September 28

O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi qishgi mavsum (3-tur) 01.02.2024

1-savol:
Abdulla Oripovning she’rini tinglang. Sening amalinga qoyildir jahon, Burgani taqalab qo’ygaysan oson.
Nozik san’atinga tikilaverib, Ko’zlarim qisilib ketdiku “IGREK” Savol: IGREK o’rnidagi millatni yozib bering
Javob:Yapon
Izoh: Sening amalinga qoyildir jahon, Burgani taqalab qo’ygaysan oson. Nozik san’atinga tikilaverib,
Ko’zlarim qisilib ketdiku yapon
2-savol:
Bu iboraning kelib chiqishiga gap poylovchilar yoki chaqimchilar sabab emas. Qiyomatda hamma
narsaning tilga kirib guvohlik berishi sababdir. Savol: Inson tana a’zosi qatnashgan qaysi maqol haqida gap
ketmoqda?
Javob:Devorning ham qulog’i bor.
Izoh: Devorning ham qulog’i bor maqoli kelib chiqishiga sabab qiyomatda har bir buyum ko’rgan, eshitgan
narsasi haqida guvohlik berishiga ishonilganligidandir.
3-savol:
QVZ hazillarining birida oramizda kuldirmasdan ham kuldira oladigan insonlar borligini va bular ushbu kasb
egalari ekanligi aytiladi. Maqolalarning birida “ushbu kasb vakilining yuragi barmog‘ining uchida” deb ta‘rif
berilgan. Savol: Jilmaying va ushbu kasb egalarini o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zda yozib bering.
Javob:Fotograf.
Izoh: Taniqli o‘zbek fotografi Abdug‘ani Jumayev bilan suhbat sarlavhasi yuqoridagi ta‘rif bilan atalgan.
4-savol:
Akademik tarixchi olim Boʻriboy Ahmedov Amir Temur va temuriylar tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib
borgan. “Amir Temur” xalqaro jamgʻarmasi raisi sifatida Sohibqiron tavalludining 660 yillik yubiley
tantanalarini oʻtkazish ishlarida faol qatnashgan. Savol: Olim shu xizmatlari uchun 1997-yil qaysi orden
bilan taqdirlangan.
Javob:“Amir Temur” ordeni.
Izoh: Boʻriboy Axmedov Amir Temur merosini oʻrganish va uni yoyishda qilgan ulkan hizmatlari uchun
aynan Sohibqiron nomi bilan ataluvchi yuksak mukofotga sazovor boʻlishlari bejizga emas.
5-savol:
Duplet. Dupletlarda hikoyalarning asosiy tayanch sozlari keltiriladi va siz hikoya nomini topishingiz kerak.
1-Savol: Ho‘kiz, ellikboshi, og‘il, pristav, kampir. Hikoya nomini yozib bering. 2-Savol: Buvi, non, zamon,
tovuq, kampir, yetim, to‘nka, qozon. Hikoya nomini yozib bering
Javob:1. O‘g‘ri 2. Mening o‘g‘rigina bolam.
Izoh: Birinchi va ikkinchi blits savollarida asarlardan tayanch so‘zlar berildi.
6-savol:
Osiyo chempionlar ligasi doirasida Navbahor va Al Hilol qarama-qarshiligiga atalgan o‘yin oldi anons
roliklarning birida, “Namanganga tashrif buyurayotgan klublarni ALFAlar ila kutib olib BETTAlar ila kuzatib
qo‘yayotgan Navbahor jamoasi Al Hilolga ham shunday yo‘l tutishiga urinib ko‘radi” deyiladi. ALFA va
BETTA bir harfga farq qiladi. Savol: ALFA va BETTAni toping.
Javob:Gul va Gol.
Izoh: Raqiblarini gullar ila kutib olib, gollar ila kuzatib qo‘yayotgan Navbahor jamoasi Al Hilolga qarshi ham
shunday yo‘l tutishiga urinib ko‘radi deyilgan. Namangan gullar shahri deya ta`riflanishini eshitgansiz
albatta.
7-savol:
2003 yilda Krishtianu Ronaldu Alfani Devid Bekxemdan oladi. 2010-yilda esa Rauldan, 2018 yilda Xuan
Kuadradodan, 2021 yilda Kavanidan va 2023-yilda Jaloliddin Masharipovdan ALFAni oladi. Masharipovdan
ALFA so’ralganda, afsona jamoaga kelishi uchun men hamma narsaga tayyorman deb javob beradi. Savol:
ALFAni ikki so’zda yozib bering.
Javob:Yettinchi raqam.
Izoh: Ronaldu yuqoridagi yillarda ushbu futbolchilardan keyin 7-raqamga ega chiqqan. Savol tartib raqami
ham yettinchi edi.
8-savol:
O‘g‘ilning otasi haqida bergan intervyusidan: "Otam ko‘p viloyatlarda yurardi, Toshkentga juda ko‘p mevali
daraxtlarni olib kelgan va ko‘paytirib ketgan. Ishlaganlarida qo‘llarida tokqaychi o‘ynardi. O‘g‘lim mana bu
toklaringni to‘g‘irlab qo‘ygin, shoxlari bir-biriga chuvalashib ketibdi" derdi. Savol: Intervyu bergan
insonning otasi kimligini yozib bering.
Javob:Rizamat ota.
Izoh: Muxbir Sanjar Toshpo‘latov O‘zbekistonda uzumchilikka asos solgan Rizamat ota Musomuhamedov

xonadonida bo‘ladi va uning farzandi Muhammadrahim Musomuhamedov otasi haqida yuqorida so‘zlarni xotirlaydi.
9-savol:
Birinchi SHUNDAY yo’llar Yevropada 15-asrda ot minadigan kishilarga to’satdan qilinadigan hujumdan
saqlanish uchun sim to’siqlar bilan o’rab qo’yilgan. O’zbekistonda ham ilk SHUNDAY yo’l 305 km masofada
Samarqand va Toshkent shaharlari o’rtasida qurilishi rejalashtirilgan. Savol: SHUNDAY so‘zi bilan
almashtirilgan bir so’zni yozib bering
Javob:Pulli.
Izoh: O’zbekistonda ilk pulli yo’l samarqand va Toshkent shaharlari o’rtasida qurilishi rejalashtirilgan.
10-savol:
Sotuvda bir uslub bor. Uning mohiyati shundan iboratki, xaridor sotuvchiga mahsulot borasida savol bilan
murojaat qilganida, sotuvchi ham qarshi savol bilan javob beradi va bu orqali mijozning ehtiyojini astasekin bilib oladi. Savol: Bu tezkor uslub qaysi sport turi nomi bilan ataladi.
Javob:Ping-pong. Qabul. Stol tennis.
Izoh: Bu tezkor uslub huddi "Ping-pong" sport turidagi zarbalar almashuviga oʻxshaydi.
11-savol:
Koreyslarning mashhur xalq dostoniga koʻra qirol, Xabayek qabilasi boshligʻining qiziga uylanadi. Qirolicha
oʻgʻil koʻradi va oʻgʻlon 7 yoshga toʻlgach kamondan oʻq uzish boʻyicha usta jangchiga aylanadi. Uzoq
kurashlardan soʻng oʻz akalarini yengib mustaqil davlat tuzadi. Savol: 2006-2007-yilllarda butun dunyoga
mashhur boʻlgan ushbu yigitning ismini yozib bering.
Javob:Jumong.
Izoh: Koreyslarning Jumong haqida xalq ogʻzaki ijodida yuqoridagi gʻayrioddiy hodisa haqida aytilgan.
Jumong kamondan oʻq otishda ustaligini 2006-2007-yillar namoyish etilgan serialda koʻrganmiz.
12-savol:
Efraim Sevelaning romani qahramoni asar yakunida noilojlikdan bu ishni qilmoqchi bo’ladi. Bu ishni qilish
hayot uchun nihoyatda xatarlidir. Yugoslaviyalik Vesna Vulovich bu ishni 10 160 metr balandlikdan bajarib
tirik qolgani hayratlanarli holatdir. Savol: Bu ishni bir nechta so’zda yozib bering.
Javob:Samolyotdan tushib qolish Qabul. Mazmunan yaqin javoblar.

Izoh: Sevelaning “To’xtating samolyotni tushib qolaman” romani qahramoni roman yakunida Moskvaga
uchayotgan samolyotdan tushib qolishni istaydi. Styuardessa Vulovich 10 160 metr balandlikda
uchayotgan samolyotdan qulab tirik qolgan.
13-savol:
Abdulla Oripov she’ridan parchani tinglang: Ming la’nat sen nihol o’tqazgan vaqtga, Ossalar gar o’zing
ekkan daraxtga. Taqdirning yuzlari qoraysin battar, Qazgan qudug’ingga cho’ktirsalar gar. Savol: Mazkur
she’r nomi kimning faryodi deya atalgan?
Javob:Ulug’bek.
Izoh: She’r “Ulug’bek faryodi” deb nomlangan. She’rda Ulug’bekni o’z o’g’li tomonidan o’ldirtirilishi haqida
gap boradi.
14-savol:
Urungachdagi buyrak ko’llari shunday tiniqki, ostidagi har bir tosh yaqqol ko’rinadi. Buyrak deb
nomlanishiga sabab uning rangi o’xshashligidir. Temuriylardan biriga tegishli buyrakdan yasalgan buyum
juda mashhurdir. Savol: Buyrak so’zi bilan almashgan so’zni yozib bering.
Javob:Nefrit.
Izoh: Nefrit so’zi yunonchadan “buyrak” deb tarjima qilinadi. Urungachdagi ko’l huddi nefrit toshiday
zumradrangdir. Ulug’bekka tegishli nefrit piyola mashhur.
15-savol:
Ushbu filmdan 10 yil o‘tgach 14 yoshli Gradova yana sherigi Aleksandr Demyanenko bilan uchrashib
qoladi. Albatta, Aleksandr uni tanimaydi va qiz o‘zini eslatadi. Aktyor juda xursand bo‘lib: “Demak, men
seni ko‘tarib yurganman?” deydi. Savol: Ular bu uchrashuvidan 10 yil oldin qaysi filmda birga suratga
tushishgandi?
Javob:I operatsiyasi.
Izoh: Ushbu filmdagi Shurik 4 yoshli qizchaga enagalik qilib turganini bilsangiz kerak. Oradan 10 yil o‘tib
Shurik rolini ijro etgan Aleksandr Demyanenko qizchani tanimaydi.
16-savol:
"Faridaning ikki ming qo’shig’i" filmi voqealari chekka, odamlar kam yashaydigan hududda bo’lib o’tadi.
Shu sababdan film haqidagi tahlillar, fikr-mulohazalarda dastlab “ov qilinadigan joy” ma’nosida qo’llanilgan turkiy tildagi so’z ko’p uchraydi. Savol: Qaysi so’z haqida gap ketmoqda?
Javob:Ovloq.
Izoh: O’zbek tilida “ovloq” so’zi markazdan uzoq, chet joy, kimsasiz hudud ma’nolarida qo’llaniladi.
17-savol:
Bir hazilga ko’ra ushbu qo’shiq barcha ota-onalar yoddan biladigan qo’shiq deyiladi. You tube
platformasida eng ko’p ko’rilgan video ham aynan shu qo’shiq hisoblanadi. Savol: Ushbu qo’shiqda qaysi
dengiz jonzoti eslab o’tiladi?
Javob:Akula. Qabul. Shark.
Izoh: bu yerda gap “Baby shark” qo’shig’i haqida borayotgan edi.
18-savol:
Uning eng kattasi va eng chuquri Osiyoda joylashgan. Ular mamlakati deganda odatda Kanada nazarda
tutiladi. Mashhur bastakor Chaykovskining baleti nomida ham U va oqqush eslab o’tiladi. Savol: U o’rnidagi
qisqa so’zni yozib bering.
Javob:Ko’l.
Izoh: Eng katta Kaspiy va eng chuqur Baykal ko’llari Osiyoda joylashgan. Chaykovskining esa mashhur
“Oqqush ko’li” baleti mavjud.
19-savol:
“Shaytanat” romanida Asadbek qiziga kelishgan goʻzal, gullardek nafis degan maʼnolarni anglatuvchi ismni
beradi. Ammo qizi 7-sinfligida Qodiriyni oʻqigach oʻz ismidan norozi boʻladi. Savol: Bu qaysi ism?
Javob:Zaynab.
Izoh: Asadbekning qizi oʻzining ismini hattoki Kumushga almashtirmoqchi boʻladi.
20-savol:
Arabchadan bu soʻz "kesilish, uzilish" deb tarjima qilinib ota-onalarning farzandini qargʻashini bildiradi.
Nafaqat ota-onasi tomonidan qargʻalgan, balki, ularni xafa qilgan farzand ham bu soʻz bilan atalishi
mumkin. Bizda koʻpchilik bu soʻzni bir rang bilan adashtiradi. Savol: Qaysi rang bilan?
Javob:Oq.

Izoh: Farzand ota-onasini xafa qilsa ham oqq boʻladi. Oq(q) soʻzi arabchadan kelib chiqqan boʻlib oq rangni
anglatmaydi. Ota-onaga oq bo‘lishda aslida ikkita “q” harfi bo‘ladi.
21-savol:
Topishmoqni tinglang: Jonsiz, tinglaydi, Qo’lsiz, yozadi, Tilsiz, so’zlaydi. Topishmoq javobi u. “Uchrashuv’’
filmida opasining to’yi uchun kichkintoyga undan olib berish haqida gap boradi. Savol: Topishmoq javobini
toping.
Javob:Magnitafon.
Izoh: “Uchrashuv” filmida kelinning ukasi “magnitafon jinnisi” ekanligi haqida gap boradi.
22-savol:
Shahar qushlari uyalarini qurishda ulardan foydalanishni o‘rganmoqdalar ekan. Uning tarkibidagi modda
bit, burga va boshqa hashorotlarni qaytarishga qo‘l keladi. Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib Fransiya
ko‘chalaridan har yili umumiy hisobda 350 tonna atrofida u yig‘ib olinadi. Savol: Uni yozib toping.
Javob:Sigaret qoldig‘i.
Izoh: Sigaret qoldig‘ida ham qisman nikotin moddasi saqlanib qoladi va bu qush uyasiga zararli
hashorotlarni yaqinlashtirmaslikka xizmat qilarkan.
23-savol:
Eng ayyorona qamoqdan qochishlar ruknida irlandiyalik siyosatshunos Imon de Valeraning qamoqxonadan
qochishi hikoya qilinadi. Dastlab De Valeraga qamoqxona ruhoniysiga cherkov xizmatlarida yordam
berishga ruxsat beriladi. De Valera cherkov xizmatlari davomida uni yig‘a boshlaydi. Qamoqxona kalitlarini
yasashda u juda as qotgan. Savol: Uni yozib bering.
Javob:Sham Qabul. Mum
Izoh: U cherkovda shamlarni yig‘a boshlaydi va kalitlarni nusxalab, chizmasini tashqariga jo‘natadi.
24-savol:
1996-yil bir Yevropa mamlakati shahzodasi Charlz O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Savol: Bu tashrifdan
so‘ng 1996-yil 12-noyabrda Toshkentda qaysi muassasa ishga tushdi?
Javob:Buyuk Britaniya elchixonasi Qabul. Elchixona

✅ Telegram kanal: @Zakovat_Savolarii