Mustaqillik kubogi 2025 yil ( 07.09.2025)
1-savol:
“Cyperus rotundus” yer ostidagi keng yoyilgan tugunak tizimi va ko‘plab zaharlarga chidamliligi sabab eng
xavfli invaziv o‘simlik turlaridan biri hisoblanadi. Poyasi olinsada, tugunaklari qolishi uni tez va keng
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Savol: “Cyperus rotundus”ni biz qanday nom bilan bilamiz?
Javob:Salomalaykum.
Izoh: Salomalaykum o‘ti poyasi yulinsada, yer ostida keng tarqalgan tugunaklari sabab juda tez ko‘payib
ketadi va eng xavfli yovvoyi o‘tlardan biri hisoblanadi. Xalqimizda bugun yulsang, ertaga “salomlaykum”
deb chiqib kelaveradigan o‘t deb ta’riflanadigan bu o‘simlikni yaxshi bilsangiz kerak. Biz o‘yinimizni
qaysidir ma’noda salom bilan boshladik.
2-savol:
Ularni tartibga solish bo‘yicha 1968-yilda Venada qabul qilingan konvensiyaga ko‘plab Yevropa va Sobiq
sovet ittifoqi mamlakatlarida amal qilinadi. Ba’zi Afrika mamlakatlari milliy bo‘glarida esa Ularda fil,
begemot, sherlarni ham ko‘rish mumkin. Savol: Ular nima?
Javob:Yoʻl belgilari va signallari.
Zachot: Yoʻl belgilari.
3-savol:
AQShda 1953-1963-yilllarda sotilgan aksariyat radiopriyomniklarda maxsus belgilar bilan 640 va 1240 KGts
[kilogerts] chastotalari belgilab qo‘yilgan. Bu chastotalar U vaqtida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan
edi. Nomida U bor vazirlik yurtimizda 1996-yil 4-martda tashkil etilgan. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering.
Javob:Favqulodda vaziyatlar.
Izoh: “Sovuq urush” vaqtida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida aholiga
ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan tizim ishga tushganda boshqa radioeshittirishlar to‘xtatilishi ko‘zda
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan.
4-savol:
Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining hajmi shunchalik ulkanki, hatto BIRINCHI va IKKINCHINI
birgalikda qo‘shib, taqqoslasangiz ham “Shohnoma” ikki barobar kattaroq. BIRINCHI ham, IKKINCHI ham
unli bilan boshlanib, unli bilan tugaydi. Savol: BIRINCHI va IKKINCHINI yozib bering.
Javob:“Iliada” va “Odisseya”.
Izoh: Insoniyat tarixidagi eng katta eposlardan hisoblanuvchi Gomer asarlarini bitta qilsangiz ham hajm
masalasida “Shohnoma” ga yutqazadi.
Yaratilgan sanasi: Tue, 16 Sep 2025 15:33:42 +0500
Page 2
5-savol:
Tarixchi Akbar Zamonov Abdullaxon II ning bu tarixiy suratda SHUNDAY ekanligini izohlar ekan, “davlat
hokimiyatining jilovlanganligini” tilga oladi. Savol: SHUNDAY o‘rnidagi bir harfdan boshlanuvchi 3 so‘zni
yozib bering.
Javob:Belida belbog‘i bor.
Izoh: Davlat hokimiyatining jilovlanganligi Abdullaxon belidagi belbog‘ elementi orqali ifodalangan.
6-savol:
“Oq qarg‘a” – metaforasi o‘z jamoasidagi boshqalardan ajralib turuvchi indvidni ifodalaydi. Savol: “Oq
qarg‘a” haqidagi maqolada 1843-yilda nashr etilgan qaysi asarga havolani ko‘rish mumkin?
Javob:“Irkit o‘rdakcha”.
Izoh: Ertak qahramoni ham oilasidagi boshqa vakillardan yaqqol ajralib turardi va shu boisdan jamoaga
qo‘shilib keta olmaydi.
7-savol:
Ken Follettning detektiv romanida Britaniya politsiyasi bir necha yil davomida “Igna” taxallusli nemis
josusini qo‘lga ololmaydi. Umidsizlikka tushgan politsiyachilardan biri London shahrini Unga qiyoslaydi.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Somon uyumi.
Izoh: Igna taxallusli josusni butun London bo‘ylab, somon ichidan igna qidirgandek qidirishadi.
Zachot: Somon g’arami, Pichan uyumi.
8-savol:
Avstraliyalik bir insonning yozishicha, umri davomida rasmda tasvirlangan ko‘rsatkich (strelka) yashilda
turganini eslay olmaydi. Savol: Ushbu strelka qanday xavfdan ogohlantiradi?
Javob:Yong‘in.
Izoh: Avstraliyaning ko‘p hududlarida uzoq davom etuvchi issiq va suv havzalarining kamligi tufayli doimiy
yong‘in xavfi mavjud. Rasmda esa Wyalkatchem okrugida yong‘in xavfi haqida ma’lumot beruvchi plakat
tasvirlangan.
9-savol:
Tarixiy to‘ylarimiz haqidagi ko‘rsatuvida aytilishicha, Buxoro amiri Olimxonga aholi tomonidan Uni
cheklashni so‘rab bir necha murojaatnomalar yo‘llangan. Aholining e’tiroziga ko‘ra U yerlarni payhon qiladi
va keyingi yil hosili yaxshi bo‘lmaydi. Savol: U nima ?
Javob:Ko‘pkari.
Izoh: Oʻsha paytda nafaqat nikoh toʻy balki sunnat toʻy oddiy tadbirlarda ham koʻpkari tashkil qilingan.
Koʻpkari uchun tanlangan keng ekin yerlari payhon boʻlgan. Bundan aholi norozilik bildirib amirga shikoyat
qilishgan.
Zachot: Uloq o‘yini.
10-savol:
Bu so‘z lotincha “arava” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, italyanchada “yugurush” ma’nosini ham bildiradi. Bu
musobaqaga yig‘ilgan davlat xizmatchilariga ham o‘z yugurushlarida omad tilaymiz. Savol: Gap qaysi so‘z
haqida ekanligini yozib bering.
Javob:Karyera
Izoh: https://uz.wikipedia.org/wiki/Karyera
Zachot: Karyera nima ekanligini davlat xizmatchilariga tushuntirish shart emas deb o‘ylaymiz.
11-savol:
Rivoyatga ko‘ra, Unga mukofot berishga qaror qilgan hukmdor sovg‘alari shaharga kirib kelganda Uning
tobuti shaharning boshqa darvozasidan olib chiqib ketilgan. Savol: U kim?
Javob:Firdavsiy.
Izoh: Mahmud G‘aznaviy “Shohnoma”ning baytini tasodifan eshitib, bu bayt hozir Tusda qashshoqlikda
yashayotgan Firdavsiyning Mahmudga bag‘ishlagan “Shohlar kitobi”dan ekanligini bilib qoladi. Mahmud
darhol Firdavsiy uchun Tusga boy sovg‘a yuborishni buyurdi. Firdavsiy esa bundan sal oldin vafot etgan
edi. Uning jasadini dafn qilish uchun shaharning bir darvozasidan olib o‘tayotganda, Mahmudning
sovg‘alari bilan boshqa bir darvozadan tuyalar kirib keldi. Bu rasm 1934-yili Ozarboyjon rassomi Qazanfar
Xalıqov tomonidan chizilgan.
12-savol:
SHUNDAY U so‘zlari bilan boshqa 2 so‘z almashgan. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, SHUNDAY U oziq-ovqat
do‘konidagi xaridorlar xarajatlari miqdorini 30 foizgacha ko‘paytirishi mumkin. Savol: O‘zbek xalq
maqollaridan birida SHUNDAY U bilan birga eslanuvchi boshqa 2 so‘zni yozib bering.
Javob:Tinch quloq.
Izoh: Och qorin bilan do‘konga kirgan inson odatdagidan 30 foizga ko‘proq mahsulot sotib olinishi
aniqlandi. O‘zbek xalq maqollaridan biri quyidagicha: Och qornim – tinch qulog‘im.
Zachot: Tinch qulog‘im.
13-savol:
Jadidlar Germaniyaga 70 nafar talabani jo‘natishadi va “hech bo‘lmasa 70 nafar yoshlarimizni
Germaniyaga borishini ta’minlab oldik, kelajakda minglab yoshlarimiz bu yerga yetib kelishadi” – deya
niyat qilishadi. Tarixchi Abduvali Yo‘ldoshev bu jarayon haqida gapira turib, 2004-yilda Toshkentda
tug‘ilgan insonni eslab o‘tadi. Savol: Qaysi insonni eslab o‘tadi?
Javob:Abduqodir Husanov.
Izoh: Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk o‘zbekistonlikka aylandi va nasib qilsa, uning ortidan hali minglab
yoshlarimiz u yerga borishadi – deydi tarixchi.
14-savol:
Enantiosemiya deganda bir so‘zning qarama-qarshi ma’no berishi tushuniladi. Misol uchun, “sanksiya” so‘zi
ham ruxsatni, ham ta’qiqni bildirishi mumkin. Yana misol, hindcha “kal” (कल) so‘zi kecha va ertaga
so‘zlarini bildiradi. Akkad tiliga bir klassik asarni tarjima qilish qiyin bo‘lar edi, chunki akkad tilidagi
“arnum” so‘zi birinchini ham, ikkinchini ham bildiradi. Savol: Birinchi va ikkinchi o‘rnidagi bir harfdan
boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Jinoyat, jazo.
Izoh: “Arnum” so‘zi ham jinoyatni ham jazoni bildirar ekan. Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari
dunyodagi eng mashhur asarlardan.
15-savol:
Uning gaplaridan iqtibosni eshiting: “Mening haqiqiy shon-sharafim - qirqta jangda g‘alaba qozonganim
emas... Hech qachon unutilmaydigan, abadiy yashaydigan narsa - bu mening Fuqarolik Kodeksim”. Savol:
Bu kimning gaplari?
Javob:Napoleon Bonapart.
Izoh: Napoleon Kodeksi nomini olgan huquqiy hujjat butun dunyo fuqarolik munosabatlariga katta ta’sir
ko‘rsatgan.
Page 5
16-savol:
O‘rta asrlarda yashagan mashhur matematik Fransua Viyet fransuz qiroliga U sifatida xizmat qilgan.
Viyetning bu xizmatlari ispan saroyi sirlarini fosh qilgan. Bir ispan kardinali Vyetni jodugarlikda ayblab, Rim
Papasiga shikoyat qilgan. Lekin xizmatida Ular bo‘lgan Rim Papasi ispanlar aybloviga ishonmagan. Savol: U
o‘rnidagi kelib chiqishi yunon tiliga borib taqaluvchi sirli kasb egasi nomini yozib bering.
Javob:Kriptograf.
Izoh: Mashhur matematik ancha usta kriptograf bo‘lgan hamda ispan saroyi xatlarida ishlatgan shifrlarini
bemalol o‘qiy olgan. Garchi ispan ayonlari o‘zlari ishlatuvchi shifrni faqatgina shayton yordamida ochish
mumkin deb hisoblasa ham. Lekin bu shifr siri Rim Papasi kriptograflariga ham ma’lum edi. kriptografiya
so‘zi qadimgi yunon tilidan “yashirin yozaman” deb tarjima qilinadi. Sirli so‘zi shunga ishora edi.
17-savol:
1991-yil 5-fevralda qabul qilingan qarordan so‘ng, teatrshunos olim Frunze Jo‘rayevga yozuvchilardan biri
“Endi sizni Boshbek Jo‘rayev deb ataymiz” deya hazil qiladi. Savol: Savol matnidagi bir oz o‘zgartirilgan
so‘zni toping.
Javob:Bishkek.
Izoh: Aynan shu kunda Qirg’iziston poytaxti nomi Frunzedan Bishkekga o‘zgartirilgan. Yozuvchi Ne’mat
Aminov ham Frunze Jo‘rayevga “Endi sizni Bishkek Jo‘rayev deb ataymiz” deya hazil qiladi.
18-savol:
AQShlik Emiko Nurning o‘zbek adabiyotidagi bir asarni tarjima qilgan. Ko‘rgazmada inglizcha tarjimadagi
bir necha so‘z va jumlalarni ko‘rib turibsiz. Savol: Emiko tomonidan kimning asari ingliz tiliga tarjima
qilingan?
Javob:Erkin Vohidov.
Izoh: “O‘zbegim” qasidasidasidagi oqsoch, tarix shodasi, Qaysari Rum, Kavkabiston kabi parchalar shunday
tarjima qilingan.
19-savol:
Ko‘zi ojiz insonlar o‘ynaydigan futbolda ishtirokchil
AQShlik Emiko Nurning o‘zbek adabiyotidagi bir asarni tarjima qilgan. Ko‘rgazmada inglizcha tarjimadagi
bir necha so‘z va jumlalarni ko‘rib turibsiz. Savol: Emiko tomonidan kimning asari ingliz tiliga tarjima
qilingan?
Yaratilgan sanasi: Tue, 16 Sep 2025 15:33:42 +0500
Page 6
Javob:Erkin Vohidov.
Izoh: “O‘zbegim” qasidasidasidagi oqsoch, tarix shodasi, Qaysari Rum, Kavkabiston kabi parchalar shunday
tarjima qilingan.
19-savol:
Ko‘zi ojiz insonlar o‘ynaydigan futbolda ishtirokchilar shubha qoldirmaslik uchun ko‘zlariga tasma taqib
olishadi. O‘yin davomida murabbiy va yordamchilarning ovozlariga, signallariga qarab harakatlanishadi.
Savol: Bu futbolda nom chiqargan “Los Murciélagos” (los mursilagos) jamoasining nomi tilimizga qanday
tarjima qilinadi?
Javob:Ko‘rshapalak(lar).
Izoh: Ko‘rshapalaklar ham ko‘zi yordamida emas, signallar aniqrog‘i (exolokatsiya) yordamida
harakatlanishadi. Ko‘zi ojizlar futbolida mashhur bo‘lgan Argentina klubi esa o‘ziga mantiqiy nom tanlagan.
20-savol:
1933-yilda Al Kaponenining Alkatrasga qamalishi jamoatchilik qiziqishini yanada oshirgan. Pul ishlashni
istagan havaskor astronom San-Fransisko qirgʻogʻida mashina tepasiga Uni oʻrnatgan holda paydo boʻlgan.
Dunyodagi eng katta Unga bog‘liq bir parametr salkam 40 metrni tashkil qiladi. Savol: Uni yunoncha soʻzda
yozib bering.
Javob:Teleskop.
Izoh: Astronom orolda joylashgan qamoqxonani tomosha qilishni istagan sayyohlarga teleskop orqali
xizmat qilgan. Chilidagi dumyodagi eng katta teleskopning asferik ko‘zgulari diametri 39,3 metrni tashkil
qiladi.
21-savol:
1922-yil yozida Fayzulla Xo‘jayev kasal bo‘lib qoladi, haqiqatdan emas, ataylabdan shunday qilinadi. Savol:
Shifokorlar Fayzulla Xo‘jayevga qaysi Yevropa davlatida davolanib kelishni tavsiya qilishgan?
Javob:Germaniya.
Izoh: Maqsad Germaniyaga borib xorijda o‘qish uchun saralangan yoshlar uchun shart-sharoitlarni hozirlash
bo‘lgan. Bu haqida bu tur boshida aytib o‘tgan edik. Xo‘jayev bu ishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshira
olmagani uchun ayyorlik ishlatgan.
22-savol:
Davron Fayziyev 59 soniyalik videosida Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv haqida
gapiradi. Video yakuniga 15 soniya qolganida UNGA murojaat qiladi va U Davron Fayziyevning 45 soniyada
gapirganidan ham ko‘proq gapirib qo‘yadi. Savol: Qo‘shiqchi va aktyor bo‘lgan U kim?
Javob:Soat Sharipov.
Izoh: Tez gapirish uslubi bilan tanilgan Soat Sharipov uchun 15 soniyaning o‘zi yetarli bo‘lgan,
yaxshiyamki, 15 soniya vaqti borligini bilmay qoldi – deydi Davron Fayziyev.
23-savol: Дуплет
1.
Duplet. 2024-yilda premyera qilingan “Chimildiq” filmi er-xotin Tohir va Zuhraning ajralish sahnasi bilan
boshlanadi. Ularning ajrimini birinchi bo‘lib eshitgan erkak esa xursand bo‘ladi. Savol: Erkakning ismi nima
edi?
Javob:Botir
2.
2024-yilda premyera qilingan “Chimildiq” filmida ekstrasens erkak o‘zida mo‘jizaviy kuch borligini,
bolaligida odamlarni davolaganini aytadi. Savol: Bu erkak rolini qaysi aktyor gavdalantirgan?
Javob:Dilshod Kattabekov
Izoh: Tohir va Zuhraning ajralganini eshitib, Botir ismli personaj xursand bo‘ladi. 1999-yilgi “Chimildiq” filmi
bosh qahramon rolini ijro etgan Said Muxtorov yangi shu nomdagi filmda ham rol ijro etgan. Dilshod
Kattabekov esa o‘zining kichkina tabib roliga ishora qilib ketgan.
24-savol:
Adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor paxta davridagi alamli voqealarni eslar ekan, dekabr oyida, sovuq
havoda kasal bo‘lib qolgan qizni xarob kasalxonaga olib borganini eslaydi. Shuncha adolatsizlikka qarshi
hech narsa deyolmasligini bilgan talaba simyog‘ochdagi mashhur bir shiorda bo‘yoqchining xatosi tufayli
bir so‘z o‘zgarib qolganini ko‘radi va shior mana shu holatda haqiqatni ifodalayotganini alam bilan tan
oladi. Savol: O‘sha shiordagi so‘zni asl holatda yoki o‘zgargan holatida yozib bering.
Javob:Qo‘l.
Izoh: Brejnevga tegishli shior shunday edi: Oq oltinni oltin qo‘llar yaratadi. Shiorda esa o‘ harfining usti
yozilmay qolgan va kirill yozuvida qul so‘zi paydo bo‘lib qolgandi. Oq oltinni oltin qullar yaratishi ayni
haqiqat edi.
Zachot: Qul.
25-savol:
2025-yil 31-martidagi xabarda ChatGPTda 1 soatda 1 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgani
Yaratilgan sanasi: Tue, 16 Sep 2025 15:33:42 +0500
Page 8
yozilgan. Ushbu xabar ostida bunga sabab U bo‘lgani haqida izohlar qoldirilgan. Savol: U o‘rnidagi unlilari
bir xil xorijiy so‘zni yozib bering.
Javob:Ghibli
Izoh: Ghibli stilidagi rasmlar yodingizda bo‘lsa kerak. ChatGPT boshlig‘i Sem Altman bu turdagi rasmlarga
qiziqqan ko‘plab odamlar ChatGPT da ro‘yxatdan o‘tgani haqida twit yozgan.
26-savol:
XIX asrning 70-yillarida Rimda yangi ko‘chalar bunyod etish uchun ko‘plab eski uylar buzilgan va chuqurlar
qazilgan. “Italiya tasvirlari” asarida yozilishicha, bu qurilish ishlari natijasida ikkita yangi U ochiladi. Savol:
U o‘rnidagi yunoncha so‘zni yozib bering.
Javob:Muzey.
Izoh: Eski uylarni buzib, kotlovanlar qazish natijasida juda ko‘plab antik artefaktlar topilgan. Ushbu
artefaktlarni saqlash va namoyish qilish uchun ikkita muzey tashkil etilgan.
27-savol:
Milliarder Rokfeller haqidagi videoda Rokfellerning aslida kim bo‘lgani: xasis boymi yoki insonparvar
filantrop, yaxshi inson bo‘lganmi yoki yomonmi – kabi savollarga javob qidiriladi, yakuniy xulosaga
kelinmaydi va yakunda shunday deyiladi: Har bir milliarderning IKSIDA IGREK bo‘lishi katta ehtimol. Savol:
IKS va IGREK o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javob:Shkaf va Skelet.
Izoh: “Shkafdagi skelet” iborasi “hech kimga aytilmagan, aytilsa obro‘ga ta`sir qilishi mumkin bo‘lgan sir”
ma`nosini bildiradi. Har bir inson kabi Rokfellerning ham qabriga olib ketgan sirlari bo‘lgan albatta.
28-savol:
Shoir Rustam Mirvohid tomonidan yaqinda yuz bergan yangilikka munosabat sifatida yozilgan she’rni ko‘rib
turibsiz. Savol: Berkitilgan so‘zni yozib bering.
Javob:O‘roni (o‘ron).
Izoh: O‘zbek tilidagi bir qancha xorijiy so‘zlar o‘rniga muqobil atamalar taklif etilganidan so‘ng shoir
ulardan biridan foydalanib, she`r yozgan. O‘ron so‘zi parol so‘zi o‘rniga taklif etilgan.
29-savol:
Gerai o‘yinlari to‘rt yilda bir, Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng o‘tkazilgan. Ushbu o‘yinlarda yugurush
musobaqalarida tashqari raqslar ham uyushtirilgan. Olimpiada o‘yinlaridan farqli ravishda Gerai o‘yinlarida
faqat ULAR ishtirok etishgan. Savol: Ularni toping.
Javob:Qizlar
Izoh: Olimpiada o‘yinlarida faqat erkaklar ishtirok etgan. Ayollarni Olimpiada o‘yinlarini tomosha qilishlari
ham ta’qiqlangan edi. herai – ya’ni nikoh va oila homiysi ma’buda Gera sharafiga o‘tkazilgan o‘yinlarda esa
ayollar bellashgan.
Zachot: Ayollar.
30-savol:
“Yomon yigitlar 2” animatsion filmida ishga hujjat topshirgan personaj boshliqning xonasidan chiqiboq
Uning ovozini eshitadi va ishga qabul qilinmasligini tushunadi. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, tashkilotlarda
1x5mm (birga besh millimetr) standartdagi Undan foydalanish belgilab qo‘yilgan. Savol: U nima?
Javob:Shreder.
Izoh: Multfilmda personaj boshliqning xonasida chiqishi bilan shreder ovozini eshitadi va unda o‘zining
ma’lumotlari yozilgan hujjat maydalanayotganini tushunib yetadi. AQShda hujjatlar maxfiyligini ta’minlash
uchun qog‘ozlarni juda mayda bo‘laklarga bo‘ladigan shrederdan foydalanish kerakligi belgilangan.
31-savol:
Qarshingizda Janubiy Afrika Respublikasidagi Homo Naledi qoldiqlari topilgan “Chiqayotgan yulduz” nomli
g‘orning chizmasi. O‘rtadagi biz nomini berkitib qo‘ygan tuynuk g‘orning eng tor qismi bo‘lib, undan
ko‘pchilik insonlar faqat bir qo‘lini oldinga cho‘zib yotgan holda o‘tishi mumkin. Bu tuynuk ilk bor 1938-yili
dunyo yuzini ko‘rgan personaj nomi bilan atalgan. Savol: O‘sha personajni yozib bering.
Javob:Supermen.
Izoh: Bu tuynukdan faqatgina Supermen pozasida o‘tsa bo‘ladi.
32-savol:
1802-yili Angliyadagi tamaddixonada ishlovchi qizga pochtalyon xat olib kelgan va to‘lov talab qilgan.
Xatni qo‘liga olib, aylantirib ko‘rgan qiz pochtaylon talab qilgan miqdorda puli yo‘qligini aytgan. Mavjud
qoidaga ko‘ra pochtalyon xatni jo‘natuvchiga qaytarib yuborishi kerak edi. Keyinchalik qiz xat Londonda
ishlayotgan sevgilisidan ekanligi, konvertga tushirilgan shartli belgilar orqali muloqat qilishlarini tan olgan.
Savol: Versiyalardan biriga ko‘ra, ushbu voqea nimaning paydo bo‘lishiga olib kelgan?
Javob:Pochta markasi.
Izoh: O‘sha paytlarda pochta xizmati qimmat bo‘lgan. Ushbu voqeani eshitgan Roulend Xill miqdori 1 penni
bo‘lgan, pochta xarajatlarini oldindan to‘lovchi pochta markasini joriy qilgan ekan.
33-savol:
Rasmda ko‘rsatilgan shaharsozlik konsepsiyasi avtomobilga qaramlikni kamaytirish, sog‘lom va barqaror
turmush tarzini targ‘ib qilish, shahar aholisining farovonligi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu
konsepsiya 21-asrda mashhurlikka erishgan. Savol: Konsepsiya
Rasmda ko‘rsatilgan shaharsozlik konsepsiyasi avtomobilga qaramlikni kamaytirish, sog‘lom va barqaror
turmush tarzini targ‘ib qilish, shahar aholisining farovonligi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu
konsepsiya 21-asrda mashhurlikka erishgan. Savol: Konsepsiya nomidagi ikki xonali sonni yozib bering.
Javob:15
Izoh: “15 daqiqali shahar” konsepsiyasida ish, savdo, taʼlim, sogʻliqni saqlash va dam olish kabi kundalik
ehtiyoj va xizmatlarga shaharning istalgan nuqtasidan 15 daqiqada piyoda, velosipedda yoki jamoat
transportida osongina yetib borish nazarda tutiladi. Savoldagi “mashhurlikka erishgan” so‘zlari esa “15
daqiqalik mashhurlik” iborasiga ishora edi.
34-savol:
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, trullo uylari faqat toshlarning o‘zidan, qorishmasiz taxlab chiqish orqali
quriladi. Trullo uylarining kelib chiqishi haqidagi eng keng tarqalgan versiyaga ko‘ra, Apuliya hududida
yashovchi aholi katta miqdordagi pul to‘lashdan qochib, shunday uylarni qurgan. Maqsad Ular kelgunicha
uylarni buzib tashlash bo‘lgan. Savol: Ular kimlar?
Javob:Soliqchilar.
Izoh: o‘sha vaqtlarda Italiyada ko‘chmas mulk uchun soliqlar juda qimmat bo‘lgan. Trullo uylari toshning
o‘zidan qurilgani uchun uni buzib tashlash oson bo‘lgan. Mahalliy aholi uyni soliqchilar kelgunicha buzib
tashlashgan va shu orqali soliqdan qutilib qolishgan ekan.
35-savol:
Ushbu 5 medalning 3 tasida “Inventas vitam juvat excoluisse per artes” – “Kashfiyot hayotni yaxshiroq,
san’atni esa go‘zalroq qiladi” so‘zlari yozilgan. Savol: Bu medallarni boshqa tarafida tasviri tushirilgan
insonni toping.
Javob:Alfred Nobel.
Izoh: Tarqatmada adabiyot, tibbiyot, tinchlik, fizika va kimyo hamda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofiti
sohiblariga topshiriluvchi medallarning orqat tomoni ko‘rsatilgan. Old tomonida esa Alfred Nobel tasvirini
ko‘rishimiz mumkin.
Zachot: Nobel.
36-savol:
“U” nomli qisqa filmda eri tashlab ketayotganidan jahli chiqqan ayol oilaviy surat sirtini sindiradi va
ichidagini yirtmoqchi bo‘ladi, ammo yirtolmaydi. Erkak va ayol film so‘ngida farzandining yoniga borishadi,
bu farzand ularning AJRALIB KETMASDAN, BIRLASHISHLARINI ta’minlagan omil edi. Savol: Film nomini bir
bo‘g‘inli, besh harfdan iborat so‘z bilan yozib bering.
Javob:Skotch.
Izoh: Bola oiladagi vaziyatni his qilgan holda ota-onasi ajralishini istamaydi va oilaviy suratni ochib skotch
bilan mustahkamlaydi, ortiga o‘z rasmini ham yopishtiradi va o‘zi haqida o‘ylab ko‘rishlarini istaydi. Ayol
shu boisdan rasmni osongina yirtib tashlolmaydi. Bola ajralib ketish arafasidagi er-xotinni birlashishini shu
tariqa ta’minlaydi, bolaning o‘zi haqiqiy skotch edi.