O'quvchilar ligasi savollari (15.05.2025)
1-savol:
Tarixda odamlar bu jonzotlar temirni oson hazm qilishlariga ishonishgan va shu sababdan konlar bor
shaharlarning ramzlari sifatida ushbu jonzot tasvirlangan. Bir multfilmda ishbu jonzotdan ikkitasi boshqa
hamkasblarini yashirincha g‘iybat qilish uchun qisman yashirinib olishadi. Savol: Ushbu jonzot nomini yozib
bering.
Javob:Tuyaqush.
Izoh: Tuyaqushlarning ovqatni maydalash uchun mayda toshlarni yutib yuborish odati tufayli Pliniy ular
hamma narsani, shu jumladan temir mahsulotlarini ham iste'mol qilishlari mumkinligini yozgan. Ushbu
ma'lumot sababli qushning o‘zi ham yashamaydigan shaharlarining ramziga aylandi. Bilamizki
tuyaqushlarni qumga boshini tiqib olish odati bor va multfilmda aynan mana shu uslubdan foydalanib
tuyaqushlar g‘iybat qilishi tasvirlangan.
2-savol:
Qozoqcha oy nomlari bizdagidan farq qiladi. Masalan Mart oyini qozoqlar Navruz, may oyini esa Mamir deb
atashadi. Iyul oyini esa qozoqlar Shilde deb atashadi. Savol: Qozoqcha shilde so‘zi bizdagi qaysi so‘zni
ifodalaydi?
Javob:Chilla
Izoh: shilde o‘zbekcha chilla degani. Yilning eng issiq payti chilla deb ataladi va bu iyul oyiga tog‘ri keladi.
3-savol:
Savolda ikki so‘z bir so‘zga almashtirilgan. Misr shaxzodasi Faruk otasi tomonidan qattiq nazorat qilinib,
saroy tashqarisiga umuman chiqarilmagan. Shuning uchun Faruk saroyidan 19 km uzoqda boʻlgan Mehrni
qirol boʻlgandan soʻngina koʻrgan. Savol: Savol matnida bir so‘zga almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Misr ehromlari.
Izoh: Faruk I otasi Fuad tomonidan qattiq nazoratda ushangan. Maʼlumotlarga koʻra Faruk I ga oʻz onasi
bilan koʻrishish uchun kuniga 1 soat vaqt berilgan. Mehr— "Misr" va "ehrom" soʻzlaridan hosil qilingan
yershonimdir
4-savol:
Basketbol o‘ynash maktab davridayoq shakllangan u kollejga kelgach mazkur sport turi bilan professional
tarzda shug‘ullana boshlangan. U bahaybat ko‘rinishi va menejment sohasida fan doktori darajasini olgani
uchun KATTA ARISTOTEL laqabini olgan. Savol: U kim?
Javob:Shakil Onil
Izoh: Shakil Onil professional basketbolchilik faoliyati davomida fan doktori darajasini ham olgan. Savol
matnidagi shakllangan so‘ziga urg‘u berilishi ham sizga yordam berishi kerak edi.
5-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan Turli xil baliq va dengiz mahsulotlari sotiluvchi
Yakutiyada joylashgan goʻsht bozorida ehtiyoj yoʻq bo‘lgani uchun Ularni koʻrmaysiz. Ular eng uzoq xizmat
qiluvchi uy-rozg‘or jihozlaridan biri boʻlib, o‘rtacha 13 yilgacha yangilanmasdan ishlaydi. Savol: U nima?
Javob:Muzlatgich.
Izoh: Yakutiya Rossiya federatsiyasida joylashgan eng sovuq hududlardan biri va u yerda -40— 45° C
sovuq boʻladi shu sababli ham bozorda muzlatgich kerak emas. Agar siz muzlatgichdan toʻgʻri
foydalansangiz 13 yildan oshiq xizmat qilar ekan.
6-savol:
Dog‘istonda yetti yil davomida egasining qabri boshidan ketmagan mushukning laqabini yozib bering.
