Zakovat savollari Oʻquvchilar ligasi (23.05.2025)
1-savol:
Ushbu shaharda Farhod haykali, Guli supermarketi yoki “Semurg‘” sug‘urta kompaniyasi kabi bir qancha
manzillarni ko‘rishingiz mumkin. Savol: 1958-yilda tashkil topgan ushbu shaharni yozib bering.
Javob:Navoiy shahri.
Izoh: Shaharda Navoiy asarlari qahramonlari bilan atalgan ko‘plab obyektlar mavjud. Yana shuningdek,
sobiq “Shirin” madaniyat saroyi ham shular jumlasidandir.
Manba: 1. https://shorturl.at/y4HdB 2. https://semurginsurance.uz/uz/contact
2-savol:
Abdulla Oripovning bu insonga atab yozgan she‘rini tinglang. O‘tdi u og‘a, Tengsiz bir daho, Ulug‘ bir
qissago‘y, tug‘ma donishmand. Mayda tuyg‘ularni suymasdi aslo, Mahobati esa MANASga monand. Savol:
Uning kim ekanini yozib bering
Javob:Chingiz Aytmatov.
Izoh: Mashhur yozuvchi 2008-yil 10-iyun kuni vafot etgan. She‘r matnidagi Manas ham sizni qirg‘izlarga
yetakladi degan umiddamiz.
Manba: https://t.me/abdullaorifijodi/44
3-savol:
“Dunyoda hech narsa U va o‘lim kabi muqarrar emas”, degan edi Benjamin Franklin. U tarixda ilk bor
Hammurapi qonunlarida rasmiylashtirilgan ekan. Uning egri va toʻgʻri kabi turlari bor. Savol: Uni bir so‘zda
yozib bering.
Javob:Soliq.
Izoh: Soliq davlat hayotida nihoyatda ahamiyatli boʼlgani uchun Benjamin Franklin "soliq va oʻlim muqarrar
ekanligini" aytgan.
Manba: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Soliq 2. https://shorturl.at/mGDvv
4-savol:
Biz savol matnida bir harfni boshqasiga almashtirdik. Parrandachilik - teri olish maqsadlarida qimmatbaho
mo‘ynali hayvonlarni boqish bo‘lib, chorvachilikning tarmog‘i hisoblanadi. Kumushrang-qora tulki,
qorakuzan, suvsar, nutriya kabi jonzotlar parrandalardir. Savol: Almashgan harfni asl holida yozib bering.
Javob:D (d)
Izoh: Bu yerda gap parrandachilik haqida emas, darrandachilik haqida ketmoqda edi. Mo‘ynali jonzotlardarrandalar deyiladi.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Darrandachilik
5-savol:
Bu qisqa soʻz qadimgi turkiy tilda asab degan maʼnoni bildirgan. Bu soʻz qatnashgan ibora esa tegishib
yoki biror yoqmaydigan ish, gap bilan jahlini chiqarmoq, gʻashini keltirmoq — degan maʼnolarda
qoʻllaniladi. Savol: Bu qisqa soʻzni yozib bering.
Javob:Jigʻ.
Izoh: Savol matnida jigʻiga tegmoq iborasi haqida gap bordi.
Manba:
https://izoh.uz/word/jig%25E2%2580%2598&ved=2ahUKEwiWvKLJhJ6GAxXtFxAIHSJrAeAQFnoECA0QAQ&us
g=AOvVaw0xEcw1v5_nxM-dEpwFDUEG
6-savol:
Navoiy bobomiz “Kimki bir koʻngli oʻksik, gʻamgin kishini shod qilsa, bu inshoot vayron boʻlganda uni
tiklaganga barobar ish qilgan boʻladi” degan hikmatni yozib qoldirganlar. Moʻtabar manbalarda
aytilishicha, bu inshootni Ibrohim alayhissalom oʻgʻli bilan tiklagan ekan. Savol: Inshoot nomini
matematikadan kelib chiqib yozib bering.
Javob:Kaʼba.
Izoh: Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Kaʼba vayron boʻlsa obod aylagay —
deb hazrat Navoiy yozganlar. Kaʼbani Ibrohim alayhissalom tiklaganlar. Kaʼba nomi kub soʻzidan kelib
chiqqan.
Manba: 1. https://hikmatlar.uz/author/14 2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ka%CA%BCba
7-savol:
Ushbu so‘zning aynigan, qovjiroq (urug‘liklarga nisbatan), po‘ng‘illagan (ovozga nisbatan), foydasiz kabi
ma’nolari bor. 2011-yilgi multfilmda mushukning do‘sti bo‘lgan tuxum o‘zini ushbu so‘z bilan ta’riflaydi.
Savol: Ushbu unlilari bir xil so‘zni yozib bering.
Javob:Palag‘da.
Izoh: Etik kiygan mushuk multfilmida Tuxum o‘zini palag‘da deb ataydi. Palag‘da odatda aynigan tuxumga
nisbatan ishlatiluvchi so‘zdir.
Manba: 1. https://uz.wiktionary.org/wiki/palag%CA%BBda 2.
https://uzmovi.com/tarjima-kinolarri/2018-etik-kiygan-mushuk.html
8-savol:
“Quvnoq daydi” paroxodining a’zolari, kapitan Leo, Chiko va Rokkining sarguzashtlarini hikoya qiluvchi
multfilm nomi ALFA. Boshqa bir ALFAning esa 169 turi mavjud bo‘lib, asosan O‘rta dengizda yashaydi.
Savol: ALFA o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering
Javob:Dengiz itlari.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=5XMQcCrz4WQ 2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Морские_собачки
9-savol:
Uning mas, qushnusxa, beshbo‘lak, ulama, mardona, zaifona, bachkana kabi turlari bo‘lib, nomida U
qatnashgan asar 1934-yilda yozib tugatilgan. 1991-yilgi manbada esa U gravitatsiya qoidalarini buzadi.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Ketmon.
Izoh: “Obid ketmon” asari 1935-yil yozilgan. “Abdullajon” filmida ketmon ustida yuk bilan uchganini
ko‘rgansiz.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Ketmon
10-savol:
XI asrda yozilgan mazkur SAODATli asar Qoraxoniylar davlati nizomnomasi boʻlib, mamlakatni taraqqiyotga
ELTUVCHI, jamiyatning rivojiga xizmat qiluvchi BILIM manbai bo‘lgan. Asarning toʻrt qahramoni tomonidan
aytilgan barcha fikrlar purmaʼnodir. Savol: Bu asar muallifini yozib bering?
Javob:Yusuf Xos Hojib
Izoh: "Qutadgʻu bilig" yaʼni "Saodatga eltuvchi bilim" asarini Yusuf Xos Hojib yozganlar. To‘rt qahramon
bular – Kuntugdi, Oyto‘ldi, Ugdilmish, O‘zg
urmish.
Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qutadg%CA%BBu_bilig
11-savol:
Eshqobil Shukurning “Olma va bukri U” haqidagi she‘ridan parchani tinglang. Men bukri U man Mudom
qo‘llarimni senga cho‘zaman. Qo‘llarga aylanar tanam, tomirim O‘zimni yuz tuzib, yuz bor buzaman.
Topishmoqqa ko‘ra U “Agar yo‘limda daryo bo‘lmasa, Makkaga yetar edim” der ekan. Savol: U o‘rnidagi bir
bo‘g‘inli o‘simlikni yozib bering.
Javob:Tok.
Manba: https://t.me/Eshqobil_Shukur_ijodi/600
12-savol:
Lev Tolstoyning fikricha, odamni jismonan davolash uchun BIRINCHI ISHni, ruhan davolash uchun esa
IKKINCHI ISHni qilish kerak ekan. BIRINCHI va IKKINCHI bir-biriga qarama-qarshi ishlardir. Mashhur ertakda
BIRINCHIga olma sabab boʻlgan. Savol: Bir xil harfdan boshlanuvchi ushbu ikki ishni yozib bering.
Javob:Uxlatish va uygʻotish.
Izoh: Lev Tolstoy: “Odamni jismonan davolash uchun uxlatish, ruhan davolash uchun uyg‘otish kerak” —
degan. “Oppogʻoy va yetti gnom”da malika zaharli olma sabab uxlab qoladi.
Manba: 1. https://tafakkur.net/oppogoy-va-yetti-gnom/xalq-ogzaki-ijodi.uz 2.
https://t.me/kitobiyiqtibos/3341
13-savol:
Bu mashhur kavkaz taomi AJABTOVUR retseptga ega: baqlajon, bulgʻor qalampiri, pomidor va piyozni
dimlash asnosida pishiriladi. Tayyorlash oson boʻlib koʻp vaqt talab qilmasligi kishini AJABLANTIRADI. Savol:
Mazkur ovqatni vatandoshlarimiz nima deb ataydilar?
Javob:Ajabsanda.
Izoh: Bu yegulik gruzinchasiga ajabsandali deyiladi. Xalqimiz esa ajabsanda deb nomlagan.
Manba: https://zira.uz/uz/recipe/ajabsanda/
14-savol:
11-may sanasida bo‘lib o‘tgan Milan va Kalyari jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda jamoalar o‘ziga xos ishga
qo‘l urishdi. Futbolchilar futbolkasida o‘z familiyalari o‘rnida o‘z ALFAlari ismlari yozilgan edi. Jumladan
Eldor Shomurodovning futbolkasida Zulfizar yozuvi bor edi. Savol: Shu kuni xalqaro qanday kun edi.
Javob:Onalar.
Izoh: Xalqaro onalar kuni munosabati bilan jamoalar futbolkaga futbolchilarning o‘zini emas, balki onalarini
ismini yozishgan.
Manba: https://youtube.com/watch?v=wOloHrYbn_8&si=TFNvzhrI7fDacTO6
15-savol:
Ushbu savol “shes” sekundda topiladi degan umiddamiz. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Birlashgan
Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Markaziy Osiyodagi eng yirik U qurilmoqda. Uning
qurilishi natijasida yiliga 540 million kubometr gaz tejalishiga hamda 720 ming tonna zararli gazlar
chiqishining oldi olinadi. Savol: Uni uch so‘zda yozib bering.
Javob:Shamol elektr stansiyasi.
Izoh: Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt•soat elektr energiya ishlab chiqariladi,
ekologiyaga zarari kam manba bo‘ladi. Shamol elektr stansiyasini qisqacha SHES ham deb atashadi, savol
preambulasida shunga ishora qilgandik.
Manba: https://shorturl.at/9q24B
16-savol:
U o‘pkadan zarb bilan chiqayotgan havoning paychalarga urilishi va tebranishi natijasida hosil bo‘ladi.
Boshqa bir Unga byudjetdan qariyb 2 milliard so‘m ajratilganini ma’lum. Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob:Ovoz.
Izoh: Gap insondan chiqadigan ovoz va “Ovoz” loyihasi haqida gap ketmoqda.
Manba: 1. https://uz.wiktionary.org/wiki/ovoz 2. https://shorturl.at/B7ci9
17-savol:
Ertakda U podsho qiziga uylanish uchun bir qancha shartlarni bajaradi va xalq himoyasi uchun janglarga
ham kiradi. Uning asosiy quroli tosh boʻlgan. Savol: Siz Uni emas, ertak nomini ikki soʻzda yozib bering
Javob:Muqbil toshotar.
Izoh: Ertakda Muqbil oʻz toshotari bilan koʻplab qahramonliklarni amalga oshiradi.
Manba: https://ziyouz.uz/ozbek-xalq-ogzaki-ijodi/ozbek-xalq-ertaklari/
18-savol:
Savol matnida bir harf, boshqa bir harfga almashgan. JCh-2014 saralash o‘yinlari uchun tashkil etilgan
qur‘a tashlash marosimi Rimdagi Guanabara ko‘rfazida joylashgan mashhur Marina da Gloria yaxta klubida
bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosimga atalgan maqolada “Barcha yo‘llar RIMga olib boradi” iborasini ko‘rish
mumkin. Savol: Harfi almashgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Rio.
Izoh: Gap Rio de Janeyrodagi Marina da Gloriya yaxta markazida tashkil etilgan FIFAning qur‘a tashkil marosimi haqida ketmoqda. JCH-2014, Guanabara, Marina Da Gloriya kabi portugalcha nomlar sizlarni
Braziliyaga olib borishi kerak edi.
Manba: http://russian-bazaar.com/ru/content/19667.htm
19-savol:
Uni sotuvchi Robiya Qayumova “bu nima?” deb so‘ragan hozirgi davr bolalariga “bir oyoqli parranda” deya
hazil qiladi. “O‘rta yoshli insonlar ular hali ham borligiga qiziqib qoladi va men ularga 3-4 tasini tekinga
berib, bolaligini sovg‘a qilaman” deydi Robiya xola. Savol: Uni qo‘shma so‘zda yozib bering.
Javob:Xo‘rozqand.
Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/06/sweets/
20-savol:
Duplet. 1. U 2007 yil Ispaniyada asli afrikaliklar oilasida tug‘ilgan. Hozirda Kataloniya jamoasi sharafini
himoya qilmoqda va jamoa kelajagi deb qaralmoqda. Savol: Ushbu futbolchi kim ekanini yozib bering. 2.
Ushbu yarimorol Rossiyaning shimolida joylashgan. Aslida yarimorolning etimologiyasi “yerning oxiri”
ma’nosini bersa-da, hazil versiyaga ko‘ra o‘z nomini “men kichikman” so‘zlaridan olgan deyishadi. Savol:
Ushbu yarimorol nomini bir so‘zda yozib bering.
Javob:1. (Lamin) Yamal 2. Yamal.
Izoh: Yarimorol o‘z nomini ruscha “men kichkinaman” so‘zlaridan olgan degan hazil variant mavjud.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ямал 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Ламин_Ямаль
21-savol:
Slavyanlarda U ikkiga bo‘lingan ilonni ham davolay olishi haqida afsonalar bor. Haqiqatdan ham U
shifobaxsh bo‘lib, pandemiya vaqtida Uning narxi juda qimmatlashib ketgandi. Uni bir manbada
“Lampashisha” ning boshlig‘i sifatida ham ko‘rganmiz. Savol: U nima ekanini yozib bering.
Javob:Sarimsoqpiyoz.
Izoh: Mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega sarimsoqpiyoz juda dorivor hisoblanadi. “Uchrashuv” filmida
Ergash Karimov gavdalantirgan personajning laqabi ham sarimsoq piyoz edi.
Zachot: Chesnok.
Manba: 1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Чеснок 2. https://www.youtube.com/watch?v=mgZeo9cX0Q4
22-savol:
Qurʼoni Karimning “Isro” surasida ota-onaga BU SOʻZni aytmaslik shartligi uqtiriladi, chunki BU SOʻZ
noshukurlik belgisidir. Arab tilida “f” tovushi juda yumshoq aytilsada, BU SOʻZ salbiy maʼnoda boʻlib
soʻzlovchiga nimadir juda yoqmaganligini ifodalaydi. Javobni topolmasangiz siz ham BU SOʻZni ishlatmang.
Savol: Bu qisqa soʻzni yozib bering.
Javob:Uff.
Izoh: Yumshoq “f” tovushi bilan yasalsada "uff" soʻzi salbiy holatlarni ifodalaydi. Uffni ota-onaga umuman
aytmaslik kerak. Bundan ota-ona ranjiydi.
Manba: https://shorturl.at/togRF
23-savol:
Savolni O‘qilon beradi. Bu shamsiy oy haqida maqollar talaygina, barchasi dehqonchilikka taalluqli.
Shulardan ayrimlarida U kirsa suv oqarishi, Uning suvi asal suv ekanligi va Unda hosilni yasatish lozimligi
aytiladi. Savol: Bu qaysi oy?
Javob:Asad.
Izoh: Asad kirsa, suv oqarar, Asad suvi — asal suvi, Asad, ekinlarni yasat degan maqollarni eshitgan
boʻlsangiz kerak. Asad oyi eski taqvimga koʻra 23-iyul — 22-avgustlar oraligʻida boʻlgan va dehqonchilikda
muhim ahamiyat kasb etgan. Shaytanat asarida Asadbekning laqabi o‘qilon edi.
Manba: https://shorturl.at/7kBWy
24-savol:
Bir dolzarb muammoga atalgan maqolada, Uning og‘irligi tana vaznining 10 foizini tashkil etish kerakligi
yozilgan. Masalan tana vazni 40 kg bo‘lsa, U 4 kgdan oshmasligi lozim. Me‘yoridan ancha og‘ir bo‘lsa yelka,
bo‘yin og‘riqlari, qomat buzilishiga olib kelishi mumkin. Savol: Uning nimaligini yozib bering.
Javob:Maktab sumkasi.
Izoh: Gap sizga begona bo‘lmagan va erta indin yaxshi manoda qutuladigan maktab sumkangiz haqida ketayotgan edi. Biz sizga ta
tilni maroqli o‘tkazib keyingi mavsumda ko‘rishgancha deb qolamiz.
Zachot: Papka, sumka.
Manba: https://t.me/uzbekistan24/77673
P
Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii