Ramazon oyi va roʻza haqida baʼzi maʼlumotlar
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Alloh taolo aytadi, ‘Odam bolalarining qilgan barcha amallari o'zlari uchundir, lekin ro'za tutishlari bu Men uchun va Men uni o'zim mukofotlayman". Ro'za - bu olovdan saqlovchi va gunohlardan himoyalovchi qalqondir. Sizlardan biringiz ro'za tutgan paytida, ayoli bilan jinsiy aloqada bo'lishdan va boshqalar bilan janjal qilishdan saqlanishi kerak. Va agar kimdir u bilan janjallashsa yoki tortishsa, u odam "men ro’zadorman", deb aytishi kerak. Mening jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, ro'zadorning og'zidan chiqqan yoqimsiz hid Alloh nazdida mushk (anbar) hididan ko'ra yaxshiroqdir. Ro'za tutuvchi odam uchun ikki lazzat bordir, birinchisi ro'zasini ochayotgan (iftorlik) vaqtida, va ikkinchisi esa Robbisiga ro'baru bo'ladigan vaqtda, u odam tutgan ro'zasi uchun rohat va xursandchilik topadi”.
Sahih Al Buxoriy (30-kitob, 14-hadis)
Doʻstlaringizga ulashing 🫂
📌Kanal: @aktamov_blogi