October 28

Zakovat savollari ( katta sinflar uchun)

I tur

1. Xitoy lug‘atlarida “Syuxua” so‘zi 2 ta iyerogliflarning birikishidan paydo bo‘lgan. Iyerogliflardan biri “igna”, ikkinchisi esa “gul” ma’nolarini anglatadi. O‘zbekistonda ham Syuxuaga o‘xshash hunar bilan ayollar qadimdan shug‘ullanib keladi.
Savol: Syuxuaning biz bilgan bizdagi analogini toping.
Javob: Kashtachilik.

2. Arab agronom olimi Ibn al-Avvom UNI “yashil general” deb atagan. Vikipediya maqolasida aytilishicha, U Meditsi yordamida Italiyani, Karl XII yordamida Shvetsiyani zabt etgan. O‘sha paytlarda hatto Uning sehrli kuchiga ba’zilar ishongan. Mahhur bir multfilmda esa uni iste’mol qilgan personaj katta kuchga ega bo‘ladi.
Savol: Bu qaysi o‘simlik?
Javob: Ismaloq.
Izoh: Multfilm: [Dengizchi] Popay.

3. Bir filmda militsiya xodimi yangi ishga kirgan boshqa bir xodimga jinoyatchini qo‘lga olishda yo‘riqnoma ko‘rsatadi. Unga ko‘ra jinoyatchining ko‘ziga qarash, qaysi oyog‘iga suyanganini ko‘rish va hamkasbi uni ushlab qolishiga umid qilmaslik kerakligini aytadi. Yangi xodim imtihondan o‘tolmaydi va keyin boshqa kasbni egallaydi. Keyingi kasbida unga yuqoridagi yo‘riqnoma asqotgan. Bu kasb vakillari qatoriga Ignatiy Nesterov va Petr Chexlarni ham qo‘shish mumkin.
Savol: Qaysi kasb?
Javob: Futbol darvozaboni.

4. Taal oroli Asosiy Krater ko‘li ichida joylashgan. O‘z navbatida Asosiy krater ko‘li esa Vulqon orolida joylashgan. Vulqon oroli Taal ko‘li ichida, Taal ko‘lining o‘zi esa Filippindagi eng katta orol Luzonda joylashgan. Bu haqida aytar ekan maqola muallifi bir o‘yinchoqni eslab o‘tadi.
Savol: O‘yinchoq nomini yozib bering.
Javob: Matryoshka
Izoh: Taal oroli joylashuvi bir-birining ichida joylashgan mashhur rus o‘yinchog‘i matryoshkani esga soladi.

5. Ma’lumki, 19-asrda dunyodagi ko‘pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi UNI qurish uchun ishlatilgan.
Savol: Nima qurish uchun?
Javob: Temir yo‘l qurishga.

6. Tadqiqotchilarning aytishi boʻyicha, bu asarni bunchalik mashhur boʻlishiga sabab oʻsha vaqtlarda London aholisining koʻpchilik qismi chekka hilvat joylarda hordiq chiqarishni orzu qilishlari boʻlgan ekan. Ular bu asar orqali oʻz orzularini tasavvur qilishgan boʻlishlari mumkin deb aytib oʻtiladi.
Savol: Ushbu roman bosh qahramoni kim?
Javob: Robinzon Kruzo.

7. 1948-yilda G‘arbiy Berlin qamalda qolgach 90 kun mobaynida qamaldagilar shahardan chiqishning yangicha yo‘lini o‘ylab topishadi va bir inshootni qurib bitkazishadi.
Savol: Qanday inshootni qurib bitkazishadi?
Javob: Aeroport.
Izoh: qamalda qolgach ularga havo yo‘li kerak edi, shu sababdan shunday tez fursatda Tegel aeroportini qurishadi

8. Xitoyda poraxo‘rlik qattiq jazolanadi, katta amaldorlar hatto o‘limga ham hukm qilinadi, ammo tarixdagi bu kasb egalarining olgan porasi oldida amardorlar olgan pora hech narsa emas, u butun millat uchun falokatga sabab bo‘lgan.
Savol: Bu kasb egalarini toping.
Javob: Chegarachilar
Izoh: Xitoylik chegarachilar tarixda Buyuk Xitoy devorida mo‘g‘ullarga chegarani ochib berishgan.

9. Tadqiqotchilar 2000-yildan boshlab Indoneziyada ayrim bo‘yog'li qushlariga boʻlgan talab keskin oshganligini aniqladilar. Sababi, o‘sha yilda bir mashhur INGLIZ asari Indoneziya tiliga tarjima qilingandi.
Savol: Ushbu asar bosh qahramonini toping.
Javob: Garri Potter.

10. Dastavval katolik cherkovlari yashinqaytargichlarga qarshi chiqqan. Bu qarshilik 1769-yilgi daxshatli tragediyagacha davom etgan. Ya’ni Breshi shahrida bir binoni chaqmoq uradi. Natijada qurbonlar sonining ko‘pligi sababli cherkov fikrini o‘zgartiradi.
Savol: Bu bino yerto‘lasida nima saqlangan?
Javob: Porox.
Izoh: Bu yerda 90 tonna porox saqlangan, chaqmoq urgach shaharning 6 dan bir qismi vayron bo‘ladi va yuzlab odamlar o‘ladi.

II tur

11. Singapur davlati haqidagi bir izohda aytilishicha, bugungi kunda mamlakatning rivojlangan infratuzilmasi qulaylik va mazali taomlarni yaxshi ko‘radigan sayyohlar uchun juda ma’qul joy. Bu davlatda besh yulduzli mehmonxonalar ko‘pligini sayyohlar Singapurga tegishli IKSdagi tasvirga qarab ham anglab olishlari mumkin.
Savol: IKS nima?
Javob: Bayroq.
Izoh: Singapur bayrog‘ida 5 ta yulduz tasvirlangan.

12. Kongo davlatida mahalliy qizlar asosan kiyim to‘qish ishlari bilan shug‘ulllanishadi. Ularda kiyim to‘qishni o‘rganish uchun shogird tushishni istagan qizlar bilan o‘tkaziladigan bir marosim ham bo‘lib, bu marosimda bir jonzot ham ishtirok etadi.
Savol: Bu qaysi jonzot?
Javob: O‘rgimchak.

13. Poyon Ravshanning “Sohibqiron tug‘ilgan joy yohud Zanjirsoy darasi” asarida ushbu toponim kelib chiqishi haqida qiziq faraz keltiriladi. Aytishlaricha, Temurning onasi Buxoroga ketayotgan paytda yo‘lda tulg‘oq tutadi. Kechqurun bo‘lgani bois ular hotirjam bir yer izlashadi. Uzoqdan chiroq ko‘rinadi. Borishsa bir chayla, ichida esa bir momo o‘tiribdi. O‘sha kecha shu chaylada Temur tug‘iladi. Shundan keyin o‘sha yerda shu nomdagi qishloq paydo bo‘lar ekan.
Savol: Gap qaysi toponim haqida ketmoqda?
Javob: Chiroqchi.
Izoh: Albatta bu tarixiy farazlardan biri, Chiroqchi toponimini asosan Chiroq yasovchi ustalar bilan bog'lashadi.

14. Angliyada XVII asrda qirol Yakov I bir qonun chiqargan, unga muvofiq, bu narsadan oʻn ikki martadan ortiq foydalanish taʼqiqlangan. Shoir Jorj Bayron oʻzini hurmat qiladigan har bir jentlmenning garderobida u narsa kamida 150 ta boʻlishi kerak deb hisoblagan.
Savol: Nima haqida gap ketmoqda?
Javob: Ro‘molcha (Dastro‘mol)

15. 1997-yil Sankt-Peterburg radiosida shahardagi bir inshootning 150 yillik yubileyiga atab maxsus radioeshittirish tashkil etilgan. Radioeshittirish nomi “Burchaksiz uy” deb atalgandi.
Savol: Bu efir shahardagi qaysi inshoot yubileyi haqida bo‘lgan?
Javob: Sirk.

16. Bepoyon jazirama cho‘lda yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir.
Savol: Bu qaysi rang?
Javob: Yashil.

17. Abul Hasan Ali ibn Husayn Masudi yer sharini qush sifatida talqin qilgan. Unga ko‘ra qushning dumi – bu Afrika, qanotlari – Hindiston va Forsiya, o‘ng va chap tomonlari afsonaviy Yajuj va Majuj shaharlaridir.
Savol: Qushning ko‘zlari o‘rnidagi 2 ta muqaddas shaharni toping.
Javob: Makka va Madina.

18. Qadimgi Misr va Bobilda bu fan navigatsiya, astronomiya va me'morlik masalalarini hal qilish uchun yuzaga kelgan. Qadimgi Yunonistonda esa san'at bilan ham tenglashtirilgan. Sharq mamlakatlarida esa bu fanni “Handasa” deb atashgan.
Savol: Qaysi fan?
Javob: Geometriya.

19. Surxondaryoda joylashgan U haqidagi bir maqola nomi Janub Gavhari deb nomlangan. Uning nomi fors-tojik tilidagi “yumaloq tosh” so‘zidan olingan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Sangardak sharsharasi.
Izoh: “sang”-tosh, “gardak”-yumaloq.

20. Kristal daryosida 20 ga yaqin turdagi suv o‘tlari o‘sgani sabab mahalliy aholi “Suyuq U” deb ataydi. Boshqa bir bolalar tashkiloti bo lgan Uning shiori “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” bo‘lib, 2001-yilda tashkil qilingan edi.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob: Kamalak.
Izoh: Kristal daryosidagi turli rangli o‘simliklar sabab daryo suyuq kamalakka o‘xshatilgan. O‘zbekistinda 2001-yilda tashkil qilingan "Kamalak" bolalar tashkilotining shiori esa "Vatan,do‘stlik va baxtli bolalik uchun" edi.

✅Telegram kanal: https://t.me/Zakovat_Savollarii

👉Shaxsiy savollar: @aktamov_blogi