar ekan. Jamoa qatnashchilar soni 6 tadan boʻlishi kerak, xuddi bir rus ertagidek.
Savol: Bellashuv qanday nomlangan?
Javob: Sholgʻom tortish.

18. Oʻzbek bolalar yozuvchisi tomonidan yozilgan BU ASAR italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodari tahsiniga sazovor boʻlgan. Dunyoning 24 tiliga tarjima qilingan.
Savol: Qaysi asar?
Javob: Sariq devni minib.

19. Yevropaga bir kichik shaharchaga kiraverishida tablichkada quyidagi gaplar yozilgan: “Tezlikni pasaytiring, bizda U yo‘q”.
Savol: U deganda qanday muassasa nazarda tutilgan?
Javob: Shifoxona.

20. Professional boksda sportchining jismoniy holati odatda to‘rtta asosiy parametrga ko‘ra baholanadi: yoshi, vazni, bo‘yi.
Savol: To‘rtinchini siz toping.
Javob: Qo‘llarining uzunligi.

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii