O'quvchilar ligasi savollari 01.05.2025
1-savol:
Demak, bugungi o‘quvchilar va talaba-o‘quvchilar ligasi navbatdagi turini ochiq deya e’lon qilamiz.
Asardagi Qosim aytgan noto‘g‘ri variantlar orasida bug‘doy, suli va arpa kabilar mavjud edi. Savol: O‘sha
vaziyatda to‘g‘ri aytilishi kerak bo‘lgan takror so‘zni yozib bering.
Javob:Sim-sim.
Izoh: Sim-sim ba’zi manbalarda Sezam “Alibobo va qirq qaroqchi” asarida ishlatiluvchi va sehrli g‘orni
ochish uchun kerak bo‘ladigan kalit so‘z hisoblanadi. Sim-sim ba’zi tillarda kunjut turi sifatida keltirilgan.
Shu sababdan, ham asarda ochko‘z Qosim uni boshqa dukkakli o‘simliklar sholi, suli, arpa va bug‘doylar
bilan adashtirib yuborgancha qaroqchilar qo‘liga tushadi va halok bo‘ladi.
2-savol:
Ispan haziliga ko‘ra, bu meva Ispaniyaga advokatlar tomonidan olib kelingan. Ba’zi manbalarga ko‘ra bu
mevani alligator noki deb ham atashadi. Fan tilida ushbu meva Persea Americana deya nomlangan. Savol:
Bu qaysi meva?
Javob:Avokado
Izoh: Avokado – ona vatani Amerika qit’asi hisoblanadigan meva bo‘lib, asosan, Karib havzasi, Meksika va
Gvatemala hududlarida ko‘p yetishtiriladi. Ispan tilida advokat so‘zi avokado so‘zi bilan ohangdosh tarzida
Abogado deya talaffuz qilinadi va shu sababdan hazil aralash avokando mevasi advokatlar bilan birga
eslanadi. Janni Rodari qalamiga mansub “Chippolinoning sarguzashtlari” asarida ham advokatning ismi
Mister Avokado edi.
3-savol:
Terminchi kanalida nafaqa, stipendiya, mahr, aliment so‘zlariga Uning o‘zbekchasi deya ta’rif berilgan.
Kun.uz ning U haqidagi maqolasida Savdolashish sunnat amalligi va U savdolashishning yangi turiligi aytib
o‘tiladi. Savol: U o‘rnidagi inglizchadan kirib kelgan so‘zni yozib bering.
Javob:Cashback [Keshbek].
Izoh: Nafaqa - to‘lagan soliqlaringizdan, stip - kontraktdan, mahr - sep uchun va aliment - farzand tug’ib
bergani uchun cashback deyilgan. Kun.uz maqolasida cashback nimaligi tushuntirilarkan ulamolar
tomonidan savdolashishning bir turi sifatida fatvo berilgani yozilgan.
4-savol:
Koreys xalq ertagida Xonchji ismli qiz oʻgay onasi bilan yashashi aytiladi. Ertak davomida ariqdan sakrab
o‘tayotgan Xonchji oyoq kiyimidan birini tushirib qo‘yadi. Xonchji boshqa xalqlar tomonidan “Koreys
ALFAsi” deya nom olgan. Savol: ALFA o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob:Zolushka.
Izoh: Buyuk geografik kashfiyotlardan soʻng, yevropaliklar boshqa xalqlar madaniyatini oʻrgana boshladilar.
Koreyslarning Zolushkasi deya tariflanadigan Xonchji ertagi syujeti ham Sharl Perroning ertagini esga
solgan boʻlsa kerak.
Zachot: Kuloyim.
5-savol:
Ushbu savolga ta’riflovchi javoblar ham qabul. Intervyularidan birida aktyor bolaligida agorafobiyaga
uchragani, ya’ni odamlarga to‘la gavjum joylardan qo‘rqqani, shu sababdan har safar bayramlarda xuddi
o‘zi bosh rolni gavdalantirgan qahramoni kabi uyda bir o‘zi qolib ketganini aytadi. Savol: 1980-yil NyuYorkda tug‘ilgan ushbu aktyor kim?
Javob:Makoley Kalkin.
Izoh: Makoley o‘zidagi agorafobiya kasalligi tufayli xuddi filmdagi personaji Kevin MakKalister kabi bir
nechta bayramlarda uyida yolg‘iz qolib ketgan. Shu sababdan ham u, yoshligi nafaqat faoliyat jihatdan,
balki, qalban ham Kevinga bog’langanini ta’kidlaydi.
Zachot: Kevin MakKalisterni gavdalantirgan aktyor, Kevin rolining ijrochisi va shu mazmundagi javoblar.
6-savol:
Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan paytlar, 1944-yilning yozida G‘arbiy frontdagi nemis bo‘linmalarida
lochinlardan iborat maxsus polklar tuzilgan. Savol: Bu polklar nimalarga qarshi kurashish uchun tuzilgan?
Javob:(Pochtachi) kabutar.
Izoh: Bu lochinlar dushmanlari ma’lumot almashishda foydalanadigan pochtachi kabutarlarni qirish uchun
maxsus sinovlardan o‘tgan holda tuzilgan maxsus lochinlardan iborat bo‘lgan.
7-savol:
Bir necha yil oldin Avstraliyaning sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Gold Koust shahri politsiya bo‘limiga
bir fuqaro tashrif buyurib, shahar hududidagi UNDAN 79 sent qiymatdagi tangalarni o‘g‘irlaganini tan oldi.
2023-yil Ashxobod parkida ochilgan ULAR 4 ta bo‘lib, mos ravishda: Jannat, Yer, Do‘stlik va Axalteke deya
nomlangan Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob:Favvora.
Izoh: Odatda sayyohlar tashrif buyuradigan ko‘plab shaharlarda favvoralarga tilak aytilgancha tanga
tashlanadi. Bunday fontanlardan eng mashhuri Rimda joylashgan Trevi fontanidir. 2023-yilda Ashxobod
parkida ham 4 ta favvora ishga tushirilgan.
Zachot: Fontan.
8-savol:
1998-yilda “Burning Man” festivaliga borishdan oldin Larri Peyj va Sergey Brin kompaniya logotipiga
o‘zgartirishlar kiritishga ahd qilishdi. Savol: Ular qaysi kompaniyaning asoschilari hisoblanishadi?
Javob:Google.
Izoh: Shundan so‘ng kompaniya tomonidan turli tadbirlarga bag‘ishlangan “doodle”lar yaratish odat tusiga
kirib qolgan. Doodle – bu Google kompaniyasi logotipining turli voqealiklarga moslab o‘zgartirilishiga
nisbatan ishlatiluvchi termin. Masalan, Issak Nyutonning tavallud ayyomiga bag’ishlangan doodle’da
Google yozuvidagi bitta O harfi o‘rnida olma tasvirlangan.
9-savol:
Uning 15-16 asrlardagi qoʻlyozmalaridan bir nechtasini oʻqishga urinayotgan tadqiqotchilar ba’zida
koʻzgulardan foydalanishlariga toʻgʻri kelgan. Savol: 1519-yil Klo-Lyuse shaharchasida vafot etgan U kim?
Javob:Leonardo da Vinchi.
Izoh: Mashhur rassom va ixtirochi da Vinchi o‘z yozishmalarida shifrlash usuli bo‘lgan ko‘zgu texnikasidan
ham foydalangan. Ya’ni siz da Vinchiga tegishli xatni o‘qishingiz uchun xat yon tarafiga to‘g‘ri burchak
ostida ko‘zguni joylashingiz va shu orqali ko‘zgudagi aksni o‘qishingiz mumkin.
10-savol:
Sharqiy Osiyoda yangi turmush qurganlarga sovg‘a qilinuvchi U birlik va ajralmaslik ramzi sifatida ifoda
etiladi. U koreys tilida “chyokkorek”, mo‘g‘ulchada “savx”, tay tilida esa “takiap” deyiladi. Savol: Uning
nima ekanligini yozib bering.
Javob:Xasi tayoqchalari
Izoh: Ko‘pchilik Sharqiy Osiyo davlatlari madaniyatida xasi cho‘plari birgalikda ishlatiluvchi va ayro holatida
tasavvur qilib bo‘lmas element hisoblanadi.
Zachot: Ovqat tanovuli uchun cho‘plar.
11-savol:
Maqolada afsonaviy Uning real prototipi sifatida o‘limga olib keluvchi toksinlar chiqaruvchi
mikroorganizmlar yashaydigan Mavroneri daryosi eslangan. Savol: Uni bir boʻgʻinli soʻzda yozib bering.
Javob:Stiks.
Izoh: Mavroneri - Peloponnesdagi daryo, uning nomi "Qora suv" deb tarjima qilinadi. Stiks - yer osti
dunyosida oqadigan beshta daryodan biri.
12-savol:
Arizona va Meksika cho‘llarida qizilishtonning bir turi yashaydi. Ushbu qizilishton turi ko‘pincha issiqdan va
yirtqichlardan qochish uchun o‘z uyalarini ulkan ULARda quradilar. Savol: ULAR nima ekanligini yozib
bering.
Javob:Kaktus.
Izoh: Cho‘llarda tabiiyki daraxtlar yo‘q, lekin Saguaro Karnegiya deya ataluvchi kaktuslari ham chakki
emas: balandligi yigirma metrga etishi mumkin. Kaktusning po‘sti ichki qismi haroratni yaxshi ushlab
turadi va jazirama issiqda ham salqin bo‘lib turadi. Shuningdek, uning tikanlari ham qizilishtonlar uchun
qoyilmaqom mudofaa devorlarini hosil qilib beradi.
13-savol:
Oybekning Navoiy romanida xizmatkor saroyni oʻtib boʻlmas toʻsiq sifatida tasvirlar ekan Uni tilga oladi.
Boshqa bir manbada Uni qurish uchun qoʻrgʻoshin, temir, qalay, bronza va ikki ming toshkesar ustalar
kerak bo‘lganligi eslab oʻtiladi. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Saddi Iskandariy.
Izoh: Saroy xizmatchisi saroydan tashqariga chiqish imkoni yoʻqligini tasvirlab saroy devorlarini Iskandar
devoriga oʻxshatadi.
Zachot: Iskandar devori.
14-savol:
Yozuvchi Silviya Plattning romanlaridan birida faqat ayollar yashaydigan mehmonxona U deya nomlangan.
Boshqa bir U turli sotuv xizmatlarini ko‘rsatuvchi Amerika kompaniyasi nomi. Savol: U bir so‘zda yozib
bering.
Javob:Amazon
Izoh: Amazon – bu faqat ayollardan tashkil topgan qadimgi yunon mifologiyasidagi davlat. U yerda
istiqomat qilgan fuqarolar amazonkalar deya nomlangan. Amazon va AliExpressning ikkalasi ham jahonga
mashhur yetkazib berish tarmoqlari hisoblanadi.
Zachot: Amazonka
15-savol:
Finlyandiyada bolalar uchun maxsus rok musiqalarni ijro etadigan bir nechta heyvi-metal guruhlari mavjud.
Ulardan eng mashhuri Hevisaurus deya nomlangan. Savol: Ushbu guruh a’zolari qanday jonzotga o‘xshash
libosda sahnaga chiqishadi?
Javob:Dinozavr
Izoh: Guruh nomi ham dinozavr nomiga o‘xshashi ham sizga yordam berdi deya o‘ylaymiz.
16-savol:
Fransiyaning Sent-Etyen shahridagi ko‘cha rassomi o‘z shahri ko‘chalari va uylarining turli kamchiliklarini
kulgili va jozibador chizmalar bilan bezatadi. Masalan, rassom ko‘chalardan biridagi egilgan simyog‘och
ustunini UNING ko‘rinishida tasvirlagan. U Toskaniya viloyatida joylashgan. Savol: UNI ikki so‘zda yozib
bering.
Javob:Piza minorasi.
17-savol:
Bir asarda tropik orolda qolib ketgan bolalar UNI bosh suyagiga qiyoslashgan. Yurtimizda faoliyat yurituvchi
koreys kosmetikasi bilan shug‘ullanuvchi brend nomi ham U. Savol: U o‘rnidagi mevani yozib bering.
Javob:Kokos.
Izoh: Savoldagi bolalarning tropik orolda ekanligi va bosh suyagi so‘zlari sizga yordam bergan bo‘lishi
mumkin. Koreys kosmetikasi bilan shug‘ullanuvchi brend nomining ham Kokos bo‘lish ajoyib tarzda so‘z
o‘yini qilinganiga misol bo‘la oladi.
18-savol:
Zamonaviy karikaruralardan birida Pinokkioning do‘sti uning ko‘proq yolg‘on gapirishini xohlashini,
shundagina manzara yaxshiroq ko‘rinishini ta’kidlaydi. Bu vaqtda Pinokkioning burni ALFA vazifasini
bajarayotgan edi Savol: ALFA o‘rnidagi predmetni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Selfi tayoqchasi
19-savol:
Rassom Vinsent van Gog Arl shahrida yashab yurgan kezlari moliyaviy muammolarga duch kelgan. Van
Gogning rasmlarni chizishga yordami tegishi mumkin bo‘lgan modellarni yollashga puli yo‘q bo‘lgan.
Shuning uchun o‘sha davrda Van Gog bir predmetdan asarlar yaratishda kengroq foydalana boshlagan.
Savol: O‘sha predmetni yozib bering.
Javob:Ko‘zgu.
Izoh: Iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan rassomning Arldagi hayoti shu tariqa tarixga bir qator
takrorlanmas avtoportretlar bilan kirgan va bu voqealiklar bizga Vinsent van Gog siymosini qaytadan kashf
qilishimizga turtki bera olgan.
Zachot: Oyna.
20-savol:
Mashhur dengiz sayohatchisi Tur Heyerdal o‘zining okeanni suzib o‘tuvchi solini ulkan oyoqqa o‘xshatadi.
Solning oldi qismi baquvvat va chidamli barmoqlarga, zaif va suv yig‘ilib, shishib qolgan orqa qismini esa
tovonga o‘xshatgan. Solning orqa qismini biroz chidamsizligini ta‘kidlarkan, Xeyerdal Peleyning o‘g‘lini
ham eslab o‘tgan. Savol: O‘sha mifologik qahramon kim?
Javob:Axilles
Izoh: Tur Xeyerdal kemani oyoqqa o‘xshatadi va orqa tarafdagi zaif nuqtani “Axilles tovoni” deb
ta’kidlagan. “Axilles tovoni” iborasi zaif nuqtani anglatadi. Afsonalarga ko‘ra, Axilles go‘dak bo‘lganida
onasi uni tovonidan ushlab Stiks daryosida cho‘miltirishgan, bu esa uni yengilmas qilib qo‘ygan, ammo suv
tovoniga tegmagani uchun uning tovoni Axillesning zaif nuqtasiga aylangan.
21-savol:
Kuntugʻmish dostonida Kuntugʻmish U koʻrinishida shaharga kiradi. Qadimda gazlama, mato sotuvchi
savdogarlar U deb atalgan. Savol: U oʻrnidagi qoʻsh undoshli soʻzni yozib bering.
Javob:Bazzoz.
Izoh: Kuntugʻmish shaharga gazlama sotuvchi bazzoz qiyofasida kiradi.
22-savol:
Godzilla va Kong. Yangi imperiya filmida Godzilla Rim shahrini vayron qiladi. Undan esa oʻziga uy sifatida
foydalanadi. U harbiy yurishlardan toʻplangan mablagʻlardan qurilgan deya ishoniladi. Savol: Uni toping.
Javob:Kolizey (amfiteatri).
23-savol:
Shaxmat o‘yinida Armageddon termini mavjud bo‘lib, u blits o‘yining bir turi hisoblanadi. Unda durang
o‘ynash imkonsiz va asosiy blits bahslarida kuchlar teng kelib qolgan holatdagina Armageddonga murojaat
qilinadi. Bu haqida gapirar ekan, jurnalist boshqa sport turidagi jarayonni esga oladi. Savol: O‘sha jarayonni
yozib bering.
Javob:Penaltilar seriyasi
Izoh: Blitsdagi Armageddon ham xuddi futboldagi penaltilar seriyasi kabi g‘olibni aniqlab berish uchun eng
so‘nggi chora sifatida jurnalist tomonidan qayd etilgan.
24-savol:
Undagi yomgʻir suvini to‘plash tizimi orqali toʻplangan suv turli maishiy ehtiyojlar va yashil maydonlarni
sug‘orish uchun foydalaniladi. Uni qurish uchun 50 gradus issiq haroratga bardosh beruvchi maxsus beton
oʻylab topilgan. Savol: Qurilishi 2010-yilda yakunlangan Uni toping.
Javob:Burj Xalifa.
Izoh: Dubay issiq haroratli hudud. Burj Xalifa minorasini qurish uchun issiqqa chidamli beton sinfi ishlab
chiqilgan.
Zachot: Xalifa minorasi, Dubay minorasi.