Maktab ligasi Savollari (24.10.2024)
1. Xitoyda nishonlanuvchi “Yuksak parvoz” bayrami vaqtida baliq, qurbaqa yoki qush ko‘rinishidagi ULARNING savdosi keskin oshib ketadi.
Savol: Ularni qo‘sh undosh ishlatgan holda bir so‘zda yozib bering.
Javob: Varrak.
Izoh: Ushbu kunda Xitoyliklar turli ko‘rinishdagi varraklarni uchirishida.
Manba: https://sinaps.uz/bilasizmi/6879/
2. Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko‘plab shaharlarida bu insonga atab o‘rnatilgan yodgorliklar mavjud. Ammo 2009-yilda Venesuela hukumati poytaxtda unga o‘rnatilgan yodgorlikni buzib tashlashni taklif qilgan. Bu inson o‘z safarlariga ispan qamoqxonasidagi mahbuslarni ham jalb qilgan.
Savol: Bu inson kim?
Javob: Xristofor Kolumb.
Izoh: Kolumb ekspeditsiyasi Venesuela hududiga ham borgan va hududdagi mahalliy aholiga turli kasalliklar yuqtirishgan, ularni o‘ldirishgan. Shu sabab Venezuela hukumati Kolumbni bosqinchi sifatida tan olishadi.
Manba:
1."Qiziqarli gazeta. Insoniyat tarixidagi sirlar", 2013 yil, N 14.
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Колумб,_Христофор
3. Yozuvchi Erkin Malikning asarida, bosh qahramon Sherzod, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, tinib tinchimas bola ekani, qo‘lida doim U bo‘lishi va cho‘ntagi to‘la tosh bilan yurishi aytiladi. Jizzax, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaring ba‘zi hududlarida, asosan ehson qilish uchun tayyorlanadigan non mahsuloti ham U deb ataladi.
Savol: Uni o‘zbekcha so‘zda yozib bering.
Javob: Cho‘zma.
Qabul emas: Rogatka.
Manba:
1. 6-sinf adabiyot darsligi. (2022-yil 5-bet)
2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Cho%CA%BBzma
4. [Boshlovchiga: Savol matnidagi YANGI KUNI jumlasi bir oz urg‘u bilan o‘qilsin]
2016-yil 7-fevralda Moskvadan Toshkent hayvonot bog‘iga yosh yo‘lbars bolasi olib kelinadi. 40 kun karantinda saqlanganidan keyin mart oyining 2-yarmida yo‘lbarsning Toshkent hayvonot bog‘idagi YANGI KUNI boshlanadi.
Savol: Ushbu yo‘lbarsga qanday forscha ism berilgan?
Javob: Navro‘z.
Izoh: Navro‘z bayrami arafasida karantindan chiqqani uchun yo‘lbarsga shunday laqab qo‘yishadi. Savol matnidagi “yangi kun” so‘zi javob topishda yordam edi.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/30/monolog/
5. Savoldagi bir so‘zdan harflar tushurib qoldirilgan.
Ingliz tilidagi “sibling” [sibling] so‘zi “aka-uka” yoki “opa-singil” degan ma‘nolarni anglatadi. Mutaxassislardan biri bu so‘zni o‘zbek tiliga “QONDOSH” deb tarjima qilish mumkinligini aytadi.
Savol: Harflari tushurilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Qorindosh.
Izoh: Ushbu so‘z orqali bir qorindan tug‘ilgan aka-uka yoki opa singillarni ifodalashda foydalaniladi. Lekin, nafaqat bir onaga balki bir otaga ega, onasi har hil siblinglar ham bo‘ladi.
Manba: https://youtu.be/zKfwo-4RORQ?si=5DKLazrtK9vXwXOa
6. Qadimgi Rimda UNGA unumdorlik ramzi sifatida qaralib, “oltin olma” deya ta‘rif berilgan. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z asarlarida “Achig‘ avya tishig‘ qamatti”, ya‘ni “Nordon U, tishni qamashtirdi” deb izoh bergan.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Behi.
Manba:
1. https://inlnk.ru/57kamv
2. https://inlnk.ru/agXn3O
7. Savol matnida bir so‘zdan harflar tushurib qoldirilgan.
Vikipediyaning DONga atalgan sahifasida, Ulug‘ Vatan urushi davrida sovet ittifoqi mamlakatlari aholisi, oziq-ovqat, kiyim-kechak yig‘ib berish orqali urushda qatnashayotgan askarlarga yordam berishgani haqidagi ma‘lumotlar berilgan. “Thankyou.ru” musiqiy sayti ham DON orqali o‘z faoliyatini rivojlantiradi.
Savol: Matnda harflari tushurib qoldirilgan so‘zni to‘liq holda yozib bering.
Javob: Donat.
Qabul: Donate.
Izoh: Donat - hozirda asosan internet foydalanuvchilar tomonidan o‘zlarining sevimli ijodkorlari yoki kanallarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy xayriyaga nisbattan ishlatilinuvchi temin. Ulug‘ Vatan urushi davrida esa SSSR mamlataklari aholisi, askarlarga yordam berish maqsadida ham o‘ziga xos donatlarni amalga oshirishgan
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/Пожертвование#Музыка
8. Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi o‘z faoliyatini 1990-yilda SSSR ligasida mag‘lubiyatsiz o‘yinlar bilan boshlagan. Qiziq tomoni, jamoa o‘zining ilk mag‘lubiyatiga AYNAN USHBU sanada, “Omsk” jamoasiga qarshi o‘yinda uchragan.
Savol: Ushbu sanani yozib bering.
Javob: 9-may.
Qabul: G‘alaba kuni, День победы.
Izoh: Qiziq tomoni jamoa o‘zining ilk mag‘lubiyatiga “g‘alaba kunida” uchragan.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Neftchi_(futbol_klubi)
9. Savolda matnida bir so‘z boshqa bir so‘z bilan almashtirilgan.
2007-yilda Snikers kompaniyasi, KRESH personajiga atab, shokolad tarkibiga maxsus bo‘yoqlar qo‘shish orqali yashil rangdagi Snikerslarni ishlab chiqarishadi.
Savol: Matnda almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Shrek.
Izoh: Savolda Shrek so‘zi Kresh so‘zi bilan almashtirilgan bo‘lib bu ikki so‘z o‘zaro anagramma hisoblanadi. 2007-yilda “Shrek-3” multfilmi chiqqan munosabati bilan Snikers kompaniyasi yashil rangdagi shokolatlar partiyasini ishlab chiqargan. Shuningdek, savolda bir mutlqahramon ismini boshqasi bilan ham almashtirdik.
Manba:https://www.good-cook.ru/articles/2021/07/15m-interesnye-fakty-o-snickers-kotoryh-vy-ne-znali.shtml
10. Zoologlar Norfolk to‘tiqushlari turli xil ULARdan qutulish uchun patlariga qalampir surtishlarini aniqladilar. ULARni yunon tilidan “tekinxoʻr, hamtovoq” deya tarjima qilishimiz mumkin.
Savol: ULARNI bir so‘zda bilan yozib bering.
Javob: Parazitlar.
Izoh: Qalampir parazit hasharotlarni qaytaradi, shuningdek,yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Parazitlar oʻzi yashaydigan hayvon tanasidagi ozuqani tekinxoʻrlik bilan isteʼmol qiladi.
Manba: https://nplus1.ru/news/2024/07/04/cyanoramphus-cookii
11. Inglizcha “Salary” [selery], ya’ni maosh so‘zi lotincha “salarium” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, U degan ma’noni anglatadi. Qadimgi rimda U ancha qimmat bo‘lgan va askarlarga Uni sotib olishga yetarli maosh berilgan.
Savol: U o‘rnidagi qisqa so‘zni yozib bering.
Javob: Tuz.
Izoh: Salary so‘zining asosi Salt yani tuz hisoblanadi.
Manba: https://goo.su/JWtbmL7
12. Hindlarda “Jallikattu” degan an‘ana mavjud bo‘lib, unda yosh yigitlar buqa bilan kurashishadi va yosh qizlar o‘zlariga bo‘lajak umr yo‘ldoshi tanlashadi. Jallikatuning ikkinchi nomi “Hindcha U”.
Savol: U o‘rnidagi ispancha so‘zni yozib bering.
Javob: Korrido.
Izoh:“Jallikatu” ham xuddi Korrido singari buqalar bilan jang hisoblanadi.