Javob:Xatiko
Izoh: 1925-yildan 1935-yilgacha 9 yil davomida oʻz egasini sodiqlik bilan kutgan Xatiko ismli itni bilsangiz
kerak. Ushbu mushukka ham sodiqligi va uzoq muddat kutganligi bois Xatiko nomini berishgan
7-savol:
U oʻz logotipini oʻzgartirishga qaror qildi. Yangilanishda logotipning yorqin rangli qismlari xira ranglarga
almashtirildi va qizil sariq rangga, sariq yashil rangga, yashil esa ko‘k rangga sekin astalik bilan qo‘shilib
ketadi. Savol: U qaysi kompaniya yozib bering
Javob:Google.
Izoh: Google logotipini oxirgi marta 2015-yilda o‘zgartirgan edi. Unga ko‘ra, kichik g harfi bosh G harfi bilan
almashtirilgan.
8-savol:
Unda ishtirok etganlar orasida dehqonlarning asosiy maqsadi o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda
mulkka va baxtli hayotga erishish bo‘lgan. Ko‘pchilikning moddiy manfaati muqaddas qabrni xalos etish
savobli ish ekanligiga ishonch bilan mujassalmashgan edi. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering.
Javob:Salib yurishlari.
Izoh: Afsonaga asoslanib xristianlar go‘yoki Iso alayhissalom qabrini ozod qilish uchun yo‘lga chiqadilar.
Albatta moddiy manfaatga erishish orzusi ularning kuchiga yanada kuch qoshadi
9-savol:
Tamaraxonim memorial muzeyi kolleksiyasida O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Misr,
Hindiston, Koreya, Xitoy, Litva, Indoneziya va boshqa davlatlarning xalqlarining IKSlari mavjud. Muzey
direktorining ta’kidlashicha, borgan har bir mamlakatida Tamaraxonimga IKSda raqs tushish taklif qilingan.
Savol: IKS o‘rnidagi 2 so‘zni yozib bering.
Javob:Milliy libos.
Izoh: Raqqosa Tamaraxonim ko‘p xalqlar milliy raqslarini o‘sha xal milliy kiyimida ijro etgan.
Zachot: Milliy kiyim, xalq libosi, kiyimi.
10-savol:
XX asrning oxirgi choragida boʻlib oʻtgan ushbu voqeadan keyin olimlarning izlanishlari natijasida
hayvonlarda kutilmagan superqobiliyatlar rivojlanganini aniqlashdi. Masalan, bo‘rilar xavfsiz normadan 6
baravar yuqori radiatsiyaga duch kelsa ham immuniteti ajoyib qarshilik ko‘rsatmoqda. Qurbaqalarning
terisi rangi o‘zgarib, radiatsiyadan himoya qilish qobiliyati oshgan. Savol: Ushbu voqea bo‘lib o‘tgan
tomonimni yozib bering.
Javob:Chernobil
Izoh: Chernobil esa 1986-yil 26-aprelda roʻy bergan va katta talofat keltirgan. Olimlarning aniqlashicha
yuqori radiatsiya tufayli hayvonlarda noodatiy qobiliyatlar paydo bo‘lgan. Ba'zilarning aytishicha nurlanish
oqibatida umuman yangi turdagi hayvonlar ham paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
11-savol:
Natalya Mazurning aytishicha, XVIII asrda konservativ inglizlar Uni ruhiy kasalliklarni tarqatuvchi deb
o‘ylashgan va uni hindlar hamda xitoyliklar tomonidan o‘ylab topilgan zahar deb hisoblashgan. Savol: Uni
qisqa so‘z bilan yozib berng.
Javob:Choy.
Izoh: choyning tinchlantiruvchi xususiyati sababli dastlab mana shunday fikrga kelishgan. Bunday fikrga
kelishlariga chet eldan kelgan savdogarlarni xushlamaydigan mahalliy savdogarlarning ig‘volari ham sabab
bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
12-savol:
Norvegiyalik mashhur rassom o‘z kundaligida Oslo yaqinidagi Ekberg tepaligi boʻylab quyosh botishini va
qizarib borayotgan bulutlarni tomosha qilish uchun to‘xtaganida, birdan “tabiatni qamrab olgan faryod”ni
his qilgani va oʻzining mashhur asari g‘oyasi tug‘ilgani haqida yozgan. Savol: Ushbu asar nomini unli
harflari bir xil boʻlgan bir soʻzda yozib bering
Javob:Qichqiriq
Izoh: Norvegiyalik mashxur rassom bu Edvard Munk. Savol matnidagi faryod so‘zi uning mashxur
"Qichqiriq" kartinasiga ishora edi.
13-savol:
Tunis arxeologiya muzeylaridan birida namoyish etilayotgan qadimiy mozaika qarshisiga ko‘zgu
o‘rnatilgan. Siz mozaikada tasvirlangan Uni mana shu ko‘zgu orqali tomosha qilishingiz kerak. Savol: U
kim?
Javob:Meduza Gorgona
Izoh: Meduzaga qaragn odam toshga aylanadi lekin ko‘zgu orqali qarash mumkin. Persey ham aynan mana
shu usulda mag‘lub etgan Meduzani. Tashkilotchilar qadimiy afsonaga mana shunday ishora qilishgan.
14-savol:
ALFA “fanlar onasi” nomidan tashqari “G‘arb falsafasi beshigi” nomi bilan mashhur. Pifagor, Epikur, Suqrot,
Aristotel, Platon, Diogen, Arximed, Ptolemeylarni “Alfa maktabi” kartinasida uchratish mumkin. Savol:
ALFAni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Afina
Izoh: Albatta G‘arb falasafasi deganda Afina maktabi va faylasuflari ko‘z oldingizga kelgandir. Rafaelning
"Afina maktabi" freskasida tarixdagi mashhur faylasuf va mutafakkirlar tasvirlangan.
15-savol:
8-asr boshida arab qo‘shinlari GAMMAdan o‘tib Ispaniyani bosib olishadi. Gamma nomi arablar qo‘mondoni
Toriq ibn Sayyid sharafiga qo‘yilgan tog‘ nomidan olingan. Savol: Uzunligi 65 km, chuqurligi 1181 metr
bo‘lgan GAMMAni yozib bering.
Javob:Gibraltar bo‘g‘ozi
Izoh: Jabal at-toriq keyinchalik Gibraltar ko‘rinishida atala boshlangan. Almashtirish Gamma ekanligi
javobning G harfidan boshlanishiga ishora edi.
Zachot: Gibraltar
16-savol:
Savolda bir necha o‘rinda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. VITA ilk bor yeretiklarga qarshi kurashish
uchun joriy qilingan bo‘lib, papa Grigoriy IX davrida o‘z qudratining cho‘qqisiga erishadi. Vita lotinchadan
qidiruv degan ma'noni bildiradi. Savol: Tushirib qoldirilgan harflarni tiklab so‘zni asl holida yozib bering
Javob:Inkvizitsiya
Izoh: Inkivizitsiya ko‘ra cherkov qoidalariga qarshi chiqqanlar taqib qilinib, jazolangan. Papa Grigoriy
davrida inkvizitsiya zulm cho‘qqisiga chiqadi.
17-savol:
U o‘zbek, tojik va Sharq xalqlarida tarqalgan puflama tilchali musiqa cholg‘usi bo‘lib, Oʻzbekistonning
Fargʻona vodiysi va Xorazm vohasida keng ommalashgan. U Silindr shaklidagi naylardan iborat boʻlib, birbiriga oʻzaro bogʻlangan ikkita bir xil gʻarov qamishdan ishlanadi va ular bir-biriga shoyi iplar bilan
birlashtiriladi. Mahmud Nomozov ijro etgan Gulpari qo‘shig‘ida ham ushbu cholg‘udan foydalanilgan. Savol:
Uni yozib bering
Javob:Qo‘shnay.
Zachot: Aniq javob
18-savol:
DELTA lotinchadan mulk degan ma’noni bildirib, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlarning
mehnatlari bilan ishlanadigan yer-mulki hisoblanadi. Hozirgi kunda ruxsat etilgan eng uzun DELTAlardan
biri international hisoblanadi. Savol: Delta o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob:Domen
Izoh: Gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlarning mehnatlari bilan ishlanadigan yer-mulki domen
deb ataladi. Hozirgi kunda eng uzun internet domenlaridan biri international hisoblanadi.
19-savol:
Uning boshlanish nuqtasi Fransiya qirolining Akvitaniya yerlarini o‘z tasarrufiga olishini e’lon qilishi edi. U
o‘z nomidan farqli ravishda 16 yilga uzunroq. Savol: U o‘rnidagi bir necha so‘zni yozib bering.
Javob:Yuz yillik urush
Izoh: Fransiya va Angliya o‘rtasida kechkan yuz yillik urush aslida 116 yil davom etgan.
20-savol:
Yurtimiz hududia 20-asr boshlarida bolalar BIRINCHI dan asosan harflarni tanishgan. IKKINCHI dan esa she'r
va hikoyalar o‘qishni o‘rganishgan. Dunyoga mashhur BIRINCHI Stagirada tug‘ilgan. Hammamizga tanish
IKKINCHI esa Markaziy Osiyodan chiqqan olimdur. Savol: Savol matnida bir nech o‘rinda tushirib qoldirilgan
bir so‘zni yozib bering.
Javob:Muallim.
Izoh: Jadidlarimiz faoliyat olib borgan davrda bolalarning savodini chiqarishdagi asosiy 2 kitob bular Birinchi
muallim va ikkinchi muallim kitoblaridir. Birinchi muallim deb ataluvchi Arsitotel Stagira shaxrida tuģilgan
bolsa, ikkinchi muallim nomini olgan allomamiz Abu Nasr Farobiy Markaziy Osiyoda faoliyat olib borgan.
21-savol:
Qadimgi rimliklar agar jangda mag‘lub bo‘lishsa qaysidir ishimiz uchun Uning jahlini chiqardik degan
hayolga borishgan. Boshqa bir Uning tarkibi glukoza siropi, kakao massasi, shakar, o‘simlik yog‘i
kabilardan iborat. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering
Javob:Mars
Izoh: Savolning birinchi qismi yunonlarning urush ma’budi Mars haqida borayotgan edi. Savolning ikkichi
qismida biz sizga Mars shokoladining ingredientlarini o‘qib berdik.
22-savol:
Avstriyalik Albrextsberger o‘zining quloqsiz shogirdi haqida aytgan fikrni tinglang: U hech qachon pianoni
ustasi bo‘lolmaydi. Savol: Ushbu shogird kim?
Javob:Betxoven.
Izoh: ustoz o‘z shogirdiga ishonch bildirmagan lekin shogird baribir buyuklikka erishgan. Quloqsiz shogird
jumlasi sizni Betxovenga yetakladi degan umiddamiz.
23-savol:
Gonduras bayrog‘i ikki cheti moviy oʻrtasida oq rangdan iborat. Ushbu oq rang ummon va dengiz orasidagi
quruqlikni, xalqining tinchligi va farovonligini, fikrlar musaffoligini ifodalaydi. Savol: Moviy ranglar qaysi ikki
gidronimni anglatadi
Javob:Tinch okeani va Karib dengizi
24-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushib qolgan Patris Evra shaxsiy fikriga koʻra; “Arsenal”ni tomosha qilish
IKSni ko‘rishga o‘xshaydi, har safar keyingi mavsumni kutishga majbur bo‘lasiz. IKSga 1997-yilning 29-
avgustida Marc Randolf va Reed Hastings tomonidan Kaliforniya shtatining Scotts Valley shahrida asos
solingan. Savol: Harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering
Javob:Netflix
📌Telegram: @zakovat_savollarii