October 16

Talabalar ligasi 2024/25 kuzgi mavsum 3-tur (03.10.2024)

1-savol:
Daryo.uz saytining yozishicha, Yaponiya aeroportida 36 ta reys bekor qilinishiga yo‘qolgan U sabab ekan.
Aeroport ma’muriyati U ehtimoliy terrorchi tomonidan o‘g‘irlangan va samolyot bortida qurol sifatida
ishlatilishi mumkinligini taxmin qilishgan. Tushda UNI ko‘rish rizqning yoki mulkning kamayishini emas,
balki ko‘payishini anglatadi. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Qaychi
Izoh: Yaponiyadagi Yangi Titose aeroportida kutish joyidagi do‘konlardan birida 17-avgust kuni xodimlar
ishlatgan qaychi g‘oyib bo‘lishi natijasida 36 ta reys bekor qilingan, yana 201 tasi kechiktirilgan. Buni
qarangki tushda qaychini ko‘rish rizqni qirqilishiga emas aksincha oshishini anglatar ekan. Qaychi ko‘plab
ochilish marosimlarini asosiy atributlaridan biri hisoblanadi. Biz ham bugungi savollar paketini qaychi
haqidagi savol bilan ochib berishga qaror qildik.
Manba: 1. https://daryo.uz/PdlAc3gA 2. https://jarchi.su/2023/08/03/tushda-qaychi-korish/
2-savol:
1883-yil Michiganga sirk truppasi tashrif buyuradi. Ammo tez orada kasodga uchraydi. Savol: Aynan mana
shundan so‘ng Lyuter Bicher Detroytda nimaga asos solganligini ikki yoki bir so‘zda yozib bering.
Javob:Hayvonot bog‘i
Izoh: Detroylik bu boy inson sirkdagi hayvonlarni sotib oladi va hayvonot bog‘i tashkil qiladi.
Zachot: Zoopark
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Detroit_Zoo
3-savol:
Asakalik Xayrixon Azizova o‘z vaqtida barchani hayratga solib kuniga 200 kg dan paxta tergan, pilla
mavsumida esa 75 quti ipak qurti boqib, pilladan mo‘l hosil olgan. Bu ilg‘or dehqon ayolni asakalik U deb
atashgan. U o‘tgan asr 80-yillarida yaratilgan asar nomi ham. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Temir xotin.
Izoh: Mehnatkash ayolni temir xotinga qiyoshlashgan. Sharof Boshbekovning ‘Temir xotin” pyeyasi juda
mashhur hisoblanadi.
Manba: 1. https://xabar.uz/u7o5 2. https://goo.su/xezyFTK
4-savol:
Ushbu akulaning nomi lotincha Longimanus boʻlib, uni Jak Iv Kusto oʻz kuzatishlari davomida aniqlagan. Ushbu akula haqidagi maqolalarda 1099-yilda Kiyevda tugʻilgan insonga ham havola mavjud. Savol: Ushbu
shaxs kimligini ayting.
Javob:Yuriy Dolgorukiy
Izoh: “Longimanus” lotincha uzun qoʻlli deb tarjima qilinadi. Dolgorukiy ham uzun qoʻlli deb tarjima qilinadi.
Manba: 1. http://www.vokrugsveta.ru/vs/article/ 2. http://www.floranimal.ru/pages/animal/a/2484.html
5-savol:
2024-yil vafot etgan aktyor Abror Tursunov haqida sharhlovchi Xayrulla Hamidov “Eng halol hakamlardan
biri edi” deya izoh qoldirgan. Savol: Abror Tursunov 1980-yillardagi qaysi filmda suratga tushgan?
Javob:“Suyunchi”
Izoh: Bu aktyor “Suyunchi” filmidagi futbol oʻynida hakamlik qilgan.
Manba: 1. https://t.me/xayrulla_hamidov/17288 2. https://goo.su/JKvbws9
6-savol:
Piyodalar sog‘lig‘ini o‘ylagan ba’zi bir Yevropa davlatlarida simyog‘ochlarga maxsus moslama o‘rnatilgan.
Simyog‘ochdagi moslama U deb atalgan. 2006-yilda Honda kompaniyasi “Gold Wing” mototsikllarini U
bilan jihozlab, sotuvga chiqargan. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Xavfsizlik yostiqchasi
Izoh: Gadjetlariga berilib ketgan insonlar yo‘llardagi simyog‘achlarga urilib jarohat olish holatlarini oldini
olish maqsadida bu moslama o‘rnatilgan.
Manba: 1. https://rusnext.ru/news/1550489837 2. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Airbag
7-savol:
Savolda ikki o‘rinda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. RJ-Romain Jerome soat brendi mashhur video
o‘yinlar, musiqa, san’at namunalari va boshqalarga havola qiluvchi soatlari bilan mashhur. Brendning
2006-2007 yillarda ishlab chiqqan soatlarining metali Tank qoldiqlaridan olingan edi. Soat tasmasi esa
tankdagi charm divanlardan ishlangan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Titanik
Izoh:
Manba: 1. https://www.watch-wiki.net/doku.php?id=romain_jerome 2.
https://www.alltime.ru/brand/?ID=763

8-savol:

Bu o‘ziga xos reklama orqali SHUNDAY davlat restoranlari reklama qilinmoqda. SHUNDAY davlat
restoranlari qatoriga Fantino, Guidos, Сhacalarni misol keltirishimiz mumkin. Savol: Gap qaysi davlat
restoranlari to‘g‘risida ketmoqda?
Javob:Meksika
Izoh: Kaktuslardan biri vilkani ifodalasa yana biri pichoqni, quyosh esa tarelkani ifodalagan. Meksika
o‘zining kaktuslari bilan ham mashhur.
Manba: https://ru.restaurantguru.com/best-restaurants-Mexico-b
9-savol:
Savol matnida bir so‘z boshqa so‘zga almashtirilgan. O‘z vaqtida katta mashhurlikka erishgan Elvis Presli
nafaqat konsertlar, albomlar sotuvi, balki Elvis yozuvi tushirilgan turli xil mahsulotlar sotuvidan ham
kattagina daromad ko‘rgan. Xususan “Men Elvisni yaxshi ko‘raman” yozuvi tushirilgan mahsulotlar ham
xaridorgir bo‘lgan. Savol: Almashtirilgan so‘zni yozib bering.
Javob:Yomon
Izoh: Elvis Preslini yaxshi ko‘radiganlar qatori uni yomon ko‘radiganlar ham ko‘pchilkni tashkil etar edi.
Elvisning menejerlari aynan mana shunday insonlar uchun ham “Men Elvisni yomon ko‘raman” yozuvli
maxsulotlar savdosini yo‘lga qo‘ygan.
Manba: https://goo.su/koajKk

10-savol:
Koreyalik dizayner Jeon Hwan Ju printer bo‘yog‘i o‘rniga UNDAN foydalanishni tavsiya qilmoqda. Bu
ekologik toza bo‘yoqni ofislarda kelajakda foydalanish yoki foydalanmasliklarini BASHORAT QILA olmaymiz.
Savol: Uni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Qahva quyqumi
Izoh: Koreyalik dizayner ofislarda ko‘p uchrovchi qahva quyqumlaridan unumli foydalanish taklifini bergan.
Savol matnidagi bashorat qilish so‘zi ham qahva quyqumiga ishora edi. Qahva quyqumlari yordamida ham
folbinlar fol ochishadi.
Manba: https://greenword.ru/2009/09/riti-coffee-printer.html
11-savol:
Mashhur figurali uchuvchi Yelizavetta To‘xtamisheva yosh figurali uchuvchilardan biri bilan uchrashib
qolganida BU ISH uchun unga salfetka va ketchup kerak bo‘lgan. Savol: Ketchup va salfetka
To‘xtamishevaga nima uchun kerak bo‘lgan?
Javob:Dastxat berish uchun
Izoh: Yelizavetta yosh sportchi uchun ketchup bilan salfetkaga dastxat qo‘yib bergan.
Manba: https://m.sports.ru/figure-skating/1072539626.html
12-savol:
“Zabarjad Media” tomonida yoz oyida eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxati eʼlon qilindi. Unda 3-oʻrinni
“Rangin qushcha”, 2-oʻrinni esa “Qon hidi” asari egalladi. Shohsupada esa 1996-yil nashr etilgan USHBU
nomdagi asar. Shimoliy Koreya prezidentligi uchun yaqin qarindoshlar orasidagi kurash yoritilgan maqola
nomi ham USHBU asar nomi bilan bir xil. Savol: USHBU asarni yozib bering.
Javob:Taxtlar oʻyini
Izoh: “Taxtlar oʻyini” kitobi nomiga mos ravshda bu roʻyxatdayam taxtda)
Manba: 1. https://t.me/ZabarjadMedia/2030 2. https://t.me/ZabarjadMedia/2202
13-savol:
Alberobello - Italiyadagi kommuna bo‘lib, o‘zining noodatiy dizaynidagi uylari bilan mashhur. Uy tepasidagi
toshni olib tashlash orqali uy hali bitmagan, chala ekanligini isbotlash mumkin edi. Savol: Uylarni bunday

qurishdan asosiy maqsad nima ekanligini yozib bering.
Javob:Soliq to‘lashdan qochish
Izoh: 14-asrda qurila boshlangan bunday uylar soliqdan qochish maqsadida atayin shunday dizayn
qilingan. Savol matnida aytib o‘tilganidek uy tepasidagi toshni olib tashlash orqali uy hali chala ekanligini
isbotlash mumkin edi. Bitmagan uydan esa soliqlar olinmagan.
Zachot: Shu mazmundagi javoblar
Manba: 1. https://t.me/engengeng888/4632 2. https://www.zakonia.ru/news/72/69881
14-savol:
Moskvada bu predmet yordamida o‘zini o‘zi himoya qilish kurslari ochilgan. Ayniqsa bu kurslar sayyohlar
uchun foydali hisoblanadi. Bu predmet haqida gap ketganida Hiroshi Uedoga ham havolalar mavjud. Savol:
Bu pretmetni alifboning yonma-yon keluvchi harflaridan foydalangan holda ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Selfi tayoqchasi
Manba: 1. https://iz.ru/news/595711 2. https://zagge.ru/chelovek-kotoryj-izobryol-selfi-palku/
15-savol:
Buni qarangki, Rigadagi avtomobil fabrikasining so‘nggi avtomobillari SHUNDAY avtomobillar ekan. Savol:
Shunday o‘rnidagi unlilari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Katafalk
Izoh: Bungi qarangki so‘nggi avtomobil markalar insonlarni so‘nggi yo‘lga kuzatuvchi katafalk ya'ni o‘lik
tashuvchi avtomobillar ekan.
Manba: 1. http://www.ambulances.ru/wheel_katafalk.shtml 2. https://goo.su/YmUKcVp
16-savol:
Ernest Rezerford o‘z tajribalaridan birida azotdan kislorod oladi. Bu tajribadan so‘ng jurnalistlar Rezerfordni
ALFA deb atashadi. Savol: 1988-yil yaratilgan ALFAning muallifi kim?
Javob:Paulo Koelo
Izoh: Tajribadan so‘ng Rezerfordni jurnalistlar “Alkimyogar” deb atashgan.
Manba: http://scicenter.online/zoloto-zoloto/mechtyi-alhimikov-sbyivayutsya-38673.html

17-savol:
Diana Setterfild asari qahramoni bo‘lgan ayol, erkaklarni olmoslar yordamida osongina aldash mumkinligini
aytar ekan, Uni olmoslarga qiyos qiladi Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Koʻz yosh
Izoh: Qahramonning fikricha ayollar oʻz koʻz yoshlari orqali erkaklarni osongina alday olishadi.
Manba: http://www.flibusta.net/b/335035/read
18-savol:
XX asr taqdirlarda aks etgan tarix kitobining Usmon Yusupovga bag‘ishlangan bo‘limida keltirilgan
ma’lumotda BIRINCHI bilan bir yoki ikki kishiga qabr qazib bo‘lishi, IKKINCHI bilan esa minglab insonlarga
qabr qazish mumkinligi aytiladi. BIRINCHI 1991-yilgi manbada o‘ziga xos transport vositasi sifatida
ko‘rsatilgan bo‘lsa, IKKINCHI haqidagi topishmoqda sirti yog‘ochligi aytilgan. Savol: BIRINCHI va IKKINCHINI
yozib bering.
Javob:Ketmon va qalam
Izoh: “Abdullajon” filmida ketmon bilan odamlar uchadi. Topishmoqda esa qalamning sirti yog‘och ichi esa
bo‘yoqligi aytiladi.
Manba: 1. Shuhrat Ergashev, To‘lqin Bobomatov, "XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix"." Yangi asr avlodi",
2024-yil. 585-bet. 2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdullajon_(film) 3.
https://youtube.com/watch?v=9A_xo2aJtSE&si=WRIvCSShUAf6PqbT
19-savol:
Tarqatma materialda biz qaysi ism familiyani berkitdik?
Javob:Muhammad Ali
Izoh: Tarqatmada kapalak va ari tasvirlangan. Bu esa “Kapalakday harakatlanmoq va aridek chaqmoq”
so‘zlariga ishora edi.
Zachot: Kassius Kley
Manba: 1. https://goo.su/YIdqWN 2. https://ru.wikiquote.org/wiki/Мохаммед_Али
20-savol:
Bu inson birinchilardan bo‘lib Amir Temur haqidagi haqiqatni mustamlaka davrida qo‘rqmay ochiq aytgan.
Amir Temurning qonxo‘r emas, insonparvar, odil bo‘lganini va johil emas, aksincha, oqil va fozil jahongir
bo‘lganini dalillar bilan isbotlagan. Savol:1885-yili 21-martda sobiq Turkiston o‘lkasida tugʻilgan bu insonn

kimligini yozib bering.
Javob:Alixontoʻra Sogʻuniy
Izoh: Alixontoʻra Sogʻuniy “Temur tuzuklari”ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va shu orqali Amir Temurni
qonxoʻr emasligini dalillar bilan isbotlagan. Shuning Alixontoʻra Sogʻuniy Turkiston ozodligi uchun
kurashgan.
Manba: https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/alixontora-soguniy-qay-tarzda-ogirlab-ketilgan-edi
21-savol:
Youtubedagi videolardan birida qora piyodalalar ichida turgan oq piyodani ko‘rish mumkin. Ushbu video
ULAR haqida. Ular haqida gap ketganida Anna Chapman, Rixard Zorge, Klaus Fuks va Rudolf Abel kabi
nomlarni uchratish mumkin. Savol: Ular kimlar?
Javob:Josuslar
Manba: 1. Самые известные разведчики и шпионы в мире (thebiggest.ru) 2.
https://www.youtube.com/watch?v=dHSVsmyv-74
22-savol:
Kundalik hayotimizda foydalanuvchi bu predmetning ”o‘rdak”, “tovus” va “tuyabo‘yin” kabi turlari mavjud.
Savol: Gap qaysi predmet to‘g‘risida ketayotganligini forscha so‘zda yozib bering.
Javob:Obdasta
Zachot: Oftoba, ibriq
Manba: https://milliycha.uz/kr/obdasta/
23-savol:
Umar Hayyom ijodidan to‘rtlik: Daraxt hayron edi bir holga xasta, Uni turfa yoʻlda ishlatdi usta. Bir uchi
ALFAGA atalgan boʻlsa, Bir uchi BETTAGA boʻlgandi dasta. Savol: ALFA va BETTANI yozib bering.
Javob:Beshik va tobut
Manba: https://t.me/Unutsam_Eslaat/578
24-savol:
Iogann Shtrausning o‘limidan so‘ng, Ioganning Vena operasidagi lavozimini o‘g‘li, undan keyin esa akasi

egallagan. Maqolada Iogann Shtraus ishlatgan ALFA BETTAga qiyos qilinadi. Savol: BETTAni ikki so‘zda
yozib bering.
Javob:Estafeta tayoqchasi
Izoh: Alfa - dirijyor tayoqchasi edi. Shtrauslar oilasi vakillari navbatma-navbat Vena teatridagi orkestrni
boshqargan.
Manba: 1. http://www.e-reading.club/chapter.php/138691/44/Samin_-_100_velikih_kompozitorov.html 2.
http://ru.wikipedia.org/wiki/Эстафета 3. http://ru.wikipedia.org/wiki/Дирижёр

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi