O'quvchilar ligasi savollari 24.04.2025
1-savol:
Syomka jarayonida Sofi Lorenga U berilganida aktrisa “rahmat lekin shart emas, chunki soxta ko‘z yoshlar
tez qurib qoladi” deya javob qaytargan. U XVII asr boshlaridagi manbada qahramonlardan birining o‘limiga
sababchi bo‘ladi. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Ro‘molcha
Izoh: Otello tragediyasida ro‘molcha Dezdemonaning o‘limiga sababchi bo‘lgan.
2-savol:
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining o‘yinlari bo‘lib o‘tuvchi shaharlar uchun rasmiy plakatlari
e’lon qilindi, bu shaharning plakatida to‘p tepayotkan astronavt tasvirlangan. Savol: Texas shtatida
joylashgan qaysi shahar haqida gap ketmoqda?
Javob:Hyuston.
Izoh: Hyuston shahrida AQShning kosmik markazi joylashgan.
3-savol:
Sassetta – U ning singlisi boʻlib, yovuz sehrgar tomonidan koʻk loyni sehrlab yaratilgan. Sasyettaning
ekranlarda paydo boʻlishi multserialda U tamoyilini, oʻz kuchini yoʻqotishiga olib keladi. U tamoyili deganda
– kino yoki animatsiya olamida guruhda yoki jamiyatda faqat bir nafar ayolning ko‘rinish berishi
hisoblanadi. Savol: Matnda ro‘y berayotgan jarayon qaysi animatsion filmdan ekanligini yozib bering.
Javob:Smurflar.
Izoh: Smurfetta tamoyili bu - kino yoki animatsiya olamida bir gala erkaklar orasida faqat bir nafar ayolning
koʻrinish berishi hisoblanadi. Sasyetta paydo boʻlgunicha Smurfetta smurflar orasida yagona ayol smurf
edi. Yovuz sehrgar esa bu albatta Gargamel edi.
4-savol:
Yurtimizdagi jalyuzi sotish bilan shug‘illanadigan do‘kon nomida bu hayvon borligi mantiqiylik hosil qilgan.
Nomida bu hayvon bo‘lgan texnologik kompaniya shtrix-kodlar skanerlari bilan ham shug‘ullanadi. Savol:
Bu hayvonni yozib bering.
Javob:Zebra
Izoh: Jalyuzilar va shtrix-kodlar zebra chiziqlarini eslatib yuboradi. Jalyuzi do’koni nomi Zebra.uz .
5-savol:
U ilk bor naqsh o‘ymakorligida ko‘zgudan foydalangan arxitektor sifatida shuhrat qozongan. Uning eng
mashhur ishlaridan Toshkent kuranti bezash, Abdulazizxon madrasasi gumbazlarini va Mag‘oki attori
masjidi peshtog‘iga naqsh solish bo‘lgan. Uning ismini biz asosan qiz bolalarda koʻrib oʻrganganmiz. Savol:
Bu inson kimligini yozib bering.
Javob:Usta Shirin Murodov.
6-savol:
Portugaliyaliklar bu hududga ilk bor 1462-yilda kirib kelishgan va portugalcha “Sheʼrlar togʻi” maʼnosini
anglatadigan nom berishgan. Hozirgi poytaxtiga esa ozod qilingan qullarni ko‘chirib kelish maqsadida asos
solingan. Savol: Davlat bayrog‘i Oʻzbekiston davlat bayrog‘iga o‘xshash bu davlatni nomini yozib bering.
Javob:Syerra Leone.
Izoh: Syerra Leone portugalcha "sherlar toʻgʻi" degan maʼnoni anglatadi. Fritaun bu davlatning poytaxti
hisoblanadi. Davlat bayrogʻi esa Oʻzbekiston bayrogʻiga oʻxshab ketadi.
7-savol:
Fast-food olamida inqilob yasagan bu yegulik restoran mijozlaridan birining kartoshkani juda qalin
kesilganligidan so‘ng bildirgan noroziligi sababli paydo bo‘lgan. Bosh oshpaz tomonidan qilingan
o‘zgarishdan so‘ng bu yegulik mijozlarga yoqib qoladi va tez orada menyuga kiritiladi. Savol: Bu qaysi
yegulik?
Javob:Chips
Izoh: Chips fast-food olamida inqilob yasagan ixtiro sifatida tarixga kirgan. U esa tasodifan ixtiro qilingan.
Bosh oshpaz mijizning gaplaridan jahli chiqib, kartoshkani juda yupqa qilib to‘rg‘aydi, yog‘da qarsildoq qilib
qovuradi. Kutilmaganda bu yegulik mijozga yoqib qoladi va tez orada menyuga kiritiladi.
8-savol:
2016-yilgi Chempionlar Ligasining saralash bosqichi doirasida “Roma” va “Portu” jamoalari to‘qnash
kelishadi. O‘yinda “Roma” futbol jamoasi 0:1 hisobda yutqizayotgan paytida translatsiya rejissyorlari zahira
o‘rindig‘ida o‘tirgan “Roma” o‘yinchisi Franchesko Tottini ko‘rsatishadi. Sharhlovchi esa Totti ULARNING
rolini bajara olarmikan deydi. Savol: ULAR bilan almashgan jonzot nomini yozib bering.
Javob:G‘ozlar.
Izoh: Bilasiz "Roma" bu Rim jamoasi. Rimni esa dushman hujumidan g‘ozlar qutqarib qolganini tarixdan
bilasiz. Sharxlovchi ham Tottini G‘ozlar kabi Rimni saqlab qola olarmikan deb aytadi.
Yaratilgan sanasi: Sun, 29 Jun 2025 23:13:12 +0500
Page 3
9-savol:
Ushbu davlat 1976-yilda Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun shunchalik ko‘p pul sarflaydiki, 2006-yilgacha
qarzlarini to‘laydi va shu bilan birga birorta ham oltin medalni qo‘lga kiritolmaydi. Ushbu davlatda ayiqlar
uchun qamoqxona mavjud bo‘lib, ayiqlar tez-tez shaharga kiradilar, lekin ular ushlanib, 2 kundan 30
kungacha panjara ortiga qo‘yiladi va qaytib kelishini qaytarish uchun oziqlantirilmay faqat suv beriladi.
Savol: Ushbu davlatni yozib bering.
Javob:Kanada
Izoh: 2 kundan 30 kungacha ozuqasiz saqlangan ayiqlar qaytib kelish ehtimoli anchagina samara keltiradi.
10-savol:
U biz bilgan ishidan tashqari, 1857-yilda Bordodagi Garonna daryosi ustidan koʻprik qurilishiga boshchilik
qildi. Shuningdek, 1877-yilda Budapeshtdagi Gʻarbiy vokzalning, 1877-yilda Portodagi Mariya Piya
koʻprigining va 1906-yilda Latviyaning Liepaya shahridagi Osmon koʻprigining bosh meʼmori boʻlgan.
Savol: Uning eng mashhur ishini ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Eyfel minorasi
Izoh: Arxitektorning ko‘plab jiddiy ishlari bo‘lsa-da, uni butun dunyoga o‘z nomi bilan atalgan Eyfel
minorasi tanitgan.
11-savol:
Ikkinchi jahon urushi davrida kakao tanqisligi davrida Petro Ferrero kompaniyasi deyarli barcha
mahsulotlariga funduk yong‘og‘ini qoʻsha boshlashgan. Petro Ferrero hozirda mashhur bo‘lgan ushbu
mahsulotini Italiyaning Alba shahrida ishlab chiqargan. Sababi bu shahar oʻzining funduk yetishtirishi bilan
mashhurdir. Savol: Ushbu mahsulot nomini qoʻsh undoshli soʻzda yozib bering.
Javob:Nutella.
Izoh: Kakao tanqisligi odamlar uchun shokolad tanqisligiga olib keldi. Petro Ferrero shokoladga funduk
qo‘shib shokolad tarkibini oshirdi va shu bilan mashhur Nutella brendini yaratdi.
12-savol:
Bu savoldan keyin tanaffus qilamiz. U nomli sport termini soʻzma-soʻz “chuqur ustida toʻxtash” deb tarjima
qilinadi. U boʻyicha jahon rekordi 1.82 sekund boʻlib 2019-yilda Braziliyada qayd etilgan. Mashinalar
multfilmida Guido U boʻyicha mutaxassis edi. Savol: U oʻrnidagi defisli soʻzni yozib bering.
Javob:Pit-stop.
13-savol:
Ushbu o‘yin dastlab 2009-yilda shved dasturchisi tomonidan shaxsiy loyiha sifatida yaratilgan va
o‘yinchilarga bloklardan turli xil konstruktsiyalar qurish imkonini bergan. O‘yinning nomi “shaxta va
qazimoq” so‘zlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. Savol: Bu o‘yin nomini yozib bering.
Javob:Minecraft.
Izoh: 2009-yilda Markus Persson tomonidan shvediyada yaratilgan bu o‘yin o‘zining oddiy, lekin cheksiz
ijodiy imkoniyatlari bilan mashhur bo‘ldi.
14-savol:
Bu taom nomi italyanchadan tarjima qilinganda “ip” degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan olingan. Ko‘pincha
turli xil souslar bilan iste’mol qilinadi, jumladan, bolonyez va karbonara. Ushbu taom Italiya oshxonasining
ajralmas qismi sanaladi. Savol: Qaysi mashhur taom haqida so‘z bormoqda?
Javob:Spagetti.
Izoh: “Spagetti” so‘zi italyan tilidagi “spago” — “ip” degan so‘zdan kelib chiqqan. U cho‘zilgan makaron
turi bo‘lib, dunyo bo‘ylab turli xil usullar bilan tayyorlanadi va juda ommabop.
15-savol:
Juda rivojlangan eshitish qobiliyatiga ega Ular bir-birlariga ismlari bilan murojaat qiladilar. Bu esa ularning
rivojlangan aqlidan darak beradi. Ular Kaspiy va Orol dengizidan boshqa barcha dengiz va okeanlarda
uchrovchi sutemizuvchi hisoblanadi. Savol: Ular nima ?
Javob:Delfin.
Izoh: Delfinlar baliq emas, balki sutemizuvchilardir. Ularning “ism bilan chaqirish” holatlari tadqiqotlar
orqali isbotlangan.
16-savol:
1890-yilda tug‘ilgan U “Jinoyat malikasi” deb atalgan va Meri Vestmakot taxallusi ostida oltita roman
yozgan. Uning nomi bilan atalgan xalqaro mukofot har yili eng yaxshi detektiv romanlar mualliflariga
beriladi. Savol: Uning ism familiyasini yozib bering.
Javob:Agata Kristi.
Yaratilgan sanasi: Sun, 29 Jun 2025 23:13:12 +0500
Page 5
Izoh: Agata Kristi xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro mukofot (Agatha Award) har yili detektiv janrida eng
yaxshi asarlarni mukofotlaydi.
17-savol:
Vizantiya imperiyasining eng omadsiz hukmdorlaridan biri bo‘lgan Yustinian II o‘z shafqatsizligi,
qattiqqo‘lligi, ayanchli taqdiri va mashhur laqabi bilan nom qozongan. Taxtdan qulatilgan qirolga nisbatan
BU ISH qilinadi va o‘zining mashhur laqabini oladi. Savol: Miloddan avvalgi VI asrda o‘z xohishi bilan BU
ISHga rozi bo‘lgan insonni yozib bering.
Javob:Shiroq.
Izoh: Taxtdan tushirilgan imperatorning burni kesib tashlanadi va o‘zining mashhur "Kesiqburun" laqabini
oladi. Shiroq esa yurtini bosqinchilardan asrab qolish uchun o‘z burni va quloqlarini kesishdan ham
chekinmaganligi haqida tarixiy ma'lumotlar mavjud.
18-savol:
Armaniston gerbida aks ettirilgan mashhur tog‘ – Arman xalqining milliy ramzi sanaladi. Biroq bu tog‘ 1921
yildan buyon boshqa davlat hududida joylashgan. Ayrimlar bu tasvirni siyosiy masala deb baholagan, hatto
Turkiya norozilik bildirgan paytlar ham bo‘lgan. Savol: Armaniston gerbida tasvirlangan ushbu tog‘ nomini
yozib bering.
Javob:Ararat.
Izoh: Ararat tog‘i Armaniston tarixiy ramzlaridan biri bo‘lib, hozirda Turkiya hududida joylashgan. U Arman
xalqi uchun muqaddas sanaladi. Chicherinning javobi esa diplomatiyada obrazli fikrlashning yorqin
namunasiga aylangan.
19-savol:
19-asrda Londonda ushbu predmetni uch soat yoki bir kunga ijaraga olishni taklif qiladigan kompaniya
mavjud edi. Maʻlumotlarga koʻra qirolicha Yelizaveta Ikkinchi bu predmetning “qush qafasi” nomli turidan
foydalangan. Savol: Bu predmetni toping ?
Javob:Soyabon.
Izoh: London tez oʻzgaruvchan, yomgʻirli ob-havoga ega. Bunaqa paytda sizga soyabon kerak boʻladi. Qush
qafasi nomli soyabon tuzilishi qafasni eslatib yuboradi.
20-savol:
XV asrning birinchi yarmida oʻzbek tilida yaratilgan bu doston koʻp yillar davomida Mavlono Lutfiy
tomonidan yozilgan deya tahmin qilinar edi. Ammo keyinchalik qilingan tadqiqotlarda doston shoir Haydar
Xorazmiy qalamiga mansub ekanligi aniqlangan. Savol: Bu doston nomini yozib bering.
Javob:Gul va Navroʻz.
21-savol:
Ko‘plab mamlakatlarda bolalarga atalgan ertaklarda xamir mahsulotidan yasalgan qahramon uchraydi.
Masalan, Germaniyada — pirog, Shotlandiyada — jo‘xori noni, AQShda esa — pechenye odamchasi sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu ertaklarda qahramon odatda qochishga harakat qiladi, biroq deyarli har doim bir xil
taqdirga uchraydi. Savol: Ushbu ertaklarni bizda mashhur variantida uning taqdiri qaysi hayvon bilan
tugashini yozib bering.
Javob:Tulki
Izoh: Bog‘irsoq ertagi bizda ham mashhur qahramon bo‘lib, buxankaga o‘xshagan xamir mahsulotidan
tayyorlangan. U bobosi va buvisining qo‘lidan qochib ketadi va yo‘lda turli hayvonlarga duch keladi. Har
safar u qochib qutuladi, lekin oxirida uni ayyor tulki aldab yeb qo‘yadi. Shu kabi syujetlar boshqa
xalqlarning ertaklarida ham uchraydi, bu esa xalq og‘zaki ijodida o‘xshash motivlarning mavjudligini
ko‘rsatadi.
22-savol:
Slavyan xalq ertaklarida ushbu qahramon odatda yovuz sehrgar sifatida tasvirlanadi. Bu qahramon
ko‘pincha quruq, suyakdan iborat, sehrli kuchga ega bo‘lgan qariyalar sifatida tasvirlanadi. Savol: Bu
qahramonni o‘ldirish uchun qanday ishni amalga oshirish kerak?
Javob:Ignani sindirish.
Izoh: O‘lmas Koshshey rus xalq ertaklaridagi sirli va yovuz qahramon. U ko‘p hollarda go‘zal qizni o‘g‘irlab
ketuvchi, sehr-jodu ishlatuvchi shaxs sifatida chiqadi. Uning joni esa igna uchida saqlanadi.
23-savol:
1978-yilda nashr etilgan komiksda Yer sayyorasining haqiqiy chempioni kimligini aniqlash uchun ikki
mashhur qahramon o‘rtasida jang uyushtiriladi. Ulardan biri — boshqa sayyoradan kelgan, super kuchlarga
ega Supermen bo‘lsa Ikkinchisi o‘z davrining sport ramzi, irqiy tenglik uchun kurashgan bokschi. Savol:
Ushbu jangdagi Supermen raqibi kimligini yozib bering.
Javob:Muhammad Ali
Izoh: “Superman vs. Muhammad Ali” komiksi 1978-yilda chop etilgan bo‘lib, unda Yerning haqiqiy
chempioni kimligini aniqlash uchun Supermen va Muhammad Ali o‘zaro jang qiladi. Jang qizil yulduz nuri
ostida — Supermen kuchsizlanadigan sharoitda o‘tadi. Natijada Muhammad Ali halol kurashda g‘alaba
qozonadi. U sportdagi jasorati, fuqarolik kurashidagi qat’iy pozitsiyasi bilan insoniyat tarixida chuqur iz
qoldirgan buyuk shaxsdir.
24-savol:
Bu sport turi yozma manbalarda 1457-yilda ilk bor tilga olingan. O‘sha vaqtda Shotlandiya qiroli bo‘lgan
Yakov II yoshlar bu o‘yinga haddan tashqari berilib, kamondan o‘q otishni o‘rganmayotganidan
xavotirlangan. U shuning uchun bu sportni rasman man etgan va bu holat teskari aks etib yanada keng
tarqailishiga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda esa bu o‘yin tinchlik, nafislik va sabr ramziga aylangan. Savol:
Qaysi sport turiga ilk bor tarixda man etish haqida farmon orqali murojaat qilingan bo‘lishi mumkin?
Javob:Golf.
Izoh: Golf o‘yini tarixda ilk bor 1457-yilda Shotlandiya qiroli Yakov II tomonidan taqiqlovchi farmonda tilga
olingan. Unga ko‘ra, yoshlar bu o‘yinga juda berilib ketganligi sababli, harbiy mahorat, xususan kamondan
o‘q otish mashg‘ulotlariga e’tibor bermay qo‘ygan. Bugungi kunda esa golf butun dunyoda mashhur sport
turlaridan biri sanaladi.