December 1

Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 9-tur (14.11.2024)

1-savol:
Toshkent hayvonot bog‘ida 62 yil ishlagan Mahmadali Asqarov xotirlashicha, yuz bergan voqeadan qo‘rqib
qolgan ohular, lamalar va bug‘ular o‘z qo‘ralarida to‘planib, bir-biriga jipslashib turishgan. Ikki-uch kun
chamasi ular qo‘rg‘onning ichkarisiga kirishga qo‘rqib, tashqarida qolishgan. Savol: Hayvonlarning bunday
qo‘rquviga sabab bo‘lgan voqea nechanchi yilda sodir bo‘lgan edi?
Javob:1966-yil
Izoh: 1966-yil 26-aprelda Toshkentda bo‘lgan zilzila jonivorlarni ham yaxshigina sarosimaga solib qo‘ygan
ekan.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/26/zooquake/
2-savol:
Bir versiyada Uning bunday laqab olishiga otasi Fransiyadagi mol-mulkini oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlab,
Unga hech narsa ajratmagani sabab qilib koʻrsatilgan. 1206-yilgi shartnomaga koʻra U qitʼadagi ingliz
YERLARINING katta qismini yoʻqotgan. Savol: U kim?
Javob:Ioann Yersiz
Izoh: Versiyada Ioann mol-mulk taqsimlash jarayonida unga yer tegmagani uchun “Yersiz” laqabini
olganligi aytilgan. 1206-yildagi shartnoma tufayli Ioann oʻz laqabiga mos ravishda ingliz yerlarining yana
koʻp qismini yoʻqotgan.
Manba: 1. https://dzen.ru/a/ZGt1GUeBQDVYoq32 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Иоанн_Безземельный
3-savol:
AQSHda bo‘lajak prezident Tramp siyosatidan norozilarga 4 yillik sayohat taklif qilindi. Maxsus kemada
amalga oshiriladigan uzoq muddatli bu sayohatda 140 dan ortiq davlatga borish ko‘zlangan. Savol: Ushbu
kema nomida qaysi yunoncha ismni uchratish mumkin?
Javob:Odissey
Izoh: “Villa Vie Odyssey” kemasidagi sayohat muddati 4 yil – Tramp prezidentlik muddati tugagunga qadar.
Afsonaga ko‘ra, Odisseyning Troyadan uyga qaytishi ham uzoq muddatga cho‘ziladi.
Manba: 1. https://t.me/gorizont_uz/39632 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Одиссей
4-savol:
Bu savolga javob topish yoki topmaslik vaziyatingizni yomonlashtirishi mumkin. Odissey uyga qaytishi
uchun ulkan girdob Xaribda yoki qoyalarda yashab, odamlarni yutib yuboruvchi Ssilladan oʻtishi kerak
boʻladi. Odisseyning bu vaziyati haqidagi maqolada ushbu so‘z uchraydi. Ushbu so‘zga bagʻishlangan

vikipediya sahifasida bilyard va kyorling ham eslab oʻtilgan. Savol: Ushbu nemischa soʻzni yozib bering.
Javob:Zugsvang
Izoh: Zugsvang (nemis tilidan “harakat qilishga majburlash”) - shaxmat va boshqa navbatga asoslangan
o‘yinlarda uchraydigan holat bo‘lib, unda bir o‘yinchi harakat qilish majburiyati tufayli noqulay ahvolga
tushib qoladi; har qanday harakat ularning holatini yomonlashtiradi.
Manba: 1. https://www.forbes.ru/forbeslife/485287-vyhoda-net-cto-takoe-cugcvang-i-kak-iz-nego-vybrat-sa
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Цугцванг
5-savol:
“Besh dona apelsin urug‘i” hikoyasida aytilishicha, bu tashkilot nomi kelib chiqishi otishga
tayyorlanayotgan miltiqning o‘ziga xos tovushiga taqlidga asoslangan ekan. Tashkilot haqidagi
maqolalardan birining sarlavhasi “Amerika oqlar uchun yaratilgan” deb nomlanadi. Savol: Bu tashkilot
nomini yozib bering.
Javob:Ku-Kluks-Klan
Izoh: Tashkilot qora tanlilarga, ularni qo‘llaganlarga qarshi faoliyat yuritgan.
Manba: 1. "Besh dona apelsin urug‘i" Artur Konan Doyl 2.
https://daryo.uz/2020/12/24/amerika-oqlar-uchun-yaratilgan-ku-kluks-klan-terrorchi-tashkilotining-qonli-tari
xi
6-savol:

[Boshlovchiga: Kamil Arambur ism sharifi aniq qilib oʻqilishi kerak] Oʻtgan asr ikkinchi yarmida antropolog
Kamil Arambur boshchiligidagi ekspeditsiya Jazoir hududida 700 ming yil oldin yashagan ibtidoiy odam
qoldiqlarini topishdi. Faqatgina 3 ta tishi topilgan Uning YELKALARI kengligi ma’lum emas, lekin U 2 ming
kilometrdan ortiqqa cho‘zilgan obyekt yaqinidan topilgan. Savol: Tarqatmada tushirib qoldirilgan qahramon
ismini yozib bering.
Javob:Atlant
Izoh: Ushbu tur Atlas yoki Atlant tog‘lari sharafiga nomlangan. Mifologiyada Atlant – osmonni ko‘tarib
turuvchi titan ismi
Manba: 1. https://eo.iea.ras.ru/wp-content/uploads/1956/03/eoarchive_1956_3_110_yakimov.pdf 2.

https://ru.wikipedia.org/wiki/Атлантроп 3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Атлас_(горы)
7-savol:
Bu inson o‘zining “Mening hayotim” nomli kitobida Xorazm raqslarini sevmay turib, O‘zbekistonda yashab
bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Savol: 1943-yilda Sovet Armiyasi kapitani unvoniga sazovor bo‘lgan bu inson kim?
Javob:Tamaraxonim
Izoh: Tamaraxonim milliy raqslarni mukammal o‘zlashtirish uchun Xorazmda ham bir muddat istiqomat
qilgan ekan.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/02/tamarakhanum-museum/
8-savol:
Bu voqea haqida suratga olingan 2001-yilgi film uchun ikkita “Mitsubishi Zero” qiruvchi samolyotlari
yasalgan. Ushbu voqeada halok boʻlganlar xotirasiga Arizona kemasi choʻktirilgan joyda yodgorlik
oʻrnatilgan. Savol: Bu voqeani defisli toponim qatnashtirib yozib bering.
Javob:Yaponlarning Perl-Xarborga hujumi
Izoh: 1941-yilda yapon avia va dengiz floti AQShning Perl-Xarbordagi harbiy bazasiga zarba beradi. Ushbu
hujumda Mitsubishi A6M Zero qiruvchi samolyotlari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Perl-Xarbor hujumida
eng koʻp dengizchi halok boʻlgan kema bu - Arizona linkori hisoblanadi.
Zachot: Perl-Xarborga hujum, Perl-Xarbor nomi bilan
Manba: 1. https://www.ural56.ru/fashion/534935/ 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Перл-Харбор
9-savol:
Gazeta.uz” saytining kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan, “Nima o‘qiymiz?” loyihasida mehmon
bo‘lgan Zakovat klubi magistri Saidkamol Abdurazzoqov “Chingiz Aytmatovning Bu asarini yoshroq vaqtim
o‘qiganimda oddiy qabul qilganman. Farzandli bo‘lgach bu asarni qayta o‘qib chiqib, uzoq vaqt kitob
ta’sirida yurganman. Kitobning muhim qismi — ota-onaning farzandga munosabati masalasi ta’sirli
ko‘rsatib berilgan” deya fikr bildiradi. Savol: Bilimdon Aytmatovning qaysi asariga shunday ta’rif bergan?
Javob:“Qiyomat”
Izoh: Asarda bolalarini yo‘qotgan bo‘rilar va farzandi o‘limiga sababchi bo‘lib qolgan ota taqdiri yoritiladi.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/26/mutolaa-saidkamol-abdurazzoqov/

10-savol:
“Muzlik davri” multfilmlari personaji Skratning koinotdagi sarguzashtlariga bagʻishlangan qismida Yupiter
va Mars toʻqnashuvi natijasida Uning paydo boʻlganligi koʻrsatilgan. U birinchi marta 1665-yilda Jovanni
Kassini tomonidan kuzatilgan. Savol: Uni bir nechta soʻzda yozib bering.
Javob:Katta qizil dogʻ
Izoh: Multfilmda Mars va Yupiterning toʻqnashuvidan soʻng Yupiterda katta qizil dogʻ qolganligi koʻrsatilgan.
Ushbu dogʻ birinchi marta italyan va fransuz astronom, injeneri Jovanni Kassini tomonidan kuzatilgan.
Zachot: Yupiterning qizil dogʻi, Yupiterdagi katta qizil dogʻ va notoʻgʻri aniqlashtirishlarsiz.
Manba: 1. https://youtu.be/xyfu8pv5nws?si=Kavx1LxtIK4h24Sq 2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Большое_красное_пятно

11-savol:

Tarqatmada futbol bo‘yicha Italiya chempionati 9-turidan o‘rin olgan, o‘yinga atab chiqarilgan posterni
ko‘rib turibsiz. Savol: Bu bahsda to‘qnash kelgan ikki jamoani yozib bering?
Javob:“Inter” va “Yuventus”
Izoh: “Yuve”ning laqablaridan biri – “zebralar”. Bitsion iloni esa “Inter” ramzi. Versiyalarga ko‘ra, klubning

qora-ko‘k futbolkalari ilon terisi rangidan ilhomlanilgan.
Manba: https://n9.cl/9avn3
12-savol:
AQShdagi vatandoshlarimizni, jumladan talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “IKS” nomli platforma
tashkil etilgan. Pirimqul Qodirovning talabalik yillaridan ilhomlanib yozgan asari nomida IKS 3 ta. Savol:
IKSni unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering
Javob:Ildiz
Izoh: Platforma nomi "Ildiz". Pirimqul Qodirovning "Uch ildiz" asarida ustozlari va tengdoshlari hayoti
tasvirlangan.
Manba: 1.
https://kun.uz/news/2024/10/29/aqshdagi-vatandoshlarni-qollab-quvvatlash-boyicha-ildiz-platformasi-tashki
l-etildi 2. http://uchildiz.uz/pirimqul-qodirov-uch-ildiz-roman/
13-savol:
“Real Sosyedad” va “Barselona” uchrashuvini sharhlab borgan Xayrulla Hamidov uchrashuvda Yamalning
maydonga tushmagani, lekin bor boʻlganida juda foydasi tegishini aytayotgan hamkasbiga javob sifatida
Ushbu maqolni qoʻllaydi. Мaqolning ruscha analogida bolta va qimmat soʻzlari eslab oʻtiladi. Savol: Shu
maqolni yozib bering.
Javob:Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin
Izoh: Maqolning ruscha analogi "Yoʻqolgan boltaning sopi qimmat"
Manba: 1. 10.11.2024 Real Soseydad - Barselona oʻzbekcha sharx 76-77-daqiqa 2.
http://fmc.uz/maqollar.php?id=yuqolgan_pichoqning

14-savol:

1928-yilda nashr qilingan bu manbada Birinchi non ishlab chiqarishni, Ikkinchi barcha koʻmir konlarini,
Uchinchi esa temir qazib olish va ogʻir metallurgiyani oʻz monopoliyasi ostida ushlab turgan. Savol: Ushbu
manba nomini yozib bering.

Javob:Uch baqaloq
Izoh: Uch baqaloq ertagida - eng muhim resurslarda monopoliyaga ega boʻlgan uchta semiz kishi
mamlakatni boshqarishadi. Asarda ham Ularning ismlarni keltirilmagan shunchaki Birinchi, Ikkinchi va
Uchinchi baqaloq nomi bilan eslab ketilgan. Tarqatma materialda ham turli filmlardagi 3 ta baqaloq
personajlar berilgani javob topishingizda yordam berdi degan umiddamiz.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Три_Толстяка
15-savol:
Nazariyaga ko‘ra, orbitaga juda yaqin kelgan yoʻldoshlarning parchalanishi Ularning paydo bo‘lishiga sabab
boʻlgan. Ayzek Azimovning asarlaridan birida Ular Mars koloniyalari uchun asosiy suv manbai boʻlib xizmat
qiladi. Savol: Ularni ikki soʻzda yozib bering
Javob:Saturn halqalari
Izoh: Nazariyaga koʻra Saturn orbitasiga juda yaqinlashgan yoʻldoshlar parchalanib, ularning qoldiqlari
halqalarni hosil qilgan. Saturn halqalarining katta qismi muzli kristallardan iboratligi ularning suv manbai
boʻlib xizmat qilishida asosiy omil boʻla oladi.
Manba: 1. https://youtu.be/SSBc3Jhg_TA?si=jeDoxyBS638gP3yi 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Сатурн
фантастике, фильмах и играх)
16-savol:
Bu inson 1950-yillarda neandertallarni ibtidoiy, shafqatsiz va maymunga oʻxshash mavjudodlar boʻlgan
deb hisoblaydiganlarga qarshi chiqqan va keyinchalik Parij milliy tabiiy tarix muzeyi professori nomiga
sazovor boʻlgan. Savol: 1885-yilda tugʻilgan bu insonning kimligini yozib bering.
Javob:Kamil Arambur
Izoh: Atlantrop ibtidoiy odamini kashf qilgan Kamil Arambur haqida avvalgi savollarda maʼlumot bergan
edik.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Арамбур,_Камиль
17-savol:
Savol muallifining fikricha, bu savol ushbu paketdagi qolgan savollardan ko‘ra qiziqroq, chiroyliroq tuzilgan.
Qozog‘iston termasining Parij 2024 o‘yinlaridagi omadsizligi haqida yozar ekan, muxlislardan biri
“ko‘zimizdagi Uni yechib, vaziyatga real qarashimiz kerak” dedi va sportni rivojlantirish strategiyasini
qayta ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering.
Javob:Pushti ko‘zoynak
Izoh: Idioma maʼnosi: agar kimdir biron nimaga pushti koʻzoynak orqali qarayotgan boʻlsa, unga oʻsha

narsa aslidagidan koʻra yaxshiroq, chiroyliroq koʻrinadi.
Manba: 1. https://t.me/c/2219549858/128 2. https://t.me/sportilinet

18-savol:

Tarqatmada AQSH superqahramoni boʻlgan “Homelander” personajini ko‘rib turibsiz. Personaj “Mortal
Combat” oʻyinida Grifonga aylana oladi. O‘yindagi ushbu Grifon sher va SHUNDAY Uning gibrididan hosil
bo‘lishi ramziy ma’noga ega. Savol: SHUNDAY Uni uch so‘zda yozib bering.
Javob:Oq boshli burgut
Izoh: Personajning plashi o‘rnida AQSH bayrog‘i tasvirlangan. Oq boshli burgut Aqshning ramzi hisoblanadi

Grifon burgut va sherning gibridi bo‘lgan afsonaviy mavjudot.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=BIQ1eKN3DRM&ab_channel=Paperboy360 0:30-0:37 2.
https://prousa.info/us_eagle 3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Грифоны
19-savol:
Samarqandlik Server O‘smanov 2017-yildan beri bog‘bonlik bilan shug‘ullanib keladi. Uning dalasi yozning
qaynoq pallasi binafsharang tuslarga burkanib, butun dalani o‘zining tinchlantiruvchi mayin tarovati bilan
to‘ldirib turadi. Shu sababdanmi, bog‘bonning dalasi “Samarqand Provansi” deb atalgan. Savol: Dalada
asosan qaysi o‘simlik o‘sishini unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob:Lavanda
Izoh: Fransiyaning Provans hududi o‘zining Lavanda maydonlari bilan mashhur.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/lavender/
20-savol:
Yozuvchi Rafael Sabatinining personaji boʻlgan qaroqchilar kapitani oʻzining uchta kemasini Ular sharafiga
nomlagan. Bunga sabab bu kemalar yoʻlda uchragan dengizchilar TAQDIRINI HAL QILADI deya hisoblar edi.
Bir versiyaga koʻra Ularning onasi Femida boʻlgan. Savol: Ularni yozib bering.
Javob:Moyralar
Izoh: Yunon afsonlariga koʻra Moyralar insonlar va xudolarning taqdirlarini belgilab berishadi. Kapitan ham
dengizchilarni taqdirini belgilaydi deya hisoblagan uch kemasini moyralar sharafiga
nomlagan.Versiyalardan birida moyralar Zevs va Femidaning qizlari deyilgan.
Zachot: Atropos, Kloto, Laxesis
Manba: 1. https://ru-sabatini.livejournal.com/31024.html 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Мойры
21-savol:
Miloddan avvalgi IV-III asrlarda asos solingan Bu shahar nomiga soy so‘zi qo‘shilgach, oykonim
gidrooykonimga aylangan. Shahar nomi qadimiy Xitoy manbalarida “kesay” yoki “Gessay” shaklida qayd
qilingan. Suyun Qorayevning yozishicha, hudud nomi aslida kas (kat), ya’ni “qishloq” so‘zidan olingan.
Savol: Gap qaysi hudud haqida ekanligini yozib bering.
Javob:Kosonsoy
Izoh: Kosonsoy - Namangan viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi. Oykonim - bu biror aholi hududining
nomi.
Manba: 1.O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug'ati. Birinchi nashr. Toshkent 2022 212-bet

2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Kosonsoy_(shahar)
22-savol:
Roy Chepmen bir necha bor Gobi sahrosiga ekspeditsiyalarni amalga oshirgan paleontolog, mashhur
tadqiqotchi olim. Mohir mergan hisoblangan Roy bir qancha vaqt AQSh maxfiy agenti boʻlib ishlagan.
Koʻplab manbalar Roy Chepmenni Uning prototipi deb hisoblashadi. Qizigʻi U Nyu-Jersi shtatida tugʻilgan.
Savol: U kim?
Javob:Indiana Jons
Izoh: Indiana Jons ham professor, olim, paleontolog va maxfiy agent boʻlgan. Qizigʻi Indiana Jons Indiana
shtatida emas Nyu-Jersida tugʻilgan.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Эндрюс,_Рой_Чепмен 2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Индиана_Джонс
23-savol:
Shisha ishlab chiqaruvchi va ramkali suratlar sotish bilan shugʻullangan yahudiy Samuel Morgenshtern
oʻtgan asrning ikkinchi oʻn yilligida U bilan sheriklikda ishlagan. U 1913-yilgacha Morgenshtern doʻkonini
muntazam ravishda oʻz ishlari bilan taʼminlab turgan. Savol: Uning kimligini yozib bering.
Javob:Adolf Gitler
Izoh: Birinchi jahon urushigacha Gitler oʻzining otkritlari va kartinalarini sotib kun kechirishga majbur
boʻlgan. Keyinchalik yahudiylar qirgʻinlarini olib borgan Gitler, avvalroq yahudiy savdogar Samuel bilan
biznes sheriklikda ishlagani qiziq.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Картины_Адольфа_Гитлера
24-savol:
Parijga borganidan soʻng bu inson Yapet, Reya, Tefiya va Diona kabi Saturn yoʻldoshlarini kashf etish bilan
birgalikda, Saturn halqalari orasidagi boʻshliqni topgan. Savol: 1625-yil Perinaldoda tugʻilgan bu inson kim?
Javob:Jovanni Kassini
Izoh: Avvalgi savollarda Kassinini italyan va fransuz astronomi ekanligini aytib oʻtgan edik. Saturn halqalari
orasidagi U kashf etgan boʻshliq hozirgi kunda "Kassini boʻshligʻi" deb ataladi.
Zachot: Kassini
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Кассини,_Джованни_Доменико

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi