December 10

Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi 9-tur Magnum jamoasi savollari 01.11.2025

1-savol
Savol: Siyosatda o'ta o'ng va o'ta so'l qarash egalari chiziqli spektrning ikki uchi kabi bir-biriga mutloq qaramaqarshi tomonda bo'lmaydi. Aslida, ularning qarashlari markazlashgan siyosatchilardan ko‘ra bir-biriga yaqinroq bo‘ladi, lekin hech qachon birlashib ketmaydi. Yuqoridagilarning siyosiy chiziqda joylashishi haqida gapirgan faylasuf Jan Pyer Fey buni “IKS nazariyasi” deb atagan. Diqqat savol: IKS o’rnidagi unlilari bir xil bo’lgan so'zni yozib bering.
Javob: Taqa
Izoh: O'ta o'ng va o'ta so'llar fikri markazdagilardan ko‘ra, bir-birinikiga yaqin bo‘ladi, biroq, ularning qarashlari birlashib ham ketmaydi. Shu tufayli ularning siyosiy chiziqdagi ko’rinishi taqani eslatib yuboradi.

2-savol
Savol: Tilshunos Baxtiyor Karimov tufayli, o'tgan asr 90-yillarida O‘rtaturk tili nazariy jihatdan konsepsiyalashib, O‘zturk g'oyasi ancha rivojlangan. Baxtiyor Karimovning O‘rtaturk tili haqidagi maqolasi "Turkiy U" deb nomlangan. Uni bilganlar Xolokost payti taqibga uchragan. Diqqat savol: U o‘rnidagi 1 so‘zni yozib bering.
Javob: Esperanto
Izoh: O’rtaturk tili – barcha turkiy xalqlar uchun tushunarli bo’ladigan til sifatida yaratilgan sun’iy til bo’lib, u turli turkiy xalqlar tillaridan so’z olish orqali shakllantirilgan. Esperanto tilini eslatadi.

3-savol
Savol: Yapon doramasining navbatdagi mavsumida bosh qahramon Arisu o'z sevgani Usagini qutqarish uchun uning ortidan hayoliy dunyoga borishga majbur bo‘ladi. Qizig‘i, Usagi ismi yapon tilida “IKS” degan ma’no anglatadi. Diqqat savol. IKS o‘rnidagi 1 so‘zni yozib bering.
Javob: Quyon
Izoh: Arisu – “Alisa” ismining yaponcha talaffuzi. Usagining ismi yaponchadan "quyon" deb tarjima qilinadi.

4-savol
Savol: Xusayn Boyqaroning she'rlaridan birida yor hajrida zaiflashib, kuchsizlanib qolgan nimjon oshiq UNI ushlab o‘rnidan turgani tashbex qilinadi. Zulu tilida U – “Iwebhu" deb atalar ekan. Diqqat savol: U nima ekanini 2 so‘zda yozib bering.

tarqatma

Javob: O‘rgimchak to‘ri
Izoh: “Iwebhu” so’zi inglizchadagi “web” so’zi bilan o‘rtaq bo‘lib, she’rda oshiqning nimjonlashgan holati o‘rgimchak to‘ri bilan taqqoslangan.

5-savol
Savol: 1947-yil 14-avgustdan 15-avgustga o‘tar kechasi Javaharlal Neru Hindiston tarixida muhim o‘rin tutgan “Taqdir bilan uchrashuv” nomli nutqni so'zlagan. Ushbu voqeadan sal kam bir oy oldin dunyoga kelgan inson, keyinchalik, ushbu nutq so'zlanayotgan paytda tug'ilgan avlod haqida fikr bildirgan. O‘sha inson kim?
Javob: Salmon Rushdiy
Izoh: Rushdiy bu bolalarni "yarim tun bolalari" deb atagan va keyinchalik shu nomli asar yozgan.

6-savol
Savol: Antonio Lopes de Santa-Anna 1821-yilda bir qancha harbiy muvaffaqiyatlaridan keyin general unvonini olgan. 1833-yilda esa mamlakat prezidentiga aylangan. Hayoti davomida bir necha bor davlat rahbari lavozimidan ketib, quvg‘inda yurgan va yana qaytgan Antonioni bir maqolada IKS deb atashgan. Diqqat savol: IKSni alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanuvchi 2 so‘zda yozib bering.
Javob: Meksikalik Napoleon
Izoh: Santa-Anna Meksikaning mustaqillikka erishishida hissa qo‘shgan va o’zini Napoleon bilan tenglashtirgan.

7-savol
Savol: O'tgan asr 2-yarmida Meksikada mahalliy dehqonlar hukumat ta'qibiga qarshi qurolli guruhlar tuza boshlaydi. Ana shunday guruhlardan biri — SMOA deb nomlangandi. Ushbu abbreviaturadagi MOA – “Milliy Ozodlik Armiyasi” degan ma’noni beradi. Diqqat savol: Birinchi turgan "S" nimani ifodalaydi?
Javob: Sapata (familiyasini)
Izoh: Mahalliy xalq armiyasini Emiliano Sapata sharafiga nomlagan.

8-savol
Savol: Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQSH Qurolli kuchlari boshqarmasi tashabbusi bilan mahsus qo'shinlarning 23-shtabi tashkil etiladi. San'at maktablari talabalari, reklama agentliklari hodimlari, ovoz injinerlari va shu kabi ijodiy kasb vakillari jalb qilingan ushbu bo'linmaning asosiy vazifasi — turli usullar orqali raqib kuchlarini dezinformatsiya qilish edi. Diqqat savol: ushbu bo'linmaga berilgan, bir xil harflardan boshlanuvchi ikki so'zdan iborat laqabni toping.
Javob: Arvoh Armiya
Izoh: Bo‘linmaning maqsadi dushmanni mavjud bo‘lmagan narsaga ishontirish edi.

9-savol
Savol: 1981-yilda mashxur o‘yin chiqqanidan keyin unda eng yuqori ball to‘plash uchun kurash boshlanib ketadi. 2007-yilda ushbu kurash haqida chiqqan film nomida berkitilgan 2 so‘z – o‘tgan asrda chiqqan boshqa filmning nomi bo‘lib, o‘yin yaratuvchilari antigonist obrazini ishlab chiqishda ushbu filmdan ilhomlanishgan. Diqqat savol: Yuzduzchalar bilan berkitilgan 2 so’zni yozib bering.

tarqatma

Javob: King, Kong
Izoh: 1981-yilda “Donkey Kong” o’yini chiqqanidan keyin musobaqa bo‘lgan. Film nomi “The King of Kong”.

10-savol
Savol: Ilon ko'plab madaniyatlarda donishmandlik ramzi xisoblanadi. Masalan, "Maugli"da ham ilon donolik timsoli sifatida tasvirlangan. Qizig‘i, yurtimizdagi Ushbu toponimning kelib chiqishi haqidagi versiyalar orasida "Katta uzun ilon" va "Donolar yurti" degan versiyalar ham bor. Diqqat savol: bu qaysi toponim?
Javob: Bo‘ka
Izoh: Mauglidagi donishmand ilon nomi “Kaa” edi. “Bo’ka” so‘zida ham “ka” qismi mavjud.

11-savol
Savol: "Ali va Nino" asarida dam olib yotgan qahramon huddi sharni yutib yuborgandek birdan qaddini tik tutib o'tirib oladi. Diqqat savol: Savol matnida almashtirilgan so'zni asl holida yozib bering.
Javob: Arshin
Izoh: Ali va Nino voqealari Bolqonda yuz beradi. Asosiy o‘lchov vositasi – arshin, “Sharni” so‘zi bilan anagramma.

12-savol
Savol: Surinamning musulmon aholisini bir jihat bo‘yicha ikkiga ajratish mumkin. Hindistonlik musulmonlar va Indoneziyalik musulmonlar Alfa borasida mutlaq qarama-qarshi tomonni egallashgan. Diqqat savol: Alfa o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob: Qibla
Izoh: Hindistonliklar sharqga, Indoneziyaliklar g‘arbga qibla tanlagan.

13-savol
Savol: Golland tilshunosi Yan Gerartsen Brabant tilini Yer yuzidagi eng qadimgi til deb hisoblagan. U "qasamlar bochkasi" va "nafratga qarshi to'g'on" so‘zlarini keltirgan. Diqqat savol: ULARni yozib bering.
Javob: Odam Ato va Momo Havo

tarqatma

Javob: Odam Ato va Momo Havo
Izoh: Bu orqali u golland bo‘lganini isbotlamoqchi bo‘lgan.

14-savol
Savol: Versiyalardan biriga ko’ra, o’z hovlisida turli gullarni o’stirishni yoqtirgani uchun Muhammadning ismiga “U” laqabini qo’shib chaqira boshlashgan. Boshqa bir U o‘zining ilk katta chiqishlaridan birini Bahor konsert zalida amalga oshirgan. Diqqat savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob: Rayhon
Izoh: Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyga berilgan laqab.

15-savol
Savol: Aktyor Jo Pantoliano mol go‘shtini yoqtirmasligini aytgan. Shu sababdan Pantoliano ijro etgan salbiy qahramon steyk yeyish sahnasida haqiqiy go’sht emas, qo‘ziqorin istemol qilgan. Diqqat savol: Gap qaysi film haqida ketmoqda?
Javob: Matritsa
Izoh: Agent Smit bilan tushlik sahnasida steyk qo‘ziqorindan tayyorlangan.

16-savol
Savol: Qadimgi fransuz tili orqali kelib chiqqan ismning ma’nosi “Qirol”. Diqqat savol: Ushbu ismni yozib bering.
Javob: Liroy
Izoh: Fransuzcha “Le Roy” – qirol. World of Warcraft o’yinidagi Liroy Jenkins memiga ishora.

17-savol
Savol: Savol matnida bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan. Alberto Kaeyru, Rikardu Reyesh va Alvaro de Kampush kabilarning biografiyalarini yozgan. Diqqat savol: USHBU INSON kim?
Javob: [Fernando Antonio Nogeyra] Pessoa
Izoh: Mashxur portugal adibi o‘z asarlarini geteronimlar bilan yozgan.

18-savol
Savol: Whiz kids – Ford kompaniyasining strategik boshqaruvi uchun iqtidorli insonlar guruhi. Diqqat savol: Ushbu guruh a‘zosi bo‘lgan San-Fransiskolikni toping.
Javob: [Robert] Maknamara

tarqatma

Javob: [Robert] Maknamara
Izoh: Keyinchalik AQSH mudofaa vaziri etib tayinlangan.

19-savol
Savol: Jon Bakenning "Uch asir" asari qahramoni uyqusi juda qattiq bo‘lgan xotinini ULARdan birining avlodi deb hazillashadi. Norveg tilidagi “syvsover” so‘zi. Diqqat savol: Ularni 2 so‘zda yozib bering.
Javob: Yetti uxlovchi
Izoh: Norveg tilida “syvsover” – yetti uxlovchi degan ma’noni bildiradi.

20-savol
Savol: 1980-yilda Kitobda tug‘ilgan USHBU INSON tomonidan yozilgan asarni kimyo haqida, muqova orqa tarafidagi yozuvni “geliy”, old tarafidagi yozuvni esa “uglevodorodli radikal” deb o‘ylagan. Diqqat savol: Ushbu inson kim?
Javob: Murod Karim o‘gli
Izoh: Muqova yozuvlari kimyoviy belgilar kabi qabul qilingan.

21-savol
Savol: Bo‘shliq bir necha so‘zni almashtirib keladi. 1979-yilda dunyoga kelgan Boshliq aslida 3 qismdan iborat bo‘lib, uning 2-qismi mashhurlikka erishgan. Diqqat savol: muallifni yozib bering.
Javob: Pink Floyd guruhi
Izoh: “Another Brick in the Wall” qoshiği 3 qismdan iborat.

22-savol
Savol: 1960-yilda Neapolda tug‘ilgan insonga berilgan laqablarda "falokat" va "qo’rqoq" so‘zlarini ko‘rish mumkin. Diqqat savol: Bir xil harfdan boshlanuvchi kamida 3 so‘zda yoki ism-familiya ko‘rinishda yozib bering.

tarqatma

Javob: Kosta Konkordiya kruiz kemasi kapitani
Izoh: Kemani tashlab qochgani uchun “Kapitan Falokat” va “Kapitan Qo’rqoq” laqablarini olgan.

23-savol
Savol: 2016-yilda chiqqan mashhur film so‘ngida ijodkorlar tomoshabinlardan avtomobil boshqarishda ehtiyot bo‘lishni so‘ragan. Diqqat savol: Ushbu film nomini yozib bering.
Javob: Doktor Strendj
Izoh: Filmga ko‘ra Doktor Strendjning yo‘li avtomobil halokatidan boshlanadi.

24-savol
Savol: Odatda gavjum bo‘ladigan joylar noodatiy bo‘shab qolishi yoki tushdagi kabi tasvirlar - Liminal bo’shliqlarga misol bo‘la oladi. IKS sababli liminal bo’shliqlar insonlarda yoqimsiz hislar uyg’otishi mumkin. Diqqat savol: IKSni 3 so‘zda yozib bering.
Javob: Yovuz vodiy effekti
Izoh: Liminal bo’shliqlar insonga tanish bo‘lgan narsaning noodatiy ko‘rinishi kabi qo‘rquv uyg‘otadi.

25-savol
Savol: Otabek Quvvat tomonidan yozilgan "U yulduzlar saltanatida" hikoyasida bolakay U ismli bilimli bolakayning sayyoralar bo‘ylab sayri. Diqqat savol: U o‘rnidagi ismni yozib bering.
Javob: Ulug’bek
Izoh: Bolakayga buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug’bek ismi berilgan.

26-savol
Savol: Jennifer Harrison maqolasida Gomeopatiyani tibbiyotdagi Alfa deb atagan. Jo Kokerning chiqishlari alfaning ommalashishiga turtki bergan. Diqqat savol: Alfa o‘rnidagi alifboda yonma-yon kelgan harflardan boshlanuvchi ikki so‘z.

tarqatma

Javob: havo gitarasi
Izoh: Jo Koker gitara chalish harakatlari gomeopatiya harakatlarini ommalashtirgan.

27-savol
Savol: XIX asr oxiridagi modernizatsiyadan keyingi Parijni xushlamagan Sharl Bodler, shaharning tartibli ko‘chalarida qahramonlariga joy qolmaganini aytib, Qora o‘rmonni esga oladi. Aleksandr Belkovich ko‘knor urug‘idan foydalanishni maslahat beradi. Diqqat savol: savol matnida almashtirilgan 2 so‘zni toping.
Javob: Chumoli ini
Izoh: Parijning tartibli ko‘chalarini chumoli iniga o‘xshatgan.

28-savol
Savol: Los-Anjelesda immigrantlarga qarshi reydlar namoyishlarni bostirish uchun AQSh federal hukumat 700 dengiz piyoda askar yubordi. Uning ovozidan foydalanilgan. Diqqat savol: Uning kimligini bir xil harflardan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Hanoylik Hanna
Izoh: Vyetnam urushi paytida AQSh harbiylariga qarshi radiodan nutq so‘zlagan.

29-savol
Savol: Linda Grassoning rassom Jorjiya O'Kiff haqidagi kitobi nomi “SHUNDAY Tenglar: Jorjiya O’Kif va feminizm”. SHUNDAY IKS so‘zlari yurtimizdagi bir shaharga nisbatan ishlatiladi. Diqqat savol: Qaysi shahar?
Javob: Xiva
Izoh: Asardan “Osmon ostidagi” so‘zlari tushirilgan.

30-savol
Savol: Internetdagi hazilda Disney kompaniyasi oq tanli personajlarni gavdalantirish uchun qora tanli aktyorlarni yollashga odatlanib qolgan. Asarlardan birida u ikkinchi jahon urushi paytida Janubi Sharqiy Osiyoda xizmat qiladi. Diqqat savol: U kim?
Javob: Tarzan
Izoh: Disney gorillalar orasida o'sgan inson roliga qora tanli aktyorni tanlashga jurat qilolmaydi.

31-savol
Savol: Alisher Navoiy bu misralar orqali kimga ta'rif bergan?

tarqatma

Javob: Mahmud az-Zamaxshariy
Izoh: “Jorulloh” so‘zi Zamaxshariyga berilgan nomlardan biri.

32-savol
Savol: Lev Gumilyov etnogenez nazariyasi. Ayrim xalqlarning bosqini natijasida bir-biriga mos kelmaydigan xulq-atvorli yagona xalq shakllanishi mumkin. Diqqat savol: Bunday etnik guruhga 6 harfli nom bering.
Javob: Ximera
Izoh: Ximeralar bir nechta hayvonlar birlashuvidan yasalgan afsonaviy mavjudotlar.

33-savol
Savol: Behzod Hamro toshkentlik qizni sevib qolgani haqida gapirarkan, o‘z hamyurtini ham eslab o‘tadi. Diqqat savol: O’sha hamyurti kim edi?
Javob: Hamid Olimjon
Izoh: Behzod Hamro o‘z hamyurti Hamid Olimjonni eslab o‘tgan.

34-savol
Savol: 2020-yilda loyihalashtirilgan MAS400 dron-kemasi Atlantika okeanini kesib Galifaksga kelib to‘xtagan. Kema nomidagi A va S harflari "Autonomous Ship". Diqqat savol: M harfi va 400 nimani anglatadi?
Javob: Mayflower, 400 yil (yubiley)
Izoh: Kema Meyflouer kemasining 400 yilligi marshrutini takrorlagan.

35-savol
Savol: Amir Temur buyrug’i bilan Toshkentda 1363-1364-yillarda Xoja Ahmad Yassaviyning nabirasi Mustafoqul Xo’ja qabri ustida maqbara va masjid barpo etilgan. Diqqat savol: Yassaviy o‘z nabirasini doim qanday erkalab chaqirgan?
Javob: Suzuk
Izoh: Yassaviy o‘z nabirasini “Suzugim” deb erkalab chaqirgan.

36-savol
Savol: Oklahoma Thunder jamoasi 2025-yilda 46 yillik tanaffusdan so‘ng NBA chempioni bo‘ldi. Videolarda Aleks Karuzo jamoadoshlariga bu ishni qilishni o‘rgatayotganini ko‘rish mumkin. Diqqat savol: Bu ishni unlilari bir xil so‘z ishlatgan holda yozib bering.
Javob: Shampan vinosini ochish
Izoh: Karuzo chempionlikni nishonlashda tajribasi bilan jamoaga yordam bergan.

https://t.me/Zakovat_Savollarii