November 16, 2024

O'quvchilar ligasi savollari

I tur

1. Alisher Navoiy asarlari lug‘atida yozilishicha, SHUMSHUK so‘zi “pisib, poylab, tikilib yotgan” ma’nosini anglatadi.
Savol. SHUMSHUK haqidagi maqolada qaysi hayvon nomini ham ko‘rish mumkin?
Javob: Mushuk.
Izoh. Mushuk so‘ziga SHUK so‘zi asos bo‘lgan. SHUK so‘zi pisib, poylab yotish ma'nosini anglatgan. Mushukning o‘ljasini pisib, poylab yotishi shu so‘zni paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Manba: https://oyina.uz/uz/teahause/2912

2. Oyina.uz saytidagi maqolada, bizdagi bobo, dada soʻzlari rus tilidagi PAPA, DEDUSHKA soʻzlari paydo boʻlishiga sababchi boʻlganligi yoziladi. Bu maqolada 1929-yil rassom Elsi Krisler Sigar tomonidan yaratilgan komiks personaj nomi eslab oʻtiladi. Bu personajga rassomning doʻsti, kema oʻt yoquvchisi Frenk Figl prototip qilib olingan ekan.
Savol: Personaj nomini ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Dengizchi Papay.
Izoh. Maqolada Rim Papasi va dengizchi Papay (aslida boboy) soʻzlari aslida turkiycha BOBO yoki BABA soʻzlaridan kelib chiqqanligi yoziladi.
Manba:
1.https://ilmfakt.com/frank-figl-dengizchi-popay-prototipi/
2.https://oyina.uz/uz/article/3082
3.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%BE%D1%80%D1%8F%D0%BA_%D0%9F%D0%BE%D0%BF%D0%B0%D0%B9

3. Bu multfilm yaratuvchilaridan biri bo‘lgan Aleksandr Tatarskiy shunday deydi: “Besh yoshlik vaqtimda turli qurilmalar ichida kim yashashi menga juda qiziq edi”.
Savol: Tatarskiy qaysi multfilm yaratuvchilaridan biri?
Javob: Fiksiklar.
Qabul: Murvatchalar.
Izoh: Multfilm syujeti qurilmalar ichida yashaydigan va ularni tartibli saqlaydigan mitti odamchalarning sarguzashtlarini hikoya qiladi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Фиксики#История_создания

4. 2014-yilgi filmda Yevropadagi mamlakat knyazi boʻlgan qahramon yurtiga Mehmet II bostirib kelayotgani sababli yovuz gʻordagi laʼnatni qabul qilishga majbur boʻladi. Shundan soʻng qahramon har tunda koʻplab insonlarning qonini ichadi.
Savol: Bu film qaysi tarixiy hukmdor haqidagi afsonalarga asoslangan?
Javob: Vlad III Sepesh.
Qabul: Vlad Drakula.
Izoh: Film Vlad III ning Drakula yaʼni vampirga aylangani haqidagi afsonalarga asoslangan.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Дракула_(фильм,_2014)

5. Ben Byort ‘Yulduzlar jangi” filmidagi droid, R2-D2 [ar-2 di-2] ga mohirona ovoz bergan. Shu sabab 2008-yilda namoish qilingan bu multfilm bosh qahramoniga ovoz berish aynan Benga ishonib topshirilgan.
Savol: Qaysi multfilm?
Javob: Wall-E.
Izoh: Ben Byort “Yulduzlar jangi” filmidagi robotga mohirona ovoz bergani uchun Wall-E loyihasiga taklif qilingan.
Manba:https://ru.wikipedia.org/wiki/ ВАЛЛ-И#Озвучивание

6. “Hobbit” filmida orklardan qochib, yanada xavfliroq boʻlgan ulkan boʻrilar toʻdasiga duch kelgan qahramonlar Ushbu iborani ishlatishadi. Ushbu iboraning arabcha variantining ikkinchi qismida kuchli yomgʻir eslanadi.
Savol: Ushbu iborani yozib bering.
Javob: Yomgʻirdan qochib, qorga tutilmoq.
Qabul: Yomgʻirdan qochib, do‘lga tutilmoq.
Izoh: Biron narsadan qutilib, undan yomonrog‘iga duch kelganda _ yomg‘irdan qochib qorga tutilmoq iborasi qo‘llaniladi. Ushbu iboraning arabcha versiyasida "yomg‘irdan qochib, jalaga tutildi" so‘zi qo‘llaniladi.
Manba:
1. http://asilmedia.org/3242-hobbit-ozbek-tilida.html 2:23:00 - 2:23:30
2. https://vk.com/wall-73716370_2937

7. Savol matnidagi bir soʻzdan harflar tushib qolgan.
Bollivudning ARI nomli filmi syujetiga koʻra, oddiy va kuchsiz boʻlgan personaj toʻxtamasdan, oxirigacha harakat qilsa, borib-borib eng kuchli qahramonga aylanadi.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Javob: Farzin.
Izoh: Shaxmatda piyoda raqib tomonning oxirgi katagiga yetib borsa, farzinga aylanishi mumkin. Film syujeti ham shu gʻoya asosiga qurilgan. Film Hindistonniki ekani sizni shaxmatga yetakladi deb umid qilamiz.
Manba: http://asilmedia.org/2331-farzin-hind-film-ozbek-tilida-smotret-tas-ix.html

8. Gazeta.uzning U haqidagi maqolasida aytilishicha, ilk Ular inson ongli mavjudot sifatida paydo boʼlgandan beri mavjud va U avval qoyaga oʼyilgan tasvirlar orqali namoyon boʼlgan. Maqola nomi esa “U – san’atmi yoki vandalizm?” deya nomlangan.
Savol: Uni xorijiy so‘zda yozib bering.
Javob: Strit-art.
Izoh: Strit art ko‘cha devorlari va turli obektlariga rasm chizish san’ati bo‘lib, basilar uni obektlar tashqi dizayniga tasiri tufayli vadalizm sifatida baholashadi.
Manba:
1. https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/14/street-art/
2. Tasviriy san'at 7-sinf (2017) 105-bet

9. “Quyoshsiz dunyo” filmi okean osti hayvonot olamining sirli hayoti haqida hikoya qiladi. Film 1910-yilda tug‘ilgan bu inson tomonidan suratga olingan.
Savol: Bu inson kim?
Javob: Jak Iv Kusto.
Izoh: Quyoshsiz dunyo bu suv osti olami bo‘lib, bu film mashhur tadqiqotchi Jak Iv Kusto tomonidan yaratilgan.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Кусто,_Жак-Ив#Фильмография
2.https://ru.wikipedia.org/wiki/Мир_без_солнца

10. Qadimda odamlar UNING oʻrnida novdalardan foydalanishgan. Uning elektr yordamida ishlaydigan turi 1960-yillarda BROXODENT brendi ostida sotila boshlangan.
Savol. UNI ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Tish choʻtkasi.
Izoh: Elektr tish choʻtkalari 1960-yillarda sotila boshlangan.
Manba. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tish_cho%CA%BBtkasi

11. Xayrulla Hamidov ijodidan sheʼrni tinglang:

Ha seni insoniy mardiliging edi
Barchani teng koʻrib, ters yurmasliging
Va lekin eng mushkul yumushing boshqa
Hayvonlar ichida oʻzgarmasliging!

Savol: Ushbu sheʼr qaysi adabiy personaj nomi bilan atalgan?
Javob: Maugli.
Izoh: Maugli oʻrmonda hayvonlar orasida yashagan boʻlsada, insoniy fazilatlari va tuygʻularini yoʻqotmaganligi haqida sheʼrda aytib oʻtilgan.
Manba: https://youtube.com/watch?v=bXjSlZxn5Os&si=fVKutcjvRYosaZXS

12. 1959-yildan 1960-yil avgust oyigacha amalda boʻlgan Gabon davlati bayrogʻining markazida ingichka sariq chiziqni koʻrish mumkin edi. Bayroqdagi koʻk rang Atlantika okeani bildirgan.
Savol: Sariq chiziq nimani ifodalashini lotincha bir soʻzda yozib bering.
Javob: Ekvator.
Izoh: Bayroqning dizayni Gabonning geografik joylashuvini aks ettiradi. Yashil rang o‘rmonlarni va ko‘k rang Atlantika okeanini, sariq chiziq ekvatorni ifodalaydi.
Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Flag_Gabon .

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi