Professional va Birinchi liga bahorgi mavsumi 1-tur Renessans Universiteti jamoasi savollari 14.03.2026
1-savol:
Erkin Vohidov she’ridan parchani tinglang.
Ahli she’r, balki, kitobim
Nazmi ishq deb ochadir.
Yo‘q, kitobim sevgining
Devoniga ALFAdir.
ALFA, shuningdek, biror-ish harakatning boshlanishini ham bildiradi.
Savol: ALFA bilan almashgan so‘zni yozib bering.
Javob:Debocha
Zachot: She’rdagi parchani asl holida tinglang: Ahli she’r, balki, kitobim Nazmi ishq deb ochadir. Yo‘q,
kitobim sevgining Devoniga debochadir. Erkin Vohidov she’rida debocha so‘zi kirish qismi, muqaddima
ma’nolarida kelgan. “Renessans Universiteti” jamoasi debocha haqidagi savol bilan navbatchilikni
boshlaydi.
2-savol:
Fridyesh Karintining “Faremidoga sayohat” asari voqealari Birinchi jahon urushi vaqtida yuz beradi.
Bosh qahramon ingliz flotida jarroh bo‘lib ishlaydi. Qahramon boshqaruvni yo‘qotgan
gidrosamolyotda osmonga ko‘tariladi va musiqiy tovushlar orqali muloqot qiladigan mexanik
mahluqlar olamiga tushib qoladi. Asarning yana bir nomi “Uning beshinchi sayohati”.
Savol: Uni toping.
Javob:Gulliver.
Izoh: Jonatan Svift Gulliverning 4 ta sayohati haqida asarlar yozgan. Fridyesh Karinti esa Gulliverning
beshinchi sayohati haqida asar yozgan. Sviftning asarlarida ham Gulliver ingliz kemasida jarroh bo‘lib
ishlardi.
3-savol:
ALFA surunkali og‘riq, artrit va bo‘g‘im deformatsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Lyusya
Chebotina bir taronasida ALFA sabab yigitning ortidan yugurmasligini aytadi.
Savol: ALFA o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Baland poshna
Izoh: Baland poshna sababli xondrositlar tezroq eskirishi, ushbu holat esa yuqoridagi kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin ekan. Lusya Chebotina bir qo‘shig‘ida o‘zida baland poshna borligi sababli yigitning
ortidan yugurmasligini kuylaydi.
4-savol:
Sherali Jo‘rayev Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda rol ijro etgan va unda
“Andijonim qoldi” qo‘shig‘ini kuylagan.
Savol: Spektakl ilk bor nechanchi yilda sahnada qo‘yilgan?
Javob:1983-yilda
Izoh: Spektakl “Yulduzli tunlar” romani asosida sahnalashtirilgan. 1983-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludining 500 yilligi nishonlangandi.
5-savol:
Bir asarda otasi urushga ketgan, onasi vafot etgan qahramon uka-singillari bilan mehribonlik uyiga
yuboriladi. U yerda qahramon laqabidagi bir so‘zni “yetimcha” deb o‘zgartirishadi.
Savol: Qahramonning asl laqabini yozib bering.
Javob:Besh bolali yigitcha
Izoh: Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” romani qahramoni Orifjonning uch ukasi va ikki
singlisi bo‘lgan. Uka-singillari bilan yetimxonaga tushgach, u yerdagi zo‘ravon bolalar Orifjonni “Besh bolali
yetimcha” deb ataydi.
6-savol:
Bir hazil videoda AQShda yashovchi osiyolik ona-bola bu oilada ULAR qanday ma’noni anglatishini
tushuntirishadi:
- o‘rtacha;
- o‘rtachadan past;
- sovuq guruch;
- uyga kelma;
- yangi oila top.
Savol: ULAR nimaligini yozib bering.
Javob:AQShdagi baholash tizimidagi harflar
Izoh: AQSh ta’lim muassasalarida baholar Adan Fgacha bo‘lgan harflarda qo‘yiladi. Farzandlar ta’limiga
o‘ta talabchan bo‘lgan ushbu oilada baholar quyidagi ma’noni anglatgan: A — average, B — below
average, C — cold rice, D — don’t come home, F — find a new family.
Zachot: Ma’nodosh javoblar
7-savol:
Ssenarist Damir Xanifullin tomonidan yuritiladigan blog nomida bir shirinlik turi amerikalik
yozuvchining familiyasi bilan yonma-yon turganini ko‘rish mumkin.
Savol: Blog nomidagi familiyani yozib bering.
Javob:Palanik
Izoh: Blog “Chak-Chak Palanik” deb nomlanadi. Blog muallifi o‘zining tatar millatiga mansub ekanligini va
filmlarga ssenariy yozish bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot berish uchun yozuvchi Chak Palanikning
ism-familiyasidan kreativ tarzda foydalangan.
8-savol:
Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi. Siz ko‘rib tu
Savol matnida IKS — ikki so‘zni almashtirib keladi. Siz ko‘rib turgan kartina Edvard Hopper tomonidan
yaratilgan bo‘lib, “IKS” deb ataladi. “IKS” — shuningdek, 2001-yilda chiqqan qo‘shiqning nomi hamdir.
Savol: “IKS” muallifi bo‘lgan rok-guruhi nomini yozib bering.
Javob:System of a Down
Izoh: Edvard Hopperning “Chop Suey” nomli kartinasida qisman “Suey” so‘zini ko‘rib turibsiz. Alternativ
metal yo‘nalishida ijod qiluvchi System of a Down guruhiga mashhurlik olib kelgan qo‘shiqning nomi ham
“Chop Suey”. Ma’lumot uchun, Chop Suey — xitoycha taom nomi.
Zachot: SOAD
9-savol:
O‘tgan asrning 20-yillarida chop etilgan asar qahramoni xotini ko‘plab tabiblarga borgan bo‘lsa-da,
tug‘mayotgani haqida so‘z ochadi. Ayol, agar eri, bolasiz yasholmayotgan bo‘lsa, avval erini, keyin o‘zini
zaharlashini aytib tahdid qiladi.
Savol: Ayolning ismini yozib bering.
Javob:Xushro‘y
Izoh: “O‘tkan kunlar” asari personaji Xushro‘ybibi Zaynabning opasi edi va kimnidir zaharlashdan tap
tortmasdi. Aynan Xushro‘y bilan suhbatdan so‘ng Zaynab Kumushni zaharlashga qaror qiladi.
10-savol:
“Lobster” filmida jufti yo‘q odamlar bir mehmonxonaga olib kelinadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng odamlar juftini
topsa, erkinlikka chiqariladi. Ma’muriyat mehmonxonaga yangi kelgan odamga volleybol va tennis kabi
sport turlari bilan shug‘ullanish hozircha taqiqlangani, faqat IKS va IGREK o‘ynay olishi mumkinligini
tushuntiradi.
Savol: IKS va IGREK o‘rnidagi bir bo‘g‘inli sport turlarini yozib bering.
Javob:Golf va skvosh.
Izoh: Volleybol va tennis kabi o‘yinlarni jufti borlar o‘ynay olardi. Juftini topmaganlar golf va skvosh bilan
shug‘ullanib turishga majbur edi.
11-savol:
“Maxluqlar universiteti” animatsion filmida buqalamun Rendall UNDAN voz kechgan. Buning sababi uyalish
hissi emas, balki butunlay yo‘qolishiga xalaqit berganligidir. Boshqa bir mashhur personajga esa U,
aksincha, yordam bergan.
Savol: U nima?
Javob:Ko‘zoynak
Izoh: Rendall ko‘rinmas bo‘la olsa-da, ko‘zoynagi uni qayerda ekanligini bildirib qo‘yardi. Supermen esa,
aksincha, odamlar tanib qolmasligi va olomon ichiga qo‘shilib, g‘oyib bo‘lish uchun ko‘zoynakdan
foydalangan.
12-savol:
Bir qo‘shiqqa ishlangan klipda, uzoq yillar qamoqxonada bo‘lgan yigit qizni uchrashuvga taklif qiladi va
borish mumkin bo‘lgan bir nechta joylarni sanab o‘tadi. Qiz bu joylar hozir mavjud emasligini aytib, yigitni
XIX asr birinchi choragida yozilgan asar bosh qahramoniga qiyoslaydi.
Savol: O‘sha qahramon kimligini yozib bering.
Javob:Rip Van Vinkl
Izoh: Layonel Richining “Hello” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipda 25 yil qamoqda bo‘lgan yigit, uchrashuv
uchun o‘zgarib ketgan va hozirgi paytda mavjud bo‘lmagan joylarni taklif qiladi, xuddi shahar
o‘zgarmagandek. Amerikalik yozuvchi Vashington Irvingning 1819-yilda yozgan fantastik hikoyasidagi bosh
qahramon Rip Van Vinkl Katskill togʻlarida 20 yil uxlagan va barcha doʻstlari vafot etganda u yerdan tushib
kelgan.
13-savol:
Tog‘ay Murodning asarida befarzand erkakka qarindoshlari yangi xotin olib berishga qaror qilishadi.
Qarindoshlari “IKS ko‘rganni emas, IGREK ko‘rganni ol” deyishadi. IKS IGREKdan bir harfga qisqa.
Savol: IKS va IGREK o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob:Eshik va beshik
Izoh: “Eshik ko‘rganni olma, beshik ko‘rganni ol” maqolini aytish orqali erkakning qarindoshlari ilgari
farzandli bo‘lgan ayol yana bolali bo‘lishi mumkinligini bildirishadi.
14-savol:
Toshkent shahridagi arxitekturaviy loyihalar bilan shug‘ullanuvchi firma nomi U. Nom orqali firma o‘z
loyihalarida har bir detal mukammal mutanosiblikda bo‘lishiga ishora qiladi. Dizaynda U nomli maqolada
National Geographic logotipini ham ko‘rish mumkin.
Savol: Uni alifboda yonma-yon keladigan harflar bilan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Oltin nisbat
Izoh: Oltin nisbat taxminan 1,618 ga teng bo‘lgan maxsus matematik nisbat. U ko‘pincha chiroyli,
muvozanatli va tabiiy ko‘rinadigan proporsiya sifatida ishlatiladi. Ushbu savol paketimizni aynan oltin
nisbat proporsiyasida ikki qismga bo‘ladi.
15-savol:
2024-yilda chiqqan filmga bag‘ishlangan retsenziyalardan birining sarlavhasi “Biz ortiq Kalugada emasmiz”
deb nomlanadi. Film 1891-yilda tug‘ilgan adibning asari asosida suratga olingan.
Savol: Gap qaysi adib haqida ketmoqda?
Javob:Aleksandr Volkov
Izoh: Aleksandr Volkov Frenk Baumning asarlaridan ilhomlangan holda “Zumrad shahar sehrgari” asarini
yozgan. Bu asar bosh qahramoni ham Kanzasda yashar edi. Ammo zamonaviy ekranizatsiyada voqealar
Rossiyaga ko‘chiriladi. Bir foydalanuvchi “Biz ortiq Kanzasda emasmiz” iqtibosining Rossiyaga
moslashtirilgan variantini taklif etgan.
16-savol:
Savolda U almashtirish hisoblanadi. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” asarida yozilishicha, sovet davrida
rahbarlar marmar toshlardagi ULARni o‘ydirib tashlagan.
Savol: 1943-yilgi “Nasriddin Buxoroda” filmi posterida U nimaning o‘rnida keladi?
Javob:Kirillcha С harfining o‘rnida
Izoh: Tog‘ay Murod asarida sovet paytida sag‘analardagi “Xudo rahmat qilsin” kabi yozuvlar o‘chirtirilib,
marmar toshlardagi yarim oy shakllari o‘ydirtirib tashlangani yoziladi.
17-savol:
Sayxunobodda tuman hokimi maktab direktorlarini do‘pposlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi
bir maqoldagi so‘zni “ustoz” so‘ziga almashtirgan.
Savol: Shu maqolda tilga olinuvchi shirinlik va predmetni yozib bering.
Javob:Holva va kaltak
Izoh: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi “Bugungi kun maqoli: Holvani hokim yeydi, kaltakni ustoz” deb
yozgan. Maqolning asli: Holvani hokim yer, kaltakni yetim.
18-savol:
Ko‘rgazma materialda aktrisa Kamillaning surati berilgan. Kamillaning otasi Reynald Klifford, U emas.
Aytishlaricha, Kamilla 1900-yillar boshidagi tanlovda Uning nazariga tushgan.
Savol: U kim
Javob:[Charlz] Gibson
Izoh: Gibson qizi tushunchasi – amerikalik illyustrator Charlz Gibson tomonidan XIX asr oxiri — XX asr
boshlarida yaratilgan ideal ayol timsoli. Versiyalarga ko‘ra, aktrisa Kamilla Klifford Gibson tasvirlagan ayol
uchun prototip hisoblanadi.
19-savol:
“Bugoniya” filmida bir korporatsiya rahbarini o‘zga sayyoralik deb hisoblab, o‘g‘irlab ketishadi. Filmdagi
dialoglardan birida korporatsiya rahbari o‘g‘rining ALFAga tushib qolganini aytib, shu sababli reallikni
emas, balki faqat o‘z e’tiqodini mustahkamlaydigan ma’lumotlarni qabul qilayotganini aytadi. ALFA —
media sohasiga oid atama bo‘lib, asosan konspirologiya sabablarini tushuntirishda qo‘llaniladi.
Savol: ALFA bilan almashtirilganni yozib bering.
Javob:Exo kamera
Izoh: Exo kamera deb inson faqat oʻzi ishonadigan ma’lumotlarni tasdiqlovchi axborot muhitiga aytiladi.
Unga ko‘ra, siz haqiqat deb bilgan ma’lumotlar sizni topib kelaveradi va o‘z e’tiqodlaringiz aks-sadosini
shakllantiradi. Misol uchun, Google qidiruv tizimi va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar kontentni
personallashtirib boradi va foydalanuvchining o‘z qiziqishlariga qarab ma’lumot taklif qiladi. Shu sababli,
foydanuvchi o‘zi bilmagan holda exo kamera ta’siriga tushib qoladi.
Zachot: Aks-sado xonasi
20-savol:
2001-
yilda tug‘ilgan tennischi Iga Svyontek inglizchani muchaldoshi hisoblangan Uningqo‘shiqlari orqali o‘rganga
n.
Savol: Iga Svyontekka bilvosita ustozlik qilgan U kim?
Javob:Teylor Svift
Izoh: Teylor Sviftning qo‘shiqlari matni turli adabiy asarlarga ishora qilgani uchun uning muxlislari
xonandani ingliz tili o‘qituvchisiga qiyoslab hazil qilishgan. 1989-yilda tug‘ilgan xonanda bu hazillarga
javoban unashtirilganligi haqidagi postda o‘zini ingliz tili o‘qituvchisi deb atagandi. Teylor Svift aslida hech
qachon ingliz tilidan dars bermagan, ammo u tufayli, hech bo‘lmasa, bir kishi ingliz tilini o‘rgangan ekan.
21-savol:
Bir serialda operatsiyaga ko‘ngilli bo‘lib qo‘shilgan politsiyachi Yevropaga borishga umid qilgani, endi esa
xaroba plyajda hasharotlarga talanayotganidan shikoyat qiladi. Boshlig‘i “BU ISHNI QILISH kerak edi”, deb
hazillashadi. Tashkilotchilar g‘olib bir yil ichida ham aniqlanmasligiga ishongan sirli tanlovda BU ISHNI
QILGAN sinchkov ayol bir kundayoq mukofotni olib ketgan.
Savol: BU ISHNI QILISH bilan almashgan so‘zlarni yozib bering.
Javob:Mayda shriftni o‘qish.
Izoh: Sug‘urta kompaniyasining “O‘qiganingiz uchun to‘laymiz” nomli sirli tanlovi qoidalari shartnomaning
7-varag‘ida kichik shriftlarda yozilgandi. Qoidaga ko‘ra, shartnomani to‘liq o‘qib, mukofot yuzasidan
kompaniyaga birinchi murojaat qilgan mijozga 10 ming dollar pul yutug‘i va’da qilingan edi.
Zachot: Kichik shriftdagi matnni o‘qish
22-savol:
Yormat Tojiyev bir maqolada shevadagi so‘zlarni ko‘proq ishlatishga chaqiradi. Muallif sartarosh so‘zi
o‘rniga shevadagi qilich so‘zidan foydalanishni taklif etadi.
Savol: Savol matnida almashtirilgan bir so‘zni yozib bering.
Javob:Qilchi
Izoh: Sartarosh so‘zi o‘rniga qilchi so‘zini qo‘llash taklif etilgan. Qilich va qilchi so‘zlari o‘zaro
anagrammadir.
23-savol:
U haqidagi kitob muqovalaridan birida harflardan biri qulf ko‘rinishida, yana biri barmoq izi ko‘rinishida
stilizatsiya qilingan.
Savol: Uning ism-familiyasini yozib bering.
Javob:Sherlok Holms
Izoh: Inglizchada “lock” so‘zi qulfni bildiradi, shu sababli Sherlok ismidagi “O” harfi qulf ko‘rinishida
stilizatsiya qilingan. Yana bir harf barmoq izi shaklida tasvirlangani biz so‘ragan odam jinoyatni ochish
bilan shug‘ullanganiga ishora edi.
24-savol:
Erkin A’zamning yoshi o‘tib qolgan personaji endi akademik unvoni uchun harakat qilmasligini aytadi.
Personaj unvon faqat Bu martabani berishini aytadi. Sharof Rashidov 1984-yilda Bu martabagagina
loyiq ko‘rilgan.
Savol: Bu martaba deyilganda nima nazarda tutilganini bir necha so‘zda yozib bering.
Javob:Chig‘atoy qabristoniga ko‘milish
Izoh: Personaj unga akademik unvoni faqat Chig‘atoyga ko‘milish martabasidan boshqa hech narsa
bermasligini aytadi. Sharof Rashidov 1983-yilda vafot etganda Toshkent markaziga dafn etilgan, unga atab
memorial kompleks qurish ham rejalashtirilgan edi. Ammo 1984-yili “paxta ishi” doirasida o‘tkazilgan
kompartiya yig‘ilishidan so‘ng uning jasadi eksgumatsiya qilinib, Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.
25-savol:
O‘tkir Hoshimov personaji kelinining uquvsizligi haqida gapirar ekan, kelini tayyorlagan shilpildoqdan U
sifatida foydalanish mumkinligini aytib, mubolag‘a qiladi. U eslab o‘tiladigan maqolga berilgan izohda
ehtiyojlar va imkoniyatlar haqida so‘z boradi.
Savol: U bilan almashtirilgan so‘zni yozib bering.
Javob:Ko‘rpa
Izoh: O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari personaji Xolposh xola Fotima kelini tayyorlagan
shilpildoqni ko‘rpa qilib yopish haqida gapirib mubolag‘a qiladi. Ko‘rpangga qarab oyoq uzat maqoli esa
“ehtiyojlaringni imkoniyatingga qarab belgila” ma’nosida ogohlantirish va maslahat mazmunini ifodalab
keladi.
26-savol:
Bir serial qahramonlari Yevropadagi poytaxtlardan biriga borishadi. Shahardagi Vesterkerk qo‘ng‘irog‘i
bong urganda, qahramonlardan biri ALFA bu qo‘ng‘iroqni har kuni eshitganligini aytadi. ALFA o‘z qaydlarida
qo‘ng‘iroqning ovozi unga umid va ishonch berganini ta’kidlagan.
Savol: ALFA o‘rnidagi ism-familiyani yozib bering.
Javob:Anna Frank
Izoh: Vesterkerk qo‘ng‘irog‘i Amsterdamda joylashgan. Chordoqda oilasi bilan natsistlardan yashiringan
Anna Frank o‘z kundaligida qo‘ng‘iroq ovoziga oilasi a’zolari ko‘nika olmayotgani, lekin uning bongi Annaga
umid va ishonch berishini yozgan.
27-savol:
Pompeydagi qazishmalar paytida yirik qora toshlar orasiga qo‘yilgan, Oy nurini aks ettiradigan mayda oq
toshli yo‘l topilgan. Rimliklar bu toshlarni U deb atashgan. Qadimiy davlatlardan birida ibodatxonada duch
kelganda, Unga tik qarash og‘ir jinoyat hisoblangan.
Savol: U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Mushuk ko‘zlari
Izoh: Oq toshlar tunda yarqiragani uchun shunday atalgan. Qadimiy Misrda mushuklar Bastet
ma’budasining “bolalari” hisoblangan. Shu sababli ibodatxonada kim bo‘lishidan qat’i nazar mushukning
ko‘zlariga tik boqishi taqiqlangan.
28-savol:
Savol matnida bir so‘z boshqa so‘z bilan almashgan.
Killian Myorfi mashhur franshizaning serialida rol ijro etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etib,
shinelidan bir necha yilga voz kechishga tayyormasligini aytgan.
Savol: Myorfi serialda qaysi personajni o‘ynashi haqida gap-so‘zlar chiqqandi
Javob:Voldemort
Izoh: Savol matnida burun so‘zi shinel bilan almashtirilgandi. “Burun” va “Shinel” Nikolay Gogolning
asarlari nomi. Garri Potter franshizasida antagonist Voldemortning burni deyarli yo‘q.
29-savol:
U avvallari mavjud bo‘lgan. Ammo Yevropada qo‘llanilgan A’LO bilan odamlarni chalg‘itganligi sababli
Undan voz kechilgan.
Savol: U bilan almashganni yozib bering.
Javob:Amerika baholash tizimidagi E harfi
Izoh: Amerikacha baholash tizimida A, B, C, D va F harfli baholar mavjud. A harfi eng yuqori baho
hisoblansa, E harfi eng yomon baholardan biri sifatida qo‘llanilgan. Ammo hozirda E harfi uchramasligining
sababi Yevropadagi eski baholash tizimidagi E, ya’ni “Excellent” bahosi bilan adashtirilganligi sabab
bo‘lgan.
Zachot: E harfi
Ko‘rgazma materialdagi surat ostidagi izohda bir foydalanuvchi hazil tariqasida go‘zallik salonida ushbu
xizmat borligiga umid qiladi. Ushbu xizmat odatda 30-35 yoshdan boshlab, uning intensiv usullari esa
40-45 yoshdan keyin qo‘llaniladi.
Savol: Ushbu xizmatni xorijiy bir so‘zda yozib bering.
Javob:Lifting
Izoh: Lifting – terini tortish uchun qilinadigan kosmetik muolaja. Foydalanuvchi binoning yuqori qavatda
joylashganligiga ishora qilib so‘z o‘yini qilgan.
31-savol:
Aktivist Jon Devidsonning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Men so‘kinaman” nomli filmda, 1980-yillarda
UNGA ega insonlarga qanchalik qiyin bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Chunki bu davrlarda odamlarda U haqida
deyarli hech qanday tushuncha bo‘lmagan.
Savol: UNI atoqli ot qatnashtirib, ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Turett sindromi
Izoh: Turett sindromidan aziyat chekuvchi insonlarda verbal titroqlar va doimiy ixtiyorsiz soʻkinish holatlari
uchraydi. Film nomi ham shu jihatga ishora qiladi. Hozirda ushbu sindrom haqida ko‘pchilik xabardor, lekin
80-yillar boshida bu haqda deyarli hech kim bilmas edi. Oqibatda Turett sindromiga ega insonlarni
shunchaki ahloqsiz deb qabul qilishgan.
32-savol: Дуплет
1.
“Yaldo kechasi” romanida yozilishicha, Buxoro amiri Haydar Qo‘qon xoni Umarxonga maktub yo‘llab, o‘ziga
bo‘ysunishga chorlagan. Qo‘qon xoni bir bayt yozib, baytda Haydardan oldin Umar xafa bo‘lganini eslatib,
Buxoro amirini o‘ziga tobe bo‘lishga chaqirgan.
Savol: Avvalgi gapda harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Xalifa
2.
Yuqoridagi voqea sodir bo‘lgan paytda Umarxon saroyida bo‘lib turgan Xiva elchisi ham bir bayt o‘qigan.
Baytda Umarxon ham, Haydar ham Xiva xoniga tobe bo‘lishi lozimligiga ishora bor edi.
Savol: O‘sha vaqtda Xiva xoni kim edi?
Javob:Muhammad Rahimxon I
Izoh: Umarxon yozgan baytida hazrati Umar hazrati Haydar, ya’ni Ali roziyallohu anhudan avval xalifa
bo‘lgani sababli Buxoro amirini o‘ziga bo‘ysunishga chaqirgan. Xiva xoni elchisi quyidagi baytni o‘qiydi:
Muhammad Rahim oldida topsa joy, Umar tobe o‘lmazmi, Haydar mute? Bu bilan elchi Muhammad
sallolohu alayhi vasallam qoshida hazrati Umar ham, hazrati Ali ham tobelik qilishi lozimligiga ishora qilgan
edi.
Zachot: Muhammad Rahimxon Feruz
33-savol:
Nat Geo Wild tomonidan 2015-yilda buyurtma berilgan “Katta U” nomli loyihada hayvonot olamidagi
shafqatsiz zo‘ravonlik, kutilmagan o‘limlar, hayratlanarli qahramonlar va oila ichidagi munosabatlar
yoritilgan. “U”ni suratga olish jarayonida jumladan, 52 ming qop qog‘oz qor, 163 tonna propandan
foydalanilgan.
Savol: Uni toping.
Javob:Taxtlar o‘yini
Izoh: Hayvonlar haqidagi loyiha va “Taxtlar o‘yini” seriali o‘rtasida ko‘plab parallellar borligi uchun Nat Geo
Wild o‘z loyihasini dastlab “Katta taxtlar o‘yini” deb nomlagan. Ammo HBO bilan sudlashmaslik uchun
yakunda nomni o‘zgartirgan. Biz savolda sanagan mahsulotlar “Taxtlar o‘yini”da qor, muz va olovli
sahnalarni suratga olish uchun kerak bo‘lgan. Aynan shu mahsulotlar sanalishi “Muz va olov” qo‘shig‘i
romanlar seriyasiga ham qaysidir ma’noda ishora edi.
34-savol:
O‘tkir Hoshimov sovet ittifoqi davrida bir majlisda yuz bergan voqealarni yozib qo‘yadi. Adib “agar Uning
gapi rost bo‘lsa, vaqti kelib ushbu ‘hangoma’ dunyo yuzini ko‘radi” degan.
Savol: U kim?
Javob:[Mixail] Bulgakov
Izoh: Bulgakovning “Usta va Margarita” asarida Voland “Qo‘lyozmalar yonmaydi” degandi. O‘tkir Hoshimov
majlisdagi qo‘shtirnoq ichidagi “hangoma” oradan vaqt o‘tib chop etilishiga umid qilgan.
Zachot: Voland
35-savol:
Littl-Bigxornda kechgan jangga 50 yil to‘lishi munosabati bilan 1926-yilda siular sardori Oq Buqa va
general Edvard Godfri o‘zaro ko‘rishishdi. Bu ikki kishi Noma’lum askar qabri yonida Uni yerga ko‘mishdi.
Savol: U nima?
Javob:Bolta
Izoh: Shimoliy Amerika hindulari orasida dushmanga bolta jo‘natish orqali urush e’lon qilish odati bo‘lgan.
Boltani ko‘mish esa tinchlik kelishuviga erishishni bildirgan.
Zachot: Tomagavk
36-savol:
“Oryol i reshka” ko‘rsatuvi boshlovchisi Londonga safar vaqtida shahardagi taksi narxlari bilan qiziqadi.
Taksi haydovchisining javobidan hayratga tushib, BU ISHNI QILADI.
Savol: BU ISHNI QILISH bilan almashtirilgan ikki so‘zni millat qatnashtirib yozib bering.
Javob:Inglizcha ketish
Izoh: Inglizcha ketish — birovga sezdirmay, xayrlashmay ketishni anglatadi. Londonda taksi narxi
qimmatligini eshitgan boshlovchi ham inglizcha ketishga qaror qiladi. Bugungi o‘yin boshlovchisi ham
so‘nggi savol oldidan inglizcha ketib qoldi deyish mumkin.