September 13

Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 1-tur savollar (06.09.2025)

1-savol:
1984-yilda Jeykob Rentmeyster “Life” jurnali uchun “Jumpman” nomli fotosurat olgan. Dizayner Piter
Murga bu surat shu qadar yoqqanki, logotip uchun ushbu suratni tanlagan va shior sifatida “Hammasi
poyabzalda” iborasini qo‘shgan. Savol: Jeykob kimni suratga olgan edi?
Javob:Maykl Jordan.
Izoh: “Jumpman” deb nomlangan fotosurat Nike kompaniyasining Air Jordan kolleksiyasida foydalanadigan
logotipi hisoblanadi. Piter Mur Air Jordan kolleksiyasining yaratuvchisi.
2-savol:
“Mundial-2022”dagi uchrashuvlarning birida tezkor goldan so‘ng, Turkiya sharhlovchisi Alper Bakirjigil
Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol Xoqon Shukurga tegishli ekanini aytadi. Shundan so‘ng
sharhlovchi taymlar o‘rtasidagi tanaffus vaqti efirdan olib tashlanadi. Bu voqea haqidagi intervyuda Xoqon
Shukur o‘zini 1997-yildan chiqa boshlagan romanlar seriyasidagi personajga qiyoslaydi. Savol: Personaj
ismini yozib bering.
Javob:Voldemort
Izoh: JCh-2022 doirasidagi Kanada-Marokash o‘yinida Hakim Ziyeshning tezkor golidan keyin sharhlovchi
eng tezkor gol muallifi Xoqon Shukur ekanligini aytgani, ya’ni Xoqon Shukur ismini ishlatgani uchun
sharxdan chetlashtiriladi. Turkiyada Xoqon Shukurga nisbatan sanksiya kiritilgani bois hattoki uning ismini
ham tilga olish ta’qib qilinmoqda. Bu voqea haqidagi intervyuda Xoqon Shukur “Men Voldemortga
o‘xshayman, faqat yaxshi versiyasi” deydi. Bilamizki Garri Potter asarida Voldemort ismini aytish
ta’qiqlangan.
Zachot: Tom Riddle, Tom Marvolo Riddle, Lord Voldemort.
3-savol:
“Qirol nutqi” filmi epizodlaridan birida shifokor qabulidagi qahramonga og‘ziga shisha sharlar solish taklif
qilinadi. Savol: Keyingi epizodda qaysi yunon tilga olingan?
Javob:Demosfen
Izoh: Qirol nutqi” filmida duduqlanishdan qutulmoqchi bo‘lgan Qirol Georg VI ga Demosfenning usulini
qo‘llash tavsiya qilingan. Demosfen ham notiq bo‘lish uchun og‘ziga toshlar solib yurgan.
4-savol:

Tarqatmada Manchester City jamoasi muxlisining jamoa mag‘lubiyatiga munosabati tasvirlangan surat.
Savol: Ushbu o‘yin qaysi ingliz klubiga qarshi bo‘lganligini yozib bering.
Javob:Kristal Pelas.
Izoh: Ko‘rgazma materialdagi bola jamoa mag‘lubiyatini qabul qila olmay yig‘layapti. Tasodifni qarangki
Kristal Pelas jamoasi nomining qisqartma varianti CRY tarzida yoziladi.
5-savol:
Yapon san’atining Yevropa madaniyatiga ta’siri haqidagi maqolada Anri Rivyerning 1902-yildagi “Eyfel
minorasining BO‘SHLIQ” asari ham tilg

@zakovat_savollarii

Tarqatmada Manchester City jamoasi muxlisining jamoa mag‘lubiyatiga munosabati tasvirlangan surat.
Savol: Ushbu o‘yin qaysi ingliz klubiga qarshi bo‘lganligini yozib bering.
Javob:Kristal Pelas.
Izoh: Ko‘rgazma materialdagi bola jamoa mag‘lubiyatini qabul qila olmay yig‘layapti. Tasodifni qarangki
Kristal Pelas jamoasi nomining qisqartma varianti CRY tarzida yoziladi.
5-savol:
Yapon san’atining Yevropa madaniyatiga ta’siri haqidagi maqolada Anri Rivyerning 1902-yildagi “Eyfel
minorasining BO‘SHLIQ” asari ham tilga olinadi. Savol: BO‘SHLIQ bilan almashtirilganni son qatnashtirib
yozib bering.
Javob:36 ko‘rinishi.
Izoh: Anri Rivyer Xokusayning “Fudzining 36 ko‘rinishi” seriyali kartinalar to‘plamidan ilhomlangan.
6-savol:
DC komikslaridagi “Rimlik” laqabli mafiya sardori Karmayn Falkone Betmenning dushmanlaridan biri

hisoblanadi. Falkonening “unga bir taklif beraman” iborasi mavjud. Savol: Karmayn Falkone personaji
kimning asaridan ilhomlanib yaratilgan?
Javob:Mario Pyuzo.
Izoh: Karmayn Falkone Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota” asari bosh qahramoni Vito Korleonedan ilhomlanib
yaratilgan. Uning “Men unga rad etib bo‘lmas taklif beraman” iborasi mashhur.
7-savol:
Chak Palanikning “Survivor” romanida qahramon o‘z hayotini IKS yordamida yozib oladi. Garchi nomiga
mos bo‘lmasada, hozirda IKSlarni qidirishda qulay bo‘lishi uchun yorqin to‘q sariq rangga bo‘yaladi. Savol:
IKS o‘rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Qora quti
Izoh: Roman qahramoni halokatdan keyin ovoz yozish uchun qora qutidan foydalanadi. Avariyadan keyin
vayronalar orasidan topishni osonlashtirish uchun qora qutini yorqin to‘q sariq rangga bo‘yaladi.
8-savol:
1984-yilda Ketrin Sallivan ochiq kosmosga chiqqan va kosmik kemadan tashqarida ishlagan birinchi
amerikalik ayolga aylangan. Qizig‘i shundaki u 2020-yilda BU YERga ekspeditsiya qilgan birinchi ayol
sifatida tarixga kirdi. BU YER haqida gap ketganda besh xonali son ham eslab o‘tiladi. Savol: BU YERni ikki
so‘zda yozib bering.
Javob:Mariana botig‘i
Izoh: Ketrin Sallivan astronavt bo‘lsa-da, okeanografiyani ham chuqur o‘rgangan va 2020-yilda Mariana
botig‘iga ekspeditsiya uyushtirgan va 10915 metr chuqurlikkacha tushgan. Shu tariqa u ham kosmosga
chiqqan, hamda Marianaga tushgan ilk ayol sifatida tarixga kirgan.
9-savol: Дуплет
1.
Bir yapon romani qahramoni Uni yaqinlashayotganini aniqlash uchun ipga osilgan yong‘oqdan foydalanadi.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering
Javob:Zilzila.
Izoh: Yapon yozuvchisi Kobo Abening romani qahramoni seysmograf sifatida ipga osilgan yong‘oqdan
foydalanadi. Zilziladan keyin aftershok sodir bo‘lishini bilsangiz kerak.
2.
Frenk Harrisning bir filmi “3-jahon urushi”dan keyingi Yerda kichik-kichik guruhlar o‘rtasidagi yana yangi
urushlarni o‘z ichiga oladi. Savol: Bu film nomini ingliz tilidan kirib kelgan so‘z bilan yozib bering.
Javob:Aftershok

10-savol:
Gavaida tug‘ilgan va “Akvamen” filmida bosh rolni ijro qilgan aktyor Jeyson Momoaning qo‘lidagi tatuirovka
Ularning ramzi hisoblanadi. Piter Benchlining 1974-yilgi “Jag‘lar” romanining ilk nashri muqovasida Ular
juda kichik qilib tasvirlangan. Savol: Ularni ikki so‘zda yozib bering
Javob:Akula tishlari.
Izoh: “Akvamen” filmida bosh rolni ijro etgan aktyorning tanasidagi boshqa tatuirovkalar aynan shu
tatuirovkaga mos uslubda chizilgan. Muallifi Piter Benchli bo‘lgan “Jag‘lar” asarining ilk muqovasida akula
tishlari juda kichik edi va deyarli ko‘rinmagan.
11-savol:
Akutagavaning 1916-yili yozilgan U nomli asari professorning ibodatxonada g‘amgin o‘turgan talaba qizga
Uni berishi va shundan keyingi voqealar haqida. Boshqa bir asarda esa U sadoqat ramzi bo‘lishi kerak edi.
Savol: U oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering.
Javob:Dastro‘mol.
Izoh: Asarda ibodatxonada yigʻlagan vaqtida berilgan dastroʻmol tufayli paydo boʻlgan qizning
kechinmalari tasvirlangan. Shekspirning “Otello” tragediyasida ro‘molcha Otelloning onasidan qolgan edi
va u sadoqat ramzi bo‘lishi kerak edi. Natija esa hammaga ma’lum.
Zachot: Ro‘molcha.
12-savol:
Eng qoʻrqinchli muzeylar roʻyxatida Filadelfiyadagi Myutter muzeyini ham ko‘rish mumkin. Bu muzeyning
asosiy eksponatlari Ulardan iborat kolleksiyalar hisoblanadi. 1871-yil tugallangan va juda ko‘p Ular
tasvirlangan kartinaning ramkasida “Barcha buyuk bosqinchilarga – o‘tmish, hozir va kelajakka
bag‘ishlanadi” yozuvi bor. Savol: U o‘rnidagini ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Bosh chanog‘i.
Izoh: Bu muzeyda 33 mingdan ortiq bosh chanoqlari kolleksiyasi mavjud. Vasiliy Vereshaginning “Urush
apofeozi” kartinasida ham bosh chanoqlaridan hosil bo‘lgan tepalikni ko‘rish mumkin.
Zachot: Bosh suyagi, kalla suyagi.
13-savol:

Savolda almashtirishlar bor. Xayrulla Hamidov intervyularidan birida “qaysi tarixiy voqeani ko‘zingiz bilan
ko‘rishni xohlar edingiz?” deb berilgan savolga Imom Buxoriyning onasi o‘g‘lidagi bir nuqsonni ketkazishni
duo qilib so‘rab, chilla saqlagani va Buxoriyning sog‘ayib ketgani haqidagi voqeani deb javob beradi.
So‘zining davomida “Buxoriyning TILI CHIQMAGANda, hozir ko‘pchilikni TILI CHIQMAGAN bo‘lar edi” deb
ajoyib so‘z o‘yini qiladi. Savol: TILI CHIQMAGAN so‘zlari bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Ko‘zi ochilmagan
Izoh: Imom Buxoriyning bolaligida ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan. Onasining duolari bilan ko‘zlariga nur
qaytgan. Xayrulla Hamidov “agar Buxoriyning ko‘zi ochilmaganda, hozir ko‘pchilikning ko‘zi ochilmagan
bo‘lar edi” deb ajoyib jumla keltirgan
14-savol:

@zakovat_savollarii

Tarqatmada Braziliyaning Santos shahrida joylashgan “NEKROPOL Ekumenika” nomli noodatiy bino surati
berilgan. Bundan 20 yillar oldin futbolchi Pele bu binoning 9-qavatidan, o‘ziga qadrdon bo‘lgan “Vila
Belmiro” stadioniga qaragan tomonidan joy sotib olgan. Savol: Bu bino qanday turdagi muassasa ekanligini
yozib bering.
Javob:Qabriston.
Izoh: Bu Ginnes rekordlar kitobiga kirgan vertikal qabriston hisoblanadi. Qabriston nomidagi “nekropol”
ya’ni “o‘lik shahar” yoki “o‘liklar shahri” deb tarjima qilinuvchi so‘z sizga yordam berdi deb o‘ylaymiz. Pele
2023-yil 3-yanvar kuni ushbu qabristonga dafn etilgan.
15-savol:
Repper Minorning “Zamonnoma” qo‘shig‘ida saviyasiz blogerlar va saviyasiz kontentlar haqida
gapirilganda U ham eslab o‘tiladi. U 1947-yil 22-iyulda boʻlib oʻtgan Taʼsis Assambleyasining yigʻilishida

hozirgi koʻrinishida qabul qilingan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Hindiston bayrog‘i.
Izoh: Odatda, saviyasiz kontentlar va ispancha uyatga sabab bo‘luvchi vidoemateriallar izohlarida
Hindiston bayrog‘i ko‘p uchraydi. Bu Hindistonda shunday kontentlar ko‘pligi bilan bog‘liq va buni
Hindiston ramzining kamsitilishi deb qabul qilmaslik kerak.
16-savol:
Noodatiy IKSlardan biri gilamcha ko‘rinishida bo‘lib, siz gilamchaning ustiga ikkala oyog‘ingizni
qo‘yganingizdan keyingina u o‘z ishini to‘xtatadi. Yozuvchi Aleksandr Grin IKSga baxtning jallodi deb ta’rif
bergan. Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Budilnik.
Izoh: Gilamchali budilnik ustiga ikkala oyog‘ingizni qo‘ysangiz u ovoz chiqarishni to‘xtatadi. Bu uchun
o‘rningizdan turishingiz kerak, albatta. Yozuvchi bergan ta'rif qanchalik to‘gri, bunisi o‘zingizga havola.
17-savol:

@zakovat_savollarii

2015-yil Oksfrod lug‘ati tarqatmadagi kodga ega Uni “Yil so‘zi” deb e’lon qildi. Ular haqidagi animatsion
filmda Ulardan biri odamlarning vaqtini tejashini aytib, o‘zlarini kommunikatsiyalar tarixdagi eng muhim
kashfiyot deb ataydi. Savol: Uni yaponchadan kelib chiqqan so‘zda bering.
Javob:Emoji.
Izoh: Emojilarning har biri o‘z kodiga ega. Yuqoridagi kod kulib ko‘zidan yosh chiqayotgan emojini
ifodalaydi va bu emoji 2015-yilda Oksford lug‘ati tomonidan "Yil so‘zi" deb e'lon qilingan. Hozirda
kommunikatsiyani emojilarasiz tasavvur qilish qiyin.
18-savol:
Kaliforniyadagi Bu joyda, nomiga zid ravishda sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilarning bir nechta
turlari yashaydi. Bu joy XIX asrdagi “oltin vasvasasi” davrida oltin izlovchilarning halokatli taqdiri sabab

shunday nomlangan. Savol: Bu joyni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Ajal vodiysi
Izoh: Gap Shimoliy Amerikaning eng quyi nuqtasi bo‘lgan Ajal vodiysi haqida ketayotgan edi. Oltin
izlovchilar guruhi Ajal vodiysida suvsizlik va ochlikdan halok bo‘lishgan.
19-savol:
Savolda U almashtirish. Versiyaga ko‘ra, U Yevropaga Makedoniyalik Aleksandrning Hindistonga qilgan
yurishlaridan so‘ng kirib kelgan va xalq orasida “hind olmasi” nomini olgan. Italiyalik tarixchi Salvatore
Lepo fikricha, Sitsiliya mafiyasi Unga bo‘lgan talabning ortishi sabab paydo bo‘lgan va mafiya Uning
savdosidan MILLIONlar ishlab topgan. Savol: Italiyalik yozuvchining asarida U qanday unvon bilan tilga
olinadi?
Javob:Shahzoda.
Izoh: U – limon edi. Savolda “million” so‘zining ishlatilgani bejiz emas. Janni Rodarining “Chippolinoning
sarguzashtlari” asaridagi Shahzoda Limon presonaji ko‘pchilikka tanish bo‘lsa kerak.
20-savol:
“Muzlik davri 4” multfilmida olmaxon Skrat utopik va hech narsaga ehtiyoj bo‘lmagan jannatmakon orolni
izlab topadi. Ammo nafsi tufayli orolni suv ostiga cho‘ktirib yuboradi. Tarqatmada o‘sha orol nomidagi bir
nechta harflarni berkitdik. Savol: Berkitilgan harflarni topib, orolning to‘liq nomini yozib bering.
Javob:Skratlantida
Izoh: Bu orol nomi suv ostida qolgan afsonaviy Atlantida oroliga allyuziya qilib nomlangan.
21-savol:
Maya mifologiyasidagi Kukulkan xudosi qanotli ilon ko‘rinishidan tashqari yana 4 qiyofada, ya’ni baliq,
burgut, makkajo‘xori va kaltakesak ko‘rinishlariga kirishi mumkin va bu qiyofalar Ularni ifodalaydi. Savol:
Ularni yozib bering.
Javob:To‘rt unsur
Izoh: Bu to‘rt qiyofa unsurlarni, ya’ni baliq – suv, burgut – havo, makkajo‘xori – tuproq, kaltakesak esa
olovni ifodalaydi.
Zachot: Suv, havo, olov, tuproq (to‘liq yozilshi kerak)

22-savol:
Polyak pinaninochisi Andre Chaykovskiyning Britaniya teatriga ixlosi baland edi. Shu sabab, 1982-yil
saratondan o‘layotgan chog‘ida o‘limidan keyin Ushbu spektaklda rol ijro etishini so‘rab vasiyatnoma
qoldiradi va 2008-yilda Chaykovskiy o‘zi orzu qilgan spektaklda “rol” ijro etadi. Savol: Chaykovskiy qaysi
spektaklda rol ijro etishni so‘ragan edi.
Javob:Gamlet.
Izoh: Sektaklda Gamlet qabristonda bosh suyagi bilan suhbatlashadigan sahna mavjud. Pianinochi Shekspir
qirollik jamiyatidan o‘zining bosh suyagini Gamletning suhbatdoshi sifatida sahnaga chiqarishlarini
so‘raydi. Andre 22 marta Gamletdagi bosh suyak rolini ijro etgan ekan.
23-savol:
“Kelajak chegarasi” filmida insonlar va o‘zga sayyoraliklar o‘rtasidagi g‘alabali va qirg‘inbarot jang aynan
shu yevropa shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu shahardagi mashhur qabristonda 16142 ta fransuz askarining qabri
joylashgan bo‘lib ulardan 6 tasigina ikkinchi jahon urushi davriga oid. Savol: Shahar nomini yozib bering.
Javob:Verden
Izoh: Birinchi jahon urushidagi va tarixdagi eng qonli janglardan biri Verden shahrida bo‘lib o‘tgan.
Jangdagi qirg‘inbarotni ifodalash uchun “Verden go‘sht maydalagichi” iborasi ishlatiladi. Filmda ham
shunga ishora qilib ketilgan.
24-savol:
Izoh.uz saytiga ko‘ra, Bu so‘z boshlanish davri yoʻqlik yoki noma’lum bo‘lgan zamon, eng avvalgi vaqt kabi
ma’nolarni anglatadi. Ozarbayjonning milliy aviatashuvchisi bo‘lgan eng yirik aviakompaniyasi nomi ham
qisqacha Bu so‘z bilan yuritiladi. Savol: Unlilari bir xil bo‘lgan Bu so‘zni yozib bering.
Javob:Azal.
Izoh: “Azaldan qolgan”, “azalning ishi” kabi jumla va iboralar sizga tanish bo‘lsa kerak. “Azerbaijan
Airlines” kompaniyasi qisqacha AZAL deb yuritiladi.

https://t.me/Zakovat_Savollarii
kanaliga obuna boʻling ✅