Ikkinchi Liga kuzgi mavsum 4-tur savollari (03.10.2026)
Ikkinchi Liga, kuzgi mavsum, 4-tur savollari
1-savol:
Qo'shni respublikalardan biridagi obyektda restoranlar, ko'ngilochar va savdo markazlari bo'lishi ham rejalashtirilgan. Bu obyektning tashqi ko'rinishi Uni eslatadi. Bir manbada Unga "bir o'ram yukimsan" ta'rifi beriladi.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: O'tov
Izoh: Qirg'iz Respublikasida qad rostlagan "Bishkek arena" sport o'yinlaridan tashqari turli ko'ngilochar maskanlarni ham o'z ichiga oladi. Arenani tashqi ko'rinishi o'tov shakliga ega. Ko'chmanchilar ramzi bo'lgan o'tovga Hosila Rahimovaning shu nomli qo'shig'ida "safarga chorlasa kengliklar, bir o'ram yukimsan, o'tov" ta'rifi bor.
2-savol:
Hosila Rahimovaning "O'tov" qo'shig'ida o'tovning to'rt devori, burchagi va to'ri yo'q ekanligi aytiladi. Bu jihatdan o'tov Uni eslatib yuboradi. Afsonalarda U Angliyaning janubi-g'arbidagi Kornuoll hududidan bo'lgan usta tomonidan yasalgani bayon qilingan.
Savol: Uni ikki so'zda yozib bering.
Javob: Aylana stol.
Izoh: O'tovning burchagi, to'rt devori yo'q va u dumaloq. Unda to'r bo'lmaydi, o'tirgan odamlarning barchasi teng. Bu jihatdan u qirol Arturning ritsarlari bilan yig'iladigan aylana stolga o'xshaydi. Aylana stolda ham hamma teng.
3-savol:
Tatar afsonalarida Qozon ajdahosi nomi bilan tanilgan Zilantning mavjudligiga qattiq ishoniladi. Tataristonda bir nechta tashkilot va klublarning ramzi Zilant hisoblanadi. Zilant so'zining kelib chiqishi esa Bu so'z bilan bog'lanadi.
Savol: Bu so'zni o'zbekchada toping
Javob: Ilon
Izoh: Zilantning tashqi ko'rinishi va nomi ham ilon bilan bog'lanadi.
4-savol:
[Tarqatma: "****nergy"]
Tarqatmada faoliyatini elektromobillar savdosi bilan boshlagan Toshkentdagi savdo tashkilotlaridan birining nomidan harflar berkitilgan. Tashkilot o'z faoliyati orqali poytaxt ekologiyasini yaxshilashni niyat qilgan bo'lsa ajab emas.
Savol: Bir maishiy texnika brendi bilan bir xil bo'lgan berkitilgan harflarni yozib bering.
Javob: Gree.
Izoh: Bu avtosalon Greenergy deb nomlangan va elektromobillar ya'ni yashil energiya bilan harakatlanib, tabiatni ifloslantirmaydigan avtomobillar savdosi bilan shug'ullangan. Gree – Xitoyning mashhur maishiy texnika brendi.
5-savol:
Alternativ tarix haqidagi animatsion filmda Yerga asteroid qulagandan keyin sayyorada kalamushlar sivilizatsiyasi paydo bo'ladi. Ammo kalamushlar ham urush va ommaviy qirg'in qurollari orqali o'zlarini yo'q qiladi.
Savol: Ushbu epizod boshida 1889-yilda tug'ilgan kimni asteroid parchasi bosib qolib halok bo'ladi.
Javob: [Adolf] Gitler
Izoh: Animatsiyada hatto kalamushlar sivilizatsiyasi ham odamlar kabi bir-biri bilan urushlar olib borishi tasvirlanadi.
6-savol:
Meksikalik ayol Mariya Slaud Ramirez 2022-yil, 109 yoshida vafot etdi. Ba'zi nashrlar 2017-yildan keyin Mariyaning hayoti va yashash sharoiti ancha yaxshilanganini yozadi. Mariya odamlar orasida Ushbu personajning prototipi sifatida tanilgan edi.
Savol: Qaysi personaj?
Javob: Koko buvi
Izoh: Mariya Slaud Ramirez tashqi ko'rinishi, yoshi jihatdan 2017-yili chiqqan "Koko siri" animatsion filmidagi Koko personajiga o'xshagani uchun odamlar orasida Koko buvi nomi bilan tanilgan.
7-savol:
Reper Minorning qo'shig'ida "hayotda insonlar ikki xil bo'ladi, bular BO'SHLIQ va sen" deb ta'rif beriladi.
Savol: Mashhur fransuz ijodkorining iqtibosiga ko'ra nima BO'SHLIQ?
Javob: Do'zax.
Izoh: Qo'shiqda insonlar ikki xil, sen va boshqalar deyiladi. "Do'zax – bu boshqalar" iqtibosi Jan Pol Sartrning pyesasida yozilgan.
8-savol:
[Tarqatma: Tecno Camon Slim smartfoni rasmi]
Yaqinda Tecno kompaniyasining O'zbekistondagi instagramiga joylangan videoda tarqatmada berilgan Camon Slim modelidagi smartfon ikki xil tarixni birlashtirishi aytiladi. Qurilmadagi ko'k rangga ta'rif berishda yurtimizdagi tarixiy obidalarda moviy va ko'k ranglardan ko'p foydalanilgani ta'kidlangan. Undan tashqari model nomida bir atoqli otni ham uchratish mumkin.
Savol: O'sha atoqli otni yozib bering.
Javob: [Vinsent] Van Gog
Izoh: Smartfon korpusidagi naqshlar Van Gogning "Yulduzli tun" asarini eslatib yuboradi. Shu sabab model Tecno Camon Slim Van Gogh Blue deb nomlangan.
9-savol:
2019-yil kompaniyaning 50 yillik yubiley munosabati bilan turli modeldagi bir nechta tijoriy samolyotlar shahar osmonida o'ziga xos shou uyushtiradi. Ularga fransuz patrul samolyotlari hamrohlik qilgan.
Savol: Ushbu shou qaysi shaharda bo'lib o'tgan?
Javob: Tuluza
Izoh: Shu yili samolyotlar ishlab chiqaruvchi Airbus kompaniyasi 50 yillik yubileyini nishonlagan. Kompaniyaning bosh qarorgohi va ulkan zavodi Fransiyaning Tuluza shahrida joylashgan.
10-savol:
Eddi Myorfi ishtirokidagi 2012-yil chiqqan filmda personaj o'zida qolgan oxirgi BO'SHLIQni otasini kechirishga sarflaydi. BO'SHLIQ ikki so'z.
Savol: BO'SHLIQ o'rnidagini yozib bering.
Javob: Uchta so'z
Izoh: "Mingta so'z" filmida personaj gapirsa, gapidagi so'zlar miqdorida daraxtdan barglar to'kiladi. Barglar tugasa uning o'lishi ma'lum bo'ladi. Otasi tashlab ketganidan ranjigan personaj oxirgi uchta bargni, ya'ni uchta so'zni otasining qabri oldida "I forgive you" so'zlariga ishlatadi. "Uchta so'z" jumlasi ikkita so'zdan iborat.
Zachot: Uchta barg
11-savol:
Bir ijodkor o'zini jonli organga qiyoslab, kuylaganda atrofida Ular raqsga tushayotgandek tuyulishini aytadi. Ular haqidagi 2017-yilgi film Eng yaxshi liboslar dizayni nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzodi qo'yilgan.
Savol: Ular deganda qaysi ikki personaj nazarda tutilmoqda?
Javob: Sohibjamol (Bell), Maxluq
Izoh: "Sohibjamol va Maxluq" animatsiyasidagi jonli organ ko'pchilikka tanish. 2017-yilgi remeyk film liboslar bo'yicha Oskarga nomzod bo'lgan.
12-savol:
Elnur Egamovning kredit haqidagi suratida qo'lida kishan, oyog'ida kreditga olingan buyumlarga zanjir bilan bog'langan odam tasvirlangan. Odamning qo'lidagi kishan IKSdan hosil qilingan. Shved tili kengashiga ko'ra, IKSdan oldin shved tilida, boshqa barcha o'lchov birliklari singari, bo'sh joy qolishi kerak.
Savol: IKSni ikki so'z bilan yozib bering.
Javob: Foiz belgisi
Izoh: Suratda foiz belgisidagi ikki halqa insonning qo'liga kishan qilib chizilgan. Ijodkor kreditning oxiri yaxshi tugamasligini surat orqali yetkazmoqchi bo'lgan.
13-savol:
O'zbekistonda BU ISH uchun eng ko'p ishlatiladigan uskunalar AQShning "Rain Bird" kompaniyasi tomonidan chiqarilishi ramziy holat. Bir videoda BU ISH orqali hatto cho'lda bog' yaratish mumkin ekanligi aytiladi.
Savol: BU ISHni alifboda yonma-yon joylashgan harflardan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javob: Tomchilab sug'orish.
Izoh: "Rain Bird" – Yomg'ir qushi degan ma'noni anglatadi. Amerika tub aholisi (indeyslar) ishonchiga ko'ra, tabiatda qurg'oqchilik bo'lganda, yomg'ir yog'ishidan darak beruvchi yoki o'zi bilan birga yomg'ir olib keluvchi muqaddas qush bo'lgan va Uni "Rain Bird" deb hisoblashgan
14-savol:
"Intrepid" so'zi bu maxfiy laqab bo'lib, bu so'zdan Uilyam Stivenson operatsiyalar vaqtida foydalangan. Yan o'z asarini yaratish maqsadida urush vaqtlarida hatto Stivenson bilan uchrashishga ham ulgurgan.
Savol: Yanning personajini familiyasini, ism familiyasini yozib bering.
Javob: Jeyms Bond.
Izoh: Yan Fleming Jeyms Bond haqidagi asarlar muallifi hisoblanadi. Agentning mashhur Bond, Jeyms Bond nutqi esingizda bo'lsa kerak. Uilyam Stivenson Jeyms Bond prototipi hisoblanadi.
15-savol:
Savolda ikki so'zdan harflar tushirilgan.
Yaqindagi chiqqan xabarga ko'ra, endilikda tadbirkorlik arizasi belgilangan muddatda ko'rib chiqilib, javobi aytilmasa, SUT-ILIK tamoyiliga asoslanib avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal etilgan deb hisoblanadi.
Savol: Yuqoridagi savol matnida harflari tushirilgan ikki so'zni yozib bering.
Javob: Sukut-rozilik.
Izoh: Bu tamoyilga ko'ra qaysidir ma'noda sukut saqlanib ariza ko'rilmasa bu rozilik hisoblanadi.
16-savol:
Savolda bir so'z ikki so'z o'rnida keladi
Yurtimizda suratga olingan "MATO" nomli serial ayol kishiga nisbatan qilingan ayblovlar, ta'na-dashnomlar va tuhmat haqida hikoya qiladi.
Savol: Savolda almashtirilgan ikki so'zni yozib bering?
Javob: Malomat toshi.
Izoh: Malomat toshi ham yuqoridagi so'zlar kabi ma'noga ega.
17-savol:
"Harvard metodi" kitobida vaqtni behuda sarflamaslik bo'yicha maslahatlar berilgan. Shulardan birida ma'nosiz va vaqtinchalik munosabatlar Unga o'xshatiladi. To'yimsiz va nosog'lom ekani ham qo'shimcha qilinadi.
Savol: Uni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javob: Fast food.
Izoh: Fast food ovqatlarining aksariyati sog'lom ovqatlanishga kirmasligi ko'p manbalarda aytib kelinadi.
18-savol:
Sharif Abdullayevning bir qo'shig'ida bitta she'r bilan yashab bo'lmasligi, xamyon bo'm-bo'shligini aytilar ekan Ushbu personajni eslab o'tiladi. Ushbu personajga bog'liq asarga ishlangan muqovada shturvalni ko'rishimiz mumkin.
Savol: Asarni yoki bu personajni yozib bering.
Javob: Martin Iden.
Izoh: Asarda Martin dengizchi bo'ladi va she'r yozadi. Ammo boshida omadi kelmay, hech bir nashr qabul qilmaydi.
19-savol:
Barkarola qo'shig'ida mo'tadil temp alohida ajralib turadi va bu temp to'lqinlarda mayin tebranishni hosil qiladi. Barkarola asosan Italiyaning shimoli-sharqida joylashgan shaharda bir kasb vakillari tomonidan ijro etiladi.
Savol: O'sha kasb vakillarini yozib bering.
Javob: Gondola haydovchilar.
Izoh: Barkarola gondola haydovchilarining mashhur qo'shig'idir.
Zachot: Gondolyerlar.
20-savol:
Fransiyaning Grass shahrida dunyoning eng xushbo'y gullari yetishtiriladi. Bu shaharda katta brendlarga xomashyo sotuvchi atir uylari joylashgan
Savol: Qaysi asarning asosiy voqealari Grass shahrida bo'lib o'tadi?
Javob: Parfyumer (Ifor)
Izoh: Asarda ham Grenuy dunyodagi eng zo'r parfyumeriya ustasi bo'lishni xohlaydi.
21-savol:
Savolda bir so'zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Svetlana Aleksiyevichning "Chernobil tavallosi" asarida ARKAga nafas olayotgan o'lik tana deb ta'rif berilgan. Qadimgi Yunonistonda marhumning kullari qo'yilgan idish – Larnaks ARKAning kichik bir turi hisoblangan.
Savol: Ikki o'rinda harflari tushgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Sarkofag.
Izoh: Qadimgi Misrda fir'avn va zodagonlarni dafn qilish uchun ishlatiladigan tobut turi sarkofag deyiladi.
22-savol:
Savolda bir so'z ikki so'z o'rnida keladi.
"Alkimyogar" asarida ota o'z o'g'lini safarga kuzatib, unga hamyon beradi. Hamyonni topib olganiga izoh berar ekan, Uni OT desa ham bo'laveradi deb qo'shib qo'yadi. Tilimizdagi OT iborasining ikki xil ma'nosi bo'lib, ulardan biri atrofdagi voqea-hodisalardan bexabar, go'yo boshqa dunyodan kelgandek ma'nosini bildiradi.
Savol: Savolda almashtirilgan ikki so'zni yozib bering.
Javob: Osmondan tushgan
Izoh: Personaj hamyon o'ziga osmondan tushgandek kelganini aytgan.
23-savol:
Toshkent davlat yuridik universitetida yangi yil oldi tayyorlanadigan archa asosan kodekslardan tayyorlanadi.
Savol: Yulduzcha o'rnida qaysi normativ huquqiy-hujjatidan foydalanishgan?
Javob: (O'zbekiston Respublikasi) konstitutsiyasi.
Izoh: Konstitutsiya eng yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
24-savol:
Chaykovskiyning U nomli asariga Aleksey Pleshyevning "Qirg'oqqa chiqaylik, u yerda to'lqinlar oyoqlarimizni o'padi" so'zlari epigraf qilib olingan. Asardagi navbatma-navbat chalinadigan notalar qayiqning tebranishini bildiradi.
Savol: Asar nomini bir xorijiy so'zda yozib bering.
Javob: Barkarola
Izoh: Bundan bir necha savol oldin Barkarola haqida eslab o'tgan edik.