October 18

Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 6-tur Tesla jamoasi savollari 11.10.2025

1-savol:
Qarshingizda hozirda faoliyatini to‘xtatgan "OFO" deb nomlamgan xitoy kompaniyasi nomi
turibdi. Kompaniya asosan Ularni ijaraga berish bilan shug‘ullangan. Qaysi personaj UNI olgach
"zararli" bo‘lishni to‘xtatgan.
Javob:Pochtachi Pechkin.
Izoh: Kompaniya nomi xuddi velosiped haydab ketayotgan odam shakliga mos tanlangan. Shu sabab
ular Velosiped ijarasi bilan shug‘ullangan. Prostokvashina multfilmida Pochtachi Pechkin
aslida "Avval nega "zararli" bo‘lganiga velosipedi bo‘lmagani bilan izohlaydi".
2-savol:
Mashxur ertaklarga parodiya qilib yozilgan Roald Dal hikoyalaridan birida hamma pullarini ot
poygasiga tikib yutqazayotgan gnomlarga yordam berish uchun Oppog‘oy UNI o‘g‘rilab ketadi. Uni ikki
so‘zda yozib bering.
Javob:Sehrli ko‘zgu
Izoh: Sehrli ko‘zgudan bugun ot poygasida kim g‘olib bo‘ladi degan savolni berib boyib ketishadi
3-savol:
Davom etamiz! Mashxur ertaklarga parodiya qilib yozilgan Roald Dal hikoyalarida krossoverlardan
ham foydalangan. Hikoyalardan birida bo‘ri ikta cho‘chqachani paqqos tushurgach, g‘ishtdan qurilgan
uyni portlatmoqchi bo‘ladi, ammo uchinchi cho‘chqacha UNI qo‘ng‘iroq qilib yordamga chaqiradi. U esa
kelib bo‘rini o‘ldiradi. U bilan almashgan bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javob:Qizil qalpoqcha.
Izoh: Avval bo‘rilarni yengish bo‘yicha tajribasi bo‘lgan personajni chaqiradi.
4-savol:
Xaruka Murakamining "Norveg o‘rmoni" asari, Uinston Grum asaridan 1-yildan so‘ng yozilgan. Asar
qaxramoni o‘zining hayoti ba’zan yorqin ba’zan yomon voqealarga boy ekani haqida gapirib, o‘z
hayotini UNGA o‘xshatadi. Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Shokolad qutisi.
Izoh: Murakami asarda juda ko‘p xorijiy asarlardan ilhomlangan. Xatto asar nomi ham Bitls
guruhi qo‘shig‘i nomidan olingan. Uinston Grum, Forrest Gamp asari muallifi. Forrest so‘zi ham
o‘rmon ekani balki tasodifdir.
5-savol: Duplet

Rassom Elnur Egamovning samarqanddagi mashxur qo‘ziqorin binoning buzilishiga bag‘ishlab
ishlangan asarining bir qismini ko‘rib turibsiz. Asar nomi U. Muallif kartina chizishda 2009
yilgi manba’dan ilhomlangan. Asar nomi yoki usha manba nomini yozib bering.
Javob:Yuqoriga.
2.
Savolda bo‘shliq boshqa so‘zni almashtirib keladi. Jan Leon Jeromning "Barmoqlar bo‘shliq"
kartinasi qadimgi rimni tasvirlaydi. Bu kartinani Arizonada, Feniksdagi muzeyda ko‘rib
qolgan Ridli Skot keyinchalik o‘z asari ilhom manbaiga aylantiradi. Bo‘shliq o‘rnidagi so‘zni
toping.
Javob:Pastga.
Izoh: Birinchi savolda Kartina shu nomli multfilmdan ilhomlanilgan. Ikkinchi savolda,
Keyinchalik rejisser Feniksda ko‘rgan bu kartinasi orqali Gladiator filmini yaratadi va
Xoakin Feniksni ham taklif qiladi.
6-savol:
Bu savol tuzilishi vaqtida, navbatchilik Metaverse bilan almashinishi rejada yo‘q edi! Yaqinda
Mogilevda Aleksandr Galmak o‘z kasbi davomida yig‘gan Ularning ko‘rgazmali muzeyini ochdi.
Noodatiy ular ichida, teskarisi ilingan futbolka va tibbiyot niqobini, oyoq kiyim patagi, bo‘sh
baklajkalarni ko‘rish mumkin. Nimalar ko‘rgazmasi bo‘ldi?
Javob:Shpargalka
Izoh: O‘qituvchi 15-yil davomida o‘zi ushlagan shpargalkalar ko‘rgazmasini qildi. Bu savol
o‘qituvchilar bayramidan bir oz keyin o‘qilishi kerak edi. Kech bo‘lsa ham o‘tgan bayramingiz bilan
barcha o‘qituvchilarni tabriklaymiz!
7-savol:
Nagesh Surve yoshligida BU ISHNI ko‘p qilaverganida buvisi uni "Bu ishni qilma, ilon chiqib
keladi" deb urishib berishini eslaydi. Hayotta hamma narsa bo‘ladi, u bu ishni to‘xtatmagani sabab
hozir Hindistonda eng mashxur shu ishni qiluvchi odamga aylangan. Savol qaysi ish?
Javob:Xushtak chalish.
Izoh: Nagesh Surve 1600 dan oshiq hind filmi uchun xushtak chalib bergan. Hayotta hamma narsa
bo‘ladi filmi uchun ham)
8-savol:
Kadr ortida ko‘rsatuviga bergan intervyusida bu inson o‘z ijodini boshlashga Stanislav
Govoruxin va Leonid Volodorskiylar turtki bo‘lganini aytadi. Andijon tillar pedogogika
institutini tamomlagan bu inson kimligini toping.
Javob:Murod Abdulla.
Izoh: Asosan hind kinolarni bir ovozli dublyaji bilan mashxur Murod Abdulla xuddi shu uslubda
ishlagan odamlardan ilhomlangan.
9-savol:
Bir serial qaxramoni elektr jixozlariga kasali borligi sabab uyida xatto chiroq ham yoqmay
shamlardan foydalanadi. Qaxramondan habar olib turadigan ukasi doim ozuqa maxsulotlari
bilan birga uni ham olib keladi. U o‘rnidagi qisa so‘zni yozib bering.
Javob:Muz.
Izoh: Personaj uyida elektr jixozlari ishlamagani sabab muzlatgich ham yo‘q. Maxsulotlarni
saqlab turish uchun doim muz ham ko‘tarib keladi. Savol raqami 9 ekani balki sizga yordam
bergandir.

10-savol:
Diqqat savola bir xorijiy ism qofiyadosh boshqa xorijiy ism bilan almashgan. Yaqinda "Shamsqamar" teatr-studiyasida "Jaydari Kventin" nomli spektakl ishlandi. Spektakl Amerika hayoti,
turmush-tarzi, romandagi voqealarni sahnaga olib chiqmay, balki O‘zbek yigiti, qishloqdan
shaharga yozuvchi bo‘laman deb kelib, amallab o‘qishga kirib, shartnoma pulini to‘lash uchun to‘rt
yildan beri g‘isht quyib kelayotgani haqida hikoya qiladi. Savolda almashgan ismni yozib bering.
Javob:Martin.
Izoh: Spektakl Martin Iden asaridan ilhomlanib yaratilgan. Savolda bir mashxur rejissyor ismi
qofiyadosh boshqa rejissyorniki bilan almashtirildi.
11-savol:
Diqqat savolda bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Bir filmda Nikohlovchi agentlikda
ishlaydigan personajga mijozi avvalgi uchrashuvga chiqqan qizlarida yoqadigan taraflari bor
lekin umumiy qaraganda yoqmagani. Aslida usha hammasida yoqadigan taraflari bir odamda
bo‘lishini xohlashini aytadi. Personaj hazil qilib buni yo‘li oson ekani va o‘zini ANTEYga
qiyoslaydi. Harflari tushib qolgan so‘zni asl holda yozib bering?
Javob:Frankenshteyn
Izoh: Personaj o‘zini Doktor Frankenshteynga qiyoslaydi va hammasidan yaxshi hislatlarini yig‘ib
bitta odam yasab berishiga ishora qiladi.
12-savol:
Diqqat savolda Shunday so‘zi bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zni. Iks esa boshqa bir so‘zni
almashtirib keladi. "Do‘st" deb nomlangan bir video rolikda qaxramon, ozib ketib SHUNDAY bo‘lib
qolgan do‘sti uchun qishloqdan IKS olib kelganini aytadi. IKS so‘zi tojikcha "quyqa", "cho‘kindi"
ma’nosini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan. IKS ni toping.
Javob:Durda.
Izoh: Video rolikda ozib bir burda bo‘lib qolgan dostiga qaxramon Durda olib kelganini aytadi.
13-savol:
Savolda IKS ikki so‘zni almashtirib keladi Kety Perry o‘zining Roar qo‘shig‘i klipi davomida
yovvoyi tabiatni bo‘ysindirgan qiz sifatida namoyon bo‘ladi. Kadrlardan birida u cho‘milyotgani va
IKSdan dush leykasi vazifasida foydalanayotganini ko‘rish mumkin. IKS ko‘p funksiyali, muskul
to‘qimalari mo‘jizasi sifatida ta’riflanadi. Savol: IKS o‘rnidagi ikki so‘zni toping.
Javob:Fil xartumi
14-savol:

Kety Perry o‘zining Roar qo‘shig‘i klipi davomida yovvoyi tabiatni bo‘ysindirgan qiz sifatida
namoyon bo‘ladi. Kadrlardan birida u suv o‘rtasida BU ISHNI QILMOQDA. Gerodot Nil daryosida
simbiotik tarzda BU ISHNI QILYOTGAN mayda qushlar haqida yozib qoldirgan. Savol: BU ISHNI
QILISH o‘rnidagi bir xil harfdan boshlanuvchi uch so‘zni toping.
Javob:Timsoh tishlarini tozalash
Izoh: Simbiotik — bu tabiatda ikki yoki bir nechta organizmning bir-biriga foyda keltiradigan
hamkorlikda yashashi degani.
15-savol:
Abdurahmon Sa’diy BU ISH uchun istisqo namozini o‘qishdan oldin doim masjid tomiga chiqarkan.
Amerikaning ba’zi qadimiy tub joy xalqlarida BU ISH uchun bo‘yinlariga marjon, durlar taqib
raqsga tushgani keltiriladi. BU ISHNI ayting.
Javob:YOM’GIR CHAQIRISH
Izoh: Istisqo namozi yomg‘ir, suv chaqirish maqsadida o‘qiladi, Sa’diy bu namozni o‘qishdan oldin
tomga chiqib tarnovlarni tog‘irlar ekan.
16-savol:
Abdulla Oripovning Vaqt she’ridan parcha: "...Vaqt go‘yoki TAXLIKA undan Ikki emas, bir o‘tiladi.
Seni eslab unutmay yurgan Odamlar ham unutiladi." Shaytanat asarida Chuvrindi Haydar bilan
dialogda, minglab ko‘zlar ularning yiqilishini kutishini aytar ekan, o‘zlarini doim TAXLIKADA
ekanini aytadi. Savol: Savol matni va she’rda almashgan so‘z o‘rnidagi qo‘shmaso‘zni toping.
Javob: Qilko‘prik
Izoh: Shoir ta’riflaganidek Vaqt ham bir marta beriladi, Qilko‘prikdan o‘tish imkoni bir marta
bo‘lgani kabi.
17-savol:
"Ushbu savol apellyatsiya hay'ati tomonidan bekor qilingan" Diqqat savolda bir so‘zdan harflar tushib
qolgan. Podkastlardan birida boshlovchi o‘ziga nisbatan kommentariyada qilingan heytni eng
yuqoriga pin qilib qo‘yganini va yozilgan heytning o‘zi heytlarga uchraganini aytar ekan, mehmon
heyterni "ado qilibsiz" deydi. Yerga to‘g‘ri yiqilish ado qilish sa’natida eng muhim
ko‘nikmalardan hisoblanadi. Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni asl holatida toping.
Javob:Aikidio
Izoh: Aikido san’atida hujum qilmaslik va raqib kuchini o‘ziga qarshi ishlatish asosiy
me’zonlardan biri hisoblanadi.
18-savol:
[Tarqatma material] X hujumi shaxmatdagi maxsus taktika bo‘lib, unda bir figura boshqa bir

figura boshqa bir
figuraning ortidan ma’lum bir katakni kuzatib, nazoratda ushlaydi. Savol: savol matnida
yetmishyotgan bir belgi va bir necha harflarni xoh ingliz, xoh o‘zbek tilida yozib bering.
Javob:- ray
Izoh: Shaxmatdagi bu taktik hujum "rentgen" kabi — to‘siq orqasini "ko‘radi" va hujumni tayyorlab
turadi. Suratda Ray Charles o‘z shaxmat doskasi bilan tasvirlangan.
Zachot: - nurlar
19-savol:
Savolda bir so‘z ikki so‘zni almashtirib keladi Maqolalardan birida, Pompey fojiasi
qurbonlarining, aniq tasvirlar bilan topilgan qoldiqlari, ularning to‘g‘ri ma’noda
g‘azablanganini ko‘rsatishi aytiladi. Bunga sabab, o‘ta qizib ketgan gaz va issiq kul. Savol:
Almashgan bir so‘z o‘rnidagi ikki so‘zni toping.
Javob:Qoni qaynagan
Izoh: G‘azablangan va qoni qaynagan o‘zaro sinonim hisoblanadi.
20-savol:
Telefoningizdan taxminan 333 ta qo‘shiq yoki 1000 ta suratni o‘chirsangiz BU ISH SODIR BO‘LADI.
Inglizcha hazilga ko‘ra Yevropada BU ISH nechanchi yili sodir bo‘ldi?
Page 7
Javob:2020-yil
Izoh: Izoh: Ingliz tilida Buyuk Britaniya ya’ni Grit Britn (Great Breatn) qisqartirilib JiBi (GB)
tarzida yoziladi xuddi Gigabayt qisqartmasi kabi. Breksit 2020-yil 31-yanvarda rasman qayd
etilgan.
21-savol:
DIQQAT SAVOLDA BIR SO‘Z IKKI SO‘ZNI ALMASHTIRIB KELADI Dunyodagi eng katta monumentlardan
biri ramziy ma’noda Paypestonda joylashgan. Momumentda qush patlari ham mavjud bo‘lib,
TITRning bir qismida Rona Jonston tomonidan tub xalqlarni sharaflovchi she’riy satrlar ham
keltirilgan. Savol: Almashtirilgan bir so‘z o‘rnidagi ikki so‘zni toping.
Javob:Tinchlik Trubkasi
Izoh: Paypeston (Pipestone) joy nomi inglizcha Payp ya’ni trubka so‘zidan kelib chiqqan.
22-savol:
Qozogistonda joylashgan iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitishga ixtisoslashgan prodyuserlik markazi
nomi, 1963-yilda Tennessida tugilgan odam familiyasidan 1 harfga farq qiladi. Savol: Markaz
nomini yozib bering.
Javob:Talantino.
Izoh: Iqtidorli ya’ni talanti bor bolalar bilan shug‘ullanishiga ishora.
23-savol:
Norveg o‘rmoni personaji, shahar tashqarisida sanatoriyada og‘ir hastalikdan davolanayotgan
tanishini ko‘rgani borganda ilk nashri 1924-yilda bo‘lgan bir kitobni ko‘tarib borgani sabab
boshqa persanajdan tanqid qilinadi. Kimning asarini olib borgan edi?
Javob:Tomas Mann
Izoh: Sehirli tog‘ asari ham tog‘da sanatoriyada hastalikdan davolanayotgan odam haqida bo‘ladi.

24-savol:
Organizm bo‘shliqlari, to‘qimalari, xususan, teri osti yog‘ qavatida suv, suyuqlik to‘planishi
kasalligi U deb ataladi. U arabcha "saqaa" ya’ni sug‘ormoq so‘zi asosida vujudga kelgan. Savol: U
o‘rnidagi bir so‘zni toping.
Javob:Istisqo
Izoh: Istisqo — bu tanada, asosan qorin bo‘shlig‘ida, haddan ziyod suyuqlik to‘planishi bilan
kechadigan kasallik. 15-savolda ham Istisqo haqida qisman ma’lumotga ega bo‘lgandingiz.
25-savol:
Sizga tarqatma berildi. Istasangiz o‘z qatoringizdagi boshqa jamoalarga uzatib yuborsangiz
bo‘ladi. [Tarqatma] Unga bag‘ishlangan minimalistik posterda filmning inglizcha nomi
artikldan so‘ng harflar vertikal tarzda joylashtirilgan bo‘lib, eng tagida likopcha suratini
ko‘rish mumkin. Qaysi film?
Javob:Platforma.
Izoh: Hamma tarqatmalar eng birinchi jamoaga berilgani va tarqatish yoki o‘zida olib qolishi bu
film g‘oyasiga mos ravishda bo‘lgani topishga yordam berishi kerak edi. Tarqatma ekranda ham
berildi va jamoalarga qog‘ozda tarqatilgan narsa hech kimga savolni topishda ustunlik bermadi
deb o‘ylaymiz.
26-savol:
Diqqat savolda U boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi. Yaqinda Gabriel Uoll, 2 bolaning onasi,
Ularning ustidan oyoq yalang 100 metrga yugurish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi. Gabrielning
aytishicha aynan bolalari sabab bunga chiniqib ketgan ekan. U o‘rnidagi so‘zlarni, 4 harfdan
yasalgan so‘z qatnashtirib yozib bering.
Javob:Lego g‘ishtlari.
Izoh: Lego g‘ishtlari oyoqqa qanday botishini yaxshi bilsangiz kerak. Savol formasidagi yasash so‘zi
ham sizni to‘g‘ri javobga yetaklagan bo‘lsa xursandmiz
27-savol:
Qarshingizda chap tarafda yumoloq yuzli mult personajni yoki o‘ng tarafdagi o‘tkir qirrali
personajni ismidan istalgan birini yozib bering.
Javob:Buba
Izoh: Buba-Kiki effekti — bu odamlarning ma’lum tovushlarni ma’lum shakllar bilan tabiiy
ravishda bog‘lashga moyilligini ko‘rsatadigan psixologik fenomen. Ulardan qaysi shakl "buba",
qaysi biri "kiki" deb atalishini so‘rashgan. Ko‘pchilik: • Yumaloq shaklni — "buba", • Burchakli
shaklni — "kiki" deb atagan.
Zachot: Kiki
28-savol:
Formula 1 filmida texnik tomondan mashinasi boshqalardan tezlikda ortta qoladigan
qaxramon. Barcha umidni shinadan kutadi. DIqqat savol qaysi so‘zdan harflar tushib qoldi?
Javob:Shikana
Izoh: Shikana bu yo‘ldagi s shakliga o‘xshash burilishlar. Aynan shu burilishlarda o‘tib olishni reja
qiladi.
29-savol:
Diqqat savolda bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Germaniyaning Moritsburg qasri zinalaridan
chiqaverishda noodatiy monument bo‘lib, hamma uni oldida to‘xtab oyoq kiyimini yechadi. Bunga
sabab o‘zlarini U dek his qilib ko‘rgilari kelishi. Diqqat harflari tushib qolgan so‘zni asl holda
yozib bering.
Javob:Zolushka.
Izoh: 1973-yildagi Vatslav Vorlichekning "Zolushka uchun uch yong‘oq" filmi ball sahnasi aynan shu
qasrda suratga olingan. Hozirda u yerda zolushka tuflisi uchun monument qo‘yilgan bo‘lib, odamla
kiyib ko‘rib suratga tushishadi.
Zachot: Kuloyim.
30-savol:

Bir videoda aytilishicha Rasing futbol klubi murabiyi Gustavo Kostas Independente jamoasini
yomon ko‘radi va shu sababdan pomidor va qalampir ham iste’mol qilmaydi. Gustavo yaqinda bir
vaqtlar qizil iblislar sharafini himoya qilgan kimga o‘z familyasi bilan maydonga tushishni
taqiqlagan?
Javob:Markos Roxo
Izoh: Independente jamoasining asosiy forma rangi qizil. Gustavo esa qizil rangni yomon
ko‘radi. Roxo familyasi esa ispanchadan qizil deb tarjima qilinadi.
31-savol:
Ustoz bo‘lganida bu savol yanada yaxshiroq bo‘lgan bo‘lar edi. Qur’oni karimda qo‘llaniladigan
asosiy ULAR 7 ta. ULARni Qur’on tilovatida qo‘llash jarayonida oyatlarning ma’nosiga ahamiyat
qaratish juda muhim. U arab tilidan joy, makon, o‘rin deb tarjima qilinadi. Savol: U o‘rnidagi
Yaratilgan sanasi: Sat, 18 Oct 2025 10:53:05 +0500
Page 10
so‘zni yozib bering.
Javob:Maqom
Izoh: istagan maqomni har qanday oyatni tilovatida qo‘llash yaramaydi. Aks holda oyatning
mazmunida yuzaga keladigan hissiyot bilan ohangning zimnidagi hissiyot orasida nomutanosiblik
yuzaga keladi. "Ustoz ko‘rmagan shogirt har maqomga yo‘rg‘alar" deyishadi.
32-savol:
Ayrim shaxmat musobaqalarida shunday X aslida shunday emas. Bunga sabab antichiting qoidalari.
Diqqat savol: Shunday X o‘rnidagi 2ta so‘zni yozib bering.
Javob:Jonli efir
Zachot: To‘g‘ridan-to‘gri efir.
33-savol:
Diqqat savolda ikki o‘rinda bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Bir filmda doim o‘yindan bosh
ko‘tarmaydigan qaxramonni Polkovnik X deb atashadi. X haqida maqoladi ilk bor X shaklida
chiqarilgani ham keltirilgan. Harflari tushib qolgan so‘zni asl holda yozib bering.
Javob:Xbox( Iks boks)
Izoh: Xbox bu o‘yin konsuli bo‘lib, ilk bor X harfi shaklida chiqarilgan. Manba’: Black bag (blek
bag) filmi.
34-savol:
Yaratilgan sanasi: Sat, 18 Oct 2025 10:53:05 +0500
Page 11
Tarqatmada Yoqutistonda maktab bolalari uchun chiqarilgan e’lonni ko‘rib turibsiz. Har bir
qatordan bir xil 2 tadan belgi tushib qolgan. Shu ikki belgini yozib bering.
Javob:- C
Izoh: Havo harorati shunday bo‘lganda bollar maktabga bormaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Zachot: - °
35-savol:
Siz biron bir kishi ko‘rishi uchun o‘z tasmangizga surat joylaganmisiz? Hikoyalaringizda "Kim
shahar markazida uchrashishni x

tarqatma

Tarqatmada Yoqutistonda maktab bolalari uchun chiqarilgan e’lonni ko‘rib turibsiz. Har bir
qatordan bir xil 2 tadan belgi tushib qolgan. Shu ikki belgini yozib bering.
Javob:- C
Izoh: Havo harorati shunday bo‘lganda bollar maktabga bormaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Zachot: - °

35-savol:

Siz biron bir kishi ko‘rishi uchun o‘z tasmangizga surat joylaganmisiz? Hikoyalaringizda "Kim
shahar markazida uchrashishni xohlaydi?" deb so‘raganmisiz? Sizni sayrga taklif qilgan
do‘stlaringizdan emas, undan javob kutyapsizmi? Va e’lon qilganingizdan so‘ng, siz har 5
daqiqada u kishi sizning hikoyalaringizga kirgan yoki yo‘qligini tekshirib turdingizmi. Bunday
holat ilk nashri 1925-yil bo‘lgan asardan ilhomlanib, tarqatmadagi harflari tushib qolgan so‘z
bilan atalgan. Harflarni tiklab shu so‘zni asl holda yozib bering.
Javob:Gatsbying (Gatsbying)
Izoh: Bu holat huddi Buyuk Getsbi personajiga o‘xshash bo‘lganiga shunday nomlangan.
Zachot: Gats.
36-savol:
So‘nggi savol. Mirshakarning ko‘rsatuviga tashrif buyurgan Xayrulla Xamidov, Uning yarmi borligi
uchun ham kelganini aytadi. Nimaning yarmi ekanini so‘ramaymiz. Usha yarmini yozib bering.
Javob:Xayr
Izoh: Ko‘rsatuvning Xayr Iyul sonida qatnashgan Xayrulla Xamidov, ismining yarmi bor ekani uchun
ham kelganini aytadi. Bu savol bilan biz ham siz bilan xayrlashdik. Savollarda kamchiliklar
bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘raymiz!

https://t.me/Zakovat_Savollarii