October 29

Savollar

Sloveniya qirg'oqbo'yi rayonlarida yashovchi aholi Uni "osmonga yeta olmaydigan dengiz" deb atashadi. Harflari tushirilgan Uni asl holida yozib bering? Javobi: Tuz Izoh: tabiatdagi suv aylanish hodisasi natijasida dengiz suvlari osmonga bug'lanib chiqib ketadi, tarkibidagi tuzdan tashqari 2. WikiLeaks asoschisi Julian Assanj hibsga olingach, turli mamlakat hakerlari global tarmoq urushi boshlanganini eʼlon qilishdi. Shu munosabat bilan ingliz tilli manbalarda toʻrtta ALFA tilga olinadi. Savol: ALFA bilan almashtirilgan harfni yozib bering. Javob: W. Izoh: Hakerlar kiber urush eʼlon qilganini bildirishgan. Manbalarda mashhur "World Wide Web" (WWW) abbreviaturasiga yana bir "W" qoʻshilib, "World Wide Web War" (WWWW) iborasi qoʻllangan. 3. Marca nashri Real Madrid va Xetafe jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng Jud bellingemga atab maqola e’lon qiladi. Maqola sarlavhasi esa Bellingemni yana o‘sishi, bu o‘yin futbolchi uchun cho‘qqi emasligini nazarda tutib “Usiz Bellingem” deya nomlanadi. Savol: U o‘rnidagi qisqa so‘zni mashhur multfilm personaji bilan adashtirib yubormay yozib bering Javob: Tom. Izoh: Maqola nomi uning yana o‘sishiga ishora qilib "Tomsiz bellingem" deb qo‘yilgan edi. Manba: https://t.me/tolipovuz/5699 4. 28 dekabr kuni kishilar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan bu so‘z nimani anglatishini tushunishdi. Kaputsinlar bulvaridagi 14-raqamli uyda joylashgan “Grand-kafe”da kishilar yig‘ilishdi. Kirish narxi - 1 frank. Tashkilotchilar xonada oq to‘g‘ri burchakli polotno osib qo‘yib, qarama-qarshi devorda shtativdagi qutini joylashtirishdi. Savol: Gap nima haqida borayotganini bilgan bo‘lsangiz Tashkilotchilarning familiyasini yozib bering Javob: Lyumerlar. Izoh: ushbu voqealar dastlabki kinoni ommaga taqdim etish jarayoni edi. Manba: https://kun.uz/uz/41448531 5. Savol matnida bir soʻzdan harflar tushib qolgan 1912-yili Balfour House metallurgiya sindikati oʻta yuqori klassdagi korroziyaga chidamli va ishqalanish kuchini yutadigan bronza ishlab chiqaradi. Ushbu bronza nomi esa MANTI edi. Olim Devid Evansning taʼkidlashicha, MANTI ning real hayotdagi modelini yaratishda osmiydan foydalanish mumkin ekan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering? Javob: Adamantium. Izoh: Adamantium–bu Marvel komikslarida uchrovchi mustahkam metalldir. Olim Evans esa uning real hatotdagi variantini yaratishda osmiy metalidan foydalanish mumkinligini tahmin qiladi. Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Adamantium 6. Rivoyatlarga koʻra, Umar ibn Xattob xalifalik davrida uzoq viloyatdagi muallimlardan biriga: “Ey falonchi, bolangga yozishni oʻrgatishdan avval, Bu ishni qilishni oʻrgat. Sababi, oʻgʻling yozishni bilmasa oʻrniga birov yozishi mumkin. Ammo, birov oʻgʻling uchun Bu ishni qilib bera olmaydi” degan. Bu ishni qilish hozirgi kunda zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Savol: Bu ishni qilish soʻzlari bilan almashtirilgan bitta soʻzni yozib bering? Javob: Suzish. Izoh: "Kimdir oʻgʻling uchun yozib berishi mumkin, ammo hech kim oʻgʻling uchun suzib bera olmaydi" degan edi hazrati Umar. Manba: "Solihlar gulshani" kitobidan https://images.app.goo.gl/2BPUCPbHUU9Kn5T8A 7. Faros oroli O‘rtayer dengizidagi Misrga yaqin hududda joylashgan orol bo‘lib, qadimda Aleksandriya mayog‘i shu orolga o‘rnatilgan. Mayoq joylashgan orol nomi keyinchalik yunonlar tomonidan barcha mayoqlarga ishlatilgan. Savol: Bu orol nomi sababli bizning tilga kirib kelgan soʻzni toping. Javob: Fara Izoh: Avtomobillarning chiroqlari boʻlgan "fara" soʻzi Aleksandr mayogʻi joylashgan orol nomidan kelib chiqqani haqida versiya mavjud. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D1%80%D0%BE%D1%81 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D1%80%D0%B0 8. Jorj Oruelning “Molxona” asarida qo‘zg‘olonchi hayvonlar fermerning uyidagi yashil dasturxonga tuyoqlar va shox rasmini chizib UNI yasashgan. Savol: Kimning 1972-yilda yaratilgan asarida Ular oq? Javob: Nodar Dumbadze. Izoh: U - bayroq. "Oq bayroqlar" asari esa Dumbadzega tegishli. 9.

Tornton Uaylderning “Avliyo qirol Lyudovik koʻprigi” romanida Pio ismli obraz oʻz qoʻl ostidagi Kamilla ismli aktrisaning hayotini yoʻlga solish paytida QATTIQQOʻLLIK bilan harakat qiladi. Kamilla bu teatrni tark etgandan keyin ham Pio unga YAXSHILIK QILISHDA davom etadi. Savol: Ushbu roman voqealari qaysi shaharda boʻlib oʻtgan? Javob: Lima Izoh: Asardagi bu voqea jabrlanuvchiga bo‘lgan simpatiyani o‘zida tavsiflagan Lima sindromiga allyuziya hisoblanadi. 10. Bitta multfilmda ikkita qahramon jang qilmoqda. Biri: “Oyog‘imni qo‘yib yubor”, - deydi. Boshqasi javob beradi: “Sen esa mening boshimni!”. Multfilm sarlavhasidagi birinchi mashhur kompaniyaning nomi hisoblanadi. Savol: Bu kompaniya nomini toping. Javob: Lego. Izoh: Bir belgining oyoqlari boshqasining boshiga biriktirilgan. Bu ko'pincha LEGO qismlari bilan sodir bo'ladi. Yarim final 1. Jastin Shmid hashoratlarning chaqichini shkalaga ajratib chiqqan bo‘lib, olim bu sinovlarni o‘zida sinab ko‘rgan edi. 1831-yilda yozilgan bir asarda ham personajlar shunday jarayonni boshidan o‘tkazishadi. Savol: Bu qaysi asar? Javob: Shox Saltan haqidagi ertak. Qabul: Shox Saltan, Knyaz Gvidon va shu ismlar ishlatilgan javoblar Izoh: Shox Saltan haqidagi ertakda knyaz Gvidon ariga aylanib uch opa-singillarni ketma-ket chaqadi 2. Adolf Gitlerning shaxsiy kotibi bo‘lgan Martin Borman doim jigarrang formada yursa ham fashistlar Germaniyasidagi eng qudratli shaxs hisoblangan va uni ALFA deb atashgan. Savol: ALFA o‘rnidagi bir xil harflardan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering. Javob: Kulrang Kardinal. Izoh: Kulrang Kardinal yoqori lavozimlarni egallamasa ham lekin real kuchga ega insonga aytiladi. 3. Xitoyning Sinjon hududida politsiya hodimlari itlarning o'rniga ULARdan foydalanmoqda. Sababi esa ULAR itlardan ko'ra yaxshi eshita olishlari va ogohlantirish uchun ovozi itlarnikidan baland chiqishidir. Savol: Siz menga tarixda ULAR tomonidan amalga oshirilgan eng mashxur voqeani yozib bering. Javob: Rimni qutqarib qolish. Izoh: Ular g'ozlar edi. 4. Keniyadagi Rudolf ko'lining suvi kaltsiy tuziga boy bo'lib, bu UNING sifatini buzadi. Biroq bu tabiatga foydali ekanligi aniq. Diqqat savol: Uni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering. Javob: Timsoh terisi. Izoh: Ushbu ko'ldan timsohlarning terisi hech narsa qilish uchun yaroqsiz, shuning uchun brakonerlar ularni ovlashmaydi, bu esa tabiat uchun foydali. Manba(lar): F. Rodriges de la Fuente. Afrika jannati. http://www.flibusta.is/b/404270/read 5. U Genuya muzeysidagi seyflardan birida saqlanadi va faqat maxsus tanlov g'oliblarigina uni qo'llariga olish huquqiga ega. Antonia Bianka 1840- yilda Unga aylanadi. Uni o'zaro juft harflar bilan boshlanufchi ikki so'z bilan yozib bering. Javob: "Paganinining bevasi." Manba(lar): 1. http://www.myjane.ru/articles/text/?id=4378&printer=ok 2. http://www.grandpeople.ru/p_r_s/2_3.html 6. Kembrij kolleji talabasi bo‘lgan Robert Oppengeymer professor Patrik Blekett bilan chiqisholmasdi. Dushmanlik shu qadar borganki, Robert bir marta Blekettning stoliga U ni qo'yib qo‘ygan, ammo, xayriyatki U samara bermagan. U 1954 yilda bir odamning uyida ham topilgan. Kimning uyida? Javob: [Alan] Tyuring. U — zaharlangan olma. Blekett olmaga tegmagandi. Tyuring esa siyanid bilan zaharlangan olmani tishlab o'z joniga qasd qilgani aytiladi 7. B. Sokolov butunlay Mixail Bulgakov ijodiga bag'ishlangan endiklopediya yozgan shaxsdir. Diqqat, savol: Yunon jang ilohini esga olib aytingchi, bu ensiklopediyaning ilk maqolasi kimga bag'ishlangan? Javob: Abadonna. Yunonlarda Ares urush ilohi bo'lsa, Bulgakovda Abadonna urushlar bilan shug'ullanadi. 8. Sagrada Familia sobori hamda Prado muzeylari raqobati toʻgʻrisidagi maqolada U esga olinadi. Uning statistikasi 1902 yildan beri olib borilayotganligini bilgan holda, U ni ikki soʻzda ayting? Javob: el-klassiko Izoh: Sagrada Familia sobori Barselonada, Prado muzeyi esa Madridda joylashgan.

Ular tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha bir-biri bilan raqobatlashadilar va shu bilan El Clasico yaʼni Barselona va Real Madrid futbol klublarining abadiy qarama-qarshiligini davom ettiradilar. 9. 2004-2005 yillardagi futbol chempionatida "Axilles" jamoasi uchinchi divizionning quyi guruhlaridan birida sakkizinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi divizion g'olibi "Herkules" jamoasi edi. O'sha mamlakatning asosiy divizionida qaysi jamoa ikkinchi o'rinni egalladi? Javob: Ayaks Izoh: Gollandiyada Yunon qahramonlari sharafiga nomlangan jamoalar juda mashhur 10. Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” romani boshida shunday bir epizod bor: Unda bir erkak, ayol va Stella laqabli itdan tashkil topgan daydi akterlarning sayyor (ko’chmanchi) teatri tomonidan bir pyesa namoyish etiladi. Tomosha boshlanishidan avval bosh ro’lni ijro etayotgan akter “shimining ustki cho’ntagidan buklangan gazetani olib” yerga yozadi va uni gugurt bilan yoqadi. Diqqat savol! Akterlar qaysi pyesani namoyish etishayotgan edi? Javob: “Otello” Izox: Citata: “Babayanc …ustki cho’ntagidan buklog’lik gazetani olib yozdi-da, hovli saxniga yotqizilgan tosh ustiga qo’yib, gugurt chaqdi. Gazeta yonib bo’lgach, kulini asta kaftiga sidirib, unga bir tufurdi-da, ikkala kafti bilan kulni ishqalay boshladi. So’ng kaftlarini yuziga surib, tomoshabinlarga o’girildi. Olomon bir jonlandi – u veneciyalik mavrning huddi o’zi bo’lib qolgan edi.” Final 1. Савол: Ўтган аср 30-йилларида америкадаги бир магазин эгаси махсулот сотувини бир неча бор оширишга эришади. Буларни барчаси ўз дўконида боласи қўлида арқонга боғланган ўйинчоқни тортиб кетаётган аёлни кўргандан сўнг бир нарсани ихтиро қилади. Нимани? Жавоб: Савдо аравачасини Изоҳ: Силван Голдман дўконида боласини тортиб кетаётган автомобилига юкларини ортиб олган аёлни кўради. Харидорлар кўп нарса харид қилмаслигига сабаб оғир юкни кўтара олмаслигидан эди. 2. "Ahmoq chet elda" shousi qahramoni Karl Pilkington Misrdagi suvenir do'konlaridan birida sotuvchidan: "Yetishmayotgani uchun chegirma bormi?" deya savol beradi. Yetishmayotgani nima? Javob: burun Izoh: gap Sfinks haykalchasi haqida edi. 3. Meksikalik aktrisa Letisiya Kalderon 1990-yillarda bir necha hafta davomida koʻzi ojizlar maktabida tahsil olgan va koʻzi ojiz insonlarning harakatlarini, qoʻl tekkizib narsalarni tanishini va nigohlarini qanday tutishini mukammal oʻzlashtirgan. Savol: Aktrisa qaysi serialdagi rolga tayyorlangan? Javob: Esmeralda Izoh. Esmeralda seriali 1997-yildan boshlab namoyish etilgan 4. Bugungi kunda yapon yoshlarida Jimikon odati urf bo‘lmoqda. Jimikon – kamtarona U degani. Bu odat, oilaviy diniy marosim va kechki ovqatni o‘z ichiga oladi. Amir Olimxon tomonidan chiqarilgan U haqidagi farmonda uloq va poyga o‘yinlari bekor qilinishi, to‘n kiydirish udumi taqiqlanishi belgilangan. Savol: Uni yozib bering. Javob: To‘y. Izoh: Jimikon – kamtarona to‘y degan ma’noni anglatadi. Odatning asosiy g‘oyasi “Pulni dabdaba uchun emas, kelajak uchun sarfla”. Amir Olimxon davrida ham to‘ylarni qisqartirish haqida farmon chiqarilgan. 5. Romeodan ayrilgan Julyettani otasi Unga o'xshatadi. Veronadagi eng mashhur U shahar tashqarisidagi tepaliklardan biri bilan bog'langan. U nima? Javob: Favvora Izoh: ota yig'layotgan qiziga qarab: "Bu yig'ing nimasi, favvora-qiz?" deydi. 1368-yilda shahar markazidan 15 km masofada bo'lgan Aveza tepaligidan suv quvurlari o'tkaziladi va asosiy maydonda favvora ochiladi. 6. Alber Kamyu zolimlar va bosqinchilarga qarshi kurash haqida gapirar ekan, uni bog‘lay oladigan odamlarni tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi.Internet foydalanuvchisi quloqchinlar haqida gapirar ekan, uni tilga oladi. Uni ikki so'zda y.b. Javob:Gorgiy tuguni yechish qiyin bo'lgan va juda murakkab bo'lgan vazifani uddalash - "Gordiy tugunini yechish", deb yuritiladi. ...G‘arbning o‘z anti-Aleksandrlarini tarbiyalashi, ular yana vahshiylar qilichi bilan kesilgan sivilizatsiya tugunini bog‘lashi bizga bog‘liq. 7. Maxobxorat dostoni voqealari Kauravlar va Pandavlar o‘rtasida 18 kun davom etgan Kurushketra jangi haqida hikoya qiladi.

Unda Pandavlar barcha jangchilarininqurbon bergan holda g‘alaba qozonishadi. Bu haqidagi Wikipedia maqolasida esa miloddan avvalgi IV asrda Bolqon yarimorolida tug‘ilgan shaxsga havola mavjud. Savol: Bu shaxsning kimligini yozib bering. Javob: Pirr Izoh: Maxobxorat dostoni Pandavlarning pirrcha galabasi bilan yakun topgan. Pirrcha galaba g'alaba qozonish qimmatga tushishini ifodalovchi ibora. 8. VIII asrda arablar Orta Osiyoni zabt etadi. Qutayba ibn Muslim va Buxorxudot ortasida imzolangan kelishuvga kora, Varaxsha saroyi, undagi haykallar va ganch oymakorligi namunalari buzib tashlanadi. Buxorxudot siyosiy huquq va vakoatlardan mahrum etiladi. Jumladan, siyosiy mustaqillikni taminlab turgan shu ish ham arablarga otadi. Qadimgi rimliklarda bu ish bilan faqat Yunona ibodatxonasi shugullangan. Savol: Bu qanday ishligini bir necha sozda yozib bering. Javob: Tanga zarb qilish Izoh: Arablar tanga zarb qilish huquqini Buxorxudotdan tortib olgach, mahalliy hokimliklarning siyosiy mustaqilligiga barham beriladi. 9. Taxminlarga ko‘ra, ushbu qadimiy shaharga Iskandar Makedonskiy asos solgan bo‘lib, shahar nomi ham Iskandarning mahalliy shevadagi o‘zgargan shaklidan kelib chiqqan deyiladi. Shahar XII-XIII asrlarda yirik savdo markaziga aylangan. Boburiy Shohijahonning birinchi xotini ham shu shahardan bo‘lib, manbalardagi nomi ham shahar nomiga Begim qo‘shimchasi qo‘shilgan holda uchraydi. Diqqat savol: 2010-yil Andrey Kavun rejissyorligida olingan film nomini eslagan holda shahar nomini yozib yuboring. Javob: Qandahor Izoh: Taxminlarga ko‘ra "Qandahor" so‘zi Iskandar Makedonskiy ismining mahalliy shevadagi "Skandar" talaffuzidan kelib chiqqan. Nomning "Skandar"dan "Kandar"ga o‘zgarishi haqida 16-asr portugal tarixdoni Juan de Barresh (João de Barros) o‘zining eng mashhur "Décadas da Ásia" ("Osiyo o‘n yilliklari") asarida eslatib o‘tgan. Shohjahonning xotini esa Qandahoriybegim bo‘lgan. Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qandahor 10-savol. Xushnud Xudoyberdiyev o‘z telegram kanalida "Hech qanaqa sertifikatsiz va hech qanaqa imtiyozsiz 189 ball to‘plagan abituriyent" posti ostida 1994-yil Anqaradagi jandarm maktabiga o‘qishga kirgan bir inson suratini joylashtirgan. Savol: Uning kimligini toping. Javob: Yusuf Dikech Izoh: Parij-2024 Olimpiadasida hech qanaqa qo‘shimcha moslamalarsiz qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan turkiyalik mergan. Manba: https://t.me/xushnudbekuz/1794 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B8%D0%BA%D0%B5%D1%87,_%D0%AE%D1%81%D1%83%D1%84 Qo’shimcha savollar 1. Tug‘ma yo‘rg‘a otlar juda kam uchraydi. Ot yoshiga yetgach albatta egarlanadi. Tug‘ma yo‘rg‘a otlarni esa egarga o‘rgatish davomida Bu Ish iloji boricha qilinmas ekan. Negaki o‘rgatish davomida Bu Ish takrorlanaversa tabiiy yo‘rg‘alar yo‘rg‘alashdan adashishi, hatto unutib yuborishi mumkin. Bu ishdan otlarni yo‘rg‘aga o‘rgatishda juda ko‘p bor foydalanilishini yordam sifatida ayta olaman. Savol: Bu ish o‘rnidagi 2 ta so‘zni yozib bering Javob: Jilov tortish. Izoh: yo‘rg‘a otlar ilk bor egarlanib, minishga o‘rgatilayotganda jilovni hadeb tortmasdan faqat burilish kerak bo‘lganda tortiladi. Aks holda yo‘rg‘alar tug‘ma yo‘rg‘asini unutadilar. Yo‘rg‘a bo‘lib tug‘ilmagan otlarni esa egarlangandan so‘ng jilovni bir ritmda tortib yo‘rg‘alashga o‘rgatadilar. 2. Duplet! Mavzusi McDonald's Dupletning 1-savoli: McDonald's restorani haqidagi "Asoschi" filmi epizodlaridan birida Mek Mcdonald restoranning yaratilishi haqida so‘zlab beradi, Avval Tenniscortga hodimlarni olib borib yerga chizilgan oshxonada mashq qildirib, hodimlarni oyoq uchida va raqqosalardek harakatlanishi huddi Uni tomosha qilgani borgandek bo‘ldim deydi. Savol: Uni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting. Dupletning 2-savoli: Akasining fikrini to‘ldirar ekan Dik Mc'Donald hodimlarni to‘g‘ri joylashtirib ularning ovozlaridan ilhomlanib va ish unumdorligi ortgani sababli daftarimga Uni yaratdim deb ta'rif beradi. Savol: Uni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting.

1-savolning javobi: Burger Baleti Izoh: Hodimlarni yerga chizilgan oshxonada balet raqqosalaridek Burger tayyorlashini shu tarzda ifodalaydi. 2-savolning javobi: Samaradorlik Simfoniyasi. Ish unumdorligi va hodimlarning ovozlari so‘zlari musiqaga olib borishi kerak edi. 3. Bir AQSH teleserialida nojoʻya ish qilgan boy xonadon farzandi garderobdan bir buyumni oʻzi tanlab, dadasiga olib borib beradi. Xuddi shunday sahnani “Kelinlar qoʻzgʻoloni” filmida ham koʻrish mumkin. Savol: Ushbu buyumni yozib bering. Javob: Kamar. Izoh: Boy xonadon garderobida remen ham koʻp boʻladi, shu sababli bola bittasini tanlab dadasiga olib boradi. “Kelinlar qoʻzgʻoloni” filmida Abbos ham dadasiga remen olib boradigan sahna mavjud. 4. Uning inauguratsiya marosimi 1841 yili qish faslining juda sovuq kunlarining birida bo‘lib o‘tadi. Natijada U shamollab qoladi. Ko‘p o‘tmay, shamollash pnevmoniyaga aylandi hamda U bir oydan keyin vafot etadi. Savol: Uning ismi-sharifini ayting. Javob: Uillliam Xarisson. Izoh: AQSH tarixidagi eng qisqa muddatli prezident. 5. Bir kuni Amir Temur bir mashhur shaxs qarab: “Shunchalar saxiymisan shoir? Qancha jang-u jadallar evaziga mulkimizga kirgan saltanatni bir zeboning xoliga almashmoqchi emishsan?” deb kinoya qiladi. Savol: XIII asrda yashagan bu mashhur shoir kim? Javob: Sa’diy Sheroziy. Izoh: Sa’diy Sheroziyning “Agar ko‘nglimni shod etsa o‘shal Sheroz jononi, qora xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni” misralari Amir Temurni xafa qilgan ekan. 6. “Shark Helmets” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi turdagi mototsikl dubulg‘alarining sifat sinovlaridan birida besh nafar mototsiklchi oyoqlari bilan teskari osilib turgan holda sinovdan o‘tkazadi. Savol: Ushbu sifat sinoviga qanday nom berilganligini atoqli ot qatnashgan ikki so‘z bilan yozib bering. Javob: Nyutonning beshigi. Qabul: Nyuton beshigi. Izoh: Dubulg'alarning mustahkamligi va xavfsizligini tekshirish uchun oyoqlariga osilib turgan qatorda turgan mototsiklchilarning eng oldingi biri boshqalardan ma'lum masofada qo'yib yuborildi, natijada mototsiklchilarning boshlari bir-biriga zarba berdi. Ushbu sinov tashqi ko'rinishida "Nyuton beshigi" ga o'xshardi va shunday nomlangan. 7. 1950-yillarda AQSH ning turli shtatlarda spirtli ichimliklarni sotish bo‘yicha turli qonunlar bo‘lganligi sababli, ULAR karta va soatdan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Savol: ULARNI qo‘sh undoshli so‘zda yozib bering. Javob: Styuardessalar. Izoh: Samolyot o'zi uchgan shtat qonunlariga rioya qilishi kerak edi. Bort kuzatuvchilari samolyot qaysi shtatda joylashganini aniqlashlari kerak edi. 8. “Sky Sport” telekanali APLning 10 turidan keyin 7 ta o‘yinda birorta ham gol, birorta ham assistni amalga oshira olmagan Jeydon Sanchoni mashhur bir kino personajiga taqqoslashadi. Savol: Qaysi personajga? Javob: Jeyms Bond. Izoh: «Meni 007 deb atashadi. 0 gol, 0 assist, 7 o‘yin» — deya vingerning «MYu»dagi statistikasi keltirilgan. 9. Bir kitobda aytilishicha, konchilar IKSni faqat yakshanba kunlari ko‘rishgan. Aytishimiz mumkinki, ko‘p mamlakatlarda IKS haqiqatan ham yakshanba kuni bor. Savol: IKS nima ekanligini yozib bering. Javob: Quyosh. Izoh: ertalab konga tushib, qorong'i tushganda uni tark etadigan konchilar faqat dam olish kunlarida quyoshni ko'radilar. Ilgari ish haftasi olti kun edi. Masalan, inglizcha "Sunday" so'zida "Sun" - q