Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 2-tur savollari (19.09.2026)
Ikkinchi Liga, kuzgi mavsum, 2-tur savollari
1-savol:
Jon Norvichga tegishli "Fransiya tarixi" asari muqovasida Fransiya bayrog'ini tutgan va frigiya qalpog'ida kiygan U tasvirlangan. Instagramda mashhurlashgan tongda uyg'otish xizmati taklif etilayotgan profil suratida ham Uni ko'rish mumkin.
Savol: Uni toping?
Javob: Xo'roz.
Izoh: Gal xo'rozi Fransiya ramzlaridan biri sanaladi. Erta uyg'otish xizmatiga oid profilda xo'roz tasvirlanishi ham mantiqiy.
2-savol:
Tarixan yevropaliklar Ularni Misrdan kelgan deb hisoblashgan. Chunki nisbatan sharqroqdan kelgan Ular yevropaliklar bilan yaxshiroq munosabat o'rnatish uchun o'zlarini misrliklar ya'ni "Egyptians" [ejiptians] deb tanishtirgan.
Savol: Ular deganda kimlar nazarda tutilyapti?
Javob: Lo'lilar.
Izoh: Lo'lilar xalqaro nomlanishda "gypsys" [jipsys] nomi bilan atalib, nom "egyptians" [ejiptians] so'zining biroz o'zgarishidan kelib chiqqan ekan.
3-savol:
[Tarqatma: "hol-bytla"]
Qadimgi inglizchadan hol-bytla so'zi "teshik qazuvchi yoki in quruvchi" deb tarjima qilinadi.
Savol: Kim o'z qahramonlariga nom tanlashda ushbu so'zdan foydalangan?
Javob: Jon Tolkin.
Izoh: Versiyaga ko'ra, hobbit nomi "hol-bytla" so'zidan kelib chiqqan. Jon Tolkin "Xobbit" trilogiyasi muallifi hisoblanadi.
4-savol:
Savolda IKS bir so'z o'rnida keladi.
Oliver Saksning asarida bosh qahramon vizual agnoziya tufayli narsalarni yaxlit holda tanishga qiynaladi. U hatto xotinining boshini ushlab, uni IKS deb o'ylaydi.
Savol: 20-srning birinchi yarmidagi asarda odamlar IKS deb o'ylagan ikki jonzotni yozib bering.
Javob: Fil, ilon.
Izoh: Oliver Saks "O'z xotinini shlyapa deb o'ylagan odam" asari muallifi. "Kichkina shahzoda" asarida filni yutib yuborgan ilon suratini ko'pchilik shlyapa deb o'ylaydi.
5-savol:
Savolda IKS ikki so'z o'rnida keladi.
Wolkenkratzer so'zini nemischadan "wolken" – bulutlar, kratzer – tirnash yoki tegish deb tarjima qilish mumkin. Nemislar bu so'z bilan odatda IKSlarni ifodalashadi.
Savol: Asrimiz avvalida qaysi shahar o'z IKSlaridan ayrilgan?
Javob: Nyu-York.
Izoh: Wolkenkratzer so'zi bilan nemislar osmono'par binolarni atashadi. 2001-yilgi voqealardan keyin Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi binolari vayron bo'lgan.
6-savol:
[Tarqatma: "CTRL+***"]
Tarqatmada O'zbekiston Milliy Tasviriy san'at galereyasida tashkil etilgan ko'plab yoshlarning 250 dan ortiq ijodiy asarlari namoyish etilgan ko'rgazma nomidan harflarni yashirdik.
Savol: O'sha harflarni yozib bering.
Javob: A, R, T.
Izoh: Ko'rgazma nomi "CTRL+ART" bo'lib, bevosita san'atga ishora qiladi.
7-savol:
Belarus xalq afsonalarida uchrovchi Stratim oqqushi haqidagi rivoyat o'z kuchiga haddan tashqari ishonib yuborish va buning salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida. Rivoyat yakunida oqqush boshqa qushlar og'irligini ko'tarolmay toshqinda cho'kib ketadi.
Savol: Stratim oqqushi haqidagi maqolada qaysi atoqli otni uchratish mumkin?
Javob: Nuh (a.s).
Izoh: O'z kuchiga ishongan Stratim Nuh kemasiga chiqishdan bosh tortadi va oqibatda nobud bo'ladi.
8-savol:
Savol matnida bir so'zdan harflar tushgan.
Mashhur yozuvchi Enn Rays asosan o'zining PIRlar haqidagi asarlari bilan mashhur. Shuning uchun ham yozuvchi 1988-yilda Bu inson sharafiga nomlangan mukofotga loyiq ko'rilgan.
Savol: Irlandiyada tug'ilgan Bu inson kim?
Javob: Brem Stoker.
Izoh: Enn Rays o'zining "Vampir xronikalari" va "Vampir bilan intervyu" asarlari bilan mashhur. Shuning uchun u bu yo'nalishda beriluvchi, "Drakula" asari muallifi sharafiga nomlangan Brem Stoker mukofotini qo'lga kiritgan.
9-savol:
Tomas Bennantning "To'rt oyoqlilar haqida qisqacha ma'lumot" kitobida Uning kelib chiqishi Xorvatiyaga borib taqalishi haqida yozilgan. Uning ba'zi bir nomlarida inglizcha "Firehouse", ya'ni "yonatotgan uy" so'zini ko'rish mumkin.
Savol: Uni aniq yozib bering?
Javob: Dalmatin. Qabul emas: It.
Izoh: Dalmatin it zoti nomi Xorvatiyaning Dalmatiya hududidan kelib chiqqan va bu zot asosan o't o'chiruvchilarga yordamchi hisoblanadi.
10-savol:
Jahon chempionatiga bag'ishlangan "Fentezi" o'yinida siz turli futbolchilardan tarkib tuzib ochko to'plab borishingiz mumkin. Chempionat davomida siz tanlagan o'yinchi musobaqani tark etsa futbolchining ismi tepasida Uning tasviri paydo bo'ladi. 2016-yilgi "Salli" filmi voqealari ham asosan Unda sodir bo'ladi.
Savol: Uni bir so'zda yozib bering.
Javob: Samolyot.
Izoh: Musobaqani tark etib uyiga qaytayotgan futbolchiga samolyot tasviri juda mos keladi. "Gudzon mo'jizasi", original nomi "Salli" ya'ni bosh uchuvchi Chesli Sallenberger sharafiga nomlangan film voqealari asosan samolyotda sodir bo'ladi.
11-savol:
Davom etamiz.
Jahon chempionati doirasidagi Argentinaga qarshi bahsda to'liq himoyaviy uslubga o'tib olgan Angliya termasi murabbiyi Tomas Tuxel karikatulardan birida U sifatida tasvirlangan. AQSHda Ularning yetmish foizi maktablardan tomonidan ish bilan ta'minlanadi.
Savol: Ularni ikki so'z bilan yozib bering.
Javob: Avtobus haydovchisi
Izoh: Futbolda himoyaviy taktikada o'ynash "avtobus qo'yish" deb ataladi. Qo'shma Shtatlarda maktab avtobuslari keng tarqalgan
12-savol: Дуплет
1.
Savol matnida bir so'zdan harflar tushib qolgan.
Eng ko'p maosh oluvchi raqqosalardan biri bo'lgan Dita fon Tis atigi qirq ikki santimetrlik bel ko'rsatkichiga ega. Raqqosa bu natijaga erishish uchun doimo OTda yurgan.
Savol: Harflari tushgan so'zni asl holida yozi bering.
Javob: Korset
2.
Savol matnida bir so'zdan harflar tushib qolgan.
Eng ko'p maosh oluvchi raqqosalaridan biri bo'lgan Dita fon Tis atigi qirq ikki santimetrlik bel ko'rsatkichiga ega. Raqqosa bu natijaga erishish uchun hatto o'z OG'Asidan ham voz kechgan.
Savol: Harflari tushgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Qovurg'a.
Izoh: Bunday kichik o'lchamli belga ega bo'lish uchun raqqosa har doim korsetda yurishidan tashqari bir juft qovurg'asini ham oldirib tashlagan ekan.
13-savol:
Visente Ibanezning "Arenadagi qon" nomli asari muqovasida jarohatlangan U tasvirlangan. Estok nomli maxsus qilich Uning qurollaridan biri hisoblanadi.
Savol: U o'rnidagi kelib chiqishi ispancha so'zni yozib bering.
Javob: Matador
Izoh: Matador Korridaga qizil mato bilan chiqib buqa bilan tomosha ko'rsatuvchi inson.
Zachot: Toreodor.
14-savol:
Atetiko Madrid klubidan ketolmayotgan futbolchi Xulian Alvarez karikaturalardan birida IKSda tavsirlangan. IKS nega bundayligiga sabablar sifatida oson ajratish, tez tanib olish va nazoratni osonlashtirish kabilar keltirilgan.
Savol: IKS bilan almashgan ikki so'zni yozib bering.
Javob: Qamoqxona kiyimi.
Izoh: Karikaturada Alavarez AQSHda ommalashgan to'q sariq rangli qamoqxona libosida tasvirlangan.
15-savol:
Savol matnida bir so'zdan bir necha o'rinda harflar tushib qolgan.
1967-yil yozilgan Robert Merlening "ELF kuni" nomli asarida olimlar Jeyk va uning rafiqasi Meggi uzoq orolda ELFga ingliz tilida gapirishni o'rgatishadi. ELFlarning ba'zilari ko'zi ko'r bo'lib qolgan taqdirda ham uzoq vaqt ozuqa topib yashashlari mumkin ekan.
Savol: Harflari tushgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Delfin.
Izoh: Delfin eng aqlli va eshitish qobiliyati kuchli bo'lgan jonzotlardan biri hisoblanadi.
16-savol:
Piaje fenomeni – bu inson miyasi dunyoni tushunish uchun shakllantirgan ichki "qoliplar" bo'lib, unga ko'ra bolalar atrofdagi narsalarning miqdori va hajmini to'g'ri anglay olmaydi.
Savol: Piaje fenomeni haqidagi maqolada 1985-yil nashr etilgan qaysi asar eslab o'tilgan?
Javob: O'z xotinini shlyapa deb o'ylagan odam.
Izoh: Oliver Saksning asarida bosh personaj xotinini shlyapa deb o'ylab boshiga kiymoqchi bo'ladi. Bu haqida avvalgi savollardan birida eslab o'tdik.
17-savol:
2026-yilning 7-9-avgust kunlari Xivadagi "Ichan qal'a" va "Arda Xiva" majmualarida "Qovun sayli" bo'lib o'tdi. Festivalga 186 [bir yuz sakson olti] ming nafar mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurdi. Festivalning asosiy qismida ishtirok etgan Sheyda Gemiji IKSning Turkiya va Markaziy Osiyo bo'yicha rasmiy xodimi edi.
Savol: IKSni familiya qatnashtirib yozib bering.
Javob: Ginnes rekordlar kitobi.
Izoh: Festivalda "Eng katta qovun degustatsiyasi" bo'yicha jahon rekordi qayd etildi.
18-savol:
Bolalarning kitob o'qishi va bilim olib borishini kuzatish uchun mo'ljallangan sun'iy intellekt yordamchisi GIBLI deb nomlangan.
Savol: Yuqoridagi matnda aalmashgan turkiycha so'zni yozib bering.
Javob: Bilig
Izoh: Bilig so'zi eski o'zbek tilida bilim degan ma'noni anglatadi. Bilig va Gibli o'zaro anagramma so'zlar.
19-savol:
2016-yil suratga olingan "Aka-ukalar dueli" nomli film Germaniyaning Herzogenaurax shahridagi ikki lokatsiyada suratga olingan. Bu film Ularning hayotiga bag'ishlangan. Ular sabab shaharning ikki qismidagi oilalar bir-biri bilan gaplashishdan qochishar edi.
Savol: Ulardan istalgan birining ism-familiyasini yozib bering.
Javob: Adolf Dassler
Izoh: Aka-uka Dasslerning o'zaro raqobati sabab bugungi kunda Herzogenaurax shahrida ikkita katta kompaniya, ya'ni Adidas va Puma kompaniyalari faoliyat ko'rsatadi. Ikki zavodda ishlovchi xodimlar va ularning oilalari ham o'zaro muloqotdan qochishgan ekan.
Zachot: Rudolf Dassler
20-savol:
Savol matnida BU ISHNI QILISH so'zlari bir nechta so'z o'rnida keladi.
Hamid Olimjonning "Muqanna" dramasida yozilishicha, Muqanna bilan ko'rishish uchun BU ISHNI QILISH talab qilingan. Qirolicha Viktoriya davridagi kiyinish va etika madaniyati sabab Unda ham BU ISHNI QILISH talab etiladi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Uimbldon turniri
Izoh: Muqanna qo'zg'oloni "Oq kiyimlilar" qo'zg'oloni deb ham ataladi. Uimbldon tennis musobaqasi qoidalarida to'liq oq kiyinish ham belgilab qo'yilgan.
21-savol:
U o'z asarini yozishdan avval Ibn Arabshoh, Ibn Xaldun va Sharafiddin Ali Yazdiy asarlari bilan ham tanishib chiqqan. Hatto Klavixo de Gonzalez qaydlari bilan yaqindan tanishgan.
Savol: 1984-yil Parijda vafot etgan Bu inson kim?
Javob: Marsel Brion.
Izoh: "Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur" asari muallifi bo'lgan Marsel Brion asarni yozishdan oldin Amir Temur haqidagi mashhur asarlarga murojaat qilgan ekan.
22-savol:
2018-2019-yillardan boshlab yapon maktablarida "dotoku", ya'ni "odob-ahloq" fani maktablarda majburiy o'qitila boshlangan. Yaponlarning bu holatga jiddiy e'tibor qaratgani haqida yozgan Olimjon Davlatov 1878-yilda tug'ilgan insondan iqtibos keltiradi.
Savol: Shu inson kimligini yozib bering.
Javob: Abdulla Avloniy
Izoh: Odob-ahloq haqida yozar ekan, Olimjon Davlatov Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir" iqtibosini eslaydi.
23-savol:
Futbol sharhlovchisi Xayrulla Xamidov ko'rsatuvlardan birida "o'tmishga qaytish va nimanidir o'zgartirish imkoni berilganda: savoliga javob berar ekan Ushbu yilni eslab o'tadi. Uychi tumani sharafini himoya qiluvchi "Xotira" nomli futbol klubi Ushbu yilgi voqea xotirasiga tashkil etilgan.
Savol: Qaysi yilgi?
Javob: 1979-yil
Izoh: Sharhlovchi agar imkoni bo'lganda "Paxtakor-79" aviahalokatini oldini olishini aytib o'tgan.
24-savol:
Har yili Ispaniyaning Ibitsa shahridagi Mar kafesiga sayyohlar Uni tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi. 2018-yilgi "U" nomli filmda Birinchi jahon urushi arafasida turgan zamonaviy Yevropa dunyosining qulashi tasvirlanadi.
Savol: Uni ikki so'zda yozib bering.
Javob: Quyosh botishi.
Izoh: Ibitsaga sayyohlar go'zal quyosh botishini ko'rish uchun kelishadi. Xo'roz qichqirishidan boshlangan savollarimizni quyosh botishi bilan yakunladik.