Ikkinchi Liga qishki mavsum 2-tur savollari (06.12.2025)
1-savol:
GADO – fransuzcha “kiyim qo‘riqchisi” degan ma’noni anglatadi. Qulay hajmga ega bo‘lgan GADO 8 ta kichik erkakni sig‘dira olishi kerak. Savol: Yuqorida ikki o‘rinda harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Garderob.
Izoh: Garderob – fransuzcha warder va robe (kiyim) so‘zlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qulay garderob kattaroq hajmga ega bo‘lishi kerak.
2-savol:
Yozuvchi Uolter Ayzekson muvaffaqqiyatli startaplar orqali katta boylikka ega bo‘lgan Stiv Jobsni 14 ni 79 ga aylantirgan deb ta’riflaydi. 14 bilan bog‘liq maqolada mikroprotsessorlar eslab o‘tilgan. Savol: 14 va 79 o‘rnidagilarni yozib bering.
Javob: Kremniy, oltin.
Izoh: Kompyuter qurilmalari va protsessorlar kremniy asosida tayyorlanadi. Kremniy va oltin Mendeleyev davriy jadvalida 14 va 79 tartib raqamiga ega.
3-savol:
Bir stendap komikning aytishicha, uning boshlig‘i shu qadar buyruqbozki, hattoki BU ISHNI HAM QILADI. O‘zbek tili izohli lug‘atiga ko‘ra, BU ISHNI QILMASLIKni so‘rash kechirim, afv etish ma’nolarida keladi. Savol: BU ISHNI QILMASLIK so‘zlari bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering.
Javob: Aybga buyurmaslik.
Izoh: Stendaperning boshlig‘i hatto aybga ham buyurishini aytib so‘z o‘yini qiladi. “Aybga buyurmaysiz” jumlasi kechirim so‘rash ma’nosida qo‘llaniladi.
4-savol:
Savolda bir so‘z ikki so‘z o‘rnida keladi. Redmi telefonlari chidamliligi va har qanday muhitda ishlay olishini ko‘rsatuvchi videoda telefon SOS edi. 1870-yilgi asar nomida ham SOS jumlasi mavjud. Savol: O‘sha asar muallifini yozib bering.
Javob: Jyul Vern.
Izoh: Telefon chidamli ekanini ko‘rsatish uchun video suv ostida olingan. Jyul Vernning “Suv ostida 80 000 km” asari mashhur.
5-savol:
“JaySharon” YouTube kanalidagi qiziqarli videoda yerga tushgan pechenye tomon harakatlangan mikroblarga IKS qoidasi xalaqit qiladi. Mel Robbinsning IKS qoidasi kitobida stressni yengishda SANOQ usuli haqida gap boradi. Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Besh soniya.
Izoh: Besh soniya qoidasiga ko‘ra, yerga tushgan taom 5 soniyagacha ifloslanmaydi. Mel Robbins stress vaqtida 5 gacha sanashni maslahat beradi.
6-savol:
Savol matnida bir so‘z tushirib qoldirilgan. Jillian Klark “besh soniya” qoidasini tekshirish uchun 2004-yili tajriba o‘tkazadi. Tajribada parazitli muhitga tushgan taom tez zararlanishi, jamoat joylarida esa zararlanish pastligi aniqlandi. Klark bu tadqiqoti uchun 10 trillion DOLLAR mukofot puli oladi. Savol: Matnda tushib qolgan toponimni yozib bering.
Javob: Zimbabve.
Izoh: Jillian Klark tadqiqoti uchun 2004-yil Shnobel mukofoti sohibi bo‘ladi. Odatga ko‘ra, nomzodlarga mukofot puli yuqori inflyatsiyali Zimbabve dollarida beriladi.
7-savol:
Po‘lat kamari – 20-asr oxirlarigacha AQShning rudalar, temirchilik kabi sanoat hududlariga nisbatan ishlatilgan termin. Yaponiya va Germaniya iqtisodiyoti rivojlanishi bilan hududdagi zavodlar kasod bo‘lgan. Savol: Hududning hozirgi nomida uchratish mumkin bo‘lgan bir bo‘g‘inli so‘zni yozib bering.
Javob: Zang.
Izoh: Zang – temir oksidi bo‘lib, zavodlar korroziyaga uchraganiga ishora. Hudud hozirda “zang kamari” deb ataladi.
Zachot: Rust.
8-savol:
Savol matnida bir so‘z tushirib qoldirilgan. Zang kamaridagi zavodlar faoliyati to‘xtagach, bu hududlar aholisi ish joylaridan ajralgan. Shundan so‘ng, Zang kamarida ko‘plab SHAHARlar paydo bo‘la boshlagan. Savol: Yuqorida tushirib qoldirilgan so‘zni yozib bering.
Javob: Arvoh.
Izoh: Arvoh shaharlar deb turli ofatlar sabab aholisi ko‘chib ketgan tashlandiq hududlarga aytiladi. Ishsiz aholi boshqa shaharlarga ko‘chib ketgan.
9-savol:
Garrining otasi Kim Mayseyivich etnik mansubligi sabab, farzandi muammolarga uchrashni xohlamagan. Shu bois, Garri keyinchalik BU ISHNI QILGAN. Qirg‘izistonda gender tengligini ta’minlash uchun chiqarilgan qonunga ko‘ra, bolalar BU ISHNI QILISHI mumkin. Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javob: Onasining familiyasiga o‘tish.
Izoh: Garri Kasparov dastlab otasining familiyasida edi, biroq antisemitizm sabab onasining familiyasiga o‘tgan.
10-savol:
Savolda bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Amerikaning bir biokompaniyasi 10 ming yil avval yo‘q bo‘lib ketgan oq bo‘rilarni qayta hayotga qaytargani haqidagi post nomi – “O‘tmish RATSIYAsi”. RATSIYA haqida maqolalardan birida g‘ildirak eslab o‘tiladi. Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob: Reinkarnatsiya.
Izoh: Reinkarnatsiya – qayta tug‘ilish ma’nosini anglatadi.
11-savol:
Lobotomiya – nevrologik operatsiya bo‘lib, inson miyasi o‘zligini yo‘qotadi. Versiyalardan biriga ko‘ra, o‘tgan asr 50-yillar oxirida ushbu amerikalik vaqtinchalik lobotomik operatsiyalar bilan shug‘ullangan. Savol: 1935-yil Koloradoda tug‘ilgan bu inson kim?
Javob: Ken Kizi.
Izoh: Ken Kizining “Kakku uyasi uzra parvoz” asari voqealari jinnixonada bo‘ladi.
12-savol:
Insonlarga beminnat yaxshilik qilish – altruizm aslida egoizmning bir turi ekani haqidagi maqola “Unga kutilmagan tarsaki” deb nomlangan. U 7-asrda Yamanda yashagan. Savol: Uning kimligini toping.
Javob: Hotamtoy.
Zachot: Hotam, Hotami toy.
13-savol:
2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy to‘pi nafaqat maydon bo‘ylab, balki dunyo bo‘ylab harakatlanishining ramzi sifatida “Al Rihla” deb nomlangan. To‘liq nomi “Shaharlardagi ajoyibotlar va bu shaharlarga sayohat qilishga qiziquvchilar uchun sovg‘a” deb tarjima qilinuvchi 14-asr o‘rtalarida yozib tugatilgan asar ham qisqacha “Al Rihla” nomini olgan. Savol: Ushbu asar muallifini yozib bering.
Javob: Abu Abdulloh Muhammad ibn Battuta.
Izoh: “Rihla” arabcha “sayohat” degani. Asar Ibn Battutaning sayohatlari haqida.
Zachot: Ibn Battuta.
14-savol:
13-asr oxiridagi janglarda asirlikka tushgan U kameradoshi Rustichelloga boshidan o‘tkazgan voqealarni hikoya qilib beradi. Rustichello bu hikoyalarni avtobiografiya ko‘rinishiga keltirgan. Ibn Battutaga “Islomdagi U” ta’rifi beriladi. Savol: U deganda kim?
Javob: Marko Polo.
Izoh: Davr va Rustichello bilan bog‘liqlik Marko Poloni ko‘rsatadi.
15-savol:
Jamoat arbobi va jurnalist Grigoriy Petrov XX asr boshlarida Shimoliy Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, o‘zini anglayotgan, odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan oqko‘ngil finlar bilan suhbatda bo‘ladi. Savol: Grigoriyning 1923-yil nashr qilingan asari nomini toping.
Javob: Oq nilufarlar yurtida.
Izoh: Asar Finlandiya taraqqiyoti va fidoyilar haqida.
Zachot: Hayot yaratuvchilari.
16-savol:
Har yili yoz oxirlarida bu shaharchaning shimolidan o‘tuvchi Rim akveduklarida suv sarfi ortadi. Buning sababi hududda o‘tkaziladigan festival. Savol: Ispaniyadagi qaysi shaharcha?
Javob: Bunol (Bunyol).
Izoh: “La Tomatina”dan keyin shaharni yuvish uchun suv olinadi.
Tarqatmada Amerikaning “The Jubalaries” guruhi qo‘shig‘i matnidan parcha berilgan. Savol: Qo‘shiq taxminan mil.avv. 2705-yilda tug‘ilgan qaysi inson haqida?
Javob: Nuh.
Izoh: Kema qurilishi va to‘fon bilan bog‘liq ishoralar bor.
18-savol:
DVS sindromi haqida bitta belgiga tayanib xulosa qilish noto‘g‘ri ekani aks etgan suratda kasallik bir jonzot ko‘rinishida tasvirlangan. Savol: Qaysi jonzot?
Javob: Fil.
Izoh: “Ko‘r kishilar va fil” allegoriyasi.
19-savol:
“Toshbaqa” shaklidagi, 60 ming yo‘lovchiga mo‘ljallangan ulkan kema U deb nomlangan. Boshqa bir U taxminan 200 mln yil avval parchalanishni boshlagan. Savol: Uni yunoncha so‘zda ayting.
Javob: Pangeya.
Izoh: Qadimgi supermaterik.
20-savol:
Yaponlarning “sashimono” texnikasida yog‘och buyumlar yasalganda IKSdan foydalanilmaydi. Savol: IKSni bir so‘zda yozing.
Javob: Mix.
Izoh: Qismlar o‘yiq-bo‘rtmalar bilan ulanadi.
21-savol:
“Amfibiya” serialidagi Zapapede personajining ko‘z qorachiqlaridan biri IKS, ikkinchisi IGREK ko‘rinishida. Savol: IKS va IGREKni toping.
Javob: + va −.
Izoh: Musbat va manfiy zaryadlar.
22-savol:
Edvard Gibbon yozishicha, Rim imperatori Adrian haqidagi yo‘qolgan manbalarni 15–16-asrlarda shakllangan fan yordamida tiklash mumkin. Savol: Fan nomi?
Javob: Numizmatika.
Izoh: Tangalar orqali tarixni tiklash.
23-savol:
Indoneziyada “Pegadayan” shariatga muvofiq moliyaviy xizmatlar bilan birga bir turdagi muassasalarni nazorat qiladi. Savol: Muassasa nomini italyanchadan kelib chiqqan so‘z bilan yozing.
Javob: Lombard.
Izoh: Garov asosidagi kredit muassasasi.
24-savol:
Yevropa va Amerikada ayrim binolardagi liftlar maxsus rejimda har qavatda avtomatik to‘xtaydi. Savol: Ushbu rejim sababini bitta ibroniycha so‘z bilan ayting.
Javob: Shabbat.
Izoh: Shabbat kuni elektr jihozlaridan foydalanish cheklovi.