August 16

Ikkinchi Liga bahorgi mavsum 6-tur savollari (02.05.2026)

1-savol:
Jamoalar o‘yinga tayyor bo‘lsa, BIRINCHI savol.Ernest asarga tanlangan nom haqida shunday degandi: Eski o‘yin avtomatiga tanga tiqqaningizdan keyinekranda BU SO‘ZLAR paydo bo‘ladi. BU SO‘ZLAR o‘yinning ikki o‘lchamli olamiga sho‘ng‘ishingizdan oldinko‘radigan oxirgi narsangizdir. Bu asar asosida ishlangan filmda ko‘plab mediamahsulotlarga qilinganpasxa tuxumlarini topish mumkin. Savol: Ushbu asar yoki film nomini istalgan tilda yozib bering.Javob:Birinchi o‘yinga tayyor.Izoh: O‘yin avtomatlarida “Tayyorlaning, birinchi o‘yinchi”, “Birinchi o‘yinchi, tayyorlaning” kabi so‘zlarErnest Klaynga asar nomini tanlashga sababchi bo‘lgan. Asarda va filmda bosh qahramon va sheriklario‘yindagi oltin pasxa tuxumini izlashadi. Filmda boshqa mahsulotlarga ishoralar – pasxa tuxumlariniko‘plab topish mumkin.Zachot: Birinchi o‘yinga tayyorlansin; Ready player one; Первому игроку приготовиться.
2-savol:
“Jumboqlar xonasi” filmida bir guruh insonlar xonada qamalib qolib, parolni qidirishadi. Qahramonlardanbiri kitobni ko‘rsatib, asar nomidagi qism kerakli kod bo‘lishi mumkinligini aytgach, urinib ko‘rishadi.Oqibatda xona yong‘inda qolgandek qizib ketadi.Savol: Qiz 1953-yilda nashr qilingan qaysi kitobni ko‘rsatgandi?Javob:“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”.Izoh: Maxsus joyga 451 raqamini terib ko‘rishadi, ammo xato chiqib, xona qizib ketadi. Kitob va yong‘inkombinatsiyasi eslanganida eng avval Rey Bredberining kitobi tilga olinadi.
3-savol:
Islom sivilizatsiyasi markazining Farg‘ona zalida ULAR shiftdan xuddi bulutlar orasidan chiqibkelayotganday taassurot uyg‘otadi. ULAR tufayli Xitoy imperatori Farg‘onaga 40000 kishilik qo‘shinyuborgan.Savol: ULAR o‘rnidagi so‘zlarni toping.Javob:Samoviy otlar.Izoh: Farg‘ona qadimda o‘zining afsonaviy otlari bilan tanilgan va buning ortidan Xitoy bilan bir nechamarta ziddiyatlar kelib chiqqan.Zachot: Farg‘ona otlari; Otlar; Ilohiy otlar; Uchar otlar
4-savol:
“Kichkina xonimlar” asarida qizlardan biri otasining avvalgi pullari yo‘q bo‘lib ketganini eslaydi. Birozdankeyin Jozefina qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha BU ISHNI QILADI. BU ISHNI QILISHning 3 usuli – lablar, til,barmoqlar deb nomlanadi.Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.Javob:Hushtak chalish.Izoh: Mashhur gapga ko‘ra, hushtak chalinsa, pul bo‘lmaydi. Hushtak chalishning tabiiy 3 usuli mavjud.
5-savol:
“Raqamli qal’a” asarida Transxabar nomli apparat haqida so‘z yuritiladi. Apparatning yuqori qismi xodimlartomonidan nazorat qilinadi, ammo bu faqatgina apparatning umumiy hajmining o‘ndan biri bo‘lib, pastdako‘pchilik ko‘rmagan qismlar joylashgandi.Savol: Transxabar ta’rifida ishlatilgan kelib chiqishi nemischa so‘zni yozib bering.Javob:Aysberg.Izoh: Apparatning yuqori qismi ko‘rinadi, tubi esa yashirin, xuddi aysberg kabi. Aysberg so‘zi nemischadan“muz tog‘i” deb tarjima qilinadi.
6-savol:
Savolda U almashtirish hisoblanadi.“Bek va Lola” animatsion multfilmlarining harbiylarga bag‘ishlab chiqarilgan sonida bosh qahramonlaro‘zlarini harbiy sifatida sinab ko‘rishadi. Qahramonlarning o‘yinchog‘i bo‘lgan ayiqcha tasvirini Unda ko‘rishmumkin.Savol: Unda asosan qaysi inglizcha so‘z ham ishlatiladi?Javob:Wanted.Izoh: Harbiychalar ayiqchani qidirish operatsiyasini amalga oshirishadi. Ayiqcha esa “qidirilmoqda”posterida tasvirlanadi. Bunday posterlarda asosan Wanted so‘zini uchratish mumkin.
7-savol:
“Asteriks va Obeliks” filmida Obeliks agar iti ehrom ichidan olib chiqishni uddalasa, suyaklardan BU ISHNIQILISHga va’da beradi. Yurtimiz janubida dunyoga kelgan ijodkor ham yoriga BU ISHNI QILISHga va’dabergan.Savol: O‘sha va’dada suyak o‘rniga nimalar eslangan?Javob:Yulduzlar.Izoh: Itga egasi “Suyaklardan bo‘yningga marjon taqib qo‘yaman” deydi. Surxon farzandi MahmudNamozov ijro etgan qo‘shiqda “Istasang shu falakdan oyni olib beraman, Yulduzlardan bo‘yningga marjontaqib qo‘yaman” so‘zlari bor.

8-savol:
Savol matnida bir so‘zdan harf tushirib qoldirilgan. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida ILM inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘i, odamiylikolamining javohirga boy tog‘i deb ta’riflanadi. ILM natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovorbo‘ladi; ILM tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.Savol: Harf tushirilgan so‘zni asl holida yozib bering.Javob:HilmIzoh: Muloyim tabiatlilik ma’nosini beruvchi hilm tushunchasi Navoiy asarlarida yuqoridagi so‘zlar bilanulug‘langan.Zachot: Xilm.
9-savol:
Vladimir Burmakin do‘sti Ro‘zi Choriyev hamrohligida Boysunga kelishganida odamlarni kuzatarkan IKSdatabiatda mavjud barcha bo‘yoqlar mujassamini ko‘rdi: masalan, havo rang–osmon, oqlik esa gilosningbahoriy gullari, sariq – yetilayotgan bug‘doy poyalarini eslatib turadi, qizil rang – pishib yetilgan olmaqiyosi. Savol: IKS o‘rnidagi qo‘sh undoshli so‘zni yozib bering.Javob:Do‘ppi.Izoh: Boysun do‘ppisi o‘zining rang-barangligi bilan boshqa hududlardagi do‘ppilardan farqlanadi. RassomVladimir Burmakin do‘ppidagi ranglarda ham ma'no topgan. Bu safar chog‘ida Burmakin dunyoga mashhur"Boysun Madonnasi" kartinasini ham chizgan.
10-savol:
Aprel oyida e’lon qilingan xabarda “Uzbekistan Airports” ma’sullari aeroportlar yaqinida BU ISHNIQILMASLIKKA chaqirgani yozilgan. BU ISHNI QILISH Xitoydagi bayramlarning muhim qismi deb hisoblanib,hatto o‘ziga xos janglar ham tashkil etilgan.Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi alifboda yonma-yon keluvchi harflardan boshlanuvchi ikki so‘zni yozibbering.Javob:Varrak uchirish.Izoh: Varrak uchirish tufayli aviatsiya uchun turli muammolarni yuzaga keltirish mumkin, ayniqsa aeroportyaqinida. Xabarni Uzbekistan Airport bilan bog‘liqligi ham yordam edi. Xitoydagi bayramlarda varrakkashisha sinig‘i ham o‘rnatishgan va jangda raqib varragining ipini uzishga harakat qilishgan.
11-savol:
2015-yil kuz faslida Barak Obama bir paytlar Amerika “Meyflauer” kemasida kelgan darbadarlarni bag‘rigaolganini eslab, suriyalik qochoqlarga joy berishni taklif qildi. Savol: Obama bu taklifni qaysi bayram nishonlanayotgan kunda ilgari surgan?Javob:Shukronalik kuniIzoh: Har yili noyabr oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanuvchi bu bayram tarixi 1620-yilda“Meyflauer” kemasida Angliyadan ko‘chib kelgan insonlarga borib taqaladi. Suriyalik qochoqlarning hamAmerika zaminiga joylashishi taklifi shu kunda bildirilgan ramziy ma’noga ega.Zachot: День благодарения; Thanksgiving Day; Minnatdorchilik kuni.
12-savol:
“Ruhlar isyoni” dostonida davlat ishlaridan, xiyonatlardan bezgan Shohjahon har kuni yori MumtozMahaldan bitta g‘azal eshitib, ovunishi haqida so‘z boradi.Savol: Shu parchada eslab o‘tilgan boshqa bir ismni yozib bering.Javob:Shahrizoda.Izoh: Shahrizoda Shahriyorga har kecha ertak aytib berib, ovutgani kabi Mumtoz Mahal g‘azal bilanyorining tashvishlarini unuttirgan. Bizda ham hali ertakning davomi bor, hozircha tanaffus!
13-savol:
Savol matnida ikki so‘z boshqa ikki so‘zning o‘rnida kelgan.“Eljernonga atalgan gullar” asarida aqliy salohiyatida muammosi bor Charli atrofdagi ishlarga soddaginabaho beradi. Charli bir kuni Bart ismli shifokor bilan uchrashganida shifokor Charlidan QOYIL QOLISHni
so‘ramagani uchun Bartni shifokor emas degan xulosaga keladi.Savol: Bir xil harflar bilan boshlanuvchi almashtirilgan ikki so‘zni yozib bering.Javob:Og‘izni ochish.Izoh: Charli shifokor kasbi egalari har bir mijozidan eng avval og‘izni ochishni so‘raydi degan fikrda bo‘lgan.Qoyil qolmoq va Og‘zi ochilmoq iboralari ma’lum o‘rinlarda ma’nodosh bo‘la oladi.
14-savol:
Fors tilida “burj” so‘zi “devorga tashqi tomondan tirgak sifatida ishlangan qurilma”, “mustahkam harbiyistehkom” degan ma’nolarni anglatadi. Savol: Kavkaz hududida asos solingan qaysi brend nomi haqidagi ma’lumotlarda mana shu tushunchaham eslab o‘tilgan?Javob:Borjomi.Izoh: “Borjomi” nomi etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar orasida “burj” so‘zi ham eslab o‘tilgan.

15-savol:
“Kecha va kunduz” asarida Mariya ismli qiz Miryoqub bilan suhbatda ko‘p qaltis gaplar aytadi. Tilbilmaydigan Miryoqub esa bu vaziyatda qanday yo‘l tutishini bildirish uchun Mariyaga jurnaldan Uningrasmini ko‘rsatadi. Mariya suratdagini ko‘rib turganini aytishi esa tushuntirish muvaffaqiyatsiz bo‘lganinibildirardi.Savol: U nima?Javob:Tuya.Izoh: Miryoqub “Tuya ko‘rdingmi, yo‘q” degan ma’noda sir saqlashini bildirmoqchi bo‘ladi. Qiz esa bunitushunmaydi.
16-savol:

Tropik hududlarda yashovchi ushbu qushning bosh qismidagi o‘ziga xoslik tufayli nomida IKS so‘zini ko‘rishmumkin. IKSdan 17-asrda Fransiyada foydalana boshlashganida nomini “paraSOL” deb qo‘yishgan. Savol: IKS o‘rnidagi so‘zni toping.Javob:Soyabon.Izoh: Qushning to‘liq nomi “Ekvador soyabonli qushi” bo‘lib, bosh tepasidagi patlar jamlanmasi soyabonnieslatadi. Bu qism aslida ko‘payish mavsumida e’tiborni tortish uchun kerak, yomg‘ir yog‘ganda hamfoydasi tegar balki. Zontik so‘zi ham, parasol so‘zi ham “quyosh” so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, parasol –“quyoshga qarshi” deganidir
Zachot: Zont, Zontik, Yomg‘irpo‘sh…
17-savol:
“So‘z latofati” kitobida har qanday tilga yangi so‘zning kirib kelishi MEZON orqali amalga oshirilishiyozilgan. Boshqa bir MEZON 22-noyabrdan 21-dekabrgacha davom etadi.Savol: Yuqorida almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.Javob:Qavs.Izoh: Yangi so‘z kirib kelayotganida o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun yonida qavs ichida bizga tanishmuqobil variant taqdim etiladi. Qavs Shamsiya yil hisobida 9-oyning arabcha nomidir. Mezon ham oy nomi.
18-savol:
1898-yil may oyida yuz bergan Andijon qo‘zg‘olonidan keyin askarlar mahalliy aholini ko‘chada ko‘rsa otibtashlayvergan. Bu paytda pilla mavsumi boshlangan edi. Tashqariga chiqqan odamlar esa askarlar g‘azabitufayli BO‘SHLIQ.Savol: BO‘SHLIQ o‘rnidagi bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.Javob:Tutday to‘kilmoq.Izoh: Pilla mavsumi boshlangani uchun odamlar tut bargi olib kelish uchun tashqariga chiqishga majburbo‘lishgan. Askarlar o‘qi tufayli tutga chiqqan odamlar tutday to‘kilgan. Maqolada bu ayanchli holatgashunday mantiqiy ta’rif tanlangan.
19-savol:
Bir stendapda Buyuk Britaniya kolonizatsiya davrida istalgan davlatga kirib borgani va eshikni taqillatib,o‘zlariga ergashishlarini so‘raganini aytarkan Trevor Noa bu holatni “Qadimiy X” deb ataydi.Savol: X ni yozib bering.Javob:X.Izoh: Savol matnida almashtirish yo‘q edi. Ergashish so‘zi ingliz tilida “follow” bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlardabu so‘z faol qo‘llaniladi. Twitter hozirda X deb atalishini bilasiz.Zachot: Twitter
20-savol:
Kaxa Bendukidze Saakashvili davrida qabul qilinishi kerak bo‘lgan iqtisodiy dastur haqida gapirarkan:ozroq xususiylashtirish, lekin davlat ulushini mustahkamlash, bu tarafga ham yoqamiz, boshqa tarafgayoqamiz, muhimi hamma uchun maqul kelsak, muammo chiqarmasak bo‘ldi – qabilida tuzilgan deydi va birismni eslab o‘tadi. Bu ism egasi haqidagi animatsion filmda salbiy qahramonlar “Oq” va “Kulrang” laqablariostida tanish.Savol: Bu ismni yozib bering.Javob:Leopold.Izoh: Ahil-inoq bo‘lib yashash, urishmaslik, hammaga yoqish shiorlari ostida tuzilgan iqtisodiy dasturhaqida gapirgan Kaxa Leopold ismli mushukni eslab o‘tgan. Leopold haqidagi multfilmda buzg‘unchisichqonlar tashqi ko‘rinishi tufayli “Beliy” va “Seriy” laqablariga ega edi.
21-savol:
U 1965-yilda O‘zbekistonga kelganida Ro‘zi ismli insonning uyida mehmon bo‘lganini eslarkan, Ro‘zining23 yoshida beshta farzand dunyoga keltirgan ayolini ham juda chiroyli bo‘lganini alohida ta’kidlaydi.Savol: 1938-yilda dunyoga kelgan U kim?Javob:Vladimir Burmakin.Izoh: “Boysun Madonnasi” kartinasi muallifi asari uchun ilhomni Ro‘zi ismli boysunlik insonning ayolidanolganini aytgan. Bu surat va muallif bilan 1-tur 9-savolida tanishgan edik.
22-savol:
Zbignevning kitobida amerikalik strateglar qarshi javob harakatlarini oldindan ko‘ra bilishi kerakligi, birnecha harakatlarni avvalroq o‘ylashlari shartligi ta’kidlanarkan, strateglar ULARga o‘xshatiladi.Savol: ULAR kimlar?Javob:Shaxmatchilar.Izoh: Zbignev Bjezinskiyning “Buyuk shaxmat taxtasi” kitobida siyosatni oldindan rejalashtiruvchilarshaxmatchilarga xos harakat qilishi kerakligi yozilgan. Asar nomi bilan mos keluvchi o‘xshatish.
23-savol:
Savol matnida BESHINCHIni tushirib qoldirdik.“Yo‘qolgan ayol” filmida bosh qahramonlar o‘zi yashab turgan joydan ko‘chib ketib, boshqa yerda yangiYaratilgan sanasi:

hayot boshlashga qaror qilishadi. Ko‘chirish xizmati bilan shug‘ullanuvchi mashina sirtida “FLOWER” so‘ziniko‘rish mumkin.Savol: Tushirib qoldirilganni ayting.Javob:May.Izoh: “Meflauer” kemasida qit’aliklar Amerikaga ilk bor kelishgan va yangi hayot boshlashgan. Oilalargayangi hayot boshlashida yordam beruvchi xizmat nomi ham “Meyflauer” ekanligi mantiqiy holat. May so‘zibeshinchi oy bo‘lgani uchun BESHINCHI deb almashtirish qildik. 1-tur 11-savolida “Meyflauer” kemasihaqida eslagandik.
24-savol:
“Me’mor” romanida yoshi bir joyga borib qolgan Najmiddin Buxoriy “to‘rva qoqdi” loyihasi o‘z vatanida qadrostlashi mumkinligidan xursand bo‘ladi. “To‘rva qoqdi” so‘zining ma’nosi SHUNDAY.Savol: SHUNDAY o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.Javob:So‘nggi.Izoh: Qarib qolgan me’mor hayotidagi so‘nggi qurilish ishini o‘z yurtida amalga oshirishidan quvonadi.“To‘rva qoqdi” so‘zlari “oxirgi farzand” ma’nosini beruvchi “surpa qoqdi” so‘ziga o‘xshab ketadi va ma’nosiham bir xil. Bu ham so‘nggi savol edi. Ishtirok, e’tibor uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz.Zachot: Ma’nodosh javoblar, masalan “oxirgi"

@Zakovat_savollarii