January 22

Zakovat savollari+

1-savol:
3-savol. Bir hind filmida MMA jangchisi haqida hikoya qilinadi. Film boshida ushbu qahramonning onasi
farzandining otasi sher, onasi esa yo’lbars ekanini aytib o’tadi. Savol: Ushbu qahramonning ismi nima edi?
Javob:Liger.
Izoh: Izoh. Erkak sher va moda yo’lbarsning qo’shilishidan dunyoga keladigan jonzot liger deyiladi. U “Lion”
va “Tiger” so’zlari birlashishidan kelib chiqqan.
Zachot: Ligr.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=9c1_ugAwi9w 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Liger
2-savol:
. 1206-yilda Norvegiyadagi fuqarolar urushi davrida Birkebeyner jangchilari chang‘i yordamida qor
bo‘ronida 54 kilometr masofani bosib o‘tishgan. Ular Norvegiyaning qirolini dushmanlari boʻlmish
baglerlardan qutqarishgan. Ushbu voqea sharafiga hozirgi kunda har yili “Birkebeyner chang‘i poygasi”
o‘tkaziladi. Poyga ishtirokchilar o‘zlari bilan 3,5 kilogrammlik xalta bilan 54 kilometrlik masofani bosib
o‘tadi. Savol: 3,5 kilogrammlik halta qanday ma’no bildirishini yozib bering.
Javob:bu xalta shaxzodaning og‘irligini bildirgan.
Izoh: Tushunganingizdek shaxzoda chaqaloq bo‘lgan. Bu jangchilar bir yarim yoshli shaxzodani qutqarib
qolish uchun chaqaloq bilan 54 km masofani bosib o‘tishgan. Sportchilar uchun bu xaltalar chaqaloq
vazifasini bajaradi.
Zachot: : Chaqaloq og‘irligi
Manba: 1. https://t.me/tarixiyat/7458 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Birkebeinerrennet 3.
https://en.wikipedia.org/wiki/Haakon_IV_of_Norway
3-savol:
4-savol. “Liger” filmi bosh qahramoni yoshligidan Mark Anderson ismli jangchiga havas qilib katta
bo’lganini aytadi. Film oxirida u o’z kumiri bilan jang qiladi. Jang vaqtida esa raqibiga BU ISHNI QILISHni
aytib, tahdid qiladi. Qizig’i, filmda Mark Anderson rolini o’ynagan inson 1997-yilda BU ISHNI qilgan. Savol:
Qanday ish ekanini yozib bering.
Javob:Quloqni tishlab olish.
Izoh: Izoh: Filmda Mark Anderson rolini mashxur bokschi Mayk Tayson o’ynagan. Uning 1997-yilgi jangda
raqibi Evander Xolifild qulog’ini tishlab olganidan esa xabaringiz bo’lsa kerak.
Zachot: Shu mazmundagi javoblar, “quloq” va “tishlash” so’zlari bilan.
Manba: 1. https://youtu.be/9c1_ugAwi9w?t=7687 2.
https://www.sport-express.ru/boxing/professional/news/odin-iz-samyh-skandalnyh-boev-v-istorii-boksa-23-g
oda-naza-tayson-otkusil-uho-holifildu-1686400/
Page 1

4-savol:
Afsonalarga ko‘ra mahalliy hunarmandlar eng kuchli jangchilarning qonidan tomchilarni olib, erigan
metallga qo‘shib qo‘yishgan. Ular bu orqali UNI jangchi kabi kuchli bo‘lishiga ishonishgan. Savol:Ushbu
hunarmandlar yurtimizdagi qaysi qadimiy shaharchada yashashgan
Javob:Javob:Chust
Izoh: Qabul:Aniq javob Izoh: Chust qadimdan hunarmandlar shaxarchasi bo'lib,bu yerlik hunarmandlar
yasagan qilich va pichoqlar ancha mashxur bo'lgan va hozirgi kungacha shunday.
5-savol:
5. "Men kimman?" nomli bir filmda dastlab omadsiz bo'lgan, ammo keyinchalik o'ziga sheriklar topib,
maxfiy hakerlik bilan shug'ullangan yigit haqida hikoya qilinadi. Yigitcha hukumat bilan bitim tuzarkan,
to'da xavfsizligini ta'minlash uchun tergovchida o'zining ruhiy xastaligi va to'dani o'zi o'ylab chiqargani
haqidagi fikr uyg'otuvchi reja tuzadi. Diqqat, kutilmagan savol: yigitning xonasida qaysi film posteri ilinib
turganini ayting?
Javob:Jangchilar klubi
Izoh: Yigit raqibini tutish uchun hukumat bilan shartnoma tuzarkan, FQB hodimlari unda onasidan o'tgan
ko'p shaxslilik kasalligi borligi va to'da a'zolarini o'zi o'ylab chiqargani haqidagi fikrga kelishlariga erishadi
va sheriklari xavfsizligini ta'minlab beradi
Manba: "Men kimman?" filmi. https://t.me/UzMovieMania/1238
6-savol: Дуплет
1.
Telegramda qaysidir so‘zni yozishni boshlasangiz, sizga turli smayliklar variant sifatida taqdim etila
boshlaydi. Ajoyib tasodifni qarangki, bu so‘zni yozishni boshlasangiz, ikkinchi harfdan keyin sizga
O‘zbekiston bayrog‘i variant sifatida taqdim etiladi. Savol: Qaysi so‘z?
Javob:Uzr
Izoh: Agarda telegramda uzr so‘zini yoza boshlasangiz, uz deyishingiz bilan O‘zbekiston bayrog‘i taqdim
etiladi. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda uzr so‘rash bilan tugovchi tugovchi qovunlar bizni ajablantirmay
ham qo‘ygan. Hurmatli bilimdonlar, bugungi paketda qandaydir qovun tushirgan bo‘lsak, sizlardan UZR
so‘raymiz.
Manba: . https://t.me/taxtlar_oyinii/4
2.
"Taxtlar o‘yini" serialida dotrakiyaliklar nomli xalq mavjud bo‘lib, jangchilik ruhiga ega bu xalq vakillari
judayam jangari, qo‘pol, madaniyatsiz bo‘lishadi. Qahramonlardan biri dotrakiyaliklar tilida bu so‘z
yo‘qligini aytgan. Savol: Bu ikki bo‘g`inli so‘zni yozib bering

Javob:Rahmat
Izoh: Bu qo‘pol va madaniyatsiz xalq tilida rahmat so‘zi yo‘q, ular bu tushunchaga muhtoj emas. Hurmatli
bilimdonlar, bugungi ishtirok va e'tibor uchun barchangizga rahmat aytamiz.
Manba: https://t.me/taxtlar_oyinii/4
7-savol:
3-savol. Bir hind filmida MMA jangchisi haqida hikoya qilinadi. Film boshida ushbu qahramonning onasi
farzandining otasi sher, onasi esa yo’lbars ekanini aytib o’tadi. Savol: Ushbu qahramonning ismi nima edi?
Javob:Liger.
Izoh: Erkak sher va moda yo’lbarsning qo’shilishidan dunyoga keladigan jonzot liger deyiladi. U “Lion” va
“Tiger” so’zlari birlashishidan kelib chiqqan.
Zachot: Ligr.
Manba: 1. https://www.youtube.com/watch?v=9c1_ugAwi9w 2. https://en.wikipedia.org/wiki/Liger
8-savol:
4-savol. “Liger” filmi bosh qahramoni yoshligidan Mark Anderson ismli jangchiga havas qilib katta
bo’lganini aytadi. Film oxirida u o’z kumiri bilan jang qiladi. Jang vaqtida esa raqibiga BU ISHNI QILISHni
aytib, tahdid qiladi. Qizig’i, filmda Mark Anderson rolini o’ynagan inson 1997-yilda BU ISHNI qilgan. Savol:
Qanday ish ekanini yozib bering.
Javob:Quloqni tishlab olish.
Izoh: Filmda Mark Anderson rolini mashxur bokschi Mayk Tayson o’ynagan. Uning 1997-yilgi jangda raqibi
Evander Xolifild qulog’ini tishlab olganidan esa xabaringiz bo’lsa kerak.
Zachot: Shu mazmundagi javoblar, “quloq” va “tishlash” so’zlari bilan.
Manba: 1. https://youtu.be/9c1_ugAwi9w?t=7687 2.
https://www.sport-express.ru/boxing/professional/news/odin-iz-samyh-skandalnyh-boev-v-istorii-boksa-23-g
oda-naza-tayson-otkusil-uho-holifildu-1686400/
9-savol:
Sizlarga tanish Dragon Ball mangasining bosh qahramoni Son Goku ismli jangchi boʻlib, u sayanlar deb
ataluvchi oʻzga sayyoraliklar irqiga mansubdir. Kuchli jangchilar hisoblanuvchi Sayanlar bir muncha
yovvoyi fe'llari va maymunsimon dumlari borligi bilan ajralib turishadi. Diqqat savol: Manga muallifi Son
Gokuni yaratishda ilhomlangan uzoq sharq adabiyoti qahramoni ismini toping.
Javob:Ukun

Izoh: Akira Toriyama Son Goku uchun prototip qilib Xitoy adabiyotining klassik asari boʻlmish "Gʻarbga
sayohat" romani qahramoni, Maymunlar qiroli Sun Ukunni olgan. Ismlari oʻxshashligidan tashqari (Son
Goku - Sun Ukun), ikkala qahramon ham kuchli ammo fe'li ogʻir jangchilardir va ikkala qahramonda ham
maymunga oʻxshash qirralar mavjud.
Zachot: Sun Ukun, Sinchje
Manba: 1) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сунь_Укун 2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сон_Гоку
10-savol:
Nisbatan yangi bo‘lgan bu sport turida ikki guruhga bo‘lingan sportchi-jangchilar bo‘yi 10 metr eni 2 metr
bo‘lgan tor, uzun ringda jang olib boradilar. Bu sport turiga qanday yunoncha nom berishgan?
Javob:Fermopil (Thermopylai).
Izoh: Yunon-fors urushi bo‘lib o‘tgan Fermopil darasiga qiyoslab bu nom tanlangan. Torgina darada ikki
tomondagi jangchilar to‘qnash kelishgan edi. Bu yerda ham ikki guruh jangchilar xuddi shunday ringda
baxs olib boradilar.
11-savol:
Mashhur jangchi Abdulloh ibn Hosim vafot etganida, shoir majoziy ma’noda UNI yer yuzida eshitilmay
qolganligini aytadi. UNI 1928-yildan bir mashhur kompaniya mahsulotlarida ham eshitishingiz mumkin.
Diqqat savol: UNI ikki so'z bilan yozib bering?
Javob:Sher narasi
Izoh: Shoir jangchi Abdulloh ibn Hosim ni Arslonga qiyoslagan "Metro-Goldwyn-Mayer"
kinokompaniyasining filmlarida siz Sher narasini eshitishingiz mumkin.
Zachot: Arslon narasi, o'kirishi, ovozi kabi javoblar.
Manba: 1. https://vl-sokolov.livejournal.com/9363.html 2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Lev_Leo
12-savol:
Savolda IKS boshqa bir so’z bilan almashtirilgan. Bir fantastik serial syujeti uzoq kelajakda kechadi va
insoniyat sivilizatsiyasi o’zga sayyoralik bosqinchilarga qarshi kurashadi. Insoniyatning umidi bu
yoshligidan tanlab olingan, O’TA OG’IR VA YASHASH QIYIN BO’LGAN SHAROITLARDA tarbiyalangan eng
sara JANGCHILAR hisoblanadi. Bu jangchilarni IKS deb atashadi. 2006-yili suratga olingan film nomida ham
IKS bor. Savol: Ushbu filmdagi agiad urug’idan bo‘lgan bosh qahramonni yozib bering.
Javob:Shox Leonid
Izoh: IKS – bu spartaliklar. “Halo” deb nomlangan mashhur o‘yin syujeti asosida yaratilgan serialda
spartaliklar bosqinchi o’zga sayyoraliklarga qarshi kurashadilar. 2006-yilda Zak Snayderning “300spartaliklar” filmi yaratilgan va tabiiyki bosh qahramon bu shox Leonid. O’ta o’gir va yashash
13-savol:
Sizlarga tanish Dragon Ball mangasining bosh qahramoni Son Goku ismli jangchi boʻlib, u sayanlar deb
ataluvchi oʻzga sayyoraliklar irqiga mansubdir. Kuchli jangchilar hisoblanuvchi Sayanlar bir muncha
yovvoyi fe'llari va maymunsimon dumlari borligi bilan ajralib turishadi. Diqqat savol: Manga muallifi Son
Gokuni yaratishda ilhomlangan uzoq sharq adabiyoti qahramoni ismini toping.
Javob:Toʻgʻri javob: Ukun
Izoh: Izoh: Akira Toriyama Son Goku uchun prototip qilib Xitoy adabiyotining klassik asari boʻlmish
"Gʻarbga sayohat" romani qahramoni, Maymunlar qiroli Sun Ukunni olgan. Ismlari oʻxshashligidan tashqari
(Son Goku - Sun Ukun), ikkala qahramon ham kuchli ammo fe'li ogʻir jangchilardir va ikkala qahramonda
ham maymunga oʻxshash qirralar mavjud.
Zachot: Qabul: Sun Ukun, Sinchje
Manba: Manba: 1) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сунь_Укун 2) https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Сон_Гоку
14-savol:
UFC turnirlari ikki toifaga: raqamli va Fight Night turnirlariga bo‘linadi. Raqamli toifadagi turnir bir oyda bir
marotaba bo‘lib o‘tishi va eng mashhur, chempion jangchilarning bir joyga yig'ishi bilan muxlislarga qiziq.
Fight Night turnirlari esa har hafta bo‘ladi va qatnashuvchilar ham haminqadar tarkibdan tashkil topishadi.
UFC‘ga yangi kelib qo‘shilgan jangchilarning eng katta orzusi raqamli turnir kardidan joy olish bo‘lishiga
qaramasdan, yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usman tashkilot rahbarlaridan shu sababga ko‘ra har

safar Fight Night turnirida jang qilishni iltimos qilib so‘rayvergan. Shu kabi voqea Djeki Chan, Sharliz Teron,
Nikki Minaj va Keanu Rivas kabi mahshurlar tarixidan ham o‘ziga xos iz qoldirgan. Yordam tariqasida shuni
aytishim mumkinki, xuddi shunday holat aks etgan turk filmi nomida 7 sonini uchratishingiz mumkin.
DIQQAT SAVOL: Savolda ta’kidlangan shaxslarning xayotida bo‘lib o‘tgan mash’um holat nima ekanini
ayting!
Javob:Otasi qamalgan
Izoh: Kamaru Usmanning otasi Nasiru Usman 2010-yilda noqonuniy dorilar savdosida ayblanib ozodlikdan
mahrum qilingan. Qamoqda esa UFC turnirlaridan faqatgina Fight Night turidagilarni tekin ko‘rish mumkin.
Sanab o‘tilgan mashhurlarning ham padarlari qamoqqa olingan. Aras Bulut Iynemli bosh rolida o‘ynagan
"Yettinchi bo‘limdagi mo‘jiza" filmida ham bosh qahramon qiz Ovaning otasi Memo ham odam o‘ldirganlik
jazosi bilan turmaga tushadi.
Manba: https://www.therichest.com/uncategorized/15-celebs-whose-parents-were-criminals/
https://en.wikipedia.org/wiki/Kamaru_Usman
https://tr.wikipedia.org/wiki/7._Ko%C4%9Fu%C5%9Ftaki_Mucize

15-savol:
MMM Fight Night Facebook sahifasida soʻnggi paytlarda yoshi 35 va undan yuqori boʻlgan jangchilar,
masalan, 37 yoshli Josh Emmet, 35 yoshli Kamaru Usman chempionlik kamari uchun boʻlgan janglarda
ketma-ket magʻlubiyatga uchragani haqida post joylandi. Savol: ushbu post uchun epigraf qilib tanlangan
2007-yilgi film nomini yozib bering.
Javob:Bu yerda qariyalarga joy yo’q (No country for old men)
Izoh: https://en.wikipedia.org/wiki/No_Country_for_Old_Men
16-savol:
Savol matnida IKSLAR SHUNDAY QILISHADI so'zlari bilan boshqa bir nechta so'zlar almashtirilgan. 19-asr
oxirlarida Robert Afrikadagi harbiy hizmati chog’ida, qo’lida nayza va qalqon ushlagan qabila
jangchilarining bir odatiga guvoh bo’lgan. Bu harakat bilan ular boshqa odamga bo’lgan ishonchni
namoyish qilishgan. Shu sababli hozirda IKSLAR SHUNDAY QILISHADI. Diqqat savol: IKSLAR SHUNDAY
QILISHADI so’zlari o’rnidagi so’zlarni inglizcha so’z ishlatgan holda yozib bering.
Javob:Javob: Skautlar chap qo’l berib/bilan salomlashishadi
Izoh: Izoh: Skautlarda bu o’ziga xos do’stlik va ishonch belgisidir. Skauting harakatining asoschisi Robert
Baden-Pauell Afrikada mahalliy aholining salomlashish paytida o’ng qo’lidagi nayzani yerga sanchib, chap
qo’lidagi qalqonni o’ng qo’liga o’tkazishini guvohi bo’lgan. Bu bilan ular salomlashayotgan odamlariga
ishonishlarini namoyish qilganlar.
Zachot: Qabul: Boyskautlar chap qo’l berib/bilan salomlashishadi/so’rashishadi (Sinonimik javoblar)
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Скаутское_движение
17-savol:
Jang uchun mo'ljallangan UNING turlari gunsen va tetsusen deb nomlanadi. Jangchilarga ULARning po'lat
qirralari yordamida dushmanning qilichini tortib olish o'rgatilgan. Diqqat savol: ULARni emas, ular
yordamida jang qilish san'ati qanday nomlanishini yozib bering
Javob:Tessendzutsu
Izoh: Ular — yelpig'ichlar edi. Qadimgi Xitoyda jangchilarga yelpig'ich yordamida jang qilish san'ati ham
o'rgatilgan
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Тэссэндзюцу
18-savol:
Fermopil jangida 20.000 nafar fors jangchisi halok bolgan. Viasat History kanalining hujjatli filmida forsla

uchun Fermopil darasiga yo’l, Unga o’xshatiladi. U haqida gap ketganda ko’pchilik boshqa shaharni esga
oladi. Uni yozib bering.
Javob:gosht maydalagich yoki myasorubka
19-savol:
Antik davr jangchilari ba'zi raqiblar bilan jang qilib, birinchi navbatda bu o'simlikka nombergan narsaga
hujum qilishdiUshbu hujum ob'ektlarini ikki so'z bilan toping.
Javob:Fil oyoqlari
20-savol:
XII-XIII asrlarda yashagan Xutulun mohir jangchi va kurashchi ayol bo‘lgan. U o‘ziga uylanmoqchi
bo‘lganlarni uni kurashda yengishni shart qilib qo‘ygan. Ammo bu sinovdan ko‘p nomzodlar o‘ta olmay,
mag‘lub bo‘lishgan. Keyinchalik Xutulun hayoti ertak, masallar shaklida Yevropaga ham o‘tgan. Shulardan
ilhomlanib bir italyan tomonidan yaratilgan asar ayniqsa mashhurlikka erishgan. Diqqat savol: shu asar
bosh qahramoni bo‘lgan malikaning ismini yozib bering?
Javob:Turandot
Izoh: Xutulun oʻziga uylanishni istagan shahzodalarga shart qoʻygan. Keyinchalik bu voqeadan ilhomlangan
italyan Karlo Gotsi o‘ziga uylanmoqchi bo‘lganlarga uch topishmoq beradigan shafqatsiz malika Turandot
haqida pyesa, italyan Jakomo Puchchini esa mashhur “Turandot” operasini yaratgan
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Хутулун
21-savol:
Fanatlar ushbu to‘rtovlon tanlagan qurollari haqida quyidagicha nazariyani ilgari surishgan: - Eng kenja,
o‘yinqaroq va bo‘ysunmasiga – boshqarish qiyin bo‘lgan, ko‘p mashq va intizom talab qiladigan qurol; -
Eng aqlli va o‘ychaniga – eng oddiy, shu bilan birga donishmandlar asosiga o‘xshash qurol; - Eng kuchli va
agressiviga – dehqonlar himoyalanish uchun panshaxadan yasagan, shu bilan birga yaqindan jang qilishni
talab qiladigan qurol; - Eng tinchliksevar va oliyjanobiga – eng xavfli, shu bilan birga oliyjanob jangchilarga
xos qurol. Diqqat savol: Ushbu to‘rtovlon kimligini istasangiz ismlar bilan, istasangiz yaponcha so‘z
ishlatgan holda 2 so’zda yozib bering.
Javob:Leonardo, Rafael, Donatello, Mikeleanjelo. Yoki Ninzya toshbaqalar
Izoh: : Gap mashhur multfilmdagi 4 ta ninzya toshbaqa haqida ketmoqda edi. Ularning Qurollari:
tinchliksevar Leonardoda – bir juft katana qilichi, urushqoq Rafaelda – bir juft sai hanjari, aqlli Donatelloda –
jangovar tayoq, kenjatoy Mikeleanjeloda – bir juft nunchaklar edi. Ularning bu qurollari o‘z tabiatlariga ham
mos, ham teskari bo‘lib, kuchli tomonlaridan foydalanish va kuchsiz tomonlarini yo‘qotishga yordam
berishi kerak edi

Manba:
https://www.reddit.com/r/TMNT/comments/cb49kj/master_splinter_intentionally_gave_the_turtles/?onetap_
auto=true
22-savol:
MMA jangchisi Oleg Borisov 70 kg boʻlishiga qaramasdan oʻz vaznidan ancha yuqori vaznga ega boʻlgan
jangchilarni koʻtarib yiqitar edi. Savol: Muxlislar Olegga qanday laqab berishganini gollandcha soʻz bilan
yozib bering.
Javob:Domkrat
Izoh: Domkrat asosan ogʻir narsalarni koʻtarishga moslangan qurilma
23-savol:
Arab davlatlarining 2017-yilda Qatar bilan orani ochiq qilganini jurnalistlar diplomatik “U” deb atashadi.
Rommel Kursh tekisligida jangchilarni mashq qildirishda “U”ni hosil qilish uchun kinokompaniya
uskunasidan foydalangan. Savol: Uni nima ekanligini ikki soʻzda yozib bering
Javob:Sahrodagi bo'ron
Izoh: Sahrodagi boʻron - 1990-1991-yillar davomida fors koʻrfazida internatsional kuchlar tomonidan
amalga oshirilgan harbiy operatsiya. Rommel fashistlarning Shimoliy Afrikadagi yurishlariga boshchilik
qilgan. Sahrodagi boʻronga askarlarni koʻniktirish uchun kinokompaniya foydalanadigan katta ventilyatorlar
orqali tekislikda sahrodagi boʻronni sun’iy yuzaga keltirgan.
24-savol:
U jangchi ,U qotil, Vetnam urushi uni jaroxatladi. U BIRINCHI QONDAN SÓNNGI QONGACHA poraxór
politsiya, narkotik kartellar,dushman qóshinlari bilan jang qildi. U 1972 yilda "tug'ildi". U haqidagi film eng
shavqatsiz filmlar reytingida yuqori órinlarni egalladi. Diqqat savol U deganda kim nazarda tutilyapti?
Javob:Rembo
Izoh: Rembo 1972-yilda Devid Morellning asarida paydo bóldi. Savoldagi BIRINCHI QON va SÓNGGI QON
sózlari sizni MORELL asarlari olib borishi kerak ed
25-savol:
7. Siz suratda UFC jangchisi Aleks Pereyrani va uning qo’liga tushirilgan suratni ko’rib turibsiz. Aleksning
laqabi Poatan. Savol: Poatan so’zi o’zbekchaga qanday tarjima qilinishini ikki so’zda yozib bering!

Javob:Javob: Tosh qo’l.
Izoh: Izoh: Aleks zarbalarining kuchliligi sababli ham shu laqabni olgan. Uning qo'lidagi tatuirovkada ham
aynan tosh tasvirlagan! Tarqatmada Aleksning tosh chizlgan qo’lini ya’ni tosh qo’lni ko’rib turibsiz
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Alex_Pereira
26-savol:
Amir Temur afg‘onlarning jangovar gilzayi qabilasini jangda yenggach shahar ichkarisiga kirmoqchi bo'ladi
va shahar ahliga ziyon yetkazish niyati yo'qligini bildirish uchun darvozadan birinchi bo'lib kirayotgan
jangchilarga bu ishni qilishni buyuradi. Bu ish samara berib shahar ahli tinchlanadi va ortiqcha qurbonlarsiz
shaharga kiriladi. Savol bu ish qanday ish edi.
Javob:azon aytish
Izoh: Musulmon af'g'onlar azonni eshitib tinchlanadi va qarshilik korsatmaydi
27-savol:
Helda Hukhemning "yetti iqlim sultoni" asarida yozilishicha, Amir Temur qo'shinida harbiy yurish paytida,
qarorgoh uzra, ayniqsa qirg'inbarot janglardan so'ng QORA BAYROQ ko'tarilib turilarkan. Diqqat savol :
qora bayroq ko'tarilishi nimani anglatgan?
Javob:qora bayroq ko'tarilishi charchagan jangchilarni xursand qilgan. Chunki bu endi o'ljalarni
taqsimlashga ruxsat etilganligiga ishora bo'lgan.
Manba: Helda Hukhemning "yetti iqlim sultoni" asari 62-bet.
28-savol:
Amir Temur hamisha janglarga puxta tayyorlangan, ayniqsa askarlar quroli va kiyimiga eʼtibor bergan.
Amir Temur va Buyurlar oʻrtasidagi jang chogʻida ikki taraf qoʻshinlarining bir qismi dara tepasidagi togʻda
jang qilishadi. Amir Temur voqeani uzoqdan kuzatar, jangchilarning togʻdan qulashini koʻrar, ammo
qulagan askarlarning qaysi tomon jangchisi ekanini bu masofadan ko’rib farqlashi mushkul boʻlgan. Amir
Temur jangchilarni aniq koʻrolmagan boʻlsa-da, qulaganlarning qay biri oʻz jangchisi ekanini bilib olgan.
Savol: Amir Temur jangchilarni dushmandan qanday ajratib olgan.
Javob:Jangchi qulaganda chiqqan ovozdan
Izoh: Amir Temur jangchilar kiyimiga alohida eʼtibor qaratib, maxsus sovutlar kiydirgan, bu sovutlar
metalldan boʻlgan va oʻsha vaqtda bunday harbiy kiyimlar boshqa davlatlar qoʻshinlarida deyarli
uchramagan. Bunday sovutli jangchilar qoyadan qulab yerga tushgan va ovoz eshitilgan. Dushmandan esa
bunday ovoz kelmagan.
Manba: "Men kim Sohibqiron Jahongir Temur" Marsel Brion.

29-savol:
Asteklarda insonlar kiyimlariga qarab egallab turgan tabaqasini bilish mumkin bo‘lgan. Masalan, dehqonlar
“maxlatl” deb ataladigan bel kiyimini kiyishgan, zodagonlar, ruhoniylar va yuqori martabali jangchilar esa
“tilma” deb atalgan to‘rtburchak kiyim kiyishgan. Faqat yuqori tabaqa vakillarigina Uni kiyishgan. Shuning
uchun yuqori tabaqa bo‘lmagan asteklarni bizdagi bir haqoratomuz so‘z bilan ta’riflash mumkin. Savol: Shu
ta’rifni “oy” bilan yozib bering.
Javob:Yalangoyoq
Izoh: Yalangoyoq sifati nisbatan past tabaqali kishilarga baʼzan haqorat sifatida ishlatiladi, poyabzal
kiymagan asteklarni ham yalangoyoq deyish mumkin
Manba:
https://adme.media/zhizn-nauka/12-faktov-kotorye-dokazyvayut-chto-acteki-operezhali-svoe-vremya-2518
312/
30-savol:
Afsonaga ko'ra, Gordiy tugunini yecha oladigan odam butun Osiyoning hukmdori bo'ladi, deb ishonilgan.
Miloddan avvalgi 334-yilda Frigiya poytaxti Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinadi. Qadimgi
tarixchilarning aksariyati yosh jangchining qadimiy ibodatxonaga kirib, ulug'langan tugunni diqqat bilan
ko'rib chiqqani va uni yechish o'rniga, qilichi bilan bir zarbada kesib tashlaganini aytishadi. Bir maqolada
Makedonskiyning gordiy tugunini kesib tashlashi unga misol bo'lishi haqida aytib o'tilgan. Diqqat savol Uni
atoqli ot qatnashtirgan holda 2 so'z ayting!
Javob:Okkam ustarasi
Izoh: Okkam ustarasi — muammoni hal qilishning o'ziga xos uslubi bo'lib, "hech bir zaruriyatsiz mohiyat
ko‘paytirilmasligi kerak" yoki "eng oddiy tushuntirish eng yaxshisidir" degan prinsipiga asoslanadi. Ya'ni,
unga ko‘ra, bir voqelikni tushuntirish uchun ikki gap yetarli bo‘lsa, uchinchi gapga hojat yo‘q.
31-savol:
"Sovet Jangchisi" gazetasida chiqqan maqolaga ko'ra, yozuvchi Dimitriy Xolendro hikoyasi real voqealarga
asoslanganiga ishonish qiyin. Lekin, ikkinchi jahon urushi davrida G'afur G'ulom bor delegatsiya G‘arbiy
front qo‘mondonligiga go'sht, meva va sabzavotlar, guruch kabi mahsulotlar ortilgan 46 ta vagon yetkazib
bergani haqida ma'lumotlar bo'lgani aytiladi. Savol: Ushbu maqola qaysi filmga bag'ishlanadi?
Javob:41-yil olmalari
Izoh: Dimitriy Xolendroning "Olma" hikoyasi asosida olingan 41 yil olmalari filmida 1 poyezd olma frontga
yetkazilgani haqida gap boradi. "Sovet Jangchisi" gazetasida chiqqan maqolada esa, urush paytida 1
poyezd olma haqida malumotlar yo'qligi faqatgina 'afur G'ulom ham bor delegatsiya G‘arbiy front
qo‘mondonligiga 47 ta vagonda turli mahsulotlar olib borgani haqida ma'lumotlar borligini keltirib o'tadi!

32-savol:
Ushbu kartina Rinata Voligamskiga tegishli bo‘lib , Erarta zamonaviy san’at muzeyida namoyish etilgan.
Kartinàda Qizil Armiya jangchilari sigareta chekishmoqda. Diqqat savol: Kartina nomini toping
Javob:Katta Ayiq
33-savol:
Chingizxon ovni juda yaxshi ko'rgan. Qish boshida ov marosimini o'tkazgan. Unga ko'ra hayvonlarni
ovlashda juda katta qo'shin bilan aylana qilinib sekin toraytirib borilgan. Jangchilar shu qadar jich
bo'lganlarki bir birlariga tegib turishgan. Davraga xon kirib hayvonni birinchi bo'lib o'ldirib marosimni ochib
bergan. Ushbu marosim oxirlarida udum bo'yicha qariyalarning ishtiroki ham bo'lgan. Savol. Qariyalar
davraga tushib qanday vazifani bajarishganini bir necha sozda yozib bering. Javob:Davradagi qolgan hayvonlarni oldirmaslikni.
Izoh: Ov marosimi oxiririda qariyalar davraga kirib qolgan hayvonlarni o'ldirmaslikni ular keyingi ov
paytigacha ko'payishlari un qo'yib yuborishlarini so'rashgan
Manba: Chingizxon va Amir Temur kitobidan Mixail Ivanin, 56-bet
34-savol:
Diqqat savolda bir so’zda bir nechta harf tushirib qoldirilgan! “Nashe delo” MMA promousheni
jangchilaridan biri Emil Navruzov yaqinda bergan intervyularidan birida jurnalist qizga qaray olmasligi va
aks holda u yo’qolib qolishini aytadi. Shunda jurnalist qiz “Nega yo’qolib qolasiz, ahir men U emasman”
deydi. Diqqat savol: Tushirib qoldirilgan harflarni qo’yib ushbu toponimni to’liq yozib bering!
Javob:Bermud
Izoh: Yo’qolib qolaman, nega yo’qolib qolasiz, axir men bermud emasmanku. Yuqorida gap MMA jangchisi
va jurnalistning hazilida ishlatilgan o’sha mashxur “Bermud uchburchagi” haqida ketayotgan edi.
35-savol:
Amir Temur jang payti Ularning o‘rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o‘rnini bosa olmaydi deb
aytganlar. Savol: Sohibqiron kimlarga shunday ta’rif berganlar.
Javob:Tabiblarga.

36-savol:
Mortal kombat o'yini haqidagi maqolalardan birida Skarlet personaji haqida gap ketadi. Skarlett o'lgan
jangchilarning qoldiqlaridan yaratilgan va jang davomida raqibiga yetkazgan jarohatlari orqali o'z kuchini
to'ldirishi mumkinligi haqida yozilgan. Jangdagi bunday harakati Skarlettning yoshligidagi kumiri ushbu
ayol ekanligidadir deyiladi. Diqqat savol ushbu ayolni ism familiyasini yozib bering!
Javob:Elizabet Battori
Izoh: Skarlet o'lgan jangchilarning qoldiqlaridan yaratilgan va jang davomida raqibiga yetkazgan jarohatlari
orqali o'z kuchini to'ldirishi mumkin, ya'ni o'z kuchini dushman qoni bilan oziqlantiradi. Skarletning
yoshligidagi kumiri venger grafinyasi Elizabet Batori bo'lib, u yoshligini saqlab qolish uchun yosh
ayollarning qoniga cho'milganligi haqida versiyalar mavjud.
Zachot: Erjebett Battori
Manba: https://t.me/kaleidoscope_uz/160
37-savol:
“Svestopol uchun jang” filmida snayperchi, dushman jangchisini tunda qanday o’ldirgani haqida gapirib
bera turib, ushbu iborani qo’shimcha qiladi. Ushbu iborani alfada ham ko’rish mumkin. Savol: Alfani ikki
so’zda yozib bering
Javob:Sigaret qutisi
Izoh: “Svestopol uchun jang” filmida snayperchi, dushman jangchisini tunda sigaret chekib turganidan
o’ldirganing ayta turib, “Chekish o’ldiradi” iborasini qo’shimcha qiladi. “Chekish o’ldiradi” va shu
mazmundagi iboralarini sigaret qutilarida ko’rish mumkin.
38-savol:
1.Chaqaloq kelajakda qo‘rqmas, jasur jangchi bo‘lib yetishishini xoxlagan atsteklar UNI jang maydoniga
ko‘mishadi. Bu orqali chaqaloq ramziy ma’noda jang maydoni bilan BOG‘LANADI. Savol:Unlilari bir xil
bo‘lgan uni yozib bering.
Javob:Kindik.
39-savol:
Al-kimyogar asarida Santyago qabila boshliqlariga dushman kelayotganini bashorat qiladi. Qabila boshlig'i
esa unga ishonib hamma jangchisini qurollantiradi va qilichlar qindan chiqqanini endi ular albatta

ishlatilishi kerakligini aytadi. Agar dushman kelmasa, bu qurollar Santyagoga to‘g‘ri bo‘lishini aytib
ogohlantiradi. Savol: Siz bizga bir necha sahifadan keyin qaysi predmet tilga olinishini yozib bering.
Javob:Miltiq.
Izoh: Chexov miltig‘iga ishora qilingan. Unga ko‘ra, miltiq tilga olindimi, demak u albatta otilishi kerak.
40-savol:
Qo‘shma Shtatlardagi Kastro va uning safdoshlariga qarshi namoyish plakatlaridan birida ma'lum bir kasb
vakillari nomidan Kuba inqilobi jangchilari qoralangan edi. Bu kasb vakillari kimlar edi?
Javob:Parikmaxerlar.
Izoh: We donʼt like beards. Barbers of America - "Biz soqolni yoqtirmaymiz. Amerika sartaroshlari". Kuba
inqilobchilari "barbudos", yaʼni soqolli laqabini olganlar.
Zachot: Sartaroshlar.
41-savol:
Birinchi turning OXIRGI savoli. Savolda almashtirish bor! 1826-yilda yozilgan “Yo‘l izlovchi” romanining
bunday nomlanishiga romandagi ohirgi satrlarda keksa bir tub-joy amerikalikning “Men yo‘l izlovchilarning
OXIRGI dono jangchisini ko‘rish uchun yashadim” degan gapidan tanlangan. “Yo‘l izlovchi” algonkin tilidan
“hech qachon tinch bo‘lmagan suv odamlari” deb tarjima qilinadi. Savol: Yo‘l izlovchi so‘zlari bilan
almashtirilgan so‘zlarni yozib bering.
Javob:So‘ngi mogikan.
Izoh: savolda Fenimor Kuperning bir asari boshqa asari bilan almashtirilgan edi. Savol kirish qismida va
savolda ishlatilgan oxirgi jumlalari sizni to‘g‘ri javobga oli bordi degan umiddamiz!
Zachot: Mogikan.
Manba: https://www.shmoop.com/study-guides/literature/last-of-the-mohicans/analysis/title; 2)
https://www.britannica.com/topic/Mohican;
42-savol:
U “ askar, jangchi “ degan ma’nolarni bildiradi. Ular oddiy askarlar hisoblangan, Ularning ustidan nazorat
qiluvchilar ko’p bo’lgan. Shu sababli Ular ortiqcha harakat qilolmasdilar. Keyinchalik Unga ko’chma ma’no
yuklanib, kamtar, kamsuqum, og’ir-vazmin kabi ma’nolarga ega bo’lgan. Uning oxirgi harfi talaffuzda
yo’qolishi natijasida, hozirgi ko’rinishiga kelgan. Savol: Hoh Uni, hoh o’zgargan ko’rinishini yozib bering
Javob:Sipoh
Izoh: Sipoh so’zi askar degan ma’noni bildiradi va askarlarga nisbatan qo’llanilgan. Keyinchalik so’zga

Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉 Asosiy kanal @aktamov_blogi