Manba:
1. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Коррида
2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Jallikattu
3. https://goo.su/LnrY1
13. 2019-yil Britaniya banki tomonidan bir yozuvchining 160-yilligiga atab chiqarilgan mahsus tangadagi tasvirlarni, faqat lupa yordamida ko‘rish mumkin.
Savol: Ushbu tangada qaysi personajga bog‘liq tasvirlarni ko‘rish mumkin?
Javob: Sherlok Xolms.
Izoh: Ushbu tangalar yozuvchi Artur Konan Doylning 160-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tangada uning mashhur personaji Sherlok Xolms bilan bog‘liq mashhur syujetlarga ishoralar mavjud. Lupada o‘qish bilan, izquvarning kichik detallarni ham payqashiga ishora qilingan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Шерлок_Холмс#Факты
14. Ruminiya diktatori Nikolay Chaushesku chet davlatlarga qilgan sayohatlari davomida, yordamchilari ichida doimo mutaxassisligi kimyogar bo‘lgan va ko‘chma laboratoriyasiga ega yordamchisi ham bo‘lgan.
Savol: Ushbu yordamchining vazifasi nimadan iborat edi?
Javob: Diktator iste’mol qiladigan taomlarning zaharlanmagan ekanini tekshirish.
Qabul: Shu mazmundagi javoblar
Manba: https://goo.su/6RWTQ
15. 1889-yilda Italiya qirolining rafiqasi oddiy odamlar qanday yashashini ko‘rishni istab qoladi va oddiy odamlar yashaydigan hududga borib ulardan ovqat pishirib berishni so‘raydi. Oshpaz esa xamir ustiga sous pomidor bo‘laklari, pishloq va ziravorlar sepib taom tayyorlaydi. Bu taom qirolichaga manzur keladi.
Savol: Bu qirolichaning ismi nima edi?
Javob: Margarita.
Izoh: Margarita pitsasining yaralishiga yuqoridagi voqea sabab bo‘lgan. Margarita pitsadi pomidor pishloq sous va ziravorlar solib tayorrlanadigan pitsa hisoblanadi.
Manba :https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Пицца_Маргарита
16. Koʻp davlatlarga sayohat qilgan asar qahramoni Uni tanasiga koʻplab tatuirovkalar tushurilgan ayolga qiyoslaydi. Wikipedia maqolasida U lotin tilidagi “portdan chiqish” maʼnosini bildiradigan soʻzdan kelib chiqqani yoziladi
Savol: U nima ekanligini bir soʻzda yozib bering.
Javob: Pasport.
Izoh: Asar qahramonining pasportiga turli davlat muhrlari bosilgan. Xuddi tanasiga tatuirovkalar tushurilgan odamdek. Pasport soʻzi lotincha "passer" "portdan chiqish, portdan oʻtish" maʼnosini bildiradigan soʻzdan kelib chiqqan.
Manba:
1.Э. Гилберт. Есть, молиться, любить.
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%B0%D1%81%D0%BF%D0%BE%D1%80%D1%82
17. Afsonalarga ko‘ra, Muhammad Aminxon Buxoro amirning qizini o‘g‘liga olib bermoqchi bo‘lgan. Shu sababli Uning tepasidan Buxoro ko‘rinib tursin deya quruvchilarga topshiriq beradi. Lekin nikoh ham, topshiriq ham amalga oshmagan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Kaltaminor.
Izoh: Keyinchalik Kaltaminorning qurilishu oxiriga yetmay qolgani barchangizga tarixdan ma‘lum.
Manba: https://goo.su/SIhJH0
18. Aleksey Tolstoy o‘z asari personajiga prototip qilib, Korlo Kollodining “Pinokkioning sarguzashtlari” asaridagi moviy ko‘k sochli, chiroyli va mehribon farishtani tanlaydi.
Savol: Tolstoy qaysi personajiga ushbu farishtani prototip qilib olgan edi?
Javob: Malvina.
Izoh: Toltsoy o‘zining “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari” asaridagi, jingalak ko‘k sochli qo‘g‘irchoq Malvinaga, K. Kolodining asaridagi farishtani prototip qilib olgan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мальвина_(персонаж)
19. Har yili BU DAVRDA ko‘plab qishloqlarning har biriga bittadan agronom biriktiriladi. Agronom, oilalarga xonalardagi harorat va ozuqa miqdorini to‘g‘ri taqsimlash masalalarida maslahat berib turadi.
Savol: Bu davr deganda qaysi davr nazarda tutildi?
Javob: Ipak qurti boqish davri.
Qabul: Ipak qurti va Pilla so‘zlari bilan.
Manba: https://kun.uz/88694895?q=%2Fuz%2F88694895#!
20. Shimoliy Koreyaning Koryo tashkiloti buyurtmasi bilan yaratilgan bir video o‘yinda, siz mashinada Ryugyon mehmonxonasi, Chxolima haykali, Triumfal arka, Kim Ir Sung maqbarasi kabi diqqatga sazovor joylar bo‘ylab harakatlanasiz.
Savol: Ushbu vidio o‘yinining buyurtmachisi bo‘lgan Koryo tashkiloti qanday xizmat turini taklif qiladi?
Javob: Tur agentligi.
Qabul: Sayohatlar tashkil qiluvchi firma.
Izoh: Kormo tashkiloti, Shimoliy Koreya bo‘ylab sayhotlarni amalga oshiruvchi tashkilot bo‘lib, ushbu o‘yin orqali o‘z xizmatlarini reklama qilgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Pyongyang_Racer
21. 2017-yilda tasdiqlangan Buxoro viloyati turistik logotipidagi yetita guldan iborat naqsh, hududda hunarmandchilikning taraqqiy etganligi va Buxoroda joylashgan ULARNI ifodalaydi.
Savol: Ularni bir necha so‘zda yozib bering.
Javob: Yetti pir ziyoratgohi.
Izoh: Buxoro –Naqshbandiya tariqatidagi yettita buyuk so‘fiylarining vatanidir.
Manba: https://inlnk.ru/ZZnKXy
22. Yetti Pir tarkibiga kiruvchi, Shofirkon tumanida joylashgan Xoja Muhammad Orif Revgariy ziyoratgohida yarim oy shaklida qurilgan hovuzni uchratish mumkin. Ushbu hovuz piri komilning U deya sharaflanganligiga ishora qilib qurilgan. U - qizlar ismi bo‘lib, ko‘zni qamashtiruvchi, nurli oy, ya’ni tengsiz go‘zal degan ma‘nolarni beradi.
Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob: Mohitobon.
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Xoja Muhammad Orif Revgariy xushsurat, yani “oy yuzli” deya sharaflangani uchun pirga “Mohitobon” ta‘rifi berilgan.
Manba:
1. https://goo.su/8V2TgdT
2. https://ismlar.com/name/Mohitobon
3. https://goo.su/ZQkW
23. [Boshlovchilarga: Savol matnidagi “AlAdviya alqalbiya” so‘zlari alohida urg‘u bilan o‘qilsin]
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asaridan tashqari bizgacha yetib kelgan yana bir mashhur asari nomi “Al Adviya al qalbiya” deb nomlanadi. Ibn Sinoning ushbu kitobida tibbiyotning USHBU bo‘limi bilan bog‘liq xastaliklar va ularga mos dorilar haqida so‘z yuritilgan.
Savol: Ushbu bo‘lim nomini yunoncha so‘zda yozib bering.
Javob: Kardiologiya.
Izoh: Kardiologiya yurak qon-tomir kasalliklari va tuzilishi haqidagi tibbiyot bo‘limi. Ibn Sinoning asari nomidagi “al Qalbiya” so‘zi ham yurakka ishora.
Manba:
1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Tibbiyot
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Кардиология
24. “Kolskaya” qudug‘i o‘tgan asr oxirlarida yer qatlamlarini o‘rganish ilmiy tadqiqotlari uchun qazilgan. Quduq avvaliga 15 km chuqurlikda bo‘lishi reja qilingan bo‘lsada, yakunda 12 kmdan bir oz chuqurroq ko‘rsatgichga ega bo‘lgan. Bu quduq Unda ham qayd etilgan.
Savol: Uni qo‘sh undoshli so‘z qatnashtirib bir necha so‘zda yozib bering.
Javob: Ginnes [rekordlar] kitobi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Кольская_сверхглубокая_скважина
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi