Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 8-tur savollari (25.10.2025)
1-savol:
Eminemning “Rap God” taronasi 6 daqiqa davom etadi. Shunday boʻlsa-da, bu qoʻshiq eng ko‘p Unga ega
ekanligi bilan rekord qayd etgan. Leonardo Blumfiest Ularni maʼnolar birligida yasovchi deb atagan. Savol:
UNI bir soʻzda yozib bering.
Javob:Soʻz
Izoh: Rap God repi juda tez aytilib, eng koʻp soʻz qoʻllangan qoʻshiqdir.
Zachot: matn
2-savol:
Amrita Sher-Gil avtoportretlarini yaratishda qoshga alohida urg‘u beradi. Balki shu uchun Amrita
“Hindistonlik U” nomiga ega. U o‘z laqabiga mos bo‘lish maqsadida 1910-yilda tug‘ilganman deya yolg‘on
ma’lumotlar berib yurgan. Savol: Uni kimligini yozib bering.
Javob:Frida Kalo
Izoh: Amrita asosan avtoportretlarida qoshga e’tibor qaratadi. Shu sababli ham Hindistonlik Frida Kalo deb
ham atashadi. Frida Kalo – “Revolutsiya qizi” laqabiga ega. Meksikadagi revolutsiyaning uchqunlari 1909-
yilda boshlangan va Fridaning laqabi mantiqiy bo‘ladi.
3-savol:
1922-yili Viktor Emmanuel III yangi bosh vazirni tayinlansada, boshqaruv konstitutsion tizimdan
uzoqlashmagan holda davom etgan. Shu sababli ham U oʻzgartirilmagan. Pomidor, motsarella va
bazilikdan iborat salat ham norasmiy tarzda U nomiga ega. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Italiya bayrogʻi
Izoh: Italiyada ham fashizm mafkurasi bor boʻlgan boʻlsa-da, ular Germaniya kabi oʻz bayroqlarida koʻrinish
berishmagan. Italiya qiroli Viktor Emmanuel III Mussolinini yangi bosh vazir deb eʼlon qiladi, ammo unda oʻz
bayrogʻini davlat bayrogʻi sifatida eʼlon qilish huquqi mavjud emas edi. Pomidor – Qizil, motsarella – oq,
bazilik yashil, huddi Italiya bayrogʻi kabi.
4-savol:
“Vifaniya tunlari” voqeasi shuningdek, Iso Masihning yogʻlanish kechasi deb ham ataladi. Qiziq tomoni, Bu
asar personajining yogʻ toʻkilishi natijasidagi halokati aynan Vifaniya kechasida sodir boʻlgan. Rolling
Stones guruhining “Sympathy for the Devil” [simfati of ze devil] taronasini yaratilishida ushbu asardan
ilhomlanilgan. Savol: Qaysi asar?
Javob:Usta va Margarita
Izoh: Annushkaning relsga yogʻ toʻkishi natijasida halokat sodir boʻladi va bu voqea aynan Isoning
yogʻlanish kunida boʻlgan.
5-savol:
Nobokov Uni o‘zi uchun eng sevimlisi ekanligini aytib, kapalakka qiyoslaydi. Bir hazilda O‘sh shahrida
eshikdagi U aslida qarama-qarshi ma’no anglatishi aytiladi. Savol: U oʻrnidagi harfni toping.
Javob:Ж
Izoh: ж harfining koʻrinishi kapalakka oʻxshab ketadi. Shu sababli ham Nobokov eng sevimli harf deya
ushbu harfni aytgan. Oʻsh shahri hojatxonalarida Ж aslida Jigitter maʼnosida ekanligi aytiladi.
6-savol:
David Morrel o‘z asari qahramoni uchun nom topa olmaydi. Shunda xotini Rembo deb ataluvchi Uni olib
kelgach, Morrel qahramoniga shu nomni tanlashga qaror qiladi. Rossiyada Uning eng mashhurlaridan biri
“Xitoy oltini” deb ataladi. Savol: U nima?
Javob:Olma
Izoh: Rembo nomli olma navi mavjud
7-savol:
Bisha – arab qabilalarida tarqalgan sinov turi boʻlib, baʼzida guvoh topib boʻlmasligi, aybdorga qamoq
jazosini qoʻllash imkoni yoʻqligi kabi muammolar undan foydalanishga majbur qilgan. Bishaning kelib
chiqishi versiyalardan birida Muso alayhissalom bilan bogʻlanadi. Bisha arab qabilalarida zamonaviy
texnologik qurilma vazifasini bajaradi. Savol: Oʻsha qurilma nimaligini yozib bering.
Javob:Poligraf.
Izoh: Arablar gumondor yolgʻon gapiryaptimi yoki rostmi aniqlash uchun qizdirilgan temirni yalatishgan.
Agar tilda kuyish alomatlari paydo boʻlsa demak u yolgʻon oʻylab topish uchun xayajonlanib ogʻzi
quriganligini bildirgan.
Zachot: Yolgʻon detektori.
8-savol:
Bir maqolada Bu holatga erishish uchun omma oldida bemalol gapirishni oʻrganish, noodatiy rekordlarni
qayd etishga urinish, oʻz talantini ochishga harakat qilish tavsiya etiladi. Savol: Pittsburglik Bu holat
qancha vaqtda boʻlishini taʼkidlagan?
Javob:15 daqiqa.
Izoh: Endi Uorxoll Kelajakda shunday vaqt boʻladiki, har kim 15 daqiqada mashhurlikka erishishi mumkin
boʻladi degan. Va shu tarzda “15 daqiqalik mashhurlik” jumlasi paydo boʻlgan.
9-savol:
Floridaning hayoliy maskoti – Kapitan Sitrus sanaladi. Kapitan Sitrus ko‘rinishi jihatidan apelsinga o‘xshatib
yaratilgan. Gap shundaki, Kapitan Sitrus yosh bolalarda Uni oshirish maqsadida ishlangan. 1933-yil
Shveytsariyaning Hoffmann-La-Roche kompaniyasi Uni ilk bor ishlab chiqargan hisoblanadi. Savol:Uni yozib
bering.
Javob:C vitamini
Izoh: Apelsinda C vitaminlari serob. Florida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat
organi ushbu maskotni ishlab chiqqan va bolalarda C vitamini oshirishga intilishgan. Hoffman La Roche ilk
dorilari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan.
Zachot: Askorbin kislotasi; C.
10-savol:
Suratdagi pomidor navi 1812-yilda aka-ukalar muallifligidagi toʻplamga kiritilgan asar nomi bilan bir xil.
Savol: Asar nomini yozib bering.
Javob:Rapunsel.
Izoh: Aka-uka Grimmlarning “Rapunsel” ertagi turli mualliflar tomonidan qayta ishlangan. Suratdagi
pomidor navini mevalari joylashuvini soch oʻrimiga oʻxshatish qilib “rapunsel” deb nomlashgan.
11-savol:
Asl ismi Shayx Kamoliddin boʻlgan bu inson turli davrlarda yashagan boʻlishsa ham Amir Temurning
maʼnaviy ustozi boʻlgan. Versiyalarga koʻra ulkan gavdaga ega boʻlganligi sababli oʻz laqabini olgan.
Toshkent mahallaridan biriga nom qilib berilgan bu insonning laqabini toping.
Javob:Kox-ota.
Izoh: Ulkan qomatga ega boʻlgan Shayx Kamoliddin kurash musobaqalarida ham faol boʻlgan. Qomati
sababli unga Kox-ota yaʼni togʻ otasi laqabi berilgan. Kox forschada togʻ degani
12-savol:
Yaratilgan sanasi: Sat, 01 Nov 2025 23:12:16 +0500
Page 4
“Parijni koʻrib — oʻlish” degan iborani eshitgansiz. Bu shahar haqida gap ketganida esa “Kim bu shaharni
koʻrgan boʻlsa, dunyoning yarmini koʻripti” deyishadi. “Dunyoning yarmi” iborasi shaharga Safaviylar
hukmronligi davridan qolgan deyiladi. Savol: Gap qaysi shahar haqida ekanini yozib bering.
Javob:Isfaxon.
Izoh: Isfaxon shahri Safaviylar davrida gullab-yashnagan va Osiyodagi eng gavjum shaharlardan biri
bo‘lgan.
13-savol:
Oradan yillar o‘tib, Aleksandr Kaydanovskiy 49 yoshida yurak xurujidan vafot etadi. Anatoliy Romashin esa
dala hovlisida qulagan qarag‘ay ostida qolib fojiali halok bo‘ladi. Keyin esa birin-ketin Aleksandr Abdulov va
Aleksey Jarkovlar ham og‘ir kasallikdan vafot etishadi. Savol: Yuqoridagi insonlar 1987-yilda qaysi filmda
birga rol ijro etishgan?
Javob:“O‘nta negr bolasi”
Izoh: Qiziq tavqi lan’atga ko‘ra aktyorlar xuddi asar syujetiga ko‘ra, birin-ketin qahramonlar o‘lish tartibiga
ko‘ra vafot etishgan. Lekin bu barcha o‘nta aktyorda ham takrorlanmagan.
14-savol:
An’anaga ko‘ra, har yili Mo‘ynoqda xorijlik musiqachilar ishtirokida “Stixiya” festivali o‘tkaziladi. Xalqaro
festival yakunida esa o‘ziga xos installyatsiya yoqib yuboriladi. Savol: Installyatsiya qaysi uch harfdan
iborat bo‘ladi?
Javob:S, E, A.
Izoh: Inglizcha dengiz ma’nosini beruvchi “sea” harflaridan iborat installatsiyaning yoqilishi Orol dengizi
yo‘q bo‘lib borayotganini o‘ziga xos tarzda ramz qiladi.
Zachot: Istalgan tartibda.
15-savol:
“Tabib. Avitsenna shogirdi” filmi Ibn Sinoning oʻzining zo‘rg‘a asrab qolgan tibbiy yozuvlarini Robertga
berishi va halok bo‘lishi bilan yakunlanadi. Savol: Bu epizod voqealari qaysi muassasada sodir bo‘ladi?
Javob:Kutubxona.
Izoh: Ibn Sinoning yonayotgan kutubxonadan kitoblarni olib chiqishi haqidagi voqea ancha mashhur. Bu
voqea filmda ham o‘z aksini topgan
16-savol:
“Do‘stlik” ordeni, shuningdek, Fransiyaning “San’at va adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun” ordenlari
bilan taqdirlangan Marinika Bobonazarova Luvr muzeyidagi amaliyotlari bilan mashhur. U o‘z vaqtida
ma’lum bir muassasani boshqarishdan tashqari 2022-yilda “U haqida xotiralar” kitobini ham yozgan. Savol:
U o‘rnidagi familiyani yozib bering.
Javob:Savitskiy.
Izoh: Igor Savitskiyning shogirdi hisoblangan Bobonazarova Savitskiy muzeyining “Sahro Luvri” nomini
olishdagi eng muhim figura hisoblanadi.
17-savol:
Savol matnida bir so‘z uch so‘zni o‘rnida keladi. Dekster seriali epizodlaridan birida qahramon jinoyat
joyida topilgan siniq tirnoq, jabrlanuvchining qoʻlidagi qoldiq tirnoqqa toʻliq mos kelayotganini ayta turib
ZOBITni eslaydi. Savol: Savol matnida almashtirilgan uch soʻzni yozib bering.
Javob:Zolushkaning billur tuflisi.
Izoh: Jinoyat joyida topilgan siniq tirnoq faqatgina marhumning qoʻlidagi tirnoqqa mos kelishini aytadi.
Shuning uchun ushbu holatni Zolushksga mos keluvchi billur tufliga qiyoslaydi.
18-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Sharqiy Osiyo filmi hisoblangan “Changking Ekspress”
filmida qahramon tashlab ketgan sevgilisi qaytib kelmaguncha sevgilisi yoqtirgan ananasdan har kuni
yeyishni odat qiladi. Epizodlardan birida personaj sevgilisi yaxshiyam Uni yoqtirmasligini aytib, xursand
bo‘ladi. Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Durian.
Izoh: Janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan durian o‘zining kuchli hidi bilan ajralib turadi va albatta buni
har kuni yeyish deyarli ilojsiz.
19-savol:
“Tanya Grotter” asari rus yozuvchisi Dimitriy Yemets qalamiga mansub sehrgar qizaloq va uning
do‘stlarining sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi fantastik romanlar seriyasi hisoblanadi. Savol: Dimitriy
2003-yilgi sudda qaysi inglizga yutqazgan?
Javob:Joan Rouling.
Izoh: Nomidan ham ko‘rinib turibdiki bu asar “Garri Potter” asariga parodiya hisoblanadi. Asar golland tiliga
tarjima qilingandan keyin bo‘lib o‘tgan sudda Dimitriy yutqazadi va romanlar seriyasini yozishni to‘xtadi.
20-savol:
Savolda ikki o‘rinda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Spektakl davomida o‘q uzishi rejalashtirilgan
to‘p noto‘g‘ri otilib, yog‘och to‘sinlar va somon to‘la tomni yondirib yuboradi. Bu esa Uning vayron
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 1975-yilda AQSHning UILYAMSburg shahrida qurilgan obyekt nomi ham – U.
Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Globus
Izoh: Shekspir ijod qilgan teatr dastlab yong‘in natijasida vayron bo‘lgan. Hozirda dunyoning ko‘plab
joylarida Shekspir sharafiga qo‘yilgan Globus nomidagi teatrlar faoliyat yuritadi. Shahar nomidagi Uilyam
ismi borligi javob topishda yordam berdi deb o‘ylaymiz.
21-savol:
Yozuvchi Muhabbat Yo‘ldosheva “Sayohatchi pingvincha”, “Erkatoy qovun”, “O‘rdakchalarning siri” kabi
asarlar muallifi hisoblanadi. Bir qancha vaqt oldin yozuvchining “Sichqonning siri” asari har ikki yilda
beriluvchi USHBU MUKOFOTga tavsiya etilganligi e’lon qilindi. Savol: Bu mukofot kimning nomida?
Javob:[Hans Kristian] Andersen
Izoh: Asarlaridan ko‘rinib turibdiki, Muhabbat Yo‘ldosheva bolalar yozuvchisi hisoblanadi. U hozirda 2026-yil
topshiriluvchi Andersen mukofotining final bosqichida bo‘lib, unga mukofotni qo‘lga kiritishida omad tilab
qolamiz.
22-savol:
“Kalmar o‘yini” seriali yangi fasli epizodlaridan birida quvlashmachoq o‘yinidan oldin qur’aga ko‘ra, 222-
raqamli ayol ishtirokchi quvlovchilar jamoasiga tushib qoladi. Keyin esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra jamoasini
o‘zgartiradi. Qizig‘i bu epizod muxlislar uchun o‘ziga xos IKS vazifasini bajargan. Savol: IKS o‘rnidagi ikki
xorijiy so‘zni yozib bering.
Javob:Gender party.
Izoh: Serial epizodida yaqinda ona bo‘lishi kutilayotgan ishtirokchi o‘z formasini ko‘kdan qizilga o‘zgartiradi
va bu bilan tug‘iladigan farzandining qiz bola ekanligiga ishora qiladi.
23-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. 2025-yil oktyabr oyida Dubay amirligi valiahd shahzodasi
Shayx Hamdan Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif sababi esa ULOQ ovlash. Savol: Harflari tushib
qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Tuvaloq.
Izoh: Shayx Hamdan lochin sporti bilan muntazam shug‘ullanadi. U har yili Navoiy viloyatiga tuvaloqlarni
ovlash uchun keladi.
24-savol:
“Norveg o‘rmoni” asarida Nagasava va Vatanabe ismli ikki personajning do‘stligi tasvirlangan bo‘lib, ular
g‘ayrioddiy xarizmatik xarakterga ega va birgalikda tez-tez ziyofatlarga borib turishadi, Nagasavaning o‘zi
ham bazmlar tashkillab turadi. Savol: Asar avvalida ularning do‘stlashishiga 20-asr 20-yillarida nashr
etilgan qaysi asar sabab bo‘lgan?
Javob:“Buyuk Getsbi”
Izoh: Bu asarda ham qizg‘in Amerika hayoti, bosh qahramonning sevgilisi uchun tashkil etgan ziyofatlari
asosiy o‘rin tutadi.