O'quvchilar ligasi savollari(27.02.2025)
1. Kosmosga bog‘liq obyektlarni qadim Rim ilohlari nomlari bilan nomlash an’anasi mavjud. Shu sabab bir kosmik dasturni nomlashda Rim mifologiyasidagi YORUG‘LIK ilohi bo‘lgan Uning nomidan foydalanishgan. So‘ngi antik davrda U quyoshni ham ifodalagan.
Savol: U kim?
Javob: Apollon.
Izoh: Oyni tadqiq qilish uchun mo‘jallangan dastur Apollon nomini olgan.
Manba:
1. https://surl.li/dabldz
2. https://surl.li/pccytu
2. IT (ayti) sohasida bo‘layotgan so‘ngi zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi bir kafe egasi o‘z kafesiga CHAI deya nom bergan. Savol matnida biz uch harfni tushirib qoldirdik.
Savol: Shu uch harfni yozib bering.
Javob: GPT.
Izoh: Kafe egasi so‘ngi vaqtlarda ommalashgan Chat GPT ga alluziya sifatida kafesiga Chai GPT deya nom bergan.
Manba: https://www.timesnownews.com/technology-science/ai-and-chai-how-a-savvy-tea-seller-in-india-hopped-onto-the-ai-wave-with-chaigpt-article-102445750
3. Afrikaning Va-Doma qabilasi odamlarida oʻziga xos genetik xususiyat - oyoqlarida beshta emas, faqat ikkita barmogʻi bor bo‘lishi ko‘p uchraydi. Lekin bu holat qabila odamlarining tez yugurishida toʻsqinlik qilmaydi. Baʼzida bu qabila odamlari IKS odamlar deya ataladi.
Savol: IKS oʻrnidagi qoʻshma soʻzni yozib bering.
Javob: Tuyaqush.
Izoh: Qabila odamlarining oyoqlari xuddi tuyaqush oyoqlariga oʻxshab ketadi. Afrikalik tuyaqushlarning ham oyoqlarida ikkita barmoq bor va ular juda tez yuguradi.
Manba:
1. https://rutracker.org/forum/viewtopic.php?t=4915944
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Vadoma
4. Savol matnida 2 soʻz tushib qolgan
Birinchi yakunida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oladi va Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir nechta portni ochib qo‘yish haqidagi shartnomani imzolashga majbur etadi. Xitoyning magʻlubiyatiga sabab sifatida iqtisodiy va harbiy texnika jihatidan qoloqligi keltirib oʻtilgan.
Savol: Tushib qolgan ikki soʻzni yozib bering.
Javob: afyun urushi.
Izoh: Xitoy va Britaniya imperiyasi oʻrtasida 1840-yilda Birinchi afyun urushi boʻlib oʻtgan.
Manba: Jahon tarixi 8-sinf 131-bet.
5. Quvnoq Do‘mboqchalar (Смешарики) multserialining ko‘plab epizodlarida turli mashur ijod namunalariga ishoralar mavjud. Multserialning 86-qismida, personajlar film suratga olishmoqchi bo‘ladi, filmning asosiy qahramoni rolini esa Tipratikan o‘ynashi kerak edi.
Savol: Ushbu seriyada qahramonlarning rejalari qaysi tabiat hodisasi tufayli amalga oshmay qoladi?
Javob: Tuman.
Izoh: Mualliflar ushbu seriya orqali Nuriy Norshteyn tomonidan yaratilgan mashhur sovet multfilmi “Tumandagi tipratikan”ga ishora qilishgan.
Manba:
1. https://www.youtube.com/watch?v=dVYKNtI4UOA
2. https://surl.li/gwvuay