October 26

Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 7-tur De Facto jamoasi savollari 18.10.2025

1224-yildan boshlab Sulton Jaloliddinning xizmatiga kirgan Shahobiddin an-Nasaviyning “Siyrat us-sulton
Jaloliddin Mankburnu” asari haqidagi maqola nomi "Sulton Jaloliddin haqida IKS yozgan IGREK" deb
nomlanadi. IKS va IGREK anagrammalar. Savol: IKS va IGREKni yozib bering.
Javob:Kotib, kitob
Izoh: “Sulton Jaloliddin haqida kotib yozgan kitob” nomli maqolaga ko‘ra, an-Nasaviy xorazmshoh
xizmatiga kiradi va unga kotib bo‘ladi; shuning uchun maqola sarlavhasidagi “kotib” va “kitob”
anagrammalardan foydalanilgan.
2-savol:
Muhammad ibn Sa’d ma’lumotiga ko‘ra, bu “oq sochli inson” 5-asr oxirlarida Yasribda tug‘ilgan,
tug‘ilganida otasi vafot etgan edi. Qariyb sakkiz yildan keyin Yasribga kelgan amakisi bilan birga,
xizmatkorlar qatori ota yurti Makkaga ketishni ixtiyor etadi. Savol: Shu amakining ismini yozib bering.
Javob:Mutallib
Izoh: Shayba ismining ma’nosi “oq sochli”. Shayba ibn Hoshimni amakisi Mutallib ibn Abdu Mannof
Makkaga olib kelganida, bolani tanimagan makkaliklar uni Mutallibning quli deb o‘ylashadi va
“Abdulmutallib” deb chaqirishadi. Shu laqab Shayba ibn Hoshimga o‘rnashib qoladi. Ma’lumki,
Abdulmutallib — Muhammad (s.a.v.)ning bobolaridir.
3-savol:
Savol matnida “BU ISHNI QILISH” so‘zlari bilan bir xil harf bilan boshlanuvchi ikkita so‘z almashtirilgan. BU
ISHNI QILISH italiyaliklar tomonidan kulinar jinoyat deya baholanadi. Bunga sabab, italiyaliklar jamoaviy
ovqatlanishda pichoqdan foydalanmasdan, faqat vilka yordamida tanovvul qilishdan lazzatlanishadi. Savol:
Almashtirilgan so‘zlarni asl holida yozib bering.
Javob:Spagettini sindirish
Izoh: Spagetti tayyorlash jarayonida italiyaliklar uni sindirib qozonga solishni mutlaqo qabul qila olmaydilar.
Agar bu ishni qilsangiz, ular buni “kulinar jinoyat” deb bilishadi. Shuningdek, spagettini tanovvul qilganda
ham uni kesmasdan, uzunligicha vilkaga o‘rab yeyishdan lazzatlanishadi.
4-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Suratdagi stulni Britaniyalik Laila Laurel 2019-yilda
ishlab chiqqan boʻlib, stul "Ming muammosining yechimi" sifaida qaralgan. Savol: Harflari tushirib
qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Menspreding
Izoh: Menspreding - erkaklaning jamoat joylarida oyoqlarini keng yoyib oʻtirishlari. Asosan bundan ayollar
aziyat chekishadi va feministlar menspredingga qarshi faol kurashishadi.
5-savol:
Jadid.uz sayti maʻlumotlariga koʻra, ayni kamolotga yetgan paytida sil kasaliga chalingan bu xorazmlik
Kavkazga davolanishga boradi va u yerda kavkaz xalqlari, ozarbayjonliklar bilan MULOQOTDA boʻlib,
ularning tillarini o‘rganishga qiziqadi. U Xorazmdalik paytida ham rus, ozarbayjon, tatar TILLARIDA
chiqadigan gazetalarni muntazam ravishda kuzatib borgani ma’lum. U yoshlarning ilm-fanga oid
zamonaviy maʻlumotlarni oʻrganishini xohlagan. Savol: Uning kimligini yozib bering?
Javob:Avaz Oʻtar
Izoh: Avaz Oʻtarning xorijiy tillarni oʻrganishga da’vat etuvchi "Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til
vositai ROBITAI olamiyondur." satrlari mashhur. Yaʻni til bilish insonga muhim, til olam bilan ALOQA
oʻrnatuvchi vositadir. Bu jumlalarni yozgan shoir oʻzi ham koʻplab chet tillarini bilgan ekan.
6-savol:
Diqqat savol: 1991-yilda tashkil etilgan, xalqimizning o‘zaro va olam bilan ALOQAlarini yaxshilashga xizmat
qilishi maqsadida tashkil qilingan kompaniyaning akronim nomini yozib bering.
Javob:Uzdunrobita
Izoh: “Uzdunrobita” nomi “O‘zbekiston + Dunyo + Robita” so‘zlarining qisqartmasidan. Mazkur kompaniya
1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda mobil aloqa tarmoqlarining ilk rivojlanishida muhim rol
o‘ynagan. Oldingi savolda eslab o‘tilganidek, “robita” so‘zi arabcha “aloqa” degan ma’noni bildiradi. Shu
bois kompaniya nomidagi so‘z uyg‘unligi uning xalq va dunyo o‘rtasidagi aloqa ramzi sifatida tanlangan.
7-savol:
Yusuke Miyazaki va Atsunobu Murase ismli yapon olimlari baliqlarning yashash joylari oʻzgarib borishi,
ularning bioxilmaxilligini oʻrganish maqsadida bozordagi sotuvchilardan 261 ta GAMMAlarning nusxalarini
olishgan. AQSh muzeylaridan biri tashrif buyuruvchilarga baliq anatomiyasini oʻrgatish uchun GAMMAdan

foydalanishni joriy qilgan. Savol: GAMMAni yaponcha soʻz bilan yozib bering
Javob:Gyotaku
Izoh: Gyotaku - yapon sanaʻati boʻlib, bunda baliqning haqiqiy oʻlchamlarini qogʻozga tushurish uchun
baliqqa boʻyoq suriladi va qogʻozga oʻraladi. Natijada qogʻozda baliqning rasmi paydo boʻladi. Dastlab
baliqchilar tomonidan oʻzi ovlagan baliqning real kattaligini saqlab qoʻyish uchun ishlatilgan. Hozirda sanʻat
darajasiga koʻtarilgan. Yapon oilimlari baliq bozorlaridagi sotuvchilarning gyotakularidan nusxalar olib,
ularni tahlil qilishgan.
Zachot: jioteku, Giotaku
8-savol:
Londondagi Madam Tyusso muzeyida Merilin Monro, Oskar Uayld, Bob Dilan va boshqa mashhur
kishilarning mumdan yasalgan figuralari joylashgan. Piter Bleyk bir ijod namunasi ustida ishlayotgan
paytda muzeyga bir necha bor tashrif buyurgan. Savol: Ushbu ijod namunasi nomida eslanuvchi familiyani
yozib bering
Javob:Pepper
Izoh: Yuqorida sanab o'tilgan odamlarning mum figuralari suratlarini boshqa mashhurlar qatori Beatles
guruhining “Serjant Pepperning yolg‘iz qalblar klubi”("Sergant Pepper's Lonely Hearts Club") albomi
muqovasida topish mumkin. Rassom Piter Bleyk ushbu muqova mualliflaridan biridir. Ushbu albom,
muqovasida 70 ga yaqin mashhur shaxslar tasvirlangani bilan mshhur.
9-savol:
Savol matnida bo‘shliq ikki soʻzni almashtirib keladi. Homiladorlik vaqtida ayollarda tongdagi bo‘shliq
homilani onaning tanasidagi toksinlardan himoya qiladi. Boshqa bir "Bo‘shliq" kundalik yozuvlariga
asoslangan boʻlib, unda Antuanning o‘zining mavjudligidan qo‘rqishi va "bo‘shliq" hissi bayon etilgan.
Savol: "Bo‘shliq" muallifi boʻlgan fransuzni yozib bering.
Javob:Sartr
Izoh: boʼshliq bu - Koʼngil aynishi. Homilador ayollarda bu holat koʼp kuzatiladi. Sartrning mashxur "Koʼngil
aynishi" asari kundalik koʻrinishida yozilgan.
Zachot: Jan Pol Sartr
10-savol:
2016-yildagi Mutant nindzya toshbaqalar haqidagi filmi introsida Ularning o‘rnida syurikenlarni ko‘rish
mumkin edi. Savol: Ular o‘rnidagi dastlabki ikki so‘zi bir xil harfdan boshlanuvchi uch so‘zni yozib bering.
Javob:Paramount Pictures yulduzlari
Izoh: Tarqatma materialda Paramount Pictures kinostudiyasi yulduz aktyor aktrisalari tasvirlangan. Mutant
nindzya toshbaqalar filmida nindzyalarning quroli logotipdagi yulduzlar oʼrnida tasvirlangan edi.
11-savol:

Bir film syujetiga ko'ra, fabrika egasi univermagga yetkazib bergan mahsulotlari uchun vekselda to'lov
qabul qiladi. Biroq univermag bankrot bo'lganini bilgach o'z kreditorlariga qarzlarni qaytara olmasdan qiyin
ahvolda qoladi. Savol: Film nomini alifboda ketma-ket keluvchi uchta harf bilan boshlanuvchi so'zda yozib
bering
Javob:Defolt
Izoh: Defolt - bu qarzdor o'z qarzini yoki foizlarni qaytarishga qurbi yetmay qolish vaziyatidir. Film
syujetidagi shunday holat savolda eslab o'tildi
Zachot: Aniq javob
12-savol:
Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asarida boburiylar vakillari Akbar va uning oʻgʻli Salim haqidagi
munosabatlar aks etgan. Salimning ustozi Farid Akbarni xushlamagani sabab Salimni otasiga qarshi ruhda
tarbiyalaydi. Farid Akbarning yengilmas hukmdor ekanligini taʻkidlar ekan, uni faqat Salim yenga olishiga
ishora qilib XI asrdagi manbadagi ikki qahramonni eslab oʻtadi. Savol: Shu ikki qahramonning alifboda
yonma-yon turuvchi harflar bilan boshlanuvchi ismlarini yozib bering.
Javob:Rustam va Suhrob
Izoh: Farid "Shoxnoma"ni eslab, unda hech kim bas kelolmagan Rustamni oʻzining o‘g‘li Suhrob yenganini
aytib, Salimni ruhlantiradi.
13-savol:
Turkiy mifologiyaga koʻra, suvda yashovchi Yuxo obrazi aslida ilon boʻlib, goʻzal qiz shakliga kiraladi,
turmushga chiqadi va vaqti kelib oʻz erini yutib yuboradi. Goʻzal qiz ko‘rinishida Yuxoning belgisi – unda IKS
yoʻqligida edi. Wikipediada Odam Ato va Momo Havolarni IKSi bor koʻrinishda tasvirlash bahsli ekanligini
aytiladi. Savol: IKSni bir soʻzda yozib bering
Javob:Kindik
Izoh: Kindik sutemizuvchilarga xos. Yuxo asli ilon boʻlgani bois, u qiz koʻrinishiga kirganida ham unda kindik
boʻlmaydi deb ishonishadi. Odam Ato va Momo Havo tugʻilmagan boʻlishgani uchun ularni tasviriy sanʻatda
kindiksiz tasvirlash kerak degan qarashlar mavjud.
14-savol:
Oʻtkir Hoshimovning fizikadan bilimi havas qilarlik darajada boʻlmagan personaji Uni qari ayol bilan
adashtiradi. Bir maqolada Uni elektromagnetizm arxitektori deb atashgan. Savol: Lionda tugʻilgan Uni yozib
bering.
Javob:[Andre-Mari] Amper

Izoh: "Ikki karra ikki besh" asarida rais "Amper qonuni" degan soʻzlarni yaxshi tushunmasdan "Kampir
qonuni" deya ataydi. Andre-Mari Amper 1775-yilda Lionda tugʻilgan
15-savol:
1940-yilda Sadriddin Ayniy tomonidan topilgan qabr egasining yuz qiyofasini 1956-yilda Mixail Gerasimov
tiklagan. Olim byustni yasashga kirishishdan oldin ustuxon chindan ham Unga tegishlimi yo boshqa
odamning skeletimi ekanini aniqlab olgan. Yaʼni, suyak yoshi saksondan oshgan er kishiga tegishlimi, uning
koʻzi koʻr boʻlganmi, islomiy taomil asosida koʻmilganmi kabi oʻndan ortiq maʼlumotni daqiqlik bilan
tekshirgan. Savol: Gerasimov bu savollarga ijobiy javob olgach kimning byustini yasagan?
Javob:[Abu Abdulloh] Rudakiy
Izoh: Rudakiy hozirgi Tojikistonning Panjrudak qishlogʻida tugʻilib, 83 yoshida shu yerda oʻlgan. Baʻzi
manbalarga koʻra u tugʻma koʻr deyilsabaʻzilarida fitnalar sabab uning koʻziga mil tortilgan deyiladi. Ayniy
buyuk shoirining qabrini qidirib topgan.
Zachot: Rudakiy
16-savol: Дуплет
1.
Duplet. Umid qilamizki, ushbu savolda bir bal olishingiz uchun jamoaviy hamjihatlik sizga yordam beradi.
O'qituvchi Nina Jeksonning she'rida darslarni tushunishga qiynalgan bola o'z miyasidagi fikrlar chalkash
ekanligini, nozik gaplar unga tushunarsiz bo'layotganini ta'kidlab "Mening boshim SIGMAga o'xshaydi"
deydi. Savol: SIGMAni italyancha so'z bilan yozib bering.
Javob:Spagetti
2.
"Ot-odam BoJek" animatsion filmida qahramonlar universitet laboratoriyasiga kirib qolishadi va ularga ZET
taklif etgan talaba xonadan chiqib ketadi. ZETni yeganidan afsuslangan qahramonlar uni soxtalashtirishga
harakat qilishadi. Savol: ZETni yozib bering.
Javob:Marshmallow
Izoh: o’quvchi bola miyasida hamma narsa chalkash ekanligini huddi spagettidek chalkashib ketganga
qiyoslaydi. 2-savoldagi epizodda esa Marshmallow testiga ishora mavjud edi. Ko’pincha, jamoviy
hamjihatlikni oshirish uchun spagetti va Marshmallow yordamida eng baland bino qurish vazifasi
topshiriladi. Savol preambulasida shunga ishora bor edi.
Zachot: Zefir
17-savol:

tarqatma

Ko‘rgazmali materialda nomi keltirilgan matematika olimpiadasida Stefani Velasko 2-o‘rinni, Mariya DzibLopes esa 4-o‘rinni egallashgan. Savol: Shu olimpiada nomini to‘liq yozib bering.
Javob:Integirls
Izoh: “Integirls” — bu xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan matematika olimpiadasi bo‘lib, nom “integral” va
“-girls” so‘zlaridan olingan.
18-savol:
Savol matnida BOʻSHLIQ1 va BOʻSHLIQ2 kapitalizatsiya bilan farqlanuvchi soʻzlarni almashtirib keladi.
2020-yilda tatar va chuvashlar ham yashaydigan Ulyanovsk viloyatida topilgan dengiz sudralib yuruvchisi
suyak qoldiqlariga BOʻSHLIQ1 sharafiga nom beriladi. Karim Bahriyev sonetida boshiga toj kiygan
BOʻSHLIQ2lar ochofatligidan shikoyat qiladi. Savol: BOʻSHLIQ1 yoki BOʻSHLIQ2ni yozib bering
Javob:Yuxo
Izoh: Turkiy mifologiyada mavjud boʻlgan Yuxo obrazi haqida oldingi savollardan birida aytib oʻtgan edik.
Koʻchma maʻnoda yuxo soʻzi yebtoʻymas maʻnosida ishlatiladi va yuqoridagi sheʻrda shu maʻnoda
ishlatilgan. Yeb to'ymas yuxolar boshlarida toj, Xalqning ustindadir ko'lanka, abr. Adolat - ichidan chirigan
og'och.
Zachot: Yuha, yuxo, yuha
19-savol:
Jorj Vashington prezidentlik davrida harbiy vazir sifatida tayinlangan Jeyms Mak-Genri unchalik ham oʻz
lavozimiga loyiq emas edi. Oʻsha paytda munosib nomzodlar harbiy vazirlikka rozi boʻlishmaydi va MakGenridan boshqa variant qolmagani uchun Vashington uni tayinaydi. Keyinchalik Vashington MakGenrining tayinlanishi IKS boʻlganini aytgan. IKS haqidagi maqolada Kembridjdagi otxona eslab oʻtilgan.
Savol: IKSni atoqli ot qatnashtirib ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Hobson tanlovi
Izoh: Hobson tanlovi - bu tanlashga munosib bittagina nomzod boʻlib, uning muqobillari hatto nomzod
boʻlishga yaroqsiz boʻladigan holdagi tanlovni bildiradi. Bu ibora insonga goʻyoki tanlash huquqi beriladiyu, lekin aslida nima berishsa shuni oladigan holatni ifodalaydi. Ibora XVI-XVII asrlarda Kembrijdagi otxona
egasi boʻlgan Tomas Hobsonga borib taqadi. U mijozlarga kirishga eng yaqin boʻlma (отдел) dan ot
tanlashni yoki umuman ot sotilmasligini aytib, mijozlarga oʻzi xohlagan otlarnigina sotgan.

20-savol:
Jurnalist Ahmad A’zamning "O‘zlik" ko‘rsatuvi 90-yillarda ancha mashhur bo'lgan. Uning asli Sayramlik
muxlislardan biri Sayramda Amir Temur davriga oid artefakt borligini aytganida jurnalist uni olish uchun
Sayramga boradi. U yerda har bir uy oldida 30-40 metrlik uzun xodalar borligini ko‘rgan jurnalist bu
qurilmalarni yashinqaytargich deb o‘ylaydi. Keyin ularning nima ekanligini bilgach xursand bo‘ladi. Savol:
Bu xodalar nima maqsadda ko‘tarilgan edi?
Javob:Antenna o‘rnatish uchun
Izoh: Sayram aholisi "O‘zbekiston" televideniyesi ko‘rsatuvlarini ko‘rar edi va buning uchun to'lqinga
ulanish uchun juda baland antennalar talab qilingan. "O‘zlik" ko‘rsatuvini ko‘radigan muxlislar orasiga
kelganini bilgan jurnalist ishi yengil bitishiga umid qiladi.
Zachot: "O‘zbekiston" kanalini tomosha qilish uchun, mazmunan sinonimik javoblar.
21-savol:
Savol matnida ikki oʻrinda bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Pirimqul Qodirovning "Avlodlar dovoni"
asarida boburiylar vakili Akbarning o‘z hokimiyatini mustahkamlashga urinishlari tasvirlanadi. Oʻziga
suiqasd qilganlarni dindorlar deb gumon qilib, diniy hokimiyatni ham oʻz qoʻliga olishni oʻylayotgan
Akbarga maslahat berayotgan Abufazl gʻarbdagi voqealardan ham xabari borligini aytarkan, IKSni eslab
oʻtadi. O‘rta asrlarda Injilni lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan Uilyam Tindeyl haqidagi maqolada ham
IKS eslab oʻtilgan Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob:Inkvizitsiya
Izoh: Tindeyl Injilni lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilgani uchun inkvizitsiya uni bidʼatchilikda ayblab qatl
etilgan. Abufazl port-shaharda yashagan va u yerdagi yevropaliklar bilan muloqot qilib, ulardagi diniy
hokimiyat haqida ham bilib olgan edi.
22-savol:
Savol matnida bir soʻzdan ikkita harf tushirib qoldirilgan. Amerikalik shaxmatchi Sem Loyd boshqotirmalar
ixlosmandi boʻlgani bilan ham mashhur. 1907-1910 yillarda oʻz boshqotirmalari bosiladigan “Bizning
pazllarimiz” jurnalini chiqargan, keyinchalik tanga oʻyiniga bagʻishlangan kitob chop ettirgan. Savol:
Harflari tushgan soʻzni asl holida yozib bering
Javob:Tangram
Izoh: Tangram yettita shakldan iborat boshqotirma boʻlib, ulardan turli shakllarni yasash talab etiladi.
Shaxmatchi yoshligidan bu boshqotirma ixlosmandi boʻlgan.
23-savol:
Sobiq ittifoq davrida qurilgan “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari yaqinda Moddiy madaniy
merosning koʻchmas mulk obektlari milliy roʻyxatidan chiqarilganidan keyin uning buzib tashlanishi haqda
gap-soʻzlar tarqaldi. Bu haqida gapirgan Boris Chuxovich bino buziladigan yoki butunlay qayta quriladigan
boʻlsa, poytaxt markazi qiyofasida yana bir IKS paydo boʻlishi, uning oʻrniga tushadigan oltinrang qoplama
ham vaziyatni oʻnglay olmasligini aytadi. Rus hokkeychisi Ovechkin haqidagi maqolada ham IKS eslab
oʻtilgan. Savol: IKSni alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Siniq tish
Izoh: Ranggi oppoq boʻlgan binoni sogʻlom tish deydigan boʻlsak, uni buzib oʻrniga tilla tish qoʻyish kerak
emas, chunki bino siniq tish emas degan maʻnoda gapirgan mutaxassis. Ovechkin haqidagi maqolada esa
uning murabbiyi “Agar siz siniq tish bilan oʻynay olmasangiz yaxshisi boshqa sport turini tanlaganingiz
maʻqul” degan edi.
24-savol:
Abdulla Qodiriyning nevarasi Sherkon Qodiriy bobosining muxlislari bilan uchrashuvga borganida ulardan
“Bilsangiz, Otabek Yusufbek hoji bilan janjallashib Usta Alimning uyiga keladi. Oʻsha Usta Alimning
xotinining ismi nima?” deb soʻrar ekan. Bu savolni berishdan maqsadni izohlar ekan Sherkon Qodiriy IKS va
IGREKni tilga oladi. Savol: Dastlabki ikkita harflari bir xil boʻlgan IKS va IGREKni yozib bering.
Javob:Kitob va Kino
Izoh: Muxlislar "Oʻtgan kunlarning" kitobini oʻqishganmi yoki kinosidan voqealar rivojini bilishadimi degan
mazmunda shu savolni berib bilib olish mumkin. Chunki Usta Alimning xotining ismi “Saodat” ekanligi
kinoda aytilmagan. Muxlislardan soʻralgan "Oʻtgan kunlarni oʻqiganmisizlar?" savolidan keyin shu savol
berilgan ekan
25-savol:

Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Rim imperiyasi hududidan miloddan avvalgi I asrga
oid idishlar topilgan boʻlib, Ularning ichki tomonida “Katon” yoki “Katalina” kabi ismlarni oʻqish mumkin. Bu
idishlarda ovdan oldin koʻchalarda ovqatlar tekin tarqatilgan. Savol: Bunday ovqat tarqatishlardan maqsad
nima boʻlgan?
Javob:Saylovlarda koʻproq ovoz yigʻish
Izoh: Odatda ovqat tarqatishlar saylovlardan oldin boʻlgan. Ovqat tarqatilgan idishning ichida ovqatni
yegan odam kimgadir ovoz berishi haqidagi chaqiruv boʻlgan. Masalan, idish ovqat yeb boʻlgach uning
ichidgi “Katalinaga ovoz bering” yozuvini oʻqish mumkin edi. Katon va Katalina mos ravishda m.avv.3- va
66-yillarda konsullikka saylovlarda ishtirok etishgan.

Zachot: Saylov soʻzi qatnashgan sinonimik javoblar
26-savol:
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan. Bir film syujetiga koʻra bir guruh gʻavvoslar bolalarni
suv bosgan gʻordan qutqarishlari kerak. Suv ostida uzoq masofaga borish bolalarda vahima qoʻzgʻatishi
sababli, yordamga TEOLOGni ham chaqirishadi. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib
bering
Javob:Anesteziolog
Izoh: Bolalarda ortiqcha xavotir boʻlmasligi uchun ularni xushsiz holga keltirish maqsadida anesteziologlar
chaqirilgan edi
27-savol:
Inglizzabon saytda berilgan ushbu xazilomus suratdagi yozuvda bir olim familiyasidan bir harf tushirib
qoldirilgan. Savol: Shu familiyani yozib bering.
Javob:Puasson
Izoh: Puasson familiyasi ingliz tilida yozilishida bitta "S" bilan yozilsa "poison" [poyzn] so'zi zahar ma'nosini
beradi. Suratda statistikada keng qo‘llaniluvchi Puasson taqsimotining egri chizig‘i tasvirlanadi va u
"Puasson taqsimotining zahari" deb nomalanadi
Zachot: Poisson
28-savol:
19-asrda Amerikadagi oltin vasvasasi xabarlaridan so‘ng Osiyodagi bu davlatning ko‘plab fuqarolari
Amerikaga muhojir sifatida yo‘l olishadi. Ammo masofaning uzoqligi tufayli yetib kelishganida ko‘plab
konlar egallab bo‘lingan edi. Muhojirlar faqat boshqalarning yerlarida yoki og‘ir mehnat sharoitlarida
ishlashga majbur bo‘lishgan. Savol: Ular qaysi davlat fuqarolari bo‘lishgan.
Javob:Xitoy
Izoh: Xitoylik muhojirlarning Amerikada muvaffaqiyatga erishish imkoniyati juda past bo'lgan.
Versiyalardan biriga ko'ra "Xitoylik imkoniyati" idiomasi shundan kelib chiqqan. Bu idioma odamning
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati kam yoki umuman yo'qligini bildiradi.
29-savol: Дуплет
1.
Qadimgi yunon tilidan “ikki tomondan koʻtariladgan” ma’nosini beruvchi amfora so‘zi, yuqori qismi
kengaytirilgan va pastki qismi toraygan, tor boʻyinli katta idishni ifodalaydi. Savol: Bu so‘zning
kichraytirilgan formasini yozib bering.
Javob:Ampula
Izoh: Hozirda tibbiy vositalarni saqlash uchun ishlatiluvchi shisha idishni amforaning kichraytirilgan shakli
deyish mumkin.
2.
Qadimgi yunon teatrlari sahna asarlari tragediya va komediyalarga bo‘lingach, aktyorlar ham asosiy
rollarini yoki tragediyada yoki komediyada o‘ynovchilarga bo‘linishadi. Bu aktyorlarning ALFAlari paydo
bo'lishining ilk ko'rinishi edi. Savol: ALFAni yozib bering.
Javob:Amplua
Izoh: Amplua - aktyorning barcha xarakteristikalariga mos keluvchi rol hisoblanadi.
Zachot: Ampulla
30-savol:
Bir videomaterialda 1917-yilda Rossiya imperiyasida aholining oʻrta yoshi 20 yosh, 1789-1794 yillarda
Fransiyada aholining oʻrta yoshi 26 yosh, 1978-1979-yillarda Eronda aholining oʻrta yoshi 20 yosh boʻlgani
keltiriladi. Bundan so‘ng bir qoʻshiqdan iqtibos keltiriladi. Savol: O‘tgan asr oxirgi choragida Olmaotada
yozilgan shu qoʻshiqning muallifini yozib bering
Javob:Kino guruhi
Izoh: Koʻrsatilgan yillarda shu davlatlrda inqilob va notinchlik boʻlgan. Aholisi asosan yoshlardan tashkil
topgan davlatlarda urush boʻlganini izohlarkan muallif Kino guruhining "Quyosh nomli yulduz" qoʻshigʻidagi
"Война - дело молодых, лекарство против морщин" (Urush - yoshlarning ishi, dorilar ajinlarga qarshi)
satrlarini eslatib oʻtadi. Keyinchalik bu qoʻshiq rejissyor Rashid Nugmanovning voqealari Qozog’istonda
bo‘lib o‘tadigan "Igna" filmida yangragan.
Zachot: Viktor Tsoy
31-savol:

2025-yilning iyul oyi oxirgi dekadasida dam olish kunida Armaniston ichki ishlar xodimlarining avtomobil
yoʻllari, jamoat joylari va Sevan koʻli atrofida kuchaytirilgan tartibda navbatchilik qilishni rejalashtirishiga
IKS sabab edi. Baʼzi taxminlarga koʻra IKSning paydo boʻlishi Nuh paygʻambar va to‘fon voqeasi bilan ham
bogʻlanadi. Savol: IKSni unlilari bir xil soʻzda yozib bering
Javob:Vardavar
Izoh: Arman xalqining qadimiy yozgi bayrami boʻlib, asosan suv sepish marosimi bilan mashhur. Qadimdan
bu marosim yomgʻir, hosil va toza suv moʻl boʻlishini tilash bilan bogʻlangan. Baʼzi taxminlarga koʻra
bayram paydo boʻlishi toʻfon rivoyatiga bogʻliq.
32-savol:
XIX asrning 1-yarmi Britaniyada sanoat inqilobi avj olgan davr edi. Teyt muzeyi Uilyamning asarini
oʼrgangach bu asar yangi davrning ruhini tabiat va texnologiya toʼqnashuvi orqali koʼrsatganini aytib
oʼtadi. Savol. 1844-yilda yaratilgan qaysi asarni?
Javob:Yomgʼir, bugʼ va tezlik
Izoh: Kartinada yomgʼir, bugʼ, tezlik tabiat va texnologiya uygʼunlashuvini aks ettirgan.
Zachot: «Дождь, пар и скорость», “Rain, Steam and Speed”
33-savol:
1923-yilni Sharqiy Kanadada “Tekin mol goʻshti yili” boʻlgan. Bunga sabab provintsiyadagi BU islohot edi.
Tarqatma materialda 1967-yilda BU ISLOHOT sabab tarqatilgan qoʻlqoplarni koʻrib turibsiz. Savol: Qanday
islohot?
Javob:Oʻng qoʻl avtomobil qoidasiga oʻtish
Izoh: 1923-yilda ishchi hoʻkizlar ham Sharqiy Kanada koʻchalarida yurar edi. Garchi insonlar endi oʻngdan
yurishni odat qilgan boʻlsihsa ham, hoʻkizlarni bunga oʻrgatish qiyin kechadi. Natijada yoʻllarda mollar bilan
bogʻliq avariyalar soni keskin oshadi va bozorda mol goʻshti miqdori talabdan keskin oshib ketadi. Bu esa
mol goʻshti deyarli tekin boʻlib qolishiga olib keladi. 1968-yilda Shvetsiya oʻng qoʻl qoidasiga oʻtgan kuni
haydovchilar chapdan emas oʻngdan yurishlarini unutib qoʻymasliklari uchun chapi qizil, oʻngi yashil
qoʻlqoplar tekin tarqatilgan. Haydovchilar yashil va qizil bilan tushuntirish oson boʻlgan boʻlsa kerak)
Zachot: Aynan oʻng qoʻl qoidasiga oʻtishni bildiruvchi sinonimik javoblar

34-savol:
Savol matnida almashtirish bor. 2003-2020 yillarda ishlangan “Aka-uka Venturalar” multserialida Billi
obrazi mavjud boʻlib, u odamlarning kasalliklarini aniqlash bilan ham shugʻullanadi, bir nechta
personajlarni muvaffaqiyatli operatsiya qilgan. Qizigʻi Billi oʻzining tibbiyot boʻyicha bilimlarini Frederik
Littldan oʻrgangan. Savol: Almashtirilganni asl holida yozib bering.
Javob:Doktor Haus
Izoh: Billi "Doktor Haus" seriali orqali tibbiy bilimlarini oshirgan. Savoldan Hyu Lorining bir roli boshqa roli
bilan almashtirilgan. Bilamizki, Hyu Lori "Styuart Littl" filmida oila boshi Frederik Littl obrazini
gavdalantirgan.
35-savol:
Savolda almashtirishlar bor. Abdulla Qodiriy qahramoni bo‘lgan, o‘z shogirdlaridan doim nimadir olib
turishga o‘rgangan domla har payshanba kelib turadigan pullardan tashqari NURIKOFga quymoq, ISYONga
yupqa ta’ma qilgan. Savol: Almashtirilgan so‘zlari asl holida yozib bering.
Javob:Kofirun, Yosin
Izoh: Ta'magir bo'lgan Solih Maxdum shogirdlari o'rganib topshirgan suralar uchun ularga nimadir
opkelishlarini shama qilib turgan. Qodiriy buni "Qulyog'a quymoq, Ammaga bo'g'irsoq, Yosinga yupqa"
degan gaplar bo'lardi deb yozadi. Savol matnidagi "Nurikof" so'zi "Kofirun"ga, "Isyon" so'zi esa "Yosin"ga
anagramma edi.
Zachot: Kafirun, Qulyo va Yasin
36-savol:
Savol matnida bir soʻzga harflar qoʻshib qoʻyilgan. Rus kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Yangi yil
romansi” filmida raqqosa qiz qattiq betob boʻlib qoladi va umidsizlikka tushib derazaga tikilib yotishni odat
qiladi. Atrofidagi hamma uning tuzalishi uchun harakat qiladi va qiz bir muddat oʻtgach tuzaladi. Film
haqidagi maqolada SHUNDAY bandargohga ham havola mavjud. Savol: Qanday SHUNDAY?
Javob:Soʻnggi
Izoh: Betob qiz daraxtning soʻnggi bargi toʻkilmaguncha oʻlmasligini aytib, unga tikilib yotadi. Syujet
O.Genrining “Soʻnggi barg” hikoyasiga asoslangan.
Zachot: Oxirgi

https://t.me/Zakovat_Savollarii