May 3

Liga savollari (maxsus)

1. 1534-yilda Ispaniya qiroli Karlos Beshinchi bir aniq maqsad uchun Markaziy amerika hududida izlanishlar o‘tkazishni buyuradi. Agar BU ISH o‘sha vaqtda amalga oshganida, inklardan tortib olingan oltinlarni Ispaniyaga yuborish ancha osonlashardi. Bu ish faqatgina 350 yildan keyingina amalga oshdi va tarixga Amerika qit’asi ikkiga bo‘lingan kun sifatida kirdi.
Savol: BU ISH o‘rnidagi voqeani yozib bering.
Javob: Panama kanalining ochilishi.
Izoh: Dastlabki kanal loyihasi tuggalanmay qolgan edi, keyinchalik ikki okeanni bog‘lovchi kanal 1920-yilning 12-iyun kuni rasman ochildi.
Manba:https://daryo.uz/2020/06/13/amerikani-ikkiga-bolgan-kanal-12-iyun-panama-kanali-ochilgan-sana

2. Jyul Vern “Klodius Bombarnak” romanida O‘zbekiston shaharlari haqida so‘z yuritib ushbu shaharni “Turkiston Rimi” deya taʼriflaydi. Bu shahardagi “Toqi sarrofon” markazida turli hududdan kelgan savdogarlar o‘z tangalarini almashtirib yoki mayda chaqalarga aylantirib olishgan.
Savol: Ushbu shahar nomini yozib bering
Javob: Buxoro shahri.
Izoh: Toqi Sarrofon (forscha — sarroflar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik va pul almashtiradigan bosh savdo markazlaridan biri boʻlgan. Mazkur meʼmoriy yodgorlik Shayboniy hukmdor Ubaydulaxon davrida 1534–1535-yillarda bunyod etilgan.
Manba:
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buxoro
2. https://vk.com/wall-157246460_329
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Toqi_Sarrofon

3. 1980-yillarda Nabisco kompaniyasi mahsulotidagi “Tashqi qora, ichi oq” degan reklama shiori afro-amerikaliklar hamjamiyatini juda g‘azablantiradi.
Savol: Nabisco kompaniyasining mashhur oʻsha mahsulotini nomini yozib bering.
Javob: Oreo
Izoh: AQShda bu mahsulot qandolatchilik kompaniyasi boʻlgan Nabisco tomonidan ishlab chiqariladi. Oreo pechenyelari 1912-yilda taqdim etilganidan beri Qo‘shma Shtatlarda eng ko‘p sotiladigan va eng mashhur pechenyelarga aylandi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Mattel

4. U 1940-yildagi Adolf Gitlerga parodiya qilgan holda Adenoid Xinkel obrazini yaratadi. Gitler o‘zini masxara qilgan film uchun Uni shaxsiy dushmanlari ro‘yxatiga kiritadi.
Savol: 1889-yilda Buyuk Britaniyada tugilgan ushbu inson kimligini yozib bering.
Javob: Charli Chaplin.
Manba: https://www.afisha.uz/uz/cinema/2024/04/16/chaplin

5. Sovet Ittifoqida paxta “oq oltin” deb atalgan. 19-asr Afrikada U ham “oq oltin deya” eʼtirof etilgan.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Fil suyagi.
Qabul: Fil tishlari.
Izoh: Oʻsha paytda koʻplab fillar oʻldirilib tishlari olingan.
Manba:"Тайны XX века", 2013, N 8.

6. Ma’lumotlarga ko‘ra Uning otasi ko‘p yillar Bursa shahri qozisi bo‘lib xizmat qilgan, o‘zi esa Mirzo Ulug’bekka turli fanlardan saboq berib, ustoziga aylangan. Ulug‘bek rasadxonasida faoliyat olib borgan matematik va astronom olim bo‘lgan
Savol: O‘z davrida “Aflotuni zamon” deya e’tirof etilgan bu inson kim ?
Javob: Qozizoda Rumiy
Manba: O‘zbekiston tarixi 7-sinflar uchun darslik, Toshkent-2017,149-bet

7. XV asrda Gvineya koʻrfazi qirgʻoqlariga koʻchib kelgan Ga xalqi vakillari koʻp sonli chumolilar uyasiga duch kelishgan. Keyinchalik bu hudud tarjimada “qora chumoli” degan ma’noni anglatuvchi “nkran” so‘zining o‘zgartirilgan versiyasi bilan ataladi
Savol: Afrika qitasida joylashgan ushbu shahar nomini yozib bering
Javob: Akkra
Manba: https://bit.ly/42zlFp9

8. Ushbu inshoot 1842-yilda Xorazm xoni Olloqulixon Xivani TASHQI hujumdan saqlash uchun barpo qilingan. Shoir va tarjimon Ogahiyning yozishicha, Olloqulixon oʻz qoʻl ostidagi barcha xodimlarini Ushbu qurulishda 12 kun tekin ishlashga majbur qilingan
Savol: Ushbu inshoot nomini ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Dishan qal’a.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Dishan_qal%CA%BCa

9. Ushbu asar muqovasida uch oyda yozib tugatilgan, ammo nashr etilishini 62 yil kutgan degan yozuvlarni ko‘rish mumkin. Asarda sho‘ro tuzumi ilmiy-fantastik obraz orqali tanqid qilinadi. Asarga real hayotdagi jarroh Serj Voronov prototip qilib olingan degan taxminlar ham mavjud.
Savol: 1925-yilda yozilgan asar nomini yozib bering.
Javob: Ityurak.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Ityurak

10. Ushbu film voqeasi qisman real voqealarga asoslangan: film ssenaiy muallifi Yakov Kostukovskiy gazetada Shvetsariya kontrabandachilari o‘z faoliyatida gipsdan foydalanganligini o‘qiganidan so‘ng bu filmni yaratish g‘oyasi paydo bo‘lgan.
Savol: 1969-yil ekranlarga chiqarilgan film nomini yozib bering.
Javob: Brilliant qo‘l.
Izoh: Shvetsariya kontrabandachilari qimmatbaho taqinchoqlarni olib o‘tishda gipsdan foydalansishgan edi, film syujetida ham bu voqeliklarni ko`rish mumkin.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Brilliant_qo%CA%BBl

11. Uning sayohati 1403-yilda Santa Mariya port shahridan boshlangan edi. U manziliga yetguncha Italiya, Gretsiya mamlakatlari, Tehron, Nishopur va Balx shaharlaridan o‘tgan.
Savol: Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Rui Gonsales De Klavixo
Izoh: Ispan elchis De Klavixo 15-asr boshida Amir Temur bilan uchrashish uchun ushbu hududlar orqali safar qilgan edi.
Manba: https://uzbekistan.travel/ru/o/po-sledam-rui-gonsalesa-de-klaviho/

12. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari orasida joylashgan ushbu joy nomi “tirik qolgan chorva” ma’nosidan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. Tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra bu joy Boysundagi Teshiktosh g‘oridan ilgariroq paydo bo‘lgan manzilgoh hisoblanar ekan.
Savol: Ushbu joy nomini yozib bering.
Javob: Omonqo‘ton.
Manba: https://kun.uz/news/2023/02/14/nomi-va-joylashuvi-ajoyib-qishloq-omonqoton-manzil

@Zakovat_savollarii