2025-yil O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining final bosqichi savollari
1-savol:
Dastlab Toshkentdagi eski maktablardan birida, keyinchalik Xoja Axror madrasasida tahsil olgan o‘zbek
pedagogi o‘tgan asr 30-yillari oxirida o‘zbek tilidagi birinchi ALFAni yaratgan. Savol: ALFAni toping.
Javob:Alifbe darsligi
Izoh: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi Oqilxon Sharafiddinov yaratgan "Alifbe" kitobi o‘zbek
maktablarining 1-sinfi uchun uzoq vaqt asosiy darslik bo‘lib keldi. Bugungi musobaqamizni ham alifdan
boshlab oldik.
Zachot: Alifbe
2-savol:
“Atletiko Madrid” jamoasi stadionida bo‘lib o‘tgan “Atletiko Madrid” va “Real Madrid” o‘ynida mezbonlar
hisobda oldinga chiqib olishgach sharxlovchi Davron Fayziyev “Ateltiko Madrid” bu golni U sifatida ajoyib
bajarganini aytib o‘tadi. Tadqiqotchilar fikricha Uning miqdori oshib ketishi bolalarda ijodkorlik va mustaqil
fikrlash qobiliyatining pasayishiga olib kelar ekan. Savol: Uni toping.
Javob:Uy vazifasi.
Izoh: Atletiko jamoasi o‘z uy stadionida kiritgan ilk golidan keyin sharxlovchi "Atletiko uy vazifasini ajoyib
bajarganini aytadi.Tadqiqotchilar tajribalari yosh o‘quvchilar uchun uyga vazifa miqdori oshsa buning
salbiy natijalarini tasdiqlagan.
Zachot: Uyga vazifa
3-savol:
Xitoyda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda
Xitoyning zamonaviy qurollari ko‘rsatildi. Parad oxirida minglab Ular osmonga ko‘tarilgan. Bir bloggerning
fikricha, bu bilan Xitoy “Tovushdan tez qiruvchi samolyotlarimiz ko‘p, biroq biz uchun ko‘kda Ular uchishi
muhimroq” demoqchi bo‘lgan. Savol: Ular bilan almashgan so‘zni aniq yozib bering.
Javob:Kabutarlar
Izoh: Kabutarlar tinchlik ramzi hisoblanadi. Jurnalist Xitoy ham o‘zining tinchlik tarafdori ekanligiga ishora
bergan deb hisoblaydi.
4-savol:
Siz ko‘rib turgan o‘simlik urug‘lari zaharli bo‘lib, maydalangan holda yutilsa bir donasi ham o‘limga olib
kelishi mumkin. Hindistonda bu urug‘lardan Ularni yasovchilar doimiy ravishda zaharlanar ekan. Ularni
turlari orasi 108, 50, 33, 99 donalilari uchraydi. Savol: Ularni toping.
Javob:Tasbeh.
Izoh: Abrus Precatorius deb nomlanuvchi mustahkan va chiroyli urug‘lardan tasbehlar yasash urf bo‘lgan.
Ushbu urug‘larni ipga tizish uchun teshuvchi ishchilar urug‘lardan zaharlanishi mumkin. Shuningdek turli
dinlarda donalari turlicha bo‘lgan tasbehlar ishlatiladi.
Zachot: Ipga tizib yasaluvchi bezaklar.
5-savol:
“Abrus precatorius” o‘simligining urug‘lari mustahkam va chiroyli bo‘lib, ulardan tasbeh yasashda
foydalanishadi. Shu bilan birgalikda Hindistonda bu o‘simlik urug‘laridan zargarlar boshqa maqsadda ham
foydalanishgan. Huddi shunday maqsadda Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlari zargarlari boshqa o‘simlik
urug‘laridan foydalanishgan. Savol: O‘sha o‘simlik urug‘lari qanday nomlanadi?
Javob:Karat.
Izoh: Urug’lar vazn o‘lchov birligi sifatida foydalaniladi. Abrus precatorius o‘simligi urug‘lari bir xil bo‘ladi,
xuddi karat daraxti urug‘lari kabi. Zargarlikda karat og‘irlik o‘lchovi bor.
Zachot: Qirot.
6-savol:
Eskimoslarda baquvvat insonni taʼriflashda, huddi U kabi kuchli iborasi ishlatiladi. Texnomart do‘konining
bir bannerida U qo‘lida konditsioner ko‘targan holda tasvirlangan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Oq ayiq.
Izoh: eskimoslarda oq ayiq bahodir, pahlavon so‘zlari nisbatida ishlatiladi. Reklamada oq ayiqning
konditsioner tutib turishi mantiqiydir.
7-savol:
Yurtimizdagi bir universitet davlat imtihonlari oldidan tarqatilgan o‘z reklama flayerlarini odamlar
shunchaki tashlab yubormasligi uchun U ko‘rinishida tayyorladi. Boshqa bir reklamada mangaldagi g‘ij-g‘ij
ta’mga U sababchi ekani aytilgan. Savol: U nima?
Javob:Yelpig‘ich.
Izoh: Universitet o‘z reklama flayerlarini davlat imtihonlaridan oldin, ayni issiq chilla paytida tarqatgan.
Yelpig‘ich ko‘rinishidagi flayerni olgan odamlar esa uni shunchaki tashlab yubormay, o‘zi bilan olib
yurishgan va foydalanishgan. “Mangalda xush ta’m g‘ij-g‘ij, Sababchisi yelpig‘ich!” deya mangal uchun
maxsus yelpig‘ichlar reklama qilingan.
8-savol:
2006-yili Yahoo kompaniyasi paydo bo‘lganiga endi 2 yil bo‘lgan Uni 1 milliard dollarga sotib olmoqchi
bo‘lgan. Kerakli hujjatlar tayyorlash jarayonida narx 800 million dollarga tushirilgan va bu Uning egalariga
yoqmagan. Natijada bekor qilingan shartnoma IT sohasidagi eng katta xatolardan biri sifatida baholanadi.
Savol: Uni toping.
Javob:Facebook kompaniyasi.
Izoh: Hozirda Facebook 2 trillion dollardan ortiqqa baholanadi.
Zachot: Facebook
9-savol:
Qozog‘istonlik ingliz tili o‘qituvchisi Yerdos Riskeldiuli bir nechta Ularning ingllizzabonlar uchun qulay
variantini taqdim etdi. Berilgan jumlalar ham shular qatorida keltirilgan. Savol: Ular nimalar?
Javob:Qozoq ismlari.
Izoh: Qozoq ismlarining talaffuzini ingliz tilidagi so‘zlar orqali hosil qilgan. Misoldagi ismlar Tomiris, Bibigul,
Dilnaz, Sholpan, Aybek, Asel.
Zachot: Ismlar.
10-savol:
Samarqand xalqaro aeroportining yangi ko‘rinishi kitob shaklida bo‘lib, tepa qismidagi tasvirlar 15-asrning
1-yarmida yozilgan asardan ilhomlanib ishlangan. Savol: Ushbu asar nomini toping.
Javob:Ziji jadidi Ko‘ragoniy.
Izoh: Aeroportni yaratishda Mirzo Ulug‘bekning "Ziji Jadidi Ko‘ragoniy" kitobidan ilhom olingan va ochiq
turgan kitob shaklida bunyod etildi. Tepadan qaraganda aeroport ustida yulduz turkumlari tasvirlarini
ko‘rish mumkin.
11-savol:
Gipotermiya – tananing harorati keskin pasayib ketishi kasalligi bo‘lib, o‘limga olib borishi mumkin.
Talqinlarga ko‘ra USHBU personajning vafot etishiga gipotermiya sabab bo‘lgan. 1Fit ilovasida suv sporti
bilan shugʻullanuvchilarga “Sen UNI qutqarib qolgan bo‘lar eding” degan eʼlon keladi. Savol: Uning
kimligini yozib bering.
Javob:Jek [Douson].
Izoh: Titanik personaji Jekning vafot etishiga tanadagi issiqlik kamayib ketganligi sabab deyiladi.
12-savol:
Yumor yo‘nalishidagi maqolalardan birida “Uch cho‘chqacha” ertagi haqida shunday fikr bildirilgan
“Uchinchi cho‘chqachaning IKSi somondan edi, bo‘ri uni osonlik bilan puflab uchurib yubordi va kitobxonni
yeb qo‘ydi”. Savol: IKSni aniq yozib bering.
Javob:4-devor.
Izoh: "To‘rtinchi devor" an'anaviy "uch devorli" teatrda aktyorlar va tomoshabinlar o‘rtasidagi xayoliy
devordir. Aktyorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahna yoki ekrandan tomoshabinga murojaat qilishi “to‘rtinchi
devorni buzish” deb ataladi
13-savol:
Savol matnida bir so‘z tushirib qoldirilgan. Bir fantastik hikoyada voqealar 2155-yilda bo‘lib o‘tadi.
Kunlarning birida qog’oz kitob topib olgan Mari hayratlanadi. Shuningdek qadimda mavjud bo‘lgan
o‘qituvchilar haqida eshitganida yanada ajablanadi. Savol: Tushirib qoldirilgan so‘zni yozib bering.
Javob:Odam.
Izoh: Voqealari kelajakda bo‘lib o‘tadigan hikoyada o‘qituvchilar – robot edi, Mari odam o‘qituvchilar haqida
eshitganida juda ajablanadi.
14-savol:
Diqqat qiling, savol matnida bir so‘zdan ikki o‘rinda harflar tushib qolgan. O‘zbek adibining “Adir” nomli
hikoyasida o‘qituvchilik kasbi yetarli darajada qadrlanmayotgani haqida so‘z boradi. Hikoyada adir go‘yo
ulkan yer yuzining kichik bir maketi ekani, undagi muhit hayotdagi manzarani yodga solishi, tinchlik ham,
shovqin ham, e’tibor ham, loqaydlik ham, turli ma’nodagi qarashlar, xo‘rsinishlar, zavqlanishlar, xullas
hamma narsa borligi ta’kidlanadi. Savol: Harflari tushirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Auditoriya
Izoh: Auditoriya qisqartirilib adir shaklida o‘qilgan edi. Ulug‘bek Hamdamning o‘qituvchilar haqidagi
hikoyasi adir deb emas, auditoriya deb nomlanishi ancha mantiqiydir.
15-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushurib qoldirilgan. Bir o‘zbek romanida qo‘ni-qo‘shnining bolasi ochqab
yig‘lasa, emizib qo‘yaveradigan personaj bo‘lib, qishloq aholisi bu ayolga “Kal xola” deb laqab qo‘yishgani
aytiladi. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan 5 harfli so‘zni yozib bering
Javob:Ko‘kal.
Izoh: Bir onani emgan go‘daklar ko‘kaldosh, yaʼni emikdosh deyiladi.Ko‘kal so‘zi turkiy xalqlar lug'atlarida
"enaga","ona" yoki "emizuvchi degan manolarda ham keladi. Asarda shu ayol sabab qishloqning ko‘p
bolalari bir biriga ko‘kaldosh bo‘lgani aytiladi
16-savol:
O‘z xatida Mark Tven hech kimga unda yozuv mashinkasini borligini ma’lum qilmasliklarini so‘ragan.
O‘tgan asr avvalida “Harper’s Magazine” jurnalida ushbu xatni chop etilishidan maqsad U edi. Savol: Uni
toping.
Javob:Reklama.
Izoh: Remington mashinkalari mashhur yozuvchining fikridan reklama sifatida foydalangan. Mark Tven
yozuv mashinkasidan foydalanib, asarlarini yozgan birinchi yozuvchi hisoblanadi.
17-savol:
“Shum bola” qissasining davomida Qoravoy Hindistonga safar qilib turli voqealarni boshidan o‘tkazardi.
Ammo qissaning davomi yozilmagan. Gʻafur Gʻulom qissa davomini yozmaganiga bir sabab keltirgan.
Savol: O‘sha sababni yozib bering.
Javob:O‘zi Hindistonda bo‘lmagani uchun.
Izoh: Hindistonda bo‘lmagan Gʻafur Gʻulom Hindiston muhitini tasvirlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi
mumkinligini hisobga olgan ekan.
Zachot: Gʻafur Gʻulom Hindistonda bo‘lmagani, bormagani uchun.
18-savol:
“Shum bola” qissasining davomida Qoravoy Hindistonda sotish uchun hushtak va zanjir olishni reja qiladi.
Qoravoy zanjirni fil boquvchilarga, hushtakni esa ULARga sotmoqchi edi. Savol: ULARni yozib bering.
Javob:Ilon o‘ynatuvchilar.
Izoh: Qissasining yozilmay qolgan syujetiga ko‘ra Qoravoy fillarni bandi qilish uchun zanjir va ilon
o‘ynatuvchilar uchun hushtak talabgir mahsulotlar ekanini eshitadi.
Zachot: Morbozlar.
19-savol:
Turkiyada faollar tomonidan ishlab chiqilgan mazkur grafik bir turdagi o‘limlar statistikasini namoyon
qiladi. Statistikaning ta’sirini kuchliroq anglatish uchun, ushbu grafik U YERDA aks ettirildi. Savol: U YERNI
uch so‘z bilan yozib bering.
Javob:Piyodalar o‘tish joyi.
Izoh: Ushbu statistika - yo‘l-hodisasi tufayli jarohatlangan yoki vafot etgan odamlar sonini o‘zida aks
ettiradi.
20-savol:
Bir qo‘shiqdagi lirik qahramon “Sen yuragimni ALFA kabi eritding” deydi. ALFA skandinavcha ism bo‘lib,
“himoyachi” ma’nosini anglatadi. Savol: ALFA o‘rnidagi ismni yozib bering.
Javob:Gerda
Izoh: Xans Kristian Andersenning “Qor malikasi” asarida Gerda yuragi muzga aylangan Kayni qutqaradi.
21-savol:
Nevrologiyada “Dyushen tabassumi” degan tushuncha bo‘lib, bu tabassum inson haqiqiy xursandlikni his
qilganda paydo bo‘ladi. 2005-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra sovg‘aga mevalar olgan 90% insonda,
sham olgan 77% inson yuzida “Dyushen tabassumi” paydo bo‘lgan. Bu tadqiqotda qatnashgan barcha
insonlar yuzida Uni sovg‘a sifatida olishganda “Dyushen tabassumi” paydo bo‘lgan. Emi Styuartning
yozishicha, bu tadqiqotga ushbu kasb egalari havola berishni yoqtirishadi. Savol: Qaysi kasb vakillari?
Javob:Floristlar.
Izoh: U gul edi.
Zachot: Gul sotuvchilar.
Yaratilgan sanasi: Wed, 08 Oct 2025 22:10:06 +0500
Page 7
22-savol:
ULАR juda ayyor boʼlib, och qolgan payti ovchini hattoki ayiq, leopard yoki boshqa havfli hayvon oldiga olib
borishi mumkin. Maqsadi, ovchi halok boʼlsa, qoldiqlarida paydo boʼladigan qurt-qumursqalar bilan
oziqlanish. Savol: ULАRning koʼp tillardagi nomlarida uchraydigan mahsulot nomini yozib bering.
Javob:Аsal
Izoh: Аsalga yetaklovchilar (qushlar) odamlarga odatda asalari inini koʼrsatishadi, odamlar esa javoban
ularga oʼljani bir qismini qoldirishadi.
23-savol:
Ko‘rgazma material O‘QIB BERILMAYDI! VAQT KETDI
Javob:Zoom
Izoh: Karantin davriga to‘gʻri kelganligi sababli mukofot online tarzda zoom platformasi orqali taqdim
etilgan.
24-savol:
Bir shifokorning ayollarga bergan hazilomuz maslahatiga ko‘ra, aslida markaziy sternotomiya yoki chap
tomonlama torakotomiya U hisoblanadi. U bir pazandachilik kitobi nomida ham bor. Savol: Uni bir necha
so‘zda yozib bering.
Javob:Erkak yuragiga olib boruvchi yo‘l.
Izoh: Shifokor hazil aralash “Erkak yuragiga yo‘l oshqozon orqali” jumlasini inkor qilib, aslida erkak
yuragiga yo‘l sifatida yuqoridagi usullarni keltiradi.
Zachot: Erkak yuragiga yo‘l; erkak va yurak so‘zlari eslangan sinonim javoblar.
25-savol:
Joriy yilda O‘zbekistondagi viloyatlar va shaharlar darajasidagi iqtisodiy faollikni baholash maqsadida ilk
marotaba AQSHning aeronavtika va kosmosni tadqiq etish boshqarmasining SHUNDAY IKS ma’lumotlaridan
foydalanildi. 1990-yillarda O‘zbekiston telekanallaridan birida haftada bir marotaba efirga beriladigan
dastur nomi ham SHUNDAY IKS edi. Savol: SHUNDAY IKS so‘zlari bilan almashtirilgan ikki so‘zni yozib
bering.
Javob:Tungi yog‘du.
Izoh: Hududni yoritilganligiga qarab u yerdagi iqtisodiy holatni baholash mumkin.
Zachot: Tungi yorug‘lik.
26-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan! Savol muallifi kundalik hayotda, masalan tirbandlikda
to‘satdan to‘xtash va keyin yana harakatlanishni oreo effektiga o‘xshatadi. Sharqiy Osiyodagi bir davlatda
oreo “xalq cholgʻu asbobi" sifatida tanilgan va barcha o‘qituvchilar chalishni o‘rganishi kerak bo‘lgan.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Akkordeon
Izoh: Akkordeon effekti — turli fan va sohalarda ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, umumiy ma’nosi biror
obyektning yoki jarayonning ketma-ket qisqarib-cho‘zilishi, kengayib-torayishini ifodalaydi.
27-savol:
Hadisga ko‘ra, U sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan buyumning balandligi o‘sha paytda arablar
foydalanadigan egarning suyanchig‘i balandligicha bo‘lishi kerak. Agar hech narsa topilmasa, yerga
chizilgan chiziq ham Uning vazifasini bajarishi mumkin. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Sutra.
Izoh: Namoz o‘qilyotganda namozxon va uning oldidan o‘tuvchilarning noqulay ahvolga tushmasligi uchun
qo‘yiladigan buyumga sutra deyiladi
28-savol:
Rasmdagi semaforlar orqali uzatiluvchi kodlar tizimidan Yevropada to elektr telegraf paydo bo‘lgunga
qadar keng foydalanilgan. Ushbu tizim Uning g‘alabalarida ham muhim o‘rin tutgan. Savol: U kim?
Javob:Napoleon Bonapart.
Izoh: 1792-yili taqdim qilingan tizim 1794-yildan boshlab ishlatila boshlangan. optik semaforlar butun
Fransiyani qoplab olgan. Bu tizim choparlardan ancha tezroq ishlagan. O‘z buyruqlarini tezda yetkazish
imkoniga ega bo‘lgan Napaleon esa katta ustunlikka ega bo‘lgan.
29-savol:
Yaqinda AQSH ichki xavfsizlik vazirligi kuch ishlatar tizimlari tomonidan immigrantlarni ushlash
operatsiyasi videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Video “Hammasini
ushlash kerak!” so‘zlari bilan e’lon qilindi. Savol: Ushbu jarayonda qaysi mediamahsulot eslanadi?
Javob:Pokemon.
Izoh: immigrantlarni ushlashga qaratilgan operatsiya pokemonlarni ovlagandek taassurot uyg‘otgan va
odamlarda salbiy fikrni uyg‘otgan.
30-savol:
2016-yilgi “Yo‘lovchilar” filmida barmen personajning “nega mijozlar yo‘q bo‘lsa ham, idishlarni
artaverasan” degan savoliga U deya javob beradi. Birinchi tan olingan U 18-asr so‘nggi choragida
Angliyada mo‘ri tozalovchi bolalarda aniqlangan. Savol: Uni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib
bering.
Javob:Kasb kasalligi.
Izoh: Kasb kasalliklari deb inson mehnat faoliyati davomida orttirib oladigan kasalliklarga aytiladi. Ilk marta
mo‘ri tozalovchi bolalarning nafas olish va ovqat hazm qilish tizimida aniqlangan kasallik ilk kasb kasalligi
sifatida ro‘yxatga olingan.
31-savol:
Gollandiyalik rassom Yan Stenning 1672 yili yaratilgan kartinasida dars jarayoni tasvirlangan. Kartina nomi
“BU ISHNI qilayotgan o‘qituvchi” deb nomlanadi. Bir ijod mahsulining dastlabki versiyalaridan birida
qahramon 100 yil davomida BU ISHNI qilgani aytiladi. Savol: BU ISHNI toping.
Javob:Uxlash
Izoh: Kartina “Uxlayotgan o‘qituvchi” deb nomlangan. O‘qituvchi shunchalik qattiq uyqudagi o‘quvchilar
darsxonada katta tartibsizliklarni yuzaga keltirishgan. Buni tasirlardan anglab olish mumkin. “Uxlayotgan
go‘zal” yoki “Uyqudagi malika” ertagining dastlabki versiyalaridan birida malika 100 yil uxlash uchun
jodulangan edi. Ishonamizki oralaringizda dars vaqtida uxlab qoladigan o‘qituvchilar yo‘q)))
32-savol:
2022-yil Lionel Messi bir o‘yinda jarima zarbasidan gol uradi va jarima zarbasidan urilgan gollar soni
bo‘yicha Undan o‘tib ketadi. U 2005-yili bir o‘yinda xet trik qilishiga bir bahya qoladi. Dubldan so‘ng
penaltidan berilgan zarbasi darvoza to‘siniga tegadi. Savol: U kim?
Javob:Rojerio Seni.
Izoh: Seni futbol tarixida eng ko‘p gol urgan darvozabon hisoblanadi. Karyerasida davomida 132 ta gol
urgan bo‘lib, uning 59 tasini jarima zarbasidan urgan. Butun futbolchilik karyerasi davomida faqat "San
Paulu" jamoasida to‘p surgan.
33-savol:
20-asr 4-choragida Nyu Yorkda lend-art loyiha amalga oshiriladi. Loyiha doirasida Nyu York shahridagi 81
sotix yerga bug‘doy ekiladi. Yig‘ib olingan bug‘doy donlari butun dunyoga tarqatiladi. O‘rib olingan somon
esa BU tashkilotga beriladi. Bu tashkilotning shtab kvartirasi odamlar yashovchi ko‘p qavatli binoning
birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, maxsus isitish, havoni ventilatsiya qilish va kondensatsiya tizimi bilan
jihozlangan. Savol: BU tashkilot nomini aniq yozib bering.
Javob:Nyu York otliq politsiyasi.
34-savol:
Hozirda Uni nazorat qilish va boshqarish Turkiya axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi
ixtiyoriga o‘tgan. Savoli: Qaysi tan olinmagan davlat Unga “n”[en] va “c”[si] harflarini qo‘shgan holda
foydalanadi?
Javob:Shimoliy Kipr
Izoh: .tr domeni Turkiyaga tegishli bo‘lib, Shimoliy Kipr davlati ushbu domenga n va c harflarini qo‘shish
orqali o‘zlari uchun foydalanadi.
35-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Juda katta hajmdagi ma’lumotlarni analiz qiladigan dasturlarni
yaratadigan kompaniya nomi “lan”. “lan” ilk bor [pauza] Bornmutda vafot etgan inson asarlarida uchraydi.
Savol: Tushib qolgan harflarni tiklab so‘zni to‘liq yozib bering.
Javob:Palantir.
Izoh: Jon Tolkinning "Uzuklar hukmdori" legendariumidagi kelajak va o‘tmishni kuzatish imkonini beradigan
toshlar palantir deb atalgan. AQSHning shu nomli kompaniyasi yaratgan dasturlar orqali juda katta
hajmdagi ma'lumotlar o‘rganiladi. Ushbu dasturlar asosan moliyachilar va harbiylar tomonidan qo‘llaniladi.
36-savol:
Bir kreativ fotograf ijodidan namunalarni ko‘rib turibsiz. Ijodkor bu ish zerikarli jarayon emasligiga urg‘u
bermoqchi bo‘lgan. Savol: Ijodkorga ushbu kolleksiyani yaratish g‘oyasi qanday jarayon vaqtida kelgan?
Javob:Pasportga suratga tushish.
Izoh: Suratlarga e’tibor bilan qarasangiz personajlarning byust qismi pasportga suratga tushadigan
shaklda. Bu ijodi orqali Maks Zidentopf pasportga suratga tushish zerikarli jarayon emasligiga urg‘u
bergan.
37-savol:
Abdulla Qahhorning hikoyasi qahramoni qishloqdagi bir yangilik haqida “Bizning yoshligimiz ota-onamizga
ancha arzonga tushgan ekan” deb aytadi. Savol: Shu yangilikni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zda
yozib bering.
Javob:Bolalar bog‘chasi.
Izoh: Hikoya qahramoni bolaligida bog‘chalar bo‘lmagani, ota-onalar farzandlarini uyda katta qilganini
nazarda tutib shunday deydi.
38-savol:
Qisqa metrajli o‘zbek filmida o‘quvchi bola ota-onasi o‘rniga maktabga yollangan aktrisani olib boradi.
Bolaning bezoriliklari haqida eshitgach, aktrisa bolani urishga tushadi. Maktabdan chiqqach, bola “urish
shart emasdi” deganda, aktrisa hammasi ishonarli chiqishi uchun shunday qilganini aytar ekan, bir
familiyani aytadi. Savol: Uning familiyasini yozib bering.
Javob:Stanislavskiy
Izoh: Stanislavskiy sistemasi — teatr san’atining Konstantin Stanislavskiy tomonidan ishlab chiqilgan sahna
nazariyasi va uslubining nomi. Sistemadagi asosiy vazifalar orasida eng muhimi aktyorning pesa
mazmunini to‘liq tushunishi, tavsiya etilgan muhitda o‘zini unga mos va uyg‘un his eta bilishidir.
39-savol:
Odatga ko‘ra, Gongkongda bu turdagi muassasalarning peshtaxtasi xavfsizlik maqsadida o‘rtacha odam
bo‘yidan balandroq qilib qurilaladi. Bu muassasalar ramzi tanga ushlab turgan ko‘rshapalak bo‘lib,
ko‘rshapalak muvaffaqiyatni, tanga esa foydani anglatadi. Savol: Qanday muasassa haqida gap ketayapti?
Javob:Lombard.
Izoh: O‘g‘irlik va talonchilik kabi noxush holatlarni oldini olish uchun lombardlarning peshtaxtalari
balandroq qilib qo‘yiladi.
40-savol:
Sovet pedagogikasining otasi bo‘lgan Anton Makarenko o‘ziga ustoz deb bilgan Anatoliy Vasilevich degan
bir amaldor 17 ta tilni bilgan. 1917- to 1929-yilgacha maorif vaziri bo‘lib ishlagan. Uning familiyasini
Toshkentdayam, O‘zbekistondayam bot-bot eshitib qolamiz. Savol: Anatoliy Vasilevichning familiyasi nima
bo‘lgan?
Javob:Lunacharskiy.
41-savol:
Bir hikoya qahramoni bo‘lgan bolakay shunday so‘zlarni aytadi. “Men bobom va uydagilarning ko‘zini
shamg‘alat qilib qornimni to‘ydirib olganimdan keyin qo‘l yoki oyog‘im ishlamay qolishidan xavotirlanib
qo‘rqib chiqardim”. Savol: Hikoya davomida arabchadan kirib kelgan qaysi so‘z bir necha bora tilga
olinadi?
Javob:Ramazon.
Izoh: Hikoyada Ro‘zasini buzib qo‘ygan bola Xudo uni jazolashidan qo‘rqib yuqoridagi fikrlarni aytgan.
Zachot: Ro‘za.
42-savol:
Ushbu suratda Xivadagi Juma masjidi ichki ko‘rinishi. Masjid 227 ta yog‘och ustunli yirik hovli ko‘rinishida
qurilgan. Negadir masjid qurilishida xar xil o‘lchamdagi yog‘och ustunlar ishlatilgan. Bunga sabab sifatida
Masjidning U orqali qurilgani aytiladi. Savol: U o‘rnidagi unlilari bir xil bo‘lgan so‘zni yozib bering.
Javob:Hashar.
Izoh: Masjid hashar yo‘li bilan qurilgan.Masjid qurilishida o‘z hissasini qo‘shib savob olmoqchi bo‘lgan
mahalliy aholi vakillari o‘zlari topgan turli ustunlarni masjid qurilishi uchun o‘zlari bilan olib kelishgan va
shu ustunlar masjid qurilishida ishlatilgan.
43-savol:
O‘zbek pedagoglarini o‘qituvchilar, domlalar, ustozlar, mullalar kabi atamalar bilan murojaat qilishadi.
Qadimgi Gresiyada o‘qituvchilar pedagog, sofist, didaskal kabi nomlar bilan atalgan. Pedagog bolani
maktabga olib-borib keluvchi qul ekanligini bilasiz. Didaskal oddiy o‘qituvchi bo‘lgan. Ya’ni xozirgi til bilan
aytganda - sinf rahbari. Va dindan dars bergan odam didaskal deb atalgan. Sofist ko‘p fanlardan dars bera
olgan, o‘ta tajribali, donishmand o‘qituvchi bo‘lgan. Savol: Sofistni yana qanday boshqa o‘qituvchilardan
farqi bo‘lgan?
Javob:Sofistlar pulga o‘qitishgan.
44-savol:
Said Ahmad bu yozuvchini ziyorat qilish uchun Samarqandga borishganligni shunday eslaydi. “Domlani pul
xarj qilishga juda pishiq deyishardi. Mehmonda paytimizda bu xususiyatlarni sezmadik” Savol: O‘tgan asr
o‘rtalarida vafot etgan bu inson kim ?
Javob:Sadriddin Ayniy
Izoh: Said Ahmad va G‘afur G‘ulom Sadriddin Ayniyning uyida mehmon bo‘lishadi. Ko‘pchilik Ayniy domlani
pulga pishiq, biroz xasisligi bor odam deya ta’riflashar edi. Xuddi o‘z asari "Sudxo‘rning o‘limi"dagi Qori
Ishkamba singari.
45-savol:
Bir podkastda yirik kompaniyalar o‘z xodimlariga ko‘p miqdordagi moddiy bonuslar, masalan, kamida 5 yil
ishlaganidan so‘ng berilishi haqida gapirar ekan, bu holat Unga qiyoslanadi. O‘rta asrlarda taxtga o‘tirgan
sultonning aka-ukalari o‘ldirilmasdan, aksincha, U deb nomlangan qonun o‘ylab topilgani haqida yozilgan.
Savol: Uni 2 so‘z bilan yozib bering.
Javob:Oltin qafas.
Izoh: Usmoniylarda odatda taxtga da’vo qilmasliklari uchun sultonning aka-ukalari o‘ldirib yuborilgan.
Ushbu odatni yo‘q qilish uchun o‘ylab topilgan qonunga ko‘ra sultonning aka-ukalari bir joyga hamma
narsasi muhayyo qilingan holda qamab qo‘yilgan.
46-savol:
Suratdagi alifbo yaratuvchisi, taxminlarga ko‘ra, ba’zi harflarini ingliz tili alifbosidan olgan. Lekin suratga
qarasangiz inglizcha harflar boshqacha talaffuz qilinishi ko‘rasiz. Bunga sabab esa ushbu alifbo
yaratuvchisi Uni bilmagan. U bir ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda. Savol: U nima ekanligini toping.
Javob:Ingliz tili.
Izoh: Cheroki alvafitini yaratgan Sekvoya ingliz tilida gapirishni ham, o‘qishni ham bilmagan. Ingliz tili 380
milliondan ortiq insonga ona tili hisoblanib, bu bo‘yicha u xitoy va ispan tilidan so‘ng 3-o‘rinda.
47-savol:
1858-yilgi Nikolay Ignatev boshchiligida O‘rta Osiyoga ekspeditsiya uyushtiriladi. Garchi Ignatev artilleriya
qurollari bilan almashtirish foydaliroq bo‘lardi deb hisoblasada, ekspeditsiya anjomlari orasida Antonning
turli instrumentlari uchun 6 ta javon ajratilgandi. Anton Buxoroda bo‘lgan birinchi U hisoblanadi. Savol: Uni
yozib bering.
Javob:Fotograf.
Izoh: Anton Murenkoning vazifasi ekspeditsiya davomidagi manzaralar, me’morchilik inshootlari va
voqealarni tasvirga olish edi.
48-savol:
3-jaxon chempionati futbol bo‘yicha 1938-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan. Turnirning eng yosh o‘yinchisi 18
yoshli gollandiyalik Bertus degan o‘yinchi bo‘lgan. Eng yoshi katta o‘yinchi ham Gollandiyadan bo‘lgan.
Vim Anderisen degan 34 yoshli futbolchi edi. O‘tgan 3 ta chempionatdan 3-chempionat bir alohidaligi bilan
ajralib turgan. Savol: Hisob-kitob qilib aytingchi, 3-chempionat nimasi bilan farq qilgan?
Javob:Faqat 20-asrda tug‘ilgan futbolchilar o‘ynagan.