October 5

Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 4-tur savollari (27.09.2025)

1-savol:
Savol matnida asar nomi almashtirilgan. Qozoq motivatori Margulan Sarsenbayevning har kim baxtli boʻla
olishi va hayotdagi muammolarni hal qila olishi haqidagi kitobi “Rad etsa boʻladigan taklif” deb nomlangan.
Savol: Kitob nomini asl holida yozib bering
Javob:Uddalab bo‘ladigan topshiriq
Izoh: Sarsenbayevning kitobi nomi mashhur film franshizasi nomidan ilhomlanib tanlangan. Savoldagi “rad
etsa boʻladigan taklif” soʻzi choʻqintirgan ota filmidagi “rad etib boʻlmaydigan taklif” iborasining boʻlishli
shakli sanaladi.
2-savol:
U 2011-yilda yapon rassomi Akira Minagava tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, “The Monsters”
kolleksiyasiga mansub. Maqolalaridan birida U kross-madaniy fenomenga aylangani va “zamonaviy qiz”
imidjining bir qismi sifatida koʻrilayotgani tanqid qilinadi. Savol: Uni takror bo‘g‘inli bir so‘zda yozib bering.
Javob:Labubu.
Izoh: Labubu – kichik, tishlari o‘tkir va doimo hiyla bilan kulib turuvchi o‘yinchoq. Uning ommalashishi
ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi
3-savol:
Kun.uz saytining ChatGPTning yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi haqidagi
maqolasida 0 va 1 raqamlari Uning ichida tasvirlangan. U 1887-yilda nemis mikrobiologi Yulius Richard
tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, odatda diametri 50–100 mm, balandligi esa 10–20 mm boʻlgan tekis
shaffof oynadan yoki plastmassadan yasaladi. Savol: Uni atoqli ot qatnashgan ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Petri idishi
Izoh: Petri chashkasi — mikroorganizmlarni oʻstirish uchun ishlatiladigan maxsus idish.
4-savol:

Tarqatmada “Taipei 101” [taybey 101] osmono‘par binosining surati berilgan. Bino bir necha yil ichida
yarim kilometrdan oshiq balandlikda qurib bitkazilgan. Versiyaga ko‘ra, ushbu inshoot loyihasi muallifi
IKSdan ilhomlangan. Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Bambuk.
Izoh: Binoning tashqi ko‘rinishi bambuk niholini eslatadi — bu esa o‘rganish va o‘sish timsoli hisoblanadi.
5-savol:
Arabchadan tarjima qilganda safar ozuqasi, dasturxon ma‘nosini bildiruvchi Bu so‘z mashhur ertakdagi
qo‘shiqda ham uchraydi. To‘y yoki shunga o‘xshash marosimlardan so‘ng ortgan taomlar bilan yaqin
tanishlar yoki qarindoshlar to‘planib o‘tkazadigan kichik marosim nomida ham Bu so‘zni ko‘rish mumkin.
Savol: Bu so‘zni yozib bering
Javob:Supra
Izoh: Supra xamir yoyish, non yasash uchun mo‘ljallangan dasturxonsimon ro‘zg‘or buyum. Bo‘girsoqning
qo‘shig‘ida “Supradagi un-urvoq” so‘zlari bor. “Supra qoqdi” marosimiga yuqoridagicha ta’rif beriladi

6-savol:
Bir filmda davosiz kasalga chalingan erining oʻlimidan soʻng, uning xotini 1 yil davomida eridan oldindan
tayyorlab qoʻyilgan xatlarni olib turadi. Har bir xat oxirida er xotinini sevishini eslatib oʻtadi. Film nomi “I
love you”. Savol: Film nomida tushirib qoldirilgan ikki harfni yozib bering.
Javob:P,S.
Izoh: Filmining nomi “P.s: I love you” boʻlib, ps ya’ni postscriptum odatda xat soʻngida kelib, muhim
ahamiyatga ega boʻlgan eʼtibor berilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar yoki shu kabilarni ifodalaydi.
7-savol:
Faqat kuch bilan emas, aql-zakovat orqali ham janglarda gʻalaba qilish mumkinligini isbotlayotgan, jang
oldidan yoki jangdan keyin ko‘zoynaklar bilan ko‘rinish beradigan bir guruh UFC jangchilari “Jangchi
OTAlar” laqabini olishgan. Savol: Yuqorida harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Botanik.
Izoh: Ushbu guruh jangchi botaniklar nomini olgan. Stereotipga ko‘ra, koʻzoynak botaniklarning muhim
aksessuari sanaladi.
8-savol:
Savolda almashtirish bor. She’rdan parchani tinglang: Do‘stlarim, koptokdek aylanarkan yer, Alpomishlar
tezlab g‘irotlarini “Hello, Amerika! O‘zbek keldi!” der, Kutib ol TEMURIY avlodlarini! Muhammadali
Gʻafforovning terma jamoamiz futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga chiqishiga bag‘ishlangan ushbu
parchadan bir so‘zni almashtirilgan. Savol: Almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Beruniy.
Izoh: Amerka tilga olingan she’rda Beruniyning tilga olinishi mantiqiyroq, albatta.
9-savol:

Yangi Gvineyada yashovchi bu qush turi ko‘rinishi sabab “DALA to‘tiqushi” laqabini olgan. Savol: Yuqorida
harflari tushib qolgan, 1897-yilgi asar persnajini yozib bering.
Javob:Drakula.
Izoh: Qizil va qora rangli patlari tufayli bu qush Drakula nomini olgan . Brem Stokerning “Drakula” asari
1897-yil nashr etilgan.
10-savol:
Izohli lugʻatga ko‘ra, OCH so‘zi razil, yovuz, nomard kabi maʼnolarni bildiradi. 1995-yilgi o‘zbek filmining
saundtrekida dunyoning OCH ekanligi aytiladi. Savol: Ikki o‘rinda harflari tushib qolgan so‘zni asl holida
yozib bering.
Javob:Olchoq.
Izoh: Olchoq so‘zi yuqoridagi ma’nolarga ega. “Masxaraboz” filmidagi qoʻshiqda “Yigʻlamayman, ne qilsang
qil ey olchoq dunyo” jumlalari mavjud.
11-savol:
1987-yili qo‘shiqchi Sting tomonidan yaratilgan “Fragile” [frajail] nomli qo‘shiq siyosiy maqsadlardagi
urushlarda oddiy odamlarning qurbon bo‘lishi haqida bo‘lib, qo‘shiq dastlab unchalik mashhur bo‘lmagan.
Savol: Qaysi sanadagi voqeadan so‘ng qo‘shiq dunyo bo‘ylab qayta mashhurlikka erishdi?
Javob:11-sentyabr, 2001-yil.
Izoh: 11-sentyabr voqealaidan keyin qo‘shiq yana mashhurlikka erishgan.

12-savol:
Versiyaga koʻra, 1930-yillar oxirida Usmon Yusupov bir yarim oy davomida kunduzi dalaga borgan, kechasi
vodiydagi teatrlarda chiqishlar qilgan Lutfixonim Sarimsoqovaga xalq artisti unvonini beradi. Bu maqolada
U eslab oʻtilgan. Savol: U o‘rnidagi gidronimni yozib bering
Javob:Katta Fargʻona kanali.
Izoh: Lutfixonim Sarimsoqova doimo xalq bilan boʻlgan. 1939-yili Katta Farg‘ona kanali hasharlarida kunduz
kunlari hasharchilar yonida boʻlgan, kechalari teatrda rollar ijro etgan.
13-savol:
O‘tgan asrning birinchi yarmida Hamza teatri tomonidan sahnalashtirilgan Otello pyesasi juda katta
anshlagga sabab boʻlgan. Koʻplab ommaning pyesani koʻrish istagini qondirishda IRODA yordam beradi.
Savol: Oxirig gapda almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Radio
Izoh: Spektakl butun respublika boʻylab qiziqishga sabab boʻladi. Natijada, spektakl ovozli holda yozib
olinib radio orqali efirga uzatiladi.
14-savol:

Xalq orasida savdo yaxshi yurishi, xaridorlarni ko‘proq jalb qilish maqsadida savdogarlaar tomonidan Uni
yoqib, tutatadigan salbiy irim mavjud. Tarqatmadagi shirinlik nomida ham Uni ko‘rish mumkin. Savol: Uni
ikki so‘zda yozib bering?
Javob:Ari ini.
Izoh: Bu salbiy irimga ko‘ra, to‘zigan aridek xaridorlari ko‘p bo‘lsin deb ari inini tutatishadi. Shirinlik nomi
ham Ari ini.
15-savol:
Versiyaga ko‘ra, Bu so‘zning kelib chiqishini podaning ortidan yurgan choʻponlar qoʻshiq kuylab yurishgani,
lekin boshqa kasb egasi bo‘lgani sabab professional ijrochi darajasigacha yetib bormaganibilan
bog‘lashadi. Savol: Bu so‘zni yozib bering.
Javob:Otarchi.
Izoh: To‘ylarda xizmat qiluvchi havaskor qo‘shiqchilarga nisbatan ishlatiluvchi otarchi so‘zining tarixini
haqida shunday fikrlar bor.
16-savol:
Fotima Al-Fihriy tarixda bor merosini ilm fanga tikkan ayol sifatida tanilgan. U IX-asrdan beri uzluksiz
faoliyat yuritib kelayotgan qadimgi Al-Qaravayin universitetga asos solgan. Savol: Ushbu ma’lumotlar
keltirilgan maqolada qaysi irlandcha familiyani ko‘rish mumkin.
Javob:Ginnes.
Izoh: Al-Qaravayin universiteti eng qadimgi universitet sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
17-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Arxitektor Ay Em Pey “Bank of China” minorasi UY
madaniyati qoidalariga zid ravishda o‘tkir burchakli shaklda qurganligi va bu omad olib keluvchi
ajdarholarni qanotlarini kesib yuborishi haqidagi fikrlar sabab tanqidga uchraydi. Savol: Harflari tushib
qolgan so‘zni asl holida yozib bering
Javob:Fenshuy
Izoh: Fenshuy (xitoycha – “shamol va suv”) — qadimiy xitoy falsafasiga asoslangan amaliyot, u insonning
yashash muhitini tabiat kuchlari bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Fenshuyning maqsadi makon
energiyasini to‘g‘ri taqsimlab, sog‘lik, baxt, baraka va muvaffaqiyat keltirish.
18-savol:
Amerikalik diplomat Yujin Skayler Xudoyorxon davrida xalqning qiyinchiliklari haqida yozar ekan Uning
zuluk, oʻtin, hayvon kabi turlarini keltirib oʻtadi. Benjamin Franklinning fikricha, Undan qochish imkonsiz.
Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Soliq.
Izoh: Hovuz boʻyida yashovchilardan zuluk, koʻchalarda hayvonlar bilan tomosha koʻrsatuvchilardan

hayvon, oʻtin teruvchilardan esa oʻtin soliqlari olingan. Franlinning “O‘lim va soliqlardan qochib qutulib
bo‘lmaydi” aforizmi mashhur.
19-savol:
1925-yili suratga olingan “O’lim minorasi” filmi o’zbek kinosi tarixidagi dastlabki filmlardan bo‘lib, filmdagi
muhim dialoglar va sahnalar jarayonida ekranda ko‘p marta IKSlar paydo bo‘ladi. IKSlar nomli qo‘shiq
klipida qo‘shiq matnini kinoteatr ekrani orqali o‘qish mumkin Savol: IKSni qisqa so‘zda yozib bering
Javob:Titr
Izoh: Film ovozsiz kino sanalib, filmdagi voqealarni ochib berish uchun film jarayonida titrlar namoyish
qilinadi. Jonyning Titrlar qo‘shigi klipida qo‘shiq matni titrlar ko’rinishida namoyish qilingan.
20-savol:
O‘g‘uznomada KOʻK BO‘RI yoʻlboshlovchilik, urugʻ sardori va lashkarni ortidan ergashtiruvchi sifatida
tasvirlanadi. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan Uning etimolgiyasi haqida gapirilganda yuqoridagi
ma’lumot ham eslab o‘tilgan. Savol: Uni yozib bering
Javob:Koʻpkari.
Izoh: Ko‘k bo‘ri keyinchalik tovush o‘zgarishiga uchrab ko‘pkari ko‘rinishiga kelgani aytiladi. Ko‘pkari
turkiylar orasida, shu qatorida yurtimizda ham mashhur hisoblanadi
21-savol:
Joʻra Fozilning hikoyasida bosh qahramon uzun qish kechasida oʻtmishdagi ilk sevgisini xotirlaydi. Hikoyasi
nomi “Muhabbatning IKSi”. Eron va Turon xalqlarining qishda nishonlanuvchi Nardurg‘on bayrami haqida
gapirilganda IKS ham eslab o‘tiladi Savol: IKSni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Yaldo tuni.
Izoh: Yaldo tuni yil davomidagi eng uzun tun hisoblanib, 21-dekabrdabn 22-dekabrga o‘tar kechasiga to‘g‘ri
keladi.
22-savol:

Hozirda AQSh mudofaa tizimida keng qoʻllaniluvchi Bu so‘z aslida yunoncha sodiq, jonkuyar kabi
ma‘nolarini anglatadi. Savol: Bu soʻzni yozib bering.

Javob:Patriot.
Izoh: Patriot soʻzni amerikaliklar tarqatmadagi jumlalar bosh harflarining abreviaturasi sifatida qo‘llashadi.
23-savol:
Xou I [xou i] Xitoy mifologiyasidagi qahramon bo‘lib, u yerni kuydirib yubormoqchi boʻlgan 10 quyoshdan 9
tasini urib tushirgan, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashgan va ularni terisini yopinib yurgani aytiladi.
Vikipediya maqolasida Xou I [xou i]ga “Xitoy GALi” deb ta’riflanadi. Savol: Oxirgi gapda harflari tushib
qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Gerakl.
Izoh: Mergan bo‘lgan Xou I [xou i] ham Gerakl kabi ko‘plab qahramonliklar qilgan mifologik personaj
hisoblanadi.
24-savol:
Rotterdam orkestri tomonidan ijro etilgan bir mashhur simfoniya oxirida butun boshli orkestrdan faqatgina
2 ta skripkachi muxlislardan qarsaklarni qabul qilib oladi. Savol: Ushbu simfoniya muallifi bo‘lgan nemis
kompozitori kim?
Javob:Jozef Gayden.
Izoh: Gaydenning 45-sonli simfoniyasi “Hayrlashuv simfoniyasi” deb ham atalib, asar davomida orkestr
vakillari birin ketin sahnani tark etadi. Shu tariqa simfoniya so‘ngiga kelib sahnada faqat 2 ta skripkachi
qoladi. Ba’zi hollarda ular ham sahnani tark etadilar.

https://t.me/Zakovat_Savollarii