April 1

Zakovat savollari (katta sinflar uchun 9-10-11 sinflar)

I TUR

1. Xitoyliklarda shunday ibora bor:
“Hech kim o‘z oila a’zosiga yomonlik qilmaydi”.
Savol: Ushbu iborani o‘zbeklar qo‘llaydigan variantida qaysi jonzot nomi ikki bora tilga olinadi?
Javob: Qarg‘a.
Izoh: Ibora “Qarg‘a qarg‘ani ko'zini cho'qimaydi”.

2. Bu soʻz soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan.
Savol: Bu qaysi so‘z?
Javob: Chavandoz
Izoh: Forschada chapandoz shaklida boʻlgan va chap qoʻl bilan oʻq otuvchi; chapdast; mohir maʼnolarini ifodalagan bu soʻz oʻzbekchaga chavandoz shaklida kirgan.

3. Gruzin tilida “ori“ – so‘zi ikki degani ,“suli” so‘zi esa qalb manosini anglatadi. Gruzinlar SHUNDAY ayollarni Orisuli so‘zi bilan atashadi.
Savol: Qanday ayollar?
Javob: Homilador
Izoh: Homilador ayolga nisbatan ''ikki qalbli'' deyish mantiqiy albatta.

4. Bir versiyaga ko‘ra, BU yozuvchi uchun yana bir ilhom manbai 20 yil davomida Seylon orolida majburan ushlab turilgan Londonlik Robert Noksning xotiralari bo‘lgan.
Savol: Bu yozuvchi kim?
Javob: Daniel Defo.
Izoh: Robinzon Kruzo haqidagi asarni yaratish uchun prototip bo‘lgan.

5. Ingliz futbolchisi va murabbiyi bo‘lgan Jek Charlton ikkinchi qavatdagi kurashlarda ko‘pincha ustun kelgan. Shu sababli Charltonga U deb laqab berilgan . Tabiatshunos olim esa U haqidagi ta’rifda tanasidagi xollari inson barmoq izlari singari bir biriga o‘xshamasligini ta’kidlagan.
Savol: Uni toping.
Javob: Jirafa.
Izoh: Bilamizki jirafalarni bo'yi uzun bo'ladi. Ularning tanasidagi naqshlari ham takrorlanmas ekan.

6. Ba’zi bir versiyalarga ishonadigan bo‘lsak, Microsoft Office paketidagi biroz qiya tasvirga ega HARLOW ITALIC shriftning kelib chiqishi bir binoning qurilishidan andoza olib yaratilgan ekan.
Savol: Gap qaysi bino haqida ketayotganini yozib bering.
Javob: Piza minorasi
Izoh: Piza minorasi biroz qiyshaygan hisoblanadi.

7. Bilamizki, kolibri qushi dunyodagi eng kichik qush hisoblanadi. Baquvvat va yengil uya qurish maqsadida ko‘p hollarda kolibrilar boshqa bir jonzot mehnati mahsulini o‘g‘irlashlari kerak.
Savol: Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda?
Javob: O‘rgimchak
Izoh: O'rgimchak to'rlari juda mustahkam va yengil bo'ladi va kolibrilar ulardan foydalanishadi.

8. U yog‘inlarning bir turi bo‘lib, yumshoq muz kristali yoki donachalari shaklida yog‘adi. Izg‘irin paytlarida daraxt shoxlari va simlarda ham U paydo bo‘ladi. Huddi shu nomdagi qush turi ham bor bo‘lib, yurtimizdagi dasht va cho‘llarda suvga yaqin yerlarda yashaydi.
Savol: Uni unli harflari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.
Javob: Bulduruq.

9. Erix Mariya Remarkning qahramoni soxta hujjatlar yordamida Fransiya-Shveytsariya chegarasini kesib o‘tadi. Chegarachi pasportini tekshirayotganida U qahramonga qamoqxona kamerasiga aylanayotgandek tuyuladi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Kupe Qabul: Vagon
Izoh: Qahramon soxta hujjatlar bilan poyezd orqali Shvetsariya chegarasini kesib o‘tgan.

10. Arablar ishlagan bir filmda bir odam o‘z farzandlariga Uni shunday ta’riflab berayotganini ko‘rish mumkin: “U oppoq, qushdek yengil bo‘lishi bilan birga oyoqni olov singari yondiradi ham”.
Savol: Arab o‘z farzandlariga nimani shunday ta’riflagan.?
Javob: Qor.
Izoh: bilamizki arablar qorni kamdan kam ko‘rishgan.

II TUR

11. Doctor.ru sayti yaqinda o‘z nomini ancha qulay va mnemonik bo‘lgan qisqa nomga almashtirdi.
Savol: Ushbu yangi nomni ikkita raqam orqali yozib bering.
Javob: 03.
Izoh: Bilamizki ko‘p davlatlarda tez yordam ishonch raqamlari 03 ko‘rinishida. Saytning oldingi nomi ham shunga ishora edi.

12. Gibraltar yashil tennis kortlarida, gazonlarni kesib tartibga soluvchilarning 34 foizi nafaqaxo‘r qariyalar hisoblanadi.
Savol: Ushbu nafaqaxo‘rlar, nafaqagacha qanday kasb bilan shug‘ullanganlarini yozib bering.
Javob: Sartaroshlik.

13. “Niktofobiya” - bu qorong‘ulikdan qo‘rqish kasalligi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra amerikalik Tomas ham ushbu fobiyaga chalingan ekan.
Savol: Tomasning familiyasini yozib bering.
Javob: Edison
Izoh: “Lampochka” ixtirochisi hisoblanadi.

14. Sho‘radoshlar oilasiga mansub bu o‘simlikning bo‘yi bazan 6-7 metrga yetadi. O‘zbekiston hududida asosan oq va qora turlari uchraydi. Uning Nortuya nomli navi hozirgi kundagi muhim ekologik muammoga yechim bo‘lmoqda.
Savol: Bu o‘simlik nomini yozib bering.
Javob: Saksovul.
Izoh: Bu o‘simlik saksovul bo‘lib bo‘yi 1,5-2 metr bazan esa 6-7 metrgacha yetadi. Orolning qurigan qismida hozir 200 ming gektar maydonga saksovul, juzg‘un va boshqa o‘simliklar barpo etilib, qum ko‘chishining oldi olinmoqda.

15. O‘rta asrlarda Yaponiyada baliqlar juda ko‘p miqdorda tutilgan. Lekin transport tizimi yaxshi rivojlanmagan edi. Shuning uchun yapon dengizi qirg‘oqlarida baliqni uzoq muddat saqlash va qayta ishlash uchun kerak bo‘ladigan UNI sotadigan do‘konlar ko‘p edi. Astraxandagi Bassol koni Uni qazib oladigan eng katta konlardan biri.
Savol: U nima?
Javob: Tuz
Izoh: Tuz yordamida baliqlar tuzlanib uzoq muddatga saqlash imkoni bo'lgan.

16. Amerikancha bir romanda yuk mashinasi haydovchisi U yerga borar ekan orqa qatorda turishni xohlaydi.
Savol: U yerni 3 o‘zakli qo‘shma so‘zda yozib bering.
Javob: Avtokinoteatr.

17. Fransiyaning PSJ klubida bir necha yil oldin ko‘pgina yulduz futbolchilar to‘plangan edi. Lekin baribir barcha e’tibor Messiga qaratilgan edi. Videoroliklardan birida Messi hattoki Uning o‘rnida tasvirlangan edi.
Savol: U kim?
Javob: Mona Liza
Izoh: Parijdagi Luvr muzeyida ham eksponatlar ko‘p, lekin eng ko‘p e’tibor beriladigani Mona Liza hisoblanadi.

18. 1865-yilda Chernyayev Toshkentning Niyozbek qo‘rg‘onini ishg‘ol qilgach BIR MAQSADDA Chirchiq daryosidagi to‘g‘onni buzib tashlashga buyruq beradi. Bir tarixiy filmda esa BU MAQSADDA qal’aga xujum qilgan bosqinchilar qal’a atrofini katta xandaq bilan o‘rab olishadi.
Savol: Bu maqsadni yozib bering.
Javob: Shaharni (qal’ani) suv taminotini uzib qo‘yish.

19. 1876-yil 23-dekabrda Usmonli davlatida yangi konstitutsiya e'lon qilinadi. Unga ko'ra mamlakatda 2 palatali parlament joriy qilinadi. Fuqarolarning juda oz qismigina Ushbu huquqqa ega bo'lgan. O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra 18 yoshga yetgan barcha O'zbekiston fuqarolari USHBU huquqqa ega.
Savol: Gap qanday huquq haqida ketmoqda?
Javob: Saylov ququqi.

20. Ushbu shirinlik haqidagi Wikipedia maqolasida Xitoyning “Shirin ajdaho soqoli” nomli shirinligi va Koreyslarning “shirin asal to'pchalar” nomli shirinliklari ham eslab o'tilgan.
Savol: Gap qaysi shirinlik haqida?
Javob: Paxtaqand.

@zakovat_savollarii