Zakovat savollari o'quvchilar ligasi (2-tur)
13. Sim kartalar 30 megagerts chastotali protsessorga, 64 kilobayt tezkor xotiraga va bir nechta saqlash joylariga ega qurilmadir. Sim kartalarni mitti ULAR deyish mumkin. Katta hajmdagi hisob-kitoblarni, arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni hisoblaydigan funksional qurilma ham U deyiladi.
Savol: U oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering.
Javob: Kompyuter.
Izoh: Sim kartalar xususiyatiga koʻra mitti kompyuterlardir.
Manba:
1. https://youtu.be/31D94QOo2gY?si=r7qTu9YMtfYGAJOC
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D0%BC%D0%BF%D1%8C%D1%8E%D1%82%D0%B5%D1%80
14. Yaponiyada chiqariladigan seriali KitKat shokolad batonchiklari mamlakatning turli mintaqalariga bag‘ishlangan. Yamanashi prefekturasi uchun chiqarilgan Kitkat qutisi konus shaklida boʻlib, tepa qismi oq rangda.
Savol: Yamanashi prefekturasining asosiy diqqatga sazovor joyi nima?
Javob: Fudzi togʻi.
Qabul: Fudzi.
Izoh: Qutining shakli va ko‘rinishi Fudzi tog‘iga o‘xshaydi – bu nafaqat Yamanashi prefekturasining, balki butun Yaponiyaning ramzi.
Manba: https://www.tokyoweekender.com/food-and-drink/47-japanese-kitkats-for-47-prefectures/
15. 1982-yil Folklend urushi paytida inglizlar Ularni dushman suvosti kemalari deya gumon qilib, Ulardan uchtasini oʻldirishgan. Wikipedia maʻlumotiga ko‘ra, begemotlar Ularning quruqlikdagi eng yaqin qarindoshlari hisoblanadi.
Savol: Ularni qisqa soʻzda yozib bering.
Javob: Kitlar.
Izoh: Harbiylar radarlarga tushgan kitlarni suvosti kemasi deb oʻylashgan va ularga oʻq uzishgan. Maʻlumotga ko‘ra, begemotlar kitning eng yaqin qarindoshlari hisoblanadi. Ular taxminan 54 million yil oldin yashagan umumiy ajdoddan tarqalishgan.
Manba:
1. https://factrepublic.com/facts/54006/
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B8%D1%82%D1%8B
16. Neft qazib olish platformasi ishchilari bu moddadan jarohatlar va kuyishlarni davolashda foydalanishgan. 1859-yilda ingliz kimyogari Robert Chesbro bu moddani neft jelesi deya atagan.
Savol: Hozirda bu modda qanday nom ostida sotiladi?
Javob: Vazelin.
Izoh: Neft quvurlarida tabiiy ravishda paydo boʻlgan neft jelesi yara va jarohatlarni tezroq davolagan. Buni aniqlagan Robert moddani neft jelesi deb atagan. Hozirda bu modda vazelin nomi ostida sotiladi.
Manba:
1.https://factrepublic.com/random-facts-generator/3/
2.https://en.m.wikipedia.org/wiki/Vaseline
17. Amerikalik dehqonlar qovoq, makkajoʻxori va loviyani birgalikda yetishtirganlar. Bundan yetishtirish usuli U deb atalgan. 1900-yilda yozilgan 4 pardali pyesa nomi ham U.
Savol: U oʻrnidagi soʻzlarni raqam ishlatib yozib bering.
Javob: 3 opa-singil.
Qabul: 3 сестры, uch opa singil.
Izoh: Bu uch oʻsimliklar bir-biriga qulaylik yaratgan holda oʻsganlar. Makkajoʻxori loviya uchun tabiiy narvon vazifasini oʻtagan boʻlsa, loviya tuproqdagi azot miqdorini oshirgan. Qovoqning yirik barglari esa yerdagi namlikni bir meʼyorda ushlab turgan.
Manba:
1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Три_сестры_(сельское_хозяйство)
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D1%80%D0%B8_%D1%81%D0%B5%D1%81%D1%82%D1%80%D1%8B
18. Barglar joylashuvi boʻyicha dunyo tomonlarini aniqlash mumkin boʻlgan oʻsimlik va daraxtlar kompas oʻsimliklar deb ataladi. Avstraliyadagi kompas oʻsimliklik sifatida ushbu daraxtni koʻrsatishimiz mumkin. Bu daraxtning achchiq barglari bakteriyalarga qarshi dori sifatida foydalaniladi.
Savol: Bu qaysi daraxt?
Javob: Evkalipt.
Izoh: Evkalipt Avstraliyada keng tarqalgan daraxt. Uning barglarini koalalar isteʼmol qilishadi.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/Компасные_растения
19. Bu shirinlik Xitoyda miloddan avvalgi 206-220 yillarda paydo boʻlgan. Xitoyliklar bu shirinlikni ajdar soqoli deb atashgan.
Savol: Bu shirinlik nomini unli harflari bir xil boʻlgan soʻzda yozib bering.
Javob: Paxtaqand.
Izoh: Paxtaqand shirinligi turli davlatlarda turlicha ataladi. Masalan Gretsiyada Buvimning sochlari deb ataladi
Manba: https://culinarylore.com/specialty-foods:cotton-candy-around-the-world/
20. Moʻgʻul xalqida bizda ham mavjud boʻlgan bu iboraning davomi mavjud. Iborada hech qachon echkining shoxlari osmonga yetmasligi aytiladi.
Savol: Bizdagi iborada tilga olingan jonzotni yozib bering.
Javob: Tuya.
Izoh: Moʻgʻullarda tuyaning dumi yerga tegishini, echkining shoxlari osmonga yetishini kutmang deyiladi. Bizda esa odatda amalga oshmaydigan ishga "tuyaning dumi yerga tekkanda" iborasi ishlatiladi.
Manba:http://surl.li/csymxp
21. Alisher Navoiy asarlarida BOZI so‘zini ko‘rish mumkin. Bu so‘z bozordagi o‘yinchi ma’nosini bildirgan. BOZIGAR so‘zi esa, “o‘yinchi, masxaraboz” ma’nosida qo‘llanilgan. Mol bozorida eng ko‘p baqir-chaqir qilib ko‘zga tashlanadigan odamni BOZI emas, U deb ataymiz. U haqidagi maqolada BROKER va MAKLER ham eslab o‘tiladi.
Savol: U o‘rnida kelgan qo‘sh undoshli so‘zni yozib bering.
Javob: Dallol.
Izoh. Qadimda bozi so‘zi bugungi dallol so‘zi o‘rnida qo‘llangan. Dallol savdo-sotiq ishlarida vositalik qiluvchi, xizmati uchun haq oluvchi shaxs.
Manba:
1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Dallol
2.https://oyina.uz/uz/teahause/2891
22. 20-asr boshlarida Buxorolik Choriqulboy, Murodboy kabi yirik chorvadorlar har yili Buxoro bozorlarida 20-30 ming donadan Uni sotishgan. U Xelsinki, Kopengagen, Sankt-Peterburg, London, Nyu-York kabi jahon bozorlarida ham sotiladi.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javob: Qoʻrakoʻl terisi.
Izoh: Yurtimizda qadimdan qorakoʻl qoʻylarini boqish ulardan goʻsht va teri olish mavjud edi. Qorakoʻl terilari butun dunyo bozorida sotiladi.
Manba: 1.https://interscience.uz/index.php/home/article/download/3133/2708/8026
2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Qorako%CA%BBl_(mo%CA%BByna)
23. Boks sporti oid faktlarga koʻra, boksda ULARning paydo boʻlishi miya shikastlani holatlarini koʻpayishiga sabab boʻlgan. Havaskor boks o‘yinlarida ULAR qizil yoki ko‘k rangda boʻlishi belgilangan.
Savol: ULAR nima ekanligi yozib bering.
Javob: Boks qoʻlqoplari.
Izoh: Professional boks qoʻlqoplari paydo boʻlishi bilan sportchilar bosh qismiga koʻproq zarba bera boshlashgan.
Manba:https://facts.museum/3098
24. Yozuvchi Romen Gari Emil Ajar, Fosko Sinibaldi, Shatan Bog, taxalluslari ostida ijod qilgan. Qizigʻi Romen Gari ism familiyasining oʻzi ham taxallus. Hamkasblari hazillashib Romen Garini bir jonzotga oʻxshatishadi.
Savol: Qaysi jonzotga?
Javob: Buqalamun.
Qabul: Xameleon.
Izoh: Romen Gari doimo taxalluslarini oʻzgartirib turgan. Yozuvchining asl ismi Roman Katsev. Hamkasblari Romanni hazillashib buqalamun deya atashgan.
Manba:
1. http://ru.wikipedia.org/wiki/Ромен_Гари
2.http://www.livelib.ru/book/1000273293
✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii
👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi