May 4, 2024

Kattaqoʻrgʻon tumani ixtisoslashtirilgan maktabidagi "Ochiq eshiklar" kuni uchun Zakovat savollari

1. Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.

Javob: Miya

Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.

2. Odamning bir tomonida ularning soni 150-200, ikkinchi tomonda esa 50-100 ta bo’ladi. Ularning xar biri o’rtacha 150 kun yashaydi. Gap nima haqida ketmoqda?

✅Javob: kiprik

3. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi.

✅Javob: Choy

4.U dunyoda 3996 ta. Har
yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?

✅ Javob: Dunyo tillari

5. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini bir harf orqali toping.

✅Javob: Hammasi ingliz tilida “U” harfi bilan boshlanadi.

6. Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti?

✅Javob: Google

7. O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?

✅Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)

8. Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini yozib bering ?

✅Javob: Xitoy
(Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)

9. U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting?

✅Javob: boʻgʻirsoq va tulki

10. "Sigir - 4, cho’chqa - 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda nechaga teng?

✅Javob: 7-8 soat

Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi."

11. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.

✅Javob: Soat

12. Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?

✅Javob: Sher na’rasi.

13. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?

✅Javob: Xurmo.