October 13

Zakovat intellektual oʻyini savollari

1-savol. Bir yapon maqolida aytilishicha, U hali hech narsani anglatmaydi. Bir filmda ham: “hayot o’ziga hos poyga, lekin U barcha raqiblardan o'zib ketish degani emas. U - mag'lubiyatdan keyin qaytish va yo'l qanchalik sirpanchiq bo'lishidan qat'iy nazar, eng oxirigacha borish demakdir” - deyiladi. Yana bir U 1946-yil 28-iyun kunidan chiqa boshlagan. Diqqat savol: biz qaysi ikkita so'zni U bilan almashtirdik?

Javob: Birinchi g'alaba.
Qabul: Первая "Победа".
Izoh: ikkinchi holda, biz Pobeda mashinasini nazarda tutyapmiz.

Manbalar:
1) http://leit.ru/modules.php?name=Pages&pa=showpage&pid=30&page=5 ;
2) http://ru.wikipedia.org/wiki/Победа_(автомобиль) ;
3) kino: “Невероятный мир глазами Энцо” (2019).

Men ham jamoalarni birinchi g’alabali ochko bilan tabriklagan holda, birinchi g’alaba hali hech narsani anglatmasligini eslatib o’tmoqchiman.

2-savol. Birinchi kompyuter tomografiya apparati yaratuvchilari Godfri Xounsfild va Jeyms Ambrouz, appatning ishlash qobiliyatini avvaliga o’zlariga tanish bo’lgan qassobdan sotib olingan sigir boshlarida sinab ko‘rishadi. Afsuski olimlarning birinchi natijalari ko’ngildagidek chiqmaydi, ammo keyin Ambrouz masala apparatda emasligini aytgan holda, boshqa begona qassobga murojaat qiladi va SHUNDAY boshni qo'lga kiritadi. Diqqat savol: Qanday boshni?

Javob: Halol
Izoh: Britaniyadagi hayvonlar elektroshok yoki maxsus to'pponcha bilan o'ldirilgan, biroq bu usullarning ikkalasi ham o'ldirilgan hayvonning miyasini qon bilan to'ldirilishiga olib kelgan. Ambrose mahalliy musulmonga murojaat qiladi - qoramol so'yishning qat'iy halol qoidalari miyani buzilmagan holda qoldirgan. Buning yordamida qurilma ishlashi va diagnostikada ishlatilishi mumkinligini tekshirish imkoni bo’lgan.

Manbasi: American Journal of Roentgenology. 1996; 167: 1365-1370. http://www.ajronline.org/doi/pdf/10.2214/ajr.167.6.8956560

3-savol. Morgan Frimen va Djek Nikolson ijrosidagi «Пока не сыграл в ящик» (o’zbekcha tarjimasi taxminan “Qazo vaqti kelmaguncha”) filmida qahramonlar o’zlarining o’limi oldidan, orzular ro’yxatidagi Misr ehromlari ustida o’tirib quyosh botishini kuzatib navbatdagi orzulariga yetishishadi. Film qahramonlaridan biri misrliklarning o’lim haqidagi tassavurlari go’zal bo’lganligini ta’kidlab: “Misr xudolari odamlarni jannat darvozalari oldida kutib olishar ekan, ularga 2ta muhim savol berishgan. Ularning javobiga qarab, jannatga kirish-kirishmasligini hal qilishgan” – deya do’stiga o’sha savollarni beradi. Birinchi savol – Hayotdan quvonch topdingmi?! Diqqat savol: birinchi savolni mantiqan davom ettirgan holda ikkinchi savolni yozib bering.

Javob: Sening hayoting boshqalarga quvonch keltirdimi?!
Qabul: boshqalar hayotiga quvonch keltirdingmi?! . . . kabi javoblar

Manbasi: фильм «Пока не сыграл в ящик» (2007) 59:49 – 01:00:35 минуты.

4-savol. Yel’ universiteti proffesori Dov Grinbaum o’z maqolasida ilm-fanning yangi yutuqlariga odamlarning qanday mantiqsiz munosabatda bo'lishiga e'tibor berar ekan, GMO (genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlar) ning insonlar uchun foydali tomonlarini ilmiy asoslash bilan birgalikda, diniy jihatdan ham ularga hech bir dinda ta’qiq qo’yilmaganini eslab o’tadi. Olim GMO turli tirik mavjudotlar elementlaridan yaratilsada, uni birinchi marotaba 1818-yilda chop etilgan asar personaji bilan solishtirmaslikni va asardagi qo'rqib ketgan shahar aholisining g'azablangan olomonini eslab, go’yoki boshqacha yaratilgan mavjudotga qaraganday GMOga qarshi keskin tarzda harakat qilmaslikni ta’kidlab o’tadi. Diqqat savol: asar yoki personajni topgan holda, ushbu maqola nomini bir xil harflar bilan boshlanuvchi 2ta ajnabiy so’zda yozib bering.

Javob: Franken Food (Frankenstein food)
Izoh: GMO ham xuddi Frankenshteyn maxluqiga o'xshab, tabiiy omil tufayli emas balki inson aralashuvi bilan, ko'pincha turli tirik mavjudotlar elementlari asosida yaratiladi.

Manbalar:
1) http://www.the-scientist.com/?articles.view/articleNo/46908/title/Opinion--GMOs-Are-Not--Frankenfoods-/ ;
2) http://ru.wikipedia.org/wiki/Генетически_модифицированный_организм ;
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Франкенштейн,_или_Современный_Прометей ;

5-savol. Preskevyu deb nomlangan bir qiziq, lekin yoqimsiz ruhiy holat bor. Bu holat sizni azobga solishi va xatto uzoq vaqt ta’qib qilishi mumkin. Ushbu hodisani birinchi marta Uilyam Jeyms 1890-yilda o'zining "Psixologiya tamoyillari" fundamental asarida tasvirlab bergan. Preskevyu fransuzchadan “deyarli koʼrilgan” degan maʼnoni anglatib, dejavyu va jamevyu atamalariga o'xshashligi orqali yaratilgan. Preskevyu tushunchasi haqida Аnton Pavlovich Chexov alohida hikoya ham yozgan: “Yilqibop familiya”. Bu hikoyaning qahramoni bir familiyani eslay olmaydi, lekin shunga qaramay, u unutilgan familiyaning otlarga aloqasi borligiga ishonchi komil edi. Ushbu holatni izohlashda barcha tillarda bir-biriga o’xshash iboralar qo’llaniladi. Masalan, xitoy va hind tilida “og’izda” iborasi, yapon tilida esa “tomoqda” iborasi ishlatilinadi. Aksariyat tillarda, xususan, o’zbek tilida esa uch yoki to’rt so’z bilan ifoda etiladi. Diqqat savol: preskevyu atamasi oʼzbekchada nima deyilardi? Siz ham bir eslab aytib bering.

Javob: “tilimni uchida turibdi”
Izoh: Preskevyu - bu shunday holatki, unda siz aniq bilgan soʼzingizni eslashga harakat qilasiz, ammo hech eslay olmaysiz.

Manbalar:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/На_кончике_языка#
2) https://ziyouz.uz/jahon-nasri/anton-chexov/anton-chexov-yilqibop-familiya-hikoya/

6-savol. Bu so‘z Rossiya jinoyat dunyosining jargonida inqilobdan oldingi davrlarda ham ma’lum edi. Aslida vengercha so‘z bo‘lgan, lekin Rossiya hududlariga, asosan, Polsha orqali kirib kelgan. Bu so’z "plash yoki yelkaga tashlanadigan yopinchiq" degan ma’noni anglatadi. Gap shundaki, Avstriya-Vengriya imperiyasida Ular maxsus yopinchiq-formalarni kiyishgan, shuning uchun ularni "SHUNDAY" deb atashgan. Ularning kiyimlari - ko‘ylagi va paltosi bir necha qator tugmachali bo‘lgan. U chor rossiyasiga XX asrning boshlarida "kirib kelgan". Bizga esa, tabiiyki, sobiq sovet ittifoqi davridan meros. Bizda bu so’z uchun, jinoiy javobgarlikka tortilib, xatto qamoq jazosi ham qo’llanishi mukinligini yaqinda ko’tarilgan shov-shuv sababli bilib oldik. Yana bir qiziq ma’lumot. Rossiya ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lgan Mixail Suxodol’skiy bu so‘zni: «mening yagona ishonchli o‘rtog‘im» - deya o‘zicha talqin qilgan edi. Diqqat savol: rus tilidan bilimlaringizni ishga solib, ushbu so’zni aniq yozib bering.

Javob: мой единственный надежный товарищ – ya’ni “Ment”
Izoh: yaqinda avtobloger ichki ishlar hodimlarini “Ment” deb atagani uchun 15 sutka qamoq jazosiga loyiq deb topilgani yodingizdadur.

Manbalar:
1) https://ifilman.ru/otkuda-slovo-ment/
2) https://pravo.ru/news/view/28837/
3) https://daryo.uz/2021/10/02/toshkentda-ypx-xodimini-haqorat-qilgani-uchun-qolga-olingani-aytilgan-taniqli-avtobloger-15-sutkaga-qamaldi-video/

7-savol. Duplet.
Hozir biz bu shaharni SHUNDAY deb ataymiz, ammo dastlab uning nomi boshqacha bo‘lgan. Uning kelib chiqishi borasida bir nechta taxminlar bor. 1-taxminga ko’ra forscha maysazor, o‘tzor, yaylov degan ma’noni anglatadi. Unga maskan, makonni bildiruvchi qo‘shimcha qo‘shilgan. 2-taxmin: mahalliy rivoyatga ko‘ra, BU so‘z forscha tovuq va yunon so‘zlaridan tashkil topgan ya’ni “yunon tovug‘i” ma’nosida. 3-taxmin: yana bir rivoyatga ko‘ra, Iskandar Zulqarnayn shu yerlarga kelib to‘xtaganida unga tovuq va non olib kelishadi. Shundan Uning hozirgi nomi kelib chiqqan. Diqqat savol: bugun bu shaharni qanday ataymiz.
To’liq ismi Abul-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy bo’lgan BU buyuk faqih 1123-yil 23-sentyabrda tug‘ilgan. U Qur’onni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh ya’ni islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli “Burhonud-din va’l-milla” ya’ni islom dinining dalili, isboti nomi bilan mashxurdir.

Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo‘lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor qozongan. Hanafiy mazhabining keng yoyilishida ulkan hissa qo‘shgan fiqhshunos olim 1197-yili 29-oktyabrda Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn qilingan. Diqqat savol: bu buyuk alloma nomini imloviy xatoga yo’l qo’ymasdan aniq yozib bering.

Javoblar:
Marg’ilon
al-Marg’inoniy
Izoh:
1) unga maskan, makonni bildiruvchi -lon qo‘shimchasi qo‘shilgan. 2) Mahalliy rivoyatga ko‘ra, Marg‘ilon so‘zi forscha murg‘ (tovuq) va yunon so‘zlaridan tashkil topgan (yunon tovug‘i). 3) Yana bir rivoyatga ko‘ra, Iskandar Zulqarnayn shu yerlarga kelib to‘xtaganida unga murg‘, ya’ni tovuq va non olib kelishadi. Shundan Murg‘inon nomi kelib chiqqan. Ko‘pchilik olimlar birinchi taxminni asosliroq deb hisoblashadi.
2) islom olamida, ayniqsa, islom huquqshunosligida asosiy qo’llanmalardan biri bo’lgan “Hidoya” asari muallifi Burhoniddin Marg’inoniyni ko’pincha Marg’iloniy deya noto’g’ri talqin etiladi. Rishtonda tug’ilgan bo’lsalarda, 13 yil - dastlabki va asosiy ta’limni olganlari bois nasablariga Marg’ilon shahri qo’shilgan, faqat 1-savoldan bildingizki, u avval Marg’inon deya atalgan.

Manbalar:
1) https://uz.wikipedia.org/wiki/Margʻilon ;
2) https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/burhonuddin-al-marginoniy-1123-1197/
3) https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/burhoniddin-marginoniy-uz/

8-savol. O’zbek tilining izohli lug’atida X ga quyidagicha ta’rif berilgan: “o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan shaxs, insonning o’zligini belgilovchi tomonlari, xususiyatlari majmui”.
Qanchalik g'alati tuyulmasin, Yaponiyada Xni ifodalovchi bir vaqtning o'zida bir nechta tushunchalar mavjud: Watakusi - rasmiy versiyasi. Watasi - neytral soʻzlashuv varianti. Atasi - ayolga xos, lekin hamma yaponiyaliklar tomonidan tan olinmaydi. Boku - bu erkak versiyasi, bezori qiz ham o'zini shunday deb atashi mumkin. Ore - krutoy erkaklar uchun jasur, ammo qo'pol variant. Yaponcha Xni farqlash qiyin bo'lishi mumkin, ayniqsa ierogliflarning ba'zilari bir xil bo'lsa. Biroq ular turli darajadagi rasmiyatchilikni anglatadi. Shuning uchun, yaponlar bilan suhbatlashyotganingizda ehtiyot bo'ling! Diqqat savol: gap nima haiqda ketayotganligini aniq ayting!

Javob: shaxsiyat.
Izoh: bizda insonning o’zligi, shaxsi bitta bo’lsa, yaponlarda bitta odamda bir vaqtning o’zida 5 xil shaxsiyat ya’ni ichki “meni” yashashi mumin ekan.

Manbalar:
1) https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O'zbek%20tilining%20izohli%20lug'ati%20-%20Sh.pdf ;
2) https://e-notabene.ru/psp/article_10693.html ;

9-savol. O’tgan galgi “pochin” haqidagi savolim kabi, bu so’zni ham rus futbol sharhida juda ko’p eshitganman. Tabiiyki, bu so’zni ruslar ham ishlatadigan o’zbekcha so’z deb e’tibor qaratmaganmiz.

Chunki, darhaqiqat, bu jumla futbolchining maydondagi faol harakatlariga to’la mos kelar edi. Lekin olgan ma’lumotlarim shuni ko’rsatdiki, rus sharhlovchilari ishlatayotgan so’z aslida boshqa so’z bo’lib chiqdi. Aslida bu so’zning kelib chiqishi uzoq lotin tiliga borib taqalar ekan. O’zagi lotincha “cordis” – “yurak” so’zi orqali fransuz tiliga kirib keladi. Keyinchalik, aniqrog’i, XVI-XVII asrlarda rus tiliga ko’chib o’tgan bu so’z “jasorat”, “ehtiros”, “to’xtatib bo’lmas kuch” ma’nolarini anglatadi. Risk, azart, adrenalin kabi so’zlarni sinonim sifatida qo’llash mumkin. Diqqat savol: o’zbekcha musobaqa, bellashuv so’zlari sinonimini bir harf farqi bilan yozib bering.

Javob: kuraj
Izoh: sharhlovchilar o’zbekcha kurash so’zini ishlatishar ekan deb o’ylar ekanman, aslida bu so’z fransuz tilidan kirib kelgan “courage” (qug’aj) so’zi bo’lib, futbolchi gol ursa yoki qandaydir jasorat ko’rsatsa o’zgacha kuch, ilhom olib harakat qilishiga aytiladi.

Manbalar:
1) https://kartaslov.ru/значение-слова/кураж ;
2) https://ru.wiktionary.org/wiki/кураж ;

10-savol. Savol biroz uzun. Sabr va diqqat bilan eshiting.
Tabiiyki, biz qishni o’z nazdimizda go’yoki 1-dekabrdan 1-martgacha davom etadi deb o’ylaymiz. Ko’pni ko’rgan donishmand xalqimiz esa bu faslning debochasi 13-dekabr, nihoyasi 13-mart deb hisoblashgan va unga “to’qson” nomini berishgan. Ko‘p yillik kuzatuvlari natijasida aksariyat yillarda «to‘qson»ning so‘nggi olti kunida qattiq sovuq tushib, yer muzlashini aniqlashgan. Bu kunlarni ham alohida nom bilan atashgan. Arabcha so’zlardan kirib kelgan bu jumlani o‘zbekchaga o‘girsak, ,”kampir kunlari”, ramziy ma’noda qishning oxiri degani bo‘ladi. Zero, ushbu davr qishning yakuni bo‘lgani uchun yoshini yashagan, oshini oshagan tabarruk momolarga qiyoslangan. Bu kunlar “ayyomi husum” deb ham nomlanadi. Roviylarning naql qilishlaricha, Qur’oni Karimning Al-haaqqo surasi 6-7-oyatlarida bayon etilgan dahshatli voqea aynan shu kezlarda ro‘y bergan. Alloh taolo qiyomat kuni muqarrarligiga shak keltirgan Od qavmi ustiga paydar-pay yetti kechayu sakkiz kunlik quturgan bo‘ronni hokim qilib qo‘ygan. Oqibatda qavm ahli kuchli sovuq shamol girdoblari ichra qirilib bitgan. Faqatgina bitta kampir tirik qolib, halok bo‘lganlar sha’niga marsiyalar aytib yig‘lagan. Shuningdek, bu haqida xalq orasida "ayyom kampir olti kun, qahr aylasa yetti kun", "kirganda toʻqson – bir kunimcha yoʻqsan" kabi naqllar tarqalgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, Nekrasovning «Мороз, красный нос» poemiyasini G’ofur G’ulom shu nom bilan tarjima qilgan bo’lsa, yozuvchimiz Odil Yoqubovning ham shu nomdagi hikoyalar to’plami mavjud. Diqqat savol: qishning ushbu so’nggi kunlarini qanday atashimizni aniq yozib bering.

Javob: arabcha ayyom – kunlar, ajuz – kampir: Ayamajuz

Manbalar:
1) https://uza.uz/uz/posts/toqson-bir-kunimcha-yoqsan-yoxud-zumrad-fasl-nihoyasidagi-oylar_246009
2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Ayamajuz
3) https://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Odil%20Yoqubov.%20Ayamajuz%20(hikoyalar).pdf

11-savol. Dastlabki kodoviy nomi “Project Bolan” bo’lgan ushbu o’yin, 1970-yillarda “T. Reks” nomli rok-guruhi solisti Mark Bolan sharafiga qo’yilgan edi. O‘yin 2014-yil sentyabr oyida chiqariladi, lekin dastlab ba’zi platformalarda, ayniqsa eski Android qurilmalarida ishlashga qiynaladi. Bu qayta yozishni talab qiladi va u o‘sha yilning dekabriga qadar qayta ishga tushiriladi. O’yin yaratuvchisi bo’lgan dizayner Sebastyan Gabrieldan: “Nimaga o’yin uchun aynan X tanlab olingan?” - deb savol berishganda, bu Y mavjud bo‘lmagan vaqtga, ya’ni «Ibtidoiy davrga» qaytish o‘yinidir. Shuning uchun ham o‘yin personaji sifatida X tanlangan, deb javob bergan. Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yin har oy 270 million martadan ortiq o‘ynalar ekan. Diqqat savol: X va Y ni topgan bo’lsangiz, o’yin nomini aniq yozib bering.

Javob: Chrome dino
Qabul: Dinosaur Game, T-Rex Game, Dino Runner

Izoh: bu o’sha mashxur internet ishlamay qolganda o’ynaladigan o’yin. Asoschi o’yin personaji dinozavrni Internet mavjud bo‘lmagan vaqtga, ya’ni «Dinozavrlar davriga» qaytish o‘yini deb izoh bergan. “T.Rex” guruhi ya’ni Tirannozavrning qisqartmasi ham sizga yordam berdi degan umiddaman.

Manbalar:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Dinosaur_Game ;
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Тираннозавр ;

12-savol. Tarqatma.
Qo’lingizdagi ro’yxatda yashiringa so’z - o’z o’rnida kiyik yoki ohuning bolasi sifatida ishlatilishi bilan birga, ko’zlarga chiroyli tashbeh berish sifatida ham ishlatiladi. Shuningdek, bu so’zni G’ofur G’ulom pyesasi asosida yaratilgan Manas Leviyevning “Toshbolta oshiq” musiqali komediyasi orqali ham juda yaxshi taniymiz. Yaqinda esa ushbu “Toshbolta ariyasi”ni Bayram guruhi – Rashid Xoliqov ijrosida “cover” versiyasini eshitdik. Diqqat savol: Siz menga yashiringan so’z bilan birga, ushbu ashulani tom ma’noda o’ziniki qilib olgan mashxur teatr va kino aktyorini yozib bering.

Javob: “Quralay” – Soyib Xo’jayev
Izoh: S.Xo‘jayevning elga tanilishida «Toshbolta oshiq» komediyasidagi Toshbolta roli muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu rol aktyorga katta shuhrat keltirdi. Aktyor Toshbolta rolini Muqimiy teatri sahnasida 1500 marta o‘ynadi. “Quralay” uning eng yoqtirgan qo’shig’i hisoblanadi.

Manbalar:
1) https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O'zbek%20tilining%20izohli%20lug'ati%20-%20Q.pdf
2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Soyib_Xo%CA%BBjayev
3) https://www.youtube.com/watch?v=bFzUBCjkm84
4) https://www.youtube.com/watch?v=BoTwzq5EQyE
5) https://uz.wikipedia.org/wiki/Musiqali_komediya

Men ham ushbu qo’shiqni qo’yib eshittirgan holda, musiqali tanaffus e’lon qilaman!

13-savol. Bir internet sayti yopiq yoki pulli bo’lgan axborot mahsulotlarini, turli treninglarni, videokurslarni va mashxur kitoblarni ma’lum bir muddat davomida yoki butunlay bepulga ulashadi. Ular qilayotgan ishning bir qismi deyarli barchamizning telefonimizda mavjud. Saytning nomi esa bir afsona bilan bog’liq bo’lgan dunyoga mashxur toponim bilan ohangdosh. Chunki sharoit taqozosidanmi, bilmayman xato yozishgandek go’yo, lekin aslida ajoyib tarzda o’xshatish qilingan xolos. Diqqat savol: sayt nomini aniq va to’g’ri yozib bering.

Javob: sharewood
Izoh: savoldan bildingizki, gap Robin Gud afsonasi haqida ketmoqda. U “Sherwood” o’rmonlarida yuz bergan. Hammamizning telefonimizda SHAREit mobil ilovasi bo’lsa kerak. Uni ba’zilar hazillashib “Sharoit” deb ataydi. Robin Gud ham talangan boyliklarni kambag’allarga “Share” qilgan ya’ni ulashgan. Ushbu sayt ham olish qiyin bo’lgan qimmatbaho boyliklarni ya’ni bilimlarni tekinga ulashish bilan shug’ullanadi.

Manbalar:
1) https://s22.sharewood.cc/ ;
2) https://en.wikipedia.org/wiki/Sherwood_Forest ;
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Робин_Гуд ;

Bu savol orqali men ham savollar ulashishda davom etaman.

14-savol. Blits.
Bu xujjatni qayerda olishingizdan qat’iy nazar muxrida deyarli bir xil yozuvni ko’rasiz. Lekin har bir davlatda uning olish talablari har xil. Biz bu talablarning asosini yoddan bilamiz. Bu xujjatning dastlabki yuridik maqomga ega ko’rinishi 1994-yildan Angliyada berilgani juda qiziq. Keyinchalik 1999-yilda Indoneziyada bu xujjatni beruvchi butunjahon tashkilotiga asos solingan. Diqqat savol: bugungi kunimizda tobora talabgir bo’lib borayotgan xujjat nomini 2ta so’zda yozib bering.
Shogird dastlab qilgan bir “chala” ishi uchun ustozidan “tanbeh” oladi, keyin bu ishni yana “chala” qilgani uchun “dakki” ham eshitib oladi. Shunda shogird bu ishni “yonbosh”lab qilib ko’radi. Ana endi ustoz unga “yuqori” baho beradi. Diqqat savol: shogird sazovor bo’lgan “yuqori” baho nomini yozib bering.
Hozirgi kunda asosan sportda ko’p ishlatiladigan bu atama, aslida, dastlab o’rta asrlarda ritserlar etika qoidalariga kirgan. Bu atama birinchi marta Shekspir tomonidan "Qirol Jon" xronikasida qo'llangan. Atamaning sportga yaqinroq talqini XIX asrning Qirolicha Viktoriya davrida o’rnatilgan “Jentelmen kodeksi”da qoida sifatida kiritilgan.

O’zbekiston ham 2012-yil bunday ritserona etika va jentelmenlarcha harakati uchun taqdirlangan. Diqqat savol: qadriyatlarimizga to’la mos keluvchi ushbu atamani aniq yozib bering.

Javoblar:
Halol sertifikati (qabul: Halol belgisi)
Halol bahosi
Fair-play (Halol o’yin)
Izohlar: 1) qanday mahsulotlar halol bo’lishi bizga dinimizdan ma’lum. 2) chala, tanbeh, dakki, yonbosh baholari milliy kurashimizda o’z aksini topgan. 3) O’zbekiston Futbol Federatsiyasi 2012-yil FIFAning “Fair-play” nominatsiyasi g’olibiga aylangan.

Manbalar:
1) https://en.wikipedia.org/wiki/Halal ; https://ria.ru/20191115/1560987786.html ; https://www.belgelendirme.com/ru/belgelendirme/gida-belgelendirme/helal-islami-uygunluk-belgelendirmesi ;
2) https://uz.wikipedia.org/wiki/Halol_(sport) ; http://idum.uz/uz/archives/4900 ;
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Фейр-плей ; https://buildwiki.ru/wiki/FIFA_Fair_Play_Award ;

15-savol. Yaqinda jamoatchilik faollari, mashhur filmlardagi erkaklar qatnashgan tasvirlarning barcha kadrlari kesilgan versiyalarini taqdim etishdi. Shunda, antirekord ushbu filmning bor yo’g’i bir yarim daqiqasini tashkil qilgan versiyasida, siz faqat Merilin Monro va Rita Xeyvortni ko'rishingiz mumkin. Diqqat savol: gap qaysi film haqida ketayotganini aniq yozib bering.

Javob: “Shoushenkdan qochish”
Izoh: filmi erkaklar qamoqxonasida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun filmning ma’lum qismida faqat Monro tasvirlangan afisha va Rita Xeyvort ishtirokidagi filmdan parchani mahbuslar tomosha qilishini kuzatasiz. Shuningdek, qamoqxonadan qochishga tayyorlanayotgan bosh qahramon, o'z kamerasi devoridagi teshikni Rita Xeyvortning plakati bilan yopgan.

Manbalar:
1) https://medialeaks.ru/1901dalex-blogeryi-vyirezali-vse-kadryi-s-muzhchinami/ ;
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Побег_из_Шоушенка ;
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Хейворт,_Рита ;

16-savol. Kechagina ustozimiz Zafar Madaminov tashlagan siyosiy karikaturalar diqqatimni tortdi. Ma’lumotlarga ko’ra, U ko'pincha oq tanli yoshi katta, nozik yuzli, eski modadagi soqolli odam sifatida tasvirlangan. Shuningdek, U davlat bayrog'i ranglaridagi shlyapa, ko'k palto va yo’l-yo’l shim kiyib olgan. Ushbu tasvir uslubi XIX asr oʻrtalarida rassom Tomas Nast ijodi tufayli mashhur boʻlgan. Farazlarga ko’ra, obraz nomi esa qassob Sem Uilsonga bog’liq ekan. Bu obraz, ayniqsa, Birinchi jahon urushi davrida alohida e'tibor qozondi. Urushga chorlov plakatlarining birida, U jiddiy tikilgan holda, ko’rsatgich barmog‘ini tomoshabinga qaratib turar edi. Rasm ostida esa “Sen menga armiya uchun keraksan” degan yozuv bor edi. Tinchlik boshlanishi bilan bu agitplakatning son-sanoqsiz parodiyalari va karikaturalari yaratilgan. Diqqat savol: siz menga davlat nomini emas, balki ushbu davlatning personalashtirlilgan obrazi nomini aniq yozib bering.

Javob: Uncle Sam (Sem amaki).
Izoh: 1812-yilda Nyu-Yorkdagi Troy harbiy bazasini oziq-ovqat bilan ta'minlagan Sem Uilson go'sht solingan bochkalarga U.S. deya o’zining shaxsiy imzosini qo'yadi. Askarlar esa hazil bilan go'sht Sem amakidan kelganini aytishgan. Keyinchalik bu imzo Amerika Qo’shma Shtatlarining siymosiga aylanib ketadi.

Manbalar:
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Дядя_Сэм ;
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/15_богатейших_вымышленных_персонажей_по_версии_Forbes ;

17-Savol. Tarqatma

Kuni kecha, qo’lingizda turgan qiziqarli bir jadvalga ko’zim tushib qoldi. Albatta, ushbu qatorga yana qo’shimchalar kiritish mumkin, lekin men o’zim yaxshi bilganlarni qoldirdim. Shuningdek, ro’yxatga har yili o’zgartirish kiritilib, yangilanib borilar ekan. Ushbu ro’yxatning asl yuzaga kelish sababi, men o’chirib tashlagan ustundagi ma’lumotlardir. Diqqat savol: jadvalga yaxshilab e’tibor bergan holda, bu qanday ro’yxat ekanligini aniq yozib bering.

Javob: Forbes versiyasi bo’yicha “Eng boy to’qima personajlar”
Izoh: ro’yxat kitob, film, serial, komiks, o’yinlardan tanlab olingan o’ziga xos boylikka ega personajlar asosida tuzilgan.

Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/15_богатейших_вымышленных_персонажей_по_версии_Forbes ;

18-savol. Bir hazil versiyalardan biriga ko’ra, bu film qahramoni “Duovit”ni to’g’ri tanlaganda edi, o’ziga bosh og’rig’ini orttirib olmasdan ofisda tinchgina o’z ishini davom ettirgan bo’lar edi. Diqqat savol: siz menga alifboda yonma-yon keluvchi harflar bilan film va bosh qahramon nomini yozib bering.

Javob: "Matritsa" - Neo
Izoh: mashhur "Matrisa" filmining boshida Neo ofisda ishlaydi, keyin esa Duovitga o’xshagan qizil va ko’k rangdagi qandaydir tabletkalardan birini iste'mol qiladi va mutlaqo aql bovar qilmaydigan voqealar boshlanadi.

Manba: https://www.anekdot.ru/id/912067/

19-savol. Ushbu Chexiya zavodining ishchilari va muhandislari, nafaqat, Chexiya standartlari bo'yicha, balki butun dunyo bo’yicha juda yuqori ish haqi olishadi. Ammo shu bilan birga, ular Chexiya maxsus xizmatlari, Interpol va Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan maxsus ish rejimida va qattiq nazoratda chidab ishlashga majburdirlar. Zavodga buyurtmalar butun dunyodan keladi, lekin birinchi navbatda AQShdan va aynan bir joydan. Diqqat savol: Qayerdan?

Javob: Gollivuddan.
Izoh: Zavod ko'pincha amerikalik kinoijodkorlar tomonidan buyurtma qilingan qalbaki dollarlar ishlab chiqaradi.

20-savol. Bir faylasuf unga shunday izoh beradi: "Uni izohlashdan ham ko‘ra og‘irroq ish yo‘q. U ehtirom yo tahqirlash, muhabbat yo nafrat, rozilik yo norozilik, e’tibor yo beparvolik bo‘lishi mumkin". Pasternak esa Uni “eshitganlarim orasida eng zo’ri” – deya ta’rif beradi. Braziliyalik trener Joan Saldanyaning eslashicha, Garrincha odatdagidek o’ng qanotda to’pni qabul qilishi bilan, unga bir nechta himoyachilar ro’baro keladi. Shunda tribunadagi muhlislar ham Uni bajarishadi. Diqqat savol: U nima ekanligini yozib bering.

Javob: Sukut (jimlik).
Manba: http://www.kostyor.ru/poetry/pasternak/?n=23

21-savol. Tarqatma.

Yaponiyaning chekka rayonlaridagi shaharlar uy va binolarida siz qo’lingizda ko’rib turgan o’ziga xos inshootlar qurilgan. Albatta, bundan aniq bir maqsadda foylaniladi. Diqqat savol: siz menga bu inshoot qanday vazifa bajarishini aniq yozib bering.

Javob: yong’in xavfida chiqish uchun
Izoh: yong’in payti shoshib yugurib tushishdan ko’ra sirpanib tushish ham tezroq, ham xavfsizroq bo’lgan.

22-savol. O’tgan mavsumdagi Liverpool va Real Madrid jamoalari o’rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak finali javob o’yinidan oldin, Marca gazetasi bu o’yinga juda ajoyib o’xshatish qiladi. Keyingi bosqich raqibi aniq bo’lgan, ushbu gazeta bosh sarlavhasi “Yarim final yo’li” deb nomlanib, unda Benzema, Kross, Vini va Modrich tasvirlangan. Diqqat savol: gazeta ushbu baxsni kimning qaysi asariga o’xshatganini aniq ayting.

Javob: The Beatles “Abbey Road”
Izoh: yarim finalda Londonning Chelsi klubi raqib bo’lishi aniq bo’lgach, Real futbolchilarini go’yoki Londonda yurgandek, gazeta bosh sahifasini “Semis Road” deya nomlab Bitlz guruhining mashxur “Abbey Road”iga qiyoslagan.

23-savol. Tezpishar lag’monlari bilan mashxur Nissin kompaniyasi asoschisi Momofuku Ando 94 yoshga to’lganida o’zining so’nggi kashfiyoti – U yerda tayyorlash mumkin bo’lgan X lag’monini yaratadi. X sharoitlarga mos bo’lishi uchun lag’mon retsepti o’zgartiriladi. Bundan tashqari, o’zgacha sharoitda “suzib ketish”ga yo’l qo’ymaslik uchun lag’mon tuxum oqi bilan qoplanadi. Sho’rvasi ham quyuqroq tayyorlangan. Diqqat savol: X lag’moni kimlar uchun chiqarilgan.

Javob: kosmonavtlar (yoki fazogirlar).
Izoh: Nissin tezpishar lag’monlari butun dunyoda ommalashgach, kompaniya rahbari uning mahsuloti fazoda ham yeyilishini uddasidan chiqqan. Gap bu yerda fazoviy lag’monlar haqida edi. Space X emas - Space Ram ya'ni ramyon – lag’mon.

24-savol. 1990-yillarda “Sheffild” klubi jamoaning yangi a’zolari italiyalik Paolo Di Kanio va Benito Karbonelarni qanday tanishtirishni bilmay boshlari qotishadi. Oxir-oqibat shunchaki ularga Xni ushlatib qo’yib tanishtiruv marosimini o’tkazishadi. Diqqat savol: X nima ekanligini aniq ayting.
Javob: Pitsa

Biz ham g’olib bo’lgan jamoaga bosh homiy “Dodo Pizza” pitsalarini taqdim etgan holda bugungi o’yinimizga yakun yasaymiz.

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